Xudoyberdiyeva N.B.
o'qituvchi
Termiz davlat pedagogika instituti "Biologiya va uni o'qitish kafedrasi" o'qituvchisi
BOYSUN TOG' TIZMASI HUDUDIDA O'SUVCHI DORIVOR O'SIMLIKLARNING NEMATODALAR FAUNASI
Annotatsiya. Ushbu maqolada Boysun tog' tizmasi hududida o'suvchi dorivor o 'simliklarning nematodalar faunasi tahlili hususida ma 'lumotlar keltirilgan. Tadqiqotlar natijasida dorivor o 'simliklar ildizida Chakanda, na 'matak, zirk va do 'lana o 'simligida aniqlangan fitonematoda turlari turkumlar bo 'yicha quyidagicha taqsimlanadi: Chromodorida - 3 tur, Dorylaimida - 2 tur, Rhabditida -15 tur, Tylenchida -17 tur, Aphelenchida - 9 turlar aniqlandi
Kalit so 'z: Boysun tog' tizmasi, dorivor o 'simliklar, ekologik guruhlar, nematodalar, ildiz sistemasi, ildiz atrofidagi tuproq.
Khudoyberdiyeva N.B.
teacher
Department of Biology and its Teaching Termiz State Pedagogical Institute
NEMATODE FAUNA OF MEDICINAL PLANTS GROWING IN BOYSUN MOUNTAIN RANGE
Abstract. This article presents data on the analysis of the nematode fauna of medicinal plants growing on the territory of the Boysun mountain range. Species of phytonematodes identified in the roots of medicinal plants rosemary, namatak, barberry and hawthorn, as a result of research, are distributed by genera as follows: Chromodorida - 3 species, dorylaimida - 2 species, rhabditida -15 species, tylenchida -17 species, aphelenchida - 9 species
Keywords. Boysun mountain range, medicinal plants, ecological groups, nematodes, root system, soil around roots.
Kirish
Aholining oziq-ovqatga, dorivor o'simliklar va turli xildagi mevalarga bo'lgan ehtiyojini qondirish hukumatimizda ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan va bu masala qator farmon, qarorlarda o'z aksini topgan. Shu sababli dorivor o'simliklar ekiladigan maydonlarni kengaytirish, ularning zararkunandalariga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish tadqiqotchilar oldida turgan dolzarb vazifalardan sanaladi. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida «.eksportbop mahsulotlar yetishtirish hamda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, intensiv bog'lar maydonini
ko'paytirish», «. agrar sohada ilm-fan va amaliyot integratsiyasini chuqurlashtirish»1 vazifalari belgilab berilgan. Bu borada, jumladan, dorivor o'simliklarda uchraydigan fitonematodalarning tur tarkibi, biologik va ekologik xususiyatlarini aniqlash hamda parazit turlariga qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Respublikamizda so'nggi yillarda dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, taiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor o'simliklar yetishtiriladigan plantatsiyalarni tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil islohatlarni amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yovvoyi holda o'suvchi dorivor o'simliklarni muhofaza qilish va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida"gi va "Dorivor o'simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlari qabul qilindi.
Tadqiqotning material va metodikasi.
Bu ilmiy natijalar asosida kelajakda dorivor o'simliklar, ularning ildizi atrofidagi tuproqda uchrovchi fitonematodalarini o'rganish va parazit turlariga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish va amaliyotda dorivor o'simliklar ekib o'stiriladigan plantatsiyalarda qo'llash imkoniyati mavjud.
Tadqiqot natijalari
Olib borgan tadqiqotlarimiz natijasida Boysun tog' tizmasi hududida zirk, na'matak, do'lana va chakanda o'simliklarining ildizi va ildiz atrofidagi tuproqda A.A.Paramonovning taksonomik klassifikatsiyasi [8] bo'yicha 5 ta turkum, 10 ta oila, 23 ta avlodga mansub 46 tur nematodalar aniqlandi. Aniqlangan nematodalar turkumlar orasida quyidagicha taqsimlanganligi qayd etildi: Chromomodorida-3; Dorylaimida-2; Rhabditida turkumi - 15tur; Aphelenchida turkumi - 9 tur; Tylenchida turkumi - 17 tur aniqlandi va umumiy ushbu turkumlarga oid 1830 ta
№ Turkumlar Turlar soni % Individlar soni %
1 Chromomodorida 3 11 % 113 6,1
2 Dorylaimida 2 7,1 % B5 4,6
3 Rhabditida 15 54 % 620 33,8
4 Aphelenchida 9 32,1 % 234 12,7
5 Tylenchida 17 61 % 7BB 43
Jami: 28 100 1830 100
Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, Boysun tog' tizmasi hududida o'suvchi dorivor o'simliklar ildizi va ildiz atrofidagi tuproqda turlar sonining ko'pligi jihatidan Tylenchida turkumi vakillari birinchi o'rinni egallaydi (17 tur; jami aniqlangan turlarning 37 %). Keyingi o'rinlarni Rhabditida (15 tur; 33 %), Aphelenchida (9 tur; 20 %), turkumlari egallab, Chromomodorida va Dorylaimida
77O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni.
turkumi vakillari esa eng kam sonda (3 tur -6,5; va 2tur 4,3 % dan) tarqalganligi qayd etildi.
Mazkur tadqiqod ishi davomida Boysun tog' tizmasi hududidagi dorivor o'simliklar jumladan zirk o'simligida-27ta, na'matak o'simligida-40ta, chakanda o'simligida-28ta, do'lana o'simligida-30ta turga mansub fitonematodalar qayd etildi
Rhabditida turkumi 1 ta kenja turkum (Rhabditata), 2 katta oila (Diplogasteroidea, Cephaloboidea), 3 ta oila (Diplogasteridae, Cephaloboidea, Panagrolaimidae), 4 ta kenja oila (Diplogasterinae, Cephalobinae, Acrobelinae, Panagrolaiminae), 9 ta avlod (Diplogaster, Diplogasteritus, Diplogastrellus, Cephalobus, Eucephalobus, Acrobeloides, Cervidellus, Chiloplacus, Panagrolaimus), 16 ta tur (Diplogaster rivalis, Diplogasteritus nudicapitatus, Diplogasteritus austriacus, Diplogastrellus gracilis, Diplogastrellus stammeri, Cephalobus persegnis, Eucephalobus oxyuroides, Eucephalobus elongates, Acrobeloides buetschlii, Cervidellus servus, Chiloplacus symmetricus, Panagrolaimus concolor, Panagrolaimus facetus, Panagrolaimus labiatus, Panagrolaimus subelongatus)ni tashkil etdi.
Tadqiqod ishini amalga oshirish jarayonida tahlil qilish uchun tanlangan dorivor o'simliklar tog' tizmasining turli hududlaridagi turli balandlik mintaqalaridan yig'ilgan bo'lib, tahlillar natijasida dengiz sathidan yuqoriga ko'tarilib borgan sari fitonematodalarning populyatsiya zichligi quyda jadvalda keltirilgan ko'rsatkichlar asosida o'zgarib borganligini kuzatdik. (2-jadval) Dorivor o'simliklar fitonematodalarining turli hududlarda dengiz sathidan
balandligiga ko'ra tarqalishi
Namuna olingan hududlarning nomi va dengiz sathidan balandligi(metr)
№ Dorivor o'simliklar nomi Zirkli (1500 m) O'tloq (1600 m) Qizilnavr (1700 m) Kentala (1900 m)
Nematodalar Nematodalar Nematodalar Nematodalar
soni soni soni soni
1 Zirk 135 135 134 161
2 Na'matak 171 242 251 251
3 Chakanda 265 255 189 206
4 Do'lana 169 158 246 185
Jami: 840 790 820 803
Xulosa
Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki Surxondaryo viloyatining Boysun tog' tizmasi hududi (Qizilnavr, O'tloq, Kentala, Ko'kkamar, Zirkli, Dayrob, Sarimas) sharoitida chakanda, na'matak, zirk va do'lana o'simliklari nematodafaunasi o'rganildi va o'simlik ildizi hamda ildiz atrofidagi tuproqda yashovchi 46tur fitonematodalar aniqlandi. Aniqlangan fitonematodalar taksonomik klassifikatsiya bo'yicha 5 ta turkum, 10 ta oila, 23 ta avlodga mansubligi qayd qilindi.
Chakanda, na'matak, zirk va do'lana o'simligida aniqlangan fitonematoda turlari turkumlar bo'yicha quyidagicha taqsimlanadi: Chromodorida - 3 tur, Dorylaimida - 2 tur, Rhabditida - 15 tur, Tylenchida - 17 tur, Aphelenchida - 9 tur
Tadqiqot olib borilgan hududlar sharoitida chakanda, na'matak, zirk va do'lana o'simliklarida aniqlangan fitonematodalarning individlar soni turkumlar bo'yicha quyidagicha taqsimlanadi: Aphelenchida - 985ta individ (27,4%); Chromodorida - 522ta individ (14,5 %); Dorylaimida -261ta individ (7,2%); Rhabditida - 820ta individ (22,8%); Tylenchida - 985ta individ (27,4%).
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PF-5388-son "O'zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi Farmoni
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 731-son "Bog'dorchilik-uzumchilik shirkatlari faoliyatini tartibga solishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" gi Qarori
3. Деккер Х. Нематоды растений и борьба с ними. - М. Колос, 1972. 445 с.
4. Кирьянова Е.С., Кралль Э.Л. Паразитические нематоды растений и меры борьбы с ними. -М.: Наука, 1969. - Т. 1. 447 с.
5. Парамонов А.А. Опыт экологической классификatsiи фитонематод // Тр. ГЕЛАН СССР. 1952. - Т.6. - С. 338-369.
6. Парамонов А. А. О некоторых принципиальных вопросах фитогель-минтологии // В кн: Сб. работ молодых фитогельминтологов. - М.: 1958. -С. 3-11.
7. Yaxshiboyeva, M., & Abdullayeva, K. (2023). O'zbekiston hududidagi ekologik muammolar va ularni bartaraf etish masalalari. "Biologiyada zamonaviy tadqiqotlar: muammo va yechimlar", 1(4), 670-673.