Saidova G.E.
Buxoro davlat pedagogika instituti "Boshlang'ich ta'lim" kafedrasi dotsenti
BOSHLANG'ICH SINF TARBIYA DARSLARIDA HADISLAR USTIDA ISHLASHNING UMUMIY METODIKASI
Annotatsiya: Boshlang 'ich sinflarning tarbiya darslari o 'z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko 'ra ta 'lim tizimida alohida o 'rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta'limiy tarbiya asoslari turadi. Tarbiya darslari orqali o'quvchilarning Davlat ta'lim standartlari (DTS) talablari bo'yicha o 'zlashtirishlari ko 'zda tutilgan o 'quvbiluv ko 'nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo 'l ochiladi. Aynan o 'qish ta 'limida insonning, avvalo, o 'zligini, qolaversa olamni anglashga bo 'lgan intilishlariga turtki beriladi.
Kalitso'zlar: Tarbiya, odob,axloq, estetik, ma'naviy-ma'rifiy tarbiya,metod, Davlat ta 'lim standartlari, izohli o 'qish
Saidova G.E. , associate professor of the "Primary Education " department Bukhara State Pedagogical Institute
GENERAL METHODOLOGY OF WORKING ON HADITHS IN PRIMARY CLASS EDUCATION LESSONS
Abstract: Education classes of primary classes have a special place in the education system according to their essence, goals and tasks. After all, the foundations of literacy and moral-educational education are based on it. Through educational classes, the way is opened for students to acquire learning skills and knowledge that are expected to be mastered according to the requirements of the State Education Standards (DTS). It is precisely in reading education that a person's aspirations to understand himself, and secondly, the world, are stimulated.
Key words: Education, manners, morals, aesthetic, spiritual and educational education, method, State educational standards, explanatory reading.
Tarbiya darslari oldiga qo'yiladigan didaktik vazifalardan biri bo'lgan o'quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga o'rgatish, kitobga muhabbat uyg'otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish ham aynan shu maqsadga qaratilgan. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta'limini tarbiya ta'limisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Uzluksiz ta'limning boshqa bosqichlaridan farqli o'laroq, boshlang'ich sinflarning tarbiya darslarida o'quvchilarning o'qish malakalarini shakllantirish, asar matni ustida ishlash ta'limning didaktik maqsadi hisoblanadi.
U turli mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali ma'naviy-axloqiy, adabiy-estetik tarbiya bilan chambarchas bog'lab olib boriladi. Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang-barangligiga, poyetik mukammalligiga, o'quvchilarning bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida e'tibor qaratiladi. Zero, tarbiya darslari oldiga qo'yiladigan didaktik vazifalaridan biri o'quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga o'rgatish, kitobga muhabbat uyg'otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish, o'quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan etuk va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Tarbiya darslarining samaradorligi ko'p jihatdan ta'lim metodlarining to'g'ri tanlanishiga bog'liq.
«Metod» atamasi yunon tilidan olingan bo'lib, muayyan maqsadga erishish, borliqni amaliy va nazariy o'zlashtirish usullari majmuidir. Binobarin, fanning o'zi kabi o'qitish metodlari ham doimiy rivojlanishda bo'ladi. Masalan, eski maktablarda o'qish quruq yod olish metodi asosida o'rgatilgan bo'lsa, hozir izohli o'qish asosida olib boriladi. Yod olish metodida matndagi so'zlarga izoh berishga, ma'nosini tushuntirishga, o'qilganni qayta hikoyalashga umuman olganda, o'qishning ongli bo'lishiga mutlaqo e'tibor berilmagani holda, ularda ko'proq to'g'ri talaffuz, qiroat bilan o'qish, ifodali o'qish nazarda tutilgan. Hozirgi kunda maktablarda o'qish izohli o'qish metodi asosida olib borilmoqda. Shu o'rinda Izohli o'qishga ta'rif bersak: Izohli o'qishga XX asrning 60-70-yillarida rus pedagogi K. D. Ushinskiy asos slogan va u o'qishda boshlang'ich sinf o'quvchilarni «ongli, tushunib, o'ylab o'qishga» o'rgatishni alohida ta'kidlab, uni «Izohli o'qish» deb nomlaydi. Izohli o'qish metodiga K. D. Ushinskiy ishining davomchilari yangiliklar kiritdilar. Korf va Vaxterev izohli o'qish o'quvchilarga real bilim berish vositasi desa, Vodovozov va Bunakov o'quvchilarga o'qish jarayonida bilim badiiy asar tahlili va asarning tarbiyaviy xarakteri bilan bog'liq holda beriladi, degan fikrni ilgari suradilar. Professor Asqar Zunnunov o'qitishning mazmuni va usullari haqida fikr yuritib, o'quvchilarning oldin bilimlarni o'zlashtirishiga, so'ng yod olishlariga e'tibor berilishi ta'lim jarayonida izohli o'qish deb nomlanganini ta'kidlaydi. Demak, izohli o'qish deb o'ylashga, his qilishga, asarni to'liq idrok qilishga, o'qilganning mazmunini o'zlashtirishga olib keladigan o'qishga aytiladi. Izohli o'qish asar mazmunini tushunishni, asardagi muhim fikrni, yozuvchi ilgari surayotgan g'oyani anglashni ta'minlaydi. Jumladan, boshlang'ich sinf o'qish, odobnoma va ona tili darsliklarida berilgan maqol va hikmatli so'zlarni o'qib, ularni tahlil qilish yosh avlodning axloqiy, ma'naviy-ma'rifiy tarbiyasini yuksaltirishga, uning jamiyatda o'z o'rnini topishida yuksak ahamiyat kasb etadi. Jumladan, 2-sinf Tarbiya darsligida berilgan "Tilingni avayla-omondir boshing" deb nomlangan hikmatda Yusuf Xos Hojib tilga e'tiborli bo'lish lozimligini ta'kidlaydi. Chunki, inson aytadigan so'zlariga e'tiborli bo'lmasa, tili o'z boshiga ming-bir balolarni olib kelishi mumkin. Zero, og'ziga kelganni so'zlagan nodondir.
Ya'ni behuda narsalarni, u xoh so'z bo'lsin, xoh u amal bo'lsin musulmon kishi o'sha narsani qilmasligi bu axloqining go'zalligidan dalolat qiladi. Islom dinining haqiqatini anglagan bo'ladi. Musulmon kishi og'zidan ortiqcha bekorchi so'z chiqarmasin. Diniga va dunyosiga foydali gaplarnigina gapirishi, biron fikr aytishdan avval uning oqibatini o'ylashi, foyda-zararini mulohaza qilishi lozim. Agar befoyda bo'lsa, unday so'zdan o'zini tiyishi, agarda foydali bo'lsa ham mabodo shu so'zni aytsa, undan ko'ra foydalirog'i qolib ketmasmikin, deb tafakkur qilishi va u so'zni zoye ketkazmasligi kerak. Dildagi narsani tilning harakatidan bilib olish mumkin, chunki sohibi xohlasa ham, xohlamasa ham, til qalbdagi asrorlardan xabar beradi. Yahyo ibn Maoz aytadilar: "Qalblar ham qozon kabi ichidagi bor narsa bilan qaynab turadi, tillar esa, uning cho'michidir. Biron kishi gapirayotganida unga nazar solib turgin, chunki uning tili qalbida bor narsani olib chiqadi. Xullas, dilning ta'mini bayon qiladi". Ya'ni, til cho'michi bilan qozondagi taom mazasi bilingani kabi, insonning qalbidagi narsani gapidan bilib olish mumkin. Va yana bir hadisda aytilganidek: "Kim sukut saqlasa, najot topadi". "Mening bandalarimga ayt, (o'zaro so'zlashganda) yaxshi so'zlarni so'zlasinlar. Albatta, shayton ularning orasiga dushmanlik solib turadi va albatta, shayton insonga ochiq dushmandir".
Darhaqiqat, hayotimizda uchraydigan holat ko'p e'tibor berganmizki, qo'pol odamlarning do'stlari juda kam bo'ladi. ular o'zlarining yomon muomalasi bilan bor do'stlarini ham yo'qotadilar. Oyatga ko'ra shayton insonlarni shirinso'z bo'lishdan uzoqlashtirib, shu yo'l bilan ularning orasiga dushmanlik solishi va shuning natijasida la'in ikki taraf orasini buzish uchun, ularning qalblariga bir-birlariga nisbatan vasvasa soladi. Keyin ular bir-birlarini kamsituvchi, tahqirlovchi so'zlar bilan haqoratlaydilar va oxir oqibat janjal bilan tugab, bir og'iz ham shirinso'z ishlatilmagani uchun oradagi do'stlik barham topadi.
Alloh o'zining komil hikmati bilan insoniyatni bir jon odam alayhissalomdan ko'paytirdi. Odam bolalari bir- biri bilan tanishsinlar, do'st-birodar bo'lsinlar deb, ularning millat va elatlarini turlicha qildi. Islom ta'limotining asoslaridan biri o'zga xalqlar bilan tinch-totuv yashash, ularga bag'rikenglik bilan muomala qilishdir. Alloh taolo Qur'oni karimda aytadi:
Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishuvinglar (do'st-birodar bo'lishinglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qo'ydik. Albatta sizlarning Olloh nazdidagi eng hurmatlirog'ingiz taqvodorrog'ingizdir. Albatta Olloh Bilguvchi va Ogohdir.
Ushbu oyatda Islom dinining insoniyat olamiga nisbatan bo'lgan ko'z qarashi bayon etilgandir: birinchidan, barcha insonlar bir ota-onaning farzandlaridir. Ikkinchidan, insonlarning turli el-urug'larga bo'linishlari bir-birlari bilan yer yoki mol-dunyo talashib urush-janjal bilan umr o'tkazishlari uchun emas, balki bir-birlari bilan tanishib, hamkorlik qilishlari va birgalikda o'zlari xalifa bo'lgan zaminni obod qilishlari uchundir. Tabariy "Odobun-nufus"da Paygambar Muhammad alayhissalomdan hadisnin rivoyat qiladi: "Ey odamlar! Sizlarning
Robbingiz birdir. Otangiz birdir. Ogoh bo'ling arabning ajamdan ustunligi yo'qdir. Ajamning arabdan ustunligi yo'qdir. Qizilning qoradan, qoraning qizildan ustunligi yo'q, faqatgina taqvo bilan ustun bo'ladi. (Sizga Alloh taoloning amrlarini) yetkazdimmi?!", dedilar (Imom Ahmad rivoyatlari). Mazkur hadisi sharifdan ma'lum bo'ladiki, odamlar o'rtasida bashariy bir aka ukalik bor va uni o'zaro aloqalarda e'tiborga olish kerak. Ya'ni odamlarning millati, dini, irqi, ijtimoiy holati qanday bo'lmasin ularning hammasi bir ota onadan yaratilgan. Ular bir birlariga shariat ko'rsatmalariga binoan bag'rikenglik bilan yondashishlari kerak. Dinimizda bag'rikenglikning turli ko'rinishlari bordir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Ergashovna, S. G. (2024). General Methodology of Working on Hadiths in Primary Class Education Lessons. International Journal of Formal Education, 3(6), 132-135.
2. Saidova, G. E. (2023). BOSHLANG 'ICH SINF O 'QUVCHILARNING O 'QUV FAOLIYATINI BAHOLASHDA ZAMONAVIY LOYIHALARDAN FOYDALANISH. Conferencea, 33-37.
3. Ergashovna, S. G. (2023, February). BOSHLANG'ICH SINF TARBIYA DARSLARIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV. In E Conference Zone (pp. 1-4).
4. Ergashovna, S. G., & Choriyevna, A. N. (2023). Use of Advanced Foreign Experiences in Increasing the Efficiency of Classroom and Out-of-Class Lessons. Texas Journal of Medical Science, 16, 68-70.
5. Саидова, Г., & Каххорова, А. (2022). Xalq og 'zaki ijodi orqali o 'quvchilarda ma'naviy tarbiyani shakllantirish. Общество и инновации, 3(4/S), 314-317.
6. Ergashovna, S. G. (2024). General Methodology of Working on Hadiths in Primary Class Education Lessons. International Journal of Formal Education, 3(6), 132-135.
7. Ergashovna, S. G. (2024). EDUCATION OF ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS IN THE SPIRIT OF PATRIOTISM THROUGH EDUCATIONAL CLASSES. Journal of Modern Educational Achievements, 1(1), 2-7.
8. Ergashovna, S. G. (2021). Formation Of Concepts About Length In Primary School Students, Developing Length Measuring Skills. European Scholar Journal, 2(4), 109-113.
9. Bakhtiyorovna, A. N., & Dilshoda, H. (2021). In Students in the Process of Literacy Teaching Formation of Spell Literacy. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 3(3), 258-263.
10. Bakhtiyorovna, A. N. (2023). VIEWS ON THEORETICAL ISSUES OF DIVERGENT THINKING IN SCIENTIFIC RESEARCH. International Journal of Pedagogics, 3(06), 17-21.