Научная статья на тему 'COVID-19 PANDEMIYASINING TALABALAR XATTI-HARAKATLARI VA TUSHUNCHALARIGA TA`SIRI: O’ZBEKISTONDAGI INSTITUT TALABALARI MISOLIDA'

COVID-19 PANDEMIYASINING TALABALAR XATTI-HARAKATLARI VA TUSHUNCHALARIGA TA`SIRI: O’ZBEKISTONDAGI INSTITUT TALABALARI MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
45
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PANDEMIYA / O'ZBEKISTON / TALABALAR / TURIZM

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xusanboyev Sh., Qodirov A., Baxromov E., Ulmasova N., To'Xtamboyeva N.

Bu tadqiqot O’zbekistonda pandemiya cheklovlari qayta kuchaytirilgandan keyin institut talabalaring xatti-harakatlari va tushunchalarini ifodalovchi yangi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. So’rovnoma talabalarning kundalik hayotdagi qiyin sharoitlarda muhim qarorlar qabul qila olishi shuningdek yaqin kelajakda rejalashtiriladigan sayohatlarda sog’lik qanchalik muhimligini ko’rsatib beruvchi miqdoriy hamda sifatlovchi ma’lumotlarga asoslanadi. Ma’lumotlar to’plamini internet platformalari orqali olingan 66 ta javoblar tashkil qiladi. Bu maqola tasvirlovchi statistika ma’lumotlaridan tashqari kelajakdagi izlanishlarga yordam berishi mumkin bo’lgan taqqoslovchi tahlillarini ham o’z ichiga oladi. Maqolaning maqsadi ommaviy salomatlikning tanglik holati xusuan Covid-19 pandemiyasi davrida talabalar xatti-harakatlari va tushunchalarining qanday qilib o’zgarishi mumkinligi haqidagi bilimlarni oshirishni o’z ichiga oladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EFFECT OF THE COVID-19 PANDEMEMA ON STUDENT BEHAVIOR AND CONCEPTS: ON THE EXAMPLE OF INSTITUTION STUDENTS IN UZBEKISTAN

This research contains new information that reflects the behavior and perceptions of students at the institute after the re-tightening of pandemic restrictions in Uzbekistan. The survey is based on quantitative and qualitative data that show students ’ability to make important decisions in difficult situations in daily life, as well as the importance of health in their planned trips in the near future. The data set consists of 66 responses received through Internet platforms. In addition to descriptive statistics, this article also includes comparative analyzes that may help in future research. The aim of the article is to increase knowledge about how public behavior and perceptions may change during the Covid-19 pandemic, especially in the public health crisis.

Текст научной работы на тему «COVID-19 PANDEMIYASINING TALABALAR XATTI-HARAKATLARI VA TUSHUNCHALARIGA TA`SIRI: O’ZBEKISTONDAGI INSTITUT TALABALARI MISOLIDA»

Xusanboyev Sh.

Talaba

Yeoju Texnika Instituti Toshkent Qodirov A.

Talaba

Yeoju Texnika Instituti Toshkent Baxromov E.

Talaba,

Yeoju Texnika Instituti Toshkent Ulmasova N.

Talaba

Yeoju Texnika Instituti Toshkent To'xtamboyeva N.

Talaba

Yeoju Texnika Instituti Toshkent

COVID-19 PANDEMIYASINING TALABALAR XATTI-HARAKATLARI VA TUSHUNCHALARIGA TASIRI: O'ZBEKISTONDAGI INSTITUT TALABALARI MISOLIDA

Annotatsiya: Bu tadqiqot O'zbekistonda pandemiya cheklovlari qayta kuchaytirilgandan keyin institut talabalaring xatti-harakatlari va tushunchalarini ifodalovchi yangi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. So'rovnoma talabalarning kundalik hayotdagi qiyin sharoitlarda muhim qarorlar qabul qila olishi shuningdek yaqin kelajakda rejalashtiriladigan sayohatlarda sog'lik qanchalik muhimligini ko'rsatib beruvchi miqdoriy hamda sifatlovchi ma'lumotlarga asoslanadi. Ma'lumotlar to'plamini internetplatformalari orqali olingan 66 ta javoblar tashkil qiladi. Bu maqola tasvirlovchi statistika ma'lumotlaridan tashqari kelajakdagi izlanishlarga yordam berishi mumkin bo'lgan taqqoslovchi tahlillarini ham o'z ichiga oladi. Maqolaning maqsadi ommaviy salomatlikning tanglik holati xusuan Covid-19 pandemiyasi davrida talabalar xatti-harakatlari va tushunchalarining qanday qilib o'zgarishi mumkinligi haqidagi bilimlarni oshirishni o'z ichiga oladi.

Kalit so'zlar: Covid-19, pandemiya, O'zbekiston, talabalar, turizm.

Xusanboyev Sh.

Talaba

Yeoju Texnika Instituti

Toshkent Qodirov A. Talaba

Yeoju Texnika Instituti Toshkent Baxromov E.

Talaba,

Yeoju Texnika Instituti Toshkent Ulmasova N. Talaba

Yeoju Texnika Instituti Toshkent

To'xtamboyeva Nozima Talaba

Yeoju Texnika Instituti Toshkent

THE EFFECT OF THE COVID-19 PANDEMEMA ON STUDENT BEHAVIOR AND CONCEPTS: ON THE EXAMPLE OF INSTITUTION

STUDENTS IN UZBEKISTAN

Abstarct: This research contains new information that reflects the behavior and perceptions of students at the institute after the re-tightening of pandemic restrictions in Uzbekistan. The survey is based on quantitative and qualitative data that show students 'ability to make important decisions in difficult situations in daily life, as well as the importance of health in their planned trips in the near future. The data set consists of 66 responses received through Internet platforms. In addition to descriptive statistics, this article also includes comparative analyzes that may help in future research. The aim of the article is to increase knowledge about how public behavior and perceptions may change during the Covid-19 pandemic, especially in the public health crisis.

Keywords: Covid-19, pandemic, Uzbekistan, students, tourism.

Kirish. Jahon miqyosida cheklovlarga sabab bo'lgan hamda ommaviy sog'liqni saqlash tizimi bilan bir qatorda iqtisodiyotga ham jiddiy ta'sir ko'rsatgan SARS-CoV-2 koronavirus infeksiyasi O'zbekiston hududida birinchi marta 2020-yilning 15-mart kuni rasman qayd etilgan edi (Daryo.uz, 2020). O'tgan bir yil davomida O'zbekistonda bir qator cheklovlar va qattiq intizom tufayli bu kasallikning keng miqyosda yoyilib ketishiga yo'l qo'yilmadi. Shunday bo'lsada koronavirus pandemiyasi hayot tarzimizni o'zgarishiga olib keldi va bu infeksiyaning turizm va shu kabi qator sohalarga o'tkazgan ta'siri hanuz to'liq o'rganilganicha yo'q. Bugungi kunga kelib esa oradan bir yil

o'tishiga qaramay bu muammo hali ham o'zining ijobiy yechimini topgani yo'q va hukumat yana qattiq intizomiy choralar ko'rishga majbur bo'lmoqda. Buni ko'p sonli oliy o'quv yurtlari va boshqa ta'lim dargohlaridagi o'qishning onlayn ko'rinishiga o'kazilyotganida ko'rish mumkin. Talabalarga tadqiqot subyekti sifatida e'tibor qaratgan holda, bu maqolaning maqsadi ommaviy salomatlikning tanglik holati xusuan Covid-19 pandemiyasi davrida talabalar xatti-harakatlari va tushunchalarining qanday qilib o'zgarishi mumkinligi haqidagi bilimlarni oshirishdan iboratdir. Shu o'rinda, bu tadqiqot turizm iqtisodiyoti uchun pandemiya mobaynida nimalarga e'tibor berilishi haqida ham ma'lumot beradi.

Ma'lumotlarni to'plash jarayoni O'zbekistonda SARS-CoV-2 koronavirus infeksiyasi qayd etilgan sanadan bir yil o'tib hamda hukumat tomonidan pandemiya cheklovlari qayta ko'rib chiqilayotgan bir vaqtda ya'ni 2021 -yilnng 20-27-mart kunlari bo'lib o'tdi. Pandemiyaning qayta avj olishi va infeksiyaning asosiy tarqalish joylari aynan ta'lim muassasalari deb topilgani uchun, koronavirus infeksiyasi aniqlangan holda oliy ta'lim muassalari ham o'qishni qisman yoki butunlay shaklda onlayn ko'rinishga o'tkazishmoqda. So'rovnoma jarayoni hozirda amalda bo'lib turgan pandemiya cheklovlari sababli onlayn shaklda (Google Form) o'tkazildi va umumiy 66 ta ishtirokchidan qabul qilindi. So'rovnoma savollari 2 ta qismdan tashkil topadi. Birinchi qism jins, oila boshlig'ining kasbi, qo'shimcha ish holati, oylik daromad va joylashuv nuqtasi haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan demografik ko'rsatkichlardan tashkil topgan bo'lsa, ikkinchi qism pandemiya davrining talabarga umumiy tasiri bilan boshlanib, pandemiya va undan keyin yuzaga kelgan vaziyatda ularning turli xil qarorlar qabul qilshga bo'lgan munosabatlariga e'tibor qaratadi. Bu holatda 1 -jadval bizning tanlanmamizdagi talabalarning umumiy xususiyatlarini ochib beradi, 2-jadval esa to'plangan ma'lumotlarning izohlovchi ko'rsatkichlarini umumlashtiradi. Shuningdek, 3-7-raqamli jadvallar so'rovnmaning 1- qismiga ko'ra turli xil xususiyatlarga ega bo'lgan talabalarning umumiy tushunchalarini taqqoslashga yordam beradi.

Adabiyotlar talqini. Bu mavzuda o'tgan bir yil mobaynida dunyo miqyosida qator tadqiqotlar o'tkazildi. Xususan, universitet darajasida bu muammo boshqa davlatlarda o'qiyotgan talabalar uchun juda katta qiyinchiliklar olib keldi. Misol uchun, Avstraliyada uch oylik o'quv dasturi davomida sayohat qilish cheklangan bir vaqtda ko'plab xitoylik talabalar o'z ona yurtlariga qaytib ketishdi. Muammo shundaki, bu talabalarning ko'pchligi davomiy cheklovlar sababli qaytib kelib o'qishlarini davom ettira olishmadi (ESU Online, 2020). O'zbekistonda 2020-2021-oq'uv yili sentabr oyidan boshlab yuqori bosqich talabalari uchun o'qish onlayn tarzda boshlanishi e'lon qilindi. Hukumat vakillari yangi o'quv yiliga tayyorgarlik masalasi juda murakkab bo'lib turganligi va mart oyidan buyon onlayn tizimga darslar joylashtirilyotganligini ta'kidlab o'tishdi (O'zbekiston milliy axborot agentlligi). Masofaviy ta'lim bu vaziyatda oliy o'quv yurtlari qo'llay oladigan asosiy yechimga aylandi. Barcha oliy o'quv yurtlari rahbariyati professor va o'qituvchilardan o'qu v

qo'llanmalarini internet platformalari (WhatsApp, Telegram, Moodle) tarmoqlariga joylashtirishni talab qilishdi. Bularga qo'shimcha qilgan holda esa Zoom videomuloqot dasturidan keng foydalanildi (New England Center for Children). (J. Moore, C. Dickson-Dean, K. Galyen, 2G11) fikriga ko'ra onlayn ta'lim bu internet tarmoqlarini bor samaradorligi bo'yicha bir biriga muvofiqlashtirgan holda uzviy bog'lash va turli xil ta'lim muloqotlaridan foydalanishdir. Bu borada O'zbekiston miqyosida ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan monitoring o'tkazilgan. So'rovnoma natijalariga ko'ra 30 foiz talaba masofaviy ta'lim sifatidan qoniqqan bo'lsa, 9 foizi o'qitish sifatining pastligi, 33 foizi muloqot yetarli emasligi, 18 foizi berilayotgan ma'lumotlar fanlarni to'liq o'zlashtirish uchun yetarli emasligi, 2 foizi internetdan foydalanish imkoniyati yo'qligini bildirgan. Shuningdek, ayrim hududlarda internet tezligi pastligi va elektr energiyasi ta'minotining davomiy uzilishlari, ta'lim muassasalardagi moddiy texnika ba'zasi sifati pastligi tufayl yuklangan o'quv qo'llanmalaridan samarali foydalanishda muammlar yuzaga kelganligi inspeksiya xodimi tomonidan ta'kidlab o'tilgan (Kun.uz, 2G2G). Covid-19 pandemiyasiga aloqador muammolar yuqori tezlikdagi internet tarmog'iga ega bo'lmagan hududlarda yashovchi talabalarga, ayniqsa, yaxshi bilindi. O'quv tizimi masofaviy tizimga ko'chirilganidan so'ng ular bu xizmatlardan qisman yoki umuman foydalana olishmadi (ESU Online, 2G2G). Covid-19 pandemiyasi natijasida taxminan talabalarning chorak qismi xavotirni boshlaridan o'tkazishdi. Shahar hududlarida ota-onalari bilan yashash va oilaviy daromadga ega bo'lish bu xavotirlarni biroz kamaytirdi. Shunga qaramasdan, pandemiya davridagi kundalik hayotga bevosita ta'sir qiluvchi iqtisodiy qiyinchiliklar hamda o'quv mashg'ulotlarining qisqartirilishi talabalar xatti-harakatlari va qarorlar qabul qilishiga ta'sir o'tkazmay qolmadi (L. Huang, F. Xu, and H. Liu, 2G2G)

Dunyo miqyosida Covid-19 pandemiyasiga kurashish maqsadida Jahon Sog'liqni Saqlash tashkiloti ko'p sonli odamlar to'planishini talab qiladigan tadbirlarni to'xtatishni masalahat berdi. Shu sababli bir xonada ko'plab talabalarni to'planishini talab qiladigan an'anaviy ta'lim o'zgartirilishi kerak edi. Talaba va talaba o'rtasidagi shuningdek talaba va professorlar orasidagi yuzma-yuz suhbat olib borishlarni qisqartirish ham asosiy masala edi (Rahman, 2G2G).

Tadqiqot metodologiyasi va usullari. So'rovnomani shakllantirish uchun oldin bu mavzuda o'tkazilgan tadqiqotlarda foydalanilgan so'rovnomalar tahlil qilindi va eng ahamiyatli savollar tanlab olindi. So'rovnoma jami 26 ta shu jumladan 5 ta javobi oldindan berilgan talaba xususiyatlarini ko'rsatib beruvchi qism hamda 21 ta Covid-19 infeksiyasiga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lgan va qatnashuvchilardan 5 darajali Likert (1 = To'liq norozi, 2 = Nisbatan norozi, 3 = Rozi ham norozi ham emas, 4 = Nisbatan rozi, 5 = To'liq rozi) usulida baholashni talab qiladigan savollardan tashkil topgan. Tadqiqotda ma'lumotlarni olish qulayligi va amaldagi pandemiya cheklovlari sababli "Google Form"

onlayn so'rovnma tizimidan foydalanildi. Bunda har bir ishtirokchi barcha savollarga javob berishi talab etildi va shu orqali ma'lumotlardagi yuzaga kelishi mumkin bo'lgan kamchiliklarning oldi olindi.

Taqqoslash uchun 2 ta o'zgaruvchili xususiyatlar uchun mustaqil T hisoblangan bo'sa, 3 va undan ortiq o'zgaruvchi qatnashgan xususiyatlar uchun kengaytirilgan ANOVA tahlili o'tkazildi. Talabalar xatti-harakatlari va tushunchalarini ifodalovchi 21 ta savollar guruhi uchun Kaiser-Meyer-Olkin ko'rsatkichi (KMO) SPSS statistik dasturi orqali tahlil qilinganda, uning qiymati .689 ekanligi hamda Barlett testi natijasiga ko'ra p ning qiymati .001 dan kichik ekanligi kuzatildi. Bu ma'lumotlarimizning qabul qilishinishi mumkinligini ko'rsatadi.

Tadqiqot natijalari. Umumiy ma'lumotlar. Quyida so'rovnoma birinchi qismining javoblari jadval shaklida ko'rsatilgan.

1-jadval. Ishtirokchilarning umumiy ma'lumotlari

Xususiyatlar Nisbiy takrorlanish Nisbiy foiz

Jinsi

Erkak 30 45.5%

Ayol 36 54.5%

Oila boshlig'i kasbi

Davlat tashkiloti xodimi 24 36.4%

Nodavlat tashkilot ishchisi 16 24.2%

Tadbirkor 11 16.7%

Chet eldagi mehnat xodimi 5 7.6%

Boshqalar 10 15.2%

Talabaning qo'shimcha ishga egaligi

Ha, qo'shimcha ishi mavjud 17 25.8%

Yo'q, qo'shimcha ishi mavjud emas 49 74.2%

Oilasining o'rtacha oylik daromadi

2 million so'mdan kam 2 3.0%

2 - 5 million so'm 41 62.1%

5 - 10 million so'm 16 24.2%

10 million so'mdan ko'p 7 10.6%

Joylashgan hududi

Sharqiy hudud 22 33.3%

Markaziy hudud 31 47.0%

G'arbiy hudud 13 19.7%

Izoh: Joylashuv hududi quyidagi shaklda 3 guruhga ajratildi: Sharqiy hudud (Toshkent, Andijon, Farg'ona, Namangan viloyatlari va Toshkent shahri); Markaziy hudud (Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari); G'arbiy hudud (Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi)

Talaba tushunchalarining tahlili. Ushbu qismda so'rovnoma 2-qismi tahlili natijalari o'rtacha qiymatning kamayib borish tartibida berilgan. Quyidagi jadvaldan ko'rinib turibdiki, Covid-19 pandemiyasining o'qisMsh faoliyatining o'zgarishiga ta'siri(x = 4.48) va kasallik avj oigan joylarga bormaslik ■;.v = -,-oj talabalar uchun eng xavotirli hisoblanadi. Keyingi o'rinlarda esa jamoat joylariga aloqador munosabatlarni ko'rish mumkin, jamoat transportidan foydalanish(x = 4.40), odamalar ko'p to'planadigan joylarga bor i shir = 4.33) , o'qisMsh joylariga borishni davom ettirish(:r = 4.27) va jamoa bilan sayohatga chiqish ( r = 4.25) shular jumlasidandir. Covid-19 pandemiyasining sayohat rejalarigafx = 4.19) va o'qisMsh faoliyatigair = 4.10) ta'siri mos ravishda navbatdagi o'rinlarni egalladi. Talabalar tomonidan nisbatan o'rtacha xavotirli deb o'qish yuklamalining kam ay ti ri 1 gan 1 i gi = 4.75), pandemiyaning sayohat qilish tamoyillariga ta'siri(x = 4.66) va yuzma-yuz yig'ilishlar ■;.v = -.59j qayd etildi. Quyi pog'onalarni kutilganidek pandemiyadan keyingi xatti-harakatlarga aloqador bo'lgan munosabatlar egalladi. Buni pandemiya cheklovlari biroz yumshatilganidan so'ng talabalar hayotida ham jonlanish kuzatilgani va kelajakda xavotirlar kamayib borishi tabiiy hol ekanligi bilan izohlash mumkin.

2-jadval. Talabalar xatti-harakatlari va tushunchalarining ko'rsatkichlari

Talabalarga berilgan savollar N Min Max ( x ) ( s )

Covid-19 pandemiyasi davrida o'qish/ish faoliyati boshqa ko'rinishda davom etdi 44G 1 5 4,48 G,S2

Covid-19 bilan zararlangan joylarga bormaslik siz uchun muhim 44G 1 5 4,48 G,74

Pandemiya paytida jamoat transportidan foydalanish xavfli 44G 1 5 4,4G G,96

Pandemiya paytida olamon to'planadigan joylarga borish xavfli 44G 1 5 4,33 G,95

Siz pandemiya davrida o'qish/ishga borishni xavfli deb hisoblaysiz 44G 1 5 4,27 G,9G

Covid-19 pandemiyasi mobaynida jamoa bo'lib sayohatga chiqmaslik siz uchun muhim 44G 1 5 4,25 G,9S

Covid-19 sayohat rejalariga kuchli ta'sir qildi 44G 1 5 4,19 G,96

Covid-19 o'qish/ish faoliyatiga yuqori darajada ta'sir o'tkazdi 440 1 5 4,10 0,99

O'qish/ish yuklamalari kamaytirildi 440 1 5 3,75 1,17

Covid-19 sayohat qilish tamoyiliga yuqori darajada ta'sir o'tkazdi 440 1 5 3,66 1,18

Sizningcha yuzma yuz yig'ilishlar va guruhlarda ishlash vaqti kamaydi 440 1 5 3,59 0,92

Covid-19 pandemiyasidan keyin ham oila a'zolaringiz va yaqinlaringiz bilan sayohat qilishni afzal ko'rasiz 440 1 5 3,56 1,19

Siz pandemiyadan keyin ham jamoat transportidan foydalanishga xavotirlanasiz 440 1 5 3,51 1,16

Pandemmiya paytida o'zingizga yaqin hududlarga sayohat qilishni afzal ko'rasiz 440 1 5 3,50 1,24

Siz Covid-19 pandemiyasidan keyin ham yuzma-yuz ko'rishishlarni va jamoada ishlash vaqtini qisqartirishda davom etasiz 440 1 5 3,45 1,08

Sizningcha pandeiya vaqtida o'qish/ish samaradorligi pasaydi 440 1 5 3,43 1,15

Covid-19 pandemiyasidan keyin guruh bo'lib sayohat qilishdan o'zingizni olib qochasiz 440 1 5 3,36 1,19

Siz keyin ham pandemiya zararlagan manzillarga bormaysiz 440 1 5 3,33 1,24

Covid-19 pandemiyasidan keyin ham odamlar to'planadigan joylarga borish xavfli 440 1 5 3,22 1,20

Covid-19 pandemiyasidan keyin ham o'zingizga yaqin bo'lgan manzillarga sayohat qilishni ma'qul ko'rasiz 440 1 5 3,21 1,25

Pandemiya vaqtida oilangiz va yaqinlaringiz bilan sayohat qilishni ma'qul ko'rasiz 440 1 5 3,03 1,38

Taqqoslovchi ma'lumotlar.Ushbu qismda talabalarning umumiy xavotirlari turli xususiyatlar bo'yicha taqqoslanadi. Jadvaldan kuzatish mumkinki, o'gil bola talabalarda qizlarga nisbatda pandemiya va uning kundalik hayotga ta'siri bo'yicha xavotirlar biroz yuqori.

Erkak (n = 30) Ayol (n = 36) t qiymat Sigma

"= 3.86 "= 3.69 -1.520 0.134

s = 0.49 s = 0.46

3-jadval: Pandemiya davridagi xatti-harakat va tushunchlarning jins bo'yicha farqlari (n = 66)

Quyidagi jadvalda keltirilgan ma'lumotlar oila boshlig'ining kasbi talaba xatti-harakatlari va tushunchalariga deyarli ta'sir o'tkazmaganligi, lekin so'rovnomada keltirilmagan bir qator kasb egalari Covid-19 pandemiyasini nisbatan xavotirli deb bilishlarini ko'rsatadi.

Davlat tashkiloti xodimi Nodavlat tashkilot ishchisi Tadbirkor Chet eldagi mehnat xodimi Boshqalar F qiymat Sigma

.V= 3.78 s = 0.49 .V= 3.70 s = 0.50 ."= 3.65 s = 0.50 .V= 3.77 s = 0.46 V= 3.99 s = 0.41 0.784 0.540

4-jadval: Oila boshlig'i kasbining talaba xatti-harakatlari va tushunchlariga ta'siri (n = 66)

5-jadvaldan pandemiya mobaynida talabaning qo'shimcha ishga ega ekanligi ham uning qarorlariga va kelajakdagi rejalariga ta'sir o'tkazishi, ya'ni ishlovchi talabalarda pandemiya ta'siri biroz yuqori bo'lganligini ko'rsatadi.

Bor (n = 17) Yo'q (n = 49) t qiymat Sigma

."= 3.86 .V= 3.74 -0.886 0.379

s = 0.44 s = 0.49

5-jadval: Talabalarning qo'shimcha ishi borligiyokiyo'qligini ularning pandemiya davomida qaror qabul qilishiga ta'siri (n = 66)

Quyidagi jadvaldan ko'rish mumkinki, oila daromadi talabalarning Covid-19 pandemiyasi cheklovlariga bo'lgan munosabatlariga ta'sir o'tkazadi. Kutilganidek, kam daromadli oilalar a'zosi bo'lgan talabalar uchun pandemiya xavotirli o'tmoqda va ularning cheklovlar bo'yicha umumiy tushunchalariga bevosita ta'sir qilmoqda.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2 million so'mdan kam (n = 2) 2 - 5 million so'm 5 - 10 million so'm (n = 16) 10 million so'mdan ko'p (n = 7) F qiymat Sigma

V= 3.98 s = 0.03 .V= 3.73 s = 0.50 .V= 3.77 s = 0.45 .V= 3.74 s = 0.45 0.481 0.697

6-jadval: Talabalar oilasidagi o'rtacha oylik miqdorining ularning pandemiya davomidagi xatti-harakatlari va tushunchlari bo 'yicha qarorlariga ta'siri (n = 66)

So'nggi jadvaldan G'arbiy hududlar ya'ni Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida istiqomat qiluvchi talabalarda O'zbekistonning boshqa qismida yashovchi talabalarga nisbatan Covid-19 pandemiyasi va uning inson hayotiga ta'siri biroz jiddiy bo'lganini bilishimiz mumkin. Buni chekka hududlardagi tibbiy xizmat sifati bilan ham bog'lash mumkin.

Markaziy hudud

Sharqiy hudud G'arbiy hudud F qiymat Sigma

.V= 3.77 "= 3.69 .V= 3.97 1.596 0.211

s = 0.51 s = 0.28 s = 0.53

7-jadval: Talabalar joylashgan huduning ularning cheklovlar vaqtida qarorlar qabul qilishiga ta'siri (n = 66)

Xulosa. Barcha tahlillar shuni ko'rsatdiki, Covid-19 pandemiyasi o'zbek talabalari xatti-harakatlari va ushbu cheklovlar davrida qarorlar qabul qilishiga yetarlicha ta'sir qildi. Bu o'zgarishlar talabalarning odatiy hayoti, ularning sayohatga chiqish manzillari va jamoat joylariga tashrif buyurishlari bilan birga, ayniqsa, ularning o'qish jarayoniga kuchli ta'sir ko'rsatdi. Yana shuni ta'kidlab o'tish kerakki Covid-19 pandemiyasi cheklovlari turli xil oilalarga ularning manzili va daromadidan kelib chiqqan holda turlicha ta'sir o'tkazgani kuzatildi. Xulosa qilib qilib aytganda, Covid-19 pandemiyasini oldini olish va uning ta'sirini kamaytirishga qaratilgan chora tadbirlarga talabalarning munosabati ijobiy emasligi aniqlandi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Daryo.uz. (2020 yil 16-03). https://daryo.uz/2020/03/15/ozbekistonda-koronavirus-bilan-kasallanish-holati-qayd-etildi-bemor-fransiyadan-kelgan/dan tiklangan

2. ESU Online. (2020 yil 9-4). https://www.esu-online.org/?policy=covid-19-position-paper-a-multidimensional-crisis-that-affects-us-alldan tiklangan

3. Kun.uz. (2020 yil 14-8). https://kun.uz/news/2020/08/14/masofaviy-talim-sifati-yuzasidan-32ta-otmga-qatiy-ogohlantirish-yuborilgan-talim-inspeksiyasidan tiklangan

4. J. Moore, C. Dickson-Dean, K. Galyen. (2011). The Internet and Higher Education. Elsevier.

5. L. Huang, F. Xu, and H. Liu. (2020). Emotional responses and coping strategies of nurses and nursing college students during COVID-19 outbreak.

6. New England Center for Children. (s.k.). https://www.esu-online.org/?policy=covid-19-position-paper-a-multidimensional-crisis-that-affects-us-alldan tiklangan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.