UO'T: 331.822
FAOLIYAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH USULLARI, USLUBLARI VA
VOSITALARI
Xidirova Dildora Zayniddinovna Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi" kafedrasi dotsent v.b. (PhD)
Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda fan-texnika va inovatsion g'oyalarni qo'llab-quvvatlash bilan bir qatorda, inson xavfsizlikni ta'minlay oladigan zamonoviy texnologiyalarni ishlab chiqmoqda va ishlab chiqarishga tatbiq etilgan.
Аннотaция. В этой стате, помимо поддержки науки, техники и инновaционных идей, люди производyaт и внедряют современные технологии, способные обеспечит безопасност.
Annotation. In this article, in addition to supporting science, technology and innovative ideas, people produce and implement modern technologies that can ensure safety.
Kalit so'zlar: xavfsizlik, obyekt, muhofaza, faoliya, xavf, biosfera, texnika, texnosfera, aprior, tahlil.
Ключевые слова: Безопасност, объект, защита, деyaтелност, риск, биосфера, техника, техносфера, априори, анализ.
Key words: Safety, object, protection, activity, risk, biosphere, technology, technosphere, a priori, analysis.
Yangi O'zbekistonda olib borilgan keng ко'ктН islohotlar natijasida, barcha sohalar qatorida inson xavfsizlik masalalarida ham bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda fan-texnika va innovatsion g'oyalarni qо'llab-quvvatlash bilan bir qatorda, inson xavfsizlikni ta'minlay oladigan zamonoviy texnologiyalarni ishlab chiqmoqda va ishlab chiqarishga tatbiq etilmoqda.
Xavfsizlik - faoliyatning holati Ьо'НЬ, ma'lum ehtimollikda xavflarning kelib chiqishini bartaraf qilishdir. Xavfsizlik - insonlar oldiga qо'yilgan maqsaddir. Hayot faoliyati xavfsizligi esa maqsadga erishishning - vosita, уо'Н va usullaridir.
Demak, himoya obyektlari bо'yicha hozirgi kunda quyidagi xavfsizlik tizimining turlari mavjud:
- inson hayot faoliyati jarayonida umumjamoa va shaxsiy xavfsizlik tizimi;
- atrof-muhit muhofazasi va davlat xavfsizlik tizimi;
- global xavfsizlik tizimi.
Birinchi о'rinda inson xavfsizligi turadi. Ma'lumki, xavfsizlik - hayot faoliyati xavfsizligining asosiy о'zagini tashkil etib, inson faoliyatining holati hisoblanadi. Bu holatda insonlar ma'lum ehtimollikda yuzaga kelayotgan xavflarni bartaraf qilishga harakat qiladi. Ammo har qanday holatlarda ham xavflarni bartaraf qilish imkoniyati bо'lmaydi. Masalan, yong'in xavfida - yong'inning boshlang'ich fazasida о'chirish mumkin ЬоЪ^ keyingi fazasida о'chirish imkoniyatlari chegaralanib qoladi yoki biror texnologik jarayonlarda amal qilinayotgan ^'^at^Man harorat, bosim ^'^at^Man birdan о'zgarishga uchrasa, texnologik jarayonni boshqarish darajasi (xavfsizlikni ta'minlash) cheklanishi mumkin, natijada yong'in chiqadi, portlaydi yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulot yaroqsiz holatga kelib, atrof-muhitni ifloslantirishi mumkin.
1- jadval
Xavfni bartarf etishda xavfsizlik tizimining mavjud ko'rinishlari
T/r Xavf turlari Himoyalanish obyekti Xavfsizlik tizimi
1. Inson faoliyati muhitidagi Xavflar. Inson. Xavfsizlik (mehnat xavfsizligi).
2. Faoliyat muhitidagi xavflar. Inson. Hayot faoliyati xavfsizligi.
3. Texnosferadagi xavflar. Atrof-muhit Atrof muhit muhofazasi.
4. Biosfera va texnosferadagi favqulodda xavflar. Inson, atrof-muhit, mahsulotlar resursi Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish.
5. Ichki va tashqi umumdavlat xavflari. Jamoa va millat Mamlakatning xavfsizlik tizimi.
6. Nazorat va boshqarib bo'lmay-digan umuminsoniy faoliyati -dagi xavflar. Insoniyat. Biosfera. Texnosfera. Global xavfsizlik.
7. Kosmosdagi xavflar. Insoniyat. Planeta. Yer. Kosmik xavfsizlik.
Xavfsizlikni ta'minlashda texnosfera, gomosfera va noksosfera kabi tushunchalar kiritilgan.
Texnosfera - o'tmishda biosferaga taalluqli bo'lgan, keyinchalik insonlar o'zining moddiy va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini yanada yaxshilash maqsadida bevosita yoki sirtdan texnik vositalar bilan ta'sir qilayotgan hududdir.
Gomosfera - insonning faoliyat jarayonida uning turgan ish o'rinlari tushuniladi. Masalan, ishlovchining obyektda, sexda va bо'limdagi joyi.
Noksosfera - ishlovchining doimiy ravishda ish jarayonidagi xavfli joyi. Masalan, ishchining tokar yoki frezer dastgohidagi ish joyi yoki payvandlovchining bevosita payvandlash ishlarini bajaradigan ish joyi tushuniladi.
Xavfsizlikni ta'minlashning 3 ta uslubi mavjud:
1.Gomosfera bilan nokosferani bir-biridan vaqt yoki joy jihatdan uzoqlashtirish uslubi. Bu uslubda ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, jihoz, uskunalarni masofadan turib boshqarish, robotlarni qo'llash va boshqa boshqaruv tizimlari orqali amalga oshiriladi. Masalan, konserva sanoatida sharbat ishlab chiqarishda, atom elektr stansiyalarida texnologik jarayonlarni boshqarishda, avtomobilsozlikda yig'ish jarayonidagi ishlarni bajarishda masofadan turib mexanizatsiyalashtirilgan jarayonlar orqali boshqariladi.
2.Xavfsizlik qoidarini qo'llab, xavflarni bartaraf qilish yoki texnosfera (ishlab chiqarish muhiti)ni meyorlashtirish hamda texnosfera tavsiflarini inson tavsifiga moslashtirishga asoslangan. Bunda gomosfera va noksosfera ko'rsatkichlari bir-biriga yaqinlashtiradi. Bu uslub ishlovchilarni shovqin, chang, gaz, yoritilganlik, harorat, jarohatlanish va boshqa xavfli omillardan himoya qilishga qaratilgan tadbirlar majmuasi hamda xavfsiz uskuna va jihozlarni qo'llash orqali amalga oshiriladi. Masalan, to'qimachilik kombinatlarida yuzaga keladigan ishlab chiqarish
changlari, jihozlardan chiqadigan shovqin, ish joylarining yoritilganligi va boshqa ko'rsatkichlar me'yor darajasida bo'lishi talab etiladi.
3.Ish joylaridagi ishlovchilarni himoya vositalari yordamida himoyalashga asoslangan. Bunda texnosfera tavsiflarini o'zgartirish uchun turli xil himoya vositalari qo'llaniladi. Masalan, shovqin chiqadigan ishlab chiqarish tarmoqlarida shovqinga qarshi qurilmalar, kimyo sanoatida zaharli gazlarni ish joyidan kamaytiruvchi - so'ruvchi shkaflar, yuqori haroratli ish joylarida sovutish qurilmalarini ishlatish, zaharli kimyoviy moddalar ishlatiladigan joylarda inson organizmini himoya qiluvchi vositalarni qo'llash va boshqalarni aytish mumkin. Ammo real shart-sharoitlarda yuqoridagi usullarning faqat bittasini qo'llash orqali ishlovchilarning zaruriy xavfsizlik darajasini ta'minlash mumkin bo'lmaydi.
Iloji boricha amaldagi usullarning hammasini tatbiq etish orqaligina maqsadga erishish mumkin.
Tahlil usuli - xavfsizlikni ko'ngilsiz voqea ro'y berishdan oldin (aprior) yoki keyin (aposterior) tahlil etish mumkin. Har ikki holatda qo'llaniladigan usul bevosita yoki aksincha bo'ladi.
Aprior tahlilda ushbu tizimga xos bo'lishi mumkin bo'lgan (yashirin) ko'ngilsiz voqealar tanlab olinadi va ularni yaratuvchi bir qancha holatlar to'plami tuziladi. Aposterior tahlil esa ko'ngilsiz voqea yuz bergandan so'ng, kelajakda tadbirlar ishlab chiqishdir. Bu ikki usul bir-birini to'ldiradi.
Xavfsizlik tahlil qilinganda tizimning parametrlarini yoki chegarasini aniqlash asosiy masala hisoblanadi. Agar tizim juda chegaralangan bo'lsa, biror xavfli hollar yoki omillar e'tibordan tashqarida qolishi, agar tizimga o'ta atroflicha qaralsa, tahlil natijalari noaniq bo'lishi mumkin. Tahlilni o'tkazish darajasi aniq maqsadlarga bog'liq. Aniq bir holatda ogohlantirish yo'li bilan ta'sir qilish mumkin bo'lgan hodisalarni aniqlash umumiy ish uslubi hisoblanadi. Texnosferada ishlovchilarga zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ta'sirini kamaytirish yoki oldini olish uchun turli maqsadli himoya vositalari qurilmalari qo'llaniladi.
Himoya vositlari har bir zararli holat uchun mehnat xavfsizligi talablariga asoslanib qo'llaniladi. Himoya vositalari qo'lanilish tavsifiga qarab, jamoa himoya vositalari va shaxsiy himoya vositalariga bo'linadi. Bularninng har biri taktik qo'llanilishiga qarab tasniflanadi.
Jamoa himoya vositalariga - shovqin, titrash, issiq, sovuq, elektrostatik zaryadlar, zararli changlar, radiatsiya nurlari va boshqa ta'sirlardan himoyalovchi to'siqlar, blokirovkalar, tormozlar, yorug'lik va ovoz signallari, xavfsizlik asboblari, xavfsizlik belbog'lari, avtomatik harorat qurilmalari, masofadan boshqarish vositalari, elektr jihozlarini yerga ulash qurilmalari, shamollatish, yoritish, sovutish, izolyatsiyalash, germetizatsiyalash vositalari kiradi.
Shaxsiy himoya vositalari, asosan, inson tana a'zolarini (nafas olish yo'llari, yuz, ko'z, bosh, eshitish a'zolari, teri va boshqalar) himoyalovchi vositlarga bo'linadi. Shaxsiy himoya vositalari qo'llanilishiga qarab quyidagi sinflarga bo'linadi:
- himoya kostyumlari (pnevmo-gidrokostyum, skafandralar);
-maxsus kiyimlar (kombenzonlar, yarim konbenzonlar, kurtkalar, shimlar, kostyumlar, xalat, fartuk, nimcha, maxsus oyoq kiyimlar);
-maxsus oyoq kiyimlar (etik, yarim etik, botinka, kalish va boshqalar); nafas olish organlarini himoyalovchi vositalar (gaz niqoblari, resperatorlar, pnevmomaskalar);
- boshni himoyalash vositalari (kaska, shlem, shapka, qalpoq, shlyapalar);
-qo'lqoplar, ko'zoynaklar, shovqindan saqlovchi vositalar, himoya tasmalari, belbog'lar,
dielektrik poyondoz, ilgaklar va boshqalar.
- teri a'zolarini saqlovchi dermotologik vositalar (sovun, pasta, krem, mazlar);
- odam boshini mexanik va elektr toki ta'siridan himoyalovchi kaskalar (tekstolitli, plastmassali, vinil plastikli, shisha plastikli).
Mexanik shikastlanishdan, tanalar kuyishidan, kislota, ishqor, tuzlar, erituvchilar, zararli va terini qizdiruvchi moddalar, elektr toki ta'siridan kuyishdan himoya qilish uchun paxtadan, kanopdan, jun gazlamasi, rezina, polimer materiallaridan tayyorlangan qo'lqoplardan foydalaniladi. Sanoat korxonlarida ishchi-xizmatchilar himoya kaskasini kiyib yurishlari kerak. Ayollar esa sochlarini turmaklab, ro'mol o'rab ish yuritishlari lozim.
ADABIYOTLAR
1. Белов С.В. и др. Безопасност жизнедеyaтелности. Учебное пособие, «Bbi^aya школа», -М.: 2009. -616 б.
2. Безопасност жизнедеyaтелности : Учебное пособие /Под редакцией Н.Н. Гребневой. -Тюмен : изд-во Тюм ГУ, 2012. -320 б.
3. Duschanov B.A., Solixo'jaev S.S., Iskandarova Sh.T. Umumiy gigiena: /Tibbiyot institutlari talabalari uchun darslik: Abu Ali ibn Siio nomidagi tibbiyot nashr, 2001.- 558 6.
4. Xidirova D., Muradov S. O'zbekiston respublikasi hududida seysmoaktiv hududlar va zilzilaning xavfliligi //Innovative Development in Educational Activities. - 2024. - Т. 3. - №. 2. - С. 167-172.
5. Rakhimov Oktyabr Dustkabilovich. Khidirova Dildora Zayniddinovna. Main Criteria of Quality and Efficiency of Education In the Higher Education System // EXCELLENCIA: INTERNATIONAL MULTI-DISCIPLINARY JOURNAL OF EDUCATION. 2023. 450-453 http: // multij ournal s .org/index.php/excell encia-imj e/ arti cl e/vi ew/144
6. TEXNIKA OLIY TA'LIM MUASSASALARI TALABALARINING LOYIHALASH KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MODELI. X.D.Zayniddinovna. International journal of scientific researchers (IJSR) INDEXING 3 (2). 2023.
7. K.D. Zayniddinovna. The Importance of the Design of the Pedagogical Process in Improving the Quality of Education // Journal of Pedagogical Inventions and Practices 7, 2022. 261-266.
8. Д.З. Хидирова. DESIGNING THE PEDAGOGICAL PROCESS IN THE CONTEXT OF EDUCATIONAL INNOVATIONS // Современное образование (Узбекистан), 2021. 39-46.