УДК 82
ZOONIM-ITALYAN TILI FRAZEOLOGIZMI TARKIBIDAGI KOMPONENT
M.M. Rustamova1
Annotasiya
Ushbu maqolada italyan tili frazeologizmida uchraydigan zoonimlar analiz qilib chiqiladi. Izlanishlar shuni ko'rsatadiki, zoonimlar ibora tarkibida keng qo'llaniladi. Ikki tilda uchraydigan frazeologik zoonimlar solishtirilganda bir biriga o'xshashligi aniqlandi.
Kalitso'zlar: zoonim, komponent, frazeologizm, ibora, taqqoslash.
Iboralar kundalik nutqning ajralmas bir qismidir. Shuning uchun frazeologizmlarni o'rganish bugungi kunda jadallashgan. Chunki birgina iborani ishlatgan holda inson taassurotlarini, ichki kechinmalarini, bir nechta so'zlardan iborat bo'lgan fikrini bayon qilishi mumkin. Frazeologizmlar ma'no jihatdan juda ham turlichadir. Inson holatini bildiruvchi, ya'ni xursandchilik va tushkun kayfiyatda bo'lgan holatni bildiradigan iboralar yoki bo'lmasa pand-nasihat beruvchi iboralar bo'lishi mumkin.
Frazeologizmlarni nafaqat ma'no jihatdan balki ularning komponentlarini o'rganish ham izlanuvchi uchun juda ham qiziqarlidir. Chunki komponentlarning o'zini ham ma'no jihatdan bir nechta yo'nalishlarga bo'lish mumkin. Misol uchun frazeologizmning tarkibiy qismida somatizmlar ya'ni insonning tana a'zolari komponent sifatida qatnashishi mumkin. Yoki bo'lmasa oshxona buyumlari qatnashgan frazeologizmlar, tabiat xodisalari qatnashgan frazeologizmlar. Xullas frazeologizmning komponentlari turlicha bo'lishi mumkin. O'tgan maqolada aynan somatizmlarning tarkibiy qism sifatida ishlatilishi va ikki til misolida ya'ni italyan va o'zbek tillarida ko'rib chiqqan edik. Bugungi maqolada qiladigan izlanishlarimizning asosiy maqsadi italyan tili frazeologizmida uchraydigan zoonimlarni qidirib topish, ularni o'rganish va o'zbek tili bilan solishtirib, ularning ekvivalentlarini topish. Italyan tili frazeologizmlari tarkibida uchraydigan zoonimlarni o'rganib chiqish uchun G. Pittanoning "Frase fatta" kitobi tanlab olindi.
Zoonim so'zining o'zi qadimgi grek tilidan olingan bo'lib, "zoo"-hayvon, "noma" - ism deb tarjima qilinadi va hayvonning nomi, ismi degan ma'noni bildiradi.
Izlanishlar natijasida kitobda jami bo'lib 65 ta zoonimlar aniqlandi. Iboralar orasida eng ko'p uchragan hayvon nomlari bular cane (it), asino (eshak), gallina (tovuq), pesce (baliq), gatto (mushuk) hayvonlaridir. Ma'lumki barcha maqollar, matallar, iborayu topishmoqlar xalq og'zaki ijodi hisoblanadi. Ularning barchasi kundalik hayotdan olingan real voqea, hodisa, narsalardir. Huddi shunday, bu hayvonlarning xalq og'zaki ijodida keng ishlatilishiga sabab ham insonning kundalik hayotida ishtirok etishidir. It ertaklarda doim insonning do'sti, uning yaqin hamroxi sifatida tasvirlanadi, real hayotda ham insonga yaqin turadi. It egasining ruhiy holatini sezadi, quvonganda o'ziga xos harakatlar bilan hursandchiligini bildiradi, uzoq bir safarga otlanganda hamrox sifatida o'zi bilan olib ketiladi yoki bo'lmasa butun mol mulkni qo'riqlash itga ishonib topshiriladi. Eshak orqali ham inson ancha mushkulini osonlashtiradi, kunlik yumushlar, og'ir yukni u joydan bu joyga olib borishda uning xizmatidan foydalinaladi. Tovuq ham inson istiqomat qiladigan hovlida yoki hovlining bir chekkasida katakda saqlanadi, kundalik tuxumga bo'lgan ehtiyojni qondirish yoki bo'lmasa go'shti uchun boqiladi. Mushuklar ham huddi shunday uy hayvoni hisoblanib, kemiruvchilardan saqlanish uchun uyda saqlanadi. Tabiatan mushuk juda ham sezgir jonivor, tabiiy ofatlarni boshqa hayvonlardan ko'ra ertaroq sezadi va uy egasini ogohlantirishga harakat qiladi. Baliq ham daryo, dengizga yaqin joyda
1Рустамова Малика Мурадуллаевна - преподаватель кафедры испано-итальянского языка, Самаркандский государственный институт иностранных языков, Узбекистан.
Филологические науки
istiqomat qiluvchilarning kunlik taomi yoki daromad keltiruvchi manbaidir. Hayvon nomlari ko'pgina hollarda o'xshatishda ishlatiladi. Masalan, "amichevole come cane" -it kabi do'stona, "testardo come Fasino" - eshakday o'jar, "muto come pesce" -baliqday gung, barchaga malumki baliqlar hech qanday ovoz chiqarmaydi, shuning uchun ham uni kam gapiradigan insonga nisbatan qollashadi.
Quyida hayvon nomi bilan uchraydigan iboralarning necha marta qollanilganligini sanab chiqamiz: cane (it) -7 marta, asino (eshak) - 6 marta, gallina (tovuq), pesce (baliq), gatto (mushuk) - 5marta, cavallo (ot), vitello (buzoqcha) - 4 marta, vacca (sigir), pecora (qo'y), leone (she'r) - 3 marta, tigre (yolbars), pollo (xo'roz), uccello (qush), volpe (tulki), orso (ayiq) - 2 marta va delfino (delfin), giaguaro (yaguar), oca (o'rdak), pavone (tovus), lupo (bo'ri), coccodrillo (timsoh), mosca (pashsha), papagallo (toliqush), piccioni (kabutar), rondine (qaldirg'och) - 1 marta.
O'zbek tilida ham zoonimlar frazeologizm tarkibida qollaniladi. Masalan, "Tuyaga yantoq kerak boisa bo'ynini cho'zadi" - bu frazeologizmdagi zoonim tuya hayavonidir. Tabiatdan malum, tuya fiziologik jihatdan bo'yin tuzilishi og'ma shaklda va uning sevimli taomi yantoq hisoblanadi. Yantoq boshidan tepada joylashgan boisa og'ma shakldagi bo'ynini tekis qilib cho'zishga majbur boladi. Bu ibora bilan odamga biror narsa kerak boisa o'sha narsani amalga oshirish uchun intilish kerak degan ma'noda. Yoki bo'lmasa "Qarg'a qarg'aning ko'zini cho'qimaydi". Ikkita qarg'a ikkita jonli mavjudot bolgani bilan bitta guruhga mansub jonzot. Qarg'alarming asosiy ov quroli ularning tumshugldir. Ovlash jarayonida ular bir birlarini ovlashmaydi. Insonlar orasida esa ushbu frazeologizm bir soxada ishlaydigan odamlar bir biriga yomonlik qilmaydi yoki bolmasa bir birining ishiga arallashmaydi degan ma'noda qollaniladi. Italyan tilida ham huddi shunga o'xshash ibora mavjud, faqat qarg'aning o'rniga it ishlatiladi, ya'ni " cane non mangia cane".
Italyan tilida iboralar tarkibida keladigan ayrim zoonimlarni ko'rib chiqamiz va ularning o'zbek tilidagi ekvivalentini topishga harakat qilamiz.
Essere come cane e gatto - so'zma so'z tarjima qilinganda, "it bilan mushuk bo'lmoq" deb tarjima qilinadi. Tabiatda, uy sharoitida kamdan kam holatlarda mushuk bilan it bir biri bilan do'stona munosabatda boladi. Ko'pgina holatda doim bir birlarini g'ajishga tayyor turishadi. Odamlar orasida ham bir birini ko'rishga toqati yo'q, bordiyu bir davraga tushgudek bolishsa ham bir biriga yoqimsiz gaplarni, qiliqlarni qilib o'zaro janjallashishga harakat qiladigan odamlar ham yo'q emas. Shunday kimsalarga nisbatan "it bilan mushuk" iborasi keng qollaniladi.
A caval donato non si guarda in bocca-so'zma so'z tarjima qilinganda "hadya etilgan otning og'ziga qarama" degan gap hosil boladi. Asl ma'nosi ham shundan iborat. Ya'ni senga sovg'a qilingan, hadya etilgan otni tanqid qilma, uning qiymatiga elibor berma, chunki senga tekinga berilgan narsa doim yaxshilikka boladi, uni borligicha qabul qil ma'nosida ishlatiladi. Pittanoning yozishicha ushbu iboraning kelib chiqishi hayvon sotuvchilarning jargonidan kelib chiqqan. Chunki haridor biror bir otliq, ho'kiz, qo'y va shunga o'xshash hayvon sotib olarkan uning sogliglni, yoshini bilish uchun og'zini ochib asosan tishlariga elibor berarkan.
O'zbek tilida ushbu ma'noni yetkazish uchun xalq orasida "berganning betiga qarama" iborasi ishlatiladi.
Essere nella fossa dei leoni - ushbu ibora ko'chma ma'noda ishlatiladi. Qaltis, xatarli vaziyatga tushmoq ma'nosida ishlatiladi. So'zma so'z tarjima qilinganda "chuqurlikda sherlar bilan bo'lmoq" deb tarjima qilinadi. Tabiatdan bilamiz sherlar xavfli, go'shtxo'r jonivor hisoblanadi. Och sher hech qachon oldida turgan insonni shunchaki tirik qoldirmaydi. Nafsini qondirishga harakat qiladi. Sher bilan birga qolish olim bilan qolish demakdir.
Tommaseo ham o'zining "Dizionario della lingua italiana" kitobida ushbu ibora olimga yuzma yuz turmoq ma'nolarida ishlatilishini aytib o'tgan.
Ushbu ibora nasroniy va yahudiylarning muqaddas kitobidan kelib chiqadi. Unga ko'ra Doniyor (Daniele) payg'ambar shoh Doro (Dario) tomonidan och sherlar saqlanadigan chuqurlikka tashuriladi va "agar sening hudoying mavjud bolsa u seni qutqaradi" deydi. Bir oqshom o'tgach chuqurlikka qarashsa Doniyor payg'ambar tirik va och sherlar unga umuman tegishmagan. Shundan so'ng shoh ham butun xalq ham uning hudosiga iymon keltirishadi.
O'zbek tilida ushbu iboraga ekvivalent "ikki o4 orasida qolmoq". Italyan tilida zoonimlar ishlatiladigan iboralar juda ham turlicha.
Foydalanilgan adabiyotlar royhati:
1. Raxmatullaev SH. Frazeologik birliklarning asosiy ma'no turlari. T.: O'z FA nashriyoti, 1997.B.5.
2. Umarov E.A. Frazeologik lug'at, Xazoin-ul maoniy A.Navoiy, Toshkent, 1991. B.14.
3. G. Pittano Frase fatta. Zanichelli editore. Bologna, 1992
© M.M. Rustamova, 2016
УДК 82
КОМПОНЕНТ-ЗООНИМ В СОСТАВЕ ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ ИТАЛЬЯНСКОГО ЯЗЫКА
М.М. Рустамова
Аннотация. В статье анализируются структурные функции компонента-зоонима во фразеологических оборотах итальянского языка. Исследования показали, что компо-нент-зооним обладает большими возможностями для образования фразеологизмов. Проведённый сравнительный анализ свидетельствует о значительном сходстве структурной организации изучаемых единиц в итальянском и узбекском языках.
Ключевые слова: зооним, идиома, компонент, фразеологизм, фразообразование.
© М.М. Рустамова, 2016
UDC 82
COMPONENT-ZOONYMS IN PHRASEOLOGISMS ITALIAN LANGUAGE
M.M. Rustamova
Abstract. The paper analyzes the structural features of the component-zoonyms set phrases in Italian language. Research has shown that component-zoonyms has great potential for the formation of phraseology. The comparative analysis shows a significant similarity of the structural organization of the studied units in the Italian and Uzbek languages.
Keywords: zoon, idiom, component, idiom.
© M.M. Rustamova, 2016