DOIRA SAN'ATINING RIVOJLANISHI VA TARIXI
Muzabbar Esanov Ayapbergen Ametov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali
Annotatsiya: Musiqa san'atining rivojlanishi, o'z navbatida, musiqashunoslik ilmining kelib chiqishiga sabab bo'ldi. Xalq cholg'ularining eng keksa, eng noyob turi xisoblanmish doira Markaziy Osiyo xalqlarining turmushi va mehnat faoliyatiga singib, inson hayotining ajralmas tarkibiy qismiga aylandi.
Kalit so'zlar. Cholg'u, musiqa, asbob, doira, xonanda, sozanda, madaniyat
DEVELOPMENT AND HISTORY OF DOIRA ART
Muzabbar Esanov Ayapbergen Ametov
Nukus branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: The development of the art of music, in turn, led to the origin of the science of musicology. The circle, which is the oldest and most unique type of folk instruments, has become an integral part of human life, absorbed into the life and work of the peoples of Central Asia.
Keywords: Instrument, music, instrument, doira, singer, musician, culture
Xalq cholg'ularining eng keksa, eng noyob turi xisoblanmish doira Markaziy Osiyo xalqlarining turmushi va mehnat faoliyatiga singib, inson hayotining ajralmas tarkibiy qismiga aylandi. Qadimda cholg'ular jo'rligida qo'shiq, o'yin va kuylar xalqning katta-katta marosimlari va ommaviy bayramlarida ijro etilgani bizga ma'lum. Bunday ommaviy bayramlarni xalq cholg'u ansambllari, xonanda va sozandalarsiz tasavvur qilish qiyin. Bayramlar ko'proq yil fasllari bilan bog'liq bo'lgan. "Navro'z", "Lola sayli", "Xosil bayrami", "Qovun sayli", "Uzum sayli" kabi mavsumiy bayramlar shular jumlasidandir. Ana shunday bayramlar karnay-surnay, doira, nog'ora kabi urma zarbli musiqa cholg'ularisiz o'tmagan. Feodalizm davrida Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati taraqqiyotining yangi bosqichi boshlandi. VII asrda Osiyoga arablarning kirib kelishi keng xududda Arab xalifaligini barpo etdi. Tirik jonzot tasvirlarini taqiqlovchi islom dinining yoyilishi devoriy suratlarni, shu jumladan, musiqiy cholg'ular tasvirlarining ham barham topishiga olib keldi.
IX asr oxiriga kelib Markaziy Osiyoning kattagina qismi birlashdi. Buxoro yirik madaniy markazga aylandi. Bu yerda ilm-fan, adabiyot va musiqa taraqqiy etdi.
I ibiSi^^Bl 729 http://oac.dsmi-qf.uz
Hayot sharoiti o'zgarishi ortidan musiqa san'atiga bo'lgan munosabat ham o'zgardi. O'sha davrlarda saroy ayonlarining tantanali marosimlarida ijro etilgan kuylar aloxida o'rin egallay boshladi. Chunki tantanavor oxanglar saltanat qudratidan dalolat berib turgan. Karnay-surnay, nog'ora va dap, doiralar chalinganda yurt axli tinchlik-omonlik va farovonlikda ekanligini xis eta boshladi. O'rta asr musiqa ijrochiligidagi madaniyatning o'ziga xos xususiyatlaridan biri shunda ediki, cholg'uchilar nafaqat bir necha cholg'u asbobini chala olganlar balki, o'zlari ham musiqa bastalay boshlaganlar.[1.97]
Sharq olimlarining nazariy qarashlari mavjud ijrochilik san'ati tajribasi asosida shakllangan bo'lib ular o'z risolalarida doira usullari o'zbek musiqasida ahamiyatli va zarur jihatlarni o'zida mujassam etganligini ta'kidlaganlar. Musiqa san'ati juda qadimga borib taqalsada, unga e'tibor, musiqaning inson hayotining ajralmas bir bo'lagi sifatida shakllanib rivoj topishi X-XII asrlarga borib taqaladi.
Maxmud Koshg'ariyning "Devonu lug'otit turk" kitobidagi qo'shiqlar xalq orasida juda mashhur bo'lgan. Ana shu davrda rud, doira, tanbur, kus, tabl, kubiz, rubob, taburok, zir, nay, chagona, shaypur, surnay, karnay, argunun, konun kabi torli, zarbli va puflab chalinadigan cholg'ular mavjud bo'lgan. Bizning zamonimizgacha musiqiy usullarning turli namunalari jilolanib kelmoqda. Har doim usullar davrning ijtimoiy rivoji bilan birgalikda xalq ma'naviyatiga xizmat qilgan. Taraqqiyot rivojini e'tiborga olgan holda, yangi usullar yaratilib, ijrochilik amaliyotida uslublar ijrosining rang-barang usullari yuzaga kelgan.
Xalq ijrochilik amaliyotlari:
a) oddiy amaliy usullar, an'anaviy ommaviy marosimlar, qo'shiq va laparlar, ijrochilikda qo'llaniladigan va unchalik murakkab bo'lmagan usullar.
b) maqsadli usullar, xalqni jalb etish, to'plash, diqqatni qaratish kabi muayyan ma'noga ega bo'lgan chaqiriq usullari;
v) murakkab usullar, ya'ni xalq mumtoz musiqa ijodiyotida qo'llaniladigan usullar vositasi shakllanib, o'z darajalari asosida turlangan.
Ushbu sozlar va kuylar juda ko'p sharq mamlakatlarida saqlanib qolib, hamon xalqlarning sevimli sozlari va kuylariga aylanib, odam kayfiyatini ko'taruvchi vosita bo'lib xizmat qilib kelmoqda.
Musiqa, cholg'u san'ati she'riyat bilan uzviy bog'langan holda taraqqiy etib takomillashdi. Qadimgi grek shoirlari - Arxilox, Alkey, Anakreon va Arionlar zabardast shoir bo'lish bilan birga, zamonasining musiqashunosi, iste'dodli usta cholg'uchisi, xofizi ham edilar. O'sha davrlarda she'riyat xalq cholg'ulari, musiqa bir-biri bilan chambarchas bog'lanib, biri ikkinchisini, ikkinchisi birinchisini kashf qilib bordi. Masalan, Rudakiyning "Muliyon arigining isi..." she'ri "Ushshoq" kuyida aytilib, xalqning sevimli qo'shig'iga aylanib ketgan edi. Rudakiyning zamondoshi bo'lgan mashhur shoir Xusravoniy "Xusravoniy" kuyini yaratgan edi. Ana shunday
I icclT^^^^H 730 http://oac.dsmi-qf.uz
shoirlardan Munjikiy Termiziy, Farruxiylar ham musiqa san'atida mashhur bo'lganlar. O'ta nozik did bilan kuy chalganlar. Axmad Yassaviy va Sulaymon Bokirgoniylar ham iste'dodli bastakor bo'lib, o'z she'rlariga kuylar bastalagan shoir-bastakorlar edi. [1.62]
Musiqa san'atining rivojlanishi, o'z navbatida, musiqashunoslik ilmining kelib chiqishiga sabab bo'ldi. Natijada, bu ilm-fan sifatida shakllandi. Ana shu fanning asoschilari mashhur olimlar IX asrning 70-yillarida Sirdaryo bo'yidagi Farob qishloqida tug'ilgan Abu Nasr Farobiy va Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog'ida tug'ilgan Ibn Sinolar edi. Ular o'z ijodlarida musiqa, musiqashunoslik ilmiga katta e'tibor berib asarlar yaratishdi.
Farobiyning musiqa haqidagi "Kitob-al-musiqiy-ul-kabir" asari dunyoga keldi.
Buyuk tibbiyot olimi Ibn Sino musiqa ilmi haqidagi qarashlarini "Kitob ush-shifo" risolasiga alohida bir bob qilib kiritib, musiqaning turli kasalliklarga davo ekanligini ilmiy jihatdan isbotlab berdi. Olim musiqani inson ruhiyatiga ta'sir kuchini izchillik bilan ochib, ruhiy bemorlarni aynan musiqa yordamida davolash mumkin, degan xulosaga keldi.
XI asrda Kaykovus tomonidan yozilgan "Qobusnoma" asarini barcha ilm ahli yaxshi biladi. Bu asar juda ko'p tillarga tarjima qilinib xalqlar orasida mashhur bo'lib ketgan. Ana shu asarning 36 bobi musiqa san'atiga bag'ishlangan. Unda muallif cholg'uchi va xofizlarga turli maslaxatlar beradi. San'atkorlarni yil fasllariga, tinglovchining yoshi, tabiati, kasb-kori, fe'l-atvoriga qarab kuy tanlash va ijro etishga undaydi.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy: "Shodlik oshiruvchi xonanda, g'amni tarqatuvchi sozanda - ularning har ikkisi hissiyotga berilgan kishilar va ahli dardlarga jon fido qiladilar. Modomiki, ular muloyim tarona bilan kuylar ekanlar, tinglovchining hayoti unga fido bo'lsa, nima qilibdi? Axir, ko'ngil xush oxangdan quvvat, rux, esa xush ovozdan oziq, oladi. Yoqimli ovoz, mayorat bilan kuylagan xonandadan rux, olgan dard ahlining o 'ti chekinadi. Sozandaning kuyi dardlirok, ijro etilsa, uning xonishi gamboda yuraklarga taskin bo'ladi", deb yozgan edi.
Siz-u bizning zamondoshimiz bo 'lgan Yunus Rajabiy "Men o 'zimizning o 'zbek xalq ohanglaridan hech qaysi millat ohanglarini ustun qo'ya olmayman", deb yozganida ming bora haq edi. [3.216]
Musiqamizdagi joziba, ta'sirchanlik, sehrni hech bir musiqaga almashtirging kelmaydi.
Men o'zimning ijodiy tajribalarimdan kelib chiqib, bir qat'iy xulosaga kelganman. Mana shu o'n yilliklar ichida qanchadan-qancha muxlislar bilan yuzma-yuz bo'lganman. Ana shunday yuzma-yuz bo'lgan damlar, qarshimda kayfiyatsiz, qovog'idan qor yog'ib turgan odamlarni doira sadosidan ta'sirlanib, yuzlaridan nur yog'ilib, ko'zlaridan olov uchqunlari sachrab xursand bo'lganlarini ko'rganman. Shu
I îhSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz
tajribalar orqali doirada har qanday inson psixikasiga kuchli ta'sir qilish qobiliyati borligini sezganman.
Barmoqlarning ko'z ilg'amas tezlikdagi harakatiga mahliyo bo'lib qolgan tomoshabin o'z ixtiyoridan tashqarida sozanda tomon siljib kelayotganligini yuzlab marotaba uchratganman. O'zga har qanday kuchli ta'sirlardan musiqaning ta'sir kuchi qudratlidir. Bir vaqtlar Yaponiyada shunday tajriba o'tkazilgan edi. Tajribaga asosan, emizikli ayollarning 120 nafari ikki guruhga bo'linib, ikki hafta davomida musiqa terapiyasi seansida ishtirok etdi. Birinchi guruhga klassik musiqa eshittiriladi. Ikkinchi guruhdagi ayollarga pop musiqasi. Natijada, birinchi guruhdagi ayollarda ona suti yigirma foizga oshadi. Ikkinchi guruhdagi emizikli ayollarning suti esa ellik foizga kamayganligi ma'lum bo'ladi. Bugungi kunda musiqani nafaqat insonga, balki jamiki borliqqa ta'sir qilishi fanda o'z isbotini topgan. Yaponiyada yana bir tajriba o'tkazilgan. Yaponiyalik olim Emoto Leasoro suvning musiqiy taassurotini suratga olishga erishgan. U suvga musiqa quyib berdi va musiqa tugashi ila zudlik bilan suvni muzlatib mikroskob orqali suvdagi kristallarni tekshirdi. Rok musiqasi eshittirilgan suvda hosil bo'lgan kristallar go'zallikdan butkul mahrum edi... [1.355356]
Har qanday ilm tajriba mahsulidir. Ko'pchiligimizda odam ongi, ruhiga, qalbi, jismiga, kayfiyatiga musiqaning ta'sir kuchini his qilish, xulosalar chiqarishga yetarlicha bilim-ko'nikma yo'q. Lo'nda qilib aytganda, ilm ahlida tajriba, tajribalilarida bu ilmga qaytishga xohish-iroda yo'q. Shu sabab ummon bo'lib yotgan ilm xazinasini chetlab o'tishlar hamon davom etmoqda.
Men doira san'atini egallagan bir sozanda sifatida bir necha yillardan beri doira, uning tarixi, xalq orasida yoyilishi, zarbidan paydo bo'lgan ta'sir kuchi, o'tgan va bugungi asrlardagi usta doira cholg'uchilarining hayoti, ijodi haqida ma'lumotlarni to'plash jarayonida bir xulosaga keldimki, doira san'ati haqida turli asarlarda shingil maqolalar borligini xisobga olmasa, mukammal bir asar xanuzgacha dunyoga kelgani yo'q. Aslida, zarbli cholg'uning bu turi xalq orasida juda keng tarqalgan. Uning Markaziy Osiyo, Afg'oniston, Pokiston kabi Sharq mamlakatlaridagi har o'n xonadondan birining uyida, albatta, uchratishingiz mumkin.
Umuman, musiqa san'ati, odam iymon-e'tiqodining mustahkam, aqliy barkamollikning poydevori, nozik didning shakllanishi, o'z zamini, millatiga sodiq o'z oilasiga, qarindosh-urug'lariga, yon atrofidagilarga mehr-muhabbatli qilib tarbiyalashda muhim rol o'ynovchi sohadir. Bog'cha bolalariga ovqatlanish, o'ynash vaqtlarida ularning asabiga tegmaydigan tarzda milliy musiqa kuylar eshittirib borilsa, nur ustiga a'lo nur bo'lar edi. Chunki bolalarda xodisalarni tez o'zlashtirish qobiliyati mujassam bo'lib, ular o'ta ziyrak "ijodkor"lardir.
732
http://oac.dsmi-qf.uz
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Темур тузуклари" - Тошкент: "Шарк" Н.М.А.К Бош тахририяти, 2005 й. - 97 б.
2. Шодмонов Нафас. Хожа Абдулкодир Марогий. - Тошкент, F. Гулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 2000 й. - 62 бет.
3. Кодиров м. "Темурийлар даври томоша санъатлари" монография. -Тошкент: "Санъат" журнали нашриёти, 2007 й. - 216 б.
4. Абу Х,омид Газзолий. "Кимёи саодат" - Тошкент: "Адолат" нашриёти, 2005 й. - 355-356 б.
733
http://oac.dsmi-qf.uz