Научная статья на тему 'BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING IJOBIY VA SALBIY TOMONLARI'

BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING IJOBIY VA SALBIY TOMONLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
14
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Мировая наука
Область наук
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / bozor iqtisodiyoti / samaradorlik / xavf xatarlar / raqamlashtirish. / digital economy / market economy / efficiency / risks / digitization.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Xolmirzaev T. R.

Maqolada raqamli iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ijobiy va salbiy jihatlari tahlil qilinadi. Ushbu texnologiyalarning afzalliklari, jumladan, samaradorlikni oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, shuningdek, ular bilan bog‘liq xavf-xatarlar va cheklovlar yoritib beriladi. Umumiy xulosalar va tavsiyalar keltiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

POSITIVE AND NEGATIVE ASPECTS OF THE DIGITAL ECONOMY IN A MARKET ECONOMY

The article explores the positive and negative aspects of the digital economy in the context of a market economy. It highlights the advantages of these technologies, such as increased efficiency and the digitization of production processes, as well as the associated risks and limitations. General conclusions and recommendations are provided.

Текст научной работы на тему «BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING IJOBIY VA SALBIY TOMONLARI»

Xolmirzaev T. R.

Assistent

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti

O'zbekiston

BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING

IJOBIY VA SALBIY TOMONLARI

Annotatsiya: Maqolada raqamli iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ijobiy va salbiy jihatlari tahlil qilinadi. Ushbu texnologiyalarning afzalliklari, jumladan, samaradorlikni oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, shuningdek, ular bilan bog'liq xavf-xatarlar va cheklovlar yoritib beriladi. Umumiy xulosalar va tavsiyalar keltiriladi.

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, bozor iqtisodiyoti, samaradorlik, xavf-xatarlar, raqamlashtirish.

Kholmirzaev T. R.

Assistant

University of Economics and Pedagogy

Uzbekistan

POSITIVE AND NEGATIVE ASPECTS OF THE DIGITAL ECONOMY IN A MARKET ECONOMY

Abstract: The article explores the positive and negative aspects of the digital economy in the context of a market economy. It highlights the advantages of these technologies, such as increased efficiency and the digitization of production processes, as well as the associated risks and limitations. General conclusions and recommendations are provided.

Keywords: digital economy, market economy, efficiency, risks, digitization.

Kirish. Mamlakatimizning ko'pchilik rivojlangan mamlakatlar kabi, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo'lini tanlaganligi axborot texnologiyalari sohasida va umuman, elektron hujjatlar aylanmasi sohasida yangi yo'nalishlar ochib beradi.

Jamiyatning raqamli texnologiyalar tomon burilishi ro'y berishiga butun jahon internet tarmog'ining sifati oshishi hamda aloqa tizimlarining rivojlanishi sababchi bo'ldi. Natijada katta hajmdai ma'lumotlar almashinish va ularni to'plash imkoni paydo bo'ldi, bu esa, o'z navbatida, to'plangan axborotni qayta ishlashga, bashorat qilishga, asoslangan qarorlar qabul qilishga va xilma-xil usullarda foyda olishga imkon beradi. Bularning barchasi uchun esa mos keluvchi infratuzilma, boshqacha qilib aytganda, global axborot platformalari ekotizimini yaratish zarur bo'ladi.Biroq bunda ma'lumotlarni yo'qotish, biznesni yo'qotish, ish o'rinlarining qisq'arishi, havfsizlikka putur yetishi riski va modernizatsiya qilish zarurati vujudga keladi. Bu masalalarni tezda hal qilish zarur, chunki bu borada kechiqish jiddiy risklarga olib kelishi mumkin. Hozirda ro'y berayotgan o'zgarishlarda raqamli

iqtisodiyotning afsona yoki haqiqat ekanligi emas, balki bu o'zgarishlarning jamiyatga qanday hizmat qilishi muhim rol o'ynaydi. Hozirgi davrda biz texnologiyalar qanday qilib ommaviy hizmat ko'rsatish sohasini tubdan o'zgartirayotganini ko'ryapmiz. Vositachilarni olib tashlaydigan, mijoz va ta'minotchi o'rtasidagi aloqalarning to'g'ridan-to'g'ri amalga oshirilishiga olib keladigan Uber kabi yangi biznes-modellar paydo bo'lmoqda. Avvalroq xuddi shunga o'xshash o'zgarishlar moliya sektori va telekommunikatsiyalarda ham ro'y bergan edi.Sanoatda ham bir qancha printsipial o'zgarishlar kuzatilmoqda, chunki raqamli korxona va insonning raqamli qiyofadoshi - robotlar paydo bo'lishi butun insoniyat funktsional modelini jiddiy ravishda o'zgartirib yuborishi mumkin. Bu esa shuni ko'rsatadiki, axborot texnologiyalari asta-sekinlik bilan odamlarning o'rnini egallab boradi. Huddi mana shu holat raqamli iqtisodiyotning namoyon bo'lishi hisoblanadi.To'g'ri, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot tufayli qanday keskin o'zgarishlar ro'y berishi hozircha hech kimga ma'lum emas. Hozirgi texniktexnologik qoloqlik sharoitlarida sanoatning raqamli o'zgarishi tez ro'y berishiga ob'ektiv va sub'ektiv sabablarga ko'ra, bir qancha shubha-gumonlar mavjud.Raqamli platformalarning rivojlanishga yorqin misollardan biri sifatida

Alibabaelektron savdo tizimiga ega bo'lgan Xitoy kompaniyasini keltirib o'tish mumkin. Undan foydalanish tajribasi shuni ko'rsatadiki, ma'lumotlar to'plash jarayoni iqtisodiyotning turli sektorlariga ekspansiya uchun o'ta raqobatli ustunliklar yaratadi. Alibaba bu -oddiygina raqamli platforma emas, balki platformalar ekotizimidir. Tushunarliki, bunday ekotizim qudrati alohida platformalar kuchidan katta bo'ladi. Xatto AQSH ham hozirgi kunda bu poygada yutqazmoqda, chunki u yerda turli platformalarni integratsiya qilishga to'g'ri keladi, Xitoyda esa bu sohada rivojlanish samaradorlikni oshirish hisobiga - bir platformadan boshqa platformaga qarab o'tish asta-sekinlik bilan ro'y berdi.Raqamli iqtisodiyotga o'tish kabi global bir ishda ko'p narsa davlatning tutgan pozitsiyasiga ham bog'liq, albatta. Barchasi hamma narsani birlashtiradigan va «raqam»ga o'tkazadigan yagona davlat platformasiga borib taqalmasligi muhim,ya'ni, «Davlatning vazifasi, biznesning o 'rniga biron bir narsa qilish emas, balki oddiygina - biznesga halal bermaslikdir»». Davlatning vazifasi-umumiy qoidalar yaratish, biznes esa shu umumiy qoidalar asosida o'zgara va rivojlana boshlaydi, chunki qonunlar ta'sirida ishbilarmonlik muhiti o'zgaradi va raqobat o'sadi. Jiddiy kumulyativ samarayangi umumiy platforma yaratish tufayli emas, balki har biri o'z ishi bilan shug'ullanadigan ko'plab mustaqil tashkilotlar va mahsulotlar yig'indisi bilan chambarchas bog'liq bo'lgan infratuzilma paydo bo'lishi tufayli vujudga kelishi mumkin. Lekin bunda kerakli standartlar va protokollarni eng yuqori sifat darajasida ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Bizning fikrimizcha, ushbu holat - davlatni uning maqsadlari bilan do'stlashtirib qo'yadigan qadam, ya'ni o'z natijalaridan iqtisodiyot ehtiyojlarini belgilab berishi mumkin bo'lgan fandan manfaatdor bo'lgan biznes. Boshqacha qilib aytganda, raqamli iqtisodiyot davlat, biznes va fanni birlashtirishi mumkin. Raqamli iqtisodiyotda boshqa xalqaro tizimlar va amaliy mexanizmlar bilan birga bo'la olishga erishish uchun «umumiy darcha» mexanizmidagi ma'lumotlar modellari va

hujjatlar xalqaro standartlari va tavsiyalari asosida tashkil qilinishi lozim. Uyg'unlashtirish lozim bo'lgan xabarlar va hujjatlar boshlang'ich ro'yxati ma'lumotlarini qamrab oladigan ma'lumotlar ro'yxatini tuzishda, shuningdek,milliy ma'lumotlar modelini shakllantirishda ularni xalqaro stan dartlar talablariga muvofiq tavsiflash va belgilash zarur.

O'zbekiston Respublikasida 2015-2018 yillarda mo'ljallangan elektron tijoratni rivojlantirish Konsepsiyasi qabul qilindi, va uo'rta muddatli istiqbolda elektron tijoratni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini, raqobatli muhitni kengaytirishni, zamonaviy infratuzilmani tashkil qilishni va qo'shimcha ish o'rinlari yaratishni, shuningdek, elektron tijorat haqidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish shakllarini va yo'llarini belgilab berdi.Biroq, bugungi kunga kelib,konsepsiyada aks ettirilgan chora-tadbirlar to'liq amalga oshirilmaganligi haqida gapirish mumkin. Masalan, normativ-huquqiy bazada elektron tijoratni rivojlantirishga qaratilgan qator qarorlar qabul qilinmagan. Xususan, elektron tijoratda elektron xabarlar yoki elektron hujjatlar ommaviy jo'natmalari, reklamani joylashtirish tartibi tasdiqlanmagan. Shu bilan bir paytda, 2018 yil 14 mayda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev «Elektron tijoratni jadal rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida»gi Qarorni imzoladi. Ushbu hujjatdaO'zbekistonda elektron tijoratni takomillashtirishga qaratilgan bir qator tadbirlar aks ettirilgan. Ammo, umuman olganda, aytish mumkinki, O'zbekiston ushbu yo'nalishda, juda tezkor rivojlanadigan tarmoqda yo'l qo'yish mumkin bo'lmagan darajada sekin va cho'zib harakatlanmoqda. Ta'kidlash joizki, bugungi kunda foydalanuvchilar oziq-ovqat mahsulotlariga buyurtma berish uchun telegram botlaridan faol foydalanmoqdalar. O'zbekistonlik iste'molchilar, shuningdek, internet tarmog'i yoki telefoniya hizmatlari uchun mobil ilovalar vositasida faol pul to'lashmoqda. Bu esa O'zbekiston aholisi elektron bitimlarni amalga oshirishga ishonishidan dalolat beradi, faqat hozirgi kungacha foydalanuvchilar katta harajatlar talab qilmaydigan kichik bitimlarni amalga oshirgan holda o'rtacha xarid hajmini oshirishga unchalik tayyor emaslar. O'zbekistonda elektron bitimlar foydalanuvchisining o'rtacha hajmi 50 mingdan 200 ming so'mgachani tashkil qiladi.O'zbek iste'molchisi elektron bitim amalga oshirishda uyali aloqa telefonidan foydalanadi, chunki u birmuncha qulayroq bo'lib, bir qator qulay ilovalarga ham ega. Mahsulot tanlashga keladigan bo'lsak, ko'pchilik respondentlar Internet orqali kiyim-bosh, shuningdek, maishiy texnikava elektronika xarid qilishni afzal ko'rishgan. Avtomobil va ko'chmas mulk predmetlari internet orqali eng kam xarid qilinadigan tovarlar bo'lgan. Buni shu bilan izohlash mumkinki, ayni paytda foydalanuvchi «onlayn» rejimida yirik miqdordagi pullarni berishga hali tayyor emas.Bundan tashqari, foydalanuvchilar

UzCard, VISA, MasterCard kabi to'lov tizimlaridan faol foydalaniladilar. Ommaviylik darajasi eng past tizimlar Union Pay, WebMoney va kriptovalyutalar hisoblanadi. Mahsulotlarni onlayn xarid qilishdagi muammolarga keladigan bo'lsak, deyarli barcha respondentlar to'lov vaqtidagi qiyinchliklar, tovar/hizmat sifatining pastligi, yetkazib berish vaqti uzoqligi, shuningdek, narx qimmatligini aytib o'tishgan. Shunday qilib, ijtimoiy so'rov natijasida olingan ma'lumotlardan

kelib chiqib, O'zbekistonda elektron tijoratning rivojlanishini to'xtatib turgan bir qator muammolar va kamchiliklarni aytib o'tishimiz mumkin:

1. Aholining elektron bitimlar tuzishga unchalik ishonmasligini;

2. Yetkazish berish qiymatining yuqoriligini;

3. Tovar/hizmatlar sifatining pastligini;

4. Firibagrliklardan qo'rqishni;

5. Kompyuter savodxonligi darajasining pastligini.

Ammo, shu bilan bir vaqtda aholi o'rtasida o'tkazilgan boshqa ijtimoiy so'rovlar shuni ko'rsatadiki, O'zbekiston aholisi elektron bitimlar amalga oshirishga nisbatan tayyor, biroq ularni amalga oshirish vaqtida foydalanuvchi o'rtacha iste'molchini nari itaradigan va O'zbekistonda elektron tijoratning rivojlanishini sekinlashtiradigan bir qator muammolarga duch keladi.

Axborot texnologiyalari asri iqtisodiyot rivojlanishi uchun bir qancha yangi g'oyalar va qoidalarni belgilab berdi. Hozircha tor doiradagi nazariyachi-olimlar uchun qiziqarli bo'lgan raqamli iqtisodiyot sohasi mamlakatimizda ulkan salohiyatga ega bozor modeli hisoblanadi, chunki:

• axborot ustuvor tovar hisoblanadi va bu resurs umuman chegaralanmagan;

• tarmoq bozori ulkan va demokratik va asosiysi unda tarmoqlar chegaralari oson «yuvilib» ketadi;

• loyiha yoki kompaniya muvaffaqiyatlariendi xodimlar soni va moliyaviy aktivlar hajmiga bog'liq emas;

• apparatli quvvatlarko'p martalik, universal, eskirmas va sifatini yo'qotmaydigan vositaga aylanadi;

• raqobat kurashi sharoitlari o'zgaradi, chunki raqamli muhitda tezkor intellektual yechimlar har qanday kuchli jismoniy bazadan ham ustun keladi.

Davlatimizning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlari information texnologiyalar va elektron hujjat aylanishi sohasida bir qancha yangi samarali yo'nalishlar hosil bo'lishiga olib keladi. Ammo, iqtisodiyotni raqamlashtirishda quyidagi savollarga alohida ahamiyat berish kerak bo'ladi: Iqtisodiyotni raqamlashtirsh qanday natijalarga olib keladi? Bunday yangi sharoitlarda harakat dasturi qanday bo'lishi lozim? Iqtisodiyotni raqamlashtirishda nimalarga asosiy diqqat-e'tiborni qaratish kerak bo'ladi?

Hosirgi paytda Xitoyda elektron savdo uchun Jahon savdo tashkilotiga o'xshash global platforma tashkil qilish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Bu holda global elektron savdoning barcha ishtirokchilaridan soliq undirishni ham Xitoy davlati o'z qo'liga oladi. Ammo bu sohada boshqa davlatlar - AQSH, Yaponiya, Evropa Ittifoqi va Rossiya ham faol ishlar olib borib, elektron savdodagi o'z ulushlarini qo'lga kiritish umididadirlar. Bunday katta ekotizimlarda katta kompaniyalar bir birlari bilan kurashadilar, kichkina kompaniyalar esa elektron savdoning yangi imkoniyatlaridan foydalangan holda ushbu ekotizimda o'z joylarini topa oladilar.

Raqamli iqtisodiyotga o'tish kabi global masalada ko'p narsa davlatning unga qanday munosabatda bo'lishiga bog'liq bo'ladi. Hozirgi paytda mamlakatimiz

raqamli iqtisodiyotga o'tish tomon ilk qadam tashladi, keyin ishlar qanday kechishini yaratilgan dastur va raqamli iqtisodiyotga o'tish kontseptsiyasi ko'p jihatdan aniqlab beradi. Kelajak nuqtai-nazaridan raqamli iqtisodiyotni qanday tasavvur qilish mumkin? Fikrimizcha, bu ob'ektiv jarayon bo'lib, uni to'xtatib turishga bizda imkon yo'q. Ammo har qanday rivojlanayotgan jarayon singari, unda ham ijobiy hamda salbiy tomonlar mavjud. Eng birinchi navbatda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi va qo'l mehnatining texnologiyalar bilan almashtirilishi hisobiga ish o'rinlari ancha miqdorga kamayadi. Ijobiy tomonlar esa qulaylikning vujudga kelishi, ishlab chiqarish unumdorligining oshishi, oldin hayolga ham kelmagan yangi imkoniyatlarning paydo bo'lishidir. Ammo asosiy muammo bunda ham emas, muammo inson bilan bog'liq - inson ham bunday global o'zgarishlarga tayyormi? Ilg'or texnologiyalar katta siyosiy g'alayonlar, to'qnashuvlar, misli ko'rilmagan tabaqalanishlar, millatchilik, tushunmovchiliklar va inqiloblarga olib kelmaydimi? Robotlar va sun'iy intellect tizimlari insonlar o'rnini egallab olib, ularning raqobatchilariga aylanmaydimi? Chunki raqamli transformatsiya insoniyat evolyutsiyasining yana bir bosqichidir. Agar tarixga nazar solsak, bunday o'zgarishlar ko'p martalab sodir bo'lgan. Yangi texnologiyalar hosil bo'lib, ular odatiy mutaxassisliklarning o'rnini egallaganlar. Ammo bularning natijasida insonlar ko'pchilik xollarda manfaat ko'rganlar holos. Moslasha olmaydiganlar uchungina bunday jarayonlar yomon bo'lib chiqqan, albatta. Lekin, ko'pchilik insonlar moslasha oladilar va buning natijasida insoniyat hayoti yanada farovon va yanada yaxshi bo'lib botraveradi.

Infonomika - nisbatan yangi bir fan bo'lib,axborot qiymatini iqtisodiy aktiv sifatida asoslab beradi. Ushbu uslubiyat mualliflarima'lumotlarni alohida fayllar bilan emas, balki kompleks ravishda baholashni tavsiya qiladilar va axborot qiymatining asosiy mezonlaridan biri sifatida ochiqlikdan foydalanishga chaqiradi - axborot olish qanchalik qiyin bo'lsa, u shunchalik qimmat bo'ladi. Bunda aloqa kanallarini baholash;

-axborot qiymati muayyan kommunikatsiya sektori doirasidagi foydasi, ta'sir darajasi, miqdori va manfaatdor tomonlar uchun ochiqligi bilan belgilanadi. Algoritmlarni monetizatsiya qilish ularning iqtisodiy salohiyati aniqlanadigan jarayon. Baholash algoritmi esa muayyan, universal tovar bo'lib, turli bozorlar va tarmoqlarda qo'llanishi mumkin. Axborot tovar sifatida ushbu bosqichda jarayonlar, texnologiyalar va algoritmlarni iqtisodiy asoslab berish uchun javobgar bo'lgan markazlashtirilgan organga ega emas.

Shunday qilib,axborot aktivlarini baholashda aniq me'yorlar mavjud emas. Lekin aynan u uddaburon va tadbirkor kompaniyalar va shaxslar oldida ulkan foyda olamini ochib beradi. Kim birinchi bo'lsa - u istaganini oladi, undan keyingilar esa faqat qolgan narsalarni olishlari mumkin bo'ladi (ya'ni, barcha narsa g'olibga tegadi).Biznes yuritishning eski sxemalarini yuz foiz anaxronizm deb hisoblash uzoqni ko'ra bilmaslik bo'lar edi. Tarmoqlar o'rtasidagi chegaralar yo'q bo'lmoqda, yangi imkoniyatlar paydo bo'lmoqda, lekin har qanday tijorat munosabatlarining asosida doimo bitta oddiy istak - tovar yoki hizmat sotish yoki sotib olish istagi

yotadi.Mavjud aktivlarni o'zgargan o'yin qoidalariga ongli ravishda moslashtirish bunday vaziyatda yagona to'g'ri va, asosiysi, samarali yechim bo'lib hisoblanadi.

Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari:

> Kattaroq ma'lumot. Internet iste'molchilarga ko'proq ma'lumot va tanlovga ega bo'lish imkonini berdi. Masalan, bu firmalar o'rtasidagi narxlarni solishtirishni osonlashtiradi. Shuningdek, u odamning barmoq uchiga ma'lumot olib keladi. Bu, ayniqsa, dam olishga boradigan sayyohlar uchun juda muhimdir. Raqamli iqtisod rivojlanishidan oldin mehmonxonalar narxlari va avtobuslar jadvalini topishning iloji bo'lmas edi.

> Vaqtni tejaydi. Agar bizga ofis jihozlari va shu kabi narsalar kerak bo„lsa, avval biz o„sha narsalar sotiladigan do„konlarga tashrif buyurishimiz va xarid qilishingiz kerak bo'lar edi. Endi biz internet orqali buyurtma berishimiz mumkin va u qisqa muddatda yetib keladi. Bu korxona mehnat xarajatlarini tejaydi.

> Kamaytirilgan xarajatlar. Firmalar ko'p biznesni internet orqali olib borish orqali qimmat binolarni ijaraga olishdan tejashlari mumkin. Raqamli iqtisod firmalarga chakana savdo tarmog„ining bir qismini kesib tashlash va shaxsiy mahsulotlarni do'konlar orqali emas, balki to'g'ridan-to'g'ri fabrika yoki ombordan odamlarga tovarlar yuborish imkonini beradi. Bu xarajatlarni kamaytirish va narxlarni pasaytirish imkonini beradi.

> Shaxsiylashtirish. Raqamli iqtisodiyot an'anaviy iqtisodiyotga qaraganda ko'proq shaxsiylashtirish imkonini beradi. Misol uchun, an'anaviy do'konda faqat ma'lum miqdordagi ranglar va o'lchamlarni saqlash uchun joy bo'ladi, ammo raqamli iqtisod bilan iste'molchi har qanday afzalliklarni tanlashi mumkin va keyin mahsulotni maxsus tarzda qurish mumkin, masalan, 3D printer yoki shaxsiy imtiyozlarga mos keladigan maxsus o'lcham va ranglarga ega bo'lgan maxsus kiyimlar.

> Kirish uchun to„siqlarni kamaytirish. Ba'zi bozorlarda raqamli iqtisodiyotning jihatlari yangi firmalarning kirib kelishini osonlashtiradi. Agar tadbirkor innovatsion g"oyaga ega bo'lsa, u an'anaviy firmalarni qiyinlashtiradigan yangi mahsulotni yaratishi mumkin. Raqamli iqtisodiyot ilgari tasavvur qilib bo'lmaydigan ko'plab yangi xizmatlarni olib keldi. Yangi tushunchalar berishi mumkin bo'lgan muhim ma'lumotlarni yaratadi. Ma'lumotlarning ommaviy ishlab chiqarilishi hukumatlar va xayriya tashkilotlarini iqtisodiyotda sodir bo'layotgan voqealar haqida xabardor qilishga yordam beradi.

> Rivojlanayotgan dunyo uchun imtiyozlar. Raqamli iqtisodiyot rivojlanayotgan dunyo uchun imkoniyatlar ochmoqda.

> Odamlarga uyda ishlash imkonini berdi. Raqamli iqtisodiyot COVID blokirovkasi davrida katta boylik bo'ldi. Raqamli texnologiyalarsiz iqtisodiy faollikning pasayishi yanada kuchliroq bo'lar edi. Raqamli iqtisodiyot uydan ishlaydigan va ish soatlarida ko'proq moslashuvchanlikka ega bo'lgan odamlar uchun kengroq imkoniyatlar berdi (bu bolali ota-onalarga mos kelishi mumkin).

Raqamli iqtisodiyotning kamchiliklari:

• Monopol hokimiyat

Yangi startaplar uchun potensialga qaramay, raqamli iqtisodiyotning ko'p jihatlari monopol hokimiyatga ega bo'lgan firmalar tomonidan hukmronlik qilishini aytishimiz mumkin.

• Kamroq jamiyat

• Texnologiyaning o'ziga qaramlik xususiyati. Garchi, nazariy jihatdan, internet vaqtni tejashga qodir. Masalan internet orqali avtobus vaqtlarini topish qog'oz nusxalarga qaraganda ancha oson, bu vaqt tejalgan vaqtimiz Facebook, twitter, internet qidiruvlarini tekshirishga sarflaganimizdan ko'ra ko'proq bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, ma'lumotlarning ko'pligi bizni ma'lumotlarga botib ketishimizga va aslida nimaga muhtoj ekanligimizni yo„qotishimizga olib kelishi mumkin. Ko'proq tanlov yaxshi natijalarga olib kelishi shart emas. Ajablanadigan natijalarga duch kelganimizda, qaror qabul qilish uchun vaqt kerak bo'ladi va kechiktirish osonroq bo'ladi.

• Maxfiylik muammolari. Ma'lumotlarni yig'ish va undan foydalanish katta biznesga aylandi.

• Mehnat to'g'risidagi qonunlarni chetlab o'tish. Raqamli iqtisodiyot bir xil mehnat qonunlari bilan himoyalanmagan o'z-o'zini ish bilan band bo'lgan frilanserlardan foydalanish tendensiyasini yaratdi.

• Ijtimoiy tarmoqlar ko„proq grafik tarkibga olib keldi. Ijtimoiy tarmoqlarning anonim va uzoq tabiati shaxsiy hujumlar va fitna nazariyalarini joylashtirish tendensiyalarini kuchaytirdi. Raqamli iqtisodiyot inson farovonligiga zarar yetkazuvchi kontentning ko'payishiga imkon berdi.

• Ekologik xarajatlar. Raqamli iqtisodiyot "yashil yechim"ni nazarda tutadi, deb o'ylash xato. Ma'lumotlar markazlari elektr energiyasidan foydalanadi va CO2 emissiyasini keltirib chiqaradi. Kattaroq potensial xarajat raqamli iqtisodiyot qanday qilib "tashlab qo'yish" madaniyatini rag'batlantiradi. Masalan, mobil telefonlar va kompyuterlarning rejalashtirilgan eskirishi, iste"molchilarni yangi modellarni sotib olishga undash, xomashyodan ko'proq foydalanishga olib keladi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, raqamli iqtisodiyot ko'p qirrali va doimo rivojlanib boradi. Raqamli iqtisodiyot faqat tijorat operatsiyalari yoki biznesdagi texnologik o'zgarishlarni anglatmaydi. Bunday iqtisodiyotda keng tarqalgan raqamli transformatsiya ko'plab sohalarni egallaydi va ko'p qirrali rol o'ynaydi. Masalan, u mehnat bozori ssenariysini, boshqaruvni, ishlab chiqarish tarmoqlarini va ta'lim, sog'liqni saqlash va hokazolarni o'zgartiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasining 2015 yil 22 maydagi —Elektron tijorat to'g'risidagi Qonuni, O'RQ-385-son

2. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik o'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent : O'zbekiston, 2016. - 56 b.

3. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - Toshkent: —O'zbekiston!, 2017.

4. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: : —O'zbekistonll, 2017. - 488 b.

5. Samiyeva G. Ijtimoiy sohada maqsadli jamg 'armalar va ijtimoiy fondlar faoliyatini takomillashtirishning xorij tajribasi //THE INNOVATION ECONOMY.

- 2024. - Т. 2. - №. 02.

6. Самиева Г. АДОЛИ ФАРОВОНЛИГИНИ ОШИРИШДА ИЖТИМОИЙ ИНФРАТУЗИЛМАНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ АДАМИЯТИ //Nashrlar. -2023. - С. 509-511.

7. Самиева Г. Т. ВОПРОСЫ РАЗВИТИЯ СОЦИАЛЬНОЙ ИНФРАСТРУКТУРЫ В ПОВЫШЕНИИ БЛАГОСОСТОЯНИЯ НАСЕЛЕНИЯ //Экономика и социум. - 2024. - №. 2-1 (117). - С. 1341-1345.

8. Самиева Г. Т., Аликулов Х. Т. НОВЫЙ УЗБЕКИСТАН И ПЕРЕХОД В «ЗЕЛЕНУЮ ЭКОНОМИКУ» //Экономика и социум. - 2023. - №. 11 (114)-1.

- С. 994-998.

9. Samiyeva G. T. IJTIMOIY FONDLAR VA MAQSADLI JAMG'ARMALAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH. - 2023.

10. Ochilova N. A. Farming Management and their Economic Efficiency //Innovation in the Modern Education System. - 2023. - Т. 3. - №. 28. - С. 177184.

11. Ochilova N. A. Economic performance of dehkan farms in kashkadarya region //GWALIOR MANAGEMENT ACADEMY. - 2022. - Т. 117.

12. Akramovna O. N. SCIENTIFIC ON INCREASING THE EFFICIENCY OF CROP PRODUCTION ON FARMS AND PEOPLE'S HOMESTEADS RECOMMENDATION ANALYSIS //" ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM. - 2022. - С. 300-303.

13. Khojanova G. O. Economic Aspects of Natural Resources Use in Uzbekistan //Information Horizons: American Journal of Library and Information Science Innovation (2993-2777). - 2023. - Т. 1. - №. 7. - С. 22-27.

14. Khojanova G. O. INCREASING THE ECONOMIC EFFICIENCY OF THE REGION'S NATURAL RESOURCES //INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM. - 2023. - Т. 3. - №. 28. - С. 171-176.

15. Otamurodovna X. G. TABIIY RESURSLARINING SANOAT TARMOQLARIDAGI O 'RNI //International Congress on Models and methods in modern investigations. - 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.