Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun Tashkent State Transport University_The Constitution — for Human Dignity
DAVLAT BOSHQARUV ORGANLARI FAOLIYATINI NAZORAT QILISHDA - JAMOATCHILIK NAZORATINING ROLI
Azimxon qizi Husnoraxon Ergasheva
Toshkent davlat transport universiteti talabasi
Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti dotsenti Mafura Muxtarxanova
Inagamova
ANNOTATSIYA:
Maqolada jamoatchilik nazoratining kanstitutsiyaviy maqomi, uning bugungi kunda mamlakatimiz hayotidagi muhim o rnini hamda jamoatchilik nazorati faoliyatini tahlil etishga bag'ishlangan. Jamoatchilik nazorati to^risidagi qonun va davlat organlarini faoliyati ustidan nazorat olib borish haqida keng yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: jamoatchilik nazorati, demokratiya, fuqarolik jamiyati, davlat organlari,fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi.
Huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmini shakllantirish va takomillashtirish masalasi dolzarb hisoblanadi. Bugungi kunda eng muhim masalalardan biri - bu boshqaruv va ijro hokimiyati ustidan jamoatchilik nazoratining samarali tizimini o'rnatishdan iboratdir.
Davlat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlar, jumladan, davlat organlari faoliyati ustidan jamiyat, jamoatchilik nazorati masalasi doimo muhim masalalardan biri bo'lgan. Ayniqsa, jamiyatni demokratlashtirish, fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlash jarayonida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining turlari, uni amalga oshirish shakl va usullarini ilmiy-nazariy tahlil etish - nafaqat nazariy, balki ilmiy-amaliy ahamiyatga ham egadir.1 O'zbekiston Respublikasida davlat organlari faoliyatida o'zaro muvozanatda ushlab turish mexanizmi, jumladan, ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament va sud nazorati mavjud. Biroq amaliyot shuni ko'rsatadiki, davlat nazorati bilan jamoatchilik nazorati birga qo'shib olib borilganda uning samaradorlik darajasi bugungi kundagi taraqqiyot talablari darajasiga ko'tarilishi mumkin. Shu sababli, daylat organlari, ayniqsa, ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o'rnatish,
1 Saidov A.X Rustambayev, M.X. Konstitutsiyaviy huquq // Darslik / Toshkent: Complex Print, 2019
2024-yil, 7-dekabr Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
uning mexаnizmini takomillashtirishning nazariy-huquqiy muаmmolаrini tаdqiq etish kаttа аhаmiyаtgа ega.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiysining 36-moddasida "O'zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. Bunday ishtirok etish o'zini o'zi boshqarish, referendumlar o'tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshiriladi.
Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi."2 deb belgilanib qo'yilgan. Fuqarolarimizning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etishlari davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo'li bilan amalga oshirilishining Konstitutsiyada mustahkamlab qo'yilishi jamoatchilik nazoratiga mamlakatimizda qanchalik katta ahamiyat berilayotganining belgisidir. Jamoatchilik nazoratining O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiysida mustahkamlab qo'yilishi yangi qonunning yaratilishiga asos bo'ldi va 2018-yil 12-aprelda O'zbekiston Respublikasining "Jamoatchilik nazorati to'g'risida"gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun normasiga asosan, jamoatchilik nazorati to'g'risidagi qonunning maqsadi, jamoatchilik nazorati to'g'risidagi qonun hujjatlari, jamoatchilik nazorati sub'ektlari, ob'ekti, asosiy prinsiplari va shakllari belgilandi. Qonunning asosiy maqsadi davlat organlari va muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish hamda amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. 3
Jamoatchilik nazorati sub'ektlari sifatida O'zbekiston fuqarolari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, NNT va OAV belgilandi.
Jamoatchilik nazoratining ob'ekti sifatida esa davlat organlari va ular mansabdor shaxslarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek davlat, tarmoq va mintaqaviy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlarini, jamoatchilik fikrini hisobga olish bo'yicha, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining ijro etilishini ta'minlash bo'yicha faoliyati belgilandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyul kungi "Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3837-son Qaroriga asosan mamlakatimizda mustaqil fuqarolik
2 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: // O'zbekiston Respublikasi qonuni. O'zbekiston Respublikasi Toshkent shahri 01.05.2023 19-modda Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son
3 O'zbekiston Respublikasi Jamoatchilik nazorati to'g'risida // qonun / Senat tomonidan 29.03.2018 O'RQ -474-
son
2024-yil, 7-dekabr
147
institutlarini rivojlantirish va mustahkamlash, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o'rnatish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirildi hamda davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashi to'g'risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
Yana ko'rishimiz mumkinki, "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi
O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi"ning "Ta'sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish" deb nomlangan 12-maqsadida bu boradagi bevosita muhim bir qator vazifalar nazarda tutilgan.4 Bugungi kunda mamlakatimizda davlat hokimiyati organlarining parlament hamda mahalliy Kengashlarga hisobdorligining yo'lga qo'yilishi va "Elektron hukumat"ning joriy etilishi jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish, davlat va jamiyat o'rtasida o'zaro yaqin hamkorlikni o'rnatish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Qabul qilingan qonun va farmonlarning ijrosini taminlash maqsadida davlat organlari tomonidan ilgari surilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari keng jamoatchilik muhokamasiga qo'yilib kelinmoqda. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar jamoatchilik palatalari tashkil etildi. "Yuksalish" umummilliy harakatining "Mening fikrim" vebportali Jamoatchilik palatasi tasarrufiga o'tkazildi va ushbu portal orqali har bir fuqaro o'zining konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda, mamlakat qonunchilik tizimini rivojlantirish borasida o'z fikrini erkin bildirmoqda.
Jamiyat hayotida "Jamoatchilik nazoratini" rivojlantirish hamda uning roli kuchaytirishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirilayotgan bolsada, biroq bazi kamchiliklar ko'zga tashlanmoqda. Ya'ni davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarining vazifasiga mas'uliyat bilan yondashmasligi va amaldagi qonunchilikka nomuvofiq harakat qilishi, aholi murojaatlarini ko'rib chiqsada, muammolar amaliy yechimini topmasligi mamlakat taraqqiyotiga jiddiy to'siq bo'lmoqda.
Xulosa qiladigan bo'lsak, jamoatchilik nazorati, birinchidan, faqatgina jamiyat uchun emas, balki davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, jamoatchilik nazorati qonunlarning samarali ishlashini ta'minlashga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini hurmat qilishga va uni himoya qilishga da'vat qiladi. Jamoatchilik nazorati orqali mansabdor shaxslarning javobgarligi va mas'ulligi oshadi. Ikkinchidan, jamoatchilik nazorati orqali fuqarolar fikr-mulohazalarining ijtimoiy hayotdagi ta'sirchanligi ortadi. Bu, o'z
4 O'zbekiston Respublikasining yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida qonun ustuvorligini ta'minlash va mahalla institut faoliyatining samaradorligini oshirishning tashkiliy -huquqiy masalalari (tahliliy statistik ma'lumotlar asosida) // Multidisciplinary Scientific Journal Octaber. 2022 yil 315-321
2024-yil, 7-dekabr
148
Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun
Tashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^^^^^^T^eCOnSti
navbatida, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning yanada samaralï kechishini ta'minlaydi. Uchinchidan, jamoatchilikning ishonchi va qo'llab-quvvatlashi orqali davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o'z faoliyatlarini yanada samarali tashkil etish imkoniyati yaratiladi. Jamoatchilikning qo'llab-quvvatlashini his qilgan vakolatli davlat organlari fuqarolardan, fuqarolik jamiyati institutlaridan kelib tushgan taklif va mulohazalar asosida mamlakatda izchil islohotlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
REFERENCES
1. MHaraMOBa М.М. Сифaтли тaълим тизимини ривожлaнтиришнинг бaъзи стрaтегик aсослaри //Республигаси ИИВ Manara ошириш институти ax60p0TH0MacK Т.- 2023. № 3. 63-70 б.
2. ^araMObiB М.М .Y36eracTOHAa aёллaргa нисбaтaн зyрaвонлик мaсaлaлaри: муaммолaр, ютуклaр Ba истикболлaр/Лnternational Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 3 Issue: 06 | 2023 ISSN: P - 2181-2306, E - 2181-2314. Р. 107-112
3. ^araMOBa M.M., Жyрaбоев Н. Ю. . Туркистонлик aёллaрнинг сиёсий MaKOM^/Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. (E)ISSN: 2181-1784 4 (5), May, 2024. Б.78-90
4. ^araMOBa M.M Oraa, никох муносaбaтлaридa Maxarna институининг тaшкилий-хукукий жихaтлaри//Yangi O'zbekiston taraqqiyotida ilm-fan istiqbollari" mavzusidagi davra suhbati materiallari to'plami. - Toshkent. Jamoat xavfsizligi universiteti nashriyoti. 2022. - Б. 48-55
5. ^araMOBa M.M . Конституциявий ислохотлaрдa инсон-жaмият- дaвлaт мaсaлaлaрининг ривожлaниш боскичлaри//«O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. Т.: 2023. Б. 59-64.
6. ^araMOBa M.M Конституциявий ислохотлaр - aёл хукуктари химоясининг гaрови// Конституция - тинчлик Ba тaрaккиёт кaфолaти: Узбекистон Республигаси Конституцияси кaбул килингaн куннинг 27 йиллиги бaйрaмини нишонлaш мaксaдидa yткaзилгaн Республикa илмий-aмaлий конференция мaтериaллaри (2019 йил 5 детабрь). -Т.: Узбекистон Республигаси ИИВ Акaдемияси, 2020. -Б. 121-125.
7. Узбекистоннинг мaксaдли тaрaккиёт стрaтегияси уюшгaн жиноятчилик, экстремизм Ba терроризмгa кaрши курaшишнинг хукуки кaфолaти//Трaнсмиллий уюшгaн жиноятчилик, терроризм Ba экстремизмгa
149
2024-yil, 7-dekabr
Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun Tashkent State Transport University_The Constitution — for Human Dignity
^рши курaшдa ички ишлaр оргaнлaрининг роли хaмдa хaмкорлик йyнaлишлaри: Республикa илмий-aмaлий конференция тyплaми / Maсъул мухaррир техник фaнлaри номзоди, доцент О.Т.Ахмедов. -Т.: Узбекистон Республигаси ИИВ Maлaкa ошириш ошириш институти, 2023. - Б.5-9.
8. Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex Print, 2019
9. https://lex.uz/docs/ O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
10. https://lex.uz/ru/docs/ O'zbekiston Respublikasining " Jamoatchilik nazorati to'g'risida"gi qonuni
11. https://lex.uz/docs "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF
12. Дaдaшевa А.А. The role of mass media in the development of civil society in new Uzbekistan // Educational Research in Universal Sciences VOLUME 2.ISSUE 4. 2023. Р. 203-207.
13. Дaдaшевa А.А. Янги Узбекистондa мaхaллий ижро оргaнлaри фaолиятидa жaмоaтчилик нaзорaти// Фaлсaфa Ba хукук. 2022/2. Б-137-138.
14. Дaдaшевa А.А. Дaвлaт хизмaтини ислох килиш шaроитидa хокимлaр фaолияти устидaн жaмоaтчилик нaзорaтини aManra оширишнинг aсосий йyнaлишлaри// Tashkent State Transport University Google Scholar indexed Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1 Volume 3 TSTU Conference 1 2022 . Б. 117-122.
15. Дaдaшевa А.А. Жaмоaтчилик фикри-фу^ролик жaмиятини ривожлaнтиришнинг мухим омили// Узбекистон Республитаси Президент хузуридaги дaвлaт бошкaруви aкaдемияси. Жaмият Ba бошкaруви. Тошкент. № 2 (92). 2020. Б-125-129.
16. Дaдaшевa А.А. Maхaллий ижро хокимияти фaолияти устидaн жaмоaтчилик нaзорaтини нaтижaдорлигини оширишнинг илмий-нaзaрий ечимлaри// Хукукий тaдкикотлaр журнaли. 2-мaхсус сон. Тошкент. 2020. Б-227-232
150
2024-yil, 7-dekabr