INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
FUQAROLIK ISHINI QO'ZGATISH, TAYYORLASH VA SUDDA MUHOKAMA
QILISH BOSQICHLARI Xushboqova Nigora G'ayrat qizi
Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti Yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7197790
Annotatsiya. Joriy yilda Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan sud-huquq tizimiga kiritilgan o'zgartishlar va islohotlar samarasi o'laroq fuqarolik ishlarini ko'rib chiqish yanada jadallashdi. Sudyalarning faoliyati o'rganilib, sud-huquq tizimidagi adolat mezoni doirasida nazoratga olindi. Ushbu maqolada fuqarolik ishini qo'g'atish, tayyorlash va sudda muhokama qilish bosqichlari haqida batafsil bayon qilinadi.
Kalit so'zlar: fuqarolik ishi, sud-huquq tizimi, Konstitutsiya, demokratiya, sudyalar faoliyati, adolat tamoyili.
ЭТАПЫ ВОЗБУЖДЕНИЯ, ПОДГОТОВКИ И СУДЕБНОГО РАЗБИРАТЕЛЬСТВА
ПО ГРАЖДАНСКОМУ ДЕЛУ
Аннотация. В этом году в результате изменений и реформ, внесенных в судебную систему по инициативе главы нашего государства, активизировалось рассмотрение гражданских дел. Деятельность судей изучалась и контролировалась в рамках критериев справедливости в судебной системе. В данной статье подробно описаны этапы подачи, подготовки и рассмотрения гражданского дела в суде.
Ключевые слова: гражданское дело, правовая система, Конституция, демократия, деятельность судей, принцип справедливости.
STAGES OF INITIATION, PREPARATION AND TRIAL IN A CIVIL CASE
Abstract. This year, as a result of changes and reforms made to the judicial system at the initiative of the head of our state, the consideration of civil cases has intensified. The activity of judges was studied and controlled within the framework of the criteria of fairness in the judiciary. This article describes in detail the stages of filing, preparing and considering a civil case in court.
Keywords: civil case, legal system, Constitution, democracy, activities of judges, principle of justice.
KIRISH
Mustaqillik yillari davomida sud-huquq tizimini tubdan isloh qilish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, demokratlashtirishning tarkibiy qismi sifatida sud hokimiyatini xolis, mustaqil tarmoq sifatida mustahkamlash, qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari ishonchli himoyalanishini ta'minlash bo'yicha izchil ishlar amalga oshirildi. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan siyosatning adolatliligi, qonuniyligi va xolisligi shundaki, qabul qilinayotgan tarixiy hujjatlar oddiy xalqning fikri, uning xohish-irodasi, azaliy orzu va maqsadlarini ifoda etib, ularning asosiy mazmun-mohiyati inson manfaatlarini mustahkam muhofaza qilishdan iborat.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Fuqarolik sud ishlarini yuritish to'g'risidagi qonunlar fuqarolik, oila, mchnat, uy-joy va boshqa huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizoli ishlami, organlar va mansabdor shaxslaming xatti-harakatlari (qarorlari)ga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan va alohida tartibda yuritiladigan ishlami ko'rish tartibini belgilaydi. Shuningdek, bunday qonunlar
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
ishlami apeliatsiya va kassatsiya tartibida ko'rish, sud hal qiluv qarorini ijro etish tartibini ham belgilaydi. Zotan, har bir huquqshunos mutaxassis ish ko'rish bilan bog'liq bo'lgan protsessual harakatlarni bajarishda moddiy va protsessual huquq normalarini qanchalik to'g'ri tadbiq etsa, ishlarning shunchalik qonuniy va asosli hal etilishi ko'maklashgan bo'ladi. Ayni chog'da ishi ko'rilayotgan shaxslar o'z huquq va manfaatlarini himoya qilish usullarini aniq bilib olsalar, ishni to'g'ri hal etish ham ancha osonlashadi. Fuqarolik huquqi ham o 'z o'rnida jinoyat-protsessual huquqi bilan bog'liqdir. Jinoyat tufayli yetkazilgan zarar, o 'z navbatida, jabrlanuvchiga yetkazilgan mulkiy ziyon va m a'naviy zararni qoplatishga bo'lgan huquqini vujudga keltiradi. Bunda qonun jinoyat protsessida fuqaroviy da'vo qo'zg'atish yoxud yetkazilgan zararni fuqarolik sud ish yurituvi tartibida undirishni ko'zda tutadi.
Fuqarolik ishi - ishda ishtirok etuvchi shaxslar, fuqarolik sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari sudga taqdim etgan yoki sud tomonidan talab qilib olingan hujjatlar va sud hujjatlari asosida sud tomonidan shakllantiriladi. Fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va fuqarolik sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari hujjatlarni sudga elektron shaklda taqdim etishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va fuqarolik sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari sudga taqdim etgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda qo'shib qo'yiladi, shundan so'ng yozma hujjatlar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi. Fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, sud hujjatlari sudbyaning (sudbyalarning) elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, sud majlislarining hamda protsessual harakatlarning bayonnomalari esa raislik qiluvchining va sud majlisi kotibining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
• Elektron shaklda shakllantirilgan fuqarolik ishini boshqa sudga yoki o'zga organga o'tkazish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
• Sud ko'rilayotgan va hal etilayotgan masala bo'yicha hal qiluv qarori, ajrim, qaror va buyruq qabul qiladi.
• Birinchi instantsiya sudi ishni mazmunan ko'rish natijalari bo'yicha hal qiluv qarori qabul qiladi, ayrim hollarda esa sud buyrug'i qabul qiladi.
• Apellyatsiya, kassatsiya instantsiyasi sudi ishni ko'rish natijalari bo'yicha ajrim chiqaradi.
• Sud qonunda o'zining vakolatiga kiritilgan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rish natijalari bo'yicha qaror chiqaradi.
• Sud ish mazmunan hal etilmaydigan masalalarni ko'rish natijalari bo'yicha ajrim chiqaradi.
TADQIQOT NATIJALARI
Fuqarolik ishlari bo'yicha odil sudlovlikni amalga oshirishda sud birbiri bilan mantiqan bog'liq bo'lgan qator protsessual harakatlami amalga oshiradi. Bunday harakatlar qonunda belgilangan talablar asosida, ya'ni ariza, da'vo arizasi, shikoyat, e'tiroz (protest), sudning hal qiluv qarorlari, qarorlar va ajrimlari shaklida o'z ifodasini topadi. Fuqarolik ishlarini sudda ko'rib hal etish bilan bog'liq bo'lgan protsessual hujjatlami asosli, savodli, ixcham va mantiqan tuzishish ko'rishni yengillashtiradi, bu o'z navbatida ishni to'g'ri hal etishga yordamlashadi. Aksincha, protsessual qonun talablariga rioya qilinmasdan tuzilgan hujjatlar ish ko'rishni qiyinlashtiradi, qonunda ko'zda tutilgan ba'zi hollarda esa yuqori sudlar tomonidan sud qarorlarining bekor qilinishga ham oiib keladi. Fuqarolik sud ishlarini yuritish qonunchiligi suddagi hamma protsessual hujjatlar uchun qat'iy belgilangan shaklni tavsiya etmaydi, biroq bir qalor hujjatlami tuzishda Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan keyin l'PK deb yuritiladi)
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
normalarida ko'rsatilgan talablarga qat'iy rioya qilishga e'tibor berish lozim bo'ladi. Ko'p yillik sud amaliyoti fuqarolik ishlari bo'yicha qator sud hujjat namunalarini vujudga keltirdiki, ushbu kitobda ularning asosiylarini ko'rsatib o'tishga harakat qildik. Masalan, bular-uy-joy, nikoh va oila munosabatlari, aliment undirish ishlari, keltirilgan zarami undirish, mehnat huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar, organlar va mansabdor shaxslaming xatti-harakatlari (qarorlari)ga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar, alohida tartibda yuritiladigan ishlar hamda ishlami apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida, yangidan ochilgan holatlar bo'yicha ishni qayta ko'rish, ijro bosqichidagi bajariladigan protsessual harakatlardir
Fuqarolik ishining sudda ko'rilishidan avval yoki sud boshlanishida yoxud davom etishida sud raisi har safar taraflardan nizoning o'zaro kelishuv bitimi tuzish yo'li bilan tamomlashini istar-istamasliklarini. so'raydi (FPKning 180-moddasi). Taraflar o'rtasidagi nizoning kelishuv yo'li bilan; sudlashmay, muayyan shartlarda murosaga kelish asosida hal qilinishi ko'p hollarda maqsadga muvofiq va maqbul ishdir. Kelishuv bitimining tuzilishi, ba'zi hollarda arzimagan ish (nizo, da'vo) bo'yicha ko'plab fuqarolaming ishdan qolib, sud idoralariga kelishlaridan ozod qiladi. Shuning uchun ham sud (sudya) taraflar o'rtasidagi nizoni o'zaro kelishuv yo'li bilan tugatilishiga qaratilgan choralami ko'rishi lozim. Agar taraflar kelishuv bitimi tuzishga rozi bo'lsalar, sud hamma hollarda bitimni tuzish sabablarini aniqlashi, tekshirishi lozim. Bunday bitimlar g'ayriqonuniy, qalbaki bo'lmasligi, taraflardan birining yoinki uchinchi shaxslaming huquqi va manfaatlarini buzilishiga olib kelmasligi lozim. Agar bitim tuzilishida g'ayriqonuniy harakatlar, maqsadlar mavjudligi aniqlansa, sud bitimni tasdiqlamaydi va sud ishni yuritishni davom ettiradi. Kelishuv bitimi sud majlisida, sudga qadar, shuningdek ijro bosqichida ham tuzilishi mumkin. Kelishuv bitimining shartlari sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi va ikkala taraf tomonidan imzolanadi. Agar taraflaming kelishuv bitimi ulaming sudga yuborilgan yozma arizalarida ifodalangan bo'lsa, bu arizalar ishga qo'shib qo'yilib, bu haqda sud majlisi bayonnomasida qayd qilinadi. Kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin sud taraflarga (da'vogar, javobgar)ga bunday harakat natijasida kelib chiqadigan protsessual harakatning oqibatlami tushuntiradi.
Jinoyat ishini yuritishga mas'ul bo'lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning protsess ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, buzilgan huquqlarini tiklash va ularning o 'z huquqlarini biron-bir to'siqlarsiz amalga oshirishlari uchun sharoitlar yaratish bo'yicha majburiyatlari mazkur prinsipning mazmunini tashkil etadi. Ushbu prinsipning normalari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 43-moddasida bayon etilgan, davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlashi to 'g 'risidagi konstitutsiyaviy prinsipni jinoyat protsessi prinsipi sifatida ifodalab, jinoyat protsessiga jalb etilgan har bir shaxsning huquq va erkinliklari muhofaza qilinishini kafolatlaydi. Ba'zan ishni sudda ko'rishga tayyorlash davomida yoki sudda ish ko'rish jarayonida u yoki bu tomon yoki har ikki tomon ham nizoli huquqiy munosabatning subyekti emasligi aniqlanishi mumkin. Bunday holatda ushbu taraflar ishga daxldor bo'lmagan shaxslar, deb topiladi. Sud arz qilingan talab uni ilgari surish huquqiga ega bolmagan shaxs tomonidan taqdim etilganligini yoki da'vogarning arizasi bo'yicha javob berishi lozim bo'lmagan shaxsga nisbatan taqdim etilganligini aniqlasa, da'vogaming roziligi bilan dastlabki da'vogar yoki javobgar ishga daxldor da'vogar yoki javobgar bilan almashtirilishiga yo'l qo'yishi mumkin (FPKning 42-moddasi). Ish holatlariga ko'ra, qaysi shaxsga nisbatan aynan u nizoli huquqiy munosabatlaming subyekti deb topilgan bo'lsa, ushbu shaxs daxldor bo'lgan taraf deb ataladi. Shunday qilib,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
taraflarning ishga daxldor bo'lish yoki bo'lmasligi haqidagi masala nizoli huquqiy munosabat subyektlarining tarkibiga bog'liq boMadi. FPKning 42-moddasiga binoan, birinchi instansiya sudi da'vogaming roziligi bilan ishga daxldor boMmagan javobgaming almashtirilishiga yo'l qo'yadi. Bundan kelib chiqadiki, sud da'vogar rozi boMgandagina ishga daxldor boMmagan javobgami daxldor boMgan javobgar bilan almashtirishi mumkin. Agar da'vogar javobgarning boshqa shaxs bilan almashtirilishiga rozi boMmasa, sud bu shaxsni ikkinchi javobgar sifatida ishga jalb qilishga haqli. Ishga daxli boMmagan tarafni almashtirish sudning ajrimiga ko'ra amalga oshiriladi. Taraf almashtirilganidan yoki nizo predmeti yuzasidan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs ishga kirishganidan yoxud ikkinchi javobgar jalb qilinganidan keyin ishni ko'rish yangidan boshlanadi (FPKning 42-moddasi, beshinchi qismi). Chunki protsessda daxldor bo'lmagan javobgar tomonidan amalga oshirilgan harakatlar ishga jalb etilgan daxldor bo'lgan javobgar uchun hech qanday ahamiyatga ega boMmaydi va uning uchun hech qanday huquq-majburiyatlarni yuzaga keltirmaydi.
MUHOKAMA
Aksariyat fuqarolik ishlarining sud majlisida ko'rilishida, xususan, fuqarolar bilan fuqarolar, tashkilotlar bilan fuqarolar o'rta-sidagi huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarning sudda ko'rilishida, albatta, ikki taraf: da'vogar va javobgar ishtirok etadi. Ammo ba'zi hollarda, chunonchi alohida tartibda ko'riladigan ish-larda, faqat bir tarafgina, biron-bir muddaoni aytib, sudga ariza bilan murojaat qiluvchi tarafgina ishtirok etishi mumkin. Nizoli ishlarda nizo predmetiga nisbatan qarama-qarshi bo'lgan ikki taraf bo'ladi. Taraflardan biri da'vogar, ya'ni huquqning va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarning himoya qilinishini iltimos qilib da'vo qo'zg'atgan yoxud manfaatini ko'zlab ish qo'z-g'atgan shaxs va ikkinchi tomonida javobgar, ya'ni da'vo yuzasidan da'vogarni huquq va qonuniy manfaatini buzganligi uchun sud tomonidan javob berish uchun jalb etilgan shaxs bo'ladi. Shu tarzda nizoli huquqning yoki qonun bilan qo'riqlanadigan man-faatning subyekti da'vogar, deb faraz qilinsa, nizoli burchning subyekti esa javobgar sifatida faraz qilinadi. Fuqarolik protsessida taraflar, ya'ni da'vogar va javobgar sifatida fuqarolar, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar vajamoat birlashmalari bo'lishi mumkin. Fuqarolik protsessida da'vo faqat da'vogar tomonidangina qo'zg'atilmasdan, balki buzilgan huquqlarning barcha hollarda himoya qilinishini ta'minlash maqsadida qonun sudda da'vo qo'zg'atish huquqini boshqa shaxslarga ham beradi. Chunonchi FPKning 46—48-moddalarida ko'rsatilishicha, prokuror, davlat boshqaruvi idoralari, muassasalar, korxonalar, tashkilotlar, jamoat birlashma-lari yoxud ayrim fuqarolar, agarda qonunga ko'ra, ular boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishlari mumkin boisa (FPKning 5-moddasi), qo'zg'a-tilgan jarayon to'g'risida sud tomonidan xabardor qilinadi va o'zining huquqini va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun ariza bergan shaxs bilan bir qatorda jarayonda da'vogar tarafida turib ishtirok etishlari mumkin. Ammo sud ishining kim tomonidan qo'zg'atilishidan qat'i nazar, nizoli huquq subyekti (manfaatdor shaxs) jarayonda, barcha hollarda da'vogar bo'lib ko'riladi. Masalan, aytaylik, nogiron va ko'zi ojiz fuqaroni mulkiga birovlar tomonidan g'ayriqonuniy ravishda yetkazilgan zararning undirilishi to'g'risida da'vo ishini prokuror qo'zg'atsa ham, ammo da'vogar nogiron shaxs hisob-lanadi, javobgar taraf esa nogiron, ko'zi ojiz shaxsning mulkiy huquqini buzgan shaxs (yoki shaxslar) bo'ladi. Sudda ishning hal qilinishida har ikki taraf: da'vogar ham, javobgarlar ham teng huquqlardan foydalanadilar. Har ikki taraf o'zlari o'rtasidagi nizoning ko'rilishida, bu nizoning kim tomonidan qo'zg'atilishlaridan qat'i nazar, sud majlislarida teng
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
darajada ishtirok etish huquqiga egadirlar. Nizoli huquq to'g'risidagi masalalar sudda ko'rilishi va hal qilinishida tarafiar jarayonning boshqa ishtirokchilaridan farq qilib, o'zlariga xos huquqlarga ega bo'ladilar. Chunonchi da'vogar da'voning asosini yoki predmetini o'zgartirishga, da'vo talablari-ning miqdorini oshirishga, yoki kamaytirishga, yoxud da'vodan voz kechishga, da'vogar esa da'voga iqror bo'lishga haqli bo'ladi. Tarafiar protsessning har qanday davrida ishni kelishuv bitimi bilan tamomlashlari mumkin (FPKning 40-moddasi, 4-qismi). Taraflarning bu huquqlari qonunga binoan sud nazorati ostida amalga oshiriladi. XULOSA
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasida, davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas'ul ekanligi huquqiy jihatdan kafolatlab qo'yi!gan. Shuningdek, xalq davlat hokimiyatining hirdan bir manbai bo'lib, O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatini ko'zlab va O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidan amalga oshiriladi (7-modda). Davlat hokimiyati fuqarolaming manfaatlarini ko'zlab, Konstitutsiyada nazarda tutilgan vazifalami amalga oshirar ekan, yuqorida ta'kidlanganidek, ushbu vazifani qonun bilan vakolatlar berilgan idoralari orqali amalga oshiradi. Aytish mumkinki, fuqarolarning huquqlarini himoya qilishda davlat organlarining o'z zimmalariga yuklatilgan Konstitutsiyaviy vazifalarni amalga oshirishning muhim usullaridan biri sudda boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilib ishtirok etishidir. Shuning uchun ham boshqa shaxslaming huquqlarini himoya qiluvchi davlat boshqamvi organlarining fuqarolik protsessida ishtirok etishini demokratiyaning tantanasi yoki muhim ko'rinishi deb baholashimiz mumkin. Shu ma'noda boshqa shaxslaming huquqlarini himoya qiluvchi davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning fuqarolik protsessida ishtirok etishininig ahamiyati beqiyos. Sudlarda ishtirok etish orqali davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar amalda qonunlarning ijrosini, ya'ni qonunlarning ustuvorligini ta'minlashga xizmat qiladilar. Boshqa shaxslaming huquqlarini himoya qiluvchi davlat boshqaruvi oiganlarining fuqarolik protsessida ishtirok etishininig yana muhim ahamiyatga ega boMgan tomoni shundan iboratki, ushbu organlar o'z ishtiroklari orqali, ish yuzasidan xolisona o'z xulosalarini berish bilan ishi bo'yicha qonuniy, asosli va adolatli hal qiluv qarorlarining chiqarilishida sudlaiga ko'maklashadilar. Fuqarolik protsessi ishtirokchilari va sudda ko'rilayotgan fuqarolik ishlariga aloqasi bo'mgan boshqa shaxslar ham sud tomonidan jarimaga tortilishlari mumkin. Sud jarimalarini solishdan ko'zlangan asosiy maqsad sudda fuqarolik ishlarini o 'z vaqtida va to'g'ri ko'rilishini ta'minlash, sud protsessida belgilangan tartibni saqlash hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslaming o'z zimmalaridagi protsessual burchlami bajarilishini ta'minlashdan iboratdir.
Fuqarolik ishlari bo'yicha advokat ikki tomon o'rtasidagi nizolarni hal qiladi. Sud ishlari to'g'risidagi qonunlar jamiyat va xalq manfaatlarini himoya qiluvchi normativ hujjatlardir. Agar siz huquqiy masalalar bilan shug'ullanayotgan bo'lsangiz va sudga da'vo arizasi berishni o'ylayotgan bo'lsangiz, fuqarolik ishlari bo'yicha advokat xizmatiga murojaat qilishingiz kerak, chunki ular sud majlislari orqali davlat yoki xususiy yuridik masalalarni hal qiladigan yuridik maslahatchilardir. Da'vogarning ishida advokatlar tez-tez da'vo qo'zg'atish uchun etarli dalillar mavjudligini baholash uchun dastlabki ish so'rovini amalga oshiradilar. Ayblanuvchining ishida u mijozini kelajakdagi yoki joriy da'voga qarshi himoya qilish uchun qanday dalillar mavjudligini aniqlaydi. Guvohlarning joylashgan joyini aniqlash, guvohlarning ko'rsatmalarini
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
olish, hujjatlarni olish, mijozni so'roq qilish va kelishmovchilikka olib kelgan voqealarni o'rganish tergov jarayonining bir qismidir. Sud protsesslari bo'yicha advokatlar tez-tez sudga murojaat qilishdan oldin vaziyatni hal qilish uchun sudgacha bo'lgan kelishuv suhbatlarida qatnashadilar. Sud jarayonining kashfiyot bosqichi tomonlarning barcha tegishli ma'lumotlarni almashishini talab qiladi. Ushbu ma'lumotni olish uchun advokatlar bir qator kashfiyot usullaridan foydalanadilar. So'roq qilish - bu usullardan biri. Ular harakatning boshqa tomoni javob berishi kerak bo'lgan yozma savollar ketma-ketligi bo'lib, ular yozma ravishda va yolg'on guvohlik berish uchun jazolanadi. Bu gaplarni o'z ichiga olishi mumkin, bu ko'pincha ofisda qarama-qarshi advokat tomonidan so'raladigan va yana qasamyod ostida javob beradigan og'zaki so'rovni o'z ichiga oladi. Qarama-qarshi tomonning qo'lidagi hujjatlarni so'rash, shuningdek, qabul qilish to'g'risidagi so'rovlar - qarama-qarshi tomondan ishning ayrim qismlarini yozma va qasamyod bilan qabul qilish yoki rad etishni so'rash - kashf qilishning mashhur vositalaridir. Jismoniy dalillar, shuningdek, to'planishi, qayta ishlanishi va tahlil qilinishi mumkin bo'lgan elektron kashfiyot orqali olingan ma'lumotlar bilan bir qatorda sud protsessining advokatlari tomonidan ham tekshirilishi mumkin. Biroq, ko'pincha ular ushbu xizmatlarni etkazib berish uchun mutaxassislarga tayanadilar. Ekspertlar yozma hisobotlarni taqdim etadilar, ulardan sudda foydalanish mumkin yoki ular guvohlik berishga chaqirilishi mumkin.
Sud ishlari bo'yicha advokatlar, shuningdek, boshqa tomonni ma'lum vaqt ichida qilmagan bo'lsa, kashfiyot so'rovlariga javob berishga majbur qilish takliflari kabi kashfiyot bilan bog'liq harakatlarni ishlab chiqadi va himoya qiladi. Ushbu kashfiyot tartib-qoidalari sudlanuvchilarga muhim materiallarni to'plash, muammolarni aniqlash va ish strategiyasini ishlab chiqishda yordam beradi.
REFERENCES
1. Sh ShShorahmetov. 0 'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga sharhlar. T , TDYl, 2010.
2. 0 'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T., «0'zbekiston», 2009.
3. 0 'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi. Rasmiy nashr. T., O'zbekiston Respuhlikasi Adliya vazirligi, 2008.
4. 0 'zbekiston Respublikasining «Sudlar to'g'risida»gi Qonuni. 0 'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 2001, Ns 1—2, 10-modda.
5. Sh.Sh. Shorahmetov. 0 'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual huquqi. Darslik T., «Adolat», 2001
6. Sh.Sh. Shorahmetov. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual huquqi. Darslik. (Kollej talabalari uchun). T., TDYI, 2006
7. M.M. Mamasiddiqov Fuqarolik protsessual huquqi. Darslik. Umumiy qism. T., TDYl, 2010.
8. M.M. Mamasiddiqov, D.Y. Habibullayev O'zbekiston Respublikasining fuqarolik protsessual huquqi. (Sxema va jadvallar). 0 'quv-uslubiy qo'llanma. T„ TDYI, 2006
9. M.M. Mamasiddiqov, M. Karimov. Fuqarolik protsessida prokuror ishtiroki. O'quv-amaliy qoMlanma. (Prof. Sh.Sh Shorahmetov tahriri ostida). T., AQHMI, 2008