CHET TILINI O'RGATISHDA KOMMUNIKATIV PRINSIPLAR HAMDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING ROLI
Nargiza Abdug'ofurovna Jumaniyazova Shaxzoda Turg'unovna Mavlonova
Ushbu maqolada chet tili o'qitish metodikasi haqida, chet tili o'qitish metodikasida qo'llanilayotgan zamonaviy metod turlari va ulardan foydalanish xususida so'z boradi.
Kalit so'zlar: kommunikativ, prinsip, leksik-grammatik, stilistik, pedagogik texnologiya.
COMMUNICATIVE PRINCIPLES AND THE ROLE OF NEW PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN FOREIGN LANGUAGE TEACHING
This article discusses the methodology of foreign language teaching, the types of modern methods used in foreign language teaching and their use.
Keywords: communicative, principle, lexical-grammar, stylistic, pedagogical technology.
Chet tillarini o'zlashtirishda hozirgi kunda zamonaviy metodika prinsiplarining eng muhim tomoni kommunikativ ko'nikmalarni rivojlantirishdir.
Zamonaviy chet tili o'qituvchisi faqatgina o'zining til bo'yicha bilimiga, o'quvchi shaxsini psixologik-pedagogik rivojlanish qonuniyatlarini bilishgagina tayanib qolmasligi kerak. Shu bilan bir qatorda u ma'lum kasbiy-kommunikativ, ya'ni spetsifik sifatlar, ko'nikmalarni rivojlantirishi kerak. Ular unga birinchidan o'quvchilarni o'quv faoliyatidagi ichki, «yashirin» rezervlarini boshqarishga imkon beradi, ikkinchidan o'quvchilarni minimal kommunikativ darajada bo'lsa ham chet tillarini o'zlashtirishlarini ta'minlaydi. U holda ham, bu holatda ham psixologik-uslubiy rezervlar muloqotga kirishi chet tilidan muloqot vositasi sifatida foydalanish mahoratiga bog'liq.
ASOSIY QISM
Psixologlarning hisoblari bo'yicha maxsus kommunikativ ko'nikmalarga ega bo'lishlik muloqot faoliyati samarasini 15-20 foizga oshiradi. O'qitish jarayonini ijtimoiy-psixologik masalalarni optimallashtirish, o'qitishni optimal psixologik va
Farg'ona davlat universiteti
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
pedagogik iqlimini yaratish, «qiziqish bilan o'qish» muhitini yaratish bo'lajak chet tili o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi samaradorligini oshirish yo'llarini muloqot psixologoyasi bilan yaqin aloqada izlash kerak degan fikrga olib keladi. O'quvchini kasbiy pedagogik faoliyatga o'qitish jarayonida bir vaqtning o'zida uni kasbiy pedagogik muloqot mahoratlariga ham o'rgatish kerak.
O'quvchilarning kommunikativ ko'nikmalarini rivojlantirishda tanlangan adabiyotlar, ma'lumotlar - umuman o'rgatiladigan materiallar - shunday bo'lishi kerakki u o'zuda ham leksik-grammatik va stilistik o'zgarishlarni o'z ichiga qamrab olishi bilan bir qatorda og'zaki va adabiy nutq tuzilmalarini ham aks ettirishi kerak.
Kommunikativ mahoratlarning barchasini birdaniga o'rgatib bo'lmaydi. Kommunikativ ta'lim mahoratlarini o'rgatish jarayonini bir nechta bosqichga bo'lamiz.
Birinchi bosqichda o'quvchilar shaxsiy yoki o'qituvchilarni kasbiy yo'naltirilgan faoliyatlarini dinamik o'zgaruvchan holatlarda maqsadga yo'naltirilgan kuzatuvlarini hamda idrok etishlarini tashkil qilish kerak.
Ikkinchi bosqichning vazifasi o;quvchilar o'qituvchilari bilan birgalikda ishlab chiqqan o'quv-kommunikativ topshiriqlarni amalga oshirish jarayonida kasbiy yo'naltirilgan mashqlarni bajarishidir.
Uchinchi bosqichda o'quvchilar tomonidan kasbiy yo'naltirilgan kommunikativ faoliyatni mustaqil amalga oshirishni tashkil qilish.
Birinchi bosqichda o'zini yoki o'zaro ta'limni tashkil qilishni motivatsion asosi o'rnatuvchi kirish suhbatida o'qituvchi o'quvchilarga kommunikativ sherikchilik va hamkorlik prinsiplari asosida tashkil qilingan mashg'ulotni mazmun va mohiyatini tushuntiradi.
O'qituvchining nutqi o'quvchini har qanday nutq faoliyati uchun namuma va yo'nalishdir. O'quvchiga yaxshi namuna ko'rsatish uchun o'qituvchi o'z nutq faoliyatiga e'tibor berishi va quyidagilarga amal qilishi kerak:
1. Eng avvalo muloqotda sergap va surbet bo'lma.
2. Yangi materialni kiritishda, muammoli masalalarni hal qilishda oldindan tanish bo'gan narsalarga izoh berma. Sening vazifang - o'quvchilar bilan o'ylash, o'quvchilar uchun emas.
3. Aynan bitta o'quvchidan so'rashni cho'ma. O'qituvchining to'g'ri nutq faoliyati - tinglashni ham bilish, tilda etarli bolmagan vositalarni o'z vaqtida aytish mahoratidir.
4. Shuni unutma, o'quv muloqotida o'quvchi uchun oddiy, tushunarli bo'lgan nutq ataylab murakkablashtirilgan nutq bilan almashib turishi kerak.
5. Imkoni boricha, aytilganni tarjima qil, o'quvchi seni tushunishga harakat qilsin.
6. Sen tomonidan quyidagi baholovchi xarakterda bo'lgan, xushmuomalalik konstruktsiyalarini «men bilishimcha», «agar adashmasam», «meni bunga yuz foiz
ishonchim komil emas, lekin», «agar men eslasam» ishlatish sening nutqingni intellektual boyitadi va o'rganuvchilarga tez-tez ishlatiladigan nutq vositalari bilan tanishish imkonini beradi.
Ma'lumki, kommunikativ ko'nikmalarni rivojlantirish uchun, - ayniqsa, chet tillarini o'rganish va o'rgatishda, ta'lim jarayonidagi dars soetlari etarli bo'lmaydi. Shu sababli til o'rganish va o'rgatishda darsdan tashqari mashg'ulotlar, fakultativ dars soatlari, iqtidorlilar bilan alohida, yaxshi o'zlashtirmocchilar bilan alohida shug'ullanish bu borada katta va muhim rol o'ynaydi. Darsdan tashqari mashg'ulotlar o'quvchiga chet mamlakatlarning an'analari, o'simlik va hayvonot olami, geografiyasi, bayramlari, muomala madaniyati, adabiyot va san'at hamda boshqa sohalarni kengroq bilish imkonini beradi. Ta'lim jarayonida ajratilgan dars soatlari ham, sinfdan tashqari mo'ljallangan mashg'ulotlar ham yangi pedagogik texnologiya asosida, noan'anaviy uslubda olib borilsa bilim saviyasining tez oshishiga omil bo'ladi.
Bunda o'qituvchining roli kamayadi, ya'ni dars, mashg'ulot jarayonida o'quvchi mavzuni maqsadga ko'ra o'zi tushuna olishi, o'zlashtira olishi kerak, ya'ni o'qituvchi dars jarayononi nazorat qilib boradi, o'quvchining xatosini tuzatadi va to'ldiradi. Mashg'ulotlar davomida turli o'yinlar, rasmlar, buyumlar, qo'shiqlar, diagramma va filmlardan foydalanish chet tillarini o'qitishda o'qituvchiga ham yaqindan ko'mak beradi va o'quvchi ham ko'rgazmali qurollardan unumli foydalangan holda mavzuni oson va yaxshi o'zlashtiradi.
Yangi pedagogik texnologiyalarning eng samarali usullaridan biri guruhlarga bo'lib dars o'tish jarayonidir. Guruhlarga bo'lishda ham turli usullarni qo'llash mumkin. Masalan, bir rasmni olib, to'rtga bo'linadi, rasm bo'laklari tarqatiladi. Rasm bo'laklarini olgan o'quvchilar rasmni butun holga keltirishadi va ular bitta guruh bo'lib darsda ishtirok etishadi.
O'quvchilar guruhlarga bo'lingandan so'ng ularga turli topshiriqlar beriladi. Masalan, «Ferghana, district, Uzbekistan» kabi so'zlar ishtirok etgan 6-7 gapdan iborat «Farg'ona» matnini tuzishlari kerak.
Yangi pedagogik texnologiya usullaridan biri bo'lgan xotirani sinash va mustahkamlash o'yinlari ham keng qo'llanilinmoqda. Masalan, birinchi o'quvchi bir gap aytadi: I study at school.
Ikkinchi o'quvchi shu gapni qaytrib davom ettiradi: I study at school. I am 14.
Keyin uchinchi, to'rtinchi o'quvchi va hokazo...
Chet tillarini o'qitishda so'z boyliklarini oshirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu usullardan biri:
Bir o'quvchi doskaga chiqadi, qolgan o'quvchilar harakatlar va mimikalar yordamida turli holatlarni namoyon etadilar. Doskadagi o'quvchi harakatni soz bilan ifoda etishi kerak. Masalan, bir o'quvchi kulish holatini ko'rsatadi.
To laugh.
Yana bir o'quvchi kitobni qo'liga olib o'qish jarayonini ko'rsatadi.
To read. Va hokazo.
Hozirgi kunda mamlakatimizda chet tilini o'rganishga bo'lgan ehtiyoj tobora kuchayib bormoqda. Chunki qaysi sohani olmang, chet tili, xususan, ingliz tilidagi so'zlarga duch kelasiz. Turli kompaniyalarning shartnomalari ham ingliz tilida imzolanadi, kompyuter, bank ishlari tizimi, meditsina, huquqshunoslik, qo'yinchi, xalqaro tashkilotlar ham asosan ingliz tiliga bog'langan.
Shunga ko'ra chet tillarini o'rganishni engillashtirish maqsadida turli metodik qo'llanmalar, usullar ishlab chiqilmoqda. Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish chet tilini o'rganishda ijobiy samaralar bermoqda.
Demak, xulosa qilib shuni aytish mumkinki, chet tiliga o'rganish va o'rgatish jarayonida sinfdan tashqari mashg'ulotlar hamda yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish o'rganuvchining chet tiliga bo'lgan qiziqishini o'stiradi hamda til o'rganish jarayonida yaqindan ko'mak beradi.
ADABIYTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Samarova.S.R. Methods and technologies for the development of creative thinking of pupils.
2. Samarova.S.R, Mirzayeva M.M. The problem of the formation of creative abilities of students in foreign psychology.
3. Raxmonova M.Q. Ta'lim jarayonida o'quv munozaralarini tashkil etishda o'qituvchining pedagogik mahorati, ijodkorligi va faolligi.
4. Shokarimova.K.A. Pedagogik qobiliyat va pedagogik mahoratning ta'lim-tarbiya berishdagi ahamiyati.
5. Uraimov S. R. Theoretical training in physical culture of students of the school education system //Pedagogy va psychologyda innovatsiyaar. - 2020. - Т. 11. - №. 3.
6. Abdurakhmonova, M. M., ugli Mirzayev, M. A., Karimov, U. U., & Karimova, G. Y. (2021). Information Culture And Ethical Education In The Globalization Century. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(03), 384-388.
7. Khankeldiev S. K., Uraimov S. R. EXPERIMENTAL SUBSTANTIATION OF THE METHODOLOGY FOR CONDUCTING PHYSICAL EDUCATION LESSONS IN THE SCHOOL EDUCATION SYSTEM, TAKING INTO ACCOUNT REGIONAL FACTORS //Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka. - 2021. - Т. 1. - №. 1.
8. Karimov, U., & Abdurakhmon, A. (2017). INNOVATIVE INFORMATION TECHNOLOGY IN EDUCATION. Форум молодых ученых, (5), 9-12.
XULOSA
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489
OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2022
9. Allamuratov S. I., Uraimov S. R. MOTOR TRAINING OF STUDENT YOUTH IN THE PROCESS OF TRAINING IN SPECIALIZED MILITARY-TECHNICAL LYCEUMS IN CONDITIONS OF HYPERTHERMIA //Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka. - 2021. - Т. 1. - №. 1.
10. Karimov, U. U., & Karimova, G. Y. (2021). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN ACHIEVING EDUCATIONAL EFFECTIVENESS. Журнал естественных наук, 7(1).
11. Sh A. et al. Research Of The Physical Education Of Students Of The MilitaryTechnical Lyceum" School Of Temurbeks" Taking Into Account The Influence Of Regional Factors //Turkish Journal of Computer and Mathematics Education (TURCOMAT). - 2021. - Т. 12. - №. 11. - С. 7009-7011.
12. Usmanov, N., Ganiev, B. S., & Karimova, G. Y. (2021). The Philosophical Basis For The Formation Of Spiritual Maturity Among Young People. Oriental Journal of Social Sciences, 33-37.
13. Khankeldiev S. K., Uraimov S. R. ASSESSMENT OF THE RELATIONSHIP BETWEEN MOTOR SKILLS AND PHYSICAL DEVELOPMENT OF STUDENT YOUTH BY THE METHOD OF CANONICAL ANALYSIS //Thematics Journal of Social Sciences. - 2021. - Т. 7. - №. 3.
14. Uraimov S. R. Dynamics of somatometric indicators of students of the militarytechnical lyceum //Fan-Sports. - 2019. - №. 2. - С. 68.
15. Kipchakova, Y. (2021). METHODOLOGICAL AND DIDACTIC ASPECTS OF INFORMATION AND INTELLECTUAL CULTURE IN THE EDUCATION OF A DEVELOPED GENERATION. Экономика и социум, (6-1), 156-159.
16. KIPCHAKOVA, Y., ABDUXAMIDOVA, M., & RAXMONALIYEVA, M. THE IMPACT OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN IMPROVING STUDENT KNOWLEDGE. СТУДЕНЧЕСКИЙ ВЕСТНИК Учредители: Общество с ограниченной ответственностью" Интернаука", 37-38.
17. Ташланова, Н. Д. (2019). Развитие критического мышления студентов в вузах. Проблемы современной науки и образования, (11-2 (144)).
18. Suyumov, J., Madaliyeva, G., & Xakimova, K. (2021). IMITATION MODELING TECHNOLOGIES IN HIGHER EDUCATIONAL PROCESS. Теория и практика современной науки, (5), 18-21.
19. Karimov A., Muxammadjonov X. INFORMATION TECHNOLOGIES: INFORMATION EDUCATION AND INFORMATICS //Экономика и социум. -2020. - №. 8. - С. 40-43.
122
UZBEKISTAN | www.caajsr.uz