FAN, TA'LIM VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TASHKIL
QILISH MEXANIZMI
(elektrotexnika fani o'qitish misolida)
Ushbu maqolada elektrotexnika fanini fan, ta'lim va ishlab integratsiyasi asosida o'qitish mexanizmini tashkil qilish bo'yicha takliflar keltirilgan.
Kalit so'zlar: elektrotexnika, fan, ta'lim, ishlab chiqarish, integratsiya.
THE MECHANISM OF ORGANIZING THE INTEGRATION OF SCIENCE,
EDUCATION AND PRODUCTION
This article presents proposals for the organization of the teaching mechanism of electrical engineering based on the integration of science, education and work.
Key words: electrical engineering, science, education, production, integration.
Har bir fanning o'ziga xosligi va hududlarning tabiiy sharoitidan kelib chiqib ta'lim klaster faoliyatining maqsadi, vazifasi, yo'nalishlari, tamoillari va subyektlari belgilanadi. Elektrotexnika fanidan ta'lim klasteri faoliyatining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat; ta'limni ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o'zaro manfaatli hamkorligini yo'lga qo'yish; bo'lajak ta'lim mutaxassislarini elektrotexnik eksperimentlarni o'tkazish imkoniga ega bo'lgan amaliyotlar bazasida tayyorlash muhitini yaratish hamda boshqa subyektlar bilan o'zaro tezkor qayta aloqani bog'lanish imkoniyatini keltirib o'tish mumkin.
Pedagogika oliy ta'lim muassalarida elektrotexnika fanidan eksperiment ishlarini samarali tashkil qilish va o'tkazish metodikasiga qo'yiladigan didaktik talablar quyidagilardan iborat [1-2]:
Tursunov Ikromjon Gulamjonovich
Chirchiq davlat pedagogika universitet professori [email protected]
ANNOTATSIYA
(in the example of teaching electrical engineering)
Tursunov Ikromjon Gulamjonovich
Professor of Chirchik State Pedagogical University [email protected]
ABSTRACT
December, 2024
o'quv laboratoriyasi (ustaxonasi) ning moddiy-texnik ta'minlanganligi; mutaxassis (texnologik ta'lim va fizika astronomiya) tayyorlash yo'nalishi hisobga olinishi;
eksperiment ishlarini mavzusi bo'yicha mashg'ulotga tayyorlash bilan bog'liq muhim tashkiliy-metodik ishlarni amalga oshirish lozim;
eksperiment loyihasini ishlab chiqish;
eksperiment ishlarini umumiy xususiyatlarini inobatga olgan holda, mashg'ulotlarni o'tkazish shaklini tanlash.
Zamonaviy elektrotexnika fani asbob uskunalari moddiy texnik bazasini yaratish ancha katta mablag' va maydonlarni talab etadi. Bu kabi muammolarning yechimi sifatida "Pedagogik ta'lim innovatsion klasteri" pedagogikamizda innovatsion yondashuv bo'lib, o'zida nafaqat ta'lim turlari o'rtasidagi hamda fan, ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi integratsiyalashuv jarayonini, shuningdek, ta'limni boshqarish, ta'lim sohalari va shakllari bilan bo'liq sohalarni ham jamlaydi.
Ta'lim klasteri yondashuvi ta'lim berish, o'quv adabiyotlarini yaratish, pedagog kadrlarni ilmiy salohiyatini oshirish, ta'lim va tarbiya uzviyligi bilan bog'liq umumiy yo'nalishlarda faoliyat olib boradi. Bu esa muammoning umumiy metadologik xarakterga ega ekanligini ko'rsatadi. Ayni paytda bu umumiy yo'nalishlar ta'limni boshqarish, jarayonni tashkillashtirish, ta'lim turlari, yo'nalishlari, uzviylik, integratsiyani ta'minlash, o'qitish metodlari va vositalari kabi yo'nalishlarda xususiy metadologik xarakter kasb etadi. Bu esa yuqoridagi muammoning yechimi ekanligini ko'rsatadi. Ilmiy-pedagogik o'quv adabiyotlarini tahlil qilish davomida ayon bo'ldiki, "Pedagogik ta'lim innovatsion klasteri" yondashuvini alohida sohalar kesimida o'qitishning o'quv-metodik ta'minoti, pedagogik metodlari, o'qitish shakllari, sharoitlari, vositalarini ishlab chiqishni ta'qozo etadi[3-5].
Pedagogik ta'lim innovatsion klasteri yo'nalishlari ta'lim, fan va ishlab chiqarishdan iborat bo'lsa, pedagogik ta'lim innovatsion klasteri tamoyillari tabiiy aloqadorlik, yo'naltirilganlik, manfaatlarning xususiyligi kabi komponentlardan tashkil topgan. Bizning tadqiqotimizdagi ta'lim klasteri subyektlari sifatida OTM, ilmiy-tadqiqot institutlari, o'quv ustaxonalari va ishlab chiqarish korxonalari belgilab olingan. Ular yagona obyekt sifatida talabalarning
eksperimental ko'nikmalarini rivojlantirish yo'lida
birlashadilar.
Pedagogik ta'lim
innovatsion klasteri muhitini amalga oshirish esa ta'lim
>: IrktrotrxniLi lunini o'qitMlda ta'lim klatfrri muliilini taillkii qilith
Ta'lim klasteri nib'dJbrl
0TM.ICHK;
rn.oux
* »
Kkklrotcvnika tanidin ta'lim klastrrí pbtformad Ta'lim Matter! jo KilivhbrUa tamo» IIb rl
OTM
O'UX
Ta'lim klaMeri lamo« lili rl
Tabiiy aloqadoriik
ICHK
rri
Manfaatdorlik
Yc>'iultirilganlik
Ta'lim klasltrl «o'itilithkiri
Tallin
Ta'lim k Lisi en miihilnlj sub'ektlaí orasidagí hamkot-likni tasliki! dish
>
Fan
Uhlab thiqansh
Xavlsi/lik, Produktivlik. Qiyosiytik
ftE
= L
»3
! £ ?
2. £ II
a
Njlifj Klcktrotcxmkj taludan ta'lim klasteri muhiti
248
1-rasm. Elektrotexnika fanini o'qitishda ta'lim kla Sterin i tashkil etish mexaniznii
subyektlar orasida hamkorlikni tashkil qilishga xizmat qiladi (1-rasm).
Eksperimental ko'nikmalar - bu o'ziga xos tizimdan iborat bo'lib, uni aqliy va amaliy faoliyat ko'rinishlari (turlari) bo'yicha tasniflanadi. Har bir eksperimental ko'nikmani ma'lum hatti-harakatlar va jarayonlar tizimi yordamida ifodalash mumkin. Masalan, eksperimentni rejalashtirish (loyihalash) ko'nikmasi, eksperiment natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish asosan intellektual (aqliy) amallardan iborat bo'lsa, o'rganilayotgan ob'ektni tanlash, asbob uskunalarni, jihozlarni tayyorlash, tajriba o'tkazish asosan amaliy harakatlar (amallar) dan tashkil topgan. Har bir eksperimental ko'nikma amallardan, amallar esa jarayonlardan iboratdir.
Amaliyotga yo'naltirlgan har qanday eksperiment talabani mustaqil ishlashga da'vat etib, uni tajribadan olingan ma'lumotlarni tahlil qilishga, fikrlashga va mushohada yuritishga o'rgatadi. Shu bois eksperimentning qo'yilishi va uni bajarish, talaba uchun nofaol kuzatish jarayoni bo'lmay, balki uni faol faoliyatga undashda samarali vosita hisoblanadi. Fan eksperimentlar (tajribalar) asosida o'qitilganda talabalarda nafaqat fanga oid bilimlari rivojlantiriladi, balki eksperimentni qo'yishdagi tashkiliy vazifalar hamda uni o'tkazish muammosi hal qilinadi. Professor-o'qituvchlar talabalarni aniq ishlashga, boshlagan ishlarini yakuniga yetkazishga, o'lchov asboblari va o'quv jihozlari bilan to'g'ri munosabatda bo'lishga, eksperiment ishlarini bajarishga maslahatchi bo'lib, ularni eksperimentni mustaqil o'tkazishga va olingan natijalarni solishtirish, tahlil qilish hamda umumlashtirishga tayyorlaydi.
Demak, ta'limdagi innovatsion o'zgarishlar, jumladan, "Pedagogik ta'lim innovatsion klasteri" yondashuvi asosida talabalarning eksperimental ko'nikmalarini rivojlantirishga yo'naltirilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqildi hamda tadqiqotimizning ilmiy-nazariy asoslari sifatida belgilandi.
Ta'lim klasteri muhitida elektrotexnika fanidan ma'ruza, amaliy va mustaqil ta'limni eksperimentlar asosida tashkil etishning (darsliklar, o'quv qo'llanmalar, uslubiy qo'llanmalar, elektron o'quv qo'llanmalar) o'quv materiallari jozibadorligi, vizualligi, qulayligiga asoslangan interfaol o'quv topshiriqlari axborot blokini tashkil (2-rasm) [6].
Talabalarni
nazariy bilimlarni egallashi va olgan bilimlarini
amaliyotda qo ' llay olish ko'nikmasini shakllantirish orqali ularni tarbiyalash va
Talabalarning eksperimtntal ko'nikmalarini rivojlantirishni o'quv-mrtodik
ta minoti
O'quv qollanma
I
tasawurlarini rivojlantirishga tayyorlashning pedagogik mexanizmini fan, ta'lim va ishlab chiqarish sohalari bilan bog'lash hamda axborotlashtirish muhitida kognitiv, konstruktivistik, sudberi, kashfiyotchi modellari asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
Fan va texnikaning jadal rivojlanayotganligi sababli, talabalarning zamonaviy eksperimental ko'nikmalarini rivojlantirish uchun o'quv jarayonlarining mazmuni va shaklini muntazam yangilab borish, ta'lim sohasiga innovatsion jarayonlarni tadbiq etish, ta'lim sifatini baholash mezonlari va usullarini takomillashtirish, fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini taminlashda innovatsion yechimlarni joriy etish bilan bog'liq [7-11].
Eksperimental ko'nikmalarni rivojlantirish bosqichlari sifatida: nazariy ko'nikmalari (talabalarning mavzu doirasidagi nazariy bilimlari), loyihalash ko'nikmalari (eksperimentni multisim dasturida tayyorlangan loyihasi), konstruktiv ko'nikmalari (sxema asosida zanjirni tuzish), kreativ fikrlash ko'nikmalari (berilgan topshiriqqa noodatiy yondashish), innovatorlik ko'nikmalari (ekperimentga nisbattan yangicha yondashuv) belgilab olindi [12-16].
Elektrotexnika fanini o'qitishda ta'lim klasteri muhitini fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida tashkil etishni taqozo etadi; elektrotexnika fanini o'qitishda ta'lim (shaxsga yo'naltirigan, rivojlantiruvchi, hamkorik faoliyati, tadqiqot) texnologiyalaridan foydalanish metodlari va vositalarini o'z ichiga oladi; shaxsni rivojlantiruvchi komponentalaridan (eksperimentni loyihalash, konstruktiv, eksperimentatorlik) tashkil topgan; talabalarning eksperimental ko'nikmalarini rivojlanganlik darajasini baholashda amaliy (konstruktiv) topshiriqlar, ilmiy-amaliy loyihalar, hamda kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlariga oid topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiq; elektrotexnika fanidan "Multisim" dasturi yordamida ilmiy-amaliy eksperimentlarning loyihalasi yordamida zanjir elementlarining xossalarini hamda fundamental qonunlarini amalda tekshirish va ko'z bilan kuzatish imkoniga ega bo'ladilar [17-22]. Pedagogika oliy ta'lim muassasalarida talabalarning eksperimental ko'nikmalarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari tajribani modellashtirishning xavfsizlik, produktivlik, qiyosiylik kabi tamoyillarni fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi muhitiga differensial munosabatda singdirish asosida takomillashtirish elektrotexnika fanninig o'zlashtirish samaradorliligini oshirishga xizmat qiladi.
O'quv ustaxonalarida o'tkaziladigan amaliy mashg'ulotlarda talabalar eksperimentlarini o'zlari bajaradilar, elektrotexnika qonuniyatlarni amalda tekshirish imkoni paydo bo'ladi [2, 23]. Ilmiy tadqiqot markazlarida o'tkazilgan mashg'ulotlar orqali, talabalarni fan sohasiga
qiziqtirish imkoni paydo bo'ladi.
December, 2024
Elektrotexnika fanidan eksperimental ko'nikmalami rivojlantirish metodikasi o'quv materiallari jozibadorligi, vizualligi, qulayligiga
asoslangan interfaol o'quv topshiriqlarini talabalarning amaliy-akademik faoliyatida konsentrik munosabatda
qo'llash maqsadida
"Quvvatlagich sxemasini
tuzish" amaliy mashg'ulot ishini , ~ . ,
J b 3-rasm. Quvvatlagich sxemasi
ishlab chiqdik (3-rasm).
Elektrotexnika fanini o'qitishda "SWOT" metodini qo'llash orqali talabalarni mustaqil o'rganish, fikrlash ko'nikmalarini va kasbiy kompetensiyalarini shakllantiradi. Quyida "Elektrotexnika" fanidan "Quvvatlagich sxemasini tuzish" (eksperiment loyihasini tuzish) mavzusida amaliy mashg'ulotlarda "SWOT" metodini qo'llash bo'yicha namuna keltirilgan.
Bu bosqichda talabalar kichik guruhlarga bo'linib elektrotexnik sxemani yig'ish talab qilinadi (4, 5-rasm): talabalar elektrotexnik sxemalardan kerakli natijalar va grafiklarni daftarlariga qayd qiladilar.
Har bir guruh "SWOT" metodinining topshirig'ini bajaradi (1-2-jadval).
1-jadval
1-guruh: SWOT tahlilini ushbu jadvalga tushiring
Q • C
9 ©
©
O
December, 20241 Multidisciplinary Scientific Journal
©
251
S Sxemada berilgan qurilmalarni nomini ayting? Sxemadagi qurilmalarning vazifasini ayting? Sxemadagi qurilmalarni zanjirga ulanish qoidalarini ayting? To'g'ri va teskari p-n o'tishlar haqida malumot bering? To'g'rilagichlarning turlari? Bir fazali yarim davrli to'g'rilagichlarning vazifasi? Bir fazali yarim davrli to'g'rilagichlarning afzalliklari?
W Bir fazali yarim davrli to'g'rilagichlarning qo'llanishi nega chegaralangan?
O To'g'rilagichlarning turlari? Bir fazali yarim davrli to'g'rilagichlarning qo'llanilishi? Bu to'g'rilagichlarning boshqasidan farqi nimada? VAX qaysi qonuniyatga ko'ra yuz beradi? VAX grafigini chizing va tahlil qilib bering?
T Bir fazali yarim davrli to'g'rilagichlarning kamchiliklari?
2-jadval 2-guruh: SWOT tahlilini ushbu jadvalga tushiring
S Sxemada berilgan qurilmalarni nomini ayting? Sxemadagi qurilmalarning vazifasini ayting? Sxemadagi qurilmalarni zanjirga ulanish qoidalarini ayting? To'g'ri va teskari p-n o'tishlar haqida ma'lumot bering? To'g'rilagichlarning turlari? To'liq davrli to'g'rilagich afzalliklari? To'liq davrli to'g'rilagich sxemasi vazifasi?
W Bir fazali to'g'rilagichning (ko'prik to'g'rilagichlarning) qo'llanishi nega chegaralangan?
O To'g'rilagichlarning turlari? To'liq davrli to'g'rilagichlarning qo'llanilishi? Bu to'g'rilagichlarnining boshqasidan farqi nimada? VAX qaysi qonuniyatga ko'ra yuz beradi? VAX grafigini chizing va tahlil qilib bering?
T To'liq davrli to'g'rilagich sxemasi kamchiliklari?
Professor- o'qituvchi mashg'ulotda eng faol qatnashgan guruh, va faol talabalarni aniqlaydi va rag'barlantiradi. So'ngra barcha talabalarni baholaydi. Talabalarga tayyorlab qo'yilgan mustaqil ish topshiriqlari tarqatiladi. Ular bilan tanishib, o'rganib chiqish tavsiya qilinadi va yuzaga kelgan savollarga javob beradi.
December, 2024 Multidisciplinary Scientific Journal
252
Elektrotenika" fanidan "Quvvatlagich sxemasini tuzish" mavzusidagi amaliy mashg'ulot "SWOT" metodi asosida olib borilganda talabalarning mustaqil fikrlashi rivojlanadi. Ma'ruza mashg'ulotida olingan nazariy bilimlari mustahkamlanadi.
Ta'lim klasteri sharoitida elektrotexnika fanidan talabalarda eksperimental ko'nikmalarining rivojlanganligini baholashda tajriba mohiyatini anglash, olingan natijalarni zaruriy formulalarga qo'yish, jadvallarga joylash hamda uni o'tkazishdagi talabalarni motivasiyalovchi ko'p variantli yo'naltirilgan, instruksiyalardan foydalanishni talab etadi. Shuningdek, mustaqil ish topshiriqlari va savollarga tegishli ma'lumotlar topish bo'yicha adabiyotlarning berilishi, ko'p variantli topshiriqlarning berilishi talabalar bilan qayta aloqali o'quv jarayonida o'z-o'zini baholash, refleksiv ko'nikmalarini shakllantiradi. Ta'lim jarayonini bunday tarzda moslash, uyg'unlashtirish, adaptivlashtirish PTIK ning asosiy shartlaridan hisoblanadi.
XULOSA
Ta'lim klasteri sharoitida talabalarning eksperimental ko'nikmalarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari tajribani modellashtirishning xavfsizlik, produktivlik, qiyosiylik kabi tamoyillarni ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi muhitiga qo'lash ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Pedagogika oliy ta'lim muassasalarida talabalarning eksperimental ko'nikmalarini rivojlantirish uchun ma'ruza, amaliy va mustaqil ta'lim mashg'ulotlarini eksperimentlar asosida tashkil etishning dasturiy vositalardan foydalanishning usul va imkoniyatlari takomillashtirildi.
REFERENCES
1. Tursunov I.G. Elektrotexnika fanidan talabalarning eksperimental ko'nikmalarini ta'lim klasteri sharoitida rivojlantirish metodikasi. Monografiya. Chirchiq. "Zebo Prints", 2023. 147 b.
2. Eshniyozov U.A. Elektrotexnika fanidan talabalarning eksperimental ko'nikmalarini ta'lim klasteri sharoitida rivojlantirish metodikasi: Avto., dis. p.f.f.d. nomzodi ilmiy darajasini olish uchun. -Ch.CHDPU. 2023. 20 b.
3. Eshniyozov U.A. Pedagogik ta'lim innovatsion klasteri muhitida elektrotexnika fanini o'qitishda talabalarni eksperimental ko'nikmalarini rivojlantirish modeli // Muallim// 2022. Volume 3, Issue 12. -B. 25-33.
4. Eshniyozov U.A. Klaster muhitida elektrotexnika fanini o'qitishda talabalarni eksperimental ko'nikmalarini rivojlantirish modeli //"Zamonaviy fizika va astronomiyaning muammolari, yechimlari, o'qitish uslublari"// Respublika ilmiy-uslubiy anjumani.-Toshkent, 2022.-B. 358360.
December, 2024
253
5. Eshniyozov U.A. Ta'lim klasteri sharoitida o'quvchilarning
elektromagnetizmga oid amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish // Kasb hunar ta'limi. // -Toshkent, 2023. - № 9, - B. 205-212.
6. Tursunov I.G., Eshniyozov U.A., Akylbayev M. Elektrotexnika, elektronika va elektro'tkazgichlar. "Yangi chirchiq book", 2023. 220 b.
digital innovative multisim program technologies in teaching electrical engineering // Galaxy international interdisciplinary research journal // 2022. Volume 10, Issue 12, pp. 1051-1061.
8. Tursunov I.G., Eshniyozov U.A., Ruzibayeva M.X. Elektrotexnika fanini o'qitishda talabalarni eksperimental ko'nikmalarini rivojlantirish vositalari // 3KoHoMHKa h wuyM //, 2022. №5 (96).-B.903-906.
9. Tursunov I.G., Eshniyozov U.A., Durdiyeva Sh. X. Turli muhitlarda elektr toki mavzusini o'qitishdagi innovatsiyalar // Academic Research in Educational Sciences // 2021. Volume 2, Issue 2. -B. 513-523 b.
10. Tursunov I.G., Eshniyozov U.A. Elektrotexnika fanini o'qitishda innovatsion texnologiyalarni qo'llash // Academic Research in Educational Sciences// 2021.Volume 2, Issue 4. -B. 1030-1040.
11. Eshniyozov U.A. Elektrotexnika fanini o 'qitish jarayonida talabalarning kasbiy kompetentlik ko 'nikmalarini rivojlantirish // Academic Research in Educational Sciences // 2021.Volume 2, Issue 4.-B. 1030-1040.
12. Eshniyozov U.A. Didactic analysis of experimental skills development conditions of students in institutions of pedagogical higher education // Galaxy international interdisciplinary research journal (GIIRJ) // ISSN (E): 2347-6915, (Impact Factor: 8,057). - India, 2023. Volume 11, Issue 03. P. 432-438.
13. Eshniyozov U.A. Ta'lim klasteri muhitida talabalarning eksperimental ko'nikmalarini bosqichma bosqich rivojlantirish jarayoni // Ta'lim, fan va innovatsiya // -Toshkent, 2023.-№ 4.-B.203-207 (13.00.00, №18).
14. Eshniyozov U.A. Talabalarning elektrotexnik eksperimentlarni loyihalashtirish ko'nikmalarni shakllantirish // Journal of Advanced Research and Stability // ISSN: 2181-2608 (Impact Factor: 6,639).-Uzbekiston, 2023. Volume 3, Issue 3.-B. 81-88.(OAK baza, Scientific Journal Impact Factor, №23).
15. Eshniyozov U.A. Pedagogical problems and solutions of conducting electrical experiments in pedagogical institutions of higher education // "AKTyantHbie Bonpocti coBpeMeHHon HayKH h o6pa3oBaHua" // C6opHHK MarepuanoB Me^gyHapognHoft HayHHo-npaKTHHecKoft кoн$epeнцнн.-
Ka3aHt, 2022. pp. 235-240.
7. Tursunov I.G., Eshniyozov U.A. Possibilities of application of modern
December, 2024
16. Eshniyozov U.A. Didactic requirements for organizing practical lessons in electrical engineering and the methodology of its conduct //"Мировая наука. проблемы и nepcneKraBbi pa3Bnrafl'7/MarepHanbi V междyнaрoднoй таучш-прaктичеcкoй ганференции.- Вoлгoгрaд 2023, pp. 354-358.
17. Eshniyozov U.A. Talabalarning eksperimental ko'nikmalarni zamonaviy interaktiv dasturiy vositalar asosida rivojlantirish metodikasi //Myra^mM хэм Yзликcиз билимлeндириy жyрнaлы //-Nukus, 2023.-№ 3.-B.225-232 (13.00.00, №20).
18. Eshniyozov U.A. Talabalarning eksperimental ko'nikmalarini rivojlantirishni zamonaviy vositalari va metodlari //"Zamonaviy fizika va astronomiyaning muammolari, yechimlari, o'qitish uslublari"// Respublika ilmiy-uslubiy anjumani.-Toshkent, 2022.-B. 356-358.
19. Eshniyozov U.A., G'aniyev B.M. O'quvchilarning fizika faniga bo'lgan qiziqishlarini oshirishda loyiha ishlaridan foydalanish uslublar. Zamonaviy fizika va astronomiyaning dolzarb muammolari, yechimlari va o'qitish uslublari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. - Chirchiq, CHDPU, 2024. - B. 199200.
20. Tursunov I.G., Xudoyberdiyeva Y.X. Ta'lim klasteri sharoitida bo'lajak fizika o'qituvchilarining pedagogik faoliyatiga oid kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy asoslari. "Birinchi Renessans: Abu Rayhon Beruniy va tabiiy fanlar evolyutsiyasi" nomli Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. Navoiy. 25-may, 2023-yil. 61-63 b.
21. Tursunov I.G., Xudoyberdiyeva Y.X. "Zamonaviy fizika va astronomiyaning muammolari va yechimlari, o'qitish uslublari" nomli respublika ilmiy-amaliy anjumani. - Chirchiq, 17-18 may.2024.
22. Джoрaeв M. Физита укитиш мeтoдикacи. - ^ш^нт. A6y MaT6yoT кoнcaлт. 2015. -280 б.
December, 2024