Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ELEKTRON BIZNES VA ELEKTRON TIJORAT MAQSADLARI VA
ASOSIY YO'NALISHLARI
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning muhim yo 'nalishi hisoblanmish elektron biznes va elektron tijorat sohasini rivojlantirish yuzasidan fikr va mulohazalar yuritiladi. Raqmli iqtisodiyot shuningdek, elektron tijorat tushunchasi mamlakatimizdagi yosh va jadal rivojlanayotgan sohalardan biri ekanligi sababli, ushbu yonalish haqida manbalar afsuski yetarlicha topilmaydi. Joriy yetishmovchiliklarni to 'ldirishda o 'z xissamizni qo 'shish maqsadida, maqolada turli mulohaza va takliflar taqdim etiladi.
Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamlashtirish, internet, elektron biznes, elektron tijorat.
В данной статье собраны мысли и мнения по поводу развития электронного бизнеса и электронной коммерции, что является важным направлением цифровой экономики. Поскольку концепция цифровой экономики и электронной коммерции является одним из молодых и быстро развивающихся направлений в нашей стране, ресурсов об этом явлении, к сожалению, недостаточно. С целью устранения текущих недостатков в статье представлены различные замечания и предложения.
Ключевые слова: цифровая экономика, цифровизация, Интернет, электронный бизнес, электронная коммерция.
This article contains thoughts and opinions on the development of e-business and e-commerce, which is an important direction of the digital economy. As the concept of digital economy and e-commerce is one of the young and rapidly developing areas in our country, resources about this phenomenon are unfortunately not enough. In order to eliminate the current shortcomings, the article presented various comments and suggestions.
Key words: digital economy, digitization, Internet, e-business, e-commerce.
Raximbayev Musobek Komiljon o'g'li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o'qituvchisi Vafoyev Asadbek Normurot o'g'li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
KIRISH
Bugungi kunga kelib jahondagi barcha rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotini raqamlashtirdi desak noto'g'ri bo'lmaydi. Tabiiyki XX asrning 60-yillarida g'arb davlatlarida kompyuter texnologiyalarining tarqalishi, raqamli iqtisodiyot bilan bir qatorda elektron tijorat sohasi ham rivojlanishining bosh me'zoni bo'ldi. Albatta bizning yurtimizda ham soha rivoji uchun keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. So'zimizning isboti sifatida yurtboshimizning: "Tarmoq va hudud rahbarlari raqamlashtirishsiz natija, rivojlanish bo'lmasligini tushunib yetishi shart. Barcha darajadagi rahbarlar buni o'ziga kundalik vazifa sifatida belgilab, raqamlashtirish sohasini alifbosidan boshlab chuqur o'rganishi kerak"1 degan fikrlarini keltirishimiz mumkin. Berilayotgan e'tiborga qaramasdan mazkur yo'nalishda o'z faoliyatlarini boshlamoqchi bo'layotgan tadbirkorlar o'zbek segmentida yetarlicha ma'lumotlar topishlarida muammolarga duch kelishmoqda. Raqamli iqtisodiyot hamda, elektron tijorat borasida qilingan nazariy va amaliy ishlarni tahlil qilgan holda yangidan-yangi takliflar va metodlarni yaratish borasida bir qancha ilmiy izlanishlar qildik. Zero qilingan ilmiy izlanish davomida ko'plab masalalarga yechimlar topishni maqsad qildik.
MUHOKAMA
Elektron biznes kelib chiqishiga nazar tashlaydigan bo'lsak, XX asrning ikkinchi yarmi boshlarida axborot texnologiyalari sohasi taraqqiy eta boshlagani bunga turtki bo'lganini kuzatishimiz mumkin. Tabiiyki, korxonalar o'rtasida va ularning ichida ma'lumotlar almashuvini soddalashtirish va arzonlashtirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) roli beqiyos. Yirik korporatsiyalar pulni, vaqtni, binolarni va kuchni tejash maqsadida hujjatli ishlarni qog'ozsiz texnologiyalarda amalga oshira boshladilar. Bu jarayon albatta ma'lumot almashinuv tezligini ortishiga ham ko'maklashdi. Shuni ta'kidlash kerakki, elektron tijorat kontseptsiyasi tushunchasi hali internet globallashmasdan oldin paydo bo'ldi. Ammo faqat 2000-yillaga kelibginav lektron biznes bank sektori va elektron ma'lumotlar almashuvidan tashqariga chiqdi va biznesni yuritishning samarali vositasi sifatida keng rivojlandi. Yurtimizda soha rivojining ilk uchqunlari XX asr oxiri va XXI asr boshlariga to'g'ri keladi. Shunga qaramasdan ushbu qisqa muddat ichida elektron tijorat yo'nalishi ancha rivojlandi. So'ngi besh yillikda O'zbekistonda internet tezligining oshishi hamda, chekka chekka hududlarga ham yetib borishi, soha
1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 22-sentyabr kuni tarmoq va hududlarda raqamli iqtisodiyot hamda elektron hukumatni joriy qilish masalalari bo'yicha videoselektor yig'ilishidan
41
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
rivojini jadallashtirdi. Mamlakatimiz prezidenti o'z qaror, farmon va farmoishlari bilan raqamli iqtisodiyot va eketron tijoratga bo'lgan e'tiborni oshirmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3-iyuldagi PQ-3832-sonli qarori2 ga binoan iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish borasida davlat tomonidan keng ko'lamli chora-tadbirlar ko'rilmoqda, elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilmoqda, elektron to'lovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat sohasidagi normativ-huquqiy baza takomillashtirilmoqda.
Ma'lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalari, "sun'iy aql", superkompyuterlar imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, kripto-aktivlar bo'yicha faoliyat jahonning ko'plab mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Ma'lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalari nafaqat iqtisodiyotning ko'plab sektorlariga, balki davlat boshqaruvi tizimiga va boshqa jamoatchilik munosabatlariga asta-sekin joriy etilmoqda.
O'z navbatida keng qamrovli xizmat - korporativ mijozlarga ham, oxirgi iste'molchiga ham xizmat ko'rsatadigan Internet-vositachilar paydo bo'lmoqda . Ular avtomatlashtirilgan axborot kanallari orqali mijozlariga xizmat ko'rsatish boyicha ishlarni olib boradi:
• sotishdan oldin ishlar potensial xaridorlar va buyurtmachilar bilan ishlash, onlayn marketing;
• onlayn buyurtmalar (bevosita bitim bilan bog'liq vazifalari) - xizmat xaridorlar va iste'molchilar, maxfiy axborotni muhofaza qilish;
• moliyaviy xizmatlar - buyurtmalarni bajarish bilan bog'liq onlayn-tranzaktsiyalarning tarkibiy qismlari;
• sotishdan keyingi ishlar - buyurtma, hisob-kitob, almashtirish, nizolarni hal qilish holatini kuzatish.
Bundan tashqari taqdim etilgan ma'lumotlarga o'zgarish kiritish osonligi va shu tariqa vaqt va harajatlarni tejab qolinishi raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning inson hayotida naqadar muhim o'rin egallaganligini ko'rsatadi. Sohaning izchil rivojlanayotgani va keng ommaga tarqalayotganining sababi ham aynan shu.
2 (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 07/18/3832/1452-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son; 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)
42
Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 2 | ISSUE 11
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor (J) SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
NATIJA
Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki elektron tijorat sodda qilib aytganda ijtimoiy tarmoqlar hamda boshqa internet sahifalari kabi elektron vositalar ko'magida ehtiyojlarimizni qondiradigan xizmatlar va tovarlami sotib olish yoki aksincha sotish kabi online tijorat amaliyotidir. Mamlakatimizda bozor munosabatlari hukmronlik qilar ekan siz kabi tadbirkorlarning faoliyati rivojlanishi davlat rivojlanishi hamdir desak mubolag'a bo'lmaydi. Demak jahon standartlarida ishlashimiz biznesimizni takomillashtirib tovarlarimizni jahon bozorlariga milliy brend tarzida olib kirishimizda raqamli texnologiyalarning o'rni beqiyos. Ammo har qanday raqamli biznesni boshlashdan oldin, u qaysi modelga kirishini bilishingiz kerak. Siz tushunganingizdek, elektron tijoratni amalga oshirishdan oldin uni qayerda shakillantirishingizni bilishingiz kerak. Avvalam bor ichki bozorda o'zingizni sinab ko'rib, keyinchalik faoliyatingizni kengaytirishingiz mumkin. Har qanday holatda ham ular bir xil boshqaruv modeliga ega bo'ladi va bunga faqat o'zingiz tanlagan biznes modelining o'ziga xos xususiyatlari ta'sir qiladi.
Elektron tijorat quyidagilardan iborat 3:
• Elektron malumot almashish (Electronics Date Interchange,EDI);
• Elektron kapital harakati (Elektronic Funds Transfer, EFT;
• Elektron savdo (inglizcha e-trade);
• Elektron pullar (e-cash);
• Elektron marketing e-marketing);
• Elektron bank (e-banking);
• Elektron sug'urta xizmatlari (e-insurance).
Elektron tijorat amaliyotida shuni ko'rish mumkinki, aksariyat holatlarda elektron tijoratning yuqori samaradorligi muomaladagi xarajatlarni minimallashtirish orqali ta'minlanadi. Ushbu sohada elektron tijorat samaradorligini baholashga uslubiy yondashuv quyidagicha bo'lishi mumkin:
• elektron tijoratning samaradorligini baholash uchun o'rganilayotgan obyekt sohasini aniqlash;
• ushbu sohadagi tadbirkorlik subyektining maqsadli funktsiyasini aniqlash;
• maqsadga erishish uchun ishlanish ko'rsatkichlarini aqlash;
• ishlash mezonlarini shakllantirish;
• samaradorlik ko'rsatkichlarini aniqlash uchun zarur statistik va Boshqa ma'lumotlarni olishni tashkil etish;
3 ( G'.M. Porsaev, B.SH. Safarov, D.Q. Usmanova "Raqamli iqtisodiyot asoslari" (darslik))
43
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
• ko'rsatkichlar va ishlash mezonlarini hisoblash;
• natijalarni tahlil qilish va qarorlar qabul qilish.
Elektron tijorat dasturlari tobora keng qamrovli yo'nalishlarni taqdim qilib bormoqda, qo'llanilishning ham yangi yo'nalishlari paydo bo'la boshladi. Buguni kunda bir necha to'liq shakllangan elektron tijorat tizimlarini sanab o'tishimiz mumkin.
Kompaniyaning bozor strategiyasiga qarab, Internetdagi quyidagi shakllari mavjud:
• elektron biznes karta;
• elektron katalog;
• elektron do'kon;
• internet do'kon.
• savdo internet-tizimlar;
Elektron biznes kartasi bir necha sahifalardan iborat bo'lgan kompaniya va uning faoliyati haqida ma'lumot. Bunday saytning asosiy vazifasi - potensial mijozga oddiy biznes ma'lumotnomasi yoki reklama e'loniga o'xshash bo'lib kompaniyaning xizmatlari bilan tanishish uchun imkoniyat berish.
Mijozni xabardor qilishning yanada rivojlangan shakli - bu tovarlar va xizmatlar haqida batafsil ma'lumot beruvchi va ko'pincha hozirgi narxlar bilan xabardor qiluvchi elektron katalog.
Elektron do'kon sizga nafaqat mahsulot yoki xizmatni tanlash, balki Internet orqali Buyurtma berish va xarid qilish imkoniyatini beradi.
Internet do'kon oddiy do'kon bo'lib, tovarlar va xizmatlarni sotish lekin onlayn uslubda, shuningdek maqsadli auditoriyaga yo'naltirilgan bo'ladi. Asosiy maq sad -mahsulotlar sotuvi. Savdo hajmini oshirish asosiy maqsadi hisoblanadi. Ko'pincha savdo bo'limining murakkab tashkiliy tuzilishibilan farqlanadi.
Nihoyat, savdo internet-tizimi umumiy logistikat izimi, Tovar zahiralarni boshqarishni, internet-do'konni va odatiy do'konlarni yagona tizimga birlashtiradi.
XXI asr axborot asri. Xulosa o'rnida takidlashimiz kerakki, iqtisodiyotini raqamlashtirgan mamlakatlar allaqachon jahon maydonida mustahkam o'rin egallamoqda. Bizning yurtimiz ham jahonning rivojlangan mamlakatlari bilan bir qatorda tilga olinadigan vaqt keldi. Bizdan talab qilinadigan yagona narsa iqtisodiy jihatdan yetuk davlatlar tajribalarini mukammal o'rganib chiqib, hayotimizda tadbiq qilish. Albatta raqamli iqtisodiyot va elektron tijorat bu yo'lda "mayoq" vazifasini
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
o'taydi desak mubolag'a bo'lmaydi. Endi siz elektron tijoratning har xil yo'nalishlarini yaxshiroq tushunganingizdan so'ng, ularni kompaniyangiz uchun ishlatish vaqti keldi. Elektron do'kon, ijtimoiy media marketing xizmatlari va boshqa ko'p imkoniyatli hizmatlarni taklif qilish orqali biznesingizni rivojlantirishingiz mumkin.
REFERENCES
1. Porsaev G'.M., Safarov B.Sh., Usmanova D.Q.. Raqamli iqtisodiyot asoslari 2020-yil.
2. United Nations Conference on Trade and Development (UNCTAD). Digital economy report 2019.
3. Digital 2019: global digital overview. Value creation and capture: implications for developing countries. UNCTAD, 2020.
4. World Trade Statistical Review 2019 - World Trade Organization.
5. Kurpayanidi, K., Ilyosov, A. (2020) Problems of the use of digital technologies in industry in the context of increasing the export potential of the country// ISJl Theoretical & Applied Science. p. 113-117.