Научная статья на тему 'FE’L ZAMON SHAKLLARINING O‘QITILISHIDA MAVZUVIY IZCHILLIKNING AHAMIYATI'

FE’L ZAMON SHAKLLARINING O‘QITILISHIDA MAVZUVIY IZCHILLIKNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1040
64
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fe‟l / fe‟lning zamon shakllari / o„tgan zamon / hozirgi zamon / kelasi zamon / mavzuviy izchillik. / verb / tense forms of the verb / past tense / present tense / future tense / thematic sequence.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы —

Fe‟l ustida izchillik bo„limlar orasidagi bog„lanish, programma materialining hajmi, uni har bir sinfda o„rganish usullari va vositalari shu so„z turkumini o„rganish vazifasi, uning lingvistik xususiyatlari va kichik yoshdagi o„quvchilarning bilish imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Maqolada fe‟l zamon shakllarining o„qitilishida mavzuviy izchillikning ahamiyati haqida so„z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The sequence of the verb, the relationship between the sections, the size of the program material, the methods and means of studying it in each class, the task of studying this group of words, its language features and the cognitive abilities of young students, depending on The article discusses the importance of thematic connectivity in teaching verb tenses.

Текст научной работы на тему «FE’L ZAMON SHAKLLARINING O‘QITILISHIDA MAVZUVIY IZCHILLIKNING AHAMIYATI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-171-174

FE'L ZAMON SHAKLLARINING O'QITILISHIDA MAVZUVIY IZCHILLIKNING AHAMIYATI

Gulnoza Shermatova

Andijon davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Fe'l ustida izchillik bo'limlar orasidagi bog'lanish, programma materialining hajmi, uni har bir sinfda o'rganish usullari va vositalari shu so'z turkumini o'rganish vazifasi, uning lingvistik xususiyatlari va kichik yoshdagi o'quvchilarning bilish imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Maqolada fe'l zamon shakllarining o'qitilishida mavzuviy izchillikning ahamiyati haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: fe'l, fe'lning zamon shakllari, o'tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon, mavzuviy izchillik.

ABSTRACT

The sequence of the verb, the relationship between the sections, the size of the program material, the methods and means of studying it in each class, the task of studying this group of words, its language features and the cognitive abilities of young students, depending on The article discusses the importance of thematic connectivity in teaching verb tenses.

Keywords: verb, tense forms of the verb, past tense, present tense, future tense, thematic sequence.

KIRISH

"Fe'l" mavzusini o'rganishda asosiy vazifalar: so'z turkumi sifatida fe'l haqida dastlabki tushunchani shaklantirish, o'quvchilar nutqini fe'llar bilan boyitish hamda og'zaki va yozma nutqda fe'ldan to'g'ri foydalanish ko'nikmasini o'stirish, o'quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, grammatik mavzu bilan bog'liq holda ayrim orfografik qoidalarni o'zlashtirish hisoblanadi. Bu vazifalar bir-biri bog'liq holda hal etiladi.

Fe'lning lingvistik xususiyatlari xiyla murakkab, shuning uchun boshlang'ich sinf o'quvchilari faqat uning muhim nazariyalari bilan tanishtiriladi. Material tanlashda shu materialning nutq va imloga oid vazifalarni hal qilishda qanchalik zarurligini hisobga olinadi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-171-174

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Fe'lga so'roq berishga o'rgatish yuzaki bo'lmasligi, o'quvchilar harakat bir kishi tomonidan bajarilsa, nima qildi? Nima qilayapti? Nima qilmoqchi? So'roqlarini berishni bilishlari zarur. Bunday so'roqlarga javob berishga o'rgatish o'z navbatida, fe'l zamonlarini o'rgatishga tayyorlash demakdir.

Bu bosqichning asosiy vazifasi "fe'l -so'z turkumi" degan tushunchani shakllantirish, bo'lishliva bo'lishsiz fe'llarning ma'nosi va shakliga qarab farqlash ko'nikmasini hosil qilish, bo'lishsizlik qo'shimchasining talaffuzi va imlosini o'rgatish hisoblanadi. Fe'lning harakat bildirishi yuzasidan o'quvchilarda aniq tasavvur hosil qilish uchun o'qituvchilarda aniq tasavvur hosil qilish uchun o'qituvchi ularga shu darsdagi mehnat jarayonini tasvirlashni, ya'ni bolalarning o'zlari bajaryotgan ish-harakatni aytishni so'raydi, suhbat o'tkazadi. Suhbatda "O'qituvchi nima qildi? O'quvchilar nima qildilar? Hozir o'qituvchi nima qilayapti? O'quvchilar nima qilayaptilar? Endi o'quvchilar nima qiladilar? O'qituvchi nima qiladi?" kabi savollardan ham foydalanadi. Suhbat jarayonida o'qituvchilar o'qituvchi rahbarligida fe'llarni so'rog'i bilan yozib boradilar. Masalan, nima qildi? So'zladi, tushuntirdi; nima qildilar? Tingladilar, yozdilar; nima qilayapti? Tushuntirayapti, so'rayapti, tinglayapti, nima qilayaptilar? Javob berayaptilar, yozayaptilar, tinglayaptilar; nima qiladi? Tekshiradi, ko'radi; nima qiladilar? Ishlaydilar, bajaradilar, yozadilar.

Suhbat va o'quvchilar aytgan gaplardan birini gap bo'lagi jihatdan tahlil qilish asosida xulosa chiqariladi: nima qildi? Nima qilayapti? Nima qiladi? Kabi so'roqlarga javob bo'lib, predmet harakatini bildirgan so'zlar fe'l deyiladi. Fe'l gapda kesim vazifasida keladi. Mavzu yuzasidan o'quvchilarda ko'nikma hosil qilish uchun so'roq berib fe'lni aniqlash, gap mazmuniga mos fe'lni tanlab qo'yish, aralash berilgan so'zlardan, shuningdek, rasmga qarab gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Dasturga ko'ra bu sinfda bo'lishli va bo'lishsiz fe'llar o'rganiladi. Mavzu suhbat asosida tushuntiriladi. Suhbat o'qish darsida kimlar o'qidi? Rahim ham o'qidimi? Kim so'zladi? Ravshan so'zladimi? Ra'no kutubxonaga boradimi? Abdulla-chi? U qachon bormoqchi? Hozir kim tushuntirayapti? Hozir Halima gapirayaptimi? Savollaridan ham foydalaniladi. O'quvchilar so'roq berib fe'llarni topadilar, ma'nosini qiyoslaydila va o'qituvchi rahbarligida tushuntiradilar. Xulosa chiqariladi: fe'l harakatning yuzaa chiqqanini, ya'ni bajarilganligini (o'qidi, so'zladi, hozir bajarilayotganini (tushuntirayapti), endi bajarilishini (boradi) bildiradi. Bu fe'llar bo'lishli fe'llar deyiladi. Ayrim fe'llar harakatning bajarilmaganligini (o'qimadi, so'zlamadi), hozir bajarilmayotganini (o'qimayapti),

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-171-174

keyin ham bajarilmasligini (bormaydi) bildiradi. Bunday fe'llar bo'lishsiz fe'llar deyiladi.

4-sinfda fe'lni o'rganish.

Bu sinfda fe'lni o'rganishning vazifasi:

1. Fe'lning shaxs-son qo'shimchalari bilan tuslanishi, zamon qo'shimchasi bilan o'zgarishi haqidagi tushunchani berish va dastlabki ko'nikma hosil qilish fe'lning leksik ma'nolari, bo'lishli va bo'lishsizligi, gapdagi vazifasi haqidagi bilimni chuqurlashtirish.

2. Nutqda fe'ldan ongli foydalanish masalasini rivojlantirish. Shu maqsadda nutqda sinonim va antonim fe'llarning matn bilan bog'liq holda va ko'chma ma'noda ishlatilgan fe'llar bilan tanishtirib borishga qaratilgan mashqlardan foydalanish.

3. O'tgan zamon qo'shimchasining talaqquzi va yozilishi haqidagi ko'nikmani hosil qilish.

4. Qo'shma fe'llar va ularning doim alohida yozilishi haqidagi tushunchani berish va dastlabki ko'nikmani hosil qilish hisoblanadi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Fe'l zamoni formasining mohiyati ish-harakat qachon bajarilishini, ya'ni ish-harakatning nutq so'zlanib turgan paytda, undan oldin va keyingi bajarilishini taqqoslash asosida ochiladi. O'quvchilar o'zlari bajargan yoki bajarayotgan harakatlarni kuzatadilar, shuningdek, keyin nima qilishlarini muhokama etadilar. Xuddi shunga o'xshash kuzatishni tabiatda bo'layotgan o'zgarishlar yuzasidan ham o'tkazadilar. Bu mavzu bahorda o'tiladi. Shuning uchun bolalar kuzatish asosida Bahor keldi. O'rik, olcha gulladi. Gullar ochilayapti. Endi gilos pishadi. Bahordan so'ng yoz keldi. Yozda u lagerga bormoqchi kabi gaplar tuzadilar. Gapdagi fe'llarga so'roq berib, ish-harakatining bajarilishi payti, ya'ni ish-harakat bajarilayotganini (nima qilyapti? o'qiyapti, ochilyapti), oldin bajarilganini (nima qildi? o'qidi, keldi, gulladi) va keyin bajarilishi (nima qilmoqchi? Yodlamoqchi, bormoqchi) aniqlanadi. Aniq kuzatish asosida yig'ilgan bu leksik materiallar o'qituvchi rahbarligida umumlashtiriladi va xulosa chiqariladi.

1. Fe'llar zamon bilan o'zgaradi. Fe'l uch zamonni bildiradi: hozirgi zamon, o'tgan zamon, kelasi zamon.

2. Hozirgi zamon fe'llari nima qilyapti? so'rog'iga javob bo'ladi, hozirning o'zida, ya'ni nutq so'zlanayotgan vaqtda bajarilayotgan harakatni bildiradi.

3. O'tgan zamon fe'li nima qildi? so'rog'iga javob bo'ladi, harakatning oldin, ya'ni nutq so'zlanayotgan vaqtdan oldin bajarilganini bildiradi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-171-174

4. Kelasi zamon fe'li nima qilmoqchi? so'rog'iga javob bo'ladi, harakatning keyin, ya'ni nutq so'zlanayotgan vaqtdan keyin bajarilishini bildiradi. boshlang'ich sinf o'quvchilari fe'l zamonlarini unga beriladigan so'roqdan bilib oladilar. So'roqdan uning leksik ma'nosi ham bilinib turadi.

XULOSA

Fe'lning zamon formasini yasash va bilib olish uchun o'quvchilarni so'roqlardan to'g'ri foydalanishga o'rgatish ham muhim ahamiyatga ega. Bu maqsadga erishish uchun avval kollektiv ravishda ishlanadi va o'quvchilar e'tibori so'roq bilan fe'l zamonining bog'lanishini aniqlashga qaratiladi. Zamon formasini hosil qilish uchun fe'lning ikkinchi shaxs-birlik formasi asos qilib olinadi (Boshlang'ich sinflarda fe'lning bosh formasi o'rganilmaydi). Fe'lga so'roq berish bilan fe'l zamoni hosil qilinadi. Bir fe'ldan uch zamonni hosil qilib, ularni taqqoslash mashqi fe'lning zamon kategoriyasining mohiyatini tushunishga yordam beradi. Shuning uchun "Fe'l" mavzusini o'rganish jarayonida fe'lni zamon qo'shimchasi bilan o'zgartirish mashqi muntazam o'tkazib boriladi. O'quvchilarni fe'l zamonlarini ongli qo'llashga o'rgatish maqsadida matnlardan foydalaniladi. Bunda fe'l zamonini aniqlash va biror fe'l formasidan foydalanishni asoslash, shuningdek, fe'l zamonini o'zgartirish, fe'llarni muayyan bir zamonda ishlatib hikoya tuzish topshiriladi.

Suhbat asosida xulosa chiqariladi: Fe'llar shaxs-son qo'shimchalari bilan tuslanadi. Shaxs- son qo'shimchalari zamon qo'shimchalaridan keyin qo'shiladi.

REFERENCES

1. Mengliyev B. Hozirgi o'zbek tili (kirish, fonetik sath, liksik-semantik sath) / darslik. -Toshkent: Tafakkur bo'stoni, 2018.

2. Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish. - Toshkent: Yangi avlod, 2009.

3. To'xliyev B., Shamsiyeva M., Ziyodova T. O'zbek tili o'qitish metodikasi. -Toshkent, 2006.

4. Holmurodov I. Ona tili fani bo'yicha o'quvchilarda mustaqil ishlash ko'nikmalarini shakllantirish. "Til va adabiyot ta'limi" jurnali, 2006. 2-son, 6-9-betlar.

5. Ahmedova M. O'zbek tilini o'qitishda kompyuterdan foydalanish. "Til va adabiyot ta'limi" jurnali, 2006. 2-son, 73-75-betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.