Научная статья на тему 'DEHQONOBOD TUMANINING BA’ZI BIR TURISTIK VA REKREATSION MASKANLARI'

DEHQONOBOD TUMANINING BA’ZI BIR TURISTIK VA REKREATSION MASKANLARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
413
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ziyorat turizmi / rekreatsiya / Dehqonobod tumani / Sarg’ay ota ziyoratgohi / Kamol buloq / Xo’jai Pok karst bulog’i. / pilgrimage tourism / recreation / Dehkanabad district / Sargay ota shrine / Kamol spring / Khojai Pok karst spring.

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Husniddin O’rozdavlat O’g’li Xoliqov, Furkat Turakulovich Rajabov

Maqolada Dehqonobod tumanining ba’zi bir turistik va rekreatsion maskanlari yoritilgan. Sarg’ay ota ziyoratgohi, Kamol buloq, Xo’jai Pok karst bulog’ining o’ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME TOURIST AND RECREATIONAL PLACES OF DEHKANABAD DISTRICT

The article covers some tourist and recreational facilities in Dehkanabad district. The peculiarities of Sargay ota shrine, Kamol spring, Khojai Pok karst spring are analyzed.

Текст научной работы на тему «DEHQONOBOD TUMANINING BA’ZI BIR TURISTIK VA REKREATSION MASKANLARI»

DEHQONOBOD TUMANINING BA'ZI BIR TURISTIK VA REKREATSION

MASKANLARI

Husniddin O'rozdavlat o'g'li Xoliqov Furkat Turakulovich Rajabov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat Toshkent viloyati Chirchiq davlat

pedagogika institut talabasi pedagogika instituti kafedra mudiri

ANNOTATSIYA

Maqolada Dehqonobod tumanining ba'zi bir turistik va rekreatsion maskanlari yoritilgan. Sarg'ay ota ziyoratgohi, Kamol buloq, Xo'jai Pok karst bulog'ining o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: ziyorat turizmi, rekreatsiya, Dehqonobod tumani, Sarg'ay ota ziyoratgohi, Kamol buloq, Xo'jai Pok karst bulog'i.

SOME TOURIST AND RECREATIONAL PLACES OF DEHKANABAD

DISTRICT

ABSTRACT

The article covers some tourist and recreational facilities in Dehkanabad district. The peculiarities of Sargay ota shrine, Kamol spring, Khojai Pok karst spring are analyzed.

Keywords: pilgrimage tourism, recreation, Dehkanabad district, Sargay ota shrine, Kamol spring, Khojai Pok karst spring.

KIRISH

Qashqadaryo viloyati o'zining tabiiy geografik sharoitiga bog'liq holda bir qancha turdagi tabiiy rekreatsiya obyektlariga, xususan, gidrologik resurslarga boyligi bilan ajralib turadi. Jumladan, Hisor tog'ining janubiy-g'arbiy tarmoqlarida (Qashqadaryo hududida) shifobaxsh suvlar, ko'hna archalar, go'zal sharsharalar va ziyoratgoh joylar yurtimizning betakror ekoolamiga ega ekanligidan dalolat beradi. Mazkur resurslardan dam olish va davolanish maqsadlarida samarali foydalanishni tashkil etish uchun ularni ilmiy amaliy jihatdan tadqiq etish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Hozirgi vaqtda, viloyatda rekreatsiya va turizm sohasi jadal rivojlanib bormoqda. Bu borada Dehqonobod tumanida joylashgan rekreatsiya va turizm obyeklari o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Tumanning ko'zga ko'rinarli turistik obyeklaridan biri Sarg'ay ota ziyoratgohi hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Sarg'ay ota ziyoratgohi qadimdan mashhur ziyoratgohlardan biri hisoblanadi. Bu ziyoratgoh XV-XVI asrlardan beri mavjud bo'lib, unga salkam 5-6 asrdan buyon

mahalliy aholi ziyoratga borishadi. Bu joyni aholi shifo maskani sifatida juda qadrlaydi. Ziyoratgoh Hisor tog'ining janubi-g'arbiy tarmoqlarining Dehqonobod tumani hududiga kirib kelgan qismida, dengiz sathidan qariyib 1500 metr balandlikda, Dehqonobod tuman markazidan 40-45 km uzoqlikada joylashgan. Shuning uchun ham tabiati o'ziga xos hisoblanadi. Uning atrofi o't-o'simliklar va daraxtlarga boy. Daraxtlardan archa, zarang, do'lana, zirk, namataklar o'sadi. Shuningdek, bu yerda o'suvchi turli xil dorivor o'simliklar yalpiz, kiyik o't kabilari mahalliy tabobatda ham ishlatiladi.

NATIJALAR

Sarg'ay ota ziyoratgohi ga ziyorat qilish uchun mahhalliy aholidan tashqari qo'shni tumanlar va viloyatlardan ham ziyoratchilar kelishadi. Sarg'ay ota ziyoratgohida aprel, may oylaridan (odamlar gavjum bo'lib boshlaydigan vaqt) boshlab har haftaning chorshanba kuni o'rtacha 4-5 ta qo'y so'yilib ehson qilinadi. Aynan chorshanba kunida ziyoratgohni ziyorat qilish uchun ko'plab odamlar borishadi.

Ziyoratgohga eltuvchi yo'l infratuzilmasi yaxshi rivojlanmaganligi bois avtomabillarda borishga qiyinchilik tug'diradi. Bu yerga odamlar nafaqat ziyorat qilish uchun, balki salqin tabiat qo'ynida dam olish hamda baland tog' manzarasidan bahramand bo'lish uchun ham tashrif buyuradi. Chunki, bu yerdan juda ko'plab maftunkor archazorlar hamda salqin havo, chuchuk suvli buloqlar ko'pligi ham rekreantlarni jalb qiladi.

Bu yerda ziyorat hamda dam olish turizimini rivojlantirish va ko'proq odamlarni jalb qilish uchun quyidagi chora tadbirlarni amalga oshirilish maqsadga muvofiq:

1. Yo'l infratuzilmasini yaxshilash, elektr tokini (quyosh batariyasida bo'lsa ham) tashkil qilish zarur.

2. Ziyoratgohga mahalliy va uzoqdan kelganlarning tunab qolishi uchun mehmonxona yoki mehmon uylarini barpo etish va avtoturarjoylarni tashkil etish maqsadga muvofiq.

3. Ziyortga kelganlar uchun xizmat ko'rsatuvchi sohalarni yo'lga qo'yish talab etiladi.

Ushbu kabi ishlar amalga oshirish, o'ylaymizki, Sarg'ay ota ziyoratgohida turistlar oqimini yanada oshishiga xizmat qiladi.

Dehqonobod tumanining yana bir rekreatsiya maskani bu Kamol buloq bulog'i hisoblanadi. Kamol buloq bulog'i Dehqonobod tuman markazidan 15-20 km uzoqlikda joylashgan bo'lib, atrofi qir va tekislikardan iborat. U shifobaxshligi bilan mashhur bo'lib, suvi kishi tanasiga singib, organizmni tetiklashtiradi. Kamol buloq suvini iste'mol qilgan qishloq ahli hozirgacha umuman yuqumli kasalliklarga chalinmagan. U yerdagi aholining yashash tarzi boshqalardan farq qiladi. Keksa odamlarning ko'pligi ularning uzoq umr ko'rishidan dalolat bersa, yoshlarni g'ayratini ko'rib ularga sog'lom hayot tarzining mavjudligining guvohi bo'lasiz. Shuningdek, ular yuqumli gepotit kasalligi, shuningdek, oshqozon ichak kasalligi, buyrakda tosh hosil

bo'lish kabi kasalliklari bilan ham og'rimagan. Aksincha gepotitga chalingan, jigar seryozi, buyrakda tosh mavjud kishilar Kamol buloq suvidan shifo topganligi ta'kidlanadi.

Kamol buloq bulog'ining tarixini o'rganish uchun uni ochgan Kamol akani suvbatini oldim. U kishi shunday deydi: Bundan roppa-rosa 16 yil avval 2005-yilda, dalada qo'y boqib yurardim. Har kuni buloq atrofidan o'tardim. Atrofi jing'il, har xil o't-o'simliklar o'sardi. Suvi esa atrofidan sizib chiqib turardi. Kunlardan bir kuni, buloq atrofida o'tirgandim birdan tayoq bilan kovlay boshladim va suvi qaynab chiqib kelaverdi. Ozgina kovladim va suvini tinitib ichib ko'rdim. Suvi esa men o'ylaganday emas, nihoyatda chuchuk va shirin ekan. Bizda esa ichimlik suvi muammo bo'lganligi sababli bu buloqni ertasiga kattaroq qilib qazidim. So'ngra qo'shnilarimiz bilan ichimlik suvi sifatida xo'jaligimizda foydalana boshladik. 2-3 yillab bu suvdan ichimlik suvi sifatida foydalandik, lekin uning shifobaxsh ekanligini bilmasdik. 2008-yillar atrofi edi chamamda. Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidan qarindoshlarimiz mehmondorchilikka kelishdi. Qarindoshimizning bir yosh farzandining buyragida tosh bor ekan. Ular esa erta-indin yana aparatga tushirib davolanishni boshlashini aytdi. Ular bir-ikki kundan keyin qaytib ketishdi. Oradan 3-4 kun o'tib menga qo'ng'iroq qilishdi. Sizning bu qazgan bulog'ingiz shifobaxsh ekan. Doktorlar bizga buyrakdagi tosh avvalgidan qisqargan. Farzandingiz qandaydir shifobaxsh buloq suvidan ichgan debdi. Shundan so'ng buloq suvidan kelib olib ketishdi va bir necha oyda toshdan asar ham qolmadi. Bundan tashqari qarindoshimdan bu gapni eshitganimdan, qishlog'imizning bir otaxonlaridan biri shifoxonada buyrakdagi tosh muammosidan davolanayotgan edi. Men esa birdan otaxonga xabar berdim. Shifoxona joniga tekkan otaxon ertasiga keldi. Otaxon ham buloq suvidan istemol qila boshladi va 15-20 kun ichida ancha tetiklashdi. 1-2 oy ichida esa otaxonning buyragidagi toshdan asar ham qolmadi.

Bu kabi hodisalardan keyin hech qanday reklamalarsiz butun qishloq, mahalla hatto qo'shni qishloqlarga yetib bordi. Ko'pchilik iste'mol qila boshladi. Buloq suvi nafaqat buyrakdagi tosh muammosini balki, prostata, ichakdagi turli shamollashlar, qon aylanishini, oshqozon dam bo'lishi-yu qon bosimini me'yorga keltitib qo'ydi. Bu kabi kasalliklarni davolashda nafim tekkani meni juda ham quvontirdi. Buloq tog' yonbag'rida joylashganligi (mashinalar chiqishga yo'l yo'qligi) sababli 250-300 metr uzunlikdagi shilanka bilan tekislikka ancha qulay joyga tushirdim. Bundan tashqari kichikroq bir hovuz ham qurdim. Chunki, odam ko'payib ketgan paytda quduqdan ham foydalanishadi. Bu buloqni yana bir xususiyatli jihati shundaki, suvining me'yori o'zgarmaydi ya'ni to'rt faslda ham bir me'yorda suv chiqadi. Hozirgi paytda esa yoz oylari buloqning o'ziga kelib davolanib ketishi (buning uchun bir necha kun qolishlari kerak bo'ladi) uchun kichik dam olish joylarni qurishni boshladim, deb so'zini yakunladi Kamol aka.

Kamol bulog'ining suvi magniy-sulfat, kalsiy, natriy, kaliy va boshqa turli foydali mineral moddalarga boyigi bilan ajralib turadi. Suv kishi tanasidan o'tni surish, uni suyultirish, peshobni haydash, qon bosimini pasaytirish, buyrakdagi toshlarni tushirish, oshqozonni me'yoriy holatga keltiradi. Kamol buloq suvi insonning o't pufagi, oshqozon, jigar va boshqa ichki organlarini yuvib, darddan forig' etishda zamonaviy qo'llanilayotgan gemozeddan bir necha barobar afzal. Dehqonobod tumanidagi shifokorlari ham ushbu kasalliklar bilan og'rigan bemorlarga Kamol buloq suvini tavsiya etishadi.

Kamol buloq suvidan nafaqat mahalliy, tuman aholisi balki boshqa viloyat va respublikamizning barcha hududlaridan bemorlar tashrif buyurmoqda. Ba'zi vaqtlarda bu suv uzoq cho'zilgan navbat hosil qilib qolishi olis hududlardan kelganlarning uylariga kech qolishi va yo'llarning yaxshi ta'mirlanmaganligi hayot uchun biroz xaf tug'diradi. Buning uchun bir qancha vazifalarni amalga oshirish zarur bo'ladi. Xususan, bu yerda rekreantlar uchun infratuzilmani yaxshilash maqsadga muvofiq.

Ta'kidlash joizki, Dehqonobod tumanida mavjud shifobaxsh buloqlardan yana biri tumanning janubi-g'arbi qismida joylashgan Xo'jai Pok karst bulog'idir. Bu buloqdan shifobaxsh o'ziga xos bo'lgan oq tuz aralashli suv chiqib turadi va buloq atrofida kichik (taxminan bo'yi 50 metr, eni 50 metr) ko'lni hosil qiladi. Ya'ni bu ko'l ayollar va erkaklar uchun alohida cho'milishga mo'ljallangan.

Bu buloq suvidan cho'milib chiqqach o'ziga xos shifobaxshlik xususiyatga ega bo'lgan balchiqqa ko'miladi. Bu balchiq issiq bo'lib, doimiy 20-25 C atrofida bo'ladi. Yoz oylari esa nihoyatda qizib ketadi. Bu balchiqdan chiqqach, issiq vannalarda yuvinib olinadi.

Buloq suvi tarkibi juda ham shifobaxsh bo'lib, odamlar u joyga har xil bo'g'im og'riqlari, qon tomir, har xil ichki a'zo kasalliklari va boshqa shunga o'xshash kasalliklarga davo topish uchun boradilar. Bu joyda Xo'jai pok nomi bilan mashhur ziyoratgoh ham mavjud. Bunday shifobaxsh suv, ya'ni oltingugurt vodorodli suvlar, chuqur ohaktoshli qatlamlar bag'rida kislorod gazining siyrakligi sababli organik moddalarning parchalanishidan hosil bo'ladi. Oltingugurt va vodorod ionlari bunday suvlar tarkibida 40-60 mg/l dan ortiq holda uchraydi. Bu kabi suvlarni insonlar ichganda, juda ko'p kasalliklarga davo topishadi. Masalan, medasi, yuragi xasta, ichki a'zolari va badanida yarasi borlar ushbu suvdan iste'mol qilib, cho'milib tursa shifo topadi. Respublikamizdagi bunday buloqlar kamyob tabiat hodisasi sifatida qadrlanib, davolanish maskaniga aylantirilmoqda.

Hozirgi paytda Xo'jai pok bulog'iga faqatgina yoz oylarida respublikamizning turli hududlaridan insonlar kelib hordiq chiqarib ketishmoqda. Agar bu maskanda ham davolanish sanatoriyasi, mehmonxona tashkil etilsa, nafaqat qo'shni tumanlar balki respublikamizning barcha viloyatlaridan insonlar kelib yil davomida davolanishlari uchun sharoit yaratilgan bo'lar edi.

XULOSA

Shunday qilib, Dehqonobod tumani to'g' va tog' oldi hududlarida joylashganligi bois ko'plab shifobaxsh buloqlar va ziyoratgohlar mavjud. Bugungi kunda ulardan samarali foydalanish maqsadida ziyoratchilar va rekreantlar uchun qulay xizmat ko'rsatish infratuzilmasini rivojlantirish maqsadga muvofiq.

REFERENCES

1. Turakulovich, R. F. (2016). Development Uzbekistan farm enterprises and specialization of the geographical factors. European science review, (9-10).

2. Ражабов, Ф. Т. (2015). Социально-экономическая и демографическая ситуация в Кашкадарьинской области Республики Узбекистан. Europaische Fachhochschule, (10), 33-34.

3. Ражабов, Ф. Т. (2015). Региональные особенности развития сельского хозяйства Республики Узбекистан (на примере Кашкадарьинской области). Социально-экономическая география. Вестник Ассоциации российских географов-обществоведов, (1), 194-200.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.