Научная статья на тему 'Generallashgan parodontit va uning tarqalishi sabablari'

Generallashgan parodontit va uning tarqalishi sabablari Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
23
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kasallik / ogʻiz boʻshligʻi gigienasi / surunkali generallashgan parodontit / parodontning surunkali yalligʻlanish kasalliklari

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Shohista Baxtiyorovna Razzoqova

Dunyoda parodont kasalliklarining tarqalganlik muammosi hozirgacha dolzarb boʻlib qolmoqda. Parodontning surunkali yalligʻlanish kasalliklari koʻp yuz yilliklardan buyon ma’lum. Surunkali yalligʻlanish kasalliklarining jadallashuviga parodont toʻqimalarida yalligʻlanish jarayonlarini uzoq vaqt davomida chaqiruvchi va qoʻllab-quvvatlovchi mahalliy va umumiy xarakterdagi turli omillar olib keladi. Parodontda surunkali yalligʻlanish kasalliklari tuzilmasida birinchi oʻrin surunkali generallashgan parodontitga tegishli boʻlib hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Generallashgan parodontit va uning tarqalishi sabablari»

Generallashgan parodontit va uning tarqalishi sabablari

Shohista Baxtiyorovna Razzoqova Samarqand davlat tibbiyot universiteti

Annotatsiya: Dunyoda parodont kasalliklarining tarqalganlik muammosi hozirgacha dolzarb bo'lib qolmoqda. Parodontning surunkali yallig'lanish kasalliklari ko'p yuz yilliklardan buyon ma'lum. Surunkali yallig'lanish kasalliklarining jadallashuviga parodont to'qimalarida yallig'lanish jarayonlarini uzoq vaqt davomida chaqiruvchi va qo'llab-quvvatlovchi mahalliy va umumiy xarakterdagi turli omillar olib keladi. Parodontda surunkali yallig'lanish kasalliklari tuzilmasida birinchi o'rin surunkali generallashgan parodontitga tegishli bo'lib hisoblanadi.

Kalit so'zlar: kasallik, og'iz bo'shlig'i gigienasi, surunkali generallashgan parodontit, parodontning surunkali yallig'lanish kasalliklari

Generalized periodontitis and the causes of its spread

Shahista Bakhtiyorovna Razzokova Samarkand State Medical University

Abstract: The problem of prevalence of periodontal diseases in the world is still relevant. Chronic inflammatory diseases of the periodontium have been known for centuries. Acceleration of chronic inflammatory diseases is caused by various local and general factors that cause and support inflammatory processes in periodontal tissues for a long time. Chronic generalized periodontitis takes the first place in the structure of chronic inflammatory diseases of the periodontium.

Keywords: disease, oral hygiene, chronic generalized periodontitis, chronic inflammatory diseases of the periodontium

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko'ra Yer shari aholisi o'rtasida parodont yallig'lanish kasalliklarining ko'rsatkichi ilgarigidek yuqori darajada qolmoqda (90%), shu bilan birga nozologiyalar o'rtasida surunkali generallashgan parodontit yetakchi o'rinni egallaydi.

Mazkur muammoning dolzarbligi kasallikning keng tarqalganligi bilan bog'liq, bu aholi hayot darajasining noturg'unligi, ekologiyaning yomonlashuvi, organizm turli biotoplari vakillarining keng va nazoratsiz qo'llaniladigan antibakterial preparatlarga turg'unligi, organizmning umumiy rezistentligi tushishi bilan bog'liq. Bundan tashqari aholida oldingidek, og'iz bo'shlig'i gigienasining qoniqarsiz holati ko'p uchraydi.

Turli epidemiologik tadqiqotlar va ulaming ma'lumotlariga tayanib, so'ngi yillarda O'zbekiston Respublikasi va ko'plab boshqa mamlakatlar aholisida stomatologik kasalliklar ichida parodont surunkali yallig'lanish kasalliklari soni keskin o'sishi kuzatilayotganligini aytish mumkin. Surunkali generallashgan parodontit tarqalishining o'sishi asosan 35 dan 55 yoshga to'g'ri keladi va 40-45 yoshga borib 96% ga yetadi. Yoshlikda 16dan 25 yoshgacha surunkali generallashgan parodontit 5575% bemorlarda aniqlanadi. Parodontning surunkali yallig'lanish kasalliklari keng tarqalganligi va uning butun organizmga salbiy ta'sirini e'tiborga olib, shifokorning ishini yengillashtirishi, kasallikning etiologik va patogenetik omillarini aniqlash, shuningdek kasallik paydo bo'lishining boshlang'ich bosqichida ularni tuzatish imkonini beruvchi yangi diagnostika va davolash algoritmlarini ishlab chiqish zaruriyati tug'iladi.

Material va metodlar

Bugun, axborotning to'planishi va fanning rivojlanishi tufayli surunkali generallashgan parodontit asosida mikrob omilining uyg'un ta'siri yotuvchi multi omilli kasallik, individumning genetik tashkil etuvchisi va umumiy somatik holati razryadiga o'tdi. Surunkali generallashgan parodontit rivojlanishi va kechishi bo'yicha ko'plab nazariyalar mavjud, ulardan birlari faqat nazariy ahamiyatga ega bo'lsa, boshqalari zamonaviy bilimlar bilan to'ldirilib, o'zining amaliy ahamiyatini bugungi kungacha ham yo'qotmay kelmoqda.

Tomir nazariyasi, tomirlarda aterosklerotik o'zgarishlar bilan, parodont to'qimalarida destruktiv va yallig'lanish jarayonlarini ko'zda tutadi, biroq so'nggi vaqtlarda parodont kasalliklari yoshlar, ateroskleroz hali kuzatilmayotgan vaqtda ham ko'p uchramoqda.

Surunkali generallashgan parodontit nafaqat parodont, balki butun organizm kasalligi hisoblanadi. Aksariyat bemorlarda ichki a'zolarning turli kasalliklari bilan uyg'unlikda uchraydi. Ko'plab mualliflar parodont kasalligi og'ir kechishi oshqozon-ichak traktining kasalliklari bilan bog'liqligini ko'rsatadi. Bundan tashqari, parodont to'qimalarining kasalliklari va yurak-qon tomir tizimi, nafas olish a'zolarining kasalliklari, ginekologik patologiyalar bilan o'zaro bog'liqligi kuzatiladi.

Parodontit va somatik kasalliklarning umumiy mexanizmlarini tushunish bemorlarni davolash uchun shifokor-stomatolog va davolash yo'nalishidagi shifokorlarning yaqin, samarali hamkorligiga olib keladi, bemorlar og'iz bo'shlig'ining salomatligi va umumiy holatning bog'liqligidan xabardor bo'lishlari ularda sog'lom turmush tarziga motivasiyani ko'tarish imkonini beradi.

O'tgan yuz yillikning 70-yillarida, yaqin kunlargacha surunkali generallashgan parodontit etiologiyasining konsepsiyasi kasallik rivojlanishining asosiy sabab omili karash bakteriyalari va organizmning ularga an'anaviy yallig'lanishi bilan javob reaksiyasiga asoslangan.

Ma'lumki, surunkali generallashgan parodontit, odatda, 35 yoshdan so'ng boshlanadi, shu bilan birga, ilgari, ko'pchilik olimlarning fikricha, kasallikning "ishga tushishi" va kechish xarakterida bemorning gigiena darajasi muhim rol o'ynagan. Bugun "tish karashining mikroorganizmlari" "bioplyonka" termini bilan almashtirilgan. Bioplyonka bu o'zaro munosabatlar hosil qilish, axborot almashish va kultivasiyada ularning ozuqa sohalarida namoyon bo'lmaydigan xossalarga ega turli mikroorganizmlarning uyushgan hamjamiyati hisoblanadi.

Bu o'z navbatida, kasallikning rivojlanish va kechish mexanizmini o'rganish uchun qator masalalarni ochiq qoldiradi.

Surunkali generallashgan parodontitning patogenezi murakkab immun-yallig'lanish tizimini o'z ichiga oladi, u bioplyonka bakteriyalari bilan yuzaga chiqadi, kasallikka moyillik yoki uning rivojlanish ehtimoli ega organizmning reaksiyasi bilan aniqlanadi.Xususan, yallig'lanish reaksiyasining kattaligi va immun tizimning differensial faollashuvi bilan tavsiflanadi.

Hozirgi vaqtda surunkali generallashgan parodontitning dastlabki holati anaerob mikroflora mavjudligi hisoblangan, immunyallig'lanish destruktiv xarakterdagi kasallik sifatida ko'rib chiqiladi.Patogenlar va ularning virulent omillari ifodalangan klinik ko'rinishga ega surunkali yallig'lanishlarni rivojlantiradi.

Og'iz bo'shlig'ida maxsus bo'lmagan rezistentlik omillarining supressori sodir bo'ladi (lizosim, properdin va immunoglobulinlar). Mahalliy immunitetning pasayishi umumiy immunologik reaktivlikning o'zgarishiga olib keladi. T-limfositlar darajasining pasayishi va V- hujayralar sonining rag'batlanishi IgG ustunligi bilan gumoral himoya ko'tarilishi sodir bo'ladi.

Natija va analiz

Ilmiy manbalardagi ma'lumotlarga ko'ra, immun reaksiyalarning tahlili aniq ma'lumotni bermaydi: bir tomondanT-xelperlar va T-supressorlarning o'sishi, boshqa tomondan T-xelperlarning pasayishi va T- supressorlarning ko'tarilishi sodir bo'ladi. Parodontda yallig'lanish kasalligining jadallashuvi parodont to'qimalarining shikastlanishini chaqiruvchi, mos keluvchi antitanalarning hosil qilinishi bilan V-limfositlar proliferasiyasi bilan shartlanadi.

Tomirlar devorlarida immunoflyuoressensiya reaksiyasini o'tkazishda M va G immunoglobulinlar ajraladi, bu ularning parodont kasalligi patogenezida ishtirokini tasdiqlaydi.

Birinchi bosqichda bioplyonka hosil bo'lishi va birikishidan so'ng leykositlar va endotelial hujayralarning reaksiyasi sodir bo'ladi, bunda klinik alomatlar umuman mavjud bo'lmaydi. Keyin biriktiruvchi epiteliy hujayralarining bakteriyalar metabolizmi mahsulotlari bilan faollashuvi sodir bo'ladi, bu oxir-oqibat sitokinlar va neyropeptidlar ishlab chiqilishiga olib keladi, ular mahalliy qon tomirlarning vazodilatasiyasini yuzaga chiqaradi. Neytrofillar tomirlarni tark etadi va xemokinlarga

javoban yallig'lanish joyiga ko'chadi. Biriktiravchi to'qimada neytrofillar miqdorining oshishi, makrofaglar, limfositlar, plazmatik hujayralar va to'plam hujayralar paydo bo'lishi bilan birlamchi shikastlanish fazasi sodir bo'ladi. Keyin komplement tiziminingfaollashuvi sodir bo'ladi. Bunda epiteliy proliferasiyalanadi, klinik jihatdan esa bu bosqichda milkdan qon ketishi aniqlanadi, u ko'pincha boshlangan kasallikning birlamchi yagona alomati hisoblanadi.

Keyingi bosqichda ikkilamchi alterasiya sodir bo'ladi, bunda makrofaglar, plazmatik hujayralar, T- va V-limfositlar etakchilik qiladi.Klinik jihatdan bu bosqichda milkning ko'zga ko'rinadigan tarzda rangi (giperemiya yoki sianotik) va tuzilishi (shish) o'zgarishi kuzatiladi.Mazkur jarayon uzoq davom etganida epitelial mustahkamlik tiklanmas tarzda yo'qolishi, keyinchalik periodontal boylamlar va alveolyar suyakka tarqalishi sodir bo'ladi.

Shunday qilib, parodontal cho'ntak shakllanishi sodir bo'ladi, bu tish va butun tish-jag' tizimining tayanch-mustahkamlik apparatining og'ir buzilishiga olib keladi.

Mikrofloraning tarkibida turli streptokokk, fuzobakteriyalar, aktinomisetlar, sitomegaloviruslar uchraydi.Shuningdek, parodontal cho'ntaklarda xos bakteriyalar aniqlanadi.Barcha mikroorganizmlarning 80% i anaeroblar hisoblanadi, bundan 15 tacha turi patogen xossaga ega va parodontopatogenlarga tegishli.Ular invaziv va toksik xossalarga ega bo'lgan holda, yuqori adgeziya qobiliyatiga ega.Milk ostiga kirgan holda, ular tish-milk jo'yakining epiteliysini buzadi. Organizmni zararlanishini amalga oshirishda asosiy qobiliyat endotoksinlarga tegishli, ular lipopolisaxaridlar hisoblanadi va A, G, M immunoglobulinlar bilan ta'sirlashadi.

Bioplyonka tarkibida tish yuzasiga birikuvchi parodontopatogenlar uning ichida parodont to'qimalariga ta'sir qilgan holda patogenetik bo'g'in yning turli darajalarida namoyon bo'luvchi komplekslarni hosil qiladi. Asosiy parodontopatogenlarga A.actinomycetemcomitans, P.gingivalis, T.forshytia, P.intermedia, E.corrodens, F.nucleatum va T.denticola kabi grammanfiyanaeroblarkiradi.

Surunkali generallashgan parodontit rivojlanishining boshlang'ich bosqichi yoshi kattalashishi bo'yicha tobora ko'p odamlarda paydo bo'ladigan turli og'irlik darajasidagi gingivit hisoblanadi. Ko'plab mualliflar, parodont kasalligi rivojlanishida eng muhim sabab omili tish karashi (blyashka) mavjudligi va uning mikrob tarkibi hisoblanadi. Og'iz bo'shlig'ining patogen va shartli-patogen mikroflorasi parodont to'qimalarida surunkali yallig'lanish kasalliklari paydo bo'lishining bosh omili hisoblanadi. Milk osti tish karashining mikrobiologik tadqiqot natijalari parodontitda mikrofloraning turli tarkibidan ekanligini isbotlab beradi.

Xulosa

Bugunki kunda og'iz bo'shlig'ida 1000 dan ortiq turli mikroorganizmlar aniqlangan va ushbu yo'nalishdagi ish davom ettirilmoqda. Shu sababdan tadqiqotlarda, patogen bakteriyalardan himoyalanish uchun immun javob va

metabolizm rivojlanishini shakllantirgan holda, odam salomatligi va kasalliklar rivojlanishida markaziy rol o'ynashi haqidagi tezis tobora birinchi o'ringa chiqib bormoqda. Parodont to'qimalarida yallig'lanishning boshlanishi va rivojlanishi, shuningdek surunkali bosqichga o'tishi nafaqat mikrofloraning ko'rinish va miqdor tarkibi bilan, balki immun tizimning holati bilan ham aniqlanadi. Yallig'lanish jarayoni rivojlanishida immun himoya asosiy rolni o'ynaydi, to'qima sitokinlarida yallig'lanishga qarshi ekspressiya induksiyasini, xemoattraktantlarning faollashuvi va mahalliy va umumiy modda almashinuvi, geodinamika, immunologik buzilishlar va mikrobiosinozlarning siljishlariga olib keluvchi yallig'lanishga qarshi hujayralarning jalb qilinishini amalga oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Bakhtiyorovna R. S., Anvarovna A. M. Features Of the Course and Treatment of Aggressive Forms of Paradontitis //Texas Journal of Medical Science. - 2021. - T. 1. - №. 1. - C. 76-82.

2. Bakhtiyorovna R. S., Alisherovich M. G. CARIES IS THE APPEARANCE OF BLACK SPOTS //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. - 2022. -T. 10. - №. 12. - C. 432-435.

3. Botirovna S. J., Qizi Z. M. A., Qizi R. S. B. Dental periodontitis //Texas Journal of Medical Science. - 2021. - T. 3. - C. 38-39.

4. Bakhtiyorovna, Rahimberdiev Rustam Abdulnosirovich Razzakova Shokhista. "FREQUENCY OF DENTAL ANOMALIES IN ARTIFICIALLY FED CHILDREN." Journal of Modern Educational Achievements 5.5 (2023): 180-184.

5. Bakhtiyorovna R. S. THE COURSE OF AGGRESSIVE PARODONTITIS AND THE PECULIARITY OF THE COURSE OF TREATMENT //Journal of Modern Educational Achievements. - 2023. - T. 5. - №. 5. - C. 41-47.

6. Bakhtiyorovna R. S. THE EFFECTIVENESS OF ANTI-MALARIA MEASURES CARRIED OUT AT DIFFERENT TIMES OF THE YEAR //Journal of Modern Educational Achievements. - 2023. - T. 5. - №. 5. - C. 35-40.

7. Bakhtiyarovna, R. S., Alisherovich, M. G., Lazizbek, I., & Shakhboz, A. (2023). WAYS TO IMPROVE DENTAL CARE IN CHILDREN. Journal of Modern Educational Achievements, 4(4), 153-157.

8. Bakhtiyarovna R. S. et al. APPLICATION OF MODERN FILLING MATERIALS IN PEDIATRIC DENTISTRY //Journal of Modern Educational Achievements. - 2023. - T. 3. - №. 3. - C. 235-239.

9. ALISHEROVICH M. G., Bakhtiyarovna R. S. ANESTHESIA OF THE ORAL MUCOSA BY MEDICAL AEROSOL ANESTHEZOL //Scientific Journal Of Medical Science And Biology. - 2023. - T. 1. - №. 1. - C. 267-271.

10. Bakhtiyorovna R. S. AGGRESSIVE PARODONTITIS AND THE PECULIARITY OF THE COURSE OF TREATMENT //Journal of Modern Educational Achievements. - 2023. - Т. 7. - №. 7. - С. 279-285.

11. Bakhtiyorovna R. S. DENTAL ANOMALIES IN ARTIFICIALLY FED PEOPLE //Journal of Modern Educational Achievements. - 2023. - Т. 7. - №. 7. - С. 246-249.

12. Bakhtiyorovna R. S. COURSE AND TREATMENT OF AGGRESSIVE FORMS OF PERIODONTITIS SYSTEMS //Journal of Modern Educational Achievements. - 2023. - Т. 7. - №. 7. - С. 269-278.

13. Bakhtiyorovna R. S. METHODS OF PREVENTION OF CARIES OF TEMPORARY TEETH IN PEOPLES //Journal of Modern Educational Achievements. - 2023. - Т. 7. - №. 7. - С. 242-245.

14. Bakhtiyorovna R. S. IMPROVEMENT OF METHODS OF PREVENTION OF CARIES OF TEMPORARY TEETH IN CHILDREN //Journal of Modern Educational Achievements. - 2023. - Т. 7. - №. 7. - С. 128-130.

15. Alisherovich R. S. B. M. G., Mukhamad A. N. E. GROUPS OF CHILDREN WITH DISABILITIES //Journal of Modern Educational Achievements. - 2023. - Т. 6. - №. 6. - С. 73-77.

16. Раззокова Ш. Б. НЕКОТОРЫЕ ВАРИАНТЫ СТОМАЛГИИ И ВОЗМОЖНОСТИ ИХ ТЕРАПИИ //INNUC. - 2023. - Т. 2. - №. 2. - С. 344-347.

17. Раззокова Ш. Б. Оценка эффективности противокариозных мероприятий в разные сезоны года //Science and Education. - 2024. - Т. 5. - №. 3. - С. 170-174.

18. Раззокова Ш. Б. и др. Несколько методов профилактики кариеса в разные погодные периоды //Science and Education. - 2024. - Т. 5. - №. 5. - С. 133-138.

19. Razzokova S. B. et al. Comparison of dental disease testing methods and results in children with autism //Science and Education. - 2024. - Т. 5. - №. 4. - С. 43-49.

20. Murodullayevich, Turaqulov Otabek, Rahimberdiyev Rustam Abdunosirovich, and Razzokova Shokhista Bakhiyorovna. "DENTAL DISEASES CAUSED BY HORMONAL CHANGES IN THE BODY." Western European Journal of Medicine and Medical Science 2.2 (2024): 28-30.

21. Гаффоров С. А., Шайматова А. Р., Шамсиева М. О. Обзорный анализ стоматологического статуса детей и подростков, страдающих различными формами дисплазии соединительной ткани //Integrative dentistry and maxillofacial surgery. - 2022. - Т. 1. - №. 2. - С. 28-36.

22. SunnatulloAmruloevich G., Rustambekovna S. A. DENTAL STATUS AND DIAGNOSIS OF CHILDREN AND ADOLESCENTS SUFFERING FROM VARIOUS FORMS OF CONNECTIVE TISSUE DYSPLASIA //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. - 2022. - Т. 10. - №. 11. - С. 955-962.

23. Rustambekovna S. A., Amrulloevich G. S. THE STATE OF THE MOUTH IN CHILDREN AND ADOLESCENTS WITH DIFFERENTIATED CONNECTIVE TISSUE DYSPLASIA //JOURNAL OF BIOMEDICINE AND PRACTICE. - 2023. -Т. 8. - №. 3.

24. Rustambekovna S. A., Amrulloevich G. S. THE STATE OF THE MOUTH IN CHILDREN AND ADOLESCENTS WITH DIFFERENTIATED CONNECTIVE TISSUE DYSPLASIA //JOURNAL OF BIOMEDICINE AND PRACTICE. - 2023. -Т. 8. - №. 3.

25. Шайматова А. Р. ЭФФЕКТИВНОСТЬ ХОЛИСАЛ-ГЕЛЯ В ЛЕЧЕНИИ ВОСПАЛИТЕЛЬНЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ ПАРОДОНТА С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ НЕСЪЁМНОЙ ОРТОДОНТИЧЕСКОЙ КОНСТРУКЦИИ //Стоматология-наука и практика, перспективы развития. - 2022. - С. 218-221.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.