Научная статья на тему 'Dvigatellar moylash tizimlarini rivojlantirish bosqichlari (dizel dvigateli misolida)'

Dvigatellar moylash tizimlarini rivojlantirish bosqichlari (dizel dvigateli misolida) Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
17
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tirsakli val / shatun / silindrlar bloki / moy turlari / moy sarfi / turbo kompressor / ekspluatatsiya / ventilyatsiya / коленчатый вал / шатун / блок цилиндров / сорта масла / расход масла / турбокомпрессор / работа / вентиляция.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Ulmasov Sarvarjon Anvarjon o‘g‘li, Otabek Sidiqov Abdunosir o‘g‘li, Abdulvoxidov Anvarjon Akmaljon o'g'li

Hozirgi vaqtda moylash materiallari assortimenti doimiy va tez sur'atlar bilan kengayib bormoqda. Moylarga yangi qo'shimchalar ishlab chiqarishda muhim yutuqlarga erishildi, bu esa dvigatelning ishlash ishonchliligini sezilarli darajada oshirishga imkon berdi. Qo'shimchalarni zamonaviy yo`nalishi bu kompozitsion materiallardan foydalanishdir. Ushbu maqolada dizel dvigatellarida moylash tizimlarini rivojlantirish bosqichlari to’g’risida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Этапы разработки систем смазки двигателя (на примере двигателя)

В настоящее время ассортимент смазочных материалов постоянно и стремительно расширяется. Значительный прогресс был достигнут в производстве новых присадок к маслам, что позволило значительно повысить надежность двигателя. Современным направлением добавок является использование композиционных материалов. В данной статье представлена информация об этапах развития систем смазки дизельных двигателей.

Текст научной работы на тему «Dvigatellar moylash tizimlarini rivojlantirish bosqichlari (dizel dvigateli misolida)»

UDK 629.7

DVIGATELLAR MOYLASH TIZIMLARINI RIVOJLANTIRISH BOSQICHLARI

(DIZEL DVIGATELI MISOLIDA)

Ulmasov Sarvarjon Anvarjon o'g'li NamMQI, stajyor o'qituvchisi, +998944401442, sarvarolmasov 1 @gmail.com

Otabek Sidiqov Abdunosir o'g'li NamMQI, stajyor o'qituvchisi, +99893800086, [email protected]

Abdulvoxidov Anvarjon Akmaljon o'g'li Talaba +998949033736, [email protected]

Annotatsiya. Hozirgi vaqtda moylash materiallari assortimenti doimiy va tez sur'atlar bilan kengayib bormoqda. Moylarga yangi qo'shimchalar ishlab chiqarishda muhim yutuqlarga erishildi, bu esa dvigatelning ishlash ishonchliligini sezilarli darajada oshirishga imkon berdi. Qo'shimchalarni zamonaviy yonalishi - bu kompozitsion materiallardan foydalanishdir. Ushbu maqolada dizel dvigatellarida moylash tizimlarini rivojlantirish bosqichlari to'g'risida ma'lumot berilgan.

Аннотатция. В настоящее время ассортимент смазочных материалов постоянно и стремительно расширяется. Значительный прогресс был достигнут в производстве новых присадок к маслам, что позволило значительно повысить надежность двигателя. Современным направлением добавок является использование композиционных материалов. В данной статье представлена информация об этапах развития систем смазки дизельных двигателей.

Abstract. Currently, the range of lubricants is constantly and rapidly expanding. Significant progress was made in the production of new additives to oils, which allowed to significantly increase the reliability of engine operation. The modern direction of additives is the use of composite materials. This article provides information on the stages of development of lubrication systems in diesel engines.

Kalit so'zlar: tirsakli val, shatun, silindrlar bloki, moy turlari, moy sarfi, turbo kompressor, ekspluatatsiya, ventilyatsiya

Ключевые слова: коленчатый вал, шатун, блок цилиндров, сорта масла, расход масла, турбокомпрессор, работа, вентиляция.

Key words: crankshaft, connecting rod, cylinder block, types of oil, oil consumption, turbo compressor, operation, ventilation

Avtotransportni ekspluatatsiya qilish tajribasi shuni ko'rsatadiki, avtomobil detallarining yeyilishi avtomobildagi barcha nosozliklarning 50% dan ortig'iga sabab bo'ladi. Ichki yonuv dvigatellar uchun yeyilish bilan bog'liq buzulishlar tavsiflanadi, birinchi navbatda porshen halqalari va silindrlar gilzasi, tirsakli valning shatun va ozak bo'yinlari, vkladishlar, ko'pincha dvigatellarda bu ishqalanish juftlari orasida sidirilishlar sodir bo'ladi.

Hozirgi vaqtda tribologiya-ishqalanish va yeyilish fani, tribotexnika-uning texnik qo'llanilishi kabi tadqiqot yo'nalishlari jadal rivojlanmoqda. Ishqalanishning molekulyar-mexanik nazariyasi va charchoqdan yeyilish nazariyasi va qattiq jismlarni moylashning kontakt-gidrodinamik nazariyasi ishlab chiqilmoqda. Ushbu yo'nalishlarni rivojlantirish natijalari loyihalash bosqichida ishqalanish tarmoqlarining chidamliligini baholash va bashorat qilish

МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2023, № 2 (11)

175

ABTOMOEH.H BA KHrn^OK XY^A^HK MAfflHHAnAPH

imkonini beradi.

Dvigatelsozlikni rivojlantirishning hozirgi tamoyili - bu turli xil kuchaytirish usullari yordamida agrégat quvvatni oshirishdir. Kuchaytirishning eng samarali va keng tarqalgan usullaridan biri bu dvigatel silindrlariga havo haydashdir, bu quvvatni ikki-uch baravar oshirish va o'ziga xos yonilg'i sarfini kamaytirish imkonini beradi. Buning natijasi dvigatel detallarining mexanik va termik kuchlanishining oshishiga olib keladi. Shuning uchun tirsakli val aylanish chastosigining oshishi detallarga inertsion yuklanish ko'payishi va ishqalanish juftlarini moylash qiyinligi bilan cheklanadi. Dizel dvigatellarining qattiq ishlashi va shunga mos ravishda detallarni yuklanishi moylash sharoitlari yanada yomonlashtiradi.

Zamonaviy yuqori quvvatli avtomobil dvigatellari odatda silindrlarini joylashuvi V shaklida bo'lib, bu shatun podshipniklarining yuklanishini oshiradi.

Dvigatellarni kuchaytirish ularning massasi va ugabarit ko'rsatkichlarining yaxshilanishi bilan birga kuzatiladi. Shu bilan birga, karterdagi moyning birlik hajmiga to'g'ri keladigan dvigatel quvvati miqdori sezilarli darajada oshadi, bu esa karterdagi moy haroratining oshishiga va kuyishga moy sarfining oshishiga olib keladi.

Kuchaytirishda tirsakli val podshipniklarida moy bosimi ham ikki baravar ko'payadi, gilza halqasi birikmasida - uch baravargacha, porshenni yuqori ariqchasidagi harorat 280°S ga, shatunli vkladishda - 160°S ga, turbokompressor podshipnikida - 280 - 3 200S [1-9] yetishadi. Bularning barchasi moyning ishlash sharoitlarini sezilarli darajada yomonlashtiradi -qo'shimchalarning tezroq ta'sir qilishi tufayli ularning resurslari kamayadi, kuyishga moy sarfi ko'payadi, detallar sirtida lak va qurum qopdiqlari qatlamlari paydo bo'ladi va qattiq qurum zarrachalarining ishqalanish orasiga tushishi detallarning jadal yeyilishiga olib keladi. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, moyning ishlash sharoitlari dvigatelning ishonchliligiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.

Bunday yuqori kuchaytirilgan dvigatellarning ishonchli ishlashini ta'minlashning eng samarali usullari quyidagilardir:

- zamonaviy yuqori sifatli dvigatel moylaridan foydalanish;

- moyni qo'shimcha sovutishni joriy etish;

- dvigatellarning konstruktsiyasiga o'zgarishlar kiritish;

- karterning ventilyatsiyasini yaxshilash;

- moyni tozalashni yanada takomillashtirilgan usullaridan foydalanish va boshqalar.

i960 1970 1980 1990 2000 2010 2020

Yillar

1-rasm. Yillar bo'yicha moylardagi qo'shimchalarning moy massa bo'yicha ulushining

o'zgarishi

Hozirgi vaqtda moylash materiallari assortimenti doimiy va tez sur'atlar bilan kengayib bormoqda. Moylarga yangi qo'shimchalar ishlab chieskirishda muhim yutuqlarga erishildi, bu

MEXAHHKA BA TEXHO.HOrHtf HHMHH ^yPHAHH, 2023, № 2 (11)

176

esa dvigatelning ishlash ishonchliligini sezilarli darajada oshirishga imkon berdi. [2-3]. Qo'shimchalarni zamonaviy yonalishi - bu kompozitsion materiallardan foydalanishdir.

Biroq, dvigatelning ishonchliligini ta'minlash uchun moy sifatini yaxshilash bilan bir qatorda, moydan to'g'ri foydalanish ham zarur. Foydalanish jarayonida uning ish faoliyatini baholash usullarini ishlab chiqish, shuningdek dvigatel tarkibidagi moyni unda hosil bo'lgan va tashqaridan kirib keladigan zararli moddalardan yuqori sifatli tozalashni ta'minlash kerak.

Yuk avtomobillarining ekspluatatsion samaradorlik ko'rsatkichlarini tahlil qilish shuni ta'kidlash mumkinki, avtomobilda tashish tannarxi tarkibida TXK va ta'mirlash xarajatlari l2-l5% ni tashkil etadi, buning natijasida transport vositasining ishlab chieskirishga qaraganda butun ishlatish davriga 5-6 baravar ko'p mablag ' sarflanadi [5]

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, Ozbekistondagi yuk avtomobillari parkining 22 foizini KAMAZ tashkil etadi. KAMAZ transport vositalarining ishonchliligini o'rganish [6] shuni ko'rsatdiki, kuch agregati barcha buzilishlarning 32% dan 3l% gacha, shu jumladan dvigatel -25% dan 30% gacha. Ekspluatatsiyadagi dvigatellarning buzilishlarning tarkibini tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, to'satdan buzilish holatlarining katta qismi (45% dan 50% gacha) qoida tariqasida, texnik ekspluatatsiya qoidalari, konstruktiv va texnik nuqsonlar va ishlab chieskirishdagi nuqsonlar buzilganligi sababli sodir boladi. Ta'mirlash xarajatlarining 60% gacha kuch agregatlarining buzilishini bartaraf etish hisobga olib, buzilishlarni bartaraf qilish hisobiga dvigatellarning ishonchliligini oshirish KAMAZ avtomobillarining ishlash samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

Zamonaviy dvigatellar uchun tobora ortib borayotgan ekologik, samaradorlik va quvvat sifatiga bo'lgan talablar doirasida KAMAZ dvigatellarini modernizatsiya qilish va sezilarli darajada oshirish natijalari quvvati bazaviy dvigatelga nisbatan l,5 barobardan ko'proq oshishiga olib keldi. Shu bilan birga, uning asosiy detallari (tirsakli val, shatun, silindrlar bloki va boshqalar) o'lchovida sezilarli o'zgarishlar bo'lmadi, bu esa kuch agregatining chidamliligi va raqobatbardoshligini pasayishiga ta'sir ko'rsatdi.

1-jadval

KAMAZ dvigatellarining asosiy xususiyatlari_

Parametrlarning Dvigatel modeli

nomlanishi, olchov birligi KAMAZ- KAMAZ- KAMAZ- KAMAZ- KAMAZ-

l40.l0 l40.ll-240 l40.l3-260 l40.30 l40.50

Nominal quvvati, kVt (o.k.) l54(2l0) ll6(240) l9l(260) l9l(260) 265(360)

Tirsakli valning minimal l95-388 392-539 392-539 l95-388 l95-388

aylanish davriyligida qizigan dvigateldagi moy bosimi, KPa (kgs/sm2) (3,5-4) (4-5,5) (4-5,5) (4-5,5) (4-5,5)

Maksimal aylanish 66l(68) 833(85) 93l(95) l0l9(ll0) l4l0(l50)

momenti, N.m (kgs m)

Silindr diametric, mm l20 l20 l20 l20 l20

Porshen yoli, mm l20 l20 l20 l20 l30

Avtomobillarning raqobatbardoshligining muhim ko'rsatkichlaridan biri butun ishlash muddati davomida ishlash qobiliyatini ta'minlash xarajatlarining ishlab chieskirish xarajatlariga nisbatidir. Rivojlangan mamlakatlarda bu nisbat o'rtacha l20% ni tashkil qiladi, Ozbekistonda esa 400% dan ortiq bo'lib, bu muammoli vaziyatni keltirib chiqaradi [l-8]

ADABIYOTLAR 1.Е.С. Вентцель. -Венцель, С.В. Смазка и долговечность двигателей

МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2023, № 2 (l l)

lll

ABTOMOБИЛ BA KИШЛOK XУЖAЛИK MAШИHAЛAPИ

2. Внутреннего сгорания / C.B. Bенцель. - Киев.: Техника, 1977. - 207 с.

3. Bенцель, C.B. Применение смазочных масел в двигателях внутреннего сгорания / C.B. Bенцель. - M.: Xимия, 1979. - 240 с.

4. Денисов, A.C. Oсновы формирования эксплуатационно ремонтного цикла автомобилей / A.C. Денисов. - Cаратов: Cарат. гос. техн. ун-т, 1999. - 352с.

5. Денисов, A.C. Oбеспечение надёжности автотракторных двигателей/A.C. Денисов, A.T. Кулаков. - Cаратов: Cарат. гос. техн. ун-т, 2007. - 422с.

6. Балтенас, Р. Mоторные масла. Производство. Cвойства. Классификация. Применение / Р. Балтенас, A.C. Cафонов, A.И.Ушаков, B. Шергалис. M., C.Пб.: Aльфа-Лаб., 2000. - 272с.

7. Носов, A.O. Повышение эффективности эксплуатации автотракторных дизелей совершенствованием профилактики смазочной системы: дисканд. техн. наук: 05.20.03 / A O. Носов. - Cаратов, 2013. - 118 с.

8. Руководства по эксплуатации, техническому обслуживанию и ремонту. Двигатели KамAЗ: 740.11-240, 740.13- 260, 740.14-300, 740.30-260, 740.50-360, 740.57-320, 740.50- 3901001КД. - Набережные Челны: OAO «KамAЗ», 2002. - 247с. "Экономика и социум" №5(108) 2023.www.iupr.ru

9. Cавельев, T.M. Турбокомпрессоры и теплообменники надувочного воздуха автомобильных двигателей / T.M. Cавельев, Е.Н. Зайченко. -Ярославль: Bерхне-Bолжское кн. изд-во, 1984. - 96 с.

10. Saidyusupov M. DIESEL ENGINES DEPENDENCE OF OIL CONDITION INDICATORS ON OPERATING TIME // Экономика и социум. 2023. №3-2 (106). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/diesel-engines-dependence-of-oil-condition-indicators-on-operating-time (дата обращения: 22.05.2023).

11. Aзимов И.С, Эдиков O. A., Каюмов Н. K., & Нозимов Н. A. (2022). Yuk avtomobiling (isuzu fvr 33g) tortish tezlik xususiyatini mathlab dasturi asosida tahlil qilish. Mеханика и технология, Спецвыпуск 2), 77-87.

12. Azimov, I., Sidiqov, O., & Karimov, D. (2023). YUK AVTOMOBILING (ISUZU FVR 33G) TASHQI TEZLIK XUSUSIYATINI MATHLAB DASTURI ASOSIDA TAHLIL QILISH. Eurasian Journal of Academic Research, 3(2 Part 3), 100-109.

13. Xolmirzayev, J. Z., Imomnazarov, S. Q., & Siddiqov, O. A. (2021). KARTERDAGI MOY SATHINING MOYLASH MATERIALLARI HAJMIGA VA ISSIQLIK REJIMIGA TA'SIRINI HAMDA KARTERDAGI MOYNING KO'PIKLANISH REJIMINI ANALITIK TADQIQOT QILISH. MEXAmKA BA TEXHOЛOГИЯ ИЛMИЙ ЖУPHAЛИ, (2), 49.

MEXAHИKA BA TEXHOЛOГИЯ ИЛMИЙ ЖУPHAЛИ, 2023, № 2 (11)

178

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.