Научная статья на тему 'FAVQULODDA VAZIYATLARDA ZAHARLI MODDALAR TA’SIRIDA JABRLANGANLARGA TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH'

FAVQULODDA VAZIYATLARDA ZAHARLI MODDALAR TA’SIRIDA JABRLANGANLARGA TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
1996
94
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda / jabrlanuvchi / birinchi yordam / birinchi tibbiy yordam / xavfsizlik / favqulodda vaziyat / fuqaro muhofazasi / fuqaro muhofazasi kuchlari / zaharlanish / shaxsiy himoya vositalari / strongly toxic substance / victim / first aid / first aid / security / emergency / civil defense / civil defense forces / poisoning / personal protective equipment

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Nabiyev A.B, Abdullajonov O.S.

Ushbu maqolada kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar, ularning inson organizmiga ta’siri, ular bilan bog’liq favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish usullari, shunigdek kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar ta’sirida jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog’liq muammolar va ularni bartaraf etish bo’yicha tavsiyalar keltirib o’tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROVIDE EMERGENCY MEDICAL CARE TO VICTIMS OF POISONING

This article deals with toxic substances, their effects on the human body, methods of protection of the population in emergencies associated with them, as well as the provision of medical care to victims of exposure to highly toxic substances problems and recommendations for their elimination.

Текст научной работы на тему «FAVQULODDA VAZIYATLARDA ZAHARLI MODDALAR TA’SIRIDA JABRLANGANLARGA TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH»

FAVQULODDA VAZIYATLARDA ZAHARLI MODDALAR TA'SIRIDA JABRLANGANLARGA TIBBIY YORDAM KO'RSATISH

Nabiyev A.B.

Namanagan davlat universiteti dotsenti Abdullajonov O.S.

Namanagan davlat universiteti HFX yo'nalishi 1 kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6588573 Annotatsiya. Ushbu maqolada kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalar, ularning inson organizmiga ta'siri, ular bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish usullari, shunigdek kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalar ta'sirida jabrlanganlarga tibbiy yordam ko'rsatish bilan bog'liq muammolar va ularni bartaraf etish bo'yicha tavsiyalar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: kuchli ta'sir etuvchi zaharli modda, jabrlanuvchi, birinchiyordam, birinchi tibbiy yordam, xavfsizlik, favqulodda vaziyat, fuqaro muhofazasi, fuqaro muhofazasi kuchlari, zaharlanish, shaxsiy himoya vositalari.

ОКАЗАНИЕ НЕОТЛОЖНОЙ МЕДИЦИНСКОЙ ПОМОЩИ ПОСТРАДАВШИМ ПРИ ОТРАВЛЕНИИ Аннотация. В данной статье рассматриваются отравляющие вещества, их воздействие на организм человека, способы защиты населения при чрезвычайных ситуациях, связанных с ними, а также оказание медицинской помощи пострадавшим от воздействия высокотоксичных веществ, проблемы и рекомендации по их устранению.

Ключевые слова: сильнотоксичное вещество, пострадавший, первая помощь, скорая помощь, безопасность, чрезвычайная ситуация, гражданская оборона, силы гражданской обороны, отравление, средства индивидуальной защиты.

PROVIDE EMERGENCY MEDICAL CARE TO VICTIMS OF POISONING Annotation. This article deals with toxic substances, their effects on the human body, methods of protection of the population in emergencies associated with them, as well as the provision of medical care to victims of exposure to highly toxic substances problems and recommendations for their elimination.

Keywords: strongly toxic substance, victim, first aid, first aid, security, emergency, civil defense, civil defense forces, poisoning, personal protective equipment.

KIRISH

Kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalar - yuqori zaharlilik xususiyatiga ega bo'lgan va ma'lum sharoitlarda (asosan kimyoviy xavfli obyektlardagi avariyalarda) odamlar va jonivorlarning ommaviy zaharlanishini keltirib chiqara oladigan, shuningdek atrof muhitni zararlay oladigan kimyoviy birikmalardir [3].

1988 yilda tasdiqlangan "Kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalarning vaqtinchalik ro'yxati"ga ko'ra atrof muhitga real xavf soluvchi 34 xil modda sanab o'tilgan. Bular xlor, vodorod sulfid, oltingugurt, ftor va ularning kislorodli va vodorodli birikmalaridir. Ushbu ro'yxatga faqat yuqori uchuvchanlik va zaharlilik xususiyatiga ega bo'lgan hamda avariya holatlarida odamlarning ommaviy zaharlanishiga olib keluvchi kimyoviy moddalar kiritilgan [3].

Kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalarning zaharlovchi holatiga o'tishi ularning agrégat holati, suvda eruvchanligi, organik moddalarda erish qobiliyati, zichligi, uchuvchanligi, qaynash temperaturasi va shu kabi fizik-kimyoviy xossalariga bog'liq.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Kimyoviy muhofaza - kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalarning aholiga va kimyoviy xavfli obyektlar xodimlariga ta'sirini kamaytirish yoki yumshatish, kimyoviy avariyalarning oqibatlari ko'lamini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui [5].

Kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalar aholi hayoti va sog'ligi uchun jiddiy xavf tug'diradi. Ularning yuqori zaharlilik xususiyati, ta'sir ko'rsatish davrining qisqaligi jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatishni va ularning hayotini saqlab qolishni qiyinlashtiradi. Shu sababli ham jarohatlanganlarga zudlik bilan tibbiy yordam ko'rsatilishi zarur.

Bunda quyidagi tamoyillarga rioya qilish lozim [4]:

1. Zaharning organizmga tushishini to'xtatish (gazniqob kiydirish, zaharli hududdan olib chiqish);

2. Zaharga qarshi vositalarni qo'llash. Zahar organizmga teri yoki tashqi shilliq pardalar orqali kirgan bo'lsa, uni ko'p miqdordagi suyuqlik - ichimlik sodasi yoki limon kislotasi qo'shilgan eritma bilan yuvish;

3. Zaharni organizmdan zudlik bilan tozalash. Oshqozonni zahardan tozalash uchun 0,25-0,5% li ichimlik sodasi eritmasi yoki kaliy permanganat (margansovka)ning nim pushti rang yoki osh tuzining iliq eritmasi (1 stakan suvga 2-4 choy qoshiq)dan - 4-6 stakan iliq suv ichirib qusdirish;

4. Zahar ta'sirida buzilgan organizm faoliyatini tiklash.

Favqulodda vaziyatlar, ayniqsa KTZMlar ta'siri natijasida jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam kim tomonidan, qanday darajada, jarohat olgandan keyin qancha vaqt ichida ko'rsatilishi jabrlanuvchining tirik qolishi, sog'ligining keyingi tiklanishida va qanday darajada tiklanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Jarohat olganlarni zaharlanish zonasidan olib chiqib, o'z vaqtida va to'g'ri tibbiy yordam ko'rsatilsa, vafot etishi mumkin bo'lgan odamlarning 80-85 % ining hayotini saqlab qolish mumkin.

Bu o'rinda kimyoviy xavfli ob'ektda ishlaydigan xodimlar, uning atrofida yashaydigan har bir fuqarodan KTZMlar bilan bog'liq FVda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish qoidalarini bilishlarini, qo'l ostida vositalardan tibbiy yordam ko'rsatishda to'g'ri va o'z vaqtida foydalana olishlarini hamda jabrlanganlarni xavfli zonadan olib chiqish va davolash profilaktika muassasalariga jo'natishni to'g'ri tashkil etishni bilishlarini talab etadi.

TADQIQOT NATIJALARI

Jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatishda 2 ta asosiy qoida bor.

1-qoida. Voqea joyini ko'zdan kechirish [4]

Voqea sodir bo'lgan joy jabrlanuvchi va qutqaruvchi uchun qo'shimcha xavf tug'dirmasligini aniqlash lozim. Bunda atrofdagi bino va inshootlarning mustahkamligi, biror zaharli, yong'inga xavfli modda chiqmayaptimi, ko'chki yoki portlash xavfi yo'qmi, obyekt elektr manbasidan uzilganmi yoki yo'q? Bular barchasi ko'zdan kechirilishi, agar lozim bo'lsa bartaraf etilishi yoki jabrlanuvchi xavfsiz joyga olib chiqilishi lozim.

So'ngra qanday hodisa ro'y berganligini aniqlash lozim. Yuz bergan hodisaga aniqlik kiritib, uning sabablarini aniqlash, KTZM turi, miqdorini bilish va vaziyatni to'g'ri baholash orqali jabrlanganlarga tibbiy yordam ko'rsatishni tashkil etish lozim.

Jabrlanganlar soniga aniqlik kiritish lozim. Bularni bilish jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko'rsatishni tashkil etish va uning hajmini belgilashga yordam beradi.

Atrofda sizga yordam bera oladiganlarni aniqlash. Atrofda sizga yordam bera oladigan kimlar yoki nimalar bor, ulardan qanday maqsadlarda foydalansa bo'ladi? Shu savollarga to'g'ri javob topish va amalda foydalanish lozim bo'ladi.

2- qoida. Jabrlanuvchini birlamchi ko'zdan kechirish va hayoti uchun xatarli holatlarda

zaruriy yordam ko'rsatish [4]

1. Nafas olishni tekshirish.

2. Tomir va yurak urishini tekshirish lozim.

3. Tez tibbiy yordamni chaqirish.

4. Jabrlanuvchini ikkilamchi ko'zdan kechirish va tibbiy yordam ko'rsatish. Ko'zdan kechirilib, KTZM qay darajada ta'sir qilgani, kimyoviy kuyish bor-yo'qligi aniqlanadi. Agar lozim bo'lsa hayot uchun zarur bo'lgan birinchi tibbiy yordam ko'rsatiladi.

MUHOKAMA

Kimyoviy kuyishda birinchi yordam [4]

■ Terini kimyoviy moddadan tozalash;

■ Kamida 20 daqiqa sovuq suv bilan yuvish;

■ Zaharli modda tekkan kiyimlarni echish;

■ Jabrlanuvchining ko'zini e'tibordan qoldirmaslik. 20 daqiqa davomida sovuq suv bilan yuvish.

Xlor bilan zaharlanganda birinchi tibbiy yordam [4]:

Ko'z, nafas yo'llari, badanning ochiq joylarini ko 'p miqdordagi suv bilan yuvish, halqum achishsa, bo'yinga hantalli yoki isituvchi kompress qo'yish va oyoqqa issiq vanna qilish kerak.

Ammiak bilan zaharlanganda birinchi tibbiy yordam [4]:

1. Fuqaro gazniqoblariga qo'shimcha DPG-3 patronni ulash.

2. Zudlik bilan zaharlanish maydonidan chiqish.

3. Ko'z, nafas yo'llari va badanning ochiq joylarini ichimlik sodasining 2%li eritmasida yuvish.

4. Zaharlanuvchiga issiq sut berib, yotqizib qo 'yish.

5. Zaruriyat bo'lsa, nashatir spirti hidlatib, «og'zidan og'izga» usulida sun'iy nafas oldirish va yurakni bilvosita uqalash kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustdagi "Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to'g'risida"gi Qonuni.

2. O'zbekiston Respublikasining 2008 yil 26 dekabrdagi "Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to'g'risida"gi Qonuni.

3. Abidova F.A., Abidov A.B. "Kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalarning hususiyatlari". - O'zR FVV FMI: 2013 y. - 530 b.

4. Boymirzaev A. "Hayot xavfsizligi va birinchi tibbiy yordam". - T: "Zilol buloq". 2019 y. - 396 b.

5. Gazinazarova S., YUldoshev O. "Avariya qutqaruv ishlari, o'quv qo'llanma". -Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti: 2013 y. - 160 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.