BOSHLANG'ICH SINF O'QISH DARSLARIDA AKT VA INTERNET MA'LUMOTLARIDAN FOYDALANISH
Surayyo Ibragimjonovna Jo'rayeva
Namangan davlat universiteti magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola "Boshlang'ich sinf o'qish darslarida akt va Internet ma'lumotlaridan foydalanish" haqida. Ibn Sinoning ta'limotidan inson narsa va hodisalari, ularning xususiyatlarini ko'rish (ko'rish), eshitish (audial), ta'm, hid. teginish (taktil) orqali idrok etishi, ularning ko'pini, ya'ni to'qson foizdan ortig'ini ko'rish va eshitish orqali singdirishi ma'lum. Namoyishlar talabalarga quyidagi ko'rgazma turlaridan foydalangan holda taqdim etiladi:
Tayanch so'zlar: jonli mushohada, tevarak-atrof, narsa va hodisalar, idrok etish, ko'rsatmalilik, tamoyil, idrok etish, nazariy bilim, amaliyot bilan bog'lash.
KIRISH
Insonga xos bo'lgan bilish hissining birinchi pog'onasi - jonli mushohada, ya'ni tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni idrok etishdir. Ko'rsatmalilik tamoyili idrok etishni osonlashtirishi va nazariy bilimlarni hayot, amaliyot bilan bog'lash imkonini beradi. Bu tamoyil o'rganilayotgan hodisalarga qiziqishni oshiradi, bilimlarni puxtaroq egallanishiga yordam beradi. Ibn Sinoning qayd qilishicha, inson o'zining o'quv mashg'ulotlari boshlanishida narsaning tashqi xossalarini o'rganadi, uning aslini va tasvirini ko'rib o'zicha bevosita bilimlarni hosil qilishi mumkin. Har qanday narsaning ta'rifi uning mavjudligini isbotlash vositasida bilinadi, ya'ni narsa va hodisalar qaysidir bir fan aniqlaydigan xususiyatlardan iborat bo'ladi. Bu qanoat o'qitishdagi ko'rsatmalilik tamoyilining faqat bir jihatini yoritadi. Insonda mavjud narsalar yoki ularning tasvirlarini idrok etish orqali ob'yektiv voqelik to'g'risida tasavvur hosil bo'ladi va shu asnoda ularni to'g'ri ta'riflash imkoniyati tug'iladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Olimning ta'limotlaridan inson narsa va hodisalar, ularning xususiyatlarini ko'rish (vizual), eshitish (audial), tatib ko'rish, hidlash. sezish (taktil) orqali qabul qilishi, ularning asosiy qismini, ya'ni to'qson foizdan ortig'ini ko'rish va eshitish orqali o'zlashtirishi ma'lum. Narsa va hodisalarni idrok etish tashqi sezgi organlari orqali amalga oshadi va ushlab ko'rish
April, 2022
968
bilan ham ro'y beradi. Ushlab ko'rish sezilgan narsaning issiqligi, sovuqligi, namligi, quruqligi, qattiqligi, yumshoqligi, og'irligi, yengilligi, shakli va hokazolarini bilish imkonini beradi. Teri va mushaklar esa sezgi qurolidir. Nervlar ana shu hisni mushaklar va teriga yetkazadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, internet orqali o'zlashtiriladigan o'quv materiallari ham ko'rish va eshitish orqali o'zlashtiriladi. Ma'lum bo'ladiki, internet materiallari nisbatan o'zlashtiriluvchan ahamiyat kasb etadi.
Yan Amos Komenskiy ham «Buyuk didaktika» asarida ifodalagan "lotin qoida"sida o'quvchilar sezib idrok etishi mumkin bo'lgan narsalarni, albatta, sezgilar vositasi bilan, xususan: ko'rish mumkin bo'lgan narsalarni ko'z bilan ko'rib, hidi bor narsalarni hidlab ko'rib, ta'mini sezish mumkin bo'lgan narsalarni tatib ko'rib, ushlab sezish mumkin bo'lgan narsalarni ushlab bilib olishlari kerakligini ta'kidlagan. Birdaniga ko'p sezgilar yordamida idrok etish mumkin bo'lgan narsalami, iloji boricha bir necha sezgilar yordamida idrok etish lozimligini aytgan. Bu qoidaning uch asosi bor. Birinchidan, avval sezmagan narsasi haqida kishida bilim ham bo'lmaydi. Shuning uchun ham o'qitish narsalar haqida quruq mulohaza yuritishdan emas., balki narsalarni bevosita kuzatishdan boshlanishi kerak.
Ikkinchidan, bilimning to'g'ri va aniqligi ham faqat sezgilarning guvohligiga bog'liq. Demak, bilim sezgilarga qanchalik ko'proq tayansa, u shunchalik ishonchli bo'ladi. Bolalarga haqiqiy va mustahkam ilm berish uchun, umuman, hamma narsa bevosita kuzatish va sezgilar asosida o'qitilishi kerak.
Uchinchidan, sezgilar — xotiraning eng ishonchli vositasi. Agar kishi tuyani bir ko'rgan bo'lsa, biror marta qand yegan bo'lsa, Rimga bir marta borib, uni diqqat bilan tomosha qilgan bo'lsa, bulbul xonishini bir marta eshitgan bo'lsa, bularning hammasi xotirasida mustahkam qoladi va hech qachon esidan chiqib ketmaydi. Olim bu mulohazalarini mustahkamlash uchun Plavtning quyidagi fikriga tayanadi: «Eshitganini aytib beradigan o'nta kishidan o'z ko'zi bilan ko'rgan bitta guvoh afzal». Yan Amos Komenskiy xulosasi bo'yicha o'quvchini boshqalarning narsalar haqidagi kuzatishlari va guvohliklarini emas, balki o'sha narsalarning o'zini bilishga va tadqiq etishga o'rgatish zarur. Maktab amaliyotida ham darsda o'rganiladigan hodisaning eng muhim tomonlarini aniq ifodalaydigan, ana shu belgilarni avval ajratishda.
Keyin gurahlashda, umumlashtirishda o'quvchilarga xalaqit beradigan ortiqcha elementlardan xoli ko'rsatmali qo'llanmalardan, shuningdek, obrazli tasvirlarga uyg'unlashgan holda, ya'ni o'quvchilarning fikrlashini muayyandan mavhumga oson yo'naltiradigan qilib ishlangan ko'rsatmali qo'llanmalardan foydalanish g'oyat samarali tadbirdir.
Boshlang'ich sinflarda ob'yektlarning o'zini namoyish etish
April, 2022
yoki ular bilan bevosita tabiatda tanishish, darslarda narsalarning o'zidan iborat tarqatma materiallarni qo'llash maqsadga muvofiqdir. Rasmli ko'rsatmali qo'llanmalar: manzara tasvirlari, diapozitiv va diafilmlarning samarasi kamroq bolsa-da, ular orqali ham u yoki bu narsalar to'g'risida qaysidir darajada yaxlit tasavvur hosil qilish mumkin. Aralash ko'rsatmali vositalar to'plami ham o'quv jihozlarining muhim elementi hisoblanadi. Ular dars vaqtida turli ko'rsatmali vaziyatlarni yaratish, tez o'zgartirish va birlashtirishda yordam beradi. Buning uchun rasmli materiallardan foydalaniladi yoki doskaga bo'r bilan rasmlari, chizmalari chiziladi va har xil yozuvlar bajariladi.
Mazkur vositalar jumlasiga magnitli taxta va flengatlar ham kiradi. Ularning didaktik imkoniyatlari bir xil. Ular boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'qitishda beqiyos katta ahamiyatga molikdir, ammo o'quv jarayonida audio-vizual qo'llanmalar, ahyon-ahyonda boshqa ko'rsatmali vositalardan ham foydalanish zarur. Buning quyidagi turli variantlari bor:
1. Dasturdagi ashyolarni qayta ishlash mavzu bo'yicha kirish darsida o'quv filmini namoyish etish va keyingi darslarda kino -kolsovkalar, kinofragmentlar, diapozitivlar, diafilmlar va jadvallarni qo'llash.
2. Mavzuning xususiy masalalarini diapozitivlar, diafilmlar, jadvallar, namoyish qilinadigan tajribalar, kinofragmentlar va kinokolsovkalardan foydalanib ishlab chiqish. Mazkur mavzu bo'yicha umumlashtirish darsida o'quv filmlarini ko'rsatish.
3. Darsda o'qituvchining tushuntirishi bilan birgalikda diafilmlar, diapozitivlar, kinofragmentlarni va darsning oxirida o'quv filmini namoyish etish.
4. O'quvchilarning tasavvurini kengaytirish, ularda shakllanadigan tushunchalar mazmuni to'liqligini ta'minlash uchun ekran qo'llanmalarining bitta seriyasidan foydalanib o'quv materialini ishlab chiqish va ularning boshqa to'plamini qo'llab, bilimlarni mustahkamlash. Ko'rsatmali vositalarning turli didaktik vazifalari va imkoniyatlarini nazarda tutib ularni kompleks holda qo'llash talab qilinadi. Shu taqdirdagina darsning bilish bilan bog'liq vazifasini hal qilish eng yuqori bosqichga ko'tarilishi mumkin. Shu bilan birga, o'rganilayotgan hodisaning turli jihatlarini yoritish lozim bo'lgandagina har xil ko'rsatmali qurollardan foydalanish o'zini oqlaydi. Chunki mazkur jihatlarning har birini ko'rsatmalilikning ma'lum turi yordamida ishonarli tarzda va tola yoritish mumkin. Ko'rsatmali vositalarni tanlashda ularning imkoniyatlarini har bir o'quv predmetining o'ziga xos xususiyati va har qaysi darsning mazmuni bilan taqqoslash zarur.
Ko'rsatmali qo'llanmalar o'quvchilarga ko'rsatmalilikning quyidagi har xil turlaridan foydalangan holda taqdim etiladi:
1.Tabiiy ko'rsatmalilik - o'quvchilarni mavjud ob'yektlar,
April, 2022
o'simliklar, hayvonlar, minerallar va hokazolar bilan tanishtirishni taqozo etadi. Tabiiy Ko'rsatmalilikni sinfda ham, ekskursiyalar paytida ham namoyish etish mumkin.
2.Hajmli ko'rsatmalilik - mavjud olam hajmining aks etishidir. Bu fotosuratlar, rasmlar, diafilm va diapozitivlardan iborat bo'ladi.
3.Ovozli ko'rsatmalilik - tovush obrazlarini ifodalash uchun ovozli vositalardan foydalanish Gramplastinkalar va magnitafon yozuvlarini eshitish, ovozli kino ko'rishi.
4. Simvolik va grafik ko'rsatmalilik - xaritalar, rejalar, sxemalar, chizmalar va diagrammalar. Ular mavjud voqelikni shartli umumlashgan simvolik ko'rinishda aks ettirishi sababli fikrlashni rivojlantiradi.
Maktabda birinchi sinfdan o'ninchi sinfgacha ko'rsatmalilikning ana shu barcha turlaridan foydalaniladi, lekin, tabiiyki, boshlang'ich sinflarda o'quvchilarning yoshini hisobga olib, ularga bevosita kuzatishlarni, shu asosda fikrlash va faoliyat olib borishni topshirish, yuqori sinflarda o'quvchilarning mustaqil va mantiqli fikrlashi rivojlanishiga ko'ra simvolik va grafik kuzatishlarni ko'proq qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi. Ko'rsatmalilik o'quvchilar o'rganiladigan u yoki bu narsalar to'g'risida muayyan tasavvurga ega bo'lmagan paytda juda zarur. Ammo shuni ham unutmaslik lozimki, ko'rsatmali qo'llanmalarni namoyish etishga tayyorlanmaslik yoki ularni noto'g'ri tanlash faqat zarar keltiradi.
Bugungi kunga kelib milliy tarbiya tizimida ham internet o'qituvchi hayoti va faoliyatining bir qismiga aylanib bormoqda. Chunki u yangi ma'lumotlar olishning eng qulay va ko'nikilgan manbaiga aylandi.
Bulardan tashqari, o'z faoliyatlarida internet darslar tashkil qilishda ham foydalanadilar:
• o'quvchilarni sinfda va sinfdan tashqari o'qishini tashkil etadilar;
• o'quvchilarning internetdan to'g'ri foydalanishlariga ko'maklashadilar;
• tarbiyalanuvchilarining jamoa bo'lib ishlashlarini tashkil etadilar;
• o'quvchilarning ma'lumot olish imkoniyatlarini oshiradilar.
Bularning barchasi o'qituvchining kasbiy faoliyatini sifatli amalga oshirishga imkon beradi. Buning uchun o'qituvchilarning quyidagilarni amalga oshirishi maqsadga muvofiqdir:
• o'quvchilarga yuklanadigan topshiriqlar hajmini aniqlab olish;
• o'z an'anaviy o'qitish usullari bilan birga zamonaviy internet materiallaridan foydalanish;
• internet orqali hamkasblar darslarini kuzatish, zarurat tug'ilsa, ularning tajribalaridan o'z amaliyotida foydalanish.
Bundan tashqari, nafaqat o'qituvchilar, balki o'quvchilar
April, 2022
971
ham sinfda yoki kutubxonada internet orqali zarur o'quv materiallarini topishi, topgan materiallarini o'rtoqlari bilan bo'lishishi, bilimlarini, uy vazifalarini o'qituvchisiga internet orqali topshirishlari ham mumkin. O'qituvchi va o'quvchilarning internet orqali doimiy muloqoti bu faoliyat samaradorligini ham ta'minlaydi.
Internetdan izlash tizimi o'quvchilarga har xil yo'nalishdagi multimediaya ma'lumotlarini tanlash imkoniyati bilan taqdim etadi. O'quvchilar har xil ma'lumotnomalar, ensiklopediyalar va o'quv materiallariga kirish, eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lish imkoniyatiga ham ega bo'ladilar. Internet imkoniyatlari bugungi kunda shunchalar kattaki, u har xil masalaning uyda yoki maktabda, o'tirgan joyidan qimirlamay yechimini topish imkoniyatini yaratadi. Ma'lumotlar omboriga: kutubxonalar, fonotekalar, filmotekalar orqali kiriladi. Bu shakldagi qidirish serverlari bilan ishlash aynan nimani qidirish kerakligini aniq bilganda qulay va oson kechadi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Internet tarmog'ida materiallarning turfa multimedialar mavjud. O'quvchilar mavjud materiallar orasida muhimini va zarurini tanlab olishlari qiyin kechadi. Shu bois qidiruv serverlariga murojaat qilish maqsadga muvofiq deb topilgan. Ularda ham har xil mavzularga yo'naltiruvchi bunday serverlar foydalanuvchilarning talablariga binoan zarur manbani qidirishga kirishadi.
O'qituvchilarning darslarida internet texnologiyalaridan foydalanishi darslarni ham, o'quv fanini ham belgilab qo'yilgan vaqt me'yoridan chiqib ketishiga sabab bo'lmoqda. Sababi o'quvchining bilimlarni o'zlashtirishga bo'lgan qiziqishi, dars tugashi bilan to'xtab qolmaydi. Bola qiziqdimi demak, izlanadi.
Maktab va oliy o'quv yurtlari kutubxonalarining internetga ulanishi o'quvchi va talabalaming qidirish, to'plash, ma'lumotlarni qayta ishlash ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilmoqda. O'z navbatida ta'lim maqsadi va DTS talablariga muvofiq vazifalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ham kengaytirmoqda. Zamonaviy maktabning vazifasi o'quvchi shaxsining muvaffaqiyatli taraqqiyotini ta'minlash, uning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan ma'naviy fazilatlarini oshirib o'quvchining dunyo miqyosidagi ma'lumotlar olamida teng huquqli foydalanuvchi sifatida shakllana, borishi garovidir.
Maktab va oliy o'quv yurtlari ta'lim-tarbiya jarayonida internet texnologiyalari, telekommunikatsion vositalardan tizimli foydalanilishi, xodimlarning innovatsion vositalar ko'magida ish
April, 2022
972
yuritishi darslarning maqsadi, o'quv rejasi, dars shakllari va metodlaridan o'quvchilarni o'qitishda qanchalik qo'l kelayotganini kuzatish imkonini ham bermoqda.
O'qituvchi dars rejasini noan'anaviy, nisbatan qiziqarli tarzda tuzish va shu asosda darsni tashkil etish uchun u internet orqali ko'rgazma materiallar (suratlar, jadvallar, fotosuratlar)dan, multimediya materiallaridan foydalanadi. Har xil tanlovlar, ko'rgazmalar, grantlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Dunyo miqyosida maktablar internet-texnologiyalarining yangi bosqichiga, ya'ni o'quv rejalarida alternativ ta'lim elementlarini qo'llashga o'tib bormoqdalar. Bu bilan ba'zi o'quv muammolarini hal qilishga erishmoqchilar.
Bu nafaqat o'qituvchilar, balki o'quvchilarga ham o'quv maqsadlarini amalga oshirishni, dunyoqarashini kengaytirish, bilimlarini orttirish va shaxsini to'g'ri shakllantirishga imkoniyat yaratishi nazarda tutilgan. O'quvchilar har xil saytlardan o'zlariga qulay sharoitlarda ta'lim olishlari mumkin. Bunda asosiy mas'uliyat bolalarga yordam berish va ularni yo'naltirish vazifasi ota-onalarga yuklatiladi.
Yangi zamonaviy informatsion texnologiyalar orqali o'quvchilar bilimlarni istagan joylarida olishlari mumkin. Ma'lum mutaxassislik bo'yicha bilimlarni, dunyoqarashini kengaytirish va malakalarini oshirishda zarur bo'ladigan ma'lumotlarni uyda o'tirgan holda dunyo miqyosidagi kutubxonalardan olish imkoniyatiga ega bo'ladilar. O'quvchilarda dunyo bo'ylab tengdoshlari bilan muloqot imkoniyatlari paydo bo'ladi. Ular boshqa o'qituvchilar, dunyo miqyosidagi olimlar, mutaxassislardan o'zlariga kerakli ma'lumotlarni olish imkoniyatini qo'lga kiritadilar. O'quvchilar internet-bilimlarni kompyuterlashtirilgan sinflarda o'tirib mustaqil ravishda olishlari mumkin.
Intemet-texnologiyalar bolalarga ta'lim berish va ularni tarbiyalashdan tashqari bolalarning ma'lumotlar bilan to'yinish muammosini ham keltirib chiqaryapti. Bundan tashqari, o'quvchilar ayrim nokompetent saytlardan yolg'on ma'lumotlarni ham olyaptilar.
O'quvchilar internet ma'lumotlar oqimiga kirib tayyor ma'lumotlanii olish bilan birga mavjud mavzu bo'yicha o'z nuqtai nazariga ham ega bo'lishlari kerak. O'quvchi bu masalani mustaqil ravishda hal qilolmaydi. Bu dcgani, o'quvchini ma'lumotlar oqimida yolg'iz qoldirish mumkin emas.
Qisqa qilib aytganda milliy maktabni zamonaviy informatsion texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanib dars o'tish boshlang'ich sinflar o'qituvchilari va o'quvchilari uchun ham oddiy ta'lim jarayoniga aylanib bormoqda. Lekin
April, 2022
973
internetdan oqilona foydalanish uchun avval bolalarning saviyasiga ishlash, ma'naviyatini sog'lom shakllantirish, ruhiyatini tozartirish to'g'ri keladi.
Bugun internet butun ijtimoiy hayotni qamrab olmoqda. Internetdan foydalanuvchilar va informatsion sahifalarning soni kundan kunga ortib bormoqda. Internet, eng avvalo, ma'lumotlar tarmog'i. Juda katta ma'lumotlar hajmi internetni ma'lumotlar qidirishda tengsiz tarmoqqa, manbaga aylantirib qo'ymoqda. Bu tarmoqdan nafaqat o'qituvchi, o'quvchilar ham foydalanib, o'zlariga kerakli ma'lumotlarni olmoqdalar. Bugungi talabalar bilim va ma' lumollarni kitoblardan emas, osongina uyda o'tirib internetdan qidirmoqdalar. Bugun o'quvchilar ham internet resurslaridan unumli foydalanishga ehtiyoj sezmoqdalar. Ota-onalar ham, maktab ham o'quvchilarining veb-imkoniyatlardan samarali foydalanishlariga e'tibor qilishlari, masalan. -yo'nalishli onlayn konferensiyalarda qatnashishlari, o'z saytlarini tuzish ishlarida foydalanishlarini nazorat qilishlari, ularni foydali ishlarga yo'naltirishlari maqsadga muvofiqdir.
Mutaxassislar farzandlarini internetdan foydalanishni ta'qiqlagan ota-onalarni ham ayblamoqdalar. Bu, o'z navbatida, bolalarga tengdoshlari bilan muloqotda bo'lishga, tengdoshlaridan ortda qolishga, ota-onalarga nisbatan salbiy munosabat paydo bo'lishiga olib kelishini ta'kidlamoqdalar.
Bugungi kunda, ta'lim tizimining har bosqichini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Kundalik hayotda media-texnologiyalarining o'rni tobora kengayib bormoqda. Katta hajmdagi yangi axborotlar, reklamalar, televideniya ko'rsatuvlarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish, kompyuterlar va ulardan foydalanish talabalarining ta'lim-tarbiyasi, ularning atrofdagi voqea-hodisalar to'g'risidagi tasavvurlari, tafakkuri hamda idrokiga katta ta'sir etmoqda.
Ilgari talabalar istalgan mavzuga oid axborotlarni: darslik, ma'lumotnoma adabiyotlar, o'qituvchi beradigan saboqlar, darsni konspektlashtirish vositasida egallagan bo'lsalar, bugungi kunga kelib, asosan, elektron darsliklar, internet orqali o'zlashtirmoqdalar. Shu sababli ham o'qituvchi zamonaviy voqelikka to'g'ri yondashgan holda ta'lim jarayoniga axborot uzatishning yangi metodlarini olib kirishi zarur.
Katta hajmdagi axborotlarni har bir talaba qisqa vaqt mobaynida o'zlashtirishi, ongida shakllantirishi va amaliy faoliyatida foydalana olishni bilishi zarur. Zamonaviy texnika vositalaridan foydalanilgan darslarda har bir talaba o'zini erkin his etib, faol ishtirok etishi, darsga qiziqish bilan yondashib, ijodiy fikrlashi, o'z mehnati samarasini ko'rib, uni baholay olishi zarur. Oliy maktab domlasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
April, 2022
974
foydalanib dars o'tishga tayyorgarlik ko'rishda bu jiddiy ta'lim dasturiga oid dars materiali ekanligini unutmasligi zarur.
Axborot kommunikativ texnologiyalardan foydalanishning afzalligi: ta'limni individuallashtirish, talabalarning mustaqil ishlarini mujassamlashtirish; darsda amalga oshirilgan topshiriqlar hajmining oshishi; internetdan foydalanilganda axborot oqimi doirasining kengayishi natijasida o'zlashtirishda faollik, darsda motivatsiyaning kuchayishini ko'rish mumkin.
Darslarni axborot kommunikativ texnologiyalardan foydalanib tashkil etishda o'qituvchi o'z mehnatining ko'p qismini kompyuterga yuklashi mumkin bo'ladi. Bu bilan darsni yanada qiziqarli, rang-barang qilib, mazmunan boyitadi. O'qituvchi o'quvchining bilimini o'z vaqtida xolisona baholab boradi, ularga noan'anaviy saboq berish usullarini topishga ijodiy yondashadi. Bu o'qituvchining kasbiy jihatdan rivojlanishiga ham asos bo'ladi.
O'quvchining bilimini qisqa vaqt mobaynida aniqlab, uni to'g'ri yo'naltirishida o'qituvchi oldida qulay imkoniyat yaratiladi. Bundan tashqari, o'quvchi olishi kerak bo'lgan axborotni hali davr talabiga mos vaqtida, o'z dolzarbligini yo'qotmasdanoq olish imkoniyati mavjudligi va topshiriqning murakkablik darajasini to'g'ri baholash sharoiti yaratiladi.
Shunday bo'lsa-da, o'z kasbining mahoratli sohibi bo'lgan o'qituvchi tomonidan o'zining chuqur bilimi, katta tajribasiga tayangan holda, axborot kommunikativ texnologiyalardan foydalanib o'tkazgan dars mashg ulotlari, talabalar ko'z oldida namoyish etilgan media mahsulotlari, ko'rgazmali materiallari asosida yanada qiziqarli bo'lib, oson o'zlashtiriladi va ularda mustaqil fikrlash hamda o'z ustida ishlash malakalarini mustahkamlaydi.
Oliy maktab ta'limi jarayonida axborot kommunikativ texnologiyalardan foydalanib dars o'tishni o'zlashtirib olgan bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari o'z amaliy faoliyatlarining samaradorligini ta'minlashda ham internet ma'lumotlariga murojat qiladilar.
Xulosa qilib aytganda, ko'rgazmalilikning zamonaviy usullari bilan birga an'anaviy tamoyillaridan ham o'rni bilan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ayni zamonda, o'quvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalariga oqilona yondashishini nazorat qilish ham o'qituvchining bugun paydo bo'lgan yangi vazifasidir.
AbdullaAvloniy. "Aqlli qarg'a"ertagi
Amaldagi birinchi sinf "O'qish kitobi"darsligida Abdulla Avloniy qalamiga mansub "Aqlli qarg'a" nomli ertagi o'rganish uchun taqdim etilgan": "Yoz fasli jaziramasida hamma yoqda
April, 2022
975
suvlar quribdi. Bechora qarg'a suv yo'qligidan chanqab, juda qiynalibdi. Har tarafdan suv axtarar ekan, birovning oldida turgan ko'zan i ko'rib qolibdi, Ko 'zoning yoniga kelib qarasa, ichida suv bor ekan. Lekin bo'ynini suqib ichay desa, bo'yi yetmabdi. Shunda u tumshug'i bilan toshlami yig'ib, ko'zaning ichiga tashlay boshlabdi. Birozdan so'ng ko'zaning ichidagi suv uxtiga chiqibdi. Aqlli qarg'a suvdan ichib, tashnalik balosidan qutulib, uchib ketibdi". Bu hikoyani o'rganishni birinchi sinf o'quvchilarga qiziqarliroq o'tish uchun kompyuterdan qarg'alarning har xil holatdagi suratlarini topib ekranda namoyish etiladi. Rus tilidagi "Vikipediya"dan qarg'alarning tashqi ko'rinishi, oziqlanishi (hatto bolalarga qarg'aning ovozini ham eshittirish mumkin ), yashash tarzi haqida ilmiy ma'lumotlar beriladi. Qarg'aning aqlliligini hayotiy haqiqatlar misolida ham o'quvchilarga ma'lumotlar beriladi. O'quvchilar qarg'a haqida umumiy tasavvurga ega bo'lganlaridan so'ng yuqoridagi matn o'qib eshittiriladi. Darslikda mazkur matn mazmuni yuzasidan: "Qarg'a jaziramada nega qiynalibdi?" va "Sarlavha nega «Aqlli qarg'a» deb nomlangan?" tarzidagi ikkita savol berilgan, xolos. Bu bilan o'quvchilar matnning mohiyatiga ham kirolmaydilar, Abdulla Avloniy nazarda tutgan sifatlarni ham farqlay olmaydilar. Hikoya matni bilan tanishtirgan o'qituvchining o'zi savol va topshiriqlar tuzishga majbur bo'ladi.
1.Yaxshilab o'ylab ko'ring-chi, yoz fasli jaziramasida suvlar nega va qanday qilib quriydi?
2.Qarg'alar haqida hozir eshitganlaringiz ilmiy ma'lumotlarni eslang. Ular O'zbekistonda, asosan, qaysi faslda yashashadi?
3. Qarg'aning aqlliligini nimada ko'rdingiz?
4. Qarg'aning bo'yni suvga yetmagani sababini uning rasmiga qarab asoslab
bering.
5. O'ylab ko'ringchi, ko'zachaga qarg'a tashlangan losh bilan suv ko'tariladimi? Istasangiz, buni amalda tekshirib ko'ring.
Shu tariqa savol va topshiriqlar ustida ishlanib, internet materiallaridan oqilona foydalanilib o'tilgan dars birinchi sinf o'quvchilarining dunyoqarashini boyitadi, bilimini orttiradi, saviyasini ko'taradi, mustaqil va mantiqli mulohaza yuritishga o'rgatadi. Aks holda badiiy matnlar o'qilgan joyida qolib ketaveradi.
Xulosa qilib aytganda, boshlang'ich sinflarda zamonaviy axborot kommuni-katsiya texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlashlarini kengaytirish
XULOSA
bilan
birga
ularni
darslarda
April, 2022
o'rganganlarini hayot bilan bog'lash hamda darsga qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O'qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg'or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta'lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi. Aytish joizki, multimedia ilovalarini har bir darsda qo'llash natijasida o'quvchilarda mustaqil, ijodiy fikrlash yanada rivojlanadi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, axborot kommunikativ vositalarining boshlang'ich sinf darslarida qo'llanilishi va darsning sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh.M. "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz "-T.: "O'zbekiston ",2017
2. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi.2019-yil 29-aprel , PF-5712-sonli farmoni.
3. Uzviylashtirilgan Davlat ta'lim standarti . -T.: "Yangiyo'l poligraf serves ", 2010
4. Umarova M ., Hamraqulova X., Tojiboyeva R., O'qish kitobi (3-sinf uchun darslik ) .-T.: "O'qituvchi ",2016.-2117 bet
5. G'affarova T ., Shodmonov E., Eshturdiyeva G ., O'qish kitobi (1-sinf uchun darslik ) .-T.: "Sharq " 2017. -127bet
6. Husanboyeva Q Adabiy ta'lim jarayonida o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatishning ilmiy - metodik asoslari ,Ped.fan .dok..diss..-T.:22006.-262bet
April, 2022