Научная статья на тему 'BUXORO VILOYAT QISHLOQ AHOLI MANZILGOHLARI GEOGRAFIYASI'

BUXORO VILOYAT QISHLOQ AHOLI MANZILGOHLARI GEOGRAFIYASI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
237
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Aholi manzilgohi / qishloq joylar / kishilarning hududiy birligi / cho‘l hududlari qishloqlari / Arabxona / Chitgaron.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Usmonov A.U.

Ushbu maqolada ijtimoiy hayotni hududiy tashkil etilishining asosiy shakllaridan biri bo‘lgan qishloq joylar geografiyasi, xususan Buxoro viloyat qishloq aholi manzilgohlari haqida qisqacha geografik tahlil qilib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BUXORO VILOYAT QISHLOQ AHOLI MANZILGOHLARI GEOGRAFIYASI»

Usmonov A. U.

Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti

BUXORO VILOYAT QISHLOQ AHOLI MANZILGOHLARI

GEOGRAFIYASI

Annotatsiya. Ushbu maqolada ijtimoiy hayotni hududiy tashkil etilishining asosiy shakllaridan biri bo'lgan qishloq joylar geografiyasi, xususan Buxoro viloyat qishloq aholi manzilgohlari haqida qisqacha geografik tahlil qilib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Aholi manzilgohi, qishloq joylar, kishilarning hududiy birligi, cho'l hududlari qishloqlari, Arabxona, Chitgaron.

Usmanov A.U. doctoral student Samarkand State University

GEOGRAPHY OF RURAL SETTLEMENT OF BUKHARA REGION

Abstract. In this article, the geography of rural areas, which is one of the main forms of territorial organization of social life, in particular, the rural settlement of Bukhara region, is briefly analyzed geographically.

Key words: population settlement, rural areas, territorial unit of people, villages of deserts areas, Arabkhana, Chitgaron.

Qishloq joylar shahar va shaharchalardan tashqaridagi hududlar bo'lib, ularda qishloq xo'jaligida muntazam foydalaniladigan yеrlar hamda doimiy aholi manzilgohlari (punktlari) mavjud bo'lishi bilan tavsiflanadi.

Qishloqlar shaharlarga qaraganda aholi yashash joyining qadimiyroq shaklidir. To'g'ri, qadimda dastlabki aholi manzilgohlari shahar yoki qishloq deb atalmagan, qishloqlarning vujudga kelishi ijtimoiy mehnat taqsimotida sug'orma dehqonchilik madaniyati rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan. Sug'orma dehqonchilik avvallari tabiiy suv oqimidan foydalangan holda olib borilgan, keyinchalik sug'orish inshootlari (to'g'on, kanal va b.) va vositalari (chig'iriq) asosida rivojlangan.

Albatta, bunday inshootlar yoki hozirgi zamon tili bilan aytganda, irrigatsiya infratuzilmalarini yaratish, qo'riqlash va ulardan foydalanish keng jamoatchilik mehnatini, aholini bir joyda va birgalikda yashashini taqozo etgan. Shunday qilib, jamoa (sotsium), kishilarning hududiy birligi, turg'un aholi manzilgohlari paydo bo'lgan. Sug'orma dehqonchilikning chorvachilikdan ajralib chiqishi, shu asosda hunarmandchilik va savdoning rivojlanib borishi natijasida ijtimoiy va hududiy mehnat taqsimotining navbatdagi muhim bosqichi boshlangan. Jamiyat hayotdagi bunday o'zgarishlar qishloqlardan shaharlarning

ajralib chiqishiga va rivojlanib borishiga sabab bo'lgan. Aynan shu davrdan boshlab ijtimoiy hayotni hududiy tashkil etilishining ikki shakli, ya'ni qishloqlar va shaharlar vujudga kelgan.

O'zbekistonda mavjud 10990 ta qishloq aholi manzilgohlarini hududiy farqlarga asoslanib, 4 guruhga ajratish mumkin.

1. Vodiy qishloqlari

2. Voha qishloqlari

3. Cho'l hududlari qishloqlari

4. Tog' hududlari qishloqlari

Ma'lumotlarga ko'ra, respublikamizning taxminan 70 foiz maydoni cho'llar egallaydi. Cho'lshunos olim I.Q.Nazarov cho'llarni o'zlashtirish nuqtai nazardan ikki qismga cho'l vohalarga va cho'l yaylovlarga ajratadi.

Umuman olganda, cho'l mintaqalari asosan, respublikamizning g'arbiy va shimoli-g'arbiy qismlarini egallaydi. Ularga Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarining katta qismlari kiradi. Eng "cho'lli" hududlar esa Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlari hisoblanadi.

Buxoro viloyati qishloq aholi manzilgohlarini tahlil qiladigan bo'lsak, mazkur viloyatda iqlimning issiq hamda nihoyatda quruqligi, yog'in-sochinning (namgarchilik) o'ta kamligi va mumkin bo'lgan bug'lanish juda yuqoriligi, suvning tanqisligi bilan boshqa ma'muriy birliklardan ajralib turadi. Viloyat maydoni 40,3 ming kv km bo'lib, Respublika umumiy maydonining 9,0 foizini tashkil qiladi. Bu jihatdan Buxoro viloyati respublikada Qoraqalpog'iston Respublikasi va Navoiy viloyatlaridan keyingi uchinchi o'rinda turadi. Hududining kattaligi bois qishloq aholi manzilgohlari viloyat bo'ylab notekis taqsimlangan. Buxoro viloyatida jami 1473 ta qishloq aholi manzilgohi mavjud bo'lib, Respublika umumiy qishloq aholi manzilgohlarining 13 foizda ko'prog'ini o'zida jamlagan. Bu ko'rsatkich bo'yicha faqatgina Samarqand viloyati (1901 ta) Buxoro viloyatidan oldinda turadi. 1-rasm.

1-rasm

Viloyatlar kesimida qishloq aholi manzilgohlari soni (01.01.2023)

Xorazm, 550, 5%

Qoraqalpog'iston R, 1126, 10%

Andijon, 455, 4%

Qashqadaryo, 1042, 10%

Jizzax, 529, 5%

Buxoro, 1473, 13%

Navoiy, 582, 5%

Namangan, 388, 4%

Izoh: Diagramma O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.

Yuqoridagi ma'lumotdan ko'rishimiz mumkinki, Respublikamizdagi mavjud qishloq aholi manzilgohlari joylashuvida hududiy tafovutlar mavjud. Maydon jihatdan katta bo'lgan ko'pgina viloyatlarimizda qishloq aholi manzilgohlari soni ancha ko'pligini ko'rishimiz mumkin. Navoiy viloyatida bu ko'rsatkich kamligini aholi sonining kamligi, niloyatlar ichida eng kenja va hududining kam o'zlashtirilganligi bilan izohlash mumkin.

Qishloq aholi punktlari soni bo'yicha Samarqand va Buxoro viloyatlari boshqa viloyatlardan ancha oldinda turadi. Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida ham bu ko'rsatkichda oldingi o'rinlarda turadi. Ularda mos ravishda 1126 ta va 1042 ta shu tipdagi aholi manzilgohlari joylashgan. Yana bir qiziq tomoni shundan iboratki, demografik salohiyati yuqori bo'lgan Andijon va Namangan viloyatlari ushbu ro'yxatda pastki o'rinlardan joy olgan.

Buxoro viloyati aholi sonining ko'payishi bo'yicha respublikada o'rtacha ko'rsatkichga ega. Qishloq aholisi 1989-2009-yillar oralig'ida 130,8 foizda o'sgan. Undan keying davrda o'sish biroz pasaygan. Bunga sabab, 2009 -yilning "urbanistik siyosati" shahar va qishloq aholisi o'sish va joylanish ko'rsatkichkariga, ularning o'zgarishiga keskin ta'sir etdi.

Xususan, mazkur yilda, viloyatdagi 60 ta qishloq aholi punktlariga shaharcha maqomi berildi. Ushbu qishloqlarda jami 156790 kishi istiqomat qiladi. Tumanlar kesimida tahlil qilinganda, eng ko'p qishloq aholi punktlari Qorako'l

(12 ta), G'ijduvon (10), Shofirkon, Olot, Jondor (har birida 8 ta) tumanlarida shaharcha maqomi berildi. Shaharcha maqomini olgan qishloq aholi punktlari orasida Yangibozor (6460 kishi, Peshu tumani), Qoqishtuvon (4085 kishi, Romitan tumani), Iskogare (3996 kishi, Shofirkon tumani), kabi hududlarda eng ko'p aholi istiqomat qilgan.

Bugungi kunda viloyatda mavjud 1473 ta (01.01.2023) qishloq aholi manzilgohlari viloyat tumanlari bo'yicha notekis taqsimlangan. Bunga relyef, iqlim, gidrologik va boshqa omillar o'z ta'sirini ko'rsatadi. Voloyat tumanlari orasida eng kam qishloq aholi punktlari 8,4 ming qishloq aholisi mavjud bo'lgan Qorovulbozor tumaniga to'g'ri keladi. 2-rasm.

2-rasm

Izoh: Diagramma O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma'lumotlari asosida tuzilgan.

Buxoro viloyat tumanlari qishloq aholi punktlari soni bo'yicha boshqa viloyatlardan keskin ajralib turadi. Ayniqsa Vobkent va G'ijduvon tumanlari bu borada yetakchilar qatorida turadi. Respublikada eng ko'p qishloq aholi punktlariga ega tumanlar uchligida G'ijduvon (252 ta) birinchi, Payariq (210 ta) ikkinchi, Vobkent (186 ta) uchinchi o'rinda turadi.

Viloyat qishloq aholisining umumiy soni 1284,1 ming kishini tashkil qiladi. Qishloq aholisining o'rtacha zichligi 1 km2 maydonga 24,1 kishiga teng. Eng yuqori ko'rsatkich - 314,5 kishi Vobkent viloyatda yetakchi hisoblanadi. Bu borada mazkur tuman Farg'ona vodiysi tumanlariga yoki Qashqadaryo

viloyatining Shahrisabz, Kitob tumanlariga o'xshab ketadi. Ayni vaqtda maydoni katta hisoblangan Peshku, Qorako'l va Jondor tumanlarida aholi juda siyrak joylashgan.

Shunday qilib, Buxoro viloyati qishloqlarining qisqacha tahlili shuni ko'rsatadiki, cho'l sharoitida aholi geografiyasi nihoyatda katta ichki tafovutlarga ega. Bir tomondan Buxoro va Qorako'l vohalarida aholi zich va kattaroq qishloqlar ko'p bo'lsa, katta maydonni band etgan cho'l hududlarida aholi siyrak joylashgan va doimiy qishloq aholi manzilgohlari nihoyatda kam.

Viloyat qishloqlari toponimiga to'xtaladigan bo'lsak, ularning toponimikasi viloyatning tarixiy-geografik, etnografik xususiyatlarini aks ettiradi. Chunonchi, bu yerda "arab" so'zi bilan yasalgan 40dan ortiq qishloq nomlari bor (Arabxona, Arabon, Arablar, Arabsaroy va h.k.). Shuningdek, turli kasb-hunar ma'nosini anglatuvchi Pichoqchi, Charmgar, Gilambof, Quttisoz, Sartaroshlar, Novvoylar, Chitgaron, Zargaron kabi 50dan ziyod qishloqlar viloyatning turli hududlarida joylashgan.

Xulosa o'rnida ta'kidlash lozimki, Buxoro viloyati qishloqlarining katta -kichikligi, tarixiy shakllanishi, geografiyasi va toponimikasi o'ziga xosligi bilan mamlakatimizning boshqa mintaqalaridan ajralib turadi. Ushbu yo'nalishdagi ilmiy ishlar doimo dolzarbligini saqlab qoladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. A.Soliyev, M.Nazarov. "O'zbekiston qishloqlari" Toshkent "Fan va texnologiya" nashriyoti. 2009.y.

2. A.Mavlonov. "Cho'l urbanizatsiyasi" monografiya. Buxoro "SHAHZOD PRINT" nashriyoti. 2015. y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.