Научная статья на тему 'GAZLARNI GLIKOLLI QURITISH JARAYONINING ISHCHI PARAMETRLARI'

GAZLARNI GLIKOLLI QURITISH JARAYONINING ISHCHI PARAMETRLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
176
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tabiiy gazlar / gazning namligi / qurituvchi absorbentlar / suyuq quritkichlar / gazlarning shudring nuqtasi / shudring nuqtasi depressiyasi. / natural gases / gas humidity / absorbent dryers / liquid dryers / gas dew point / dew point depression

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Shahzodjon Hayot O’g’li Yaxyoyev, Ozoda Baxronovna Axmedova, Saidjon Abdusalimovich G’aybullayev

Maqolada tabiiy gazlarni namsizlantirish va quritish usullarining tasnifi, quritish jarayoniga ta’sir qiladigan omillar, ishlatiladigan quritkichlar turlari va tavsiflari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WORKING PARAMETERS OF GLYCOLE DRYING PROCESS OF GASES

The article discusses the classification of methods for drying and dehydration of natural gases, factors affecting the drying process, the types of dryers used and their characteristics.

Текст научной работы на тему «GAZLARNI GLIKOLLI QURITISH JARAYONINING ISHCHI PARAMETRLARI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-543-552

GAZLARNI GLIKOLLI QURITISH JARAYONINING ISHCHI

PARAMETRLARI

Shahzodjon Hayot o'g'li Yaxyoyev

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

Ozoda Baxronovna Axmedova

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

Saidjon Abdusalimovich G'aybullayev

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti E-mail: saidxontura@mail .ru

ANNOTATSIYA

Maqolada tabiiy gazlarni namsizlantirish va quritish usullarining tasnifi, quritish jarayoniga ta'sir qiladigan omillar, ishlatiladigan quritkichlar turlari va tavsiflari yoritilgan.

Kalit so'zlar: tabiiy gazlar, gazning namligi, qurituvchi absorbentlar, suyuq quritkichlar, gazlarning shudring nuqtasi, shudring nuqtasi depressiyasi.

WORKING PARAMETERS OF GLYCOLE DRYING PROCESS OF GASES

ABSTRACT

The article discusses the classification of methods for drying and dehydration of natural gases, factors affecting the drying process, the types of dryers used and their characteristics.

Keywords: natural gases, gas humidity, absorbent dryers, liquid dryers, gas dew point, dew point depression.

KIRISH

Gazlarni qazib olish va uzatishda quduq va quvuruzatkichlarda suv bug'larining kondensirlanib, to'planishi muayyan sharoitlarda uglevodorodli gaz komponentlari (metan, etan, propan, butan)ning har bir molekulasi 6 — 17 ta suv molekulasi bilan bog'lanib, kristallogidratlar-qattiq kristal modda-qatlam suvlarining

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-543-552

uglevodorodli gazlar bilan hosil qilgan fizik-kimyoviy birikmasi vujudga keladi.

Bu esa o'z navbatida gazni qayta ishlash va gaz ta'minoti tizimining jihoz va quvuruzatkichlarida metallar korroziyasiga; gaz quvurlarida suyuqlik yig'ilib qolishiga; texnologik jihozlarning gidratli tiqinlar tufayli torayishiga hattoki, gazni iste'molchilarga uzatilishining to'xtab qolishiga sabab bo'ladi.

Shunga ko'ra qayta ishlashga yoki, iste'molchiga uzatilayotgan gaz soha standart talablariga muvofiq, kelgusi qayta ishlash texnologiyasiga ko'ra quritilish talab etiladi. O'z navbatida uglevodorodli gazlarni quritish usullari quyidagicha tasniflanadi:

1. Absorbsiya usuli - gazlarni glikolli quritish usuli;

2. Adsorbsiya usuli - gazlarni seolit, silikagel yoki, faol alyuminy oksidlari kabi adsorbentlar yordamida quritish;

3. Kondensatsiya usuli - gazlarni gidratlanishga qarshi ingibitorlar (glikol yoki metanol) purkab sovutib, separatsiyalash;

4. Membranali usul - gazlarni elastomerlar va shishasimon polimerlar yordamida quritish;

5. Kimyoviy usul - gazlarni metallarning xlorli gigroskopik tuzlari (CaCl2 va b.) yordamida quritish.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Gazlarni quritish usullaridan eng keng tarqalgan usuli bu absorbsion quritish usulidir. Absorbsion quritish jarayoniga quyidagi omillar ta'sir qiladi: harorat, bosim, absorbent sirkulyatsiya karraligi, regenerirlangan absorbent konsentratsiyasi, absorberning kontakt elementlari, gazda uglevodorodli kondensatning miqdori, gazdagi sho 'r qatlam suvining miqdori va gazdagi vodorod sul 'fidining miqdori.

Tabiiy gazning tarkibidan namlikni yo'qotish uchun turli xildagi qurituvchilar qo'llaniladi va ular quyidagilarga ega bo'lishi kerak:

a) konsentratsiyaning yuqori intervali bosimi va haroratida yuqori darajada yutuvchanlik qobiliyatiga ega bo'lmog'i;

b) to'yingan bug'larining bosimi kichik qiymatga ega bo'lib, yani u bug'langanda yo'qotilishi kam miqdorda bo'lishi;

v) qaynash harorati esa suvning qaynash haroratidan keskin farq qilmog'i zarur, chunki glikolga yutilgan suvni ajratib olish oddiy usul bilan amalga oshirilmog'i lozim;

g) zichligi gaz kondensatidan farq qilib, uni ajratib olish ham oddiy usulda

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-543-552

amalga oshmog'i;

d) uni ekspluatatsiya qilish vaqtida u kichik qiymatdgi qovushqoqlikka ega bo'lib, bunda u o'z navbatida absorberda, issiqlik almashinish qurilmalarida va boshqa modda almashinish apparatlarida gaz bilan yaxshi kontaktga ega bo'lishi;

e) gaz komponentlariga nisbatan yuqori selektivlikka ega bo'lishi, yani tabiiy gazda u kam erimog'i;

j) gazni qazib chiqarish jarayonida ishlatiladigan ingibitorlarlar bilan kimyoviy reaksiyalarga kirishmay neytral xossalariga ega bo'lmog'i;

z) korrozion aktivligi kichikroq;

i) gaz aralashmasi bilan kontaktlashish vaqtida ko'piklanishi kam miqdorda;

k) oksidlanish va termik parchalinishga turg'unligi yuqori darajada bo'lmog'i

zarur.

Gazni qayta ishlash hududida aralashmani tayyorlash vaqtida uni saqlash va so'rib olish uchun yana nasos va qo'shimcha sig'imlar bo'lmog'i talab qilinib, quritgich tarkibida ikkinchi komponenta mavjud bo'ladi. Sifat ko'rsatgichlarini (qotish harorati, qovushqoqlik va boshq.) o'zgartirishga ehtiyoj sezilsa ikki komponentali qurtgich qo'llanilib, ikkinchi komponent ham barcha qurituvchi larga qo'yilgan talablarga javob bermog'i zarur. Qoidaga muvofiq holda suv va absorbent komponentlari orasidagi qaynash harorati o'rtasidagi farq yuqori darajada bo'lmog'i lozim.

Gazni kompleks tayyorlash qurilmasidan qurituvchi glikolning bir muncha qismi suv havzalariga va madanlariga tushib qoladi, shuning uchun u zaharsiz bo'lib to'liq biologik parchalanib ketishi kerak. Bundan tashqari qurituvchilar arzon va zarasiz ham bo'lishi kerak.

Gazlarni qazib olish jarayonida suyuqlik tomchilari, kern zarralari, burg'ilash eritmasi qoldiqlari va shu kabi qatlamdan keluvchi boshqa qo'shimchalarning zararli oqibatlarini bartaraflash maqsadida konlarda tomchili suyuqlik va mexanik qo'shimchlardan tozalovchi kirish separatorlari qo'llaniladi.

Tomchili suyuqlik - qatlam suvi tarkibida muayyan miqdorda asosan natriy xlordan tarkib topgan erigan tuzlar saqlaydi. Bu tarkibda undan tashqari tuz tarkibida kal'siy xlor, kal'siy va natriy karbonatlari, magniy xloridi va shu kabilar uchraydi.

MUHOKAMA

Kirish separatorlarida tomchili suyuqlikning gazdan to'liq ajralishiga erishib bo'lmaydi. Suyuqlikning bir qismi gazni suv bug'laridan xalos qilishda absorbent

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-543-552

sifatida foydalaniladigan glikolga yutilib, absorberga o'tadi. Shu vaqtning o'zida glikolda og'ir uglevodorodlar, quritish qurilmasi jihozlarining korroziyalnish mahsulotlari va glikolni o'zining smolalanish hosilalari va shu kabilar yig'iladi.

Glikolda bundan tashqari kompressor moylari ham to'planadi. Qurilmalardan biriga gaz siqilganda 0,45 mg/m ga qadar compressor moyi o'tib qolgan. Shuni nazarda tutish lozimki, bu ko'rsatkich quritilgan gaz bilan yo'qotilayotgan DEG muvozanat kattaigidan atigi 2-3 marta kam shuningdek, TEG yo'qotilish muvozanati qanchani tashkil deyarli shunchaga yetadi. Shu sababli ishlov berilgan gaz bilan moyning olib ketilishiga va bu omilning gazning tovarlik ko'rsatkichlari bilan ta'siriga glikolning gaz bilan yo'qotilish muvozanati singari jiddiy ahamiyat berish lozim.

Bu talabga faqat bazi bir glikollar - etilenglikol, dietilenglikol, trietilenglikol, propilenglikol, glikollar aralashmasi ularning efirlari bilan birgalikda u yoki bu darajada javob beradi.

H2C - CH2

o

+ H2o

+ HOCH2CH2OH

+ H0(CH2CH20)2H +.........................

hoch2ch2o H

HÖ{CH2CH2Ö)2H -+H0(CH2CH20)3H

+ H0(CH2CH20)n_1H H0(CH2CH20)nH

Etilenglokol (82-86 %), dietilenglikol (12-14%), trietilenglikol (2-3%), tetraetilenglikol, pentaetilenglikol, geksaetilenglikol, va kam miqdordagi boshqa glikollar.

Dietilenglikol va trietilenglikolarni ishlab chiqarishda ularning hosilalari hamda qo'shimcha moddalari (etilkarbiol, tetraetilenglikol) yuqori gigroskopik xususiyatga ega bo'lsada tabiiy gazni quritish uchun amaliy jihatdan qo'llanilmaydi. Chunki u tabiiy gazni tozalashda qo'llanilganda glikol eritmasini regeneratsiyalalashda yana tabiiy gazni tarkibida saqlab qolib, past darajadagi selektiv tozalanuvchanlik xususiyatiga ega bo'lib qoladi.

Tabiiy gazni absorbsion quritish qurilmasi sxemasida amaliy jihatdan yuqori konsentratsiyali DEG va TEGlarni eritmasi ishlatiladi. Boshqa glikollarning suvli eritmasi masalan etilenglikol, propilenglikolllar gidrat hosil qilish ingibitor sifatida qo'llaniladigan bo'ldi.glikollar yog'lar qatorida turuvchi ikki atomli spirtlarga tegishli

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-543-552

bo'lib, suv bilan ixtiyoriy nisbatda qo'shila oladi. Uning suvli eritmasi korroziyani keltirib chiqarmaydi. Bu munosobat o'z navbatida boshqa absorbentlarga nisbatan arzon markali po'latlardan gazni quritish jihoz va uskunalarini yasashga qo'shimcha imkoniyat yaratib beradi.

Prezidentning 2019 yil 24 avgustdagi PQ-4426-son qaroriga asosan, MahalHylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi 2020-2021 yillar davomida kamida 20%ga, xususan, import ulushi yuqori bo'lgan tovarlarni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish hisobiga oshirilishi kerak.

Neft va gaz sanoati va qayta ishlash zavodlari uchun gazlarni quritishda miqdor jihatdan juda ko'p qurituvchi absorbent - dietilenglikol (DEG) qo'llaniladi. Misol uchun, birgina Ustyurt gazni qazib olish qurilmasida bir yilda 133 tonnada, Muborak gazni qayta ishlash zavodida 400 t dietilenglikol (DEG) talab etiladi ( 1 t dietilenglikol (DEG) - 846 $ (2021 yil sentyabr holatida)). Bunday turdagi reagentlar Respublikamizga chet eldan import hisobiga valyutada olib kelinadi. Mahalliy xom ashyolar asosida qurituvchi absorbent - dietilenglikol (DEG)lar olishning texnologik usullarini ishlab chiqish, olish orqali mablag' tejach imqoniyati tug'iladi.

Bunday turdagi absorbentlar quyidagi usullar yordamida sintez qilib olinadi.

1. Etilenni kislorod va suv bug'i bilan Vogner usulida oksidlash orqali natijasida etilenglikol va uning hosilalari olinadi.

2. Etilen va kislorod aralashmasini Ag katalizator ta'siri natijasida etilen oksidi oraliq mahsulot sintez qilinib suv bug'i bilan oksidlash natijasida ham etilenglikol, dietilenglikol va tiretilenglikol ma'lum konsentratsiyada hosil qilinadi.

3. Etilenning galogenli hosilalarini sintez qilib, gidratatsiyalash reaksiyalari natijasida etilenglikol va uning hosilalari olinadi.

4. Etilenni gipoxlor kislotasi bilan aralashmasini gidratatsiyalash usuli bilan ham etilenglikol va uning hosilalari sintiz qilish imkoniyati mavjud.

O'rganilgan adabiyotlar ma'lumotlariga ko'ra tabiiy gazni quritishda ishlatiladigan absorbentlar quyidagi xossalarga ega bo'lishi lozim:

- qazib olinadigan gaz oqimidan yuqori darajala suv yutish qobiliyati;

- absorbent va uglevodorod komponentlarining kuchsiz o'zaro eruvchanligi;

- to'yingan bug'lar past bosimi;

- yuqori darajada regeneratsiyalanish konsentratsiyasi;

- absorberni ishlatish sharoitida past qovushqoqlik;

- termik parchalanish va oksidlanishga yuqori turg'unlik;

- ishlatish sharoitida past korrozion faollik;

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-543-552

- past ko'piklanish darajasi;

- tabiiy gaz va uning aralashmalari bilan reaksiyaga kirishmaslik.

Yuqorida keltirilgan talablarga glikollar yetarli darajada javob beradi. Hozirda

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

tabiiy gazni absorbsion quritishda absorbent sifatida glikollar- dietilenglikol va trietilenglikol qo'laniladi.

Respublikamizning uglevodorod gazlarini tozalash, quritish korxonalarida dietilenglikol (DEG) marka B (GOST 10136) absorbent turidan foydalaniladi. Bu turdagi dietilenglikol (DEG) marka B (GOST 10136) quyidagi talablarga javob berishi kerak.

- Tozalangan va shudring nuqtasigacha sovitilgan gaz tarkibidagi kondensatsiyalangan suv bug'i va og'ir uglevodorodlarni yutib olib, gazni quritish uchun ishlatiladi;

- Dietilenglikol rangsiz yoki och sarik rangli, xidsiz va shirin ta'mga ega bo'lgan kimyoviy toza gigroskopik, tinik suyuklikdir. GOST 12.1.004 bo'yicha GJ sinfiga mansub. DEG yonib ketgan paytda suv, suv bugi, ko'pikli yoki karbonachilli (uglekislotali) o't o'chirgichlarni ishlatish kerak;

- DEG- zaharli modda. Organizmga tushgan paytda ogir zaharlanishga olib keladi, buyrakka, jigarga ta'sir kiladi. Agar DEG oshkazon-ichak yo'llariga tushib qolsa jabrlangan kishini zudlik bilan tibbiy punktiga uzatish zarur DEG bug'larining tarangligi past bo'lgani sababli nafas olganda og'ir zaharlanish xavf yo'q;

- Ishchi zonasidagi ruxsat etilgan mikdori - 1 0 mg/m3.

2-jadval.

Dietilenglikol (DEG) marka B (GOST 10136) uchun qo'yilgan talablar

Ko'rsatkichlar O'lchov birligi GOST 10136 bo'yicha

Molekulyar formulasi C4H10O3

Zichligi 20 0S da g/sm3 1,116 - 1,117

Ranglilik, ortiq emas Xazen birligi 20

Organik birikmalarning vazn ulushi, ortiq emas jumladan etilenglikol ortiq emas % 1,8 1,0

DEG ning vazn ulushi, kam emas % 98,0

Suvning vazn ulushi, ortiq emas % 0,2

Sirka kislotasi hisobida kislotaning vazn ulushi, ortiq % 0,2

emas

Ishqorlash soni, 1 g mahsulotga mg KON, ortiq emas mg 0,03

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-543-552

101,3 kRa (760 mm Hg) bosimda haydash xarorat

chegarasi: 0 S

Haydash boshlanishi, past emas 241

Haydash tugallash, yuqori emas 0S 250

Shuningdek, adabiyotlarda glikollarning fizik kimyoviy xossalarining absorbent eritmasi tarkibidagi suv temperaturasi va konsentratsiyasiga bog'liqligi qo'rib chiqilgan. Ularning zichligi, qovushqoqligi, to'yingan bug' bosimi va gigroskopikligi o'rganilgan.

NATIJALAR

Gazni absorbsion quritish qurilmasining ekspluatatsion ko'rsatkichlari birlamchi va ikkilamchi omillarga bog'liq.

Birlamchi omillar - bosim, harorat, gazning tarkibi, regenerirlangan eritmadagi quritgichning miqdori. Bu omillar absorberdan oldingi va keying nam miqdoriga ko'ra aniqlanadi.

Ikkilamchi omillar-gazni quritish qurilmasi - absorbentning suyultirilganlik darajasi, jihoz samaradorligi, gazda ifloslantiruvchi qo'shimchalar (chang, mexanik qo'shimchalar, mineral tuzlar va sh.k.) ning mavjudligi.

Gazlarni suvga ko'ra quritish jarayonida gazning shudring nuqtasining qiymatini «gaz—glikol» kontakti harorati, glikol turi (DEG yoki TEG), glikol konsentratsiyasi va glikol solishtirma sarfi belgilaydi (absorbsion quritish parametrlari 3-jadvalda keltirilgan).

3-jadval.

Absorbsion quritish jarayoni parametrlari

Absorbsiya Desorbsiya

Harorat 1 0 - 40- 70 °C Yuqori harorat (160- 2 00 °C ) Desorbsiyaning harorati glikollarning parchalanish harorati bilan chegaralanadi.

Bosim 1 0 - 1 4 M P a

absorbent sirkulyatsiya karraligi 1 000 m 3 gazga 1 0 - 1 0 0 1 (ajratilgan har namga )

Regenerirlangan absorbent konsentratsiyasi 98,0- 99,9 % Deyarli atmosfera bosimida, hattoki vakuum ostida

Jarayon qancha quyi haroratda amalga oshirilsa uning samaradorligi shuncha yaxshilanadi. dan quyi haroratlar absorbentning qovushqoqligini sezilarli

oshishiga va uni sovutish xarajatlarining o'sishiga olib keladi. Haroratning yuqorigi chegarasi jarayon samaradorligining pasayishi va shudring nuqtasi depressiysining

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-543-552

kamayishi hamda absorbentning yuqori bug'lanuvchanligi bilan tavsiflanadi.

Shunday qilib texnologik aralashmalarni glikollarning quritish qobiliyatiga ta'sirini olingan natijalarda tadqiqot qilish natijasida quyidagi xulosani qilish mumkin:

- olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, yuqori haroratda qaynovchi mahsulotlar destruksiyasining gazni quritish sifati ko'rsatgichiga ta'siri toza DEG (va shu konsentratsiyadagi suv) glikolni quritish qobilyati bilan taqqoslanganda deyarli sezilarli darajada o'zgarmaganligi aniqlandi;

- DEGda tuz uchrasa yoki aytaylik mavjud bo'lsa gazni quritish chuqurligini oshiradi, biroq bu glikollarda mavjud bo'ladigan tuzlar miqdori amaliy jihatdan sanoatda ta'siri ahamiyatsizdir chunki u juda kichik ko'rsatgichga egadir.

XULOSA

Ishchi absrbentlarni quritish qobilyatini aniqlash uchun ishchi absorbentning quritish qobilyati bilvosita toza sof holdagi glikolning quritish qobilyati bilan taqqoslab ko'riladi. Taqqoslash uchun shunday namuna glikol tanlanadiki, bunda olingan glikol gazni tayyorlash sanoatida qo'llaniladigan glikol bilan aynan bir xildir.

Yuqorida ta'kidlanganidek, qurituvchanlik qobilyati gaz tarkibini berilgan holatda tozalashi cheksiz sondagi nazariy tarelkalar va cheksiz miqdordagi solishtirma sarf evaziga erishish mumkinligi aytib o'tilib qaysikim bu real haqiqiy modda almashinuv apparatlarida amalga oshirib bo'lmaydigan holat bo'lib, haqiqiy real holatda uncha katta bo'lmagan modda almashinish effektivligiga ega bo'lgan apparatlarda (asosan nazariy pog'onali kontaktning bir-ikkita sathida) amalga oshadi. Shuning uchun kuzatilgan absobentlarni qurituvchanlik qobilyatini yomonlashishini real holatdagi massa almashinuv apparatlarining quritish sifatiga ta'sirini hisobga olmasa ham bo'ladi. Ishchi absorbentning quritish qobilyatining yomonlashishining ruxsat etilgan chegarasi gazni tayyorlovchi qurilmaning ishchi parametrlariga bog'liq bo'lib va u hisoblash yo'li bilan topilishi kerak.

REFERENCES

1. G'aybullayev S. A. MEMBRANALI USULDA TABIIY GAZLARDAN GELIY AJRATIB OLISH //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 5. - С. 1594-1603.

2. Sadriddinovch S. M. et al. INFLUENCE OF THE QUANTITY OF BENZENE ON THE PERFORMANCE CHARACTERISTICS OF GASOLINE //Euro-Asia Conferences. -

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-543-552

2021. - Т. 4. - №. 1. - С. 188-192.

3. Nilufar Saydyaxyayevna Maxmudova, Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev TABIIY GAZLARNI VODOROD SUL'FIDIDAN TOZALASH USULLARINING TASNIFI // Scientific progress. 2021. №5.

4. Sharipov M. S., G'aybullayev S. A. TASHLAMA GAZLARNI NOAN'ANAVIY USULLARDA TOZALASH //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 3.

5. Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev. "TABIIY GAZLARNI ABSORBSION QURITISH JARAYONIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR" Scientific progress, vol. 2, no. 4, 2021, pp. 659-668.

6. Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev. "TABIIY GAZLARNI UZATISH VA QAYTA ISHLASHDA GIDRATLANISHGA QARSHI KURASH" Scientific progress, vol. 2, no. 4, 2021, pp. 675-681.

7. Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev. "QURITUVCHI ABSORBENTLARNING QIYOSIY TAHLILI" Scientific progress, vol. 2, no. 4, 2021, pp. 649-658.

8. Zaripov, M. X. O. G. L., & G'Aybullayev, S. A. (2021). PIROLIZ KINETIKASINING MATEMATIK MODELI. Academic research in educational sciences, 2(9), 619-625.

9. Jumaev, A. V. O. G. L., & G'Aybullayev S. A. (2021). Adsorbentlarning turlari va tasnifi. Science and Education, 2 (9), 145-154.

10. G'Aybullayev, S. A. (2021). MEMBRANALI USULDA TABIIY GAZLARDAN GELIY AJRATIB OLISH. Academic research in educational sciences, 2 (5), 1594-1603.

11.Mizrobjon Xalim O'G'Li Zaripov, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2021). UGLEVODORODLARNING TERMIK PIROLIZI MAHSULOTLARI HOSIL BO'LISHIGA REAKSIYA SHAROITINING TA'SIRI. Academic research in educational sciences, 2 (11), 723-731.

12.Behruz To'Ymurodovich Salomatov, Murodillo Zoirovich Komilov, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). UGLEVODORODLI GAZLAR TARKIBIDAGI NORDON KOMPONENTLAR VA ULARNI GAZNING XOSSALARIGA TA'SIRI. Scientific progress, 3 (1), 71-78.

13.Фазлиддин Мустацим Угли Каромов, Нилуфар Илёс ^изи Шокирова, & Саиджон Абдусалимович Еайбуллаев (2022). ПОЛИМЕРЛАР САНОАТИНИНГ ХАЛ^ ХУЖАЛИГИДА ^УЛЛАНИЛИШ ХОЛАТИНИНГ ТА^ЛИЛИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2 (3), 83-93.

14.Jamshidbek Alisherovich Umarov, Murodillo Zoirovich Komilov, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). GAZ KONDENASTINING TASNIFIY VA TARKIBIY TAVSIFLARI. Scientific progress, 3 (3), 593-599.

15.O'Lmas Niyoz O'G'Li Namozov, Qayum Karimovich Jumayev, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). GAZLARNI QURITISH USULLARI VA

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-543-552

JARAYON PARAMETRLARI. Scientific progress, 3 (3), 602-611.

16.Mirshod Ismatovich Isroilov, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). Piroliz jarayonining neft-gazkimyo sanoatidagi ahamiyati. Science and Education, 3 (2), 349-358.

17.Гайбуллаев С. А., Тураев М. М. Октаноповышающие компоненты бензинов и их свойств //Молодой ученый. - 2016. - №. 3. - С. 349-351.

18.Зарипов Г. Б., Гайбуллаев С. А. Выбор режима работы процесса низкотемпературной сепарации углеводородных сырьевых ресурсов //Молодой ученый. - 2016. - №. 3. - С. 98-100.

19.Gaybullayeva A. F., Sharipov M. S., Gaybullayev S. A. TABIIY GAZLARDAN GELIY OLISHNING KRIOGEN USULI //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 4. - С. 571-579.

20.Нарзуллаев Жамшид Уктамович, Собиржонов Абдурашид Абдушукур Угли, Мадиев Азизбек Рашид Угли, Мелиев Шахбоз Шухратович, & Ахмедова Озода Бахроновна (2017). Исследование качества подготовки газа и анализ работы сероочистной установки "Учкир". Вопросы науки и образования, (2 (3)), 88-89.

21.Бомуродов Шерзод Шомурод Угли, Огамуродов Жалолиддин Жобирович, & Ахмедова Озода Бахроновна (2017). Исследование показателей качества технологической продукции на УКПГ "Памук". Вопросы науки и образования, (2 (3)), 25-26.

22.Сафаров Сарваржон Садриддин Угли, Огамуродов Жалолиддин Жобирович, & Ахмедова Озода Бахроновна (2017). Газоконденсатные исследования на уппг "Самантепе". Вопросы науки и образования, (2 (3)), 78-79.

23.Н.И.Бахрамов, & О.Б.Ахмедова (2021). Алканоламинларни тозалаш учун махдллий хомашё асосида гранулали фаоллаштирилган кумирнинг мацбул таркибини тадциц цилиш. Science and Education, 2 (12), 339-346.

24.Yulduz Malikjon Qizi Murodova, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). BENZOLNING NEFTKIMYOVIY SINTEZDA QO'LLANILISHI. Scientific progress, 3 (1), 79-86.

25.Urunov N. S. et al. PIROKONDENSAT TARKIBINING KIMYOVIY TAHLILI //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 3. - С. 32-40.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.