Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI O‘QITISH METODIKASINING DOLZARB MASALALARI'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI O‘QITISH METODIKASINING DOLZARB MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

16766
671
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metodika / ona tili o‘qitish metodikasi / savod o‘rgatish metodikasi / o‘qish metodikasi / grammatika / fonetika / so‘z yasalishini o‘rganish metodikasi / nutq o‘stirish metodikasi. / methodology / methods of teaching the native language / methods of teaching literacy / reading methods / grammar / phonetics / methods of teaching word formation / methods of speech development.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nasiba Jo‘rayeva

Maqolada boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasining dolzarb masalalari, ahamiyati, maqsadi va vazifalari haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article examines topical issues, the importance, goals and objectives of the methods of teaching the native language in primary school

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI O‘QITISH METODIKASINING DOLZARB MASALALARI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-118-121

BOSHLANG'ICH SINFLARDA ONA TILI O'QITISH METODIKASINING

DOLZARB MASALALARI

Nasiba Jo'rayeva

Boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Andijon davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Maqolada boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasining dolzarb masalalari, ahamiyati, maqsadi va vazifalari haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: metodika, ona tili o'qitish metodikasi, savod o'rgatish metodikasi, o'qish metodikasi, grammatika, fonetika, so'z yasalishini o'rganish metodikasi, nutq o' stirish metodikasi.

ABSTRACT

The article examines topical issues, the importance, goals and objectives of the methods of teaching the native language in primary school.

Keywords: methodology, methods of teaching the native language, methods of teaching literacy, reading methods, grammar, phonetics, methods of teaching word formation, methods of speech development.

KIRISH

Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fanining predmeti o'quvchilarga o'zbek tilini o'rgatish yo'llari va vositalari, ona tilini egallash, ya'ni nutqni, o'qish va yozishni, grammatika va imloni o'zlashtirib olish to'g'risidagi ilmdir.

Metodika maktab oldiga qo'yilgan ta 'lim va tarbiyaviy vazifalardan kelib chiqib, ona tilini o'rgatishning vazifalarini va m azm unini belgilaydi, ta'lim-tarbiya berish jarayonini tekshiradi, shu jarayonning qonuniyatlarini va ta'lim berish usullarining ilmiy asoslangan tizimini belgilaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Metodika fani quyidagi masalalarni o'rganadi:

1. O' qitishning vazifalari va mazm unini aniqlaydi. Nimani o' qitish kerak? savoliga javob beradi, ya'ni boshlang'ich sinflar ona tili kursining dasturlarini, ta 'lim mazmunini belgilab beradi, o'quvchilar uchun darsliklar va qo'llanm alar yaratib, ularni takomillashtirib, sam aradorligi va muvofiqligini doimiy nazorat qilib boradi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-118-121

2. O'qitish metodlari, tamoyillari, usullari, dars va uning turlarini, o'quvchilar amaliy ishlari - mashqlar va yozma ishlaming izchil tizimini ishlab chiqadi, ya'ni „Qanday o'qitish kerak?" savoliga javob tayyorlab beradi.

3. O'quvchilarga ona tilidan bilim berish va ko'nikm a hosil qilishda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali shart-sharoitlar haqidagi masalalarni hal qiladi, ya'ni „ Nega xuddi mana shunday o'qitish kerak?" savoliga javob tayyorlaydi. Eng foydali materiallarni, m etodlarni o'rganadi, tanlangan m etodlarni asoslaydi, tavsiyalarni eksperimental tekshiradi.

Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi yuqori sinflarda ona tili o'qitish metodikasining dastlabki bosqichi bo'lib, u tekshiradigan masalalarni boshlang'ich sinf o'quvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda) o'rgatadi. Shu bilan birga, boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasining o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Boshlang'ich sinflarda ona tilini o'qitish grammatika, imlo va unga bog'liq holda nutq o'stirish metodikasinigina emas, balki xat-savod o'rgatish, sinfda va sinfdan tashqari o'qish metodikalarini ham o'z ichiga oladi. Shulardan kelib chiqib, boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fani quyidagi vazifalarni bajaradi:

a) boshlang'ich sinflarda ona tili kursining m azm uni, hajmi va mavjud tizimini, ya'ni kursning (xat-savod o'rgatish, o'qish, gram - matika, imlo, nutq o'stirish va h.k.) dasturini belgilash va asoslash;

b) o'qish va yozuvdan bilim va ko'nikmalarning shakllanishi jarayonini ham da bu jarayonda o'quvchilar duch keladigan qiyinchiiiklarni o'rganish, xatolarning sababini tahlil qilish, ularning oldini olish va to'g'rilashga yordam beradigan ish turlarini ishlab chiqish;

d) ona tilidan beriladigan o'quv materialini o'quvchilar aniq tushunishi va puxta o'zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olishga va o'quvchilarnng umumiy taraqqiyotiga, ya'ni ularning zehnini, xotirasini, kuzatuvchanligini, yodda saqlashini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy o'ylashini, nutqini o'stirishga yordam beradigan m etod va vositalarni ishlab chiqish;

e) ona tilini o'rgatish bilan bog'liq holda maktablar oldiga qo'yilgan tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish, o'quvchilarda axloqiy va estetik sifatlarni shakllantirish.

Ona tili o'qitish metodikasi ta'limning turli bosqichlarida o'quvchilarning bilim, ko'nikm a va malakalarini aniqlaydi, o'qishning muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, xato va kamchiliklam i bartaraf etish usullarini topadi.

Ona tili metodikasi ta 'lim tizimining barcha bosqichlirida ona tilini o'qitishning izchillik va uzlnksizligini ta'minlaydi. Maktabgacha tarbiya muassasasida, asosan, bolalaming nutqini o'stirish nazarda tutiladi. Boshlang'ich sinfda o'quvchilar nutqini

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-118-121

o' stirishdan tashqari, ona tilidan elem entar nazariy tushunchalarni amaliy o'zlashtirishlari ham nazarda tutiladi.

Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fani quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi:

1. Savod o'rgatish metodikasi, ya'ni elem entar o'qish va yozishga o'rgatish. Bolalarga savod o'rgatish pedagogika fanidagina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy masalalardan hisoblanadi. Chunki xalqning savodxonligi mustaqillik uchun, siyosiy onglilik uchun, madaniyat uchun kurash qurolidir.

2. O'qish metodikasi. Boshlang'ich sinflarda o'qish predm etining vazifasi bolalarni to'g'ri, tez (me'yorida), ongli va ifodali o'qish m alakalari bilan qurollantirish hisoblanadi.

3. Grammatika, fonetika, so'z yasalishini o'rganish metodikasi. Bu bo'lim elem entar to'g'ri yozuvga va husnixatga o'rgatishni, gram m atik tushunchalar, boshlang'ich imlo malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi.

4. Nutq o'stirish metodikasi. Bu bo'lim boshlang'ich sinflarda alohida o'rin tutadi. Bolalar birinchi navbatda tilni, nutqni o'quv predmeti sifatida anglaydilar, ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa va hodisalar haqida o'ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar. Ular o'zining grafik shakli bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik va morfologik shakli bilan ham og'zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni ham egallaydilar. Metodika bolalar nutqini boyitishi, sintaktik va bog'lanishli nutqini o'stirishni ham ta 'minlashi kerak. Shuni aytib o'tish kerakki, bog'lanishli nutq maktablarda alohida bo'lim sifatida o'rganilm aydi, u til fanining boshqa bo'limlari bilan bog'langan holda shakllantiriladi.

Ona tili o'qitish metodikasi fanining metodologik va ilmiy asoslari. Ona tili o'qitish metodikasining metodologik asosi borliqni bilish nazariyasidir. Bu fanning bosh vazifasi o'quvchilam ing o'zbek tili lug'at boyligini to'liq o'zlashtirib olishlarini ta 'minlashdir.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Metodika fan sifatida ona tili o'qitish metodikasi boshlang'ich ta'lim standard belgilab bergan vazifalarni amalga oshiradi, ya'ni tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o'z fikrini og'zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a'zolari bilan erkin m uloqotda bo'la olish ko'nikma va malakalarini rivojlantirishga oid m etod va usullami ishlab chiqadi.

Maktabda ona tili o'qitish metodikasining bunday yo'nalishi haqiqatni bilish qonuniyatlariga ham , hozirgi zamon didaktikasi vazifalariga ham mos keladi.

„Ta'lim to'g'risida"gi qonunda ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari belgilab berildi:

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-118-121

- ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;

- ta' limning uzluksizligi va izchilligi;

- umumiyo'rta, shuningdek, o 'rta maxsus kasb-hunar ta 'lim ining m ajburiyligi;

- o'rta maxsus, kasb-hunar ta 'limining yo'nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o'qishni tanlashning ixtiyoriyligi;

- ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;

- davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi;

- ta 'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;

- bilimli bo'lishni va iste'dodni rag'batlantirish;

- ta'lim tizimida davlat va jam oat boshqaruvini uyg'unlashtirish.

Bu tamoyillar boshlang'ich ta 'limda ona tili o'qitish metodikasining vazifalarini ham belgilab, aniqlashtirib beradi.

Ona tili o'qitish metodikasi fani ham ta'lim jarayonini tashkil etish shakllarini va usullarini ishlab chiqishda yuqoridagi maqsadlar asosida ish yuritadi.

Umumiy o'rta ta'limning bir bosqichi bo'lgan boshlang'ich ta'lim 1-4-sinflarni o'z ichiga oladi. Milliy dasturda ta'kidlanganidek, bu bosqichda ta'limning yangicha tizimini va m azm unini shakllantirish uchun quyidagilar zarur:

- o'quvchilam ing qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta 'limga tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish;

- ta'lim berishning ilg'or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o'quv-uslubiy majmualarini yaratish va o'quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta'minlash va hokazo.

XULOSA

Milliy dasturda ta'lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish bo'yicha ta 'kidlangan ko'rsatm alar, uzluksiz ta'limni ta'm inlash borasidagi islohotlarni amaliyotga tatbiq etish boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi oldida turgan dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

REFERENCES

1. Sariyev Sh. Savod o'rgatish darslarida nutq o'stirish. "Boshlang'ich ta'lim" jurnali № 4. - Toshkent, 1997.

2.. Babanskiy Yu. K. Hozirgi zamon umumiy ta'lim maktabida o'qitish metodlari. - Т.: O'qituvchi, 1990.

3. G'afforova T., Shodmonov E., Eshturdiyeva G. Alifbe (Savod). - Т.: O'qituvchi, 1999.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.