Научная статья на тему 'G‘ALTAKLI EKISH APPARATINING ASOSIY PARAMETRLARINI ASOSLASH'

G‘ALTAKLI EKISH APPARATINING ASOSIY PARAMETRLARINI ASOSLASH Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

77
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
g‘altakli ekish apparati / g‘altakli nov / urug‘ hajmi / xarakat tezligi / aylanish chastotasi / roller seeding device / roller bar / seed size / movement speed / rotation frequency.

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — N. Islomov, S. Mardiev, Y. Islomov

Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligida o‘simliklar urug‘ini sifatli va aniq ekishdan iborat. Shu jihatdan ushbu maqolada g‘altakli ekish apparatini asosiy parametrlarini aniqlashda uning asosiy konstruktiv parametrlari aniqlangan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

At present, the main goal is the accurate and high-quality sowing of seeds in agricultural crops. In this regard, this article defines the main design parameters of the coil sowing machine

Текст научной работы на тему «G‘ALTAKLI EKISH APPARATINING ASOSIY PARAMETRLARINI ASOSLASH»

G'ALTAKLI EKISH APPARATINING ASOSIY PARAMETRLARINI

ASOSLASH

N. Islomov S. Mardiev

Magistratura talabalari

Y. Islomov

Ilmiy rahbar, t.f.f.d.

ANNOTATSIYA

Hozirgi kunda qishloq xo'jaligida o'simliklar urug'ini sifatli va aniq ekishdan iborat. Shu jihatdan ushbu maqolada g'altakli ekish apparatini asosiy parametrlarini aniqlashda uning asosiy konstruktiv parametrlari aniqlangan.

Kalit so'zlari: g'altakli ekish apparati, g'altakli nov, urug' hajmi, xarakat tezligi, aylanish chastotasi.

ABSTRACT

At present, the main goal is the accurate and high-quality sowing of seeds in agricultural crops. In this regard, this article defines the main design parameters of the coil sowing machine.

Keywords: roller seeding device, roller bar, seed size, movement speed, rotation frequency.

KIRISH

Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining muhim vazifasi aholini oziq-ovqat, chorvachilik - ozuqa, agrosanoat - xom ashyo bilan to'liq qondirish uchun zarur bo'lgan hajmlarda qishloq xo'jalik mahsulotlarini resurslarini yaratishdir.

Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi faoliyatining zamonaviy sharoitida va iqtisodiy jihatdan beqaror bozor sharoitida mayda urug'lik ekinlarini etishtirishda texnologik masalalarning mohiyatini ochib beruvchi masalalar ayniqsa dolzarbdir. Xususan, zamonaviy dehqonchilik tizimlarida tuproq unumdorligini oshirish maqsadida ko'rib chiqilayotgan texnik tizim va yetishtiriladigan mayda urug'lik ekinlarining ish sharoitlarini hisobga olgan holda, belgilangan agrotexnik talablarga to'liq javob beradigan texnologik va texnik tizimlarni ishlab chiqish ustuvor vazifa xisoblanadi.

October 5-6

444

Ushbu ishning maqsadi ekish mashinasida materialning harakatlanish jarayonini o'rganish va uning eng samarali ishlashi uchun ekish mashinasining optimal ishlash rejimlarini tanlashdir.

Bu muammoni hal qilishda texnologik jarayonlar va mashinalarni takomillashtirishga katta ahamiyat beriladi. Ko'plab ekish mashinalarining konstruksiyalari ishlab chiqilgan. Ekish mashinalarini ishlab chiqishda asosiy vazifa quyidagilardan iborat deb qaraladi: belgilangan ekish me'yorlarida urug'larni ekishning maksimal bir xilligini ta'minlash; erning qiyaliklari va balandliklari; tiqilib qolishga qarshilik; universallik; ekish tezligiga moslashish qulayligi; ekish paytida urug'ga zarar yetkazilmaslik. Ushbu muammoni hal qilish uchun qurilmalar asosan uch xil: mexanik, pnevmatik va pnevmomexanik.

Hozirgi vaqtda mexanik ekish mashinalari asosiy rol o'ynaydi, pnevmatik va pnevmomexanik ekish mashinalari esa faqat kichik qismini egallaydi.

G'altakli ekish mashinasining kamchiliklari urug'larga shikast etkazilishi, urug'larni maydon yuzasi buylab bir xil taqsimlanmasligi, konstruksiyasining murakkaligi va ishlash ishonchliligi pastligidadir. Bularning barchasi ekinlar hosildorligining pasayishiga olib keladi.

Ekish g'altagining ish hajmi V g'altakning novlari tomonidan chiqarilgan urug'lar hajmida va faol qatlamdan o'tgan urug'lar hajmi eg'indisidan iborat.

V = Vy + Vx

G'altak novi bilan chiqarilgan chiqarilgan urug' hajmi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi

Vy = S • I p • z • kt

bu erda S - g'altak novining ko'ndalang kesim yuzasi; £ p - g'altak novining yushchi yuzasining uzunligi;

z -novlar soni, z = 6;

kt -novlarning to'lish koeffitsienti, kt =0,7.. .0,9

G'altak novining yuzasi S quyidagi ifoda orqali aniqlash mumkin

S = 2 bh 3

bu erda b - g'altakli novning kengligi, sm;

h - g'altakli novning balandligi, sm.

October 5-6

445

Gildirakning bir aylanishida g'altakli ekish apparatining ekiladigan faol qatlam urug'larning hajmi qo'yidagi ifoda orqali aniqlash mumkin

Q - b-n-D

V = —-

104 • i-Y

Shunday qilib, g'altakli novi tomonidan ekiladigan urug'larning hajmi quyidagiga teng

s • * p =

Q • b-n-D

104 - i-Y

YUqoridagi ifodadan urug'ni ekish normasini aniqlaymiz

Q =

S-tp -104-i -Y-b-n-D

Ifoda (7) dan ko'rinib turidiki urug'ni ekish me'yori ekish aparatining konstruktiv parametrlariga bog'liq.

Seyalka g'ildiragining tuproqda siranishini inobatga olsak yuqoridagi ifoda qo'yidagi ko'rinishga ega bo'ladi

Q =

S - i„ -104 - i-Y

P

b- n- D(1 - s)

G'altakning aylanish chastotasini qo'yidagi ifoda orqali oniqlash mumkin

n =

Vm-i - 60

n- D(1 -s)

Bu erda Vm - agregatning harakatlanish tezligi, m/s; s - g'ildirakning turoqda sirpanish koeffitsienti, 0,20.. .0,28.

Uzatish soni i - 2, 3 va 4 aylanish minut bo'lganda

October 5-6

446

Rasm. 1. G'altakning aylanish chastotasinining agregat xarakat tezligiga

Rasmdan ko'rinib turibdiki agregatning harakatlanish tezligi g'altakning aylanish chastotasiga to'g'ridan to'g'ri ta'sir ko'rsatadi. Bunda uzatish soni i-2 bo'lganda agregatning harakatlanish tezligi 1,5 dan 2 m/s ga o'zgarganda aylanish chastotasi n mos ravishda 143,3 dan 191,1 min1 o'zgarishi aniqlandi. Xulosa qilish mumkinki agregatning xarakatlanish tezligini ekish sifatiga kata tasir ko'rsatadi. SHuning uchun uning ko'rsatkichini eksperimental yo'l bilan aniqlanadi.

REFERENCES

1. Кленин Н.И., Сакун В. A. Сельскохозяйтвенные и мелиоративные машина. -Москва, 1980. - с. 166-167.

2. Mamatov F.M. Qishloq xo'jalik mashinalari. -Toshkent, 2014. - b. 279-281.

3. I.T.Ergashev, Y.I.Islamov, X. Q.Pardayev, B. R.Tashtemirov, A..Ismatov и B.V.Abdullaev,. Results of the research of a combined aggregate straw grinder, which sows seeds of repeated crops. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science (Vol. 868, No. 1, p. 012087). IOP Publishing. (2021, October)

4. Islomov Y. I., Ergashev I. T. Innovative approach to improvement of arid pastures in Uzbekistan //Academic research in educational sciences. - 2022. - Т. 3. - №. Speical Issue 1. - С. 95-101.

bog'liqligi

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.