Научная статья на тему 'G’AFUR G’ULOM QISSALARIDA DAVR VA SHAXS TALQINI'

G’AFUR G’ULOM QISSALARIDA DAVR VA SHAXS TALQINI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
1863
175
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
G’afur G’ulom / ota-onasi / talabalik davrlari / “Vaqt” she’ri / “Shum bola” asari / “Netay” qissasi . “...G’afur G’ulom shaxsi / xotirasi va merosi haqida gapirganda / biz bu ulug’ insonni

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — S.U. Mamatkulova

Vatanimiz mustaqilligining yigirma besh yilligiga bag’ishlab “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi tomonidan tashkil etilgan mazkur anjuman doirasida shahar va tumanlar markazlari, ta'lim muassasalarida turli ma'naviy-ma'rifiy, badiiy dasturlar o’tkazish rejalashtirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «G’AFUR G’ULOM QISSALARIDA DAVR VA SHAXS TALQINI»

S.U. Mamatkulova

G'AFUR G'ULOM QISSALARIDA DAVR VA SHAXS TALQINI

Vatanimiz mustaqilligining yigirma besh yilligiga bag'ishlab "Ka-molot" yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi tomonidan tashkil etilgan mazkur anjuman doirasida shahar va tumanlar markazlari, ta'lim muas-sasalarida turli ma'naviy-ma'rifiy, badiiy dasturlar o 'tkazish rejalashtirilgan.

Kalit so'zi: G'afur G'ulom, ota-onasi, talabalik davrlari, "Vaqt" she'ri, "Shum bola" asari, "Netay" qissasi.

"...G'afur G'ulom shaxsi, xotirasi va merosi haqida gapirganda, biz bu ulug' insonni, avvalo, keng, tom ma'noda xalq shoiri, deb qiyos etamiz, uning o'lmas nomi va so'nmas ijodi oldida bosh egamiz"

Islom Karimov.

XX asr o'zbek she' riyatining eng yorqin siymolaridan biri, atoqli shoir va yozuvchi, mohir tarj imon, yirik adabiyotshunos olim G'afur G'ulomdir. G'afur G'ulom bizga "Shum bola" asari orqali yanada yaqinroq taniymiz. G'afur G'ulom — O'zbekistonning taniqli yozuvchisi hamda uning she'riyati va nasrida o'zbek xalqi tarixi o'zi-ning badiiy timsolini topgan ijodkor. Yozuvchining ijodi rang-barang — she'rlar, qo'shiqlar, dostonlar, qasidalar, hikoyalar, qissalardan iborat. O'zbek xalqining sevimli ijodlori G'afur G'ulom 1903-yilning 10-may kuni Tosh-kentda, dehqonlar oilasida tug'ilgan. Uning otasi dehqon bo'lishiga qaramay, o'z davrining savodli kishilaridan bo'lgan. U o'zbek va tojik mumtoz adabiyotini o'qigan, rus tilini bilgan, o'zi ham she'rlar yozgan. Uning uyiga Muqimiy, Furqat, Asiriy, Xislat va boshqa shoirlar kelib turgan. Bundan ko'rinib turibdiki, G'afur G'ulom ijod-korlar orasida ulg'aygan.

1916-yilning kuzida G'ofur o'qishga kiradi. U otasi va onasi vafot etganidan keyin talabalik davrlarida ishlashga majbur bo'lgan. Qashshoqlik va yetishmovchilik deb ataluvchi tilsim ming-minglab bolajonlar qatori kelajakning buyuk shoiri -"o'ninchi yillarning sargardon"ini ham o'z quchog'iga oldi. Etikdo'z kosibga qarashdi, kunduz kunlari singillarini boqib, kechqurun qo'shni mahalladagi tegirmonda qorovullik qildi. Sariboy degan boyning ko'shkin bog'ini qo'ridi. Ko'p yillar o'tgach, shu boy eshigidagi xizmatlarni G'afur G'ulom o'zining «Shum bola» qissasiga ustalik bilan singdirib yubordi. G'afur G'ulomning Ko'plab kasblarda o'zini sinab ko'rgach, u nihoyat, matbaaga harf teruvchi bo'lib ishga kiradi, so'ngra, pedagogik kurslarda tahsil oladi. 1919-yildan 1927-yilgacha u o'qituvchi, maktab direktori, Ma'naviyat uyushmasi ishchilari raisi bo'lib ishlaydi. U ota-onasidan erta yetim qolgani uchun bolalar uyi qurilishida ham ma'naviy, ham amaliy yordam bergan.

1923-yildan G'afur G'ulomning adabiy faoliyati boshlanadi. 1923-yil yozilgan ilk ijodlaridan "Feliks farzandlari" she'rida yetim bolalar haqida gapirarkan, unda yozuvchi o'z hayotini ifodalaydi, "Maorif va o'qituvchi" oynomasida esa "Go'zallik qayerda" nomli ikkinchi she'ri nashr qilinali. Birin-ketin she'riy to'plamlari bosmadan chiqadi: "Dinamo", "Xitoy suratlari", "Biz sizlar bilan tirikmiz", "Jonli qo'shiqlar", "Sizga", "Sovg'a", "Tong qo'shig'i", "Qo'qon" dostoni va boshqalar. Ijodkor ijodining ilk yillardayoq ko'plab she'rlar, dostonlar, ocherklar, hajviy hikoyalar va qissalari gazeta va jurnallarda chop etadi.

G'afur G'ulomning 30-yil boshlarida yozilgan she'rlarida yangi shakllarga burilish seziladi, bunga mumtoz rus tilini o'rganashi ham muhim darajada ta'sir ko'rsatgan. Bundan tashqari, sanoatning o'sishi, Turksib temir yo'l magistralining qurilishi kabi uning ona yurtida sodir bo'layotgan ajoyib o'zgarishlarni ta'riflash uchun yangi lug'at boyligi, yangi she'riy bo'yoqlar, yangi ohang va vazn talab etilgan.

Shoirning boqiy hayot, mangu ko'k daraxt haqidagi 1929-1948-yillar oralig'ida yozilgan "Qish va qor", "Non", "Toshkent", "Qutbda saylovlar", "Men - Yahudiyman", "Qish", "Xotin", "Afsuski, afsusni qo'shib ko'mmadi", "Bog'", "Qayg'u", "Kuz keldi", "Kuzgi ko'chatlar" kabi she'rlarida umuminsoniylik, insonpar-varlik mavzulari o'z aksini topdi. Ko'pgina she'rlarida sharq donishmandi - ota timsoli mavjud: "Sen yetim emas-san" (1942), "Qayg'u" (1942), "Biri biriga shogird, biri biriga ustod" (1950), "Sizlarga - yoshlar" (1947), "Bahor taronalari" (1948) va boshqalar.

G'afur G'ulom faqat she'rlar yozish bilan cheklanib qolmay, sovet davridagi adolatsizlikni kelajak av-lodga yetkazish uchun bir qancha hikoyalar yozgan. Ulardan "Netay" (1930), "Yodgor" (1936), "Shum bola" (1936-1962) qissalari va "Shariat nayranglari" (1930), "Mening o'g'rigina bolam" (1965) hikoyalarida chinakam xalq qahramonlari, milliyligimiz tavsirlangan. Ijodkorning "Shum bola" asari sovet tuzumi davridagi adolatsizliklarni hamda o'sha davr aholisining turmush tarzini ochiqchasiga ko'rsatib bergan.

© S.U. Mamatkulova, 2022.

G'afur G'ulom faqat she'rlar, qissalar va boshqa asarlar yaratish bilan cheklanib qolmay, dunyoning mashhur yozuvchilarini asarlarini tarjimasi bilan ham shug'ullangan. Masalan, Pushkin, Lermontov, Griboyedov, Maya-kovskiy, Nozim Hikmet, Rustaveli, Nizomiy, Shekspir, Dante, Bomarshe va boshqalarning asarlarini o 'zbek tiliga mohirona tarjimasi bilan mashhur bo'lgan.

G'ofur G'ulomning dunyo qarashi va badiiy didining shakllanishida Vladimir Mayakovskiy asarlari katta ta'sir ko'rsatgan. G'ofur G'ulom o'zining maqolalaridan birida shunday yozadi: "Men... rus mumtoz ijodkor-larini bilaman va ularni sevaman va ularning ko'plab asarlarini ona tilimga tarjima qildim. Lekin "men uchun vazn, lug'at, timsol, she'rning ohang tuzilishi sohalarida eng serqirra va cheksiz imkoniyatlarni ochgan" Mayakovskiyning shogirdiman, deyishni istayman". Mayakovskiy satirasidagi darg'azab, tanqidiy kinoya, lirikasidagi bag'oyat ulkan tuyg'u kuchidan tashqari, men o'zimda... uning usullarining dovyurak notiqlik kuchini, metaforalar jasorati, mubolag'alar ifodaliligini jamdashga harakat qildim. Hatto, usulli, ohangli va ma'no ifodaliligini oshiruvchi she'r qurilishidan ham o'zbek she'r tuzimida foydalanishimga to'g'ri keldi". Bular G'ofur G'ulomning ko'plab she'rlarida namoyondir, masalan: "Turksib yo'llarida ", "Ona yer ", "Yashasin, tinchlik!".

G'afur G'ulom o'zbek tarjima maktabining maydonga kelishiga ham ulkan hissa qo'shgan. U «Otello», «Qirol Lir» singari jahon adabiyoti durdonalarini o'zbek tiliga katta mahorat bilan o'girgan. G'afur G'ulom O'zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zosi edi.

"Netay" qissasi — keng ijtimoiy umumlashmalarga boy ajoyib asar. Syujet asosiga haqiqiy voqea qo'yil-gan. So'nggi Buxoro amiri Peterburgga safari chog'i Toshkentda to'xtaydi. Amir mamnun va xursand bo'lishi uchun boylar hamma narsa qiladi. Uning huzuriga ermak uchun Netay ismli qizni keltirishadi.

Oddiy ishchilar timsoli yoqimli tarzda ifodalangan - urug'lar va ularning ayollari hayotning qiyinchili-klariga qaramay, ma'nan boy va juda ta'sirchan bo'lgan Netay ismli o'n yashar qizni boqib olishadi. Qissada G'ofur G'ulomning o'ta serqirraligi va iqtidorining moslashuvchanligi va nasr texnikasidan mohirona foydalana olishi namoyon bo'lgan.

O'zbekiston Fanlar akademiyasi akademiki G'ofur G'ulom "Navoiy va bizning davr" (1948), "Folklordan o'rganaylik" (1939) tadqiqotlarini, "Jaloliddin dramasi haqida" (1945), "Muqimiy" (1941) maqolalarini yaratgan.

O'z davrining dolzard asari yosh avlodni tarbiyalashdagi qudratli kuch haqida so'zlovchi "Yo'ldosh" dostoni bo'lgan. Fuqarolik urushida yaqinlari Yo'ldoshdan ayriladi. Boshqa yetim bo'lib qarovsiz qolgan bolalar kabi, bu bolakayga ham davlat g'amxo 'rlik qiladi — ular uchun boshpana bo'lgan internatlar va bolalar uylari yaratishadi. Ijodkorning asarlaridan ko'rinib turibdiki, ularda o'zining hayotini qisman mujassam etgan.

Bolalar uyi tarbiyalanuvchilari o'z Vatani mustaqilligi himoyasi uchun doim tayyor turishadi. Dostonda katta mahorat va iliqlik ila Yo'ldoshning otasi bilan uchrashuvi aks etilgan, o'z qarziga vafoli insonlar siymosi chuqur va keng ochib berilgan. Vatan himoyachisi mavzusi G'ofur G'ulomning 1941 - 1945 yillardagi keyingi ijodida yanada rivojlandi va chuqurlashdi. Shoir urushdan keyingi davrlardagi mamlakatning iqtisodiy rivojlan-ishida o'zbek ayolining o'rnini tarannum etadi.

"Ikki akt" dostonida u qishloqlarning qayta joylashuvini madh etarkan, o'zbek dehqonchiligi va ularning kelajak orzu tuyg'ularini ifodalaydi. Doston o'zining chinakan hayot haqiqatiga sadoqati bilan kuchlidir. Bu yerda o'zbek dehqonchiligining tarixiy ishonchli surati chizilgan. Ushbu mavzu "Qo'qon" dostonida ham yangraydi. O'z vaqtida u xalqda ommabop bo'lgan va qishloq xo'jaligini mustahkamlash kurashida targ'ibot vazifasini ba-jargan.

G'ofur G'ulom qisqa, o'tkir syujetli hikoyalar ustasi sifatida ham taniqli bo'lib, hikoya uslubi o'rnida u yozuvchining savol-javoblari bilan to'ldirilgan jonli do'stona bahs-munozara shaklida, mualliflik nutqi va kitobx-onga erkin yuzlanish orqali foydalanadi. G'ofur G'ulom tomonidan 30-yillarda yaratilgan ko'plab nasriy asarlar yangi insoniy munosabatlarga bag'ishlangan. U asarlarida yoritgan asosiy muammo va yechimlar - bu insonning axloqiy tarbiyasi, uning ma'naviy va madaniy rivoji sari kurashdir. Muallif o'zining nasriy asarlarida yorqin ijobiy timsollar yaratadi. "Yodgor" qissasidagi katta qalb egasi bo'lmish ijobiy qahramon Jo'ra begonaning farzandini tarbiyalaydi. Aynan oddiy insonning begona bolaga bo'lgan munosabati orqali muallif Jo'raning yuqori axloqiy darajasini ko'rsatib bergan.

G'ofur G'ulom ko'plab asarlarini bolalarga bag'ishlagan. Bizga ma'lum-u mashhur bo'lgan "Shum bola" hikoyasi nisbatan omadli hisoblanadi. Qahramon o'zining fojiali hayoti haqida o'zi so'zlaydi. Bola uyidan mahsulotlarni olib chiqib ketayotgan vaqtda onasi jazolaganligi tufayli, uyidan xolasinikiga qarab qochadi. Ammo, bu yerda ham bolaning omadi kelmaydi: u tasodifan tog'asining bedanasini o'ldirib qo'yib, bu uydan ham ketadi. Shunday qilib, u darbadar va ovoralik qilishni boshlaydi. Yozuvchi o'z e'tiborini shum bolaning xavotirlari va ichki kechinmalarini tasvirlashga qaratadi. Tashqi hodisalar, narsalar va kichik qahramonni o'rab turgan barchasini tasvirlash inson tuyg'ularini chuqur namoyon qilishda xizmat qiladi. Bunga barchasi bo'ysunadi — voqea bayon-otining nuqtai-nazari, manzara va asarning timsoliy negizi. G'afur G'ulomning ushbu asari kinolashtirilgan hamda hozirda ham sevib tomosha qilinadigan retro kino hisoblanadi.

ISSN 2223-4047

Вестник магистратуры. 2022. № 3-2 (126)

Urush yillarida G'ofur G'ulom "Sen yetim emassan", "Seni kutyapman, o'g'lim!", "Vaqt", "Ku-zatish", "Ayol", "Bizning ko'chada ham bayram bo'lajak" kabi ajoyib she'rlar yaratgan. "Seni kutyapman, o'g'lim!" she'rida shoir front ortida o'zlarining qahramonona mehnatlari orqali dushman ustidan g'alabani yaqin-lashtirgan otalarning sabri va kuchini madh etadi.

Mushkul kunlarda insonlarning bolalarga bo'lgan muhabbati buyuk ma'no kasb etgan. Bu - ota-onasini yo'qotib, oddiy odamlarning sidqidildan qilgan g'amxo'rligi haqida so'z boruvchi ajoyib "Sen yetim emassan" she'rida yaqqol seziladi. Shoirning urush yillarida yozilgan "Bahaybat", "G'alabachilar qo'shig'i", "Vaqt", "Xotin" she'rlari yuqori fuqarolik she'riyatining namunalari hisoblanadi. Ular "Sharqdan kelmoqdaman" to'plamidan joy olgan. G'afur G'ulomning "Vaqt" she'ridan parcha: G'uncha ochilguncha o 'tgan fursatni Kapalak umriga qiyos etgulik, Ba 'zida bir nafas olg 'ulik muddat — Ming yulduz so 'nishi uchun yetgulik. /-/-/-

Yashash soatining oltin kapgiri Har borib kelishi bir olam zamon. Koinot shu damda o 'z kurrasidan Yasab chiqa olur yangidan jahon.

Lahza nima? Ko'z ochib yumguncha o'tadigan fursat. Go'yo e'tiborga, diqqatga arzimaydi. O'z umrini poyonsiz deb o'ylaydigan aksariyat odamlar uchun lahzaning sariq chaqalik qimmati bo'lmasligi ham mumkin. Biroq shoir bu she'ri orqali butun insoniyat hayoti - uning quvonch-u tashvishlari, hatto qismati ham mana shu lahzalarga jo ekanini favqulodda misollar bilan isbotlab beradi.

Urushdan keyingi yillar G'ufur G'ulom bir qator she'riy to'plamlarini nashrdan chiqaradi: "Yangi she'rlar", "O'zbekiston olovlari", "Onalar", "O'zbek xalq g'ururi", "Tong qo'shig'i", "Yashasin, tinchlik!", "Bu - sening imzoing". Ushbu to'plamlardan joy olgan she'rlarda shoir tinchlik davrining muhim savollariga javob topishga, o'zbek xalqining mehnat faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini ko'rsatishga intiladi. Asarlarining qah-ramonlari — dunyo ishlari va osoyishta mehnat bilan band sobiq askar.

G'ofur G'ulom ijodining urushdan keyingi davri o'zbek adabiyoti rivojida muhim o'rin egalladi. Urushdan avvalgi davrlarda uning she'rlarida urushdan oldin ular tomonidan yaratilgan narsalarni qo'lda qurol bilan himoya qilayotgan, yerda tinchlik istayotgan odamlarning ichki kechinmalari va o'y-xayollari tasvirlangan. Shoirning urushdan keyingi davr lirikasi uning urush yillar lirikasining mantiqiy davomi va rivoji hisoblanadi, "Unutma, Vatan seni kutmoqda!" va "G'alaba bayrami" she'rlari — shoirning mazkur ikki ijodiy davrining bog'lovchi halqasi kabidir.

G'afur G'ulomning 60 yillik yubileyi munosabati bilan «O'zbekiston xalq shoiri» faxriy unvoniga sazovor bo'lgan (1963). 2000 yilda esa Vatan oldidagi unutilmas xizmatlari uchun unga «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni berildi. O'zbek she'riyatining otashin jarchisi, ulkan so'z san'atkori G'afur G'ulom milliy ada-biyotimizning rivojiga katta hissa qo'shgan adibdir. Adib 1966-yilda vafot etgan. Lekin G'afur G'ulomning nomi va asarlari abadiy qoladi.

Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilin-ganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida xalqning aniq maqsad yo'lida harakat qi-lishida ta'lim-tarbiyaning roli naqadar muhim ekanini uqtirarkan: "Hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun o'z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo'qotmaydigan masala bo'lib qolmoqda... Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an'analarimizga, ajdodlarimizning boy mero-siga tayanamiz", - deb ta'kidladilar. Darhaqiqat, mustaqillik biz yoshlar uchun yangi-yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Biroq, yosh avlod shiddat bilan o'zgarayotgan dunyoga hamqadam bo'lishi, olis va yaqin o'tmish mer-osimizni qaydarajada o'zlashtirishi, ularning o'zligini anglashiga ham bog'liqdir.

MAMATKULOVA SITORA UKTAMOVNA - Toshkent davlat yuridik universiteti, 2 - bosqich talabasi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.