BOSHLANGICH SINF OQISH VA MATEMATIKA DARSLARIDA XALQARO BAHOLASH DASTURIGA (PIRLS, TIMSS) DOIR TOPSHIRIQLARNI TATBIQ ETISH
METODIKASI Maxkamova Muattar Uktamovna, Mahmudova Namuna
TDPU Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi II bosqich magistrantlari
https://doi.org/10.5281/zenodo.6585116 Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlangich sinf "Oqish" darsligidagi matnlar va "Matematika" darsligidagi mashqlar asosida PIRLS hamda TIMSS xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik mashqlari tuzish va amaliyotga joriy etish metodikasi keltirilgan.
Kalit so^zlar: "Oqish" darslari ,Xalqaro baholash dasturlari, PIRLS xalqaro tadqiqoti, TIMSS xalqaro baholash dasturi, Ta'lim sohasidagiyutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA).
МЕТОДИКА ВЫПОЛНЕНИЯ ЗАДАНИЙ МЕЖДУНАРОДНОЙ ОЦЕНОЧНОЙ ПРОГРАММЫ (ПИРЛС, ТИМСС) ПО ЧТЕНИЮ И МАТЕМАТИКЕ В
НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ Аннотация. В данной статье представлена методика разработки и выполнения подготовительных упражнений к международным оценочным программам PIRLS и TIMSS на основе текстов учебника « Чтение» и упражнений учебника «Математика».
Ключевые слова: курсы чтения, международные программы оценки, международное исследование PIRLS, международная программа оценки TIMSS, Международная ассоциация по оценке образовательных достижений (IEA).
METHODS OF IMPLEMENTATION OF TASKS FOR THE INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAM (PIRLS, TIMSS) IN PRIMARY SCHOOL READING AND
MATHEMATICS
Annotation. This article presents a methodology for the development and implementation of preparatory exercises for PIRLS and TIMSS international assessment programs based on the texts in the textbook "Reading" and exercises in the textbook "Mathematics".
Keywords: Reading Courses, International Assessment Programs, PIRLS International Survey, TIMSS International Assessment Program, International Association for the Evaluation of Educational Achievement (IEA).
KIRISH
Yosh avlodni bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan taraqqiyot davrining munosib vakillari qilib yetishtirish, jahon andozalariga mos keluvchi yuksak bilim va idrokni shakllantirish maqsadini amalga oshirish uchun , avvalambor, milliy ta'lim tizimini isloh qilgan holda,uning an'anaviy texnologiyalariga qo'shimcha ravishda dunyo mamlakatlari tajribasidan ham foydalanish samarali natija beradi. Xalqaro standartlarga javob bera oluvchi kadrlarni yetishtirishda jahon reytingida o'z o'rniga ega bo'lgan ta'lim tizimini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. O'quvchilar bilimini baholashning xalqaro me'zonlari ham mavjud bo'lib, aynan ular dunyo bo'ylab ta'lim tizimi reytingini aniqlashga asos bo'ladi.
Bugun o'quvchilar bilimini baholashning turli xalqaro dasturlari: PISA, PIRLS, TIMSS, ICILS kabi tushunchalar O'zbekiston ta'lim tizimida ko'p uchramoqda.Respublikamizda ushbu tadqiqotlarni joriy etish to'g'risidagi turli farmon va qarorlar ushbu dasturlarni chuqur o'rganish
va amaliyotga joriy etish naqadar muhim vazifa ekanligini ko'rsatadi. Jumladan, 2018-yil 8-dekabrda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining "Xalq talimi tizimida talim sifatini baholash sohasidagi tadqiqotlarni tashkil etish chora- tadbirlari to'g'risida" gi qarori, 2020-yil 29 -aprelda imzolangan " Ozbekiston Respublikasi xalq talimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagi" Prezident Farmoni va boshqa bir qator qaror va farmonlar aynan shu maqsadni kozlagan holda qabul qilingan. Qisqacha qilib aytganda, xalqaro tadqiqotlar natijalari yoshlarimizning hayotga qanchalik tayyorlanayotgani va buning uchun ularga taqdim etilayotgan ta'lim dasturlari bugungi kun talabiga qanchalik javob berishini ko'rsatib beradi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Boshlang ich sinf o'qish darslarida PIRLS xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik ko riladi. Chunki PIRLS - 4-sinf o quvchilarining matnni o qib tushunish savodxonligini aniqlovchi dastur. Ushbu dastur orqali o'quvchilar matnni qay darajada tushunganliklarini xalqaro me'yor darajasida tekshirish hamda ta'lim siyosatiga oid statistik malumotlarni to'plash imkonini beradi.
PIRLS yosh o'quvchilarning sinfda va sinfdan tashqari o'qishining ikkita keng qamrovli maqsadiga qaratilgan. Bular badiiy tajriba orttirish hamda ma'lumot olish va ulardan foydalanish uchun o'qishdir.
Bundan tashqari, PIRLS o'qish maqsadlarining har birida to'rtta keng tushunish jarayonini birlashtiradi. Bular: diqqatni jamlash va aniq ko'rsatilgan ma'lumotlarni topish, to'g'ridan to'g'ri xulosalar chiqarish, g'oyalar va axborotni talqin qilish va uyg'unlashtirish, kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish.
Butun dunyo bo'ylab o'qish savodxonligining rivoji odamlarning nima sababdan o'qishlari bilan bevosita bog'liq. Umuman olganda, bu sabablar zavqlanish va shaxsiy qiziqish uchun o'qishni yoki ta'lim va jamiyat hayotida munosib ishtirok etishni o'z ichiga oladi. Ko'pgina yosh o'quvchilarning dastlabki mutolaasi aksariyat hollarda hikoya (masalan, hikoya to'plamlari yoki rasmli kitoblar) yoki o'quvchilarga atrofidagi dunyo haqida ma'lumot beradigan va savollarga javob beradigan ma'lumotli matnlardan iborat bo'ladi.
PIRLS tadqiqotida tushunib o'qishni baholashga yo'naltirilgan topshiriqlar quyidagi foizlarda taqsimlanadi:
- Aniq ko'rinishda berilgan ma'lumotni topish 20%;
- To'g'ridan to'g'ri xulosalar chiqarish 30%;
- G'oyalar va axborotni umumlashtirish, talqin qilish va uyg'unlashtirish 30%;
- Kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish 20%.
Matnni baholash va tanqidiy tahlil qilish quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- Matnda berilgan ma'lumotning aniq va to'liqligini baholash;
- Tasvirlangan voqeani haqiqatan sodir etilishi ehtimolini baholash;
- Insonlarning o'ylari va bajaradigan ishlarini o'zgartirishda muallifning fikrlari qanchalik aniqligini baholash;
- Matn sarlavhasi asosiy mazmunni qanchalik yoritib berishini baholash;
- Metafora yoki nutq ohangi kabi til xususiyatlari ta'sirini tasvirlash;
- Muallifning asosiy mavzuga oid qarashlarini aniqlash.
Topshiriqlar murakkablik darajasiga ko'ra 0 balldan 3 ballgacha baholanadi.
Tadqiqotda o'rtacha 500-800 so'zdan iborat matnlardan foydalaniladi va bu mamlakatlarning reytingdagi o'rniga ko'ra tanlanadi. Masalan, o'qish savodxonligi darajasi past bo'lgan davlatlarga 400-500 so'zli, yuqori darajadagi mamlakatlarga esa 1000 tagacha so'zdan iborat bo'lgan matnlar beriladi. Dasturda ilk marta ishtirok etayotgan davlatlar reytingini aniqlashda ularga yuqori darajali matnlar berish orqali natijalar tahlil qilinadi.
Natijalarni baholash tartibi PIRLS da bajarilgan ishlarni sifatli va miqdoriy baholash uchun quyidagi tizim qo'llaniladi:
- javobni tanlash usulidagi to'g'ri javoblar 1 ball bilan baholanadi;
- mavzu ketma-ketligini belgilash borasidagi to'g'ri javoblar 1 ball bilan baholanadi;
- erkin javob berish kerak bo'lgan topshiriqlar vazifaning murakkabligiga qarab 1 balldan 3 ballgacha baholanadi.
Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan PIRLS dasturiga mos keluvchi topshiriqlar hamda ularni baholash me'zonlari ishlab chiqilgan bo'lsa-da, ulardan qo'shimcha yoki darsdan tashqari mashg'ulotlarda foydalanish mumkin. O'qish darslarida esa, matn o'rganilgandan so'ng, mavzuni mustahkamlashda shunga o'xshash topshiriqlardan foydalanish o'zining amaliy natijasini beradi.
Boshlang'ich sinflarda o'quvchilar bilimini baholashning Xalqaro tadqiqotlaridan yana bir muhimi TIMSS dasturidir. TIMSS - ham jahon mamlakatlari ta'lim tizimida keng tadbiq etilmoqda. TIMSS dasturi Ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi IEA (InternationalAssociation for the Evaluation of Educational Achievements) tomonidan tashkil etilgan bo'lib, TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) testi birinchi bo'lib 1995 yilda amalga oshirilgan. Uning maqsadi matematika va tabiiy fanlar sohasida o'qitish sifatini qiyosiy tahlil qilish edi. 1995 yilda uchinchi, to'rtinchi, ettinchi, sakkizinchi va o'n birinchi sinf o'quvchilari o'qishga taklif qilindi. Bugungi kunda unda faqat to'rtinchi va sakkizinchi sinf o'quvchilari qatnashmoqda. Mazkur tadqiqotda o'quvchilar orasida matematika va tabiiy fanlar bo'yicha ta'limning sifati, darajasi, fanga bo'lgan munosabati, qiziqishini aniqlaydi. Tadqiqotning yana bir afzal tarafi shuki, o'quvchilar, maktab ma'muriyati va o'qituvchilari orasida qo'shimcha so'rovnomalar o'tkazadi va fan sohasida to'sqinlik qilayotgan asosiy sabablarni aniqlaydi, tahlil qilinadi va shu omillar yechimi yuzasidan ish olib boriladi. Har 4 yilda bir marotaba olib boriladi.
Sinov mualliflari testlarni talabalar uchun qiziqarli jarayonga aylantirish uchun savollarni qiziqarli va ijodiy qilishga harakat qilishadi, ammo har bir topshiriq uchun belgilangan mavzular bo'yicha baholash mezonlari mavjud. Asosiy sinovlardan tashqari, ba'zida yaratuvchilar TIMSS Advanced-ni o'tkazadilar, unda o'rta maktab bitiruvchilari ishtirok etadilar. Bunday tadqiqot har qanday davlatda ishlab chiqilgan ta'lim standartlarini va ta'lim samaradorligini boshqa davlatlar bilan solishtirib ko'rish imkonini beradi va aniqlangan kamchiliklarni ustida ish olib borilishi tufayli ta'lim tizimida rivojlanishga olib keladi, bu esa o'z-o'zidan yosh avlodning bilim darajasini yuqori cho'qqilarga ko'tarilishida zamin bola oladi.
2019-yil TIMSS tadqiqotlari raqqmli formatda o'tkazildi va natijalarga ko'ra AQSh, Singapur, Gonkong, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning ta'lim tizimi eng yuqori ko'rsatkichlarni egallagan.
Xalqaro baholash dasturi (TIMSS) dagi tizim o'quvchini hayot bilan bo'g'laydi va kelajakda muammolarni qiyinchiliklarsiz yechimini topishga, egallagan bilim ko'nikmalarini
hayot yo'lida qo'llay olishga o'rgatadi. Buning uchun esa albatta avval pedagog-o'qituvchining bilimini Xalqaro baholash dasturi talablari darajasida qayta tayyorlash, bilim konikmalarini shakllantirish, eskilik sarqitlaridan xalos etish lozim. Shulardan kelib chiqib, Ta'lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etishning afzalliklari quyidagilardan iborat:
- Milliy ta'lim tizimini isloh qilish, ta'lim mazmunini, pedagog kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qollaniladi.
- Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta'lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan orni to'g'risida xulosalar chiqarish imkonini beradi.
- Xalqaro tadqiqotlar ta'lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o'tkazishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
- Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish imkonini beradi.
- Ozbekistonda turli tashkilotlarning yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish orqali mahalliy mutaxassislarimizda monitoring tadqiqotlarini otkazish madaniyati rivojlanadi, ta'lim sifatini baholashning xalqaro standartlarga moslashuviga olib keladi.
- Milliy ta'lim sifatini baholashdagi nazorat materiallarini xalqaro tadqiqotlarda qollaniladigan nazorat materiallari sifati darajasida ishlab chiqish imkonini beradi.
Bu imkoniyatlar nafaqat sog'lom, yetuk va aqliy salohiyati yuqori bo'lgan kelajak avlodni tarbiyalabgina qolmay, balki Yurtimiz ravnaqiga, siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy o'sishiga zamin yaratiladi.
NATIJALAR
Yuqoridagi mezonlarga tayangan holda 4-sinf o'quvchilarning o'qish va matematika savodxonligini tekshirishga doir Xalqaro tadqiqotlar mezoniga mos topshiriq namunalaridan keltirdik.
O'qish savodxonligi: 4 - sinf o'qish darsligidagi Farhod Musajonning "Yomg'ir" hikoyasi asosida quyidagicha topshiriq ishlab chiqish mumkin: Savollar: "Yomg'ir"
1.Erkinjon nega maktabga borgisi kelmadi?
A. Yomg'ir yog'ayotgani uchun
B. Uyquga to'ymagani uchun
C. Momaqaldiroqdan qorqqani uchun
D. Tobi yoqligi uchun
2. Nega Erkinjon oz-oziga kasaldek tuyuldi?
3.Nega Halima opa xavotirga tushib, Erkinjonning atrofida girdikapalak bolib qoldi?
A. Chunki Erkinjonning isitmasi bor edi
B. Erkinjon "boshim og'riyapti" degani uchun
C. Ishga shoshayotgani uchun
D. Erkinjon maktabga kech qolayotgani uchun
4.Nima uchun Erkinjon maktabdan qaytayotgan ortoqlarini ko'rib, xo'rsinib qo'ydi?
5. Erkinjonni tekshirgani kelgan Shifokorning tashqi korinishini tasvirlang.
6.Erkinjon shifokorning "qayering og'riyapti?" degan savoliga nega javob bera olmadi?
A. Boshi qattiq og'riyotgandi
B. Isitmasi baland edi
C. Hech qayeri og'rimayotgandi
D. U shifokorlardan qorqardi
7. Shifokor erkinjonga dori yozib bergach, nimalar dedi?
8. Erkinjon nega shifokorni "dovdirroq" deb o'yladi?
A. Shifokor juda shoshqaloqligi uchun
B. Kasal bolmasa ham unga dori yozib bergani uchun
C. Unga tanbeh bergani uchun
D. Uni uzoq tekshirgani uchun
9. Halima opa nega shifokor yozib bergan dorilarni oqib xavotir bilan otirib qoldi?
10.Erkinjonning kasali qanday kasal deb o'ylaysiz va sizningcha, bu kasallik qanchalik xavfli?
11. Hikoyaning bosh g'oyasi nima deb o'ylaysiz? Baholash mezoni:
1-vazifa. Erkinjon nega maktabga borgisi kelmadi? Javob:A
2-vazifa. Nega Erkinjon oz-oziga kasaldek tuyuldi? Maqsad: Badiiy adabiyotni o'qish tajribasini oshirish.
Faoliyat: Matn elementlari va til ma'nosini baholash va tahlil qilish. To'liq tushunish - 2 ball
Javob mazmuni: Javobda Erkinjonning yalqovligi, onasining mehribonligini korib erkalanib
ketgani aks etadi.
Qisman tushunish - 1 ball
Javob mazmunida Erkinjonning maktabga borgisi kelmaganligi aks etadi. Noto'g'ri tushunish - 0 ball
Javob umuman savol mazmuniga mos emas.
3-vazifa. Nega Halima opa xavotirga tushib, Erkinjonning atrofida girdikapalak bolib qoldi? Javob:B
4-vazifa. Nima uchun Erkinjon maktabdan qaytayotgan ortoqlarini ko'rib, xo'rsinib qo'ydi? Maqsad: Badiiy adabiyot o'qish tajribasini oshirish.
Faoliyat: Xulosalar ketma-ketligi. To'liq tushunish - 2 ball
Javobda Erkinjon maktabga bormagni uchun hijolat bolgani hamda onasiga yolgon gapirgani uchun ko'ngli g'ashligi aks etadi. Qisman tushunish - 1 ball
Javobda Erkinjonning maktabga bormagani uchun hijolatligi yoki onasini aldaganidan uyalganligi haqidagi fikrlarning biri aks etadi.
Noto'g'ri tushunish - 0 ball
Javob mazmuni savolga yoki matn mazmuniga umuman mos kelmaydi.
5-vazifa. Erkinjonni tekshirgani kelgan Shifokorning tashqi korinishini tasvirlang. Maqsad:. Badiiy adabiyotni o'qish tajribasini oshirish
Faoliyat: Yaqqol korinishda berilgan ma'lumotlarni topish. Javob qabul qilinadi - 1 ball
Javobda shifokorning tashqi ko'rinishi matndagi kabi tasvirlanadi. Javob qabul qilinmaydi - 0 ball
Javobda matn mazmuniga mos bolmagan tasvir aks etadi.
6-vazifa. Erkinjon shifokorning "qayering og'riyapti?" degan savoliga nega javob bera olmadi? Javob:C
7- vazifa. Shifokor erkinjonga dori yozib bergach, nimalar dedi? Maqsad:. Badiiy adabiyotni o'qish tajribasini oshirish Faoliyat: Yaqqol korinishda berilgan ma'lumotlarni topish. Javob qabul qilinadi - 1 ball
Javobda shifokorning sozlari matndagi sozlari manosiga qisman yoki toliq mos boladi. Javob qabul qilinmaydi - 0 ball
Javobda shifokorning sozlari matn mazmuniga umuman mos kelmaydi.
8-vazifa. Erkinjon nega shifokorni "dovdirroq" deb o'yladi? Javob:B
9-vazifa. Halima opa nega shifokor yozib bergan dorilarni oqib xavotir bilan otirib qoldi? Maqsad:. Badiiy adabiyotni o'qish tajribasini oshirish
Faoliyat: Yaqqol korinishda berilgan ma'lumotlarni topish. Javob qabul qilinadi - 1 ball
Javob mazmunida shifokor yozib ketgan qogozdagi sozlar qisman yoki toliq aks etadi. Javob qabul qilinmaydi - 0 ball
Javob savol yoki matn mazmuniga umuman mos emas.
10-vazifa. Erkinjonning "kasali" qanday kasal deb o'ylaysiz va sizningcha, bu kasallik qanchalik xavfli?
Maqsad:. Badiiy adabiyotni o'qish tajribasini oshirish Faoliyat: Mustaqil fikr bildirish. To'liq tushunish - 2 ball
Javobda o'quvchi Erkinjonning "kasali" ni tavsiflay oladi va mustaqil baholay oladi. Qisman tushunish - 1 ball
Javob mazmunida qisqacha tavsif hamda munosabat bo ladi yoki munosabat umuman bo'lmaydi.
Noto'g'ri tushunish - 0 ball
Javob savol yoki matn mazmuniga umuman mos emas.
11-vazifa. Hikoyaning bosh g'oyasi nima deb o'ylaysiz? Maqsad:. Badiiy adabiyotni o'qish tajribasini oshirish Faoliyat: Xulosa chiqarish.
Javob qabul qilinadi - 1 ball
Javobda hikoyaning asosiy g'oyasi qisman yoki to liq aks etadi.
Javob qabul qilinmaydi - 0 ball
Javob savol yoki matn mazmuniga umuman mos emas.
Matematika savodxonligi: TIMSS (2019) Xalqaro baholash dasturidagi topshiriqlardan namunalar:
1 - topshiriq. Noila 1 - sondan boshlab, "4 taga orttir" qoidasini ishlatib, ketma-ketlikni amalga oshirdi. Noilaning ketma-ketligi qanday edi?
2 - topshiriq. Bo'yoq 5 litrlik banklarda sotiladi. Toxirga 37 litr bo'yoq kerak. U necha banka bo'yoq sotib olish kerak?
3 - topshiriq Doira, ichiga (.) foydalanib, teng yonli uchburchak chizing.
4 - topshiriq Lola yuzligi bo'lmagan (0), toq, besh xonali son yozdi. Shu * sonni aniqlang.
5 - topshiriq . Kozim to'g'ri tortburchak shaklidagi tennis maydonchasini
aylanib chiqib, uni 72 qadamligini aniqladi. Maydonchaning bo'yi 11 qadam bo'lsa , bo'yi necha qadam boladi?
6 - topshiriq . Oqituvchi o'quvchilarga: "Shunday shaklni belgilangki, uni bitta chiziq yordamida kvadrat va to'g'ri burchakli uchburchak hosil bo'lsin."- deb topshiriq beradi. Ular qaysi shaklni belgilashgan?
7 - topshiriq. Berilgan ketma - ketlikdagi so'nggi raqamni aniqlang:
9 - topshiriq. Berilgan ketma - ketlik qonuniyatini aniqlang: 8, 20, 44, 92.
A) Berilgan raqamni 3 ga ko'paytirib, natijadan 4 ni ayirish;
B) Berilgan raqamni 2 ga ko'paytirib, natijaga 4 ni qo'shish;
C) Berilgan raqamni 2 ga bo'lib, natijani 5 ga ko'paytirish;
D) Berilgan raqamni 4 ga bo'lib, natijani 10 ga ko'paytirish.1
10 - topshiriq. Yuk mashinasiga 1 tonna yuk ortish mumkin. Omborxonada 1200kg yuk bor. Yukning barini yuk mashinada bitta reysda manzilga yetkazish mumkinmi?
MUHOKAMA
Ta'kidlash joizki, boshlang ich sinf o qish darsligidagi matnlar asosida PIRLSga doir topshiriqlar ishlab chiqish va dars jarayonida ulardan foydalanish nafaqat o'qish savodxonligini oshirishga, balki izchil va mantiqli xulosalar chiqarish konikma va malakalarini egallash hamda butun dunyo bo'ylab otkazib kelinayotga PIRLS tadqiqotiga mustahkam tayyorgarlik ko'rishga xizmat qilasa, TIMSS tadqiqotidagi tizim o'quvchini hayot bilan bo'g'laydi, uni kelajakda qiyinchiliklarsiz yashashga, egallagan bilim konikmalarini hayot yo'lida qo'llay olishga o'rgatadi. Bu esa mamlakatimiz talim tizimi reytingini oshirishga qaratilgan eng to'g'ri yo'ldir.
A) 1, 4, 8, 12, 16 C) 1, 5, 9, 12, 16
B) 1, 4, 16, 64, 256 D) 1, 5, 9, 13, 17
A)100051 B)14037 C)48303 D)24074
18, 27, 36, 45, 54,
8 - topshiriq. Qaysi o'lchov birlikda tanga og'irligini aniqlash mumkin? A) grammda B) kilogrammda C) sentnerda D) tonnada
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Xalqaro baholash dasturi o'quvchi va talabalarni nafaqat bilimli qilibgina qolmay, kelajakda hayot yo'lida, kundalik turmush jarayonida uchraydigan muammolarni qiyinchiliklarsiz hal etishga, faqatgina o'zi tanlagan bir yo'nalishda kasb egasi bo'libgina qolmay, aqliy salohiyatidan kelib chiqib bir vaqtning o'zida turli xil hunar egallashiga zamin yaratadi.
Adabiyotlar
1. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-538-son Farmoni.2018-yil 5-sentabr.
2. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi."Xalq talimi tizimida talim sifatini baholash sohasidagi tadqiqotlarni tashkil etish chora- tadbirlari to'g'risida"qaror. 2018-yil, 8-dekabr.
3. Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi. Xalqaro tadqiqotlarda boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligini baholash. Boshlang4ch sinf o^qituvchilari, metodistlar va soha mutaxassislari uchun metodik qo'llanma. «Sharq» nashriyot-matbaa Aksiyadorlik kompaniyasi. Toshkent - 2019
4. A.A.Ismailov va boshqalar .Xalqaro tadqiqotlarda o'quvchilarning matematik savodxonligini baholash (metodik qo'llanma). Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi. - Toshkent, 2019-yil. "Sharq"-mail: info@ xtv.uzedu.uz
5. Сборник тестовых заданий TIMSS. - АО «Информационноаналитический центр»: Астана, 2016 -537 с.
6. O'qish kitobi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik. «Yangiyo'l poligraf servis». Toshkent - 2017