3APABOOXPAHEHHE B OB^ECTBE
Y^K.616.681-089
Mamataliyev A.R. Samarqand davlat tibbiyot universiteti Operativ xirurgiya va topografik anatomiya kafedrasi dotsenti, t.f.n.
Raxmanov Sh.Sh. Samarqand davlat tibbiyot universiteti Operativ xirurgiya va topografik anatomiya kafedrasi assistent- stajyori
Zohidova S.H. Samarqand davlat tibbiyot universiteti Operativ xirurgiya va topografik anatomiya kafedrasi assistenti, t.f.n.
EKSPERIMENTAL JIGAR SIRROZI SHAROITIDA PASTKI PORTO-KAVAL VENOZ TIZIMI MORFOLOGIYASINING ORGANILGANLIK
DARAJASI
Annotatsiya. Ushbu maqolada ohirgi yillarda xar hil davlatlarda jigar sirrozi bilan kasalanish darajasi va experimental jigar sirrozi sharoitida pastki porto-kaval vena tizimi qon tomirlarining morfologik o 'zgarishlarining o"rganilganlik xolati yoritilgan.
Kalit so^zlar: jigar sirrozi, pastki porto-kaval anastamoz, morfologiya, gistologik tuzilish, eksperimental.
MamataliyevA.R., candidate of medical sciences
associate professor
Department of Operative Surgery and Topographic Anatomy
Samarkand State Medical University Rakhmanov Sh.Sh. trainee assistant
Department of Operative Surgery and Topographic Anatomy
Samarkand State Medical University Zokhidova S.Kh., candidate of medical sciences
assistant
Department of Operative Surgery and Topographic Anatomy
Samarkand State Medical University
THE LEVEL OF STUDY OF THE MORPHOLOGY OF THE LOWERPORTO-CAVAL VENOUS SYSTEM IN THE CONDITIONS OF EXPERIMENTAL LIVER CIRRHOSIS
Resume. The article in recent years describes the level of liver cirrhosis in various countries and the state of studying morphological changes in the vessels
of the lower porto-caval venous system in conditions of experimental liver cirrhosis.
Key words: liver cirrhosis, lower porta-caval anastomosis, morphology, histological structure, experiment.
Kirish. 2020 yilda Lancet Gastroenterology & Gepatology 1990 yildan 2017 yilgacha 195 ta davlatlarda jigar sirrozi [JS] bilan aholi kasalanish darajasining epidemiologik ko'rsatkichlarini o'rganishga bag'ishlangan fundamental ilmiy ishini nashr etdi. Osiyo, Tinch okeani mintaqasi, Markaziy Lotin Amerikasi, Markaziy va Sharqiy Yevropa aholisi orasida kompensatsiyalangan JS bilan kasallanish Shimoliy Amerika, Janubi-Sharqiy Osiyo va Avstraliyaga qaraganda 5-6 barobar yuqori. MDH davlatlarida JS bilan kasallanish darajasi umumiy aholining 1% da uchraydi. O'zbekistonda jigarning surunkali kasalliklar va JS tufayli o'lim ko'rsatkichi 2000 yilda har yuz ming aholiga 45.3 kishini tashkil etgan bo'lsa, 2005 yilda bu ko'rsatkich 42.5 taga yetadi. Hozirgi kunda tibbiyotda JS kasalligida yuqorigi porto-kaval (YuPK) va pastki porto-kaval(PPK) venoz anastomozlari qon tomirlaridan qon ketish asoratlaridan o'lim holati dolzarb muammolardan biri bo'lib qolmoqda (Yeramishantsev A. K., Musin R. A., Lyubiviy Ye. D. 2005., F.G. F.G. Nazirov, A.V. Devyatov, A.X. Babadjanov 2010., S.B. Jigalova, A.B. Melkumov, V.G. Manukiyan, A.G. Shertsinger 2015.,)
Tadqiqot maqsadi:: Ohirgi yillardagi ilmiy malumotlarni Rossiyaning internetdagi eng yirik ilmiy ishlar katalogi disser Cat sayti, AQShning sog'liqni saqlash va inson xizmatlari departamentining PubMed logotipi milliy biotexnologiya axborot markazi biotibbiyot va genomik ma'lumotlarga kirish sayti va Ozbekiston ilmiy jurnallaridan foydalangan holda ilmiy malumot to'plab maqsadni amalga oshirish.
Tadqiqot materiallari va usullari: So'nngi yillardagi ilmiy materallarini Rossiyaning internetdagi eng yirik ilmiy ishlar katalogi disser Cat sayti, AQShning sog'liqni saqlash va inson xizmatlari departamentining PubMed logotipi milliy biotexnologiya axborot markazi biotibbiyot va genomik ma'lumotlarga kirish sayti va Ozbekiston ilmiy jurnallaridan foydalangan holda, tahlil qilish va taqqoslash orqali amalga oshiriladi.
O^HHraH HaTH^a^ap. Bir qancha olimlar (N.V. Abramovskaya 2007. Volkov A. V. 2009) surunkali JS holatida YuPK anastomoz venalari bo'lgan qizilo'ngach-oshqozonga o'tish sohasida varikoz venalaridan, PPK anastomozga qo'shiluvchi yo'g'on ichakning varikoz kengaygan venalarida qon ketish sabablarini aniqlash maqsadida tajribada JS chaqirib, qon tomirlar anatomo-morfologik tuzilishini va vegitativ nerv tolalarining neyrogistologik tuzilmalarining morfologiyasini o'rganishgan. Nadjimudinov T.K, Yuldasheva M.T, Nadjimudinov M.T. larning yozishicha, tajriba hayvonlarida pestitsidlar ta'sirida surunkali zaharlanish holatida elektron mikroskop tekshiruv usulida jigar nerv tizimidagi buzilishlar natijasida qon tomirlarida gemodinamik buzilishlar
kuzatilishi, gepatotsitlardagi ultratuzilmalarning distrofik o'zgarishlari yuzaga kelishini o'rganib, bu jarayonga mikroto'lqin ta'sirida jigar faoliyati qayta tiklanishini kuzatgan. Boshqa bir (B.R. Aliev, A.S. Xikmatullaeva, A.N. Tillaev 2015) ilmiy izlanishda bemorlarda JS va surunkali virusli gepatit S, D [SVGSD] kasalik holatlarida jigar sinusoid kapilyarining tuzilishini jigardan bioptat olinib gemotoksilin Eozin va Mallori bo'yash usullari hamda elektron mikroskop tekshirish usuli yordamida tekshirgan. Ilmiy tadqiqot natijasida aniqlanishicha, JSda, SVGS va SVGD kasalliklarida sinusoid kapillyarlar devorida aniqlangan tarkibiy o'zgarishlar gepototsitlar va qon zardobi o'rtasidagi metabolik jarayonlarning yomonlashishiga olib keladi. Natijada ayrim jigar hujayralarining trofik va funksional faolligi buziladi. JS ning kelib chiqish sabablarini o'rganish hozirgi vaqtda dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ishtimoiy-tibbiy jihatdan JS kasalligining ortishi odamlarning mehnat qilish qobiliyatini yo'qotishiga olib keladi. Ayrim ilmiy izlanuvchilarning ta'kidlashicha JS da gastroduodenopatiya kasalliklarida simptomlarning bo'lmasligi yoki sust namoyon bo'lishi kuzatilgan [4,7,20,22.]. Yana bir qancha mualliflarning ma'lumotiga ko'ra JS kasalligida YuPK yani qizilungach qorin qismi bilan me'da a'zolari o'rtasidagi venoz anastomozlarning varikoz kengaygan vena qon tomirlarining yorilishidan qon ketish asorati 10-70 % gacha kuzatiladi. [5,14]. Ko'p hollarda varikoz kengaygan qon tomirlardan qon ketgan. Klinik tadqiqotchilar tomonidan bir qator zamonaviy davolash usullari ishlab chiqilgan. Unga ko'ra JS kasalligida qopqa venasidan qonni jigar meyorida qabul qilmasligi hisobiga me'da va qizilungach qorin qismi, yo'g'on ichak va ingichka ichak qismlaridan surunkali venoz qon dimlanishi kuzatiladi. Shundan ma'lumki bu a'zolar o'rtasidagi yaqin anatomik- fiziologik munosabatlar va funksional o'zaro bog'liqligini bildiradi [21,13]. Muallif o'zining ilmiy izlanishida nospetsifik yarali kolit kasalligida fibrokolonoskop apparati yordamida to'gri ichak va sigmasimon ichaklarning shilliq qavatidan to'qima olib, ichak shilliq qavatidagi endokrin apparatining hujayralarini immunomorfologik o'zgarish bosqichlarini kasallikning har xil darajalarida o'rganadi. Uning fikricha yo'g'on ichak shilliq qavatidagi endokrin hujayralari faoliyatining ortishi yallig'lanishning dastlabki bosqichida va shillik qavat funksional qobiliyatining ortishida kuzatilsa, aksincha hujayralar faolligi pasayishi shillik qavat to'qimalarida yallig'lanishning kuchayishi bilan namoyon buladi. Korrelyatsion tahlil usuliga asoslanib aytish mumkinki, seratonin tutuvchi hujayralar va intraepitelial limfotsitlarning ortishi kasallikning qaytalashidan darak beradi. (2,3,21) Muallifning ishiga ko'ra, sirroz rivojlanishining barcha bosqichlarida yosh bolalarda (7 yoshgacha) shish-assit sindromi ustunlik qiladi. Sirroz bilan og'rigan katta yoshdagi bolalar (8-15 yosh) erta qizilo'ngach-oshqozon qon ketishining yuqori xavfi bilan tavsiflanadi. (1,23) Birinchi marta mualif tomonidan to'g'ri ichakning klinik, morfologik, mikrobiologik xususiyatlarini sirrozning etiologiyasi va sinfi bilan solishtirganda har tomonlama tahlil qilish o'tkazilgan. Sirrozda birinchi marta serotonin va xromogranin-A ga immunopozitiv kolonotsitlar, hujayra yangilanish belgilarini ifodalash sohasining
immunogistokimyoviy va morfometrik ko'rsatkichlari o'rganildi. Enterik nerv tizimi hazim traktining nerv tizimi bo'lib, uzoq yillar o'rganib kelinishiga qaramay u periferik nerv tizimining kam o'rganilgan tuzilmalaridan bo'lib qolmoqda. [Furness J., 2006, 2012]. Enterik nerv tizimi oshqozon ichak qavatlari orasi bo'ylab mushaklararo va shilliq osti tutamlar bilan ifodalanadi. Ushbu tutamlarni hosil qiluvchi neyronlar va glial hujayralar nerv tugunlarini bog'laydigan mushaklararo, shilliqosti va xususiy plastinkadagi nerv tolalarini o'z ichiga olgan intramural nervlardir.
Ilmiy izlanish natijasida quyonlarda adashgan nerv tolalari bo'ylab aksoplazmatik oqimning ovqat hazim qilish a'zolarining postnatal struktural va funksional rivojlanishiga ta'siri haqida yangi ma'lumot olgan. Aksoplazmatik oqimning adashgan nervga ta'siri to'xtatilganda asetilxolin tarkibidagi asetilxolinesteraza va xolinergik ko'rsatkichning faolligi oshib jigar, me'da va me'da osti bezining lipolitik va amilolitik fermeptlari faollashishi kuzatiladi. (6) Muallif birinch bo'lib mushuk va itlarda oshqozon, o'n ikki barmoq ichak, och ichak va yonbosh ichaklar devorlarini ultrasonagrafik tekshirish usuli orqali o'rganib aks-sado bir xil gomogenligini aniqladi. Har bir a'zolarning shillik, shillik osti qavati va mushak qavatlaridan kelayotgan aks sado tovushlarning qaysi qavatga tegishli ulushlarini o'rganib ishlab chiqdi [9]. So'ngi yillardagi ilmiy adabiyotlarni tahlil qilganimizda, quyonlarda eksperemental jigar sirrozi sharoitida pastki porto-kaval tizimi vena qon tomorlarining morfologiyasini o'rgangan ilmiy ma'lumot topilmadi. Shundan kelib chiqqan holda ushbu mavzuni o'rganish dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi.
Xuloca: Birinchi marta eksperimental jigar sirrozi sharoitida quyonlarda pastki porto-kaval tizimi vena qon tomirlarining morfologik o'zgarishlarini umumgistologik usullarni qo'lagan holda qiyosiy o'rganish. Amaliyotda jigar sirrozida kasalligida yo'g'on ichak qisimlaridan qon ketishning oldini olish yangi xirurgik davolash usullarini ishlab chiqishga tadbiq etish.
Adabiyotlar ro'yxati:
1. Абдуллаева, Д. Р., Исмати, А. О., & Маматалиев, А. Р. (2023). АНАТОМИЧЕСКОЕ СТРОЕНИЯ ВНЕПЕЧЕНОЧНЫХ ЖЕЛЧНЫХ ПРОТОКОВ У КРЫС. GOLDEN BRAIN,, 7(10), 493-499.
2. Абдуллаева, Д. Р., Исмати, А. О., & Маматалиев, А. Р. (2023). ОСОБЕННОСТИ ГИСТОЛОГИЧЕСКОГО СТРОЕНИЯ ВНЕПЕЧЕНОЧНЫХ ЖЕЛЧНЫХ ПРОТОКОВ У КРЫС. GOLDEN BRAIN, 7(10), 485-492.
3. Ахмедова, С., Коржавов, Ш., Маматалиев, А., Миразимова, И., & Рузиева, Н. (2020). АНТРОПОМЕТРИЧЕСКИЕ ПОКАЗАТЕЛИ ФИЗИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ У ДЕТЕЙ ДО 5 ЛЕТ В САМАРКАНДСКОЙ ОБЛАСТИ. InterConf.
4. Дехканов, Т. Д., Бойкузиев, Х. Х., Орипов, Ф. С., Хусанов, Э. У., Маматалиев, А. Р., Ахмедов, А. И.,... & Хамраев, А. Х. (2016).
Морфологические основы местной эндокринной регуляции внутренних органов. Проблемы биологии и медицины, 4, 39-40.
5. Зохидова, С. Х., Маматалиев, А. Р., Тухтаназарова, Ш. И., Мусурмонов, А. М., Омонов, А. Т., & Мусурмонов, Ф. И. (2023). Возрастной Особенности Гистологического Строения Различных Отделов Аорты У Плодов И Новорожденных. Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance, 4(5), 115-121.
6. Зохидова, С., & Маматалиев, А. (2023). МОРФОФУНКЦИОНАЛЬНАЯ И ГИСТОЛОГИЧЕСКОМ СТРОЕНИИ ЭПИТЕЛИЯ ЯЗЫКА КРУПНОГО РОГАТОГО СКОТА. Евразийский журнал медицинских и естественных наук, 3(2), 133-139.
7. Орипов, Ф. С., Дехканов, Т. Д., Хусанов, Э. У., & Маматалиев, А. Р. (2001). Адренергические нервные элементы и эндокринные клетки в стенке органов среднего отдела пищеварительной системы в сравнительном аспекте. Современные проблемы нейробиологии. Саранск, 46-47.
8. Yakubovich, S. I., Mamataliev, A. R., Omonov, A. T., & Abdumuminovna, S. Z. (2023). HYPERTROPHIC RHINITIS IN CHILDREN: ENDOSCOPIC TREATMENT. European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 3(02), 22-27.