Научная статья на тему 'GELFILTRATSIYA USULI PRINSIPI VA UNING MAKROMOLEKULALARNI TOZALASHDA QO’LLANILISHI'

GELFILTRATSIYA USULI PRINSIPI VA UNING MAKROMOLEKULALARNI TOZALASHDA QO’LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
1060
64
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
gelfiltratsiya / gel-xromotografiya / makromolekula / dekstran / poliakrlamid / polistirol / TSK-geli / gel-xromotografik kolonka / Boyarkin metodi. / gelfiltration / gel-chromatography / macromolecule / dextran / polyacrylamide / polystyrene / TSK-gel / gel-chromatographic column / Boyarkin method

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — E’zoza Elmurod Qizi Bekmatova, Voxid Baxromovich Fayziyev

Oqsillarni ishqoriy va ishqoriy yer metal tuzlari ta’sirida cho’ktirib fraksiyalanganda ular o’z xossalarini saqlab qoladi, chunki gelfiltratsiya usuli bilan oqsil cho’kmasidan tuzlar ajratib olinsa, oqsil eritmaga o’tadi. Bu usul biologik faollikka ega bo’lgan fermentlarni ajratib olishda katta ahamiyatda egadir. Gel biologik molekulalarni buffer oqimi bilan ajratib turadigan statsionar fazani hosil qiladi. Gellar har xil o’chamdagi va diametrdagi shisha idishlarda bo’ladi. Tajribalarda gel-xromotografiya oqsil eritmalarini tuzsizlantirish, katta oqsil molekulalari va kichik tuz molekulalarini ajratish, oqsillarni molekulyar og’irligini aniqlash va makromolekulalarni murakkab aralashmalarini ajratish uchun ishlatiladi. Biologik molekulalarning kattaligi gelda harakatlanayotganda ularni samarali ajratishda yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRINCIPLES OF GELFILTRATION METHOD AND ITS APPLICATION IN THE CLEANSING OF MACROMOLECULES

When proteins are precipitated and fractionated by the action of alkaline and alkaline earth metal salts, they retain their properties, because when salts are separated from the protein precipitate by the method of helfiltration, the protein is dissolved. This method is important in the isolation of biologically active enzymes. The gel forms a stationary phase that separates the biological molecules with a buffer stream. The gels are available in glass jars of various sizes and diameters. In experiments, gel chromatography is used to desalinate protein solutions, to separate large protein molecules and small salt molecules, to determine the molecular weight of proteins, and to separate complex mixtures of macromolecules. The size of the biological molecules helps to efficiently separate them as they move in the gel.

Текст научной работы на тему «GELFILTRATSIYA USULI PRINSIPI VA UNING MAKROMOLEKULALARNI TOZALASHDA QO’LLANILISHI»

GELFILTRATSIYA USULI PRINSIPI VA UNING MAKROMOLEKULALARNI TOZALASHDA QO'LLANILISHI

E'zoza Elmurod qizi Bekmatova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, talaba elmuradovna.ezo@gmail .com

Voxid Baxromovich Fayziyev

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti kafedra mudiri, b.f.d. fvaxid@mail.ru

ANNOTATSIYA

Oqsillami ishqoriy va ishqoriy yer metal tuzlari ta'sirida cho'ktirib fraksiyalanganda ular o'z xossalarini saqlab qoladi, chunki gelfiltratsiya usuli bilan oqsil cho'kmasidan tuzlar ajratib olinsa, oqsil eritmaga o'tadi. Bu usul biologik faollikka ega bo'lgan fermentlarni ajratib olishda katta ahamiyatda egadir. Gel biologik molekulalarni buffer oqimi bilan ajratib turadigan statsionar fazani hosil qiladi. Gellar har xil o'chamdagi va diametrdagi shisha idishlarda bo'ladi. Tajribalarda gel-xromotografiya oqsil eritmalarini tuzsizlantirish, katta oqsil molekulalari va kichik tuz molekulalarini ajratish, oqsillarni molekulyar og'irligini aniqlash va makromolekulalarni murakkab aralashmalarini ajratish uchun ishlatiladi. Biologik molekulalarning kattaligi gelda harakatlanayotganda ularni samarali ajratishda yordam beradi.

Kalit so'zlar: gelfiltratsiya, gel-xromotografiya, makromolekula, dekstran, poliakrlamid, polistirol, TSK-geli, gel-xromotografik kolonka, Boyarkin metodi.

PRINCIPLES OF GELFILTRATION METHOD AND ITS APPLICATION IN THE CLEANSING OF MACROMOLECULES

E'zoza Elmurod kizi Bekmatova Voxid Bakhromovich Fayziev

Student of Chirchik State Pedagogical Head of the Department of Chirchik State

Institute Of Tashkent Region Pedagogical Institute of Tashkent Region

elmuradovna.ezo@gmail .com fvaxid@mail.ru

ABSTRACT

When proteins are precipitated and fractionated by the action of alkaline and alkaline earth metal salts, they retain their properties, because when salts are separated from the protein precipitate by the method of helfiltration, the protein is dissolved. This method is important in the isolation of biologically active enzymes. The gel forms a stationary phase that separates the biological molecules with a buffer stream. The gels are available in glass jars of various sizes and diameters. In experiments, gel

www.scientificprogress.uz

chromatography is used to desalinate protein solutions, to separate large protein molecules and small salt molecules, to determine the molecular weight of proteins, and to separate complex mixtures of macromolecules. The size of the biological molecules helps to efficiently separate them as they move in the gel.

Keywords: gelfiltration, gel-chromatography, macromolecule, dextran, polyacrylamide, polystyrene, TSK-gel, gel-chromatographic column, Boyarkin method

KIRISH

Oqsillarning massasi turli usullar bilan aniqlanadi. Bu usullarning ichida eng qulay usul gelfiltratsiya usulidir. Ultrasentrifugalash usuli bilan oqsillar molekulyar og'irligini aniqlash murakkab, ko'p vaqt va qimmatbaho uskunalar talab etadi. Shuning uchun gelfiltratisya usulidan foydalaniladi. Molekulyar kattalikdagi farqlar asosida gellardan foydalanib moddalarni ajratish gelfiltratsiya deyiladi. Gelfiltratsiya 1959-yilda D.Porat va P.Flodin tomonidan kashf etilgan bo'lib, ular suvda eriydigan makromolekulalarni, shu jumladan oqsillarni molekulyar og'irligi bo'yicha qismlarga ajratish imkoniyatini yaratganlar. Bu tajribada ular o'zaro bog'langan dekstran gelidan foydalanishgan. Gelni fitrlash uchun dekstran, poliakrilamid, poliakrilomorfin, polistirol asosidagi gellardan foydalaniladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Gel-xromotografiyadan foydalanganda birinchi navbatda kolonkani kalibrlash zarur. Buning uchun, sefadeksli kolonka orqali molekulyar og'irligi ma'lum bo'lgan bir necha oqsillar o'tkaziladi va grafik chiziladi, bunda molekulyar og'irlik logarifm ko'rsatkichlari ularning elyutsion hajmlari to'g'risida joylashtiriladi. Ma'lumki, sferik shaklli oqsil molekulyar og'irligining logarifmi va evolyutsion hajmi o'rtasida to'g'ri bog'lanish mavjud. Shuning uchun tekshiriluvchi oqsil molekulyar og'irligini aniqlash oson. Bu usulning ikinchi turi bo'lib yupqa qavatdagi gel-xromotografiya hisblanadi. Sefadeksning yupqa qavati bo'yicha oqsilning siljish uzunligi oqsil molekulyar og'irligiga logarifmik bog'liqdir. Gel-xromotografiya soddaligi va tezligidan tashqari quyidagi qo'shimcha afzalliklarga ega: oqsilni toza holda ajratishni talab etmaydi, chunki boshqa oqsillar aralashmasining aniqlashga ta'siri yo'q. Sababi ularning har biri kolonka orqali o'ziga xos tezlik bilan molekulyar og'irligiga bog'liq ravishda o'tadi. Bu holat enzimologiyada ko'p qo'llaniladi. Boshqa o'xshash katalitik faolikka ega bo'lmagan oqsillar bo'lganda ham juda kam miqdorda bo'lgan fermentlarning molekulyar og'irligini aniqlash mumkin. Oqsillar molekulyar og'irligini disk-.poliakrioloamid geldan foydalanib aniqlaganda kalibrlangan oqsillar molekulyar og'irligiga logarifmi va poliakrilamidda oqsil zarrachalari harakatlanishiga bog'liq

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

www.scientificprogress.uz

bo'lgan grafik chiziladi, so'ngra tekshiriluvchi oqsil harakatlanishini anilab, grafikdan uning molekulyar og'irligi topiladi.

MUHOKAMA

Gelfiltratsiya usuli yordamida fermentlarni toza holda ajratib olish mumkin. Buni peroksidaza fermentni gelfiltratsiya usuli yordamida tozalash tajribasi orqali ko'rishimiz mumkin. Bu tajribada yer qalampir o'simligidan foydalanamiz. Tajriba uchun dastlab yer qalampiri o'simligi barg to'qimasidan fement preparatini olish uchun dastlabki namuna, o'simlik barg to'qimasini teng miqdordagi atsetat buferi (pH=4,7) bilan chinni xovonchada maydalaniladi va to'rt qavat dokadan o'tkazib olish orqali tayyorlab olinadi. Ekstrakni hujayra komponentlaridan tozalab olish uchun esa 4000 ayl/daq.da 15 daqida davomida sentrifuga qilinib, cho'kma usti suyuqligi olinadi, cho'kma esa tashlab yuboriladi. Bu tozalash uchun zarur ferment aralashmasi bo'lib, unda fermentni tozalash uchun tuzlar yordamida cho'ktirish, izoelektik nuqta cho'tirish, gelfiltratsiya qilish kabi usullar keng qo'llaniladi. Ularning ichida gelfiltratsiya usuli yumshoqligi, ko'p mehnat talab qilmasligi hamda yirik molekulali moddalarni molekulyar massasiga sosan ajratib berishi bilan alohida ajralib turadi. TSK-gelini gel xromotografik kolonkaga solishdan oldin uni yaxshilab magnitli mishalka yordamida 4-5 marta gel hajmiga nisbatan 2-3 marotaba ko'p distillangan suv bialn 3-4 marotaba yuviladi. Bu jarayonda gel tarkibidagi keraksiz birikmalar gel tarkibidan suv bilan chiqib ketadi. Gel solingan suv tindirilganda tiniq holatga keltirilgandan so'ng kolonkaga ehtiyotkorlik biln solib chiqiladi. Kolonkaning umumiy uzunligi 50 sm, gel bilan to'ldirilgan qismi 38 sm. Kolonkadagi gelni buffer bilan yuvishda solingan elyuent miqdoridan ikki hissa ortiq atsetat buferi 0.2Mli (pH-4,7) da yuviladi peristaltic nasosning 2 ATM bosimida haydaladi. Kolonkaga solingan geldan (TSK-HW-65Fine) ferment preparatini ajratib olish jarayoni quyidagicha amalga oshadi.

NATIJA

Buning uchun ish holatiga keltirilgan gel xromotografik kolonka gel bilan to'ldirilgan 38 smli qismiga ehtiyotkorlik bilan aylana shaklda kesilgan filtr qog'ozni gelni ustiga qo'yamiz. Biroz vaqt o'tgandan keyin gelni yuqorodagi buffer eritmasi (0.2Mli pH-4,7) pipetka yordamida ehtiyotkorlik bilan tortib olamiz. Bunda filtr qog'oz tagidagi gel qo'zg'alib ketmasligi kerak. Kolonkani pastki qismidagi shlangni maxsus raqamlangan 1-20 gacha bo'lgan probirkalarga 3 mldan ( har bir probirkaga 3 mldan elyuent yig'ilishi uchun o'rtacha 5 min) yig'ib olinadi. Olingan fraksiyalarda ferment mavjudligini Boyarkin metodi yordamida aniqlanadi.

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

XULOSA

Oqsillami molekulalari katta yoki kichikligiga qarab gelxromotografiya kolonkasiga gel to'ldirib undan oqsillar aralashmasi o'tkazilsa avallo kichik molekulalar oqsillar gel g'ovaklari orqali, gel zarrachasining ichiga kirib diffuziyalanadi. Yirik molekulali oqsillar bu g'ovakchaardan o'tmaydi, ular zarrachaning tashqarisida qoladi va eritma bilan kolonkadan oqib chiqadi.

REFERENCES

1. Sobirova, R.A., Abrorov.O.A., Inoyatova, F.X., Aripov, A.N. (2006). Biologik kimyo. 31-32

2. Maxkamov S.A. Otquloq o'simligidan peroksidaza fermentini ajratish, xusussiyatlarini o'rganish va toza ferment preparatini olish. (2018). 45-46

3. Бояркин А.Н. Быстрый метод определения активности пероксидазы// Биохимия. (1951) 352-357

4. To'rajonova, E.E., Fermentlar. Fermentlarning ta'sir etish mexanizmi, biologic ahamiyati. CLXXI Международная научно-практическая конференция 24(171). Москва 2020

5. To'rajonova, E.E., Plant and animal hormones and their differences. Inernational conference on innavation perspectives, psychology and social studies. India 2020

6. To'rajonova, E.E., Fermentlarning asosiy xossalari. "Prodpects of development of science and education" procedings of third conference. 2020

7. To'rajonova, E.E., Fayziyev. V.B., Jovliyeva. D.T. Study of the effects of card X-virus on the carotenoid scale in the dramatic stramonium plant. "Agrar sohani rivojlantirishda resurs tejovchi innavotsion texnologiyalardan samarali foydalanaish" xalqaro ilmiy-texnika anjuman. Andijon 2019

8. To'rajonova, E.E., Fayziyev. V.B., Jovliyeva. D.T. Kartoshka X-virusining Datura stramonium o'simligi bargidagi xlorofil miqdoriga ta'sirini o'rganish. Andijon 2019

9. To'rajonova, E.E., Jovliyeva. D.T. Kartoshka X-virusining Datura stramonium o'simligi bargidagi xlorofil miqdoriga ta'sirini o'rganish. "O'zbekistonning umidli yoshlari" mavzusidagi respublika talaba va magistr masofaviy ilmiy-amaliy konferensiya. Toshkent 2020

10. Поликсенова. В.Д. Индуцированная устойчивость растений к патогеном и абиотическим стрессовым факторам. 2009.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.