TEXNOLOGIYA
UDK-664-4
"DEHQONOBOD KALIY ZAVODI" HUDUDIDAGI ICHIMLIK SUVLARINING UMUMIY QATTIQLIGINI SINTEZ QILISH. CA VA MG IONLARINING MIQDORINI
ANIQLASH
Raxmanov Begzod Abdixamidovich Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, o'qituvchi, b. [email protected]
Usmonova Rayhona Amirqul qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, talaba, [email protected]
Muhidilayev Jahongir Nuriddin o'g'li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, talaba, [email protected]
Anotatsiya. Ushbu maqolada "Dehqonobod kaliy zavodi" AJ ning markaziy labaroratoriyasida suvning umumiy qattiqligini anqilash, ishqoriyligini aniqlashning eng qulay usullaridan foydalanish, standart eritmalarni tayyorlash hamda har bir eritmadan Cl, Ca va Mg ionining miqdori aniqlashda foydalanish va istemol uchun yaroliligi tekshirildi.
Аннотация. В данной статье проверено использование наиболее удобных методов определения общей жесткости воды, определения ее щелочности, приготовления стандартных растворов, определения количества ионов Cl, Ca и Mg в каждом растворе и пригодности его к употреблению. в центральной лаборатории АО «Дехганабадский калийный комбинат».
Abstract. This article tests the use of the most convenient methods for determining the total hardness of water, determining its alkalinity, preparing standard solutions, determining the amount of Cl, Ca and Mg ions in each solution and its suitability for use in the central laboratory of Dehganabad Potash Plant JSC.
Kalit so'zlar: standart eritmalar, kalsiy, magniy, ABS ( Ph 10,1), Trilon-B, titrlash, xlor, kumush nitrat, natriy gidroksid.
Ключевые слова: стандартные растворы, кальций, магний, АБС (Ph 10.1), Трилон-Б, титрование, хлор, нитрат серебра, гидроксид натрия.
Key words: standard solutions, calcium, magnesium, ABS (Ph 10.1), Trilon-B, titration, chlorine, silver nitrate, sodium hydroxide.
Kirish. Suv haqida umumiy ma'lumot.
Qutbli molekula Qisman musbat va qisman manfiy qismlar bo'lishini ta'minlovchi asimmetrik ichki zaryad taqsimotiga ega bo'lgan neytral yoki zaryadlanmagan molekula.
Kogeziya Muayyan turdagi molekulalar orasidagi o'zaro tortishish
Adgeziya Har xil turdagi molekulalar orasidagi o'zaro tortishish
Zichlik Moddaning birlik hajmiga to'g'ri keladigan massasi
Solishtirma issiqlik sig'imi Bir gramm modda haroratini bir kelvinga oshirish uchun sarflanadigan issiqlik miqdori
Bug'lanish issiqligi Bir gramm suyuqlik massa birligini turg'un haroratda gaz holatiga o'tishi uchun zarur energiya miqdori
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
Suvning o'ziga xos xossalari.
1. Suv qutblidir. Suv molekulalari qutbli, vodorodlar qisman musbat, kislorodlar esa qisman manfiy zaryadga ega bo'lib, egilgan umumiy strukturaga ega. Buning sababi shundaki, kislorod ko'proq elektromanfiy ya'ni elektronni jalb qilishda vodoroddan ustunroqdir.
2. Suv eng yaxshi erituvchi. Suv ko'pgina qutbli va ionli moddalarni eritib yuboruvchi noyob xossaga ega. Bu barcha tirik mavjudotlar uchun juda muhimdir, chunki suv aylanish jarayonida o'zi bilan birga ko'pgina kerakli oziq moddalarni ham tashiydi!
3. Suv yuqori issiqlik sig'imiga ega. Muayyan miqdordagi suvning haroratini bir darajaga ko'tarish uchun juda ko'p energiya talab etiladi, shuning uchun suv atrof-muhit haroratini tartibga solishda yordam beradi. Masalan, bu xususiyat atmosferadagi o'zgaruvchan haroratga qaramasdan hovuzdagi suvning harorati kundan tungacha nisbatan barqaror turishiga imkon beradi.
4. Suv yuqori bug'lanish issiqligiga ega. Odamlar (va terlaydigan boshqa hayvonlar) sovitish uchun suvdagi yuqori bug'lanish issiqligidan foydalanadi. Bug'lanish issiqligiga erishganda suv suyuq shakldan bug' shakliga o'tadi. Ter asosan suvdan iborat bo'lgani sababli bug'lanadigan suv tanadagi ortiqcha issiqlikni o'zlashtiradi va u atmosferaga chiqariladi. Bu sovutuvchi bug'lanish deb nomlanadi [5].
5. Suv kogeziv va adgeziv xususiyatlarga ega. Suv molekulalari bir-biri bilan vodorod aloqalarini hosil qilish qobiliyati tufayli kuchli kogeziv (biriktiruvchi) kuchlarga ega. Kogeziv kuchlar uchun suyuqlik yuzasi zo'riqish yoki stress ostida qolganda uning yorilishga qarshi xizmat qiluvchi sirt tarangligiga moyillik uchun javobgardir. Suv, shuningdek, o'zidan boshqa moddalarga ham yopishib olishga imkon beruvchi adgeziv (yopishish) xossalarga ham ega. Ushbu kogeziv va adgeziv xossalar hayotning ko'p shakllarida suyuqlikni tashish uchun zarurdir. Masalan, ular ozuqa moddalarini daraxtning tepasiga tortishish kuchiga qarshi tashishga imkon beradi.
6. Suv qattiq holatga qaraganda suyuq holatda zichroqdir. Suv muzlashi natijasida molekulalar kristall tuzilishga o'tib, natijada molekulalar orasini suyuq holatdagidan ko'ra ko'proq uzoqlashtiradi. Bu shuni anglatadiki, muzning zichligi suvga nisbatan kamroq, shuning uchun u suv ustida qalqiydi.
7. Suvning umumiy qattiqligi shu qattikliklar yig'indisiga teng. Umumiy qagtiklik 1 l suvdagi kalsiy va magniy ionlarining milligrammekvivalentlari yigindisi (mgekvG'l) bilan o'lchanadi. Qattiqligi 1-1.5 mgekv/ litr bo'lgan suv o'ta yumshoq, 1.5-3 mgekv/l dan kam bo'lgan suv yumshoq, 3—6 mgekv/l bo'lgan suv o'rtacha, 6-10 mgekv/l o'rtacha qattiq, 10 mgekv/l dan ortiq bo'lgan suv esa juda qattiq suv hisoblanadi. Tabiiy Suvning qattiqligi turlicha. Daryo va ko'l suvining qattiqligi 0,1—0,2 mgekv/l (tayga va tundra), yer osti suvi, dengiz va okean suvining qattiqligi 80— 100 mgekv/l Suvning qattiqligi tufayli bug' qozonlari devorlariga cho'kmalar cho'kadi, kir yuvganda sovun ko'p sarflanadi. Qattiq suvda sabzavot, go'sht yaxshi pishmaydi va hokazo [6].
Tajribaviy qism. Suvning umumiy qattqiligini aniqlashda dastavval olib kelingan namunadan 100 ml slindrga o'lchab oldik hamda 200ml kolbani yaxshilab quyib olamiz. Namunaning ustiga 5 ml ABS (Ph 10,01) bo'lgan standart eritmadan quyib olamiz. Shu namunaning ustiga 2-3 tomchi indikator qo'shamiz. Bu laboratoriyada indikator sifatida xromotemnosiniydan foydalandik. Suvning umumiy qattiqligini aniqlash uchun 0,1 n li Trilon-B da titrlanadi, shunga qarab suvning umumiy qattiqligi anqilanadi. Titrlash jarayoni ekvivalent nuqtasiga yetguncha titrlash davom etadi, ya'ni rangi o'zgargungacha. Titrlash jarayoni 2-3 marotaba takroran bajarildi. Uning rangi avvalo qizil keyin ko'k rangga o'tdi. Titrlash to'xtatildi. Shu bilan suvning umumiy qattiqligi aniqlandi. Suvning umumiy qattiqligini aniqlash orqali Ca va Mg ning miqdorini aniqlashimiz mumkin. Ca miqdorini aniqlash uchun quyidagi jarayon amalga oshiriladi. Buning uchun olib kelingan namunadan 100 ml silindrga o'lchab olinib 250
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
TEXNOLOGIYA
ml li kolbaga solib olamiz. Bunga 2 n li NaOH ishqorini 2 ml pipetka bilan o'lchab olib ustiga quyamiz va titrlashni boshlaymiz. Ustiga indikator (mureksid)dan oz-ozdan qizil rangga kirguncha soldik. Titrlash davomida indikatordan В ml sarflandi. Bunda avvalo G,1 n li Trilon-B (etilendiamin tetra atsetatning natriyli tuzi) titrlanadi. Ketgan titrga qarab suvdagi Ca miqdori aniqlanadi. Suvning qattiqligidan aniqlangan Ca miqdori ayirib tashlansa Mg ning qattiqligi kelib chiqadi[4].
1-jadval
"Dehqonobod kaliy zavodi" hududidagi ichimlik suvlarining umumiy qattiqligini sintez
Namuna olish joyi H2O ning umumiy qattiqligi. Ca+ miqdori. Mg+ miqdori.
Oshxonadan 7,8 mg.ekv/l 3,7 mg.ekv/l 4,1 mg.ekv/l
Flotatsiya bo'limidan 7,6 mg.ekv/l 3,8 mg.ekv/l 3,8 mg.ekv/l
Ruda omboridan 7,3 mg.ekv/l 3,2 mg.ekv/l 4,1 mg.ekv/l
Qadoqlash bo'limidan 7,5 mg.ekv/l 3,6 mg.ekv/l 3,9 mg.ekv/l
Yo'lakdagi ichimlik suvi 7,5 mg.ekv/l 3,5 mg.ekv/l 4,G mg.ekv/l
Ishqoriylgini aniqlashda quyidagi tajribani bajardik. 100 ml suvga indikator fenolftaleindan 2-3 tomchi qo'shilganda rangi o'zgarmadi. Keyin esa boshqa indikator bilan bajarib ko'rdik. Metil zarg'aldog'idan ham bir necha tomchi tomizilganda esa rangi o'zgardi. Bu indikator uni qizil rangga o'tkazdi. Hamda 0,1 n li HCl kislota eritmasi bilan titrlab ko'rdik, bunda esa shaftoli rangga kirdi. Buning uchun HCl kislotaning 10 % li eitmasidan 3,2 ml sarflandi.
Barcha tajribalarimizda standart eritmalardan foydalandik. Bu standart eritmalarni tayyorlash usullarini ham o'rgandik. Bu usullardan quyidagilarni keltirishimiz mumkin.
1. Trilon-B fiksanaldan tayyorlanadi, ya'ni 0,1 g ekv/l li fiksanal boyka bilan tishilib, 1 l li o'lchov kolbaga solib metkasigacha distillangan suv bilan to'ldiriladi va 0,1 n li eritma hosil bo'ladi[1].
2. ABS tayyorlash. 20 g NH4O ni distillangan suv bilan eritib 200 ml 25 % li NH3 qo'shib 1 l li o'lchov kolbaga solib metkasigacha distillangan suv bilan to'ldirilib, aralashtiriladi. Bunda esa Ph 10,01 bo'lishi lozim[3].
3. Indikator xromotemnosiniy tayyorlash. 0,5 g indikatorni 20 ml ABS bilan eritib 100 ml o'lchov kolbasiga solib metkasiga yetguncha 96 % li etil spirt bilan to'ldiriladi. Hosil bo'lgan eritmani yahshilab aralashtiriladi. Bu indikator xromotemnosiniy suvning umumiy qattiqligini aniqlashda foydalanamiz.
Ca va Mg standart eritmalari.
1. 2n li NaOH tayyorlash. 80 g NaOH ni 1n li termostoykiy o'lchov kolbaga eritib, sovugandan keyin metkasigacha distillangan suv bilan to'ldiriladi.
2. Indikator mureksid tayyorlash. 0,2 g indikator mureksid va 100 g NaCl ni analitik taroziga tortib olib farfarovoy stupkaga solib pioetka bilan yahshilab aralashtiriladi.[2]
Xulosa. "Dehqonobod kaliy zavodi" AJ ning markaziy labaroratoriyasida suvning umumiy qattiqligini anqilash o'rganib chiqildi. Bunda standart eritmalar hamda indikator tanlash eng muhim omillardan biri ekanligi anqilandi, tajribalarimiz . " Dehqonobod kaliy zavodi" AJ ning markaziy labaroratoriyasida olib borildi. Eng qulay usullarda natija olish imkoniyatlarini yaratdi. Birgina suvning qattiqligini aniqlash orqali bir qancha reogentlarimizni aniqlik darajasini aniqlash imkoniyati tug'ildi.
ADABIYOTLAR
1. Rahmonov, B. A., Eshqurbonov, F. B., & Ahatov, B. B. (2G22). XONDIZA POLIMETALL KONIDAGI OLINGAN RUDA MAYDALANISH DARAJASI
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
21В
TEXNOLOGIYA
AJRATILADIGAN MIS KONSENTRATI UNUMIGA TA'SIRI. KOMPOZITSION MATERIALLAR, 134.
2. Raxmanov, B. A., Qurbonov, A., Ibragimova, T., & Shovaliyeva, S. (2024). SITOVKA QILISH ORQALI XONDIZA POLIMETALL KONIDAGI OLINGAN RUDAGA BERILGAN METIL IZOBUTIL-KARBANIL FLATOREAGENTINING AJRATILADIGAN MIS KONSENTRATI UNUMIGA TA'SIRINI ANIQLASH. Science and innovation, ^(Special Issue 29), 103-105.
3. Yo'lliyev , D. T. o'g'li, Ro'ziyeva, O. M., & Raxmanov, B. A. (2023). BURG'ULASH SUYUQLIKLARINI STABILLASH UCHUN GEL-POLIMERLARNI OLISH VA QO'LLASH. SCHOLAR, 1(6), 74-78. Retrieved from https://researchedu.org/index.php/openscholar/article/view/2072
4. Yusupbekov N.R., Nurmuhamedov H.S., Zokirov S.G. Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayon va qurilmalari. Darslik. O'zRFA akad. Yusufbekov N.R.tahririyati ostida. Toshkent-2011
5. Ismoilov N.P. Kamyob, tarqoq va nodir metallar kimyoviy texnologiyasi. Darslik. Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2005
6. Kattayev N. Kimyoviy texnologiya. O'quv qo'llanma. "Yangiyo'l Poligraph service" Toshkent -2008.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son