Научная статья на тему 'Buxgаltеriyа hisobini tаshkil еtish orqаli korxonа rеsurslаrini boshqаrish'

Buxgаltеriyа hisobini tаshkil еtish orqаli korxonа rеsurslаrini boshqаrish Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
58
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
rаqаmli iqtisodiyot / zаmonаviy tеxnologiyаlаr / IT / korxonа

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Muhаmmаdjon Mаxmud O’g’li Muzаffаrov

Mаzkur mаqolаdа rаqаmli iqtisodiyot shаroitidа korxonа rеsurslаrini аvtomаt boshqаrish tizimidа buxgаltеriyа hisobini tаshkil еtishning аhаmiyаti hаqidа fikr-mulohаzаlаr bildirildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Buxgаltеriyа hisobini tаshkil еtish orqаli korxonа rеsurslаrini boshqаrish»

Buxgаltеriyа hisobini tüshUil еtish orqnli korxonB rеsurslаrini

boshqаrish

Muhammadjon Maxmud o'g'li Muzaffarov Toshkent moliya instituti

Аnnotаtsiyа: Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida korxona resurslarini avtomat boshqarish tizimida buxgalteriya hisobini tashkil etishning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Kаlit so'zlаr: raqamli iqtisodiyot, zamonaviy texnologiyalar, IT, korxona

Mаnаgеmеnt of еntеrprisе rеsourсеs through orgаnizаtion of

ассounting

Muhammadjon Maxmud o'g'li Muzaffarov Tashkent Financial Institute

Аbstrасt: In this article, opinions were expressed on the importance of the organization of accounting in the system of automatic management of enterprise resources in the digital economy.

Keywords: digital economy, modern technologies, IT, enterprise

Raqamli iqtisodiyotga borasidagi qiziqish iqtisodiyot va jamiyatda ro'y bergan jiddiy o'zgarishlar tufayli sezilarli darajada o'sib bormoqda desak mubolagá bo'lmaydi. Zamonaviy texnologiyalar va platformalar, hamkorlar, mijozlar va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqotni minimallashtirish natij asida yuridik va jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishga ko'mak berdi. Shuningdek, o'zaro muloqotni yanada tez va oson yo'lga qo'yishga imkoniyat yaratdi. Natijada tarmoq resurslariga asoslangan, electron yoki raqamli iqtisodiyot paydo bo'ldi. «Raqamlashtirish» so'zi aslida yangi termin bo'lib, innovatsion boshqaruv va ish yuritish jarayoniga IT yechimlarning jalb etilishini, buning samarasi o'laroq esa internet buyumlardan tortib, elektron hukumatgacha bo'lgan barcha tizimlarda axborot texnologiyalarini qo'llashni ko'zda tutadi. Ko'pgina davlatlarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun uchta model mavjud.

Birinchi model rivojlangan davlatlarni o'z ichiga oladi: Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va AQSH. Ilmiy adabiyotlarda keltirilishicha, yaqinda AQSH va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotni shakllantirish modellari kesishish jarayoni boshlandi. Bu esa mamlakatlar o'rtasidagi o'xshashlik bir qator

sabablarga bog'liq: ishlab chiqarish va bandlik tuzil-masini xizmat ko'rsatish sohasi va ilmiy jihatdan intensiv ishlab chiqarish foydasiga o'zgartirish; hosildorlikning o'sishi asosida ishlab chiqarishni jadallashtirish; bu iqtisodlarning tashqi sharoitlardan mustaqilligini, ularning progressiv va o'z-o'zini ta'minlashga qaratilgan investitsiyalar va jamg'armalarning ichki manbai; ushbu ikki mintaqaning o'zaro bog'liqligini dunyoning qolgan qismidan progressiv yopish fonida tezda chuqurlashtirish. Ushbu o'xshash elementlarning aksariyati AQSH va Yevropa Itti-foqimamlakatlarida teng darajada rivojlangan ilmiy va texnologik taraqqiyot tendentsiyalari bilan bog'liq1.

Ikkinchi model - "Taraqqiyotga erishish" modelidir. Bu modelni yangi sanoat mamlakatlari shakllantiradi. So'nggi paytlarda Tayvan va Singapur raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda juda katta ahamiyatga ega bo'lmoqdalar, bu hatto ba'zi jihatdan Yaponiyadan ham ustundir. Mazkur davlatlar raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha etakchi ikkinchi guruhda hisoblanadi2. Biroq, turmush darajasi va ijtimoiy capitalning rivojlanish darajasibo'yicha ushbu davlatlar orqada qolmoqda. Bundan tashqari, bu model boshqa ma'noda korxona darajasida ham, davlat darajasida ham biznes jarayonlarini samarali boshqarishning oqsoqligi bilan tavsiflanadi.

Rivojlangan bir qator mamlakatlarda bu ko'rsatkich YaIMning 70 foizdan ortiq qismini tashkil etib, davlat boshqaruvi, konsalting va informatsion xizmat ko'rsatish, moliya, ulgurji va chakana savdo, shuningdek, xizmatlar sohasini (kommunal, shaxsiy va ijtimoiy) birlashtiradi. Iqtisodiy diversifikatsiyalashuv va uning dinamikasi qanchalik yuqori bo'lsa, bu davlat ichida va tashqarisida noyob axborotlar aylanmasi shunchalik ko'p, milliy iqtisodiyotlar ichida axborot trafigi esa shu qadar salmoqli bo'ladi. Shu sababli ishtirokchilar soni ko'p va IT xizmatlar keng tarqalgan bozorlarda raqamli iqtisodiyot tez sur'atlarda rivojlanadi. Ayniqsa, bu -savdo, transport, logistika va shu singari internet bilan faol ishlovchi sohalarga cheksiz qulayliklar yaratadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, ularda electron segmentning ulushi YaIMning 10 foiziga yaqinlashib, 4 foiz aholi bandligini ta'minlaydi. Eng e'tiborlisi, bu ko'rsatkichlar barqaror tarzda o'sib boradi. Rivojlangan mamlakatlar yalpi ichki mahsulotidagi raqamli iqtisodiyotning ulushi 2018-yildan 2022-yilgacha 4,3% dan 5,5% gacha, rivojlanayotgan mamlakatlar yalpi ichki mahsulotida 3,6% dan 4,9% gacha o' sdi.

"Katta yigirma" mamlakatlarida bu ko'rsatkich besh yil ichida 4,2% dan 5,4% gacha o' sdi.

Statistik ma'lumotlarga qaraydigan bo'lsak, YaIMda raqamli iqtisodiyot ulushi bo'yicha jahon rahbari Buyuk Britaniya-12,4%. 2016-yilda e'lon qilingan Xalqaro ma'lumotlar korporatsiyasi tahlilchilarining tadqiqotiga ko'ra, raqamli transformatsiya texnologiyalarining bu-tun dunyo global xarajatlari har yili 16,8 foizga o'sadi va 2019-

1 https://kun.uz/uz/news/2020/07/06/raqamli-iqtisodiyot-rivojlanish-trendlari-va-xususiyatlari/

2 https://iqtisodiyot.tsue.uz/sites/default/files/maqolalar/Article_42_0.pdf/

yilga kelib 2,1 trln. AQSH dollarini tashkil etadi. Accenture konsalting kompaniyasining prognozlariga ko'ra, 2023-yilda raqamli texnologiyalardan foydalanish 1,46 trln. AQSH dollarini yoki dunyoning o'nlab yetakchi jahon iqtisodiyotlarining yalpi ichki mahsulotidagi YaIMning 2,4 foizini tashkil etadi. Rivojlangan davlatlarning yalpi ichki mahsuloti "raqamli iqtisodiyot" hisobiga 1,9 foizga, rivojlanayotgan mamlakatlar YaIM esa 3,5 foizga o'sadi. Raqamli iqtisodiyotning kelajakdagi rivojlanishi bir qancha ilg'or texnologiyalarning muvaffaqiyatiga bog'liq bo'ladi. Bunday beshta texnologiyani ajratib ko'rsatish mumkin:

-5G - aloqa; -3D - bosma; -blokcheyn; -sun'iy intellekt (AI); -virtual haqiqat3.

Sanab o'tilgan zamonaviy texnologiyalar deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarning strategik hujjatlarida belgilangan eng muhim rivojlanish yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyotning eng muhim va hal qiluvchi texnologiyasi-bu raqamli platformadir. Raqamli iqtisodiyot platformasi -iste'molchilar va ishlab chiqaruvchilarning ehtiyojlarini ta'minlaydigan funktsiyalar va xizmatlar to'plami bilan raqamli muhit, hamda, ular o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri muloqot o'rnatish imkoniyatlarini amalga oshiradi.

Shubhasiz, raqamli iqtisodiyotning samaradorligiga nafaqat zamonaviy axborot texnologiyalarining qamrovi va infratuzilmaning mavjudligi, balki ishbilarmonlik muhiti, inson kapitali va samarali boshqaruv instrumentlari kabi standart iqtisodiy mezonlar ham ta'sir ko'rsatadi. Misol uchun, iqtisodiy taraqqiyot aynan ularga tayanadi, bu esa ushbu mezonlarning raqamli iqtisodiyot rivojlanishida avvalgiday muhim o'rin tutishini bildiradi. Buxgalteriya hisobi barcha xo'jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz va hujjatlar asosida hisobga olish yo'li bilan buxgalteriya axborotini yig'ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidir, hamda uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir.

Buxgalteriya hisobi xo'jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobining kamida ikkita schyotida bir vaqtda hamda o'zaro bog'liq holda pulda baholab aks ettirish yo'li bilan ikki yoqlama yozuv usulida yuritiladi. Korxona va tashkilotlarning xo'jalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish hamda ishlab chiqarishning borishini boshqarish uchun axborotlarni olish maqsadida faqat kuzatuvning o'zi kifoya qilmaydi. Balki,olingan ma'lumotlarni o'lchash, ya'ni menejerlarga zarur bo'lgan ma'lum bir miqdoriy ko'rsatkichlarda ifodalash lozim bo'ladi. Undan keyin esa bu ko'rsatkichlar boshqarishga zarur bo'lgan yo'nalishda axborotni guruhlash, korxonalar faoliyatini

3 http://www.genderi.org/zbekiston-respublikasi-tashqi-ishlar-vazirligi-jahon-iqtisodiy.html?page=10

keyinchalik baholash va axborotning saqlanishini ta'minlash va auditni tashkil qilish maqsadida hisobning tegishli registrlarida ro'yxatga olinishi lozim bo'ladi.

Bozor iqtisodiyotida mulkdorlar xo'jalik hisobidan maksimal darajada foyda olish va o'stirish uchun foydalanadi va bunda mulk egalari uning yordamida qo'yilgan mablag'lar va kapitalning yuqori samarali ishlatilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga harakat qilishadi. Bozor iqtisodiyotidagi xo'jalik hisobi maqsad foydaning shakllanish davrida ustida kuzatish hisoblanib, uning yordamida tadbirkorlar ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish va mahsulot (ish, xizmat)lar sifatini yaxshilash hamda yaratilgan mahsulot (ish, xizmat) tannarxini kamaytirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarish vositalarining katta ulushiga ega bo'lgan tadbirkorlarning manfaatiga rioya qilinadi. Xo'jalik hisobidan ham xuddi shu yo'nalishda foydalaniladi.

Raqamli iqtisodiyot zamonaviy buxgalterning imkoniyatlarini kengaytirmoqda, buxgalteriya hisobi sifati va tezkorligini oshiradi, turli xil hisob-kitoblarni integratsiyalashning zamonaviy innovatsion yondashuvlarini shakllantiradi. Shaxsiy kompyuterlar va maxsus buxgalteriya dasturlari yordamida qog'oz ishini avtomatlashtirilgan hisob bilan almashtirish buxgalterni muntazam ishdan ozod qilish va ularning ish natijalarini yaxshilash imkonini berdi.

Bugungi kunda buxgalterning kundalik faoliyatiga tatbiq etiladigan barcha onlayn buxgalteriya operatsiyalarini, banklarni va axborot texnologiyalari portfellarini ishlab chiqarish imkonini beruvchi maxsus Internet-xizmatlar paydo bo'ldi. Bulutli texnologiyalar - axborotni saqlash va qayta ishlash uchun internetda bo'sh joy ijarasi xizmati. Bulutli texnologiyalar buxgalteriya hisobi uchun foydalanish uchun etarli afzalliklarga ega, ammo kamchiliklar ham mavjud, ularning asosiy qismi uzluksiz Internet aloqasi hisoblanadi. Bugungi kunda eng mashhur raqamli texnologiyalardan biri bulutli texnologiyalardir. Bulutli texnologiyalar Internet xizmati sifatida xotira yoki hisoblash kuchi kabi kompyuter resurslarini taqdim etishni nazarda tutadi. Ushbu texnologiyadan foydalanishning o'ziga xos xususiyati shundaki, tashkilotlar qimmatbaho texnikani sotib olishlari, uni ta'mirlash uchun mutaxassislarni yollashlari yoki maxsus dasturiy ta'minotni o'rnatishlari shart emas. Bulut xizmatlaridan foydalanish uchun Internetga kirish etarli. Texnologiyadagi o'zgarishlar buxgalteriyaning o'zgarishiga olib keldi, bu esa olimlar va amaliyotchilarning asosiy tushunchalar modelini shakllantirish, qonunchilikni ishlab chiqish, me'yoriy hujjatlar, yangi raqamli iqtisodiyotda buxgalteriya hisobi bo'yicha ko'rsatmalar va qoidalarni ishlab chiqishni talab qiladi.

Foydаlаnilgаn аdаbiyotlаr

1. O'zbekistonRespublikasiprezidentiSH.M.Mirziyoevning 2020 yil 25 yanvardagi 2020 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Muroj atnomasi. https: //kun.uz/uz/99444746.

2. O'zbekiston Respublikasi prezidentining "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni. 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli. https://lex.uz/docs/3564970.

3. Xa^AapoB Н.Х. Мax1aллий бюджeтлaр: MyaMMO Ba инновaцион eчимлaр. Узбeкиетон craracraKa aхборотномacи" илмий элeктрон журнвли. 2020

4. T.Malikov, N.Haydarov. Budjet daromadlari va xarajatlari. O 'quv qo 'llanma, Toshkent: "IQTISOD-MOLIYA, 2007

5. A.V.Vaxabov, Sh A.Tashmatov, N.X.Xaydarov. Moliyaviy savodxonlik asoslari: o'quv qo'llanma-Toshkent. Baktria Press. 2013

6. T.Malikov, N.Xaydarov. Davlat byudjeti. - T.:" IQTISOD-MOLIYA, 2007

7. H.Xa^apoB. Соликлaр Ba солик^ тортиш мacaлaлaри. Тошкeнт: AKaAeMM, 2007

8. Н.Хaйдaров. Дaвлaт молиясини бошкaриш. T.^A^AeMM, 2005

9. Nizamiddin Khaydarov. INTERNATIONAL EXPERIENCE OF THE DEVELOPMENT OF TOURISM IN UZBEKISTAN. 2021

10. Н.Хaйдaров. Иктисодиётни эркинташтириш шaроитидa корхонaлaр инвecтицион фaолиятидaги молия-солик; мyноcaбaтлaрини тaкомиллaштириш мacaлaлaри. 2003

11. Uchqun Yunusovich O'roqov, Nozimaxon Jahongir qizi Rahimova. Investitsiyalarni jalb qilishda qulay investitsiya muhitining ahamiyati. RESEARCH AND EDUCATION. 2022/6/30

12. Urokov Uchkun Yunusovich, Toshmatova Rano Gaipovna, Sharapova Mashhura Azadovna, Ismailova Nasiba Komiljonovna, Isaev Husan Mansurovich. Matters of revenue generation and cost optimization while increasing the efficiency of the state budget. Journal of Hunan University (Natural Sciences). 2021/12

13. У.Ю. Уроков, К.Р.Чинкулов. Узбeкиcтондa дaвлar хaридлaрининг тaкомиллaшyвининг хукукий acоcлaри. Хaлкaро молия Ba хдооб» жyрнaли. 2017

14. Ortiqov Ulug'bek Akrombek o'g, O'sarov Javohir Bahodir o'g AKSIYADORLIK JAMIYATLARINING KORPORATIV MOLIYAVIY STRATEGIYASINI AMALGA OSHIRISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities

15. Baxtiyorovich, Muzaffarov Muhammadjon Maxmud o'g'li MM O'roqov Uchqun Yunusovich - Mamlakat investitsiya jozibadorligini oshirish orqali

16. Samadov Ortiq, Muzaffarov Mukhammadjon, Analysis of the Participation of the Republic of Uzbekistan in the Processes of International Economic Integration. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 2023

17. Muhammadjon Muzaffarov. Davlat xaridlarini tashkil etish shakllarining o'ziga xos xususiyatlari. Science and Education, 2022

18. Muzaffarov Muhammadjon Maxmud o'g'li. Buxgalteriya hisobini tashkil etish orqali korxona resurslarini boshqarish. Science and Education, 2023

19. Y.YpoKOB. MaxannHH Srog^eraap MycTaKHnnnraHH omnpnmra ong Ha3apHH Kapamnap. 2020

20. Y YpoKOB. Erog^eT MaônaFnapngaH caMapann ^oöganaHHmHH TatMHHnam nynnapn. Erog^eT MaônaFnapngaH caMapann ^oöganaHHrnHH TatMHHnam nynnapn. - 2017

21. U Yu O'roqov, NM Anvarov. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda byudjet-soliq siyosatining ahamiyati. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. 2022/6/30

22. Y YpoKOB. Max,arnHH öwg^eTnap MycTaKHnnnraHH omHpnmHHHr ycTyBop fiyHannrnnapH. Science and Education" Scientific Journal/ISSN. 2022/6

23. Ilhom Sobirov, Raqamli iqtisodiyot - rivojlanish trendlari va xususiyatlari, https://kun.uz/uz/news/2020/07/06/raqamli-iqtisodiyot-rivojlanish-trendlari-va-xususiyatlari?q=%2Fnews%2F2020%2F070/o2F060/o2Fraqamli-iqtisodiyot-rivojlanish-trendlari-va-xususiyatlari

24. Abdusalomova Nafosat Baxodirovna, KORXONA RESURSLARINI BOSHQARISH TIZIMI (ERP) ORQALI BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH, "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali, 2/2022

25. Razzaqova, D. A. Q. (2021). RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BUXGALTERIYA HISOBINI AVTOMATLASHTIRISHNING ROLI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 2(8), 243-249.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.