Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
BOSHLANG'ICH SINFLARDA DIDAKTIK O'YINLARDAN
FOYDALANISH ORQALI O'QUVCHILARNI BILIMINI OSHIRISH
USULLARI
Yunusova Nargisa Nosirxonovna
Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumani 47-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi Boshlang'ich sinf o'qituvchisi
+9989 4154-83-17
ANNOTATSIYA
Boshlang 'ich sinf dars jarayonlarini yanada samarali o 'tkazish, darsni sifatli qilish o'quvchilardada vatanga ota onaga mexr muhabbat uyg'otish ta'lim shaklini keng o'rganish hamda ularni tatbiq qilish maqsadida pedagogik texnologiyalar turli xil didaktik o'yinlardan foydalanish. Ularni dars jarayonida qo'llash orqali dars mohiyatini ochish o'quvchilarda yashirin qobiliyatlarni yuzaga chiqarish
Kalit so'zlar: Pedagogik texnologiyalar, o'yinlar savodxonlik, zamonaviy usullar.
АННОТАЦИЯ
Использование педагогических технологий и различных дидактических игр с целью сделать процесс обучения в начальной школе более эффективным, повысить качество урока, привить учащимся любовь к Родине и родителям, изучить и применить их. Раскрытие сути урока путем использования их на уроке выявляет скрытые способности учащихся.
Ключевые слова: Педагогические технологии, игры, грамотность, современные методы.
ABSTRACT
The use of pedagogical technologies and various didactic games in order to make the primary school teaching process more effective, to improve the quality of the lesson, to instill in students a love for the motherland and parents, to study and apply them. Uncovering the essence of the lesson by using them in the classroom reveals hidden abilities in students
Keywords: Pedagogical technologies, games, literacy, modern methods.
KIRISH
Yurtimizda ta'lim sifatini yanada oshirish, uni keng targ'ib qilish maqsadida bugungi kunda ta'lim jarayonida turli xil pedagogik texnologiyalardan foydalanib kelinmoqda. Bu dars jarayoniga yangicha innovatsiyalar bilan yondashmoq deganidir.
Bundan ko'zlangan asosiy maqsad dars jarayonini har taraflama mazmunli qilish,
987
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
bolalarning qiziqishini oshirishdan iborat. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'qitishda bolalarning bilimini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, dars jarayonini tez va oson o'rganish maqsadida axborot komunekatsiya texnologiyalari, pedagogik texnalogiyalardan foydalaniladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bolalarning hayotida maktab davri juda katta o'rin tutadi. Chunki bolalar bog'cha ta'limidan so'ng aynan savodining chiqishi shu davrga to'g'ri keladi. Bu davrda bolalarga har taraflama tushunarli bo'lgan mashg'ulotlardan, qiziqarli zamonaviy usullardan foydalanish lozim. Maktab davrida bolaning savodi chiqishi bilan birgalikda uning dunyoqarashi shakllanib, fikrlash doirasi kengayib boradi. Bolalarning bilimini rivojantirishda turli xil o'yinlardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Bolalar o'yinlar orqali o'z bilimlarini mustahkamlab oladilar. ularni o'rganib oladilar. Ta'lim jarayonida qo'llaniladigan didaktik o'yinlar ta'lim sifatini yanada oshirish, bilish jarayonining muvafaqqiyatli boshqarilishiga turtki bo'ladi. Didaktik o'yinlar boshlang'ich ta'limning keyingi bosqichlarida ham bolalarning bilimini rivojiga turtki bo'lishi mumkin. Dars jarayonida o'zlashtirishi past o'quvchilarning bilimini oshirishga bu o'yinlar o'z ta'sirini ko'rsatadi. Shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi kunda pedagogik texnologiyalar asosida ta'limni tashkillashtirishga e'tibor kuchaymoqda. Pedagogik texnologiyalardan foydalailmoqda. Pedagogik texnologiyalar - ta'limning shakllari, metodlari hamda yangi usullari tarbiyaviy vositalar yig'indisi hisoblanadi.Pedagogik texnologiyalar o'quvchilar imkoniyati va qobiliyatini yuzaga chiqarishda eng mahoratli vositalardan biri hisoblanadi, ular orqali ta'lim jarayonining tezlashishi oshadi. O'quvchilardaning mustaqil fikrlash doirasi shakllanadi. Bolalarda mexr muhabbat qiziqish hissi ortib boradi. Ta'lim tizimiga texnologik vositalar orqali yondashish tufayli -ta'lim jarayonining maqsadi belgilanadi; -o'qitish tizimining uzviy bog'liqligi rivojlanadi; -ta'limning harakatlanish tezligi yuqorilab boradi;
Texnologiyalardan foydalanishda ular ta'limning sifatini belgilashi lozim, undan ko'zlangan maqsadga yetishish nazarda tutilishi kerak. Bunda o'qituvchilar o'z o'quv fanini maqsadini belgilab chiqishi kerak. Belgilangan maqsad asosida albatta samara bo'lmog'i lozim. Bola har bir o'yinga qiziqishi undan o'ziga biror narsa olmog'i kerak. Boshlang'ich sinf bolalariga dars jarayonida foydalanadigan o'yinlar orqali bolaning bilimi oshishi dars jarayonini o'zlashishi bilan birgalikda uning maktabga ustozlariga bo'lgan mexr-muhabbati oshib boradi. Aynan boshlang'ich sinflarda
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
pedagogik texnologiyalardan foydalanish bolani darsga jalb etishga yordam beradi. O'yinlar orqali erkin fikr yuritish tafakkurining shakllanishini ortganini ko'rish mumkin. Aynan boshlang'ich sinflarda pedagogik texnologiyalardan foydalanish bolani darsga jalb etishga yordam beradi. Ularda o'quvchilardaning diqqati bir joyga to'planadi tafakkuri o'sib boradi. O'zlarida erkin fikr yuritish jarayoni shaklanadi. Dars jarayonida qo'llanadigan didaktik o'yinlardan Zanjir o'yini: Bu o'yinda o'qituvchi bir so'z aytadi. Shu so'zning tugagan harfidan boshab bolalar so'zni davom ettiradi. O'yin orqali bolalar hammasi darsga jalb etiladi. «Tez ayt» o'yini: bu o'yinda o'qituvchi sinf bo'ylab yuradi bir bolani turg'izib uga bir tur nomini aytadi. Bola shu turga kiruvchi so'z topib aytishi kerak. Bu orqali bolaning fikri atrof muhitga bo'lgan munosabati sinchikovlik qobiliyati oshib boradi. O'yinda tok i javob berolmagan o'quvchilar tugatadi. O'yin bir ishtirokchi qolguncha davom etadi. Bu o'yinni o'tilgan darsga moslab ham tashkillashtirsa bo'ladi. O'qituvchi: «Hayvon» O'quvchi: mushuk O'qituvchi : «Mevalar» O'quvchi: olma O'qituvchi sinf jihozlari: O'quvchi: doska Dars jarayonida shunday o'yinlardan foydalanish orqali o'quvchilarda dars jarayoniga bo'lgan qiziqish ortib boradi. Bolada topqirlik, chaaqqonlik, tez harakat qilish jarayonari shakllanib boradi.
XULOSA
Beruniy o'z asarlarida yosh avlodga bilim berishda turli xil qulay, o'quvchi uchun tushunarli bo'lgan usullardan foydalanishni tavsiya etadi. «Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar asarida» Beruniy dars samaradorligini oshirish bolaning xotirasini rivojlanishi bolaning erkin fikrlashini oshirish usullarini izlashni ta'kidlagan. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad bolalarni zeriktirmaslik turli usullar bilan uning dunyoqarashini , bilim darajasini kengaytirish. Beruniy bundan tashqari didaktik o'yinlar orqali bola zerikish uyg'otmasligi lozim deydi. Ta'lim sifatini har taraflama muvafaqqiyatli qilishimiz uchun didaktik o'yinlardan foydalanishimiz lozim .Bunday usullarni to'g'ri tanlay bilish orqali dars jarayonida samarali natijalarga erishishimiz mumkin. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak o'qituvchining yangiliklari orqali yosh avlodni yanada bilimi qilish ko'zlanadi.
REFERENCES
1 Yoldoshev J., Usmonov S. «Pedagogik texnologiya asoslari» T.2004
2 Ibragimov R. Boshlang'ich maktab o'quvchilarida bilish faoliyatini shakllantirishning didaktik asoslari. T -2001
3 Beruniy Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar Tanlangan asarlar 1- jild Toshkent nashri