Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING KOMMUNIKATIV QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH JIHATLARI
Kamolova Shirin Usarovna
Jizzax davlat pedagogika institute Umumiy psixologiya kafedrasi katta
Maqola bugungi kunning dolzarb mavzularidan bo'lib, boshlang'ich sinf o'qituvchilarda kommunikativ qobiliyatlarini shakllantirish jihatlari masalalariga qaratilgan. Boshlang'ich sinf o'qituvchilarning kasbiy xususiyatlari, kasbiy tayyorgarlikjarayoni, pedagogik qobiliyatlar muammosiga asoslanib yoritilgan.
Kalit so'zlar: Qobiliyat, komumunikativ va pedagogik qobiliyatlar, trening, muloqot, nutq, fikr, ta'lim -tarbiya.
Это статья является одной из наиболее актуалных тем, посвящена важности формирования навыков общения для учителей начальных классах и основаные проблемы педагогических навыков.
Ключевие слова: Способность, коммуникативные и педагогические способности, тренинг, общения, речь, навыки обучение.
The article is one of the most topical issues of today, focusing on the development of communicative skills in primary school teachers. It covers the professional characteristics of primary school teachers, the process of professional training, and the problem of pedagogical skills.
Keywords: Ability, communicative and pedagogical skills, training, communication, speech, thinking, education.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"2019-yil 8-
oktyabrdagi PF 5847-son hamda " 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini
rivojlvntirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Ilm,
ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"amalga oshirishga oid davlat
dasturi to'g'risida"2020 yil 2 martdagi PF-5953-son farmonlarida belgilangan
vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan,
676
o'qituvchisi, O'skanov Mirsaid
Pedagogika va psixologiya yo'nalishi 1-bosqich magistranti
ANNOTATSIYA
AННОТАЦИЯ
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalaming yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish kabi dolzarb masalalar qo'yilgan.
"Ta'limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik va didaktik talab talaba (yoki o'quvchi)ning dasturiy bilim, tasavvur va ko'nikmalari asosida mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish, ilmiy fikrlashga, o'quv faniga qiziqishga kuchaytirish, kasbiy bilimlarni chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashg'ulot mobaynida ularning faolligini oshirishdan iboratdir".
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bugungi kunda ta'lim sohasiga faqatgina o'qimishli, diplomga ega inson emas, balki pedagogik kommunikativ qobiliyatli voqeylikni oldindan ko'ra oladigan, to'g'ri qaror qabul qilish mahoratiga ega,o'z-o'zini rivojlantirish va o'z ustida tinimsiz ishlaydigan, oqil va barkamol insonni tarbiyalash muammosi qo'yilmoqda.
Bu borada hurmatli yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning "Hayotimizning eng muhim jabhalari uchun yuksak texnologiyalar, ilmiy ishlanmalar yaratish, malakali mutaxassislar tayyorlash, jahon axborot texnologiyalari bozorida munosib o'rin egallash masalasiga ustuvor ahamiyatga ega vazifa sifatida qarashimizzarur", degan fikrlarini aytib o'tish joyizdir. [2.16].
Hozirgi zamon maktabi muallimlik shaxsi va kasbiy faoliyati uchun zarur bo'lgan sifat vafazilatlarni egallagan, yangicha fikrlaydigan kommunikativ qobiliyat egasi bo'lgan, ijtimoiy faol bo'lgan pedagoglarni talab qilmoqda. Ana shunday qator muammolarni hal etishning eng muhim omillaridan biri bo'lg'usi o'qituvchilarning kasbiy xususiyatlarini va kasbiy tayyorgarlik jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etishdir. Muxtasar qilib aytganda, maktab degan ulug' dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta'sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o'qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o'lchab, qiyoslab bo'lmaydi" [1.69]. Shunga binoan mamlakatimiz ta'limi sohasidaamalga oshirilayotgan islohatlarning ustuvor yo'nalishlaridan biri ham kadrlar tayyorlash sifatini jahon talablari darajasiga etkazishdir.
Bu borada, Rossiya psixologlaridan N.V. Kuzmina, V. Slasenin, F.N. Gonobolin, O'zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy o'qituvchilar uchun eng zarur hislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S.Jalilova, A. Jabborov, M.Kaplanova va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida ham o'qituvchilik kasbi va ta'lim jarayoniga doir muammolar keng tadqiq etilgan.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
O'qituvchilik kasbi - axloqiy xarakterga ega bo'lgan insonparvar kasblardan bin bo'lib, o'quvchilarga insoniy munosabatda bo'lish o'qituvchi faoliyatining asosiy tamoyili hisoblanadi. Bu o'qituvchidan bolalarni sevish, ularni qadr-qimmatini hurmat qilish, sho'xliklariga bardoshli bo'lish, ularni jismoniy va axloqiy majruh etuvchi narsalarga murosasiz bo'lishni talab etadi. O'qituvchining odob-ahloqi, insonparvarligi- bolalarning kelajagi uchun g'amxo'rlik qilish, ularni hayotga ijtimoiy va mehnat faoliyatiga tayyorlashga intilishida namoyon bo'ladi. Xushyorlik, pedagogik muomala, diqqat-e'tiborli bo'lish, bolalarni sevish, ularga yaxshilik qilish, o'qituvchilik burchini anglash, mas'uliyatli, talabchan va adolatli bo'lish, bilimdonlik, halollik, rosgo'ylik kabilar o'qituvchiga xos kasbiy axloqiy fazilatlardir.
Pedagogik qobiliyat - bu qobiliyat turlaridan biri bo'lib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug'ullana olishini aniqlab beradi.
Uzoq yillar olib borilgan tadqiqotlar pedagogik qobiliyatlar murakkab va ko'pqirrali psixologik bilimlardan iboratligini ko'rsatib berdi. Ana shu tadqiqot ma'lumotlaridan foydalanib, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida muhim o'rin egallaydigan qator komponentlarni ajratib ko'rsatish mumkin:
Kommunikativ qobiliyati - bu bolalar bilan muloqotda bo'lishga, o'quvchilarga yondashish uchun to'g'ri yo'l topa bilishga, ular bilan pedagogik nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o'zaro aloqa bog'lashga pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir. [4.79].
Kommunikativ qobiliyatlar, so'z, fikr - tuyg'u orqali munosabat, o'zaro fikr almashuv, fahm-idrokli bo'lish, turli qobiliyat ko'rinishlari, qirralari iqtidorligiga ega bo'lish, dinamizm (harakatchang), faol, olg'a siljish; emosional (his-tuyg'u jo'shqin), qat'iyatlik,qunt, sabot - chidamli; kelajakka ishonch (kelajakni qo'ra bilish), e'tiborli, nufuzli bo'lish (o'z ta'sirchanligi bilan mahliyo, maftun eta bilish), Pedagogik texnika o'z-o'zini boshqara olish, boshqalar bilan aloqa - munosabat o'rnata olish kabi malakalariga ega bo'lish ta'lim-tarbiya samaradorligini ta'minlashni qafolatlaydi.
Maxsus pedagoglik qobiliyatlari ichida shundaylari ham borki, ularni aniq o'qituvchilik yoki tarbiyachilik faoliyatiga mansub deb ajratib bo'lmaydi. Negaki, ular har ikkalasi uchun ham bir hilda zarurdir. Bu narsa - pedagogik muloqot, muomaladir. Psixolog olim V.A.Kan-Kalik bunday qobiliyatni tadqiq qilib shunday yozgan edi. "Pedagoglik ishi o'z tuzilishida ikki yuzdan ortiq tuzilmani tashkil qiladi. Muloqot uning eng murakkab tomonlaridan biridir, negaki u orqali pedagogik faoliyatning eng asosiy maqsadi - o'qituvchi shaxsining o'quvchi shaxsiga t'siri amalga oshiriladi. Pedagogning muhim mahoratlaridan yana biri o'quvchilar bilan
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
uzoq va samarali ta'sir o'tkazishni tashkil etishidir".Odatda bu mahoratni pedagogning kommunikativ qobiliyati bilan bog'laydilar. Kasbiy pedagoglik muloqotiga ega bo'lish - shaxslararo muloqotga tegishli bo'lgan pedagog shaxsining muhim tomonidir. [5.92].
Aytib o'tish joizki, pedagogik muloqot chog'ida namoyon bo'ladigan kommunikativ qobiliyat - bu bolalar ta'lim va tarbiyasi bilan bog'liq pedagogik ta'sir doirasida o'ziga xos ravishda namoyon bo'luvchi muomala qobiliyatidir. SHulardan kelib chiqqan holda, shunday xulosa qilish mumkin:
Birinchidan, insoning barcha kommunikativ qobiliyatlari ham birdek namoyon bo'lavermaydi va pedagog uchun birdek zarur bo'lmaydi. Ikkinchidan, pedagog egallashi lozim bo'lgan bir qator kommunikativ malaka va ko'nikmalar borki, ular boshqa kasbdagi kishilar uchun muhim ahamiyatga ega emas. Jumladan, insonning boshqa kishilarni tushuna olishi, o'z-o'zini anglashi, muloqot jarayonida to'g'ri baholashi, to'g'ri qabul qilishi, boshqa odamlar bilan to'g'ri munosabatga kirisha olishi, o'z-o'ziga nisbatan talabchan bo'lishidir. [4.23].
Har bir ajratilgan kommunikativ qobiliyatlar guruhini batafsil ko'rib chiqib, shu bilan birga pedagogik muloqot davrida bu qobiliyatlarning yaxshi rivojlanmaganligi sababli yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni ko'rsatib o'tamiz. Demak, bugun oliy ta'limda tahsil olayotgan xar bir talaba eng avvalo o'quv-tarbiya jarayonidao'zining kommunikativ qobiliyatlarini rivolantirishga e'tibor berishligi, ko'prok kitoblar mutoala qilish o'rtoqlari bilan do'stona muloqotda bo'lishi, o'zaro fikr almashishlari, mavzuga doir muammoni tahlil qilishlari lozim bo'ladi.
Insonni inson tomonidan bilish - insonni shaxs sifatida umumiy baholashdir. U odatda bir ko'rishda olingan ta'ssurotlar natijasida jamlanib, uning shaxsini ayrim tomonlari, motivlari, va kelgusi rejalarini baholash; tashqi ko'rinish va odamning ichki hissiyotlari o'zaro bog'liqligini baholash; jeslari, imo-ishoralari, mimika va pantomimikalarni o'qib bilishda namoyon bo'ladi.
Odamni o'z-o'zini bilishi o'z bilimlarini, o'z qobiliyatlarini, o'z xarakterini va boshqa shaxsning o'zidagi xususiyatlarini baholash; sirtdan qaraganda odam qanday qabul qilinadi va u boshqa odamlar ko'zida qanday namoyon bo'lishini bila olishdir.
Pedagogik muloqotning maxsus jihatining namoyon bo'lishi, pedagog tomonidan rag'batlantirish va jazolash usulining qo'llanishidir. Agar rag'batlantirish yoki jazolash xizmatga yarasha odilona bo'lsa, ular o'quvchilarning yutuqlarini qo'llab quvvatlaydilar.
Ushbu mulohazalardan ko'rinib turibdiki,talabalarda kommunikativ qobiliyatlarini shakllanishi ularda majburiyat va javobgarlik hissining tarkib topishi
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
bilan bog'likdir. Ularda ana shunday sifat va kechinmalar to'la shakllangan bo'lsa, bilimlarni egallash yoki kasbiy kamoloti uchun hech narsa to'siq bo'la olmaydi. Boshlang'ich sinf o'qituvchilar kommunikativ qobiliyatini rivojlantirishmumkin bo'lgan jarayondir. Ularni shakllantirishda ijtimoiy-psixologik trening yaxshi natija beradi.
Pedagogik etika yoki kommunikativ qobiliyat nuqtai nazaridan har-bir bo'lg'usi o'qituvchi o'z bilim malaka va ko'nikmalari mohiyatini targ'ib etuvchi ma'lumotni auditoriyaga etkazayotganda quyidagilarga e'tibor berishi ko'zda tutiladi;
- o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi kommunikativ aloqaga e'tibor qaratish;
- o'qituvchi har-bir jumlani to'g'ri tushuna olishi;
- kasbiy pedagogik muloqotiga ega bo'lish -shaxslararo muloqotga kirisha olish;
- diqqat bilan tinglash texnikasiga rioya qilish;
-ovoz va tovush imkonmyatlaridan to'g'ri foydalana olish;
- o'z-o'zini anglashi, muloqot jarayonida to'g'ri baholashi, to'g'ri qabul qilishi;
-talabalar bilan to'g'ri munosabatga kirisha olishi;
- o'z-o'ziga nisbatan talabchan bo'lish;
- talabalar bilan ijtimoiy-psixologik treninglaro'tkazish;
- belgilangan maqsadga erishish uchun zarur bilimlarni tanlash so'z o'yini va tadbirlar o'tkazish;
- muloqot jarayonimonitoringiniyaratishkabilar.
Ushbu keltirilgan masalalardan xar birining "salmog'i"ni aniqlash, ularni yaxlitbir tizim - "majmua"ga birlashtirish-bo'lg'usi pedagog kommunikativ qobiliyatlarini shakllanishi samarali hal etiladi.
Yuqorida qayd etilganlardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, bu maqsad va vazifalarning hal etilishi o'qituvchilarni zamon bilan hamnafas bo'lishga, o'zining kommunikativ qobiliyatlarini shakllantiribgina qolmasdan, yoshlarni tarbiyalash dardi bilan yashash va kelajakni aniq ko'ra olishga o'rgatadi. Har-bir o'qituvchi shaxsida mamlakatimizning dolzarb muammolarini, maqsad va vazifalarini vijdonan tasavvur qilib, aniq bajarib borishi uchun shijoat bilan o'z imkoniyati, bilimi, tajribalarini ishga solishga o'rgatadi hamda pedagogik faoliyatga ijodiy yondashish malakalariga ega bo'lishni tarbiyalaydi.Pedagogik Kommunikativ qobiliyatga amal qilishda o'qituvchi kasbiy jihatdan o'zligini anglagan holda talaba shaxsini ko'ra olishi va uning fikr o'ylari,tashvish-quvonchlarigaega bo'la olish, auditoriyaning
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
qiziqishlari va manfaatlarini ilmiy-ijodiy yondoshuvi hozirgi zamon o'qituvchisidan oliy insoniy fazilatlarni talab qiladi.Chunki ta'lim-tarbiya jarayoni Boshlang'ich sinf o'qituvchilardan kommunikativ qobiliyatlarini shakllantirishga yo'naltirilishi va o'quv jarayonining natijasi ideal bilan qiyoslanishi lozim.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" PF-5847-son 08.10 2019 y
2. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib yangi bosqichga ko'taramiz. T. "O'zbekiston" NMIU, 2017 y.16.b.
3. Mirziyoyev Sh.M. ning O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risidagi farmoni. 2017 y 38.b.
4. G'oziyev E. Pedagogik psixologiya asoslari.-T.1997y.79.b
5. Kan Kalik V.A. Учителей о педагогическом общении.М.: Просвещение. 1987 г. 92 с.