DJUZEPPE VERDI VA RIXARD VAGNER TAVALLUDLARINING 200-YILLIGA (IKKI TUTASH TAQDIRLAR...)
D.Musayeva
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Ushbu maqolada taniqli kompozitorlar, jahon opera san'atiga ulkan xissalarini qo'shgan ijodkorlar Djozeppe Verdi va Rixard Vagnerlar haqida so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: Djozeppe Verdi, Rixard Vagner, Shiller, kompozitor, opera.
FOR THE 200TH ANNIVERSARY OF THE BIRTHS OF GIUSEPPE VERDI AND RICHARD WAGNER (TWO COMPLETE DETESTS...)
D.Musayeva
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: This article talks about the famous composers, creators who made great contributions to the art of world opera, Giuseppe Verdi and Richard Wagner.
Keywords: Giuseppe Verdi, Richard Wagner, Schiller, composer, opera.
Musiqa san'atida juda ko'p qiziq, e'tiborga loyiq voqeyliklar borki ular ba'zan bizni chuqur xayollar surishga da'vat etadi. Bulardan biri dunyoga mashhur kompozitorlarni aynan bir asrda, bir yilda tavallud topishi va muhimi ularni serqirra va sermazmun faoliyatlari buyuklik darajasi qadar ko'tarilganligi, ijodiy taqdirlari esa musiqa san'atini yorqin hodisalari va yo'nalishlarini shakllanishi va rivoj yo'lida tutashib ketishida ko'rinadi. 1685-yili musiqa san'atiga kelajakda "klassik musiqa" san'atining yirik darg'alariga aylangan-Iogann Sebastyan Bax, Georg Fridrix Gendel, Domenikko Skarlatti, romantizm davrining ilg'or vakillari, xususan, XIX asr boshlarida, ya'ni 1810-yili Robert Shuman va Fridrix Shopen, uch yildan so'ng 1813-yili esa bo'lajak ikki taniqli opera kompozitorlari, jahon opera san'ati rivojiga ulkan xissalarini ko'shgan yirik zamondosh ijodkorlar - Djuzeppe Verdi va Rixard Vagner tavallud topdilar. Bugun dunyo musiqa jamiyati ushbu buyuk kompozitorlarning tavallud ayyomini alohida nishonlamoqdalar.
Darhaqiqat, musiqa amaliyotida bu ikki kompozitorlarni mavqei, opera san'ati rivojida erishgan yutuqlari bir-biriga munosib bo'lishi bilan, ijodiy faoliyatlari va dunyoviy qarashlari opera sohasini rivojida shu tarzda ziddiyatli va qarama-qarshi turishini qayd etish lozim.
Dj.Verdi musiqasi o'z vaqtida italiyan xalqining "Milliy ozodlik" kuylariga aylanib, butun Italiya, so'ng, Yevropa mamlakatlari bo'ylab mashhur bo'lgan. Kompozitorni xalq orasida "Italiya inqilobi maestrosi" deb bejiz atashmagan. Verdi nomi o'z vaqtida milliy qahramon toifasi darajasigacha ko'tarilib, xalq e'tiborini qozongan. Biroq, shuni ta'kidlash joizki, Dj. Verdi shaxsan o'zi hech qachon mamlakatining siyosiy hayotiga to'g'ridan to'g'ri aralashmagan. Bu vazifani uning o'rniga asarlari, davrning ilg'or operalari bajardi. 1840-yillar boshlarida yaratilgan birinchi "Nabukko", "Lombardsu", "Ernani", "Janna d,Ark", "Atilla", "Lenyano atrofidagi jang ", "Qaroqchilar ", "Makbet " kabi operalarda XIX asr milliy ozodlik g'oyalariga hamohang mavzularni o'zlarida aks etdi.
Fransuz yozuvchisi, romanist Onore de Balzak ta'biri bilan o'z vaqtida aytilgan so'zlar: "Mening hayotimning buyuk voqeyliklari - bu mening asarlarimdir!" shak shubxasiz Dj. Verdi asarlariga hamohang.
Italiyada shakllanib rivoj topgan opera san'ati Dj.Verdi ijodida o'zining milliy ildiz va an'analariga ega bo'lib, ularda kompozitor yuragini hayratga solgan dard va kechinmalarini aks etgan g'oyalarini olg'a suradi. Kompozitorning tabiatdan jo'shqin temperamentga ega bo'lishi, o'ta yorqin va betakror kompozitorlik uslubi uning asarlarini jo'da ta'sirli chiqishi bilan hamon tinglovchilarni hayratda qoldiradi.
'Dunyoda eng yomon teatr-zerikarli teatr! " deb ta'rif bergan kompozitor, bu g'oyani o'z ijodida to'laqonli aks etishga harakat qilgan. Kompozitor bisotidagi avvalari yozilgan operalarni oltita yangi tahriri bilan jami 32 opera asarlari yaratilgan bo'lib, ular o'zining janr va mazmun boyligi, qahramonlar ruhiy-psixologik tavsifini ochib berishda turfa rangbaranglik, yorqin va jozibali kuychanlik, qiziqarli dramatik jumboq va yechimi bilan e'tiborni tortadi. Kompozitorning ko'plab operalari jahon musiqali teatr repertuarida mustahkam o'rin egallab kelmoqda. O'z librettolari uchun kompozitor hilma hil mavzularga murojaat qilgani bilan, asosiy operalari uchta yozuvchi mualliflar: - Shiller ("JannaD'ark", "Qaroqchilar", "LuizaMiller", "Don Karlos"), Gyugo("Ernani", "Rigoletto"), Shekspir ("Makbet", "Otello", "Falstaf") asarlariga yozilgandir.
R.Vagnerdan farqli ularoq Dj.Verdi qadimgi afsona va rivoyatlarga befarq edi. Real hayot qahramonlarining kechinmalari Verdi operalar markazida bo'lgan. Ammo opera san'atida shakllangan andozalar va qoidalarga muvoffiq kompozitor asar syujetlarini va qahramonlarini o'rta asrlarda izlaydi. Istesno o'rnida yozuvchi A. Dyuma-o'g'ilning "Kamelyali xonim" asari asosida yaratilgan "Traviata" operasini keltirish mumkin (opera voqeyliklari zamondosh vaqtida yoritilgan). Kompozitorning birinchi operasining namoyishi 1839-yili, ya'ni muallifning 26 yoshida ("Oberto, graf Bonifacho"), ohirgisi esa 1893-yili 80 yoshida yaratildi ("Falstaf ).
Yarim asrlik ijodiy yo'l davomida kompozitorning uslubi keskin o'zgarishlarni o'zidan o'tkazdi. Agar birinchi bosqichda kompozitorning nigohi qahramonona
I [ccñ^^BI 466 http://oac.dsmi-qf.uz
mavzularga qaratilgan bo'lsa, so'nggi pallada, inson va uning shaxsiy fojiasi birinchi o'ringa qo'tariladi. "Luiza Miller" operasidan boshlangan ijtimoiy tengsizlik mavzusi 1850-chi yillarning uchta taniqli operalari - "Rigoletto" (1851), "Trubadur" va "Traviata"da ( 1853)o'z aksini topdi (saroy masqarabozi, qashshoq lo'lli qiz va yengil ayol taqdirlari haqida). Mazkur asarlarda Verdi dramaturg sifatida iste'dodini yorqin qirrasini namoyon etdi. Mazkur operalar misolida inson tavsifini yoritishda ruhiy boshchilik hukm surishi, hayotiy ziddiyatlarni ochishda kontraslar kuchayishi, an'anaviy opera shakllari (jumladan, ko'plab ariya va ansambllarni erkin tashkil qilingan sahnalarga aylanishi, vokal partiyalarida deklamatsiya kuchayishi, qolaversa, orkestr o'rni va mavqeini jadal o'sib borishida ko'rishimiz mumkin).
So'nggi o'n yilliklarda yaratilgan qator operalarda "Sitsiliy kecha", "Simon Bokkanegra", "Bal-maskarad", "Don Karlos"da kompozitor qayta tarixiy-inqilobiy mavzularga murojaat qilar ekan, biroq, bu kurash qahramonlarni ichki dramasi bilan mohirona yoritilib beriladi. Kompozitor ijodining cho'qqisi ohirgi o'n yilliklarda yaratilgan yuksak - "Aida", "Otello", "Falstaf»"(ikitta ohirgilari Shekspir asari bo'yicha, librettochi Arrigo Boyto tomonidan yozilgan) operalari bilan bog'liq bo'ldi. Mazkur operalarda kompozitor ijodi va usulbiy xatining eng yorqin qirralari namoyon bo'ldi.
Muallif asarlari asosida bizning davrimizda "Rigoletto", "Traviata", "Aida" nomdosh kinofilmlar, kompozitor hayoti va ijodiga bag'ishlab "Bir hayot tarixi" nomli biografik film suratga olindi. Bugunda Italiyaning ko'plab shaharlari - Milan, Parma, Triest, Busetto va Rimda buyuk kompozitor haykallari o'rnatilgan bo'lib, italiyan xalqining o'z vatandoshi oldidagi bildirgan ta'zimi in'ikosidir.
Mazkur davrda Germaniya ham nemis kompozitori - Rixard Vagner siymosi bilan faxrlanib kelishi bejiz bo'lmagan.
Rixard Vagnerning serqirra faoliyati Jahon musiqa madaniyatida o'ziga xos o'ringa ega bo'ldi. U nafaqat buyuk nemis kompozitori balki bir vaqtning o'zida Gektor Berlioz kabi katta dirijorlik maktabini yaratishga muvaffaq bo'lgan mohir san'atkor, dramaturg, shoir, jami 16 jildan iborat turli hil mavzularga bag'ishlangan adabiy nashrlar muallifi, tanqidchi-publitsist sifatida musiqa jamiyatida tanildi. Kompozitor taqdiriga uzun (70- yil) va voqeyliklarga boy hayot kechirish nasib etgan bo'lsada, bu yo'llar ne ne sinovlardan o'tish (siyosiy quvg'inlardan tortib to san'at raxnamolarining marhamatigacha)bilan ta'riflanadi.
Kompozitor opera islohati borasida olib borgan izlanishlar va uning bu boradagi qarashlari yuzasidan u yashagan davrda, so'ng esa, vafotidan keyin ham shiddatli baxs va qaramaqarshi munozaralar tinib tinchimagan.
Professional musiqa san'atiga bir muncha kech kirib kelishiga qaramay (kompozitor birinchi mashg'ulotlarini 17 yoshda boshlagan) unining serqirra va boy ijodiy taffakuri birinchi galda teatr san'atiga bo'lgan qiziqishi1 asosida shakllanadi.
Kompozitorning otasi vafotidan so'ng uning tarbiyasi bilan shug'ullangan iste'dodli aktyor, rassom, dramaturg Lyudvig Geyr ilk bor yosh kompozitor qalbida teatrga bo'lgan muhabbatini uyg'otadi. 20 yoshda u dirijor sifatida jamoachilik e'tiboriga tushadi. U Vyursburg, Magdeburg, Kenigsberg va Riga opera teatrlarida dirijor sifatida faol ish olib borgan. 1830-yillarga kelib uning ilk musiqiy asarlari yaratildi: fortepiano sonatalari, C-dur simfoniyasi, italyan dramaturgi Gossi ertagi asosida yaratilgan birinchi opera - "Parilar", Shekspir komediyasi bo'yicha "Muxabatga chek qo'yish" asarlari shular jumlasidandir. Aynan opera sohasi ijodkorning asosiy va muhim izlanishi bo'lib K. V. Glyuk kabi bu sohada u uzining katta islohotini amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi.
Birinchi operalardan boshlab mukammal va har tomonlama yetuk opera yaratish g'oyasi kompozitorning butun ijodiy faoliyatining asosiy maqsadiga aylanadi. Buning uchun R.Vagner opera dramaturgiyasi va uning ichki omillarni qayta ko'rib chiqib, organik birligida, ariyar, duet, xor, ansambllarga bo'linmagan yaxlit, tugallangan shaklni yaratishga bel bog'laydi.
Kompozitor sahnaviy asarning o'zagi bo'lmish librettoni yaratishda o'zining shoirona iste'dodini yo'lga solib, o'z asarlari uchun libretto matnlar yozadi, musiqiy sharhlarga o'zi istagan shakl va ko'rinishni ato qiladi. Musiqa yordamida qahramonlar timsollari yanada yorqin va xarakterli bo'lib chiqadi. R.Vagner obrazlarini yaratishda leytmotiv tizimiga murojaat qilib operada musiqiy tematizm usulini yanada jadal rivojlantirishga muyassar bo'ldi. Xususan, ijodkorning o'rta davr operalarida aynan leytmotiv tizimi yorqin ifodaviy vosita bo'lib hizmat qiladi ("Loengrin", "Tristan" operalari shular jumdlasidan). "Nibelunga uzugi" va "Parsifal" tetralogiyasida tematizm izchilligiga qattiy amal qilinadi. Ohirgi operalarida esa R. Vagner o'zini orkestr bilan ishlashda mohir garmoniyachi sifatida ham ko'rsatadi. U simfonik orkestr imkoniyatlarini kengaytirib orkestr jarangida tubdan yangi tovushlar birikmasini yaratishga muvoffaq bo'ladi. Ma'lumki opera tarkibiga kirgan ayrim nomerlar - uvertyuralar, simfonik tasvirlar alohida mustaqil nomerlar sifatida ijro etilib, Jahon orkestrlari repertuarining durdonalariga aylangan desak ham hech mubolag'a bo'lmaydi.
1840-y yillar komozitor ijodining yetuklik davri bo'lib R.Vagnerni siyosiy maydonda faolligi bilan ajralib turadi. Dj.Verdidan farqli ularoq R.Vagner jamiyatdagi barcha voqeyliklarga jo'shqin javobini bildirishga intilgan (bu borada kompozitorning fransuz inqilobi tarafdorlariga hamdardligi (1830y.), rus inqilobchisi
1 Маълум булишича санъат шайдоси, адабиёт ва театр ихлосманди сифатида эса Р. Вагнер бир мунча эрта шаклланди (унинг Гомер, Шекспир, Гёте, Шиллер ижодларига танкидий-публистик карашлари).
Mixail Bakunin bilan bo'lgan do'stligini eslash joiz). Drezdendagi ko'zg'olonni bostirilishidan so'ng kompozitorni chet elga qochishi va siyosiy boshpanani Shvesariya(Syurix)da topishga majbur bo'ladi. "San'at va inqilob", "Kelajkning badiiy asari", "Opera va drama", "Do'stlarimga murojaat" tanqidiy opuslarida kompozitorning 1849-1859 yillar mobaynida siyosiy emigrant sifatida yashagan kezlari, uning boshidan o'tgan barcha voqeyliklarni anglash va chuqur idrok etishga harakat qilishi o'zida aks etiladi. Ijodiy yo'lining yakuniy bosqichida "Parsifal" operasi yaratilib kechki Vagnerning bir muncha murakkab ijodiy tafakkurini namoyon qilgan holda, ijodkorning insoniyat taqdiri haqdagi uy fikrlari borasida yakuniy xulosa yasaydi. Agar R. Vagner o'zining ijodiy qarashlarini tinmay targ'ib qilishdan charchamagan bo'lsada, Verdini qarashlarini xalqchil bo'lib ketgan muallif asarlari misolida gavdalangan.
Ikki mamlakat kompoziorlarning taqdirlari opera san'ati maydonida to'qnashib, har biri qarama-qarshi yo'ldan bordilar. Ikki kompozitor Djuzeppe Verdi va Rixar Vagner o'z mamlakatining milliy san'at siymolariga aylangan holda bir vaqt, bir davr chegarasida opera san'atining rivojlanishida o'z yo'llarini belgilab berdi. Qarama-qarshi ba'zan bir birini inkor qiluvchi bu ikki shaxs va ular bilan bog'liq bo'lgan ijodiy yo'llar, taqdirlar tutashib jahon musiqali teatr ravnaqi va rivojida muhim omil bo'lib qoldi.
References
1. Muydinov, F. (2022). Methodological Recommendations in Mastering the Nay Musical Instrument. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 218-220.
2. Topildiev, S. (2022). Makom-Invaluable Art. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 261-263.
3. Talaboyev, A. N. (2021). Methods of Effective use of Teacher-Discipleship Traditions in Learning the Art of Makom. International Journal of Culture and Modernity, 11, 389-393.
4. Topildiev, S. (2022, November). A Glance at the History of Makom Art. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 170-172).
5. Madolimov, D. (2022). The Role and Importance of Breath and Pronunciation in Singing. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 231-233.
6. Ismoilova, M. (2022). The Importance of Fret in Uzbek Folk Music. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(5), 39-43.
7. Usarov, G., & Ismoilova, M. (2022). Symphony Orchestra and its Instruments. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 140-142.
I ¡bOH^^Sl 469 http://oac.dsmi-qf.uz
8. Tursunov, B. (2022). About the Performing Generation of National Music Art. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 170-173.
9. Yunusov, G., Abdurahimov, A., & Tursunov, B. (2020). PECULIARITIES OF USING NATIONAL INSTRUMENTS IN PERFORMANING UZBEK FOLKLORE. European Journal of Research volume, 5(10), 62-66.
10. Yuldashev, A. M., Ortiqov, N. M., & Mirzaev, H. A. (2021). Methods of teaching students to work independently in performing musical instruments. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 656-560.
11. Boboyev, V. (2022, October). History of Instrument Performance and Methods of Analysis of Instrumental Works. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 58-62).
12. Madaminov, S. (2021). MUSIQA VOSITASIDA O'QUVCHILARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHGA DOIR TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL ETISH MASALALARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 361-369.