Научная статья на тему 'BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MANTIQIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH USULLARI'

BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MANTIQIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
51
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mantiqiy / geometrik / metod / masala / ijodkkorlik / kreativ / fikrlash / logical / geometric / method / problem / creativity / creative / thinking

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ochilova L. T.

Hozirgi paytda maktablarda ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash hisoblanadi. Ayniqsa, matematika darslarida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularni kelgusida olingan bilimlarni ongli hayotiy faoliyatda muvaffaqiyatli qo‘llashlari uchun zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirish boshlang’ich matematik ta‘limning asosiy vazifalariga aylanishi lozim. Maqolada mantiqiy tafakkurni oshirishda geometrik materiallardan foydalanish usllari haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF LOGICAL THINKING IN THE PROCESS OF STUDYING GEOMETRIC MATERIAL IN MATHEMATICS LESSONS IN PRIMARY CLASS

Currently, one of the main tasks of the education system in schools is to educate students as fully developed people. In particular, the development of thinking skills in mathematics lessons and the formation of the necessary skills and qualifications for their successful application of the acquired knowledge in conscious life activities should become the main tasks of primary mathematical education. The article discusses the methods of using geometric materials to improve logical thinking.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MANTIQIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH USULLARI»

Ochilova L. T.

Buxoro davlat pedagogika instituti o 'qituvchisi

BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MANTIQIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH USULLARI

Annotatsiya. Hozirgi paytda maktablarda ta 'lim tizimining asosiy vazifalaridan biri o 'quvchilarni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash hisoblanadi. Ayniqsa, matematika darslarida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularni kelgusida olingan bilimlarni ongli hayotiy faoliyatda muvaffaqiyatli qo'llashlari uchun zarur ko'nikma va malakalarni shakllantirish boshlang'ich matematik ta'limning asosiy vazifalariga aylanishi lozim. Maqolada mantiqiy tafakkurni oshirishda geometrik materiallardan foydalanish usllari haqida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: mantiqiy, geometrik, metod, masala, ijodkkorlik, kreativ, fikrlash

Ochilova L.T.

Teacher

of the Bukhara State Pedagogical Institute

DEVELOPMENT OF LOGICAL THINKING IN THE PROCESS OF STUDYING GEOMETRIC MATERIAL IN MATHEMATICS LESSONS IN

PRIMARY CLASS

Annotation. Currently, one of the main tasks of the education system in schools is to educate students as fully developed people. In particular, the development of thinking skills in mathematics lessons and the formation of the necessary skills and qualifications for their successful application of the acquired knowledge in conscious life activities should become the main tasks of primary mathematical education. The article discusses the methods of using geometric materials to improve logical thinking.

Keywords: logical, geometric, method, problem, creativity, creative, thinking

Boshlang'ich sinf o'quvchilaring mantiqiy tafakkurini shakllantirish pedagogik jarayonning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Boshlang'ich maktabda allaqachon bolalar taqqoslash, tasniflash, umumlashtirish va tahlil qilish elementlarini o'zlashtirishlari kerak, shuning uchun boshlang'ich sinf o'qituvchisi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bu bolalarga xulosalar chiqarishga imkon beradigan mustaqil mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdir.

Matematika bu hayotni anglay oladigan fandir. Ko'pgina tadqiqotchilar maktab o'quvchilarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish bo'yicha maqsadli ishlar tizimli bo'lishi kerakligini ta'kidlaydilar, bu esa maktab o'quvchilarida mantiqiy fikrlash jarayonining samaradorligi rivojlanish ishlarini to'g'ri tashkil etish bilan bog'liq degan xulosaga kelish imkonini beradi. Mashhur rus pedagogi

V.Suxomlinskiy o'z asarlarida maktab o'quvchilarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish masalasiga juda katta e'tibor berdi.

Boshlang'ich sinflarda masalalarni o'rganish yangi tushunchalarni shakllantirish, sodda masalarni yechishdan murakkablarni yechishga o'tish yordamida amalga oshiriladi. Bunda qo'shish, ayirish, ko'paytirish va bo'lishga doir har xil sodda masalalar ya'ni bir xil qo'shiluvchilarning yig'indisini topishga karrali va teng bo'laklarga bo'lishlarga doir sonni bir necha kattalashtirish va kichiklashtirishga oid masalalar sonlarni taqqoslashga amallarning noma'lum konponentlarni topishga doir sodda masalalar shuningdek turli murakkab masalalar shu jumladan keltirib echiladigan masalalar, ikki ko'paytuvchining yig'indisini topishga doir va unga teskari masalalar yig'indisini so'ngra ko'paytirish bo'lishga keltiradigan va boshqa masalalarni ko'rib chiqamiz.

Agar berilgan masala o'zining murakkabligi bilan sinfda yechilgan masalalarga mos yoki o'xshasa u holda o'quvchilar taklif qilingan masalaning echilishi yo'lini mustaqil topishga o'rgatish kerak. Shu maqsadda o'quvchilar masalalar yechishga yaqinlashishning eng sodda umumiy usullarini egallashlari lozim10.

O'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobilyatini shakllantirish masalasi bilan ularda to'g'ri, aniq, qisqa matematik nutqni o'stirish masalasi uzviy ravishda bo'glangan bo'ladi. Bu boshlang'ich ta'limning muhim vazifalaridan biri. Mantiqiy masalalarni yechish o'quvchilarda uzviy ravishda mustaqillikni o'stirish bilan birga o'qitish jarayonida qiziqishlarini oshiradi. Bunda tavsiya etilayotgan savol va topshiriqlar o'quvchilardan ma'lum darajada izlanish talab qilsa-da, u bola kuchi yetadigan darajada bo'lishi kerak. Matematik mashg'ulotlarda bunday topshiriqlarni tanlash katta ahamiyatga ega. Bu mashg'ulotlar o'quvchilardan mustaqil kuzatishlar o'tkazishni, qaralayotgan hodisalar narsalar va shu kabilarni taqqoslash, solishtirishni talab qiladi. Matematika fani boshlang'ich sinflardan boshlab inson hayotining mazmuni ekanligi ko'rsatib boriladi. Matematika haqiqiy olamning miqdoriy munosabatlari va fazoviy formalari haqidagi fandir. Matematikadan masalalar yechish o'quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi.

Darsda o'quvchilarni qiziqtiruvchi mantiqiy topshiriqlardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Chunki o'quvchilar bunday topshiriqlarni katta qiziqish bilan tahlil qila oladilar. O'quvchilarni ko'proq faollashtirish uchun ko'pgina o'quvchilar foydalana oladigan, ular sevgan ertak qahramonlarini "jalb qilish" usuli katta ahamiyatga ega.

O'quvchi mantiqiy topshiriqlarni bajarar ekan, topshiriq yuzasidan mushohada yuritib, ma'lum hukm va xulosalarni chiqaradi. Mulohazaning real (chin) yoki yolg'on ekanligini aniqlaydi, ya'ni ham mantiqiy ham tanqidiy fikr yuritadi.

10 Ummatkulova, Sayyora Shavkatovna, & Xo'Jaboyeva, Zilola Solijon Qizi (2022). MATEMATIKA DARSLARIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING MANTIQIY FIKRLASHLARINI SHAKLLANTIRISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (3), 1406-1419.

Mantiqiqy tafakkurni oshirishga qaratilgan matematik mashg'ulotlarda o'quvchilar muammoni hal qilishda turmushda asqotadigan zaruriy ko'nikmalarni egallab boradilar.

Boshlang'ich sinf matematika darsliklaridan namunalar 1-sinf matematika darsida berilgan topshiriqqa e'tibor qaratsak. Topshiriq: Mevalar soniga qarab, kataklarga aylanalar chizing. O'quvchilar ushbu topshiriqni bajarishda hayotda uchraydigan geometrik shakllar, aylanani uchratishi mumkin bo'lgan holatlar bilan tanishadi.

Keyingi topshiriqda esa o'quvchi oriyentr olish haqidagi ma'lumotlarga ega bo'ladi. Rasmda tuya, fil, arslon, kenguru kabilarning rasmlari berilgan. Savol: O'ng tomonda undan baland hayvon yo'q. U nima? Chap tomonda tuya, o'ng tomonda esa arslon. U nima? Mantiqiy topshiriqning javobi: Birinchi so'roqqa javob izlaymiz. Shartga ko'ra o'ng tomonda undan baland hayvon yo'q. Ko'rinib turganidek, bu hayvon - Fil. Ikkinchi so'roqqa javob izlaymiz. Bunda biz tuyaga va arslon orasidagi hayvonni izlashimiz kerak. Rasmda bu hayvon Kenguru ekan.

Darslikda berilgan yana bir topshiriqda turli geometrik shakllar tasviri berilgan. Rasmda jadval berilgan va ushbu shakllar nomini o'zining nomi ostiga yozamiz degan mazmundagi mantiqiy topshiriq berilgan. O'quvchilar eng avvalo har bir shaklning nomini aniqlab olishadi: Kvadrat?, uchburchak?, doira? Ushbu chizmaga qaraymiz . Berilgan chizmadan shakllarni sanaymiz. Ularning nomlarini jadvalga yozamiz va ushbu topshiriqni bajaramiz.

Xulosa qilib aytganda, mantiqiy topshiriqlarni yechish o'quvchilarning matematik fikrlashni kuchaytirishda va matematik ta'limda chuqurroq o'rganishni rag'batlantirishda muhim rol o'ynaydi. O'qituvchilar ushbu vazifalarni o'quv amaliyotining ajralmas tarkibiy qismlari sifatida qabul qilishlari va ularni tanqidiy fikrlash qobiliyatlari, muammolarni hal qilish qobiliyatlari va talabalar o'rtasida matematik bilimlarni rivojlantirishga jalb qilishlari kerak. Mantiqiy muammolarni hal qilish vazifalari samaradorligini oshirish uchun o'qituvchilar kasbiy rivojlanish imkoniyatlariga sarmoya kiritishlari, hamkasblari bilan hamkorlik qilishlari va matematika ta'limidagi tadqiqotlarga asoslangan ilg'or tajribalardan xabardor bo'lishlari kerak11.

Adabiyotlar

1. Jumayev M.E. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi" Toshkent.: Bayoz, 2022, -272 bet.

2. Ummatkulova, Sayyora Shavkatovna, & Xo'Jaboyeva, Zilola Solijon Qizi (2022). MATEMATIKA DARSLARIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING MANTIQIY FIKRLASHLARINI SHAKLLANTIRISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (3), 1406-1419.

3. Nurimbetova Shaxnoza G'Ayrat Qizi, & Djumayev Mamanazar Irgashevich (2024). BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIK MANTIQIY

11 Shaxobidinovna, S. G., Ikromjon o'g'li, E. A., & Abdusattorovna, M. M. (2024). MATEMATIKA DARSLARIDA MANTIQIY MASALALAR YECHISH. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 47(7), 46-49.

MASALALAR YECHISHNING AHAMIYATI VA ULARGA QO'YILADIGAN TALABLAR. Science and innovation, 3 (Special Issue 26), 507-509. doi: 10.5281/zenodo.11059989

4. Shaxobidinovna, S. G., Ikromjon o'g'li, E. A., & Abdusattorovna, M. M. (2024). MATEMATIKA DARSLARIDA MANTIQIY MASALALAR YECHISH. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 47(7), 46-49.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.