Shodiyeva Matluba Jo'rayevna,
Qashqadaryo viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi Maktabgacha, boshlang'ich va maxsus ta'lim kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI KASBIY RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK JIHATLARI
УДК: 378.373
SHODIYEVA M.J. BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI KASBIY RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK JIHATLARI
Maqolada boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish va kasbiy rivojlantirishning ilmiy-pedagogik muammo sifatidagi ahamiyati tadqiq qilingan. Unda xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning fikrlari umumlashtirilgan. Boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy rivojlantirish tamoyillari, nazariy va pedagogik jihatlari ilmiy asoslangan.
Tayanch so'z va tushunchalar: kasbiy rivojlanish, o'zini o'zi rivojlantirish, uzluksiz malaka oshirish, kasbiy ehtiyoj, "hayot davomida o'qish" tamoyili.
ШОДИЕВА М.Ж. НАУЧНО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО РАЗВИТИЯ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ
В статье рассматривается важность совершенствования методической подготовки и повышения квалификации учителей начальных классов как научно-педагогическая проблема. Обобщены взгляды зарубежных и отечественных исследователей по теме. Научно обоснованы принципы, теоретические и педагогические аспекты повышения квалификации учителей начальных классов.
Ключевые слова и понятия: профессиональное развитие, саморазвитие, непрерывное обучение, профессиональная потребность, принцип «непрерывное обучение».
SHODIYEVA M.J. SCIENTIFIC AND PEDAGOGICAL ASPECTS OF PROFESSIONAL DEVELOPMENT OF PRIMARY SCHOOL TEACHERS
In the article is discussed the importance of pefection the methodological training and professional development of primary school teachers as a scientific and pedagogical problem. It summarizes the views of international and domestic researchers. The principles, theoretical and pedagogical aspects of professional development of primary school teachers are scientifically based.
Key words and concepts: professional development, self-development, continuous training, professional need, the principle of "lifelong learning".
Kirish.
Respublikamiz mustaqil davlat sifatida demokratik jamiyat qurish, dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin olishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan ekan, bu xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi oldiga ham muayyan vazifalar qo'yadi. Mazkur vazifalar umumiy o'rta ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o'qituvchilarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish bilan belgilanadi.
O'qituvchilarning kasbiy-metodik tayyorgarligi ularning kasbiy faoliyatga doir bilimlar, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, o'z-o'zini rivojlantirish kabi asosiy kasbiy faoliyat sohalarida aks etadi. Bu esa o'z navbatida, o'qituvchining o'z fanini o'qitishga doir bilimlarni mukammal bilishi va harakatga keltirishi, ta'lim jarayonini loyihalash, tashkil qilish va baholash uchun zarur bo'lgan tayanch kompetensiyalarni egallashi, shuningdek, o'qitish va tarbiyalash jarayonini ta'lim sohasidagi innovatsion ilmiy yutuqlar, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida intensiv tashkil etish, uzluksiz va tizimli o'z-o'zini rivojlantirishni talab etadi.
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6108-son Farmoni va mazkur Farmon ijrosini ta'minlash maqsadida 2020 yil 6 noyabrda qabul qilingan "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4884-son qarorda mamlakatimiz ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda o'qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo'lgan hurmat-e'tiborni yanada oshirish, o'qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, tizimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish maqsadida O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari belgilab berildi. Bilimga asoslangan iqtisodiyot ta'lim va kasbiy tayyorgarlikning yangi modellarini talab qiladi. Bunda davriy malaka oshirishdan farqli ravishda ijtimoiy va iqtisodiy muvofiqlik imkoniyatiga ega bo'lgan «hayot davomida o'qish» tamoyili asosida uzluksiz malaka oshirish tizimini takomillashtirib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining malakasini oshirish tizimida metodik tayyorgarligini takomillashtirish, uzluksiz kasbiy rivojlantirishning ko'p jihatdan nazariy yoritilishiga qaramay, jamiyat, fan va
ta'limning yangi yo'nalishlari o'qituvchini innovatsion metodik tayyorgarligini takomillashtirish, uzluksiz kasbiy rivojlantirish zaruriyatini kuchaytiradi.
Shundan kelib chiqib, boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish, uzluksiz kasbiy rivojlantirish muammosini ilmiy jihatdan tahlil qilish natijasida quyidagi qarama-qarshiliklar mavjudligi aniqlandi:
• zamonaviy ta'limni innovatsion jarayonlarga yo'naltirish va boshlang'ich sinf o'qituvchilarining innovatsion o'quv jarayonini amalga oshirishga doir nazariy va uslubiy tayyorgarligi o'rtasida;
• boshlang'ich sinf o'qituvchisini uzluksiz kasbiy rivojlantirish zarurati va mavjud holatda bu jarayonga ilmiy-metodik yondashuvlar yetarli darajada rivojlanmaganligi o'rtasida;
• o'qitishning an'anaviy bilimga asoslangan yondashuvi va boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish, uzluksiz kasbiy rivojlantirishda kompetentlikka asoslangan, faol va shaxsga yo'naltirilgan yondashuvlarni talab qiladigan ta'limdagi zamonaviy innovatsion tendensiyalar o'rtasida;
• o'qituvchilarning innovatsion metodik tayyorgarligi sifatini oshirish zaruriyati va boshlang'ich sinf o'qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish uchun rivojlantiruvchi texnologiyalar va mexanizmni resursli qo'llab-quvvatlashning yetishmasligi o'rtasida.
Yuqorida qayd etilgan obyektiv va subyektiv ziddiyatlar pedagogik hodisaning mohiyatini - boshlang'ich sinf o'qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish uchun pedagogik shart-sharoitlarni aniqlashdan iborat bo'lgan tadqiqot muammosini faollashtiradi. Mavzuga doir ilmiy adabiyotlar va mavjud holat tahlilidan ko'rinadiki, quyidagilar o'qituvchining metodik tayyorgarligini takomillashtirish, o'zini o'zi tahlil qilish va baholash, o'zini o'zi rivojlantirish, uzluksiz malaka oshirish zaruratini keltirib chiqaradi:
• ta'lim sohasida xalqaro tajribalar va qiyosiy tahlil natijalari;
• zamonaviy texnologiyalarning takomillashuvi;
• jamiyat ehtiyoji hamda ta'limga bo'lgan talabning o'sishi;
• jamiyat ehtiyoji va talablari asosida o'qituvchi rolining o'zgarishi;
• DTS va o'quv dasturlarining optimallashtirilishi.
Ilmiy muammoning qo'yilishi. Jamiyatdagi
globallashuvning keskin o'sib borishi, jahon miqyosida ta'lim tizimidagi islohotlar mazkur jarayonning faol ishtirokchisi va amaliyotga tatbiq etuvchi
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2021, 4 (101)
bo'lgan o'qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish, kasbiy rivojlantirishni talab etadi. Buning uchun esa, dunyo ilm-fanida o'qituvchi kompetensiyasini shakllantirish, o'qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish orqali ularni kasbiy rivojlantirish bo'yicha pedagog va uslubchi olimlar tomonidan olg'a surilgan ilmiy-nazariy qarashlarni o'rganish lozim.
Xorijiy davlatlarda o'qituvchilarning pedagogik faoliyatini takomillashtirishning ilmiy masalalari Marta Ruiz-Corbella1, Cropley A.2, Benjamin Crowell3, John Dirk Walecka4, D.Schaeffer5 tomonidan tadqiq qilingan. MDH mamlakatlarida o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini rivojlantirishga bag'ishlangan ilmiy izlanishlar G.V.Abramyan6, K.Angelovski7, R.S.Arefyev8, O.R.Badaguyeva9, V.V.Davidov10, M.V.Seliverstova11, V.D.Shadrikov12lar tomonidan olib borilgan.
Tadqiqot doirasida yurtimiz olimlari tomonidan o'qituvchilarning kasbiy ko'nikmalari va metodik
1 Marta Ruiz-Corbella Philosophy of Education and Education in Competences in the context of the European Higher Education Area // Philosophy of Education. 2011. № 4 (37). P. 5-17.
2 Cropley A. Using Assessment to Foster Creativity. -Singapore: World Scientific. 2007. Pp. 209-230.
3 Benjamin Crowell. Newtonian Physics// Light and Matter / Fullerton, California-2012. Benjamin Crowell Revolution in PhysicsThe Modern Light and Matter Fullerton, California-2012.
4 John Dirk Walecka. Introduction to Modern Physics// College of William and Mary:/USA Jul -2008.
5 Schaeffer, D. (2002). Science Education and Capacity Building for Sustainable Development. ICSU Series on Science for Sustainable Development.-5. 31 p.
6 Абрамян Г.В. Теоретические основы профессионального становления педагога в информационной среде: aвтореф. дисс.пед.наук. -Санкт-Петерберг., 2001. -39 с.
7 Ангеловски К. Учителя и инновации. Книга для учителя. -М.: Просвещение, 1991, -С.159.
8 Арефьев Р.С. Формирование готовности к самопроектированию коммуникативной компетентности у студентов педагогического вуза: дисс....канд.пед.наук. -С.: 2004. -190 с.
9 Бадагуева О.Р. Формирование готовности будущего учителя к инновационной деятельности в условиях педагогического колледжа: автореф. ... дисс.пед. наук. -Улан-Удэ, 2006. -24 с.
10 Давыдов В.В. Проблемы развивающего обучения. / Результаты экспериментальных исследований. -М.: Директ-Медиа Паблишинг, 2008. -613 с.
11 Селиверстова М.В. Формирование управленческих компетенций учителя в условиях развития современного образования. Дисс. канд.пед.наук. -Ижевск.: 2011. -212 с.
12 Шадриков В.Д. Новая модель специалиста: инноваци-
онная подготовка и компетентностный подход // Выс-
шее образование сегодня. -М., 2004. -№ 8. -С. 26-31.
tayyorgarligini rivojlantirish bo'yicha olib borilgan bir qancha ilmiy tadqiqot ishlarini ham tahlil qildik. Tadqiqot muammosiga oid olib borilgan tahlillar shuni ko'rsatadiki, o'qituvchilarni kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish, kasbiy rivojlantirish masalalari bo'yicha yurtimiz pedagog olimlaridan Z.Artikbayeva13 malaka oshirish jarayonida maktab matematika o'qituvchilari kasbiy ko'nikmalarini takomillashtirishning pedagogik asoslari, rivojlantiruvchi ta'lim vositasida matematika o'qituvchisining metodik tayyorgarligini takomillashtirish yo'llari, N.A.Muslimov14 bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchilarini kasbiy shakllantirish masalalari, G.E.Karlibayeva15 bo'lajak fizika o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish, I.Y.Raxmonov16 geometriyani o'qitish jarayonida talabalarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasi, M.l.Toshpo'latova17 bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish, T.T.Shaymardonov18 pedagog kadrlar malakasini oshirish va kasbiy faoliyati monitoringini tashkil etish mazmuni, ko'rsatkichlari, infratuzilmasi, dasturiy va metodik ta'minoti, axborot resurslarini shakllantirish tizimi, D.O.Ximmataliyev19 pedagogik va texnik bilimlar integratsiyasi asosida kasbiy faoliyatga tayyorgarlikni diagnostika qilish yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar.
Ammo, mazkur tadqiqotlar va boshqa pedagogik-psixologik ilmiy tadqiqot ishlarida boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini
13 Artiqboyeva Z.A. Malaka oshirish tizimida maktab matematika o'qituvchilarining kasbiy-metodik ko'nikmalarini takomillashtirish: ped.f.n. ... diss. -Т.: 2004. -163 b.
14 Muslimov N.A. Kasb ta'lim o'qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari: ped.f.dok. ...diss. -Т.:2007, -315 b.
15 Karlibayeva G.YE. Bo'lajak fizika o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish: pedagogika fanlari doktori (DsS) diss. avtoreferati. -Т.: 2018. -58 b.
16 Raxmonov I.Y. Geometriyani o'qitish jarayonida talabalarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasi: ped.f.nom. diss. - Т.: 2012, -160 b.
17 Toshpo'latova M.I. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish. ped.f.dok. (PhD) diss. - Т.: 2017, -148 b.
18 Yuldashev M.A. Xalq ta'limi xodimlarining malakasini oshirishda ta'lim sifati menejmentini takomillashtirish: ped. fan.dok. ...diss. -T.: 2016. -309 b.
19 Ximmataliyev D.O. Kasbiy faoliyatga tayyorgarlikni diagnostika qilishda pedagogik va texnik bilimlar integratsiyasi (texnika oliy ta'lim muassasalari "Kasb ta'limi" yo'nalishlari misolida): ped. fan. dokt. ... diss. - T.: 2018. -248 b.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2021, 4 (101)
takomillashtirish va kasbiy rivojlantirish ilmiy-pedagogik muammo sifatida yetarli darajada tadqiq etilmagan. Xususan:
- ayrim tadqiqotlarda bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchilarini kasbiy shakllantirish masalalari keng yoritilgan;
- o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo'lajak mutaxassislar misolida o'rganilgan;
- geometriyani o'qitish jarayonida talabalarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasi, shuningdek, pedagog kadrlar malakasini oshirish va kasbiy faoliyati monitoringini tashkil etish mazmuni, ko'rsatkichlari, infratuzilmasi, dasturiy va metodik ta'minoti, axborot resurslarini shakllantirish tizimi, pedagogik va texnik bilimlar integratsiyasi asosida kasbiy faoliyatga tayyorgarlikni diagnostika qilish usullari ishlab chiqilgan;
- boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy rivojlantirishga doir xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning fikrlari umumlashtirilmagan;
- boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish va kasbiy rivojlantirish muammolari alohida qayd etilmagan;
- o'qituvchilarning kasbiy va metodik tayyorgarligiga qo'yiladigan zamonaviy talablar, o'qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish mazmuni, mexanizmi, shart-sharoitlari va metodikasi mazkur tadqiqotlarda yoritilmagan;
- boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy rivojlantirish tamoyillari, nazariy va pedagogik jihatlari ilmiy asoslanmagan.
Bu esa o'z vaqtida o'qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish bilan bog'liq quyidagi vazifalarni hal qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi:
• boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqib, metodik tayyorgarlikni takomillashtirish, kasbiy rivojlantirishga doir tizimli va uzviy amalga oshirish lozim bo'lgan ustuvor vazifalarni aniqlash va belgilash;
• boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy rivojlantirish omillari, o'qituvchida professionallikni rivojlantirishga doir kasbiy rivojlanishning bosqichlari va darajalarini aniqlash va belgilash.
Tadqiqot maqsadi. Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish va kasbiy rivojlantirishning ilmiy-pedagogik muammo sifatidagi ahamiyatini tadqiq qilish, boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy
rivojlantirish tamoyillari, nazariy va pedagogik jihatlarini ilmiy asoslashdan iborat.
Tadqiqot metodlari. Yuqoridagi maqsadga erishish va tegishli vazifalarni bajarish uchun pedagogik kuzatuv (qisqa muddatli), pedagogik monitoring, umumiy o'rta ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan boshlang'ich sinf o'qituvchilari va boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining malakasini oshirish kurs tinglovchilari bilan suhbat usullaridan foydalanildi.
Asosiy natijalar.
Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish va kasbiy rivojlantirish zaruriyatini belgilovchi bosh mezon bu inson oldiga qo'yilgan maqsad bo'lib, unga erishish uchun vazifalar belgilash, tashkil etiladigan faoliyatni oldindan rejalashtirish, amalga oshirish yo'l-yo'riqlarini tanlash va loyihalashtirish, maqsad va natijani muvofiqlashtirish zarur hisoblanadi. Demak, har bir o'qituvchi o'z-o'zini kasbiy rivojlantirish uchun ma'lum darajada o'z dunyoqarashiga, tafakkuri, tasavvuri va mavjud bilimiga, shaxsiy va kasbiy ehtiyojlariga asoslanadi. O'qituvchilarda o'z-o'zini kasbiy rivojlantirish yo'nalishida shakllantiriladigan ehtiyoj davlat va jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqishi lozim. Metodik tayyorgarlikni takomillashtirish va o'z-o'zini kasbiy rivojlantirishga bo'lgan ehtiyoj yetarlicha shakllantirilsa, o'qituvchilarda o'z kasbiga oid yangiliklarni, fan-texnika yutuqlarini o'rganishga qiziqish shakllanadi, bu o'z navbatida o'qituvchilarda mustaqil ta'lim olish ya'ni mustaqil o'rganish, o'z-o'zini rivojlantirish ko'nikmalarini shakllantirishga, bu orqali o'qituvchilarda metodik tayyorgarlikni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, o'qituvchilarni o'z faoliyatida ma'lum bir ijobiy natijalarga erishish, o'qituvchilar jamoasida obru-e'tibor qozonish, o'zini o'zi boshqarish va rivojlantirish kabi ko'nikmalarni shakllantiradi. Shuningdek, o'qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish jarayonida muhim ahamiyat kasb etuvchi vositalardan biri muvaffaqiyatga bo'lgan ehtiyoj bo'lib, bu ma'lum bir vazifani mas'uliyat bilan bajarish orqali ko'zlangan natijalarga erishishga xizmat qiluvchi - o'qituvchini o'zini o'zi kasbiy rivojlantirish ehtiyoji hisoblanadi.
Akmeologik yondashuv nuqtai nazaridan o'z-o'zini anglash, o'zini takomillashtirish, ichki resurslarni boyitish va qiyinchiliklarni ongli ravishda yengib o'tish qobiliyati (tashqi va ichki) o'qituvchi shaxsining
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2021, 4 (101)
rivojlanish modellari va xususiyatlari sifatida ajralib turadi. Shunday qilib, shaxsiy rivojlanishning yetakchi va hal qiluvchi omili shaxsning ijodiy tashabbusi va mustaqilligi bo'lib, bunda asosiy rol o'qituvchining shaxsiy va kasbiy rivojlanish uchun motivga egaligi hisoblanadi. Shaxsni takomillashtirish, shaxsiy va kasbiy rivojlanishida o'zini o'zi anglash muhim ahamiyat kasb etadi.
O'qituvchilarning o'zini o'zi kasbiy rivojlantirish uchun o'qituvchiga xos bo'lgan akmeologik pozitsiyaning mavjudligi (uning shaxsiy faoliyati), moslashuvchanlik (atrofdagi voqelik shartlaridan shaxsiy rivojlanish uchun foydalanish qobiliyati), jamiyatda o'z salohiyatini amalga oshirish istagi, o'zini anglashi va shuningdek, o'zini o'zi boshqarish orqali o'z kasbiy faoliyatini yanada takomillashtirishga tayyorligi muhim omillardan biri hisoblanadi.
Kasbiy faoliyat subyekti sifatida rivojlanishda subyektivlik, mutaxassisning malakasi va uning shaxsiy yetukligi kabi tendensiyalar ajralib turadi. O'qituvchi professionallikni rivojlantirishga kasbiy rivojlanishning bosqichlari va darajasini (o'z taqdirini o'zi belgilash, moslashtirish, o'zini namoyon qilish, o'zini o'zi anglash) egallash orqali erishadi. O'qituvchilarga kasbiy o'zini o'zi rivojlantirishda tashqi va ichki sharoitlar ta'sir qiladi (o'qituvchining o'zi qobiliyatlari va moyilligi, atrof-muhitning xususiyatlari - oilaviy, kasbiy, o'zini anglash xususiyatlari va aks etuvchi kompetensiya).
Boshlang'ich sinf o'qituvchilari kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqib, metodik tayyorgarlikni takomillashtirish, kasbiy rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni tizimli va uzviy amalga oshirishlari muhim hisoblanadi:
- o'zini o'zi rivojlantirishga intilish;
- hayotiy va kasbiy tajribalarni o'zlashtirishga intilish;
- ta'lim berish uchun yuqori darajadagi tayyorgarlik va motivatsiyaga ega bo'lish;
- kasbiy faoliyatini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish va o'qitish jarayonini takomillashtirish uchun zaruriy bilim, ko'nikma va malakalarni amaliyotga tatbiq etish.
Asosiysi, o'qituvchini uzluksiz kasbiy rivojlantirish va shu asosda uning kasbiy va metodik tayyorgarligini takomillashtirishga erishish mumkin. O'z-o'zini kasbiy rivojlantirishga bo'lgan ehtiyoj, bir tomondan, o'qitishning o'ziga xos xususiyati, uning ijtimoiy roli, ikkinchi tomondan, pedagogik faoliyatning doimiy o'zgarib turadigan sharoitlari bilan bog'liq bo'lgan
"hayot davomida o'qish" tamoyili bilan belgilanadi. O'z-o'zini rivojlantirish uzluksizlik, universallik, maqsadga muvofiqlik, integrativlik, umumiylik, individuallashtirish, o'zaro bog'liqlik va doimiylik, past darajadan yuqori darajaga o'tishning doimiyligi, o'zgaruvchanlik kabi tamoyillarga asoslanadi.
Xulosalar.
Jamiyatning ehtiyojlari, fan va amaliyotning rivojlanishi, inson shaxsini rivojlantirishga tobora ortib borayotgan talablar, o'zgaruvchan ijtimoiy jarayonlar va vaziyatlarga tez va adekvat javob berish qobiliyati, o'z faoliyatini qayta qurishga tayyorligi va yangi, yanada murakkab muammolarni mohirona hal qilishga tayyorligi bilan belgilanadi. O'z-o'zini rivojlantirishning ma'nosi bilim faoliyati qoniqishida, o'qituvchining ortib borayotgan ehtiyojida, uzluksiz ta'lim orqali o'zini o'zi anglashda namoyon bo'ladi. O'z-o'zini rivojlantirishning mohiyati aqliy mehnatning texnikasi va madaniyatini, muammolarni bartaraf etish, mustaqil ravishda o'z ustida ishlash, shu jumladan kasbiy mahoratni o'zlashtirishdir.
O'rganilgan ilmiy tadqiqot natijalari va tahlillari hamda kuzatishlarimiz natijasida, malaka oshirish jarayonida o'qituvchilarda kasbiy rivojlanishning quyidagi komponentlarining rivojlanishini inobatga olish lozim degan xulosaga keldik:
- pedagogik faoliyatdagi boshqaruvchanlik, texnologik usul va uslublarni ishlab chiqish;
- pedagogik faoliyatning har bir aniq turini loyihalash, tashkillashtirish va amalga oshirish;
- o'qitish jarayoniga mantiqiy yakunlangan pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va amalga oshirish;
- pedagogik masalalarni ilgari surishda o'quvchilarning ta'limiy ehtiyojlari va bilim darajasini hisobga olish;
- o'quvchilarning faoliyati natijalarini baholash va hisobga olish;
- o'quvchining motivatsiyasini rivojlantirish;
- o'quvchi bilan ta'lim jarayonida o'zaro munosabatlarni shakllantirish;
- o'quvchilarning ta'limiy ehtiyojlarini va jamiyatning talablarini ko'ra bilish;
- kasbiy kompetensiyaning shakllanish istiqbolini belgilash va uni amalga oshirish;
- o'quvchining samarali ta'lim olishi va natijaga erishishi uchun metodik tizim yaratish;
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2021, 4 (101)
- o'quvchilarning xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorgarligining metodik tizimini yaratish va amaliyotga tatbiq etish.
Takliflar.
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib, malaka oshirish tizimida o'qituvchilarni kasbiy rivojlantirish jarayonini isloh qilish bo'yicha quyidagilar taklif etiladi: • o'qituvchilarni faoliyat olib borayotgan maktablarining rivojlanish maqsadlaridan kelib chiqib, ularning malaka oshirishga bo'lgan ehtiyojlari asosida maqsadli va muammoli kurslarning dasturlarini ishlab chiqish;
• bolalarning individual tipologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, bilim o'zlashtirishga oid motivatsiyasini uyg'otish, o'quv faoliyati va bilish darajasini rivojlantirishga doir akmemashg'ulotlarni tashkil etish;
• o'qituvchilarni o'qitish jarayonini yangi avlod standarti talablariga muvofiq tashkil etishini ta'minlashga doir psixologik treninglar o'tkazish;
• o'qituvchilarning xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko'rish yuzasidan tadqiqot talablari asosida topshiriqlar ishlab chiqishga mo'ljallangan amaliy o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish.
Adabiyot ro'yxati:
1. Арефьев Р.С. Формирование готовности к самопроектированию коммуникативной компетентности у студентов педагогического вуза: Дисс....канд. пед. наук. - С.: 2004. - 190 с.
2. Абрамян Г.В. Теоретические основы профессионального становления педагога в информационной среде: aвтореф. дисс. пед. наук. - Санкт-Петерберг, 2001. - 39 с.
3. Ангеловски К. Учителя и инновации. Книга для учителя. -М.: Просвещение, 1991, -С.159.
4. Арефьев Р.С. Формирование готовности к самопроектированию коммуникативной компетентности у студентов педагогического вуза: дисс....канд. пед. наук. - С.: 2004. - 1 90 с.
5. Бадагуева О.Р. Формирование готовности будущего учителя к инновационной деятельности в условиях педагогического колледжа: автореф. ... дисс. пед. наук. -Улан-Удэ, 2006. -24 с.
6. Artiqboyeva Z.A. Malaka oshirish tizimida maktab matematika o'qituvchilarining kasbiy-metodik ko'nikmalarini takomillashtirish: ped.f.n. ... diss. - Т.: 2004. - 163 b.
7. Benjamin Crowell. Newtonian Physics// Light and Matter / Fullerton, California-2012. Benjamin Crowell Revolution in PhysicsThe Modern Light and Matter Fullerton, California-2012.
8. Давыдов В.В. Проблемы развивающего обучения. /Результаты экспериментальных исследований. -М.: Директ-Медиа Паблишинг, 2008. -613 с.
9. John Dirk Walecka. Introduction to Modern Physics// College of William and Mary:/ USA ,Jul -2008.
10. Karlibayeva G.YE. Bo'lajak fizika o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish: pedagogika fanlari doktori (DsS) diss. avtoreferati. -Т.: 2018. -58 b.
11. Marta Ruiz-Corbella Philosophy of Education and Education in Competences in the context of the European Higher Education Area // Philosophy of Education. 2011. № 4 (37). P. 5-17.
12. Muslimov N.A. Kasb ta'lim o'qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari: ped.f.dok. ...diss. -Т.: 2007, -315 b.
13. Rakhimov O.D., Manzarov Y.K., Karshiyev A.E. Description of pedagogical technology and problematic teaching technology // Проблемы современной науки и образования. 2020. С 59-62.
14. Raxmonov I.Y. Geometriyani o'qitish jarayonida talabalarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasi: ped.f.nom. diss. - Т.: 2012, -160 b.
15. Cropley A. Using Assessment to Foster Creativity. -Singapore: World Scientific. 2007. Pp. 209-230.
16. Schaeffer, D. (2002). Science Education and Capacity Building for Sustainable Development. ICSU Series on Science for Sustainable Development.-5. 31 p.
17. Селиверстова М.В. Формирование управленческих компетенций учителя в условиях развития современного образования. Дисс. канд.пед.наук. -Ижевск.: 2011. -212 с.
18. Toshpo'latova.M.I. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish: ped.f.dok. (PhD) diss. - Т.: 2017, -148 b.
19. Шадриков В.Д. Новая модель специалиста: инновационная подготовка и компетентность^ подход // Высшее образование сегодня. - М.: 2004. -№ 8. -С. 26-31.
20. Yuldashev.M.A. Xalq ta'limi xodimlarining malakasini oshirishda ta'lim sifati menejmentini takomillashtirish: ped.fan.dok. ...diss. -T.: 2016. -309 b.
21. Ximmataliyev D.O. Kasbiy faoliyatga tayyorgarlikni diagnostika qilishda pedagogik va texnik bilimlar integratsiyasi (texnika oliy ta'lim muassasalari "Kasb ta'limi" yo'nalishlari misolida): ped. fan. dokt. ... diss. - T.: 2018. -248 b.