Xoldorova G.M.
Geografiya fanlari falasafa doktori, dotsent (PhD)
Berdialiyeva V. I.
1-kurs magistranti Jizzax Davlat pedagogika universiteti, O'zbekiston
G'ALLAOROL TUMANI GEOEKOLOGIK MUAMMOLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada kichik hududlardagi asosiy geoekologik muammolar, ularning inson xo jalikfaoliyatiga ta 'siri va asosiy yechimlari haqida so 'z yuritilgan.
Kirish so 'zlar: Geoekologiya, geoekologik muammo, sel, ko'chki,tuman,sho'rlanish muammosi, tabiiy va antropogen omillar
Kholdorova G.M., Doctor of Philosophy in Geography
Associate Professor (PhD) Berdalieva Visola Ilkhom kizi Master of the 1st year Jizzakh State Pedagogical University, Uzbekistan
GEOECOLOGICAL PROBLEMS OF GALLAOROL DISTRICT
Abstract: This article talks about the main geoecological problems in small areas, their impact on human economic activity and the main solutions.
Key words: Geoecology, geoecological problem, flood, landslide, fog, salinity problem, natural and anthropogenic factors
Kirish.Insoniyat butun tarixi davomida tabiiy boyliklardan foydalanib kelishi natijasida yer qa'rining foydali qazilmalari qazib olinadi, suv, o'simlik, hayvon va yer resurslaridan faol foydalaniladi. Bunda zararli chiqindilar biosferaga chiqarilib yuboriladi. Bu jarayon atrof-muhitning keskin yomonlashtirishi, biosferaning kuchli salbiy tomonga o'zgarishi XX asrning o'rtalaridagina sezila boshlandi.Biosfera faoliyatining qonuniyarlarini yaxlit tizim sifatida tushunishmasalasi bugungi kunda dolzarb bo'lib qolmoqda. Geoekologik muammolar hozirgi zamonda umuminsoniy miqyosda hal qilinadigan muammolarga aylanib bormoqda Hozirgi kunda yurtimizda antropogen va tabiiy omillar ta'sirida ko'plab geoekologik muammolar vujudga kelmoqda. Jumladan cho'llashish, tuproq sho'rlanishi va melorativ holatining buzulishi, sel, suv toshqini, kuchli shamollar, surilma va boshqalar.
G'allaorol tumanida tabiiy kuchlar ta'sirida ro'y beradigan va geoekologik resurs imkoniyatlariga ta'sir etuvchi hodisa va jarayonlar natijasida yuzaga keluvchi eroziya, deflyasiya, sho'rlanish, cho'llashish, sel, tuproq ko'chishi, zilzila va h.k. jarayonlar yuz bermoqda.Shu kabi ba'zi geoekologik muammolarni tumanida ham uchratish mumkin. Jizzax viloyati tarkibiga kiruvchi G'allaorol tumani Sangzor -
G'allaorol tog' oralig'i botig'ida joylashgan. Tuman viloyatning g'arbiy va janubi -g'arbiy qismidan o'rin olgan. Uning hududini Qo'ytosh tog'lari, sharqdan G'arbiy Turkiston tog'larining davomi hisoblangan Molguzar tog'i o'rab turadi.
G'allaorol tumani 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. 1931-yilgacha Yangiqo'rg'on deb atalgan. Tuman tashkil etilgan vaqtda uning tarkibiga Qoraqishloq, Galduravut, G'o'bdin, Chag'alak, Qoratosh, Baxmal, Mo'g'ol, Tangatopti, Yangiqo'rg'on, Korizquduq qishloq kengashl 1931 yili tuman nomi G'allaorol deb o'zgartiriladi.1962-yili sobiq Ittifoqning ma'muriy tuzilishiga o'zgartirishlar kiritilishi munosabati bilan, hududiy boshqarmalar tuzilib, tumanlar yiriklashtiriladi.Shunda, G'allaorol va Bulung'ur tumanlari bitta hududiy boshqarmaga aylantirilgan. 1964 yilga kelib tuman yana qayta tashkil qilingan. G'allaorol tumanining umumiy maydoni 1859 km. kv, bu viloyat umumiy maydonining salkam to'qqiz foizini tashkil etadi.Tuman viloyatda maydonining kattaligiga ko'ra Forish (9,54 ming km. kv) va Zomin (2.2 ming km. kv) tumanlaridan keyin, uchinchi o'rinda turadi.G'allaorol tumanining umumiy chegara uzunligi 204,6 kilometr. Tuman shimoldan Forish (chegara uzunligi 59,2 km), sharqdan SH.Rashidov (chegara G'allaorol tumani tabiiy-geografik o'rniga ko'ra markaziy va g'arbiy qismlari tekislikdan iborat bo'lsada, tumanning shimoliy va shimoli-g'arbiy qismi qir, baland qir va tog'lardan iborat. Shimoldan Nurota tizmalari, sharqdan Molguzar tog'i bilan o'ralgan. Tuman hududi shimolda 16001900 metr dan markazga qarab 350-400 metr gacha pasayib boradi.
Tumanning aynan tog'lik qismida Nurota va Molguzar tog'larining etaklarida joylashgan qishloqlar Moltob, Juma, Qorong'ul, Jiydali, Baxmalsoy va boshqa hududlarda har yili bahor va kuz mavsumida yog'ingarchilik ko'p bo'lgan vaqtda sel xavfiga duch kelishadi. qazilib, mavjudlari ham yog'ingarchilik mavsumidan oldin kenggaytitib tozalanadi.
1-rasm.Sel toshqini oqibatlari
Bir necha soat ichida jala tarzida yog'gan yomg'irlar ta'sirida ushbu hududlar sel xavf ostida qolishadi. Bunga misol qilib 2019-yil 5-7 aprel kunlari mamlakatimiza bo'lgan kuchli yog'ingarchilik ta'sirida G'allaorol tumani Moltob qishlog'iga sel kelgan. Natijada juda ko'p xonadonlar zarar ko'rgan ba'zilari butunlay qulab tushgan, odamlar ekin dalalri va chorva mollaridan ayrilgan hattoki qishloq hududidan o'tgan "Toshkent-Samarqand" tezyurar "Afrosiyob poyezdi" temir yo'li ostidan o'tgan quvurlarga ham zarar yetgan.
Bundan tashqari 2022-yil may oyidagi kuchli yog'ingarchilik tuman hududidagi Qorong'ul qishlog'i ham yetarlicha talofat yetkazgan. Aloha o'zining chorva mollaridan ayrilgan, ba'zi eski uylarning devorlari qulab tushgan. Har yili aynan yog'ingarchilik mavsumida tog' etaklarda joylashgan qishloqlar shu kabi talofatlar ko'radi. Sel xavfini kamaytirish maqsadida ushbu hududlarda turli xil kanallar va ariqlar G'allaorol tumani atmosfera havosining ifloslanishi ham boshqa bir lokal ko'rinishdagi geoekologik muammo bo'lib, asosan sanoat zonasi va Marjonbuloq koni atrofida yashaydigan aholi vakillari uchun muammo keltirib chiqarmoqda. Tabiiy komponentlarning, shuningdek yonma-yon geotizimlarning uzviy bog'liqligi komponentlardan biriga biror maqsadda qilingan ta'sir ko'pincha boshqa komponentlarga ataylab qilinmagan ta'sirning sodir bo'lishiga olib keladi (suv omborlarini qurish - atrofdagi yerlarni suv bosishiga, yer osti suvlarining olinishi - yer yuzasining cho'kishiga va h.k.
Xususan, Marjonbuloq oltin koni Janubiy Nurota tog'larining sharqiy tarmog'idagi Marjonbuloq qirlarida joylashgan bo'lib, respublika ahamiyatidagi kon hisoblanadi. Kondan har yili ko'plab miqorda rudalar qazib olinadi.Bevosita qazib olish jarayonida va kon o'z ish faoliyatini olib borishi davomida atmosferaga ko'p miqdorda zaharli tutun va gazlarni chiqaradi. Bu esa Marjonbuloq koni atrofida joylashgan qishloqlar havosining ifloslanishiga sabab bo'ladi. Aholi vakillarining fikriga ko'ra keyingi yillarda kon atrofida yashovchi aholi vakillarida o'pka kasalliklarining ortish kuzatilgan. Hamda chorva mollarining asosan mol va qo'ylarning kasallanishi, ularning tishlari to'kilish holati kuzatilgan. Ayniqsa kon atrofi qishloqlaridagi mevali daraxtlar hosil bermayotgani ham anchagina jiddiy muammo hisoblanadi.
Shunga o'xshash yana bir muammo hozirgi vaqtda G'allaorol shahri Samarqand va G'ofur G'ulom mahallalari aholisini ham tashvishga solmoqda. Har qanday xo'jalik faoliyati geotizimlarning bir maromda rivojlanishiga ta'sir etish bilan kechadi. Antropogen ta'sir aholi soni va ehtiyojining ortishi hamda texnikaning rivojlanishiga mos holda jadal sur'atda ortib bormoqda. Mazkur ta'sirning miqyosi, tezligi va boshqa ko'rsatkichlari asosida tabiiy muhit ma'lum darajada o'zgarishga uchraydi.
Chunki ushbu mahallalardan 200 metr narida kimyoviy og'it ishlab chiqarish korxnasi "G'allaorol kaliy fosfat MCHJga tegishli "Mineral og'it kalsiy-sulfat" kombinati barpo etilmoqda. Ammo korxona rasman o'z faoliyatini boshlamasdan ishlashni boshlagan. va ushbu kombinat o'zidan zaharli gazlarni chiqarmoqda bu esa aholi orasida ko'plab noroziliklarni keltirib chiqmoqda. Keksa yoshdagilar va bolalar orasida nafas qisish holatlari kuzatilgan. Aynan yuqoridgi ikki korxona va boshqa ishlab chiqarish obektlari hamda transport vositalaridan chiqayotgan turli xil gazlar ta'sirida tuman Atmosfera havosi yomonlashmoqa.
Aholini sel xavfidan saqlash uchun dastalab sel xavfi bor hududda yashayotgan aholiga sel kelish mavsumida yoki sel kelgan vaqtda nimalar qilish mumkinligi va nimalar qilish mumkin emasligi haqida tushuntirish ishlari olib borish lozim. "O'zgidromet", FVV, hokimiyatlar vakillari tomonidan berilgan ko'rsatmalardagi sel va suv toshqinidan himoya qilish haqidagi yo'l-yo'riqlarini bilishlari lozim. Sel xavfi kelishi haqida FFV tomonidan yuborilgan xabarlarni qabul qilishgandan so'ng xavfsizroq joyga borishlari kerak. Bundan tashqari tog' adirlarida suv yo'llarini ochish, daryo o'zanlari va tog' adirlarida daraxt ko'chatlarini ekish, yonbag'irlarga ko'ndalang ishlov berish , pog'ona-pog'ona qilish ham sel xavfini kamaytiradi. Shu bilan birga sel suvlarini yig'uvchi ishlab turuvchi selxonalarni qurish ham sel jarayoni natijasida paydo bo'ladigan xavfni kamaytiradi.
Xulosa. Yuqorida nomi tilga olingan har ikkala korxona ham mamlakat miqyosida muhim ahamiyatga ega. Ularning faoliyati nafaqat tuman uchun balki butun mamlakat uchun ham foyda keltiradi. Masalan barpo etilayotgan kaliy zavodi G'allaorol sanoat zonasida joylashtirilayotgan bo'lib, ushbu sanoat zonasida joylashgan aholi vakillariga o'z xonadonlarini ko'chirish taklifi berilmoqda va ular uchun yer maydonlari ajratilishi takidlab o'tilmoqda. Bu borada aholi, korxona faollari va tuman hokimligi birgalikda kelishgan holda ko'chish yoki ko'chmaslik
masalasini hal qilishi lozim. Korxona qurilish jarayonida filtirlash tizimiga alohida e'tibor berish lozim. Aynan atmosfera havosi zaharli bo'lgan kon atrofida yashayotgan aholi vakillari salomatligini muhofaza qilish maqsadida har yili bir marta yoki ikki marta bepul tibbiy ko'rikdan o'tish, bazi dori vositalari bilan ta'minlash, sanatoriya va davolanish muassasalari uchun yo'llanmalar berish kon faoliyati natijasida paydo bo'lgan zararni oz bo'lsada kamaytirish imkonini berishi mumkin. Kon filtirlash tizimini yanada yaxshilash, yangi zamonaviy uskunalar bilan eskilarini almashtirish ham mumkin. Aholining ekologik madaniyatini shakllantirish lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Г.Холдорова Мирзачул табиий улкаси ландшафтларининг узгаришида шамолнинг ахамияти,Экология хабарномаси 2021 №2(233)
2.Abdunazarov, U., & Sabitova, N. (2020). Morphological features of buried Soils of loess formations of the prytashkent region of Uzbekistan. Архив Научных Публикаций JSPI.
3. Kholdorova, G. M. (2020). Changes In Natural Geographical Processes In The Mirzachul Region Under The Influence of The Sardoba Reservoir. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(3), 3136-3147.
4. Tursunov H. Va bosh/ Ekologiya аsоslаri vа tаbiаtni muhоfаzа qilish. "Fan va texnologiyalar" T. 2018. 215 b
5. Хакимов, К. М., Эрматова, Н. Н., & Холдорова, Г. M. Принципы b основные положения номинации географических объектов.
6.Xoldorova G., Usmanov, M. (2020). Мирзачул табиий географик райони худудининг тупрок; коплами мониторинг тизимини ташкил этишнинг амалий жихдтлари. Архив Научных Публикаций JSPI, 1-7.
7.Xoldorova, G. (2021). Проблемы мониторинга окрижающей среды мирзачуля. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (1).
8.Холдорова Г., Эсонов С.Э. М Сангзор хавзаси геосистемаларида тупрокларининг мелиоратив холатини картага туширишда тизимли тахлилдан фойдаланиш "Journal of Natural Sciences" №2 2021 y. http: //natscience.jspi.uz 9.O.Ruzikulova, N. Sabitova G. Kholdorova The role of GIS texnology in determining irrigateci geosistems E3S Web of Conferences 227, 03004(2021) GI 2021 ttps://do.org/10.1051/e3sconf/202122703004. 257 б.
10. Muminova, N., Sidikova, K., & Abdurakhmanov, E. (2024). Investigation of teos hydrolytic polycondensation in the synthesis of gas-sensitive films for a semiconductor carbon (II) oxide sensor. In E3S Web of Conferences (Vol. 474, p. 01021). EDP Sciences.
11.Холдорова Г Мирзачул табиий шароитинииг шаклланишида ер усти ва ер ости сувларининг урни. Science and education in the modern world:challenges of the xxi century"Nur-sultan, Kazakhstan, october 2020