ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9(1)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
EKRAN SAN'ATIDA OVOZ VA NOVERBAL MULOQOT
© T.M. Tajimuradov1H
1O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali, Nukus, Qoraqalpog'iston
Annotatsiya
KIRISH: ushbu maqolada ovoz va noverbal muloqotdan foydalanish, ekranda badiiy obraz yaratishning ahamiyati tog' risida ayrim mulohazalar keltirilgan.
MAQSAD: Ekran san'atida ovoz va noverbal muloqotdan unimli foydalangan xolda, film va seriallarda badiiy obrazni yanada boytish.
MATERIALLAR VA METODLAR: Ekran san'atida badiiy vositalar: musiqa, shovqin, so'z va noverbal muloqot orqali qahramoning his-tuyg'ularini zamon va makonini to'laqonli ochish.
XULOSA: O'zbek milliy ekran san'atining shakllanish va rivojlanishda kino ijodkorlar sermahsul asarlari, milliy qadriyatlarining mohiyatan sof milliy xususiyatni ekranda namoyish qilish qilishga xarakat qilishmoqda. Badiiy vositalardan samarali foydalanish, ekran tilini, ekran madaniyati va san'atini yanada takomillashtiradi.
Kalit so'zlar: ekran, so'z, noverbal, musiqa, shovqin, uyg'unlik, his-tuyg'ular, obraz.
Iqtibos uchun: T.M. Tajimuradov. Ekran san'atida ovoz va noverbal muloqot. /Inter education & global study. 2024. №9(1) B. 435-442.
ГОЛОС И НЕВЕРБАЛЬНАЯ КОММУНИКАЦИЯ В ЭКРАННОМ ИСКУССТВЕ
© Т.М. Тажимурадов1И
1Узбекский государственный институт искусств и культуры Нукус филиал, Нукус,
Каракалпакстан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в данной статье представлены некоторые размышления о важности использования голосового и невербального общения для создания художественного образа на экране.
ЦЕЛЬ: обогатить художественный образ в фильмах и сериалах, эффективно используя голосовое и невербальное общение в экранном искусстве.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: Художественные средства экранного искусства: музыка, шум, вербальное и невербальное общение для полного раскрытия чувств персонажа во времени и пространстве.
ВЫВОД: В становлении и развитии узбекского национального экранного искусства кинематографисты стараются показать на экране чисто национальный
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 9(1)
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9(1)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
характер культурных ценностей. Эффективное использование художественных инструментов еще больше улучшает экранный язык, культуру и искусство.
Ключевые слова: экран, слово, невербальная речь, музыка, шум, гармония, эмоции, образ.
Для цитирования: Тажимурадов Т.М. Голос и невербальная коммуникация в экранном искусстве. // Inter education & global study. 2024. №9. (1) С. 435-442.
VOICE AND NON-VERBAL COMMUNICATION IN SCREEN ART
© Tazhimuradov Y. Mahmud1®
1Uzbek State Institute of Arts and Culture Nukus branch, Nukus, Karakalpakstan_
Annotation
INTRODUCTION: This article presents some reflections on the importance of using voice and non-verbal communication to create an artistic image on the screen.
AIM: to enrich the artistic image in films and TV series by effectively using voice and non-verbal communication in screen art.
DISCUSSION AND RESULTS: Artistic means of screen art: music, noise, verbal and non-verbal communication for the full disclosure of the character's feelings in time and space.
CONCLUSION: In the formation and development of the Uzbek national screen art, cinematographers try to show on the screen the purely national character of cultural values. The effective use of artistic tools further improves screen language, culture and art.
Key words: screen, word, non-verbal speech, music, noise, harmony, emotions, image.
For citation: Tazhimuradov Y. Mahmud. (2024) 'Voice and non-verbal communication in screen art', Inter education & global study, (9(1)), pp. 435-442. (In Uzbek).
Qadim zamonlardan ota-bobolarimiz ovozdan muloqot, xabar yetkazish, ogohlik, chorlov va madaniy xordiq chiqarish maqsadlarida foydalanganlar. Misol tariqasida jarchi, muazzin, hofiz, sozandalar qo'llagan karnay, surnay, nog'ora va dovul kabi akustik vositalarlarni keltirish mumkin.
Inson olamni 90 foizga yaqin ko'rish orqali, 8-9 foiz eshitish, 1-2 foizni paypaslab ko'rish, hidlash va ta'm bilish yo llari bilan idrok etadi. SHunday ekan insonning asosiy idrok etishi ko'rish va eshitish orqali yuzaga keladi. Tasvir va ovozning paydo bolishini, fizik jihatdan qaraydigan bo'lsak, ikkalasi ham to'lqindir. yorug'lik tezligi 299 792,5 ±0,15 km/s, ovoz tezligi 340 km/s. O'rtada harakat tezligining katta farqini ko'rishimiz mumkin. Nur va ovoz to'g'ri harakatlanadi, biror jismga uriladi, og'adi, singadi va qaytadi. Ekran san'atini yaratishda ham ayni jihatlarni, xususan insonning psixologik idrok etishiga katta e'tibor qaratishimiz kerak. Ekran san'atida vizual va audiovizual vositalarning ahamiyati juda katta.
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 9(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Tasvir vositasida makon, zamon, vaqt, buyumlarning tuzilishi, rangi to'gïisida ma'lumot olsak, ovoz tufayli makon, manbaning joylashish o rni, xarakteri va boshqa jihatlarini anglaymiz. Ekran san'atida ovoz tasvirni badiiy jihatdan mukammallashtirib, voqelikni to'laqonli his qilishimizga xizmat qiladi.
"Ovoz, xuddi tasvir kabi, asosiy ma'lumot yetkazuvchi, u orqali inson dunyoni anglaydi, shu jumladan joylashgan makon haqida ma'lumot oladi. SHu bilan birga, eshitish va ko rish o rtasidagi muhim farqlaridan biri quyidagicha: agar biz ob'ektni faqat ko rish orqali vizual idrok qilsak, u holda ob'ektdan chiqayotgan ovozni, uning joylashish o'rnidan qat'i nazar, ovozni eshitish orqali anglaymiz. Asosiysi, ovoz manbasini ko'rmasdan ham, biz ko'pincha bu manba qaerda joylashganligini aniq bila olamiz va ovozning xarakteri bo'yicha, hatto qorong'uda ham, biz hozir qaysi makonda ekanligimizni bilib olamiz". [1.30.b.]
Ekran san'atida ovoz katta kuchga ega badiiy vositalardan sanaladi. Ekran san'atida ovozlar uchta shakli mavjud: so'z, musiqa va shovqin.
Ekran san'atida so'z muhim badiiy vositalaridan biri. So'z muallifning g'oyasidan kelib chiqqan holda kadrda yoki kadr ortida, dialog va monolog shakllari qo'laniladi. So'zning talaffuzi, ohangi, badiiy shakl, uslub, janr xususiyatlari, ijro texnikasi, artikulyasiya va boshqa jihatlariga qarab so'z ma'nolari o'zgarab, obraz yaratishga katta hissa qo'shadi.
Ekran asarlarida obrazlar talqinida ovozga alohida e'tibor beriladi. So'z isonlar ortasidagi asosiy muloqot vositadir. So'z qahramonning o'y-xayollari, ichki kechinmalarini yetkazib berish vositasidir. Tomoshabinga tushunarli bo lishi uchun ovoz tiniq, aniq bo lishi, so'z voqeaga mos, mohiyatni ochib berishga xizmat qilishi kerak. So'zning jarangdor, tiniq bo lishi, tembri va ma'nosi tomoshabinga ruhiy ta'sir ko'satadi. CHiroyli ovoz yordamida odamlarni maftun qilish yoki noaniq, yoqimsiz va soxta ovoz bilan zeriktirish, hatto nafrat hislarini uygotish mumkin. Co'z tufayli filmdagi voqealar rivojlanadi, qahramonning ichki olami ochilib boradi. "Ovozning kuchi, balandligi va tembri odam haqida juda ko'p axborot beradi. Odamning jismoniy holatida yoki uning hissiyotlarida yuz bergan har bir o'zgarish darhol uning ovozida o'z aksini topadi. Inson ovozi - bu qudratli quroldir".[2.144-145.b]
Ekran san'atida so'zlarning baland yoki past yangrashi, qahramonning yuqori kayfiyati, quvonchu-shodliklari yoshlik, kuch-quvvatga to'laligini, yoki aksincha, tushkun kayfiyat keksalik, xastalik, zaiflik kabi ruhiy-jismoniy holatlarini tomoshabinga yetkazib beradi. Qahramon nutqining ravonligi, ko tarinki ruhi va ovozning yuqori tonda bo lishi qahramonning his-tuyg'ulariga tomoshabin e'tiborini tortadi. Agar xursand, jonli ovoz birdaniga to'xtasi, tinch va zaif bo lib qolsa, tomoshabining e'tibori ham kamayadi. Ovozning jarangli bo lishi, baland ton atrofdagilarga to g ridan-to g ri ta'sir qiladi. Juda yuqori tondagi ovoz quloqni qomatga keltirib, yoqimsiz xolatlarin keltirib chiqaradi. Juda baland ovoz, daxshatli, tashvish, xavotir va qo'rqinchli voqealarni ochib berishda qo'l keladi.
Qahramonning o'rtacha ovozda gapirishi o'ziga bo'lgan ishonchi, ilmi va qat'iyatidan darak beradi. Bunday ovozli qahramonlar ishonchli, himoyachi va halol inson obrazida
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
namoyon bo'ladi. Mayin, past tondagi va har bitta gap, jumlaning oxirida yanada pasayib ketadigan so'z tushkunlik yoki charchoq alomatlarni ko'rsatib beradi. Pastroq ovoz ishonchli va o'zi yoqtiradigan insonlar bilan muloqatda ishlatiladi. Juda past ovozda gapirish, hissiyotlarga boy, u juda mayin, silliq, qalbiga kirib boruvchi ovozdir. Bu ovoz sevgi sahnalarini namoyish qilishda juda qo'l keladi. Bunga qo'shimcha ravishda qahramonning bir tekis qo'l harakatlari, mayin nigohi, silliq bajarilgan noverbal signallardan foydalaniladi. Bunday ovoz qahramonning mehr-muhabbati, ichki hayajon va his-tuyg'ularini ko'rsatib beradi. Bundan tashqari, sir, maxfiy ma'lumotlar ham past ovozda ifodalanadi.
Ekran san'atida ovoz kadrdagi qahramonning qaysi planda ekaniga monand bo'lishi kerak. Masofa qanchalik yaqin bo'lsa shuncha baland, uzoq bo'lsa past. Tasvir yirik planda bo'lsa, ovoz ham baland bo'lishi kerak. Umumiy planlardi past ovoz bo'lishi kerak. YA'ni, tabiiy holdagidek eshitilishi kerak.
Ekran san'atida so'zning juda baland, yuqori, o'rta, pastroq, juda past tonli ovozda ishlatilishi, ovoz kontrastidan foydalanish, so'zning talaffuzi, ohangi qahramonning ko'tarinki kayfiyatda, kibrli, zavqli, tushkun yoki his-hayajon bilan gapirishi obrazning mavqei, ichki olami va salohiyatini namoyon qiladi. Aktyor so'zlarni qanday talaffuz qilayotgan juda muhimdir. "Butun dunyoga mashhur teatr arbobi K.S.Stanislavskiy "ha" so'zini 400 xil ohangda ayta olgan. Har safar u "ha" deganda boshqa hisni anglatgan". [3.149. b]
Inson xursand bo'lganida ovozi jarangdor bo'ladi. Jahl bilan gapirganda insoning ovozi keskin balandlab, chiyildoq tus oladi. CHarchaganda ovoz xirillagan, qo'shimcha tovushlar paydo bo'ladi. Xafa bo'lgan insoning ovoz pasaya boradi.
"Insoniyat muloqotni faqatgina verbal vositalar bilan emas, balki noverbal vositalar -tana harakati, mimika va gestika bilan ham amalga oshiradi. Noverbal vositalar verbal muloqotdagi yashirin maqsad, ehtiyoj, nuqtai nazar yoki his-tuyg'ularni aniq bayon etishga, og'zaki nutq ustuvorligini kuchaytirishga xizmat qiladi". [4.85.b.] Noverbal muloqot ovozsiz filmlarda unumli foydalanilgan. Buning yorqin misoli, jahon kinosining taniqli aktyor CHarli CHaplin filmlaridir. O'zbek kinosida taniqli aktyorlar Murod Rajabov va Muhammad Iso Abdulxairovlar ijro qilgan rollarida ko'rishimiz mumkin. Noverbal muloqot qahramonning his-tuyg'ularini to'liq ko'rsatib berishda va yanada ta'sirchan qilishda yaxshi samara beradi. Masalan, sevishganlar sahnasidagi mayin harakatlar, imo-ishoralar, qo'lning ko'rsatkich barmog'ini oldinga cho'zish, buyruq va undov belgisiga o'xshagan, ikkala qo'lini oldinga cho'zib, iltijo qilayotgandek, keskin yoki ma'yus nigohlar, yuz ifodasi, kulish, boshni chayqash, xayron qolish, sezgi, gapirishdan to'xtab qolish, rozilik, norozilik, qo'l barmoqlaridagi harakatlar, og'izni qo'l bilan yopish, tana holati, tashqi ko'rinish, suhbat paytidagi oraliq masofa, pardoz, qo'rquvdagi yuz mimikalari, kimningdir sirini bilmagan xolda aytib yuborish, qo'llarni boshga, belga, orqaga, ko'krak ustiga qo'yib turish kabi xatti-harakatlar, noverbal muloqotlar so'zning ma'nosini kuchaytiradi, ma'no va mazmun qo'shadi. Tomoshabinning e'tiborini tortib, obrazni to'laqonli ochib berishga xizmat qiladi.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
"Noverbal muloqot so'zlarga tayanmaydigan harakat va jestlardan iborat bo'lgan barcha shakllarni o'zida mujassam etgan til sifatida mashhur. Bu, o'z navbatida, noverbal faktorlarning ta'siri natijasidir- yurish-turish, yuz tuzilishi, qarash, o'zni tutish, kiyinish va h.k. Noverbal signallarning qiymati shundaki, ular so'zlardan farqli o'laroq o'z-o'zidan, samimiy tarzda nutqqa chiqadi. Ish yuzasidan muzoqaralarda noverbal signallar katta ahamiyatga egaligi eksperimental tadqiqotlarda tasdiqlanadi, ya'ni so'zlar (biz shunchalik katta ahamiyat beradigan) faqat 7 foiz ma'noni, 38 foiz tovush va intonasiya ma'nosini va 55 foiz imo-ishoralar suhbat mazmunini ochib bera oladi".[5.482.b] Noverbal vositalardan biri kulishdir. Kulish, tabassum qilish, handon otib kulish, qiqirlab kulish, hingillab kulish, kinoyali kulish, miyig ida kulish har biri o'ziga xos ma'noni ifodalaydi. Bu esa qahramonning pinhoniy o'y-fikr va samimiy his-tuyg'ularini aniq oshkor qiladi.
"Men ko'pincha suhbatdoshimning yuz ifodasida uning aytgan fikriga mos kelishini ko'raman, - deb yozgan buyuk nemis faylasufi, shoiri va musiqachisi Fridrix Nisshe.[6.224.b.] Ekran sa'atida noverbal muloqotdan foydalanish orqali qahramon hodisaga owning haqiqiy munosabatini, sof his-tuyg'ularini aniq va tiniq ko'rsatib beradi. Noverbal muloqotni badiiy filmlarda qo'llashimiz o'zbekona madaniyatni, milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizni ko'rsatib berishda, so'zning ma'no-mamunini ochishda juda yaxshi samara beradi. Noverbal muloqot faqatgina so'zni boyitib qolmasdan badiiy obrazning ham to'laqonli bolishini ta'minlaydi.
Musiqiy ovozlar deganda ma'lum bir tonga ega bo'lgan inson ovozi va musiqiy asboblardan taralayotgan tovushlar tushuniladi. Musiqa va qo'shiq umuminsoniy va milliy qadriyatlarni namoyon qiluvchi san'at turidir. Ma'lumki, ushbu san'at turi insonning ichki ma'naviy dunyosiga, his-tuyg ulariga, tasavvuriga, dunyoqarashiga va xulq-atvoriga katta ta'sir o'tkazadi. Musiqa tili tarjimonsiz ham barcha halqlarga tushunarli. Ekran san'atida musiqaning o'rni beqiyos. Bugungi kunda filmni, serial yoki biror ko'rsatuvni ovozsiz, musiqasiz ko'rishni ta'savvur qilish qiyin. Musiqa filmning g'oyasi, voqea mazmuni, qahramonning ichki dunyosi, uning his-tuyg'ulari, kayfiyatini ifodalaydi. Filmning janr va uslubga qarab musiqa yaratiladi yoki tanlanadi. Bu esa filmning janrini va uslubini yanada boyitib, muallif g'oyasini to'liq ochib berishga yordam beradi. To'g'ri tanlangan musiqiy yechim tasvir bilan o'zaro bog lanib, tomoshabinga sinxron vizual ma'lumot yetkazadi. To'g'ri topilgan musiqiy yechim, syujet mazmunniga mos, inson va olam, hayot gozalligi, yaxshilik va yomonlik, kuch-kudrat va zaiflik kabi jixatlarni aks ettirib, voqelikni o'ziga xos shaklda namoyon qiladi. Film musiqasi sodir bo'layotgan voqea, qahramonning his-tuyg'ulari, orzu-umidlari, xohish-istaklari, o'y-xayollarini o'zida aks etirib, obrazni ochib beradi. SHundagina tomoshabinga filmning g'oyasi va qahramonning his-tuyg'ulariga to'g'ri yetkaziladi. "Filmni to'g'ri tashkil etilgan ovozli olami, o'z mohiyatiga asosan, musiqalidir - bu esa asl kino musiqasidir". [7.83.b]
Film janriga monand ravishda musiqa ham o'zgarib boradi. Drama, melodrama, sarguzasht, tragediya va komediyaga mos musiqa tanlanadi. "Musiqa va mazmunda badiiy g'oyalar umumlashgan holda aks etadi, musiqiy obrazlarning o'zaro munosabatlari taqqoslanish, to'qnashuv, rivojlanish jarayonida shakllanadi".[8.] Bu jixatlar film mazmunini
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ochib berib, voqealarni rivojlantiradi, qahramonning ruhiyatini ko rsatadi, bir so'z bilan aytgganda, badiiy obraz yaratishga katta hissa qo'shadi.
Ekran san'atida musiqa badiiy vosita sifatida muhim o rin tutadi. Musiqa filmdagi voqea muhiti va qahramonning ichki olamini aks etiradi. Har qanday musiqa voqea sodir bo'lgan hudud, zamon, etnografik, geografik davrni belgilab, milliy xususiyatlarni, qahramonning qaysi millatga mansubligini ko'rsatadi. Musiqiy kompozisiya yordamida qahramonning o'zgacha jixatlarini ko rsatib berish imkoniyati yuzaga keladi. Musiqiy yechim muallifning g'oyasi, tasvirlanayotgan voqea-hodisaga muallifning qarashi va shaxsiy munosabatini bildiradi.
Musiqaning ritmi, tempi, tembri, dinamikasi film va undagi epizodlar ritmini yaratishga katta xissa qo shadi. Musiqaning ritm va dinamikasi tez bo'lsa, musiqaga monand kadrlar almashnuvi tezlashadi, natijada filmning ritmi ham tezlashadi. Aksincha, sokin bo'lsa, sekinlashadi. Musiqa filmning montaj jarayonida, filmning ritmini belgilashda asosiy harakatlantiruvchi kuch va estetik omil bo lib xizmat qiladi. SHu bilan birga, ekrandagi badiiy asar epizodlarining umumiy ritmini musiqiy elementlar, zarbali qismlar belgilab, kadrlar oralig i, tasvir va musiqaning ritmi hamda uyg'unligini ta'minlab beradi. "Musiqa kadrga qarab qoyib chiqiladi, qahramonlar va voqelikning borishi bunda ahamiyatli, lekin o'zi yo'lini yo'qotmasdan, tempi va xarakterini saqlagan holda tasvir bilan hamohang taasurot uyg'otishi kerak". [9.488.b.] Ekran ijodkorlari musiqadan unumli foydalanib, badiiy obrazlar yaratadi va maxsus musiqiy saundtreklar yordamida film reklamasi va targibotini olib borishadi.
SHovqin - betartib tovushdir. SHovqin baland talaffuz qilingan so'zlar, turli harakat, tabiat hodisalari, janjal, qichqiriq, to polon, shovqin-suron, shahar va ko'cha shovqinlari, taqillashlar, gumburlashlar, xirillashlar, bo kirishlarda ifodalanadi. SHovqin nafaqat hayotdagi voqelikni anglashda, balki ekran san'atida voqealarning hayotiy bo lishini ta'minlab, kuchli badiiy ifoda vositasi bo lib xizmat qiladi.
Ekran san'atida shovqinlar badiiy vositalar qatoriga kiradi. Filmda shovqinlar (xuddi musiqa va so'z kabi) kadrdan ortida va kadr ichida bo'ladi.
SHovqinlar ham funksional ahamiyati bilan ajralib turadi. Ularning ba'zilari asosiy, boshqalari ikkilamchi, boshqalari esa fon vazifasini bajaradi.
SHamolning esish natijasida paydo bo'ladigan tovush, qushlarning sayrashi, har xil shitirlashi, itlarning hurishi, ot kishnashi, shahar shovqini, mashinalar shovqini, gavjum joylar shovqini, bir so'z bilan aytganda, har qanday turdagi shovqin hayotimizning bir qismiga aylanib ulgirgan. Ekran san'atini ham shovqinlarsiz tasavvur qilish qiyin, chunki ular hayotda ham, ekranda ham bizning doimoiy hamrohimiz bo'lib qolgan.
Filmning g'oyasi, epizodning mazmuni, muallif o'z oldiga qo'ygan maqsadiga qarab shovqinlar o'z o'rnida foydalanadi. SHovqin voqeaning muhiti, qahramonning his-tuyg'ularini ko'rsatib beradi. Misol uchun, tasvirda qor yog'moqda, tomoshabin tasvir orqali qorni ko'rdi, shamol va izg'irin, shovqinni baland yoki pastligi orqali sovuqning shiddatini his qiladi. yoki erta sahar, mayin quyosh nurlari, so'lim bog' tasviri, sukunat, qushlarning
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
sayrashi kabi shovqinlar orqali osuda hayot aks etadi. Urush epizodida otda jang qilayotgan jangchi shiddati yoki otayotgan to'p dahshatini shovqinsiz his qilish imkonsiz.
SHovqinning e'tiborni tortishi, musiqa, so'z va tasvirning yashirin ma'nosini ochib berishi, voqeaning eng muhim daqiqalarida ishlatilishi tomoshabinda zarur hissiy taassurot uyg'otadi. "Ammo, yaxshi o'ylab topilgan ovoz yechimining, kinoning bosh qa vositalari (tasviriy, ritmik va boshqa xususiyatlari bilan birgalikda), kadrning o'zgarishi, (epizodning va hatto film obrazining) ma'nosini, ma'joziy-ramziy darajasini yanada yuqoriroq olib chiqishi mumkin". [10.189.b.] Ekrandan so'z, musiqa va shovqinlar o'z ohangiga ega, baland-past, og'ir-engil, ochiq-yopiq, nozik-qo'pol kabi jixatlarni o'zida mujassam etgan. Bu esa ekranda badiiy obraz yaratishda juda qo'l keladi.
Tasvir va ovoz vositalarining o'zaro birlashishi natijasida ekran san'atida vizual tasvir va ovozli obraz paydo bo'ladi.
Fransuz tadqiqotchisi Mishel SHionning fikricha, "audiovizual uyg'unlik faqatgina ovoz va tasvir aniq ma'no-mazmunga yo'naltirilganda namoyon bo'ladi". [l1.38.b] Ekrandagi barcha badiiy vositalarning uyg'unligi, bir-birini to'ldirib, harakatdagi tasvirning va ovozning plastikalari birlashib, voqeaning ma'no-mazmunini to'ldiradi va ruhiy jihatdan ta'sirchan bo'lishini taminlaydi. "Turli xil tembr xarakteri tufayli va tegishli qo'shimcha shovqinlar, ovoz ma'lum bir makonda sodir bo'layotgani voqea taassurotini uyg'otadi va kuchaytiradi. Ba'zida kadrdan tashqaridagi ovoz butun bir voqeani anglatishi va hatto ekrandagi voqeaning "sababi" bo'lishi mumkin". [12.33.b] Ovozdan noto'g'ri foydalanish, filmning mazmuniga putur yetkazib, noto'g'ri ma'lumot beradi. "Ovozni noto'g'ri qo'llash... ekranning tasviriy yutuqlarini barbod qilishi mumkin". [13.317.b.]
Ekran san'atidagi barcha badiiy vositalar, dramaturg, rejissyor, tasvirchi, rasssom, ovoz rejissyori, aktyor, montaj ustasi va boshqa ko'plab ijodkorlarning mahorati birlashgandagina, badiiy jixatdan yetuk, his-tuyg'ulari boy asarlarni tomoshabinga xavola qila olamiz. Ekran san'atida badiiy-ifoda vositalarining imkoniyatlaridan amaliyotda samarali foydalanish, ekran tilini, ekran madaniyati va san'atini yanada takomillashtiradi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Ф.Познин.Экранное пространство и время. Санкт-Петербург.2021г.388с.
2. М.Машарипов Такдир хужайини ёки такдирингизни узингиз яратинг. http://e-library.namdu.uz
3. М.Машарипов Такдир хужайини ёки такдирингизни узингиз яратинг. http://e-library.namdu.uz
4. К,. Захаров. Узбек ва немис х,алклари мулокотида паралингвистик воситаларнинг куллланилиши. FarDU. Ilmiy xabarlar. 2017.4.
5. Ш. Кудратова.Новербаль воситалар х,акида айрим мулох,азалар.Жамият ва инновациялар.Общество и инновации.Society and innovations.Special Issue. 4
(2021).
6. Ф. Ницше. По ту сторону добра и зла.М. Итало-сов. изд-во «Сирин»,1990г.416с.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
7. А. Тарковский. Запечатлённое время . 2010г. 117с.
8. https://uz.wikipedia.org/wiki/ Musiqa.
9. Эйзенштейн С.М. Собр. соч. в 6-ти т. Т. 3. Искусство. Масква.1969г.
10. Е.А.Русинова. Формирование звуковых пространств в кинематографе. Диссертация. Москва. 2021г.
11. Chion M. Audio-Vision: Sound On Screen. - New-York: Columbia University Press, 1994у.139р.
12. В. Ф.Познин-Выразительные средства экранных искусств: эстетическиий и технологический аспекты. Автореферат диссертация.Санкт-Петербург 2009г.
13. С.М. Эйзенштейн. Собр. соч. в 6-ти т. Т. 2. 1964г. - 564с.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Mahmud Tajimuradov Yuldashovich, katta o'qituvchi, [Тажимурадов Махмуд Юлдашович, старший преподаватель], [Mahmud Y. Tajimuradov, Senior lecturer]; manzil: Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahri, Qoraqalpog'iston ko'chasi, raqamsiz uy, [адрес: Республика Каракалпакстан, г. Нукус, Каракалпакстанская улица, дом без номеру, [address: Republic of Karakalpakstan, Nukus, Karakalpakstan street, house without room]; [email protected]