Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA TA’KIDIY DIKTANTLARNI O‘TKAZISH METODIKASI'

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA TA’KIDIY DIKTANTLARNI O‘TKAZISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2298
113
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang‘ich ta’lim / ona tili va o‘qish savodxonligi / imlo / imloviy savodxonlik / diktant / ta’kidiy diktant / ko‘rish diktanti / eshitish diktanti / imlo qoidasi. / primary education / mother tongue and reading literacy / spelling / spelling literacy / dictation / emphatic dictation / visual dictation / auditory dictation / spelling rule.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — M. Jumaniyozova, N. Yaqubova

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’limda ta’kidiy diktantlarni o‘tkazish metodikasi haqida fikr yuriladi. Unda ta’kidiy diktantning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida imloviy savodxonlikni shakllantirishdagi o‘rni aks ettiriladi. Ta’kidiy diktantning ko‘rish diktanti turi va uni tashkil qilishning metodik jihatlari ko‘rsatib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGY OF CONDUCTING EMPHASIZED DICTATIONS IN PRIMARY EDUCATION

This article discusses the methodology of conducting emphatic dictations in primary education. It reflects the role of emphatic dictation in the formation of spelling literacy in elementary school students. The type of visual dictation of emphatic dictation and methodical aspects of its organization are shown.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA TA’KIDIY DIKTANTLARNI O‘TKAZISH METODIKASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA TA'KIDIY DIKTANTLARNI O'TKAZISH

METODIKASI Jumaniyozova Muhabbat Xo'sinovna

UrDU "Boshlang'ich ta'lim metodikasi" kafedrasi dotsenti, f.f.n

Yaqubova Nodira

UrDU Ta"lim va tarbiyaviy ishlar nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta"lim) mutaxassisligi

2-kurs magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.7315793

Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang'ich ta'limda ta'kidiy diktantlarni o'tkazish metodikasi haqida fikr yuriladi. Unda ta'kidiy diktantning boshlang'ich sinf o'quvchilarida imloviy savodxonlikni shakllantirishdagi o'rni aks ettiriladi. Ta'kidiy diktantning ko'rish diktanti turi va uni tashkil qilishning metodik jihatlari ko'rsatib beriladi.

Kalit so'zlar: boshlang'ich ta'lim, ona tili va o'qish savodxonligi, imlo, imloviy savodxonlik, diktant, ta'kidiy diktant, ko'rish diktanti, eshitish diktanti, imlo qoidasi.

METHODOLOGY OF CONDUCTING EMPHASIZED DICTATIONS IN PRIMARY EDUCATION

Abstract. This article discusses the methodology of conducting emphatic dictations in primary education. It reflects the role of emphatic dictation in the formation of spelling literacy in elementary school students. The type of visual dictation of emphatic dictation and methodical aspects of its organization are shown.

Key words: primary education, mother tongue and reading literacy, spelling, spelling literacy, dictation, emphatic dictation, visual dictation, auditory dictation, spelling rule.

МЕТОДИКА ПРОВЕДЕНИЯ АКТИВНЫХ ДИКТАНОВ В НАЧАЛЬНОМ

ОБРАЗОВАНИИ

Аннотация. В данной статье рассматривается методика проведения эмфатических диктантов в начальных классах. Отражена роль эмфатического диктанта в формировании орфографической грамотности учащихся начальной школы, показаны виды диктанта и его методические аспекты.

Ключевые слова: начальное образование, родной язык и грамотность чтения, правописание, орфографическая грамотность, диктант, эмфатический диктант, визуальный диктант, слуховой диктант, орфографическое правило.

Bugungi globallashuv davrida "Milliy tiklanishdan milliy yuksalish" tamoyili ostida yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo'ygan O'zbekistonimizda ta'lim sohasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada yurtimizda juda katta islohotlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Yangi O'zbekistonimizni yuksak taraqqiyot bosqichiga ko'tarishdek ezgu niyatimizga yangicha va mustaqil fikrlaydigan, o'z Vatanini jondan ortiq sevadigan, uning yorug' kelajagi uchun sadoqat bilan xizmat qiladigan, fidoyi yoshlarni tarbiyalash orqali erishamiz".

So'nggi ikki yil davomida boshlang'ich ta'lim sohasida ta'lim-tarbiya jarayonida keng ko'lamli o'zgarishlar olib borilmoqda. Xususan, xalqaro ta'lim sifati tadqiqotlarida yuqori natija ko'rsatgan mamlakatlarning tajribalaridan kelib chiqib, xalqaro ekspertlar tavsiyasiga asosan, boshlang'ich sinf o'quvchilarida yozish, o'qish, fikr bildirish ko'nikmalarni sifatli shakllantirish maqsadida "Ona tili va o'qish savodxonligi" fani kiritildi va shu nomdagi darsliklar amaliyotga

1539

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

joriy qilindi. 1-2-3-sinf uchun mo'ljallangan "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsliklari ikki qismdan iborat bo'lib, har bir qismning mashq daftari ham yaratildi.

"Ona tili va o'qish savodxonligi" darslari bolalarning aqliy va nutqiy qobiliyatlarini muvaffaqiyatli o'stirish zaminida kelgusida fanlarni puxta o'zlashtirishga imkoniyat yaratadi. Shu sababli boslang'ich sinf ona tili va o'qish savodxonligi darslarining asosiy vazifalaridan biri ham o'quvchilarning nutqiy qobiliyatlarini o'stirishdir. Binobarin, ta'lim jarayonida o'quvchilar yozma nutqini o'stirishga ham ona tili o'qitishning asosiy vazifasi sifatida yondashiladi. Ma'lumki o'quvchilarning yozma nutqini shakllantirish bevosita imloviy savodxonlik bilan bog'liq. Bu esa o'quvchilarda orfografik malakalarni shakllantirishni tizimli ravishda amalga oshirish muhimligini belgilaydi.

O'quvchilarda imloviy savodxonlikni shakllantitirishda diktantning o'rni juda katta. Diktantning ham bir qancha turlari mavjud bo'lib, quyida biz ta'kidiy diktant, uning turlari hamda uni o'tkazish yo'llari haqida fikr yuritmoqchimiz.

Ta'kidiy diktant barcha ta'limiy diktantlar ichida eng muhimi va ahamiyatlisidir, chunki ta'kidiy diktant o'quvchilarni yozuvda so'zlarni xato yozishdan saqlaydi. Bu diktant turi har qanday so'zning imlosini o'quvchilarga oldindan eslatish orqali yozdirishga asoslanadi. Zero, agar o'quvchi xato yozilgan so'zlarni ko'rsa, uni o'zi xato yozsa, imloda xato ko'nikmaga ega bo'lib qolsa, u o'quvchiga imlo o'rgatish juda murakkab ishga aylanib qoladi. Bu jihatdan qaraganda ham ta'kidiy diktantning ahamiyati katta. Diktantning bu turi o'quvchilarni diktant matnidagi barcha so'zlarning imlosini o'ziga singdira olishga odatlantiradi. Shuningdek, bu diktant orqali o'quvchilar so'z imlosini turli orfografik toifalar asosida ongli o'zlashtiradilar.

Bilamizki, boshlang'ich sinf o'quvchilarini to'la savodli qilish chidam va sezgirlik talab qiladi. O'qituvchi o'z o'quvchisiga biror yangi so'z o'rgatar ekan, avvalo shu so'zni to'g'ri talaffuz qilishni o'rgatishi lozim; undan keyingina bu so'z yuzasidan yozuv mashqi o'tkazadi. Bu orfografiya bilan orfoepiyaning o'zaro uzviy bog'liqligini ko'rsatadi.

Metodik adabiyotlarda o'quvchilar tomonidan yo'l qo'yiladigan xatolar turli sabablarga ko'ra sodir bo'lishi quyidagicha ko'rsatiladi:

1. Imlo qoidasi o'rganilmagan ba'zi so'zlar diktant matn tarkibiga kirib qoladi.

2. Biror imlo qoidasi bo'sh o'zlashtirilgani sababli tegishli so'zlarni bu orfografik qoidaga bog'lay olmaydilar va ularni xato yozadilar.

3. Imlosi qoidalashtirilmagan so'zlarga oid xatolar.

4. Ba'zan o'quvchilarning beparvoligi tufayli so'zlar xato yoziladi.

5. Yozuvda o'quvchilar kalligrafik jihatdan xato qiladilar, buning oqibatida ayrim harflar boshqa shaklga o'tib, bu so'z xato yozilganday seziladi.

Bu xatolarning barchasi ta'kidiy diktant orqali bartaraf qilinadi. Buning uchun ko'proq boshlang'ich sinflarda imlosi o'rgatiladigan so'zlarni o'quvchilarga ko'rsatish, ularning imlosini ta'kidlash orqali yozdirish zarur. Ayniqsa, 1-sinf o'quvchilari og'zaki eshitganlarini yozuvda osonlik bilan ifoda eta olmaydilar. Bu hol o'quvchilarni xatosiz yozishga o'rgatishda yozilayotgan so'zning imlosini oldindan ko'rsatishni talab qiladi.

2-3- sinflarda o'quvchilarning to'g'ri yozuv ko'nikmasi bir oz shakllangach, bolalar biror sohada mustaqil fikrlay oladigan darajada malaka hosil qilgan bo'ladilar. Bundan tashqari, bu sinflarda imlo va grammatik qoidalar bolalarga tanishtiriladi, bu esa ayrim so'zlar imlosini grammatik qoidaga bog'lab, og'zaki ta'kidlash - izohlashga imkon beradi.

1540

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

3-4-sinflarda ta'kidlanayotgan so'zning xususiyati ham, bu so'zni ta'kidlash usuli ham murakkablashadi. 3-4-sinflarda yozdiriladigan diktant matn tajribasida orfografiyaning turli tamoyillariga oid so'zlar kelishi mumkin. O'quvchilar yozuvida uchraydigan xatolar ham turli ko'rinishga ega bo'ladi. Shuni nazarda tutib, xato yozilishi mumkin bo'lgan so'zlarni turli usulda ta'kidlash mumkin.

Morfologik tamoyilga xos xatolarni ta'kidlashda shu so'zlar imlosi taalluqli bo'lgan grammatik qoida eslatiladi, bu so'zni yuqoridagi grammatik qoidaga bog'lab yozish talab qilinadi. Agar so'zlar tarkibiy qismlarga (asos va affikslarga) ajratib tahlil qilingandan so'ng yozdirilsa, natija yana ham yaxshi bo'ladi. So'zlarni morfologik tahlil qilishda suhbat quyidagicha uyushtirilishi mumkin: bu gapda qaysi so'zlarning yozilishi qiyin, ularni to'g'ri yozish uchun qaysi grammatik qoidani esga olish kerak va hokazo.

Bu savollarga o'quvchilar javob berganlaridan so'ng o'qituvchi, albatta, berilgan javoblarni umumlashtiradi, yakun yasaydi. O'qituvchining yakunlovchi so'zi har jihatdan muhimdir. Avvalo, o'qituvchi o'quvchilar javoblaridagi nuqsonlarni tuzatadi. Ikkinchidan, ayrim so'zlarning imlosi yuzasidan o'quvchilarda to'la ishonch hosil qiladi. Uchinchidan, o'quvchilar javobini mustahkamlaydi. Bu esa berilgan so'zlar imlosining o'quvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qolishiga sabab bo'ladi.

Ta'kidiy diktant ikki xil ko'rinishda bo'ladi: I) ko'rish diktanti; 2) eshituv diktanti.

Ko'rish diktant turi ta'kidiy diktantning eng xarakterli ko'rinishi sanaladi. Chunki boshlang'ich sinf o'quvchilari ko'rish a'zosi orqali sezgan narsalari obrazini xotiralarida uzoq vaqt saqlab qoladilar. Bola biror so'zni ko'rar ekan, uning aksi ko'zga tushadi, bola ongida u muhokama qilinadi va bu haqda yo to'g'ri, yoki noto'g'ri hukm chiqaradi. Nihoyat, o'quvchi bu so'zning shunday yozilishiga qat'iy ishonadi. O'quvchida hosil bo'lgan bunday ishonch juda qiyinchilik bilan unutiladi. Shuning uchun ham bola ko'zi o'ngida hech qanday noto'g'ri yozilgan so'z bo'lmasligi zarur.

O'quvchilardagi bunday psixofiziologik holatdan ko'ruv diktanti orqali foydalaniladi. Binobarin, ko'rish diktantini quyidagi maqsadlarda o'tkazish mumkin:

Ko'rish diktanti orqali o'quvchilar ko'proq notanish aytilishi va yozilishi aniq bo'lmagan so'zlar, atamalar imlosi bilan tanishtirilishi mumkin.

I. Avvalgi yozma ishlarda orfografik xatolarga yo'l qo'yilgan so'zlarning imlosini o'quvchilarga singdirish mumkin. Buning uchun diktant matn yoki shu matndagi ayrim so'zlar sinf doskasiga yozib qo'yiladi. O'quvchilar bu so'zlarni mustaqil o'qib imlosi bilan tanishib chiqadilar. So'ng o'qituvchi bu so'zlarni o'qib ularning imlosini tushuntirib beradi, undan keyin sinf doskasi parda bilan yopiladi va matnni o'qituvchi aytib yozdiradi. Diktant yozish tugagach parda ochiladi, o'quvchilar o'z yozuvlarini doskadagi diktant matnga solishtirib, tuzatib oladilar. Ko'ruv diktantining bu shakli o'z xususiyatlariga ko'ra ko'proq 1-sinflarda qo'llanilsa yaxshi natija beradi.

I- sinf o'quvchilarini bilimga o'rgatish davrida diktantning bu shaklidan foydalaniladi. Bunda biror harf o'quvchilarga tanishtirilgach, shu harf ishtirokida biror so'z tanlanadi yoki biror predmetni ko'rsatib, uning nomi o'quvchilarga bir necha marta ayttiriladi, so'ng bu so'z bo'g'inlarga va tovushlarga ajratiladi, bu so'zni o'qituvchi yoki ayrim o'quvchi kesma harflar yordamida doskada tuzadi, so'ng tarkibidagi bo'g'in va harflar yana muhokama qilinadi, so'ng u so'z sinfda xo'r bilan yoki yakkama-yakka o'qiladi va keyin yoziladi. O'quvchilar yozgan so'zlarni doskadagi so'zlarga taqqoslab xatolarini tuzatib oladilar.

1541

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

2-sinfdan boshlab talaffuzi qiyin, talaffuzi bilan imlosi mos kelmaydigan ko'p bo'g'inli so'zlar yuzasidan ko'rish diktanti yozdirish mumkin, ayniqsa biror orfografik- grammatik qoida o'rganilgach, shu qoidaga bog'lab tashkil qilinadigan ko'rish diktanti o'quvchilarning yana ham kuchliroq diqqatini talab qiladi.

O'qituvchi doskada belgilab qo'yilgan so'zlarning imlosini dars boshida takrorlanayotgan mavzuga bog'lab izohlab beradi. So'ng o'quvchilar belgilangan so'zlarni sinchiklab o'rganib chiqadilar. Nihoyat, doskadagi diktant matni parda bilan yopiladi, matnni o'qituvchi aytib yozdiradi. Ba'zan esa o'quvchilar doskadagi matnni qayta-qayta o'qib yodlab oladilar, so'ng o'qituvchi matnni yoddan yozdiradi. Ishning bu turida kichikroq matn yoki ayrim gaplardan foydalanmoq darkor. Matnni to'la yozdirib bo'lgach parda ochiladi va o'quvchilar o'z yozuvlarni diktant matnning asl nusxasiga solishtirib, o'z xatolarini tuzatib oladilar. Ishni bunday tashkil qilish vaqtni tejaydi yozishdagi shoshma-shosharlikdan o'quvchilarni saqlaydi. Doskada belgilab qo'ygan so'zlarning imlosini ayrim o'quvchilar izohlashi ham mumkin. U holda izohlovchi o'quvchi puxta bilimli belgilangan so'zlarni to'g'ri izohlay oladigan bo'lishi kerak. Albatta, bu o'quvchining izohini o'qituvchi diqqat bilan kuzatib boradi. So'zlar imlosining o'quvchilar tomonidan izohlanishi o'quvchini fikrlashga, o'z yozuviga ongli yondashishga, o'ziga talabchan bo'lishga o'rgatadi. Agar izohlash ishi o'qituvchi tomonidan bajarilsa, vaqt tejaladi, berilgan bilim aniq va to'g'ri bo'ladi, tegishli so'zlarning imlosi sohasida o'quvchilarda ikkilanish bo'lmaydi. Demak, izohlash ishini o'qituvchi ham o'quvchi ham bajarishi mumkin.

Diktant matnining doskaga o'quvchilar ko'zi oldida yozilishi muhimdir. Chunki yozuv jarayonida o'quvchilar so'zlar tarkibidagi harflar bilan tanishadilar. Bu vaqtda o'quvchilar o'qituvchi harakatiga so'zlarning yozilishiga diqqat bilan qarab turadilar. Bu hol esa doskaga yozilgan so'zlar imlosining ular xotirasida uzoq saqlanib qolishiga imkon beradi.

Ba'zan ayniqsa quyi sinflarda ta'kidlash ko'zda tutilgan so'z doskada ko'rsatilishidan tashqari, o'qish va yozdirish vaqtida juda sekin va dona-dona qilib o'qib beriladi. U vaqtda so'z tarkibidagi barcha harflar aniq talaffuz etilishi, o'quvchilarning eshitish a'zolariga aniq yetib borishi lozim. Shu bilan birga, o'quvchilar bu so'z tarkibidagi o'zak va affikslarni aniq tasavvur eta olishlari lozim. Ammo bunday o'qish o'quvchilarga bo'g'inlab, harflab yozishga imkon bermasligi zarur. Agar o'quvchilar bo'g'inlab yozadigan bo'lsalar bu xil yozuv mashqi o'quvchilar bilimiga faqat salbiy ta'sir qiladi.

3-4-sinflarda morfologiyaga oid mavzuni mustahkamlash maqsadida ko'rish diktanti o'tkaziladi. U holda diktant matni sinf doskasiga yozilmaydi, balki matn darslikdan tanlanishi mumkin. Uni o'qituvchi o'rganilgan qoidaga bog'lab izohlaydi, hatto bu qoidaga oid misollarni o'quvchilarga mustaqil toptirishi ham mumkin. Mavzu yetarli takrorlangandan so'ng o'quvchilar diktant matnini o'qituvchining aytib berishi bilan yozadilar.

Diktant yozib tugatilgach o'quvchilar o'z yozuvlarini doskadagi matnning asl nusxasiga solishtirib, o'z xatolarini tuzatib oladilar. Bu solishtirish vaqtida takrorlash ko'zda tutilgach mavzu o'quvchilarning diqqat markazida turishi kerak.

Ko'rish diktantining bu shakli orqali matndagi grammatikaning biror qoidasiga oid ayrim so'zlar orfografiyasigina emas, balki diktant matnidagi barcha so'zlar imlosini o'rganish maqsad qilib olinishi mumkin.

Xulosa qilib aytish mumkinki, o'quvchilarni so'zlarni to'g'ri va xatosiz yozishga o'rgatishda ta'kidiy diktant, xususan, ko'rish diktanti muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, boshlang'ich ta'limda o'quvchilarda imloviy savodxonlikni shakllantirishda o'qituvchi bu

1542

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

diktant turidan ham samarali foydalanishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu esa, albatta, ta'kidiy diktantlarning o'ziga xos xususiyatlarini hamda ularni tashkil qilish metodikasini bilishni taqozo etadi.

REFERENCES

1. Mirzayev A. Diktant metodikasi.- Toshkent, "O'qituvchi", 1979.

2. Abdullayeva Q., Rahmonbekova S., Bekmurodova G., G'ozixo'jayeva G. Diktantlar to'plami. (Boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun). - Toshkent: "Niso Poligraf', 2017.

3. Jumayeva S. O'quvchilarning yozma savodxonligini oshirishning ayrim yo'llari// "Ona tili ta'limidagi islohotlar: vazifalar, yechimlar va muammolar" Respublika ilmiy- amaliy anjuman materiallari.- Qarshi, 2015, 70-73-betlar.

4. Azimova I., Mavlonova K., Quronov S. va b. Ona tili va o'qish savodxonligi. Umumiy o'rta ta'limning 1-sinfi uchun darslik. 1-2-qism. - Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2021.

5. Azimova I., Mavlonova K., Quronov S. va b. Ona tili va o'qish savodxonligi. Umumiy o'rta ta'limning 2-sinfi uchun darslik. 1-2-qism. - Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2021.

1543

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.