Umirov I.I., dotsent JizPI
O 'taganov S. Q., doktorant Uskanov Sh.
Magistrant JizPI
GAZ BALLONDA HARAKATLANAYOTGAN AVTOMOBILLARNING XAFSIZLIGINI TA'MINLASH ISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya: Maqolada gaz ballonli avtomobillarning gaz uskunalariga moslanganligini baholash, ekspluatatsiyadagi siqilgan va suyultirilgan gaz ballonlaridan foydalanish jarayonida uning inson hayotiga zararyetkazuvchi jiddiy oqibatlarini oldini olish va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.
Kalitso'zlar: Avtomobil, dvigatel, gaz ballon, siqilgan gaz, suyultirilgan gaz, xafvsizlik.
Umirov I.I., Associate Professor
JizPI
Utagonov S.K., doctoral student
Uskanov Sh. master student JizPI
IMPROVING SAFETY MEASURES FOR VEHICLES OPERATING
ON GASEOUS FUEL
Abstract: The article develops measures to assess the adaptation of gas-powered vehicles to gas equipment, prevent serious consequences that threaten human life, and eliminate shortcomings in the operation of compressed and liquefied gas cylinders.
Keywords: Automobile, engine, gas cylinder, compressed gas, liquefied gas,
safety.
Ozbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning sifatini zamon talabiga javob beradigan darajada jaxon standartlariga mos ravishda, yuqori ekspluatatsiya sharoitida ham xavfsizlik darajasi mukammal bo'lishi va zararli oqibatlari bo'lmasligini ta'minlashimiz zarur. Gazballonli avtomobillarning gaz uskunalariga moslanganligini baholash, ekspluatatsiyadagi siqilgan va suyultirilgan gaz ballonlaridan foydalanish jarayonida uning inson hayotiga zarar yetkazuvchi jiddiy oqibatlarini oldini olish va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Respublikamiz mustaqilligidan so'ng mamlakatimizda avtomobil sanoati shiddat bilan rivojlandi. Avtomobillar soni keskin darajada oshdi va hozir ham oshib bormoqda. Avtomobil yonilg'isi sifatida qo'llaniladigan benzin va dizel
мЭкономнка h соцнумм №12(127)-1 2024
www.iupr.ru
523
yonilg'ilariga bo'lgan talabning o'sishi ularga muqobil yonilg'ilardan foydalanishni taqazo etmoqda. Hozirgi kunda tannarxi jihatidan arzon bo'lgan tabiiy gazlardan avtomobillarning yonilg'isi sifatida foydalanish keng yo'lga qo'yildi. Shuni ta'kidlashimiz kerakki Respublikamizda tabiiy gazning ko'plab zaxiralari bor va bu zahiralarda yuqori sifatli tabiiy gazlar bo'lib ulardan avtomobil dvigatellari uchun yonilg'i sifatida foydalanishda ortiqcha gazni qayta ishlash yoki kimyoviy usullarda ishlov berish texnologiyalari qo'llanilmasdan, to'g'ridan-to'g'ri yonilg'i sifatida foydalanish mumkin. Bundan tashqari motor yonilg'isi sifatida qo'llaniladigan tabiiy gaz boshqa yonilg'i turlaridan ancha arzon turadi. Bunday gazlarning asosiy komponentlari - etan, propan, butan va ularga juda yaqin to'yinmagan uglevodorodlar - etilen, propilen, butilen va ularning izomerlari kiradi. MDH davlatlarida ishlab chiqarilayotgan gaz uskunalari jamlamasi umumiy og'irligi 4060 kilogramni tashkil etadi. Bu esa o'z navbatida gaz ballonlarni engil avtomobillarda o'rnatish imkoniyatini beradi. Gaz ballon o'rnatilgan avtomobillarda uning hajmiga ko'ra bosib o'tgan masofasi 1-jadvalda ko'rsatilgan.
1-jadval
Avtomobillar turi Gaz uskunalarning hajmi (m3)
60 m3 65 m3 70 m3 80 m3 90 m3 100 m3
Lacetti - - - - 250 km 280 km
Cobalt - - - - 250 km 280 km
Nexia - - - 200 km 250 km 300 km
Spark 200 km 220 km 250 km - - -
Matiz 220 km 250 km 280 km - - -
Bu ko'rsatgichlar 20 MPa bosimda gaz yonilg'isi zaxiralanganda real ekspluatatsiya sharoitida haydovchilar tomonidan aniqlagan.
Metan 20 MPa bosimgacha siqiladi va qalin devorli hajmi kichik va qulay ballonlarda saqlanadi. Qazib olinayotgan tabiiy gazning asosiy qismini (92-99%) metan tashkil etadi. Etan, propan va butan 1,6 MPa bosimda suyuq holatga o'tadi va ular ham shu bosim ostida ballonlarda saqlanadi. Biroq, gaz ballonli avtomobillarda ta'minlash tizimi murakkab, yong'in va portlash xavfsizligiga qo'yiladigan talablar esa yuqori bo'ladi. Gazdan transport vositalarida motor yonilg'isi sifatida foydalanish uchun gazni dastlab yuqori bosim 20-22 MPa ga siqish kerak, buning uchun esa uni saqlashda maxsus ballonlardan foydalanishni taqazo qiladi. Gazni bosim ostida saqlash uchun uglerodli va legirlangan po'latlardan tayyorlangan va 15-22 MPa bosimga mo'ljallangan gaz ballonlari ishlab chiqariladi. Har bir ballon gaz bilan to'ldirilmagan holatda massasi 100 kg dan og'ir. Shuning uchun bunday ballonlar asosan yuk avtomobillarida va avtobuslarda qo'llaniladi. Ishlatilgan gaz tarkibida qo'rg'oshin umuman bo'lmaydi.
'^KOHOMHKa h ^HyMM №12(127)-1 2024
www.iupr.ru
524
n ■ .f.,..,
Suyultirilgan neft gazida ishlovchi gazballonli yengil avtomobilni xaydash, xizmat ko'rsatish va ta'mirlash uchun shunga muvofiq maxsus tayyorgarlikdan o'tgan kishilar, ya'ni gaz apparaturalari qurilmasi, texnika xavfsizligi buyicha imtixondan o'tib, maxsus guvoxnoma olgan shaxslar qo'yiladi. Gaz ballonidan yoki gaz apparaturasidan gaz chiqishi ro'y berganida havoda bug'lanib tarqaladigan neft gazi (propan-butan) xavoga nisbatan zichligi 1,5 baravar ortiq bo'lgani uchun gaz-havo tarkibi portlash holatini yuzaga keltirishi mumkin. [1].
Bunday gaz ballonlardan foydalanishda noxush hodisalar ro'y bera boshladi. Ma'lumotlarga qaraganda, o'tgan vaqt davomida 55 kompozit qoplamali gaz ballonining portlashi natijasida 23 nafar fuqaro tan jarohati olgan, 41 nafar shaxs halok bo'lgan.
1-rasm. Kompozit qoplamali gaz ballon uskunasi.
Ushbu xavsizlik chora tadbirlariga biz ham munosib tarizda o'z fikr va mulohaza, taklif va loyihalarimizni kiritmoqchimiz. Bilamizki kuzov turi sedan (GENTRA, COBALT, NEXIA), hetchbek (MATIZ, SPARK), JIP (CAPTIVA) bo'lgan avtomobillarimizda gaz uskunalari qo'llanilishida mavjud kamchiliklar bor. Bunda gaz uskunasidan chiqqan gaz hidi to'g'ridan-to'g'ri salon ichida o'tirgan insonlarga zarar yetkazadi. Bunga sabab avtomobil yukxonasining salon ichidan mustahkam tarzda va germetik himoya qatlamining mavjud emasligi. Biz ushbu oqibatlarni kamaytirish uchun gaz ballon va salon oralig'ida mustaxkam temirdan tayyorlangan, qalinligi 9.5 mm dan 10 mm gacha bo'lgan temir qoplamani gaz ballon va salon oralig'ida, tik xolatda, qattiq qotirilgan darajada joylashtirishni aytib o'tmoqchimiz.
2-rasm. Tavsiya qilinadigan gaz ballon uskunasining himoya qobig'i sxemasi.
Ushbu konstruksiyadan foydalanishimizda uning zararli tomonini ham aytib o'tishimiz lozim. Ushbu qoplama avtomobil osmalariga tushadigan og'irlik miqdorini oshishiga sabab bo'ladi. Bunda og'irlik quyidagicha bo'lishi mumkin.
Bunda: Temirning zichligi 7800 kg/m3 , qoplamaning uzunligi 105 sm, qalinligi 0,9 sm, yoy uzunligi 67,5 sm bo'lsa qoplamaning umumiy og'irligi 49,7 kg ni tashkil etadi. Ishlab chiqarilayotgan avtomobil va avtotransport vositalarida rejalashtirilayotgan himoya vositasi qo'llanishi uchun ayrim maxsus qo'shimcha amallar bajarilishni talab qiladi.
'^KOHOMHKa h ^uyM" №12(127)-1 2024
www.iupr.ru
525
3-rasm. Tavsiya qilinadigan gaz ballon uskunasining himoya qobig'i sxemasining 3D ko'rinishi.
Gaz ballon va salon o'rtasida himoya vositasi sig'adigan kenglikda joy ochiladi. Bu ma'lum darajada konstruktsion o'zgarish talab qiladi. Avtomobilga himoya vositalari o'rnatilish oqibatida mavjud ortiqcha yuk ortilgani sababli unga ketuvchi yuk xajmi kamayadi. Avtomobilga ortiqcha yuklanganlik vujudga kelishi tufayli shinalarining yedirilish darajasi minimal darajada oshishi kuzatiladi.
Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki ushbu himoya vositasidan foydalanganda ma'lum darajada yuzaga keladigan zararlarni kamaytirish va ekspluatatsiya jarayonida gaz ballon va yo'lovchilarning xavfsizligini kamaytirishni yanada oshirish imkonini beradi.
Adabiyotlar.
1. Ахметов Л.А., Иванов В.И., Ерохов В.И. «Экономическая эффективност и эксплуатационные качества газобаллонных автмобилей». -Т.: Узбекистан, 1984. 198 бет.
2. Умиров И., Нуруллаев У, «К вопросу эксплуатируемых газобаллонных автомобилей», «Меъморчилик ва курилиш муаммолари» Илмий-техник журнал. Самарканд: 2018 йил, №3-сон.
3. Нуруллаев, У А., & Умиров, И. И. (2020). Улучшения эксплуатационных показателей двигателей газобаллонных автомобилей. Academic research in educational sciences, (3), 19-24.
4. Умиров, И. И. У., & Хдмракулов, Ё. М. (2020). Автомобиллардан чикаётган газсимон чикиндиларнинг атмосферага аралашиши. Academic research in educational sciences, (1), 73-78.
"Экономика и социум" №12(127)-1 2024
www.iupr.ru
526