BOSHLANG'ICH TA'LIM DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QOLLASH VA KREATIV YONDASHUV Bozorova Nozigul Ramazonovna
Buxoro Innovatsiyalar Universiteti 1-kurs magistranti https://doi. org/10.5281/zenodo. 7499 754 Annotatsiya: Ushbu maqolada ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan sayi-harakatlar va boshlang'ich sinf darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib yuqori ko'rsatgichga erishish, ta'lim soxasidagi tarixiy o'zgarishlar keltirilib, ta'lim maqsadi va uning mazmuni, ta'lim jarayonida o'quvchi va o'qituvchi munosabatlari, ta'limni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: ta'lim, metod, taraqqiyot, ta'lim sifati, elektron darslik, xalqaro tadqiqot, pedagog, kasbiy mahorat, milliy dastur, o'qituvchi, tizim, mutaxassis, ta'lim maqsadi.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ СОВРЕМЕННЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ И ТВОРЧЕСКОГО ПОДХОДА НА УРОКАХ НАЧАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ Аннотация: В данной статье представлены усилия, направленные на повышение качества образования и достижение высокой результативности с использованием современных педагогических технологий на уроках начальных классов, исторические изменения в сфере образования, цель образования и его содержание, воспитание в процессе обучения, отношения ученик-учитель, меры, направленные на улучшение образования.
Ключевые слова: образование, метод, развитие, качество образования, электронный учебник, международное исследование, педагог, профессиональное мастерство, национальная программа, учитель, система, специалист, образовательная цель.
THE USE OF MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES AND CREATIVE APPROACH IN THE LESSONS OF PRIMARY EDUCATION Abstract: This article presents efforts aimed at improving the quality of education and achieving high performance using modern pedagogical technologies in primary school lessons, historical changes in the field of education, the purpose of education and its content, education in the learning process, student-teacher relations, measures aimed at improving education.
Key words: education, method, development, quality of education, electronic textbook, international research, teacher, professional excellence, national program, teacher, system, specialist, educational goal.
KIRISH
Ta'lim maqsadi o'quv-biluv jarayoni, uning mohiyati, mazmunini, usul va vositalari, o'qituvchi-o'quvchi munosabatlari, shuningdek, mazkur tizimning samaradorligi qanday shaxs yoki mutaxassisini sharklantirishni ham belgilaydi. Ta'lim maqsadining ijtimoiy buyurtma asosida ifodalanishi shaxs, davlat, jamiyat, fan-texnika hamda ishlab chiqarishning umumiy taraqqiyot darajasi bilan beligilanadi. Demak, ta'lim maqsadi jamiyat ehtiyojlarini ifodalaydi va uning taraqiyotini belgilaydi. Butun ta'lim jarayoni-o'quv materialidan boshlab, ta'lim natijasigacha-ta'lim maqsadidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ta'lim maqsadi oldida turgan asosiy masala bugungi kun va istiqbolda jamiyat ravnaqi uchun qanday shaxs, mutaxassis tayyorlash kerakligi bilan xarakterlanadi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Prezident Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston xalqiga yo'llagan murojaatnomasida "Ta'lim sifatini oshirish - Yangi O'zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona to'g'ri yo'lidir", - deya ta'kidladi. Boshlang'ich ta'lim maqsadi ro'yobini ta'minlashda zamonaviy ta'lim texnologiyalar muhim ahamiyatga egadir.
Taraqqiyotimizning yuksalishi, yosh avlodga sifatli ta'lim-tarbiya berishdan boshlanadi. Kelajagi buyuk farzandlargina vatan ravnaqini yuksaklarga ko'tara oladilar. Ta'lim sifatini oshirish bilimli avlod vakillarini yetishtirish maqsadida mamlakatimiz taraqqiyot strategiyasida to'rtinchi ustuvor yo'nalish aynan ta'lim soxasini inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgandi va 2023-yilni - «Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili», - deb nomlanishi ta'limga bo'lgan e'tiborning yaqqol namunasidir. Ta'lim sifatini oshirish yosh avlodni fanga qiziqtirishning eng muhim omili bu yangi darslik va zamonaviy dars o'tish uslublaridir. 16 yillik tajribamdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, yangi darslik o'quvchi uchun juda qulay ayniqsa elektron darsliklar o'quvchilarni darsga bo'lgan qiziqishlarini yana oshiradi va olingan bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari darsliklarning tayyorlashda PIZA, PIRLS, TIMSS, EGMA, EGRA kabi xalqaro dasturlardan namunaviy vazifalar asos qilib olingani biz o'qituvchilar uchun kelajakda xalqaro tadqiqotlarga boshqa davlatlar qatorida turishimizga katta imkon bag'ishlaydi. Darsliklar bilan birga mashg'ulot daftarlari, o'qituvchilar uchun metodik qo'llanmalar chop etilishi biz o'qituvchilarni ishtiyoq bilan ishlashimizga kuch bag'ishlaydi. An'anaga muvofiq, davlatimiz rahbarining parlament va xalqimizga murojaatnomalarida ko'tarilgan masalalar, ijrosini topmoqda. Biz ustozlardan qilinadigan talab o'z ustimizda ishlash yangi innovatsion metodlar orqali darslarni tashkil qilish o'quvchilarga psixologik yondashgan holda o'zlari qiziqgan kasb-hunarga yo'naltirishdan iborat. Bunda esa ayniqsa boshlang'ich sinf ustozlarining o'rni katta rol o'ynaydi.
TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA
Ma'lumki O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida''gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi bilan uzluksiz ta'lim tizimi asosi yaratildi. Pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo'llash asosida o'quvchilarni ijodkorligi va faoligini oshirish har bir davr uchun muhim ahamiyatga egadir. Bu esa "Ta'lim to'g'risidagi Qonunning 26- moddasida hamda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida o'qitish jarayoniga ilg'or, zamonaviy pedagogik texnologiyalarnini keng ko'lamda tadbiq etish barcha turdagi ta'lim muassasalarida oldidagi eng dolzarb vazifalardan biri ekanligi ta'kidlandi.
Har bir o'qituvchi shuni yaxshi bilishi biladiki dars o'quv tarbiya jarayonining asosiy shaklidir. Shuning uchun o'qituvchi, avvalo, dars o'tish va darsni takomillashtirib borish borish hakida o'ylaydi, izlanadi. XULOSA
Ta'limda yukori samaradorlikka erishish uchun o'qitishning noan'anaviy metodlaridan ya'ni zamonaviy pedagogik texnologiyaning turli metodlaridan dars mavzusiga mos ravishda foydalanish maqsadga muvofikdir. Bu murakkab va uzoq davom etadigan jarayon bulib, o'qituvchining mashaqqatli mehnati bilan bosqichma -bosqich mahorat pillapoyalarini egallab, uning yuksak pedagogik darajasiga kutarilishidir. Yukori ko'rsatgichga erishishni maqsad qilgan har bir o' qituvchi, avvalo, har bir darsga ij odiy yondashishi, dars j arayonida kuzda tutilgan barcha bosqichlarni erkin amalga oshira oladigan kasbiy mahoratga ega bo'lishi kerak va tinimsiz o'z ustida ishlashi lozim. Kasbiy mahorat esa o'qituvchi shaxsidagi tabiiy imkoniyatlar, pedagogik-psixologik iqtidor, o'z ishiga mas'uliyat bilan karash, o'quvchidagi o'zgarishlarni o'z vaqtida
sezish, bola shaxsi o'quvchilar jamoasiga to'gri ta'sir qila olishining amaliy namoyon bola olishidir. Bundan tashqari o'qituvchi ilg'or zamonaviy ish tajribalarini darsga qollash bilan cheklanib qolmay uni boshqa kasbdoshlari bilan ham ommalashtirish platformasi orqali hamfikr bolib baholanishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Yo'ldosheva D., Hamroyeva SH. Ta'limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Toshkent, 2017.
2. Boshlangich ta'limni o'qitish metodikasi. O'quv uslubiy majmua. Toshkent, 2018.
3. https://giu.uz