Научная статья на тему 'DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIGI TADBIRKORLIGINI TASHKIL ETISHNING USLUBIY NAZARIY ASOSLARI'

DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIGI TADBIRKORLIGINI TASHKIL ETISHNING USLUBIY NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

792
179
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Davlat / sherikchilik / xususiy tadbirkorlik / modernizatsiya / kichik biznes / Fiskal cheklovlar / xususiy mulk / davlat mulki. / State / partnership / private enterprise / modernization / small business / Tax restrictions / private property / state property

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Adham Ergashovich Mengnarov

Ushbu maqolada Davlat xususiy sherikchilining nazariy asoslari va iqtisodchi olimlar tomonidan keltirilgan ta`riflar berilgan. Shuningdek, mamlakatimizdagi davlat-xususiy sherikchiligini mahalliy hududan kelib chiqqan holda bir necha turlarga ajratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article presents the theoretical foundations of public-private partnership and definitions given by economists. Also, public-private partnership in our country is divided into several types depending on the locality

Текст научной работы на тему «DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIGI TADBIRKORLIGINI TASHKIL ETISHNING USLUBIY NAZARIY ASOSLARI»

Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 8 | 2022

DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIGI TADBIRKORLIGINI TASHKIL ETISHNING USLUBIY NAZARIY ASOSLARI

Adham Ergashovich Mengnarov

Termiz davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Davlat xususiy sherikchilining nazariy asoslari va iqtisodchi olimlar tomonidan keltirilgan tariflar berilgan. Shuningdek, mamlakatimizdagi davlat-xususiy sherikchiligini mahalliy hududan kelib chiqqan holda bir necha turlarga ajratilgan.

Kalit so'zlar: Davlat, sherikchilik, xususiy tadbirkorlik, modernizatsiya, kichik biznes, Fiskal cheklovlar, xususiy mulk, davlat mulki.

ABSTRACT

This article presents the theoretical foundations of public-private partnership and definitions given by economists. Also, public-private partnership in our country is divided into several types depending on the locality.

Keywords: State, partnership, private enterprise, modernization, small business, Tax restrictions, private property, state property

KIRISH

Mustaqilligimizning so'ngi yillarida tadbirkorlikka keng yoT ochilmoqda. Bu esa oz navbatida qo'shimcha ish o'rnilarini yaratib fuqoralarning turmush darajasiga ijobiy tasir otkazmoqda. Tadbirkorlikning oqilona yo'lga qo'yilishi hududning iqtisodiy-ijtimoiy rivijlanishiga turtki bo'ladi. Shunday ekan tadbirkorlikning huquqiy asoslarini yaratib berish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Iqtisodiyotda kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi va mulk ulushida xususiy mulkning ustuvorligi aholini ijtimoiy himoya qilishning ayrim sohalarida, inovatsion faoliyatni rivojlantirishda, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash kabi bir qator tarmoqlarda davlat va xususiy mulkning hamkorligini talab etadi. Shu jarayonda davlat xususiy sherikligi yuzaga keladi. Shu o'rinda hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmoishlar Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 26-aprelda qabul qilingan 2019-yil 3-mayda "Davlat-xususiy sheriklik to'g'risi"dagi qonun ma'qullangan, O'zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli "Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish

August, 2022

12

Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385

Volume 3 | Issue 8 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

to'g'risi"dagi qarori, O'zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining "Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish va ularni moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risi"dagi qarori ayni muddaodir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Keling, shu o'rinda iqtisodchi olimlarning Davlat-xususiy sherikchiligi(DXSH) tushunchasiga bergan ta'riflarni keltirib otamiz.

Tadqiqotchi S.E.Elmirzaev ta'kidlaganidek "DXSH Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida DXShgi mamlakat va hududiy miqyosidagi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning samarali vositasi bo'lib, davlat va mahalliy boshqaruv organlari tomonidan nazoratni ushlab turish va xususiy sektor bilan samarli iqtisodiy hamkorlikni o'rnatishga qaratilgan investitsion loyihalarga mablag'lar jalb qilish va amalga oshirish vositasi hisoblanadi. DXSh asosidagi investitsion loyihalarda xususiy sektor davlat tomonidan belgilangan shartlar va talablar asosida investitsion loyihalarni moliyalashtirish va boshqarish vazifalarini amalga oshiradi"

Yana bir iqtisodchi olimlardan U.I.Djumaniyazov fikriga ko'ra "DXSH -amaldagi qonunlar doirasida davlatning uzoq muddatli strategik vazifalari va maqsadlaridan kelib chiqqan holda, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan turli xil iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa tavakkalchiliklar, xavf-xatarlar, risklarni taqsimlash asosida xususiy sektor bilan aholi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, kerak bo'lsa, siyosiy ahamiyatga molik ob'ektlarni qurish yoki shu asnodagi ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish uchun xususiy sektor bilan amalga oshiradigan tom ma'nodagi o'zaro manfaatli aloqalaridir."

Shuningdek, rus olimi A. Beliskayani fikriga ko'ra "Davlat-xususiy sektor hamkorligi-davlat hokimiyati organlari va tashkilotlari va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining bevosita davlat manfaatlari va nazorati sohasidagi ob'ektlarga nisbatan o'zaro manfaatli hamkorligi, muhim davlat va jamoat ahamiyatiga ega bo'lgan loyihalarni samarali amalga oshirish maqsadida hamkorlar o'rtasidagi xavflarni taqsimlashni nazarda tutadi" deb tariflagan.

Bundan tashqari quyidagi jadvalda iqtisodchilarning DXShga bergan tariflarini keltiramiz.

August, 2022

DXSH Muallif

1 DXSh - bu davlat boshqaruvi organi va xususiy sektor o'rtasida maxsus boshqaruv kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan, davlat infratuzilmasini yaratish va unga asoslangan xizmatlarni ko'rsatish maqsadida taqdim etilgan uzoq muddatli o'zaro manfaatli shartnomadir. • davlat va xususiy sektorlarning moddiy va nomoddiy resurslaridan foydalaniladi; • xatarlar, javobgarlik, huquq va imtiyozlar davlat va xususiy sektor o'rtasida taqsimlanadi; • natijaga qo'yiladigan talablar davlat tomonidan belgilanadi. Reznichenko N.V.

2 Davlat-xususiy sheriklik - bu davlat va xususiy sektorning davlat va kommunal mulk ob'ektlariga, shuningdek, ijtimoiy va ma'muriy organlar, muassasalar va korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan va ko'rsatiladigan xizmatlarga nisbatan o'zaro ta'sirining qonuniy ravishda mustahkamlangan shakli. iqtisodiy faoliyatning keng doirasidagi loyihalar Varnavskiy V.G

3 DXSh (davlat-xususiy sheriklik) temir yo'l loyihasi kabi yuqori Jessada

boshlang'ich kapitalni talab qiladigan har qanday Sresakoolchai,

investitsiyalarda muhim rol o'ynaydi. So'nggi yillarda DXSh Sakdirat

o'zining afzalliklari tufayli mashhurlikka erishdi. Hukumat Kaewunruen[8]

nuqtai nazaridan, DXSh moliyaviy qiymatni yaratish va

operatsion xavfni xususiy biznesga taqsimlash uchun ishlatilishi

mumkin.

4 Fiskal cheklovlar, davlat qarzlarining yuqori darajasi Hakan Yurdakul,

va yetarli mablag' yetishmasligi kopincha kam daromadli va Rifat Kama§ak,

rivojlanayotgan mamlakatlarning infratuzilma ehtiyojlarini Tülay Yazar

moliyalashtirishning muqobil usullarini izlashiga sabab sifatida Öztürk[7]

ko'rsatiladi. Davlat-xususiy sherikligi (DXSh) «xususiy tomon

va davlat idorasi o'rtasida davlat aktivi yoki xizmatini

ko'rsatish bo'yicha uzoq muddatli shartnoma, bunda xususiy

tomon kata tavakkal va boshqaruv javobgarligini o'z

zimmasiga oladi.

Yuqorídagí fikrlarni inobatga olgan holda DXSH ni mahalliy hududa va mintaqamizdan kelib chiqqan holda quyidagicha ifodalash mumkin.

DXSh bu - Davlat va muayyan sektor tomonidan davlat infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda yoki modernizatsiya qilish uchun ikki tomonlama tuzilgan aniq muddatli shartnomadir.

August, 2022

14

1-rasm

DXSH ning turlari

XULOSA

DXSh ning afzalliklaridan biri yangi ish o'rni yaratib, o'sha hududning iqtisodiy-ijtimoiy infrastrukturasini yaxshilaydi. Shuningdek, sohaning ushbu sohadagi harajatlarni qisqartirib, iqtisodning raqobatbardoshligini oshiradi. Hududning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida DXSH ning o'rni katta. Bu iqtisodiy o'sish hudud transporti va kommunikatsiya,

August, 2022

15

Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385

Volume 3 | Issue 8 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

ishlab chiqarish, sanoat obektlari infratuzilmasi va aholining bandligini oshirishga yordam beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirzièevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasiprezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliasy, 28.12.2018

2. O'zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 26-aprelda qabul qilingan 2019-yil 3-mayda "Davlat-xususiy sheriklik to'g'risi"dagi qonun.

https://lex.uz/docs/-4329270

3. O'zbekiston Respublikasining Davlat-xususiy sherikligi to'g'risidagi O'RQ-537-son Qonuni. 2019 yil 10 may. https://lex.uz/docs/4329270

4. Elmirzaev S.E., Shavkatov N.Sh. Davlat-xususiy sheriklik munosabatlarining ilg'or xorij tajribalari va mamlakatimizda qo'llash istiqbollari. "Xalqaro moliya va hisob" ilmiy elektron jurnali. № 3, iyun,2019 yil

5. Djumaniyazov Umrbek Ilxamovich. Davlat-xususiy sherikchiligi asosida korporativ boshqaruvni rivojlantirishning ayrim nazariyuslubiy masalalari. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2017 yil

6. Белиская, А.В. Правовые формы государственно-частного партнерства в России и зарубежных странах / А.В. Белиская // Предпринимателское право. -2009. - Н2. - С.21-27.

7. Hakan Yurdakul, Rifat Kamaçak, Tülay Yazar Öztürk, Macroeconomic drivers of Public Private Partnership (PPP) projects in low income and developing countries: A panel data analysis Borsa Istanbul Review,2021, https://doi.org/10.1016/j.bir.2021.01.002(https://www.sciencedirect.com/science/artic le/pii/S2214845021000028

8. Jessada Sresakoolchai, Sakdirat Kaewunruen, Comparative studies into public private partnership and traditional investment approaches on the high-speed rail project linking 3 airports in Thailand,Transportation Research Interdisciplinary Perspectives, Volume 5, 2020, https://doi.org/10.1016/j.trip.2020.100116.

August, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.