Научная статья на тему 'BUXORO SHASHMAQOMINING ILK KOMPOZITSION ILDIZLARI TARIXI'

BUXORO SHASHMAQOMINING ILK KOMPOZITSION ILDIZLARI TARIXI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
85
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Buxoro / shashmaqom / kompozitsion ildizlar

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Dilmurod Tursinovich Nosirov

Mazkur maqolada Buxoro shashmaqomining ilk kompozitsion ildizlari tarixi to‘g‘risida ma’lumot keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BUXORO SHASHMAQOMINING ILK KOMPOZITSION ILDIZLARI TARIXI»

BUXORO SHASHMAQOMINING ILK KOMPOZITSION ILDIZLARI

TARIXI

Dilmurod Tursinovich Nosirov Qo'qon DPI

Annotatsiya: Mazkur maqolada Buxoro shashmaqomining ilk kompozitsion ildizlari tarixi to'g'risida ma'lumot keltirilgan.

Kalit so'zlar: Buxoro, shashmaqom, kompozitsion ildizlar

HISTORY OF THE FIRST COMPOSITION ROOTS OF BUKHARA

SHASHMAQOM

Dilmurod Tursinovich Nosirov Kokand SPI

Abstract: This article provides information about the history of the first compositional roots of Bukhara shashmaqom.

Keywords: Bukhara, shashmaqom, composite roots

Ajdodlarimiz tomonidan meros bo'lib kelayotgan milliy musiqamiz an'analarini o'rganish va ularni butunjahon tamadduni taraqqiyotiga xizmat qildirishdek, tarixiy vazifani tabdil etganligi xalqimizning istiqlol yillaridagi madaniyat va san'at sohasida erishgan ulkan ma'anaviy ozuqa bo'ldi.

Jahon musiqa merosining ulkan sarchashmasi hisoblangan Shashmaqomning YuNESKO tomondan "Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi" deb e'tirof etilishi katta tarixiy voqea. Ota-bobolarimizdan qolgan mo'tabar musiqiy merosni nafaqat asrab-avaylash, balki kelasi avlodlarga tortiq qilish ham bugungi vazifamizdir.

Bobokalonlarimiz tarafidan qadimgi davrlardan beri bizgacha saqlanib kelingan mumtoz musiqiy obidalar, ularning hayot tarzlaridagi o'ziga xos an'analari zamonlar o'tishi bilan shu makonda kamol topgan ilm ahlining musiqiy izlanishlarida sayqal topib, tobora ilmiyroq bir tusga tegishli yozma manbalarga muhrlanib, ma'anaviy boyligimizga aylangan. Ushbu mulkni tadqiq qilib, amaliyotga tadbiq etish va ularning semantikasini ochib berish kabi muhim vazifa, ayni paytda, biz uchun kechiktirib bo'lmaydigan ishlardan biridir.

Buxoro ajdodiy san'ati Suyovush davrida bir tomondan So'g'dlar va ikkinchi tomondan Hindiston, Xitoy va Arab davlatlari bilan savdo sotiq yo'llarini mustaxkamlab, buyuk ipak yo'llarida katta bazmlarni ham uyushtirib kelganligi bilan bir-birovini musiqa san'ati bilan yaqqol tanishib, tajribalar ortirilgan deyish mumkin.

ncTTni^^H] 112 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Ushbu kesimda ijrochilik san'ati raqobatchilikka bel bog'lash darajasiga yetgankim, buni saroy podsholari markazlarida uyushtirib kelingan. Shu tariqa "Rost", "Navo", "Ushshoq", "Segoh" janrlari o'zga xos nafisligida, o'sha davrda ham eng murrakkab ijrochilik sirasiga kirganligini Fahlobod Borbad asarlarida uchratish mumkin. Shuningdek, tarixchi Nasrshaxiy Buxoriyning "Buxoro tarixi" kitobida asoslangan. Buyuk Qo'shoniylar imperiyasi davridan boshlab sharq bilan aloqalar kuchayib borishi natijasida ezgu hayot va musiqa san'ati rivojlanadi.

Masalan, "Ho-zamzam" qo'shig'ini Tojikistonda folklor uslublarida aytilishini uchratish mumkin. Bu qo'shiq davrlar o'tib ancha takomillashib, zamonaviy musiqa ijrochiligida o'z o'rniga ega bo'lgan. Uning fol'klor uslubiga birmuncha yaqinligi, usul tartiblari Buxoroning «ufar»iga o'xshab ketadi. Biroq, Buxoro an'anaviy ufarining ijro etilish xususiyatini o'zga biror etnik guruh yoki xalqniki bilan solishtirib bo'lmaydi. U faqat Buxoroga xos uslubiy shaklda ekanligi bilan alohida ajralib, sezilib turadi.

R.Abdullayev tadqiqotida, asosan o'zbek, turkman, qozoq, qirg'iz va qoraqalpoq kabi turkiyzabon aholi bilan birga, fors-tojik vakillari ham yondosh yashashi natijasida milliy an'analarning musiqiy-ma'naviy hayotda ko'plab urf- odatlar, bayramona bazmlar, diniy marosimlarning naqadar qo'shilib-chatishib ketganligi haqida qiziqarli fikr-mulohazalar yuritadi

Qadimdan bizga ma'lum cholg'ular tarannumidan tashqari "chapak", "qars" hamda qo'lga angishvona taqib, likopchalarga zarb berib, xor bo'lib kuylash udumlari bizning davrimizgacha yetib kelgan. Masalan, Zardushtiylarning qadimgi Kushon davri san'atiga xos diniy bayram usullari va harbiy xor jamoasining qo'shiqlari, ya'ni "Mozandaron" harbiy qo'shig'i, "Qini Siyovush" (Siyovush qasosi) - marsiyasi yoki qadimgi Buxoro umum- guruh jamoasi an'analaridan "Yazno-Nofarin" qo'shig'i, "Hozamzam"1 usullari hozirgi davrda M.Tursunzoda nomidagi Tojikiston xalq konservatoriyasi o'qituvchilarining tashabbuskorligi bilan talabalar va o'qituvchilardan tashkil topgan aralash xor dastasi va turli xil ansambllar dasturidan o'rin olgan1. Ammo, Buxoroda bu yo'nalishlar sho'rolar hukmronligi davrida asta-sekin e'tibordan chetga chiqib qolgan. Biroq, turli aholi qatlamlari orasida hanuzgacha shunday ijro uslublarining ayrim tartib-namunalari saqlanib qolgan.

Buyuk Qo'shoniylar davrining 300 ta talabadan iborat "Shoxona" professional Saroy XOR jamoasining repertuari.

Ushbu xor jamoasi 21 ta madhiyani yoddan bilgan, qaysi talaba 21 ta madxiyadan birini aytaolmasa, unda shu zahot talabalik safidan chetlashtirilib, saroydan haydalgan. Zero maxsus Xor faqat Siyovush va Podshohlarga bo'y sunib kelgan va saroydan tashqariga konsert qo'yish yo xizmat qilish uchun Podshohning

1 S.Saidiy tomonidan Душанбе, ТГИИ. КПР факультет концерти ва^тида 1990 йил ёзиб олинган.qo'ltozma shaxsiy kutubxonasi. 2014 yil 30 may oyi.

ПсТГЙ^^И] 113 ISSN 2181-063Х/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

ruxsatigina amalga oshirilgan. Saroydan yashirincha chiqib Tumnat qilganlar esa shu zahot boshidan qatl etilgan.

Buyuk Turon zaminida musiqa madaniyati va ijrochilik san'atining rivojlanishi qadim zamonlarga bog'lanib ketadi. Buyuk sharq allomalari Muhammad Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al Farg'oniy, Abu Ali ibn Sino, Paxlavon Mahmud, Umar Hayyom, Mirzo Ulug'bek, Zaxiriddin Muhammad Bobur, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Paxlavon Muhammad, Najmiddin Kavkabiy, Darvish Ali Changiy2 va boshqa ulug' bobokalonlarimiz o'zlarining risolalarida ijrochilik san'ati, musiqa ilmi va tarixi, cholg'u sozlarining tuzilishi, ijroviy uslublari, san'atkorlik qonun - qoidalariga oid qimmatli ma'lumotlarni bayon etib ketganlar. Mashhur didaktik asar «Qobusnoma»da ham hofizlik va san'atkorlikning qoidalariga bag'ishlangan alohida bob o'rin olgan.

Zaminimizda o'tkazilgan tarixiy qazilmalar natijasida topilgan dutorga, surnay, qonunga, nayga o'xshash sozlar, toshlarga o'yib bitilgan sozandalarning soz chalib turganidagi tasvirlari, minatyura asarlaridagi sozanda va hofizlarning rasmlari o'lkamizda ijrochilik san'ati qadimdan rivojlanib kelganligidan dalolat beradi. Sharq xalqlarining musiqiy merosi bo'lmish Maqom, Mug'om, Dastgoh, Navba, Raga, Kyui kabi ijrochilikning murakkab turkumlari avloddan - avlodga og'zaki ravishda o'tib kelgan. Tarixiy manbalar, bilimdon ustoz san'atkorlarning fikri hamda ilmiy tadqiqotlarga qaraganda, XIII-XVII asrlarda Buxoro, Uyg'uriston, Xuroson va Ozarbayjon xalqlari musiqasida quyidagi o'n ikki (davozdax) maqom mavjud bo'lgan. Bular «Ushshoq», «Navo», «Busalik», «Rost», «Xusayniy», «Xijoz», «Rohaviy», «Zangula», «Iroq», «Isfahon», «Zirofqand», «Buzurg».3

Yana bir tarixiy manbaga murojaat qiladigan bo'lsak, ulug' olim Mirzo Ulug'bek Tarag'ayning «Risola dar ilmi musiqa» (Musiqa ilmi haqida risola) kitobining «Dar bayoni duvozdah maqom» (o'n ikki maqom zikrida) bobida shunday fikrlar keltiriladi: Xoja Abdulqodir ibn Adurahmon Marog'iy, Xoja Sayfidin Abdulmo'min, Sulton Uvays Jaloiriylarning so'zlariga qaraganda, avvalda maqomlar yettita bo'lg'on: «Maqomi rost», «Maqomi Ushshoq», «Maqomi Navo», «Maqomi Roho'», «Maqomi Xijoz», «Maqomi Iroq», «Maqomi Xusayniy». Yana ushbu risolada ulug' bobomiz Ulug'bekning o'zi tanbur va nog'orani juda yaxshi chalganligini, «Bulujiy», «Shodiyona», «Axloqiy», «Tabriziy», «Usuli ravon», «Usuliy otlig'» singari kuylarni ixtiro qilganligini ta'kidlab o'tadi.

Yuqoridagi fikrlarga suyangan holda, shunday xulosa qilish mumkinki, tarixiy sharoitda yangi ijro yo'llari sayqallangan ko'rinishlari bilan jilolanib kelgan. Keyinchalik xalqning etnik joylashishi, yashash sharoitlari, turmush tarziga qarab

2 Change Darvish Ali. Traktat o muzike. (perevod s pers.-tadj. D. Rashidovoy) Rukopis bib-ka NII Iskusstvoznaniya Inv. N879 s. 23-29.

3 Nazarov A. F. Kniga pesen al-Isfaxani v aspekte mejregionalnix muzikalno-transkulturativnix processov. Dis. Kan. Is-ya, bib-ka NII Iskusstvoznaniya. Inv N812, s . 37

IIgcTÍÍ^^BI 114 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

ularning turlicha madaniy rivojlanish davriga asoslanib har xil maqom yo'llari ham o'z o'rnini topganligi ehtimoldan holi emas.

Natijada XVIII asrga kelib Buxoroning «Shashmaqom» (Olti maqom)i: «Buzruk», «Rost», «Navo», «Dugoh», «Segoh», «Iroq» maqomlari o'zining nasr va mushkulot qismlari bilan rivojlangan bo'lsa, Farg'onaning «Chor maqom»i (To'rt maqom), «Dugoh Xusayniy»ning yettita yo'li, «Chorgoh»ning oltita ijrochilik yo'li, «Shaxnozi Gulyor»ning oltita ijrochilik yo'li hamda «Bayot» yo'llarining savti va taronalari bilan jilolanib, ijro etib kelingan.

IX-XII asrlarda O'rta Osiyo musiqiy madaniyatida o'zgarishlar davri bo'lganligi manbalarda ko'rsatib o'tiladi. Lekin X-XII asrlarda ijod qilgan sozandalar, hofizlar va bastakorlarning nomlari va ularning ijodiy faoliyatlari haqida juda kam ma'lumotlar saqlanib qolgan. Ustoz musiqashunos olimlarning yozma manbalariga asoslanib ba'zilari ustida to'xtab o'tishni lozim topdik. VI-VII asrlarda yashab ijod etgan O'rta-Osiyolik Faxlobod Borbad haqida ma'lumotlarga qaraganda musiqashunoslik, bastakorlik, sozandalik va hofizlik borasida tengi yo'q san'atkor bo'lganligi e'tirof etiladi. Afsonaviy ijrochilik mahoratiga ega bo'lganligi xaqida yozgan ustoz musiqashunos olim Ar-Roziy Borbadning buyuk ijrochilik mahorati bilan birgalikda musiqiy sozlarning ham yaratuvchisi bo'lganligini aytib o'tadi. Borbad yaratgan musiqa asbobi X-XII asrlarda Xuroson va Turonda keng tarqalganligini va uning 4 torli bo'lganligini yozadi.4

Qadimiy qo'lyozmalarda X-XII asrlarda ijod qilgan Abubakr Rubobiy, Bunasr, Buamir va changchi Lukoriy va boshqa sozanda va hofizlarning nomlari eslab o'tiladi.

IX-X asrda yashagan buyuk shoir Abu Abdullo Rudakiy o'z zamonasining chang sozlarini chalishda mohir bo'lganligi, ayniqsa «Bo'yi juyi muliyon» sheprini ushshoq kuyida aytilgani qadimgi qo'lyozmalarda ko'rsatilgan. Adabiyotshunos olim N.Mallayev qadimiy ko'lyozmalar asosida X-XII asrlarda tanbur, rubob, kus nog'ora, qo'biz, tabl, tanburok, zir, nay, chag'ona, shaypur, surnay, karnay, arg'unan, qonun kabi torli, zarbli va puflab chaladigan cholg'u asboblari o'lkamizda keng tarqalganini va o'n ikki maqom taraqqiy topib takomillashganini ko'rsatib o'tgan.

O'sha davrning buyuk olimi Maxmud Qoshg'ariyning «Devoni lug'otiy turk» asarida qadimiy turkiy xalqlarning xalq og'zaki ijodi va qo'shiqlari, bayram va marosimlaridagi mexnat qo'shiqlari, qaxramonlik qo'shiqlari haqida namunalar berilgan bo'lib, o'sha zamonda qo'shiqchilik janri rivoj topganini ko'rsatadi.

X-XII asr musiqa va ashula san'atiga doir bayon etilgan noyob ma'lumotlar Yusuf Xos Xojibning « Qutadg'u bilig» asarida ham uchraydi. X asrning buyuk qomusiy olimi, musiqashunoslik fanining ulug' kashfiyotchisi Abu Nasr Al Forobiy (873-950) bo'lib,uning musiqa sohasida yaratgan asarlari asosida ovro'pa olimlari

4 Matyoqubov O. R. Og'zaki ananadagi professional muzika asoslariga kirish. T., O'qituvchi, 1983, b. 7 rfccTii^^Bl 115 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

ham qator asarlar yaratganlar. Farobiy o'z faoliyatida musiqa ilmini tadqiq etish bilan birga fiziologik asoslarini ishlash ustida ijod qildi va «Qonun», «G'ijjak» kabi yangi musiqiy sozlarni kashf etdi. Uning musiqa sohasidagi nazariy asarlaridan «Kitab ul musiqa al- kabir» («Katta musiqa kitobi»), «Kalom fakultet-il musiqi» («Musiqa haqida so'z»), «Kitob fi ixsoal ibko'» (kuylar tasnifi haqida kitob»), «Kitob fi-n naqra muzofa ilal ibqo'» (Ritmga qo'shimcha qilinadigan siljishlar haqida kitob») kitoblari ma'lum. Akademik Muzaffar Xayrullayevning «Forobiy» asarida uning musiqa ijodi haqida qimmatli ma'lumotlar beriladi.

Forobiy Turkistonning Farob (O'tror) shahrida tug'ilgan bo'lib, uning otasi Muhammad Tarxon turkiy qabilalardan edi. Avval O'trorda, o'qib, so'ngra Bog'dodga borib unda falsafa, tabiyot, musiqa fanlari bilan chuqur shug'ullanadi. Qadimgi Yunon faylasuflaridan Aflotun (Platon), Arastu (Aristotel') larning dunyo qarashlarini chuqur o'rganib, ularning ta'limotlarini qaytadan ishlab chiqdi. Bu esa unga Aristoteldan keyin «Ustod soniy» (Ikkinchi ustod) nomini beradi5. U o'sha davrning eng o'tkir sozandasi, bastakori, O'rta Osiyoda va Yaqin Sharqda musiqa madaniyatining yirik arbobi sifatida tanildi. Forobiy o'sha davr ijrochilik san'atida ham benihoya katta shuhrat qozondi. Uning musiqa yo'nalishidagi nazariy asarlari kelajakda O'rta Osiyo xalqlari musiqa fani taraqqiyotiga asos bo'ldi va shu bilan birga dunyo musiqa fani rivojiga ham katta hissa bo'lib qo'shildi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. M.Isaqova "Drammaturg mahorati" T. 2021. 4b

2. Y.Solijonov "Hozirgi adabiy jarayon" T. "Innovatsiya-Ziyo" 2020.92,93.b

3. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Development Methods of Teaching Disciplines Orchestric Specializations!!" European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 38-41.

4. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Advanced in Improving the Effectiveness of the Music Culture Lesson Role and Importance of Pedagogical Technologies." INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION 1.5 (2022): 76-78.

5. Tursunovich, Nosirov Dilmurod. "A BRIEF ANALYSIS OF THE LIFE AND CREATIVITY OF CONDUCTOR ARTURO TOSKANI." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 90-95.

6. TURSINOVICH, NOSIROV DILMURODJON. "Uzbek National Musical Instrument Performance." JournalNX 7.1 (2021): 315-318.

5 Korogli X. G. vzaimosvuazi eposa narodov Sredney Azii, Irana I Azerbaydjana. M., 1983, s. 8

ITFVE^^Hl 116 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

7. Nosirov, Dilmurod Tursunovich. "The role of music in the development of our national spirituality." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.1 (2021): 679-684.

8. Shodiyeva, G., and O. Sobirova. "UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS OF THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).

9. Eminjanovna, Shodiyeva Gavhar. "IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE USE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF HEARING ABILITIES OF NATIONAL MUSIC IN STUDENTS." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 47-50.

10. Eminjanovna, Shodiyeva Gavkhar. "The role of national music in education of youth." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.2 (2021): 1285-1288.

11. Rasulova, Saida Sabirovna, and Orif Tursunovich Tillahojayev. "PECULIARITIES OF TRAINING MUSIC TEACHERS FOR INNOVATIVE EDUCATIONAL ACTIVITIES." Academic research in educational sciences 2.Special Issue 4 (2021): 14-17.

12. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FROM THE HISTORY OF PRESERVATION AND RECORDING OF SAMPLES OF NATIONAL UZBEK MUSICAL FOLKLORE." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 59-61.

13. Tillaxo'jayev, O. "FORMATION OF INTERNATIONAL VIRTUE IN STUDENTS THROUGH STUDYING THE LIFE AND CREATION OF COMPOSER SULAYMON YUDAKOV." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022): 122-127.

14. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "THE PATH OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF UZBEK FOLK MUSIC CREATIVITY." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 57-61.

15. Imomalievich, Shukurjon Boratov. "METHODS OF FORMATION OF VOCAL SKILLS." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.11 (2022): 808-811.

16. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "RESTORATION AND DEVELOPMENT OF THE STATUS GENRE AS THE MAIN PROBLEM OF UZBEK FOLK MUSIC PERFORMANCE ART." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 110-115.

ficiv^^^BI 117 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

17. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.

18. FOZILOV, QM. "PROBLEMS OF ORCHESTRA PERFORMANCE IN THE PRACTICE OF TRAINING SMUGGLERS." ЭКОНОМИКА: 206-209.

19. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.

20. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FUNDAMENTALS OF THE USE OF INAVATORY PROGRAMS OF MUSIC CULTURE IN TEACHING AS A SUBJECT." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 171-174.

21. Axmedovich, Turdiev Shavkat. "PROBLEMS OF INCREASING PEDAGOGICAL SKILLS OF MUSIC EDUCATION TEACHER." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 75-78.

22. AXMEDOVICH, TURDIEV SHAVKAT. "Use of Pedagogical Technologies in Conducting." JournalNX 7.1: 149-151.

118

ISSN 2181-063X I Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.