Научная статья на тему '«DIRIJORLIK SINFIDA O’QUV JARAYONINING ASOSIY BOSQICHLARI»'

«DIRIJORLIK SINFIDA O’QUV JARAYONINING ASOSIY BOSQICHLARI» Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
396
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Dirijor / xor / asar / ijrochilik / diksiya / orkestor / partitura / nota yozuvi / kuy / ansambl.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Azamat Rajabov

Ushbu maqolada dirijorlik sinfida o’quv jarayonining asosiy bosqichlari ifodalangan. Bo’lg’usi musiqa o’qituvchisining dirijorlik faoliyati tayyorlash o’zining aniq kasbiy mahoratini o’stirish bilan bo’g’liq ravishda amalga oshiriladi. Musiqa o’qituvchisi – xor rahbari-dirijorning kasbiy mahoratining asosiy jihatlari keng yoritib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему ««DIRIJORLIK SINFIDA O’QUV JARAYONINING ASOSIY BOSQICHLARI»»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. «DIRIJORLIK SINFIDA O'QUV JARAYONINING ASOSIY BOSQICHLARI»

Azamat Rajabov

Buxoro davlat universiteti "Musiqa ta'limi" kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTASIYA

Ushbu maqolada dirijorlik sinfida o'quv jarayonining asosiy bosqichlari ifodalangan. Bo'lg'usi musiqa o'qituvchisining dirijorlik faoliyati tayyorlash o'zining aniq kasbiy mahoratini o'stirish bilan bo'g'liq ravishda amalga oshiriladi. Musiqa o'qituvchisi -xor rahbari-dirijorning kasbiy mahoratining asosiy jihatlari keng yoritib berilgan. Kalit so'zlar: Dirijor, xor, asar, ijrochilik, diksiya, orkestor, partitura, nota yozuvi, kuy, ansambl.

Dirijorlik sinflarida olib boriladigan har bir alohida mashg'ulot darsda bajariladigan vazifa, o'rganiladigan asar yoki uning qismlari,(asar nota yozuvi, partitura), talaba bilan ish olib boriladigan postanovka, talabaning tayyorgarlik darajasi, kamchilik va tugallanmagan ishlar bilan o'zaro farqli va umumiy jihatlari bo'ladi. Bularni bajariladiga ishning ta'limiy xususiyatlariga ko'ra quyidagi bosqichlarga bo'lish mumkin:

1. Musiqiy asarni (xor asarini) fortepiano yordamida o'rganish va talabaning asar ashula yo'lini, agar u ikki, uch, to'rt ovozli bo'lsa barcha ovozlarini yodlashi va imkon qadar partiturani o'rganishi bo'yicha mustaqil (o'qituvchi yordamida va o'zi darsdan tashqari vaqtda) ishi;

2. Musiqa asari xor partiyasi ovozlarini solferino uslubida, so'ngra vokal kuylashga erishish, fortepianoda ovoz partiyalarini chalib nota matni bo'yicha o'z bilimini takshirib borish;

3. Musiqiy (xor) asarni nazariy va amaliy (dirijorlik qismida amal qilinadigan elementlar) jihatdan tahlil qilish va mashg'ulotlar jarayonida e'tiborda tutish;

4. Dirijorlik harakatlari texnikasini takomillashtirib borish, bunda dirijorlikni ifodali, aniq, tushunarli va jozibali bo'lishi nazarda tutiladi.

5. Agarda dirijorlik qilishda vazifalarni oldindan aniq belgilash konsertmeyster jo'rligida dirijorlik qilish.

6. Har bir darsda maktab repertuariga tegishli alohida asarlar bilan ishlash, ya'ni maktab faoliyatiga tayyorlanib borish, o'zini maktab xor jamoasi rahbari-dirijori sifatida his etib zarur ko'nikma va malakalarni egallab borishi.

7. Asar musiqasini (xor ovoz partiyalarini) yozuviga qarab o'qish (qog'ozdan -chitka s lista) va nota yozuviga qadar dirijorlik qilishga erishgach, go'yoki xorga dirijorlik qilayotgandek, nota matnisiz dirijorlik qilish malakalari ustida ishlash.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Taniqli pedagog-dirijor L.M.Andriyeva yozganidek "Dirijrolik sinfida olib

boriladigan har bir dars jonli ijodiy jarayon bo'lib, u qotib qolgan yoki bir andozaga tushib qolgan jarayon bo'lishi mumkin emas. Uning maqsadga muvofiqligi, vazifasi, tuzilishi va mazmuni pedagog tomonidan kuzatib borlishi lozim".

Dars jarayonida o'qituvchi tomonidan mashg'ulotni tashkil etish, olib borish, talaba bilan individual ishlashida quyidagi jihatlarga amal qilishi shart:

- O'quv jarayoni mazmunining barcha qismlarini umumiy maqsad yo'lida birlashtirish, ya'ni bo'lg'usi o'qituvchini xor dirijorligi bo'yicha pedagogik faoliyatga tayyorlash (professional dirijor yoki orkestr dirijori emas);

- Ma'lumotlar uchun belgilangan vazifalarni tugallanganligiga erishish. Bunda har qism elementlar bilan ishlash hajmi,murakkablik darajasi, talabaning iqtidor va qobiliyati hisobga olingan bo'lishi lozim.

- Mashg'ulotlarda talaba tomonidan kerakli bilim va malakalarni egallashning davomiyligi, tizimliligi, oddiydan murakkabga tamoyillariga amal qilishi, o'tilgan va keyingi bosqichdagi vazifalar yoki egallanadigan bilim va malakalar o'rtasidagi mantiqiy bog'lanish bo'lishligi;

- Mashg'ulot davomida fanlararo bog'liqlik, aloqadorlikni amalga oshirish va undan o'rinli va unumli foydalanish, unga talabani ham o'rgatib borish (bolalarni o'rganish va dirijorlik qilishda musiqa ijrochiligi - fortepiano, musiqa nazariyasi, vokal ijrochilig, soferino, musiqa asarlari tahlili kabilar nazarda tutilmoqda).

- O'rganilayotgan asar badiiy-g'oyaviy mazmunidan oqilona va o'rinli foydalanish;

Dars jarayonida pedagogik maqsad va vazifalar aniq bo'lishi , bunda quyidagi jihatlar alohida e'tiborda bo'lishi lozim:

- Xor asarining janrini, xarakterini, g'oyaviy-badiiy mazmuni, turini, ko'rinishini aniqlash va shinga muvofiq vazifalarni belgilash;

- Har bir element ustida ishlash uslub, shakl va vositalarini belgilash;

- Musiqiy mazmunni, obrazni badiiy gavdalantirish (real, hayotiyligi) ustida ishlash.

Mashg'ulotning rejasini tuzishda nimalarga e'tibor qilish kerak. Unda umumiy pedagogikaning nazariy va amaliy metodlariga tayanish mumkin:

- Uy vazifasi tekshirish;

- Fortepianoda talabaning xor ovozlari va partitura ustida ishlashi;

- Ovoz partiyalarini, akkordlarni kuylash;

- Suhbat, savol-javob tarzida asarni tahlil qilish;

- Asarga ton berish (mashor, minorning asosiy uch tovushligini kuylash) va dirijorlikka (kuylashga) sozlanish;

- Musiqiy obrazni, tasvirni, mazmunni badiiy gavdalantirish ustida ishlash;

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

- Darsga yakun yasash, bajarilgan ishlarga qisqacha baho berish, kamchiliklar va yanada e'tibortalab holatlarni izohlash.

Darsda uyga vazifa berish va uning bajarilishi bo'yicha maslahat va tavsiyalar asarni to'liq va mukammal o'rganish va maktab repertuariga mansub asarlarni fortepianoda o'rganish, nota yozuvi, partitura, ovoz parchalarni yoza olish va dirijorlik qilsihda muhim elementlarni aniqlash bo'yicha tanlanadi. Asarni tahlil qilish jarayonida asarning asosiy g'oyasini (she'riy matnga kuy ijod qilishadi va kuy she'r matni g'oyaviy-badiiy mazmuniga mos bo'lishi uning badiiy asar sifatida qiymatini, darajasini belgilaydi) va mazmunini tushuntirishga badiiy obraz, qiyofa, ko'rinishga tavsif berishga erishish va asarning o'ziga xos xususiyatlarini savol va javob tariqasida aniqlash ko'zda tutiladi. Bu o'rinda quyidagi savollarga aniqlik kiritish va talabaning tayyor bo'lishi ayni muddao bo'ladi:

1. Asrning musiqiy shakli qanday? (bir qismli, ikki qismli, uch qismli, to'g'ridan-to'g'ri rivojlanuvchi);

2. Asarning umumiy ohangdorlik va lat ohangdorligi (tonaltosti) qanday? (C-dur, dur, a-moll, e-moll va hokazo);

3. Bayon qilish tarzi qanday? (lirik, tantanali, marshona, raqsona);

4. Ansamblning xususiyatlari (temp, garmonik, melodik, dinamik va h.k.)

5. Metroritmik xususiyatlari qanaqa?

6. Ohang(kuy), sur'at-temp, o'ziga xos nozik va farqli jihatlar nimalarda ko'rinadi?

7. Asar diapazoni qanday?

S. Asar qanday xor uchun yozilgan?

9. Asar necha ovozli va qanday partiyalar uchun mo'ljallangan?

10. Asar tsenturasi qanday?

11. Nafas, soz, ansambllik, vokal-xor jihatdan qanday tahlil qilinadi?

12. Ijrochilik qiyinchiliklari qanday aniqlanadi?

Xor-dirijorligi sinfida ma'lum asarni o'rganish va unga dirijorlik qilish ustida ishlash jarayonida hamma vaqt "auftakt"ni aniq va ravshanligiga, ritmik suratning to'g'ri tanlanishi va asar mazmuniga mosligiga, jumlalarni uzish, pauzalarni aniq cho'zishga mos ravishda bo'lishligi, konsertmeyster va xor ijrochisini uzviyligiga, qo'l harakatining harakat amilitudasiga mos harakatchanligi, turli kichik va katta tovush cho'zimlari kengliklarini qo'lda ifodalash, bunda yelka, tirsak, bilak, barmoqlar (kistlar) ularni plastikligi, ayollar, erkaklar ovoz partiyalariga PP(pionissimo)dan f(forte), ff(fortessimo) gacha ko'tarishlarini yetkaza olish holatlariga qaratishi o'rinli bo'ladi.

Xor asari bilan ishlashda yana bir muhim jihat ijroni "to'xtatish"ga, bunda harakatni tushunarli bo'lishiga erishish lozim. Tovush hosil bo'lishi asosan "mayin"

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. (PP,P), "yumshoq", tovushlarning keskin hujumlari qat'iy namoyon bo'lishini diqqatni

qaratish lozim bo'ladi.

Dirijorlik sinfida maktab xor jamoasini boshqarishga zarur ko'nikma va malakalar olinib, musiqachi-o'qituvchi-dirijor-xor rahbari shaxsi shakllanadi. Dirijorlik mashg'ulotlarida talabalar xor asarini o'qishni, fortepiano ijrosi orqali musiqiy obrazni ochib berishga, jamoa bilan musiqiy muloqoqtni, xorni boshqarish va bunda tovush sifatini nazorat qilishni intonatsiyalarning tiniqligini ta'minlashni o'rganadilar. Bundan tashqari kamerton yordamida tovushni asar tonalligiga sozlash va undan foydalanishni, ijrochilik rejasini qanday tuzishni, kompozitorning uslubini tushunishga ham o'rganadilar. Dirijor o'zining musiqiy dunyoqarashi va mahoratini o'stirishda muntazam shug'ullanishi zarur, shuningdek bu o'rinda xor konsertlariga, xor jamoalari repititsiyalariga borishi va yozib oilngan xor ijrolarini tanlab borishlari yaxshi samara beradi.

Pedagogika oliy o'quv yurtlaridagi "musiqiy ta'lim" yo'nalishida bo'lg'usi musiqa o'qituvchilarini dirijorlikka tayyorlash ishlari konsertmeyster jo'rligida o'tadi. Aynan ana shunday sharoitda bo'lg'usi dirijor asosiy dirijorlik o'lchovlari, sxemalari, dirijorlik aminlitudasi, postanovka, texnikasini ichki his bilan tushunish malakasini egallashga harakat qilishi lozim. Darsda olingan bilim va malakalarni amalda qo'llab, dirijor sifatida shakllanib boradilar.

Bo'lg'usi o'qituvchi-dirijorlar oliy o'quv yurtidagi birinchi kurs, ya'ni birinchi o'quv yilida dirijorlik apparati (postonovka) va imkoniyatlari, dirijorlikning ikki funksiyasi haqida tushuncha: ijroni boshqarish va asar mazmunini ifodalash, dirijorning asosiy holati bilan tanilishi va unda imo-ishora, mimikaning rolini bilish kabi malakalarni egallaydilar. Bu vaqt davomida dirijorlik texnikasini dirijorlik akkorti bilan uyg'unlashtirishga tayyorgarlik amalga oshiriladi. Ohangni taktirovka qilib o'rganish, dirijorlik harakati elementlari-hissalarni ifodalashda siltov, intilish, nuqta, qaytarish kabilarni o'rganadilar. Dirijorlik harakatlarining xususiyatlari - tezlik, tebranish kengligi, harakat ampliturasi, izchillik, kuch, salmoq, yo'nalish, shakl, xcarakter, ritm, jo'shqinlik, diqat - nafas -kirish, ovoz tugashini ko'rsatish, uni harakat orqali tushuntirish, metr - o'lchamlarni ko'rsatishning asosiy shtrixlari ligato, non ligato, oddiy 2/4, %, murakkab 4/4 o'lchamli ritmik ko'rinishni ko'rsatish, qo'l harakatlarining boshlang'ich chegarasi, tur'gun hissalarni ko'rsata bilish, qisqa cho'zimli harakatchan va nozik ohanglarni ijrosini aniq va to'g'ri bo'lishliga, maktab repertuari bo'yicha ishlash bosqichlarini o'rganish asosiy ta'limiy vazifalarni belgilaydi.

O'quv yilining ikkinchi bosqichida dirijorlik bilim va ko'nikmalari hamda malakalarini chuqurlashtirish va dirijorlikda 6/8, 4/4 va 3/8 kabi o'lchamlarni o'zlashtirishga asosiy e'tibor qaratiladi. Dirijorlik tuzilmasida sodda va murakkab

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. o'lchovlarning usullarini farqlash (olti 6/4, 6/8, sakkiz 8/4, 8/2, to'qqiz 9/8, 9/4 va o'n ikki 12/4, 12/8), ohang vazni tezlik kabilar mustahkamlanadi.

Dirijorlikda asosiy shtrixlar - markato, stakkano, aksentlarda tez va yengil boshqarish va bir-biriga o'tish, ularga xos chaqqon va jo'shqin harakatlarni puxta bajarish, PP(panissimo)dan ff(fortessimo)gacha kira olish, har bir qo'l harakitning ritmik ko'rinishi, qarama-qarshilikdagi asarlar ustida ishlashni puxta o'zlashtirish.

Ikkinchi yilning o'quv mazmunini maktab repertuari bo'yicha qo'shiqlarni dirijorlikka moslashtirish, bir vaqtning o'zida bir qo'l bilan ham vokal partiyani ham fortepiano ijrosini boshqarish, bir qo'l bilan fortepianoda chalish kabi ancha murakkab vazifalarni bajarish kabilar tashkil etadi. Badiiy-musiqiy obrazlar, musiqiy tili, bayon qilish usuli murakkab bo'lgan asarlar o'rganiladi.

O'quv davrining uchinchi yilida kuylash va dirijorlik dilish, ijrochilik vazifalari murakkab, turli uslubdagi asarlarga dirijorlik qilishga o'rganiladi. Masalan, kantata, syulta qismlari va shu bilan birga bolalar xori uchun mo'ljallangan asarlar ustida ish olib boriladi. Dirijorlik ijrosi mahorati mukammallashtiriladi. Bu o'rinda musiqiy mazmunni gavdalantirish, o'ta murakkab usullarni egallash, vazmin va og'ir sur'atdagi yengil ovoz, pauzadagi fermatolar va davomli krishendo (kreshchendo), dimuniendo, shuningdek 5,7,9, (5/4, 7/4, 9/8) hissali o'lchovlar, o'zgaruvcha aralash o'lchovlar ozlashtirilib, partitura va qo'shiqning bir vaqtda yangrashi va ularni uyg'un ifodalash ustida ishlanadi.

O'quv yilining uchunchi yilida umumta'lim maktablaridagi yuqori sinflari repertuariga katta ahamiyat beriladi. Maktabdagi amaliy ishlarga, talabaning xor jamoasi bilan mustaqil ishlah mahoratini o'stirishga keng o'rin berish lozim. Maktab yoki maktabdan tashqari muassasalardagi amaliy ishga tayyorlanishdan oldin qo'shiq o'rganish, unga dirijorlik qilish va xor jamoasi bilan ishlash usullarini o'rganish kerak. Buning uchun talabada kamida 10-15 ta zahira asarlar (ya'ni ularni yaxshi ozlashtirgan, o'sha asarlarni qiynalmay o'rgata oladigan) bo'lishi lozim.

O'quv davrining to'rtinchi yilida murakkab janrdagi asarlar, kantata, operalardan ayrim xorlarni o'rganish maqsadga muvofiq bo'ladi. Dasturga ko'p ovozli polifonik asarlarni kiritish kerak bo'ladi. Dirijorlik texnikasini namoyish etish, musiqiy badiiy obrazni gavdalantirishda talabani mustaqil ishlashga (pedagog yordamisiz) imkon beriladi. Xor asarni o'rganish, unga dirijorlik qilishda ifodalilik, obrazlilik, ta'sirchanlik asosiy tayanch bo'lishi kerak. Sinov asarlarini tahlil qilish, xor bilan ishlashga imkon qadar ko'proq vaqt ajratiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Azamat Radjabov. Content of preparation of students for development in account process//International scientific research journal.2021/02/16.54-61

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

2. Раджабов А.Ш. Содержание подготовки студентов к ведению деятельности в

учебном процессе//Наука техника и образование 2021/02/19.

3. Rajabov Azamat Sharifovich The study process in the conducting class main stages//Eurasian journal of academic research 2021/06/05.436-441

4. Azamat Sharifovich Rajabov. Markaziy osiyo musiqa ilmi va musiqa sozlari haqidagi bilimlarni o'quvchi yoshlarning musiqa madaniyatini shakllantirishdagi o'rni va ahamiyati// SCIENTIFIC PROGRESS 2021/04/01 264-271

5. Azamat Rajabov. The study process in the conducting class main stages// Innovation in the modern education system 2021/06/25 172-178

6. Rajabov Azamat Sharifovich.Sharq mutafakkirlarining cholg'u sozlari rivoji va takomillashuviga qo'shgan hissalari//O'zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar 27-ko'p tarmoqli ilmiy masofaviy onlayn konferensiya 2021/30/04 36-38

7. Azamat Rajabov. Musiqa o'qituvchilarini tayyorlash jarayonida dirijorlik fanining maqsad va vazifalari yoshlar hayotida ma'naviyatning tutgan o'rni// Ижтимоий сох,ани модернизациялаш контекстида педагогик таълим тараккиёти:муаммо ва истикболлар республика илмий-амалий анжуман.2021/05/28 201-203

8. Ражабов А.Ш. Дирижирование, хор и управлениеим// Вестник науки и бразования.2020/10/02 112-115

9. Azamat RAJABOV. Markaziy Osiyoda musiqa san'ati va cholg'u ijrochiligining rivojlanishi//Pedagogik mahorat.2020/12/06 202-204

10.A.Rajabov. The Importance of Conducting Science in the Preparation of Music Educators//Test engineering management. 2020/03/24 2681-2688

11. Azamat Rajabov. The development of music and instrumental performance in Central Asia// International Journal of Applied Research. 2020/03/18 95-97

12. AZAMAT RAJABOV. AN'ANAVIY XONANDALIK o'quv qo ' llanma//Durdona.2020/06/30

13. Azamat Rajabov. MARKAZIY OSIYO FIKR TARAQQIYOTIDA MUSIQA ILMI VA MUSIQA SOZLARINING TUTGAN O'RNI. Monografiya//Globe Edit.2021/01/22

14. Rajabov Azamat Sharifovich. Musiqa xonandaligida erkaklar va ayollarning ovoz apparati turlari//Metodologik uslubiy qo'llanma.2020/

15. Rajabov Azamat Sharifovich. Vokal va zamonaviy musiqada texnologiyalarning qo'llanilishi//Metodologik uslubiy qo'llanma.2020/

16. Азамат Шарифович Ражабов. Непредвиденность, неупорядоченность и незафиксированность в нотах// SCIENTIFIC PROGRESS//2021/08/23. 594599

17. Азамат Шарифович Ражабов. Функциональные механизмы защиты голосового аппарата по вокалу, форма музыкального индетерминизма// SCIENTIFIC PROGRESS//2021/08/23. 600-606

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

18. Азамат Шарифович Ражабов. Музыкальный профиль и тяжесть в композиции принцип неопределенности музыкального материала или формы// SCIENTIFIC PROGRESS//2021/08/23. 607-612

19. Азамат Шарифович Ражабов. Измерение свойств многомерного разнообразия аккордов в музыцирование, музыка в «вариабельных» и «многозначных формах»// SCIENTIFIC PROGRESS//2021/08/23. 613-617 с.р.

20. Ражабов А. Укувчиларда мусикий тасаввур шаклланишининг психологик асослари// "Педагогик махррат" 2020/06/05 129-132

21. Ражабов А. Влияние музыки на психофизическое состояние человека//Психология илмий журнал 2020/03/03 73-78 с.р.

22. Ражабов А. Кубровия тарикатида комил инсон масаласи//Жах,он маданий цвилизацияси контекстидаги Хожагон, Накшбандия тасаввуфий таълимотлари илмий-маънавий меросининг умумбашарий ахдмияти 2020/2-бет

23. Ражабов А. Булажак мусика укитувчиларининг бадиий дидини шакллантириш// "Бухоро-Шашмакоми:тарихий-назарий ва амалий масалалари" 2019/2.56-58

24. Ражабов А. Анъанавий мусика ижрочилиги таълимини такомиллаштириш омиллари// «Конституция Республики Узбекистан: наука, образование и воспитание молодёжи 2017/ 126-127 с.р.

25. Ражабов А. Кейс как комплект организационно-методического обеспечения дистанционного обучения// «Образование и культура векторы сотрудничество» /2017/ 237-238 с.р.

26. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

27. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

28. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

29. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.