УДК 332.368
Faxriddinov A.Z.
ToshDAU magistranti Sultonov X. G.
ToshDAU magistranti
EFFECTIVENESS OF ATTRACTING INVESTMENTS IN IMPROVING THE ECOLOGICAL CONDITION OF IRRIGATED LANDS
Annotasiya: Ushbu maqolada sug^oriladigan yerlar ekologik holatini yaxshilash va sug^oriladigan yerlarga investitsiyalarni jalb etish samaradorligi hamda iqtisodiy yechimlari to^g^risida ma'lumotlar berilgan.
Kalit so^zlar: investitsiya, kapital qo^yilma, ichki va tashqi investitsiya, irrigatsiya va melioratsiya, yangi texnika, innovatsion texnologiya. qishloq xojaligi, sug^oriladigan yerlar.
Faxriddinov A.Z.
master ToshDAU Sultonov X. G. master ToshDAU
EFFECTIVENESS OF ATTRACTING INVESTMENTS IN IMPROVING THE ECOLOGICAL CONDITION OF IRRIGATED LANDS
Annotation: This article provides information on the effectiveness and economic solutions to improve the environmental condition of irrigated lands and attract investment in irrigated lands.
Keywords: investment, capital investment, domestic and foreign investment, irrigation and land reclamation, new equipment, innovative technology. agriculture, irrigated lands.
KIRISH
Investitsiyalar har qanday iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi va uning taraqqiyotini ta'minlovchi kuch ekan, barcha imkoniyatlarimizni ishga solib iqtisodiyotimizga yo'naltiriladigan investitsiyalar hajmini oshirishimiz lozim.
O'zbekistonning qishloq xo'jaligidagi boy salohiyati va erishayotgan yutuqlari investitsiyalarning salmoqli qismini ushbu sohaga yo'naltirishga asos yaratmoqda. Hozirgi paytda Prezidentimiz tashabbusi bilan xorijiy moliya institutlari ishtirokida ilg'or agrosanoat texnologiyalarini jalb etish, qishloq xo'jaligi infratuzilmasini rivojlantirish, irrigatsiya tarmoqlarini yangilash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, aholini sof ekologik mahsulot bilan
ta'minlash, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida tayyor oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish borasida yirik mablag'larni talab etadigan loyihalar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda qishloq xo'jaligini isloh qilish, fermer xo'jaliklariga biriktirilgan yer maydonlarini optimallashtirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, sug'oriladigan yerlar tarmoqlarini texnik, texnologik va ekologik jihatdan yaxshilash bo'yicha amalga oshirilayotgan izchil ishlar natijasida iqtisodiyotimizning agrar sektorida tarkibiy sifat o'zgarishlari yuz bermoqda.
2017-2021 yillarda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish darajasini tubdan yaxshilashga, shu jumladan yerdan foydalanishning ilmiy asoslangan texnologiyalarini joriy etish va qishloq xo'jaligi ekinlarining maqbul turlarini yetishtirishga qarashish, sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga hamda unumdorligini oshirishga alohida e'tibor qaratiladi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda realizatsiya qilish uchun samarali logistika tizimini yaratishga, shuningdek meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va chuqur qayta ishlash infratuzilmasini takomillashtirishga katta e'tibor qaratilishi belgilangan.
Ma'lumki mamlakatimizda qishloq xo'jaligi sohasini yanada barqaror rivojlantirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, ularning unumdorligini oshirish va shu tariqa qishloq xo'jaligi ekinlari hosildorligini ko'paytirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 29 oktyabrdagi "Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-3932-sonli Farmoni qabul qilingan edi.
Unga ko'ra, sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash uchun quyidagi eng muhim ustuvor vazifalar belgilab olindi:
sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini shakllantirish va uni amalga oshirishga yondoshuvlarni tubdan o'zgartirish;
sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo'yicha ishlarni moliyalashtirishning ishonchli mexanizmini ta'minlash;
lizing operatsiyalarini keng joriy etish yo'li bilan suv xo'jaligi tashkilotlari va suv iste'molchilari uyushmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, melioratsiya texnikasi saroyini yangilash.
Ushbu tadbirlarni samarali va to'laqonli amalga oshirishni ta'minlash uchun respublikada bir qator yangi tizimlar tashkil etildi, jumladan:
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg'armasi, uning asosiy vazifasi etib melioratsiya ob'yektlari qurish va rekonstruksiya qilish dasturlarini va ta'mirlash-tiklash hamda lizing asosida meliorativ texnika va uskunalari yetkazib berish ishlarini moliyalashtirish belgilandi;
Sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg'armasini boshqarish Departamenti hamda jamg'arma Kengashi tarkibi tasdiqlandi;
«O'zmeliomashlizing» davlat lizing kompaniyasi, unga sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyati va boshqa suv xo'jaligi ishlari bilan shug'ullanuvchi suv xo'jaligi qurilish va foydalanish tashkilotlari, shuningdek suv iste'molchilari uyushmalari va fermer xo'jaliklariga me lioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini lizingga berish vazifalari yuklatildi;
melioratsiya va boshqa suv xo'jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan 49 ta davlat unitar korxonasi tuzildi.
Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 2008-2012 yillarda 1200 ming gektar sug'oriladigan yerlarning yer osti suvlari satxi pasayib optimal darajaga yetkazildi. Shuningdek, yer osti suv sathi 2 metrgacha bo'lgan sug'oriladigan yer maydonlari 364,6 ming gektarga qisqartirildi, 81,2 ming gektar yuqori va o'rta sho'rlangan maydonlarda yerlar past sho'rlangan va sho'rlanmagan darajagacha pasaytirildi. Kuzatuvlarga ko'ra, meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari amalga oshirilgan sug'oriladigan yerlarda yetishtirilgan paxta hosildorligi 2-2,5 s/ga va g'alla esa 2,5-3 s/ga oshgan. Shuningdek, qishloq xo'jaligi yerlarining unumdorligini yanada oshirish maqsadida 2013-2017-yillarda sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, ekologik holatini tiklash va suv resurslaridan oqilona foydalanish davlat dasturini amalga oshirish doirasida ajratilgan davlatga tegishli va shaxsiy mablag'lar hisobidan 2016 -yilda uzunligi 856,3 kilometrlik kollektor, 322,6 kilometr yopiq kollektor-drenaj tarmoqlari, 233 vertikal drenaj qudug'i, 12 ta meliorativ nasos stansiyasi, 357,4 kilometr kanal, 70,8 kilometr sug'orish latok tizimi barpo etildi va rekonstruksiya qilindi. 20132017 yilga belgilangan Davlat dasturini amalga oshirilishi 1,1 mln. gektar sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, shuningdek, kuchli va o'rta sho'rlangan yer maydonlari 87 ming gektarga yoki 12 foizga qisqartirish va melioratsiya ob'yektlarining (82 ming km) texnik holatini yaxshilash va 255 ming gektar maydonda kollektor-drenaj suvlarining kafolatli oqimini ta'minlash imkonini berdi4.
Dunyoda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hajmining global qisqarishi fonida Markaziy Osiyo barqaror o'sishni ko'rsatmoqda va xalqaro kapital uchun yangi chegaraga aylanishi mumkin. Buning uchun mintaqa doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish va unga a'zo davlatlarning umumiy maqsadlariga erishish yo'lida sa'y-harakatlarni birlashtirish juda muhim.
Investitsiyalar har qanday davlatning ichki iqtisodiy ahvolini rivojlantiruvchi eng muhim omillardan biridir. Keyingi yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqa davlatlari iqtisodiyotining turli sohalariga hissa qo'shishga tayyor bo'lgan ko'plab salohiyatli investorlarni jalb qila boshladi. Xususan, O'zbekistonda ham songgi yillarda ijobiy o'zgarishlar amalga oshirilib, qishloq xojaligining rivoji uchun jiddiy etibor qaratilib kelinmoqda. Darhaqiqat, ushbu Markaziy Osiyo davlatining sarmoyaviy salohiyati katta bo'lib, qariyb 65 milliard
4 https : //mineconomy.uz/uz/info/959
AQSH dollarini tashkil etadi, shundan 20 milliard dollarga yaqini yirik bo'lmagan tarmoqlarga to'g'ri keladi.
Xorijiy va mahalliy investorlar tomonidan qishloq xo'jaligiga sarmoya kiritishi uchun ko'plab sabablar mavjud. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, qishloq xo'jaligi inflyatsiya darajasiga mos keladigan va uzoq muddatda qiymati oshib boruvchi past xavfga ega bo'lgan sarmoyadir hamda qishloq xo'jaligiga yo'naltirilgan sarmoya investorlar uchun katta daromadni kafolatlashi mumkin.
Agrosanoat kompleksidagi investitsiya maydoni har xil bo'lib, ikki tomonlama munosabatlar bilan belgilanadi:
agar bir tomondan investitsiyalar sanoatning rivojlanish tezligini belgilasa, ikkinchi tomondan investitsiyalarni jalb qilish ko'p jihatdan hududning jozibadorligiga bog'liq. Bu borada respublikamiz qishloq xo'jaligi investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha juda jozibador va davlatimiz tomonidan investorlarga keng miqyosdagi imkoniyatlar yaratilib berilmoqda.
Markaziy Osiyoda ko'plab ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning paydo bo'lishi yer va suv resurslarining cheklanganligi, ulardan foydalanishning texnik-iqtisodiy yechimlarining nomukammalligi, shuningdek, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi va sanoat ishlab chiqarishining texnologik usullari bilan bog'liq bo'lganligi sababli yer va suv resurslarini barqarorlashtirishning asosiy yo'llari hisoblanadi. Keyingi davrda ekologik muvozanat va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik butun mintaqa uchun yagona qishloq xo'jaligi strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish va boshqarish hamda ularga investitsiyalarni samarali jalb qilishni tartibga solish hisoblanad. Markaziy Osiyo ulkan yer resurslariga ega - hududining 75 foizi qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan, shundan, 10 foizi haydaladigan yerlarga to'g'ri keladi.
Bu yo'nalishda, ayniqsa, Qirg'izistonda optimal natijaga erishish uchun hal qiluvchi qadamlar qo'yilmoqda. Qirg'iziston Respublikasining irrigatsiya tizimini rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirishga kirishilgan. Mavjud lalmikor, sug'oriladigan yerlarni rekonstruksiya qilish va tiklash nisbatan arzon xarajat evaziga sezilarli natijalar berishi mumkin.
Qirg'iziston Respublikasining irrigatsiya tizimini rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirish uchun Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan б ta suv inshootini qurish uchun grant tariqasida 32 million AQSH dollari ajratildi. Loyiha Issiqko'l, Botken, Talas va Chuy viloyatlarida suv xo'jaligi ob'ektlarini rekonstruksiya qilish va qurishni nazarda tutadi.
Ular ishga tushirilgach, 5 ming 410 gektar yangi sug'oriladigan yerlar foydalanishga topshiriladi, 22 ming 100 gektar maydonda suv ta'minoti ko'paytiriladi. Umuman olganda, loyihaning amalga oshirilishi respublika bo'yicha 40 ming qishloq aholisi uchun ish o'rinlari yaratish imkonini beradi.
Agar bu loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilsa va haqiqatda ish boshlasa, Markaziy Osiyo mintaqasining boshqa mamlakatlariga qishloq xo'jaligiga sarmoya kiritilishi uzoq kutilmaydi.
Agrar soha infratuzilmalar tizimi yetarli rivojlanmagan, xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlarning fermer xo'jaliklari bilan o'zaro hamkorlik mexanizmlarining past samaradorligi qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning huquq va qonuniy manfatlarining buzilishi, past sifat va ko'rsatilayotgan xizmatlarning yuqori narxlarga oshib ketishiga olib kelmoqda.
Yerlarga, jumladan, sug'orilishi qiyin bo'lgan yerlarda ham, keng miqyosdagi irrigatsiyaning rivojlantirilishi va tabiiy ekotizim imkoniyatlariga sezilarli darajada talofot yetkazilgan, bugungi kunda mavjud texnologiyalar yer degradatsiyasi oqibatlarini bartaraf etishga qodir emas. Yerlar degradatsiyasi tuproq tarkibini buzadi va suv, shamol eroziyasi, botqoqlashish, sho'rlanish, shuningdek yerlarning zaranglashuvi tuproqning oziq xususiyatlarining barham topishiga olib keladi. Natijada yer va suv resurslarining mahsuldorligi qisqardib bormoqda.
Mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlanish modeliga o'tishning asoslaridan biri sug'oriladigan yerlarni asrash, ekologik holatini muhofaza qilish va o'zlashtirish shartlariga rioya qilish, bu muammoni hal etishda sug'oriladigan yerlarning unumdorligini oshirish, degan nuqtai nazardan, meliorativ ishlarni o'z vaqtida olib borish, sug'oriladigan tizimlarni tiklash va rekonstruksiya qilish hamda yangi yerlarni o'zlashtirish katta ahamiyatga ega bo'lib, melioratsiya sohasida investitsion jozibadorlikning istiqbolli yo'nalishlaridan biridir.
Bizning fikrimizcha, sug'oriladigan yerlar ekologik holatini yaxshilash, ularga investitsiyalarni faol jalb etish va agrar sohani rivojlantirish orqali mamlakat oziq-ovqat xavfsizligiga erishish va export hajmini oshrishga katta hissa qo'sha oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Abdug'aniev A, Abdug'aniev A.A. Qishloq xo'jalik iqtisodiyoti. -T.: TDIU, 2004. 84 b.
2. Узбекистан Республикаси Ер ресурсларининг хрлати тyFрисидa Миллий хисоботи. "Ергеодезкадастр" давлат кумитаси, 2017 йил.
3. "Chet el investitsiyalari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining qonuni. 1998 yil 30 aprel. 3-modda.
4. Dictionary of International Trade. Global Marketing Strategies, 2015, p.82.
5. G'ozibekov D. G'. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. - T.: "Moliya", 2003, 45 bet.
6. Qo'ziyeva N.R. Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar faoliyatini rag'batlantirishning moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish yo'nalishlari. Iqt.
fan. dok. ilm. dar. olish uchun yoz. diss. avtoref. - T.: BMA, 2008, 11 bet.
7. Axmadaliev Yu.I /Er resurslaridan foydalanish geoekologiyasi -T Fan va texnalogiya nashriyoti 2014 187-210b
8. Алтиев А.С. Фермерлик - ер ресурсларидан фойдаланишнинг самарали шакли // «Узбекистан кишлок хужалиги» аграр-иктисодий. - илмий-оммабоп журнали. -Т.: 2007. - № 4. - 20 б.