ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-122-126
BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLIKLARI MUAMMOLARI
A'zamjon Sotvoldiyev
Boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Andijon davlat universiteti
ANNOTATSIYA
Bugungi kunda kompetensiyaviy yondashuv asosida ta'lim berish sharoitida o'qituvchilarning o'z faoliyatiga yondashuvi ham o'zgarishi kerak. O'qituvchi bundan buyon darslik bilan birgalikda o'quvchilarga - "ob'yektiv bilimlarni" yetkazuvchisi bo'lib qolmaydi.
Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf, matematika, darslik, davlat ta'lim standarti, kompetensiya, darsliklar.
ABSTRACT
In today's context of competency-based learning, the approach of teachers to their work must also change. The teacher will no longer pass on "objective knowledge" to students along with the textbook.
Keywords: primary school, mathematics, textbook, state educational standard, competence, textbooks.
KIRISH
Zamonaviy o'qituvchining asosiy vazifasi o'quvchilarda tashabbuskorlik va mustaqillilik hissini hosil qilish, ularning har biri uchun o'zining iqtidori va qiziqishini amalga oshira oladigan rivojlantiruvchi muhitni yaratishdan iborat. SHuning uchun ham, o'qituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari, pedagogika ta'lim muassasalaridagi ta'lim mazmunini qayta ko'rib chiqilishi hamda zamonaviy metodik qo'llanmalarni yaratish tavsiya etiladi. Matematika fanidan egallagan kompetensiyalari darajalariga qo'yiladigan talablar ta'lim mazmuniga muvofiq ishlab chiqilgan, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim bo'yicha uzviy bo'lib, Xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida ta'lim mazmuni va matematik kompetensiya deskriptorlari (Trends in international matematis and siene studi enter (TIMSS)) baholash standartlariga o'zaro bog'liq holda olindi hamda ular sodda va tushunarli shaklda berildi.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-122-126
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Egallangan bilim, ko'nikma va malaka darajalariga qo'yiladigan talablardan kelib chiqib, deskriptorlar: - har bir darajani to'liq egallanganlikni ta'minlash uchun ta'limning barcha bosqichlarida o'quv dasturlari va darsliklarni ishlab chiqishda tuzuvchilar tomonidan inobatga olinishi, - O'zbekiston Respublikasida uzluksiz majburiy ta'limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining davlat attestatsiyasi uchun baholash mezonlarini ishlab chiqishda nazarda tutiladi.
Davlat standartlarining aniq o'quv fani bo'yicha emas, balki ta'lim sohalari bo'yicha ishlab chiqilishi o'quv fanlarini varianti tanlash asosida o'quv-metodik majmualar (dastur, o'quv rejasi, darsliklar)ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek, o'quv fanlararo bog'lanish va bilimlarini muvofiqlashtirish tamoyili asosida o'quv fanlarinig ichki bog'liqligi va o'quv fanlararo aloqasini ta'minlashga xizmat qiladi. Boshlang'ich sinf o'qituvchisining metodik-matematik tayyorgarligi deyilganda, biz uni ilmiy dunyoqarash asosida matematikani o'qitish metodikasi bo'yicha umumiy psixologik-pedagogik va matematik tayyorgarlik bilan uzviy bog'lanishda tayyorlanishni tushunamiz. Bunday tayyorlanish vazifasiga matematikadan boshlang'ich ta'lim sohasida ma'lum bilim va uquvlarni egallash va bolalarni o'qitish orqali tarbiyalashni o'zlashtirishi kiradi. Metodik-matematik tayyorgarlik boshlang'ich sinflar o'qituvchisini tayyorlashning tarkibiy qismi bo'lib, uning ta'limiy-tarbiyaviy faoliyatidan ajralgan holda qaralishi mumkin emas. Ikkinchi tomondan, boshlang'ich sinflarda matematikani o'qitish birinchi bosqichdir, ya'ni bolalarni navbatdagi maktab matematika kursini o'zlashtirishga tayyorlash bosqichidir, yoki matematikadan tayyorligidir.
Matematikadan boshlang'ich ta'limning bu ikki jihati (aspekti) (boshlang'ich ta'limning tarkibiy qismi va matematika oldi tayyorgarligi) metodikada o'zining munosib aksini topishi lozim. Boshlang'ich matematika kursi, bir tomondan, bilimlarning boshqa sohalarida foydalaniladi va bolalarning rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan boshlang'ich bilimlar yagona majmuini yaratadi, ikkinchi tomondan zaruriy metodologik tasavvurlarni va fikrlashning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo'naltirilgan.
6-10 yoshli davr bolalarining eng muhim fikrlash tuzilmalarining shakllanishida mas'ul davr ekanligini psixologlar isbot qilishgan. Mana shu bolalikda shakllantirilmagan narsalarni keyinchalik to'ldirish juda qiyin. Shu sababli boshlang'ich ta'lim metodikasining, xususan, matematikadan boshlang'ich ta'lim metodikasining markaziy vazifalaridan biri o'qitishning yetarlicha yuqori
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-122-126
rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta'minlashda o'qitishning bolalarning aqliy rivojlanishlariga ta'sirlarini jadallashtirishdan iborat.
Matematikadan boshlang'ich ta'lim - tarbiyaviy vazifalari nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etishi mumkin. Bu o'zicha ilmiy dunyoqarash, psixologiya, didaktika, matematikani va matematika fani xususiyatini o'z ichiga metodologik o'qitish nazariyasini (matematika didaktikasi) oldi. Biroq, birgina nazariy bilimlarning o'zi, har qanday boshqa faoliyatga tayyorlanishdagi kabi yetarli emas. O'qitishning ma'lum mazmuni va o'qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan ta'sirlanadigan u yoki bu o'quv yo'nalishi uchun eng yaroqli usullarini tiklash va qo'llanishini bilish darsga tayyorlanishda yoki darsning o'zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni hal etishni bilishi zarurdir. Ayni shu boshlang'ich sinflarda bolalarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli boshlang'ich sinf o'qituvchisi uchun o'quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish va hisobga olish, ayniqsa muhimdir.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Kelgusidagi amaliy faoliyat uchun xususiy, amaliy, o'quvchilar mustaqil ish natijasida xususan, seminar, amaliy va laboratoriya ishlarida matematikani o'qitish metodikasida bajariladigan ishlar orqali egallanadi. Nazariy bilimlarni amaliy mashg'ulotlarga tayyorlanishda va mashg'ulotlarning o'zida o'qitish amaliyotida foydalanish jarayonida yuzaga keladigan turli-tuman metodik masalalar hal etilishi lozim. Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi, shu bilan birga, odatda ular bir qiymatli yechimga ega emas. Darsda yuzaga kelgan metodik masalaning mazkur o'quv vaziyati uchun eng yaroqli yechimining o'qituvchi tez topa olishi uchun bu sohada yetarlicha keng tayyorgarlikka ega bo'lish talab etiladi. Boshlang'ich ta'lim metodikasi bu xususiyatni hisobga olmaydi. O'yinda o'qitish vositasi sifatida mutlaqo foydalanilmaydi. Mavjud didaktik o'yinlar mantiq ilmi va matematika nuqtai nazaridan mazmunan yetarli emasligi tufayli ulardan kam foydalaniladi, shu bilan birga boshqacha yo'l bilan o'rganilgan materialni faqat mustahkamlash vositasi sifatida ishlatiladi.
Bolalarni 6-7 yoshdan o'qitishning mazmuni va usullarida muammolar yuzaga keladi. Sanoqni o'rganish, qo'shish va ko'paytirishni birinchi bosqichda o'rgatish (yigirma ichida) boshlang'ich ta'limning markaziy vazifasi bo'lib kelgan va shundoq bo'lib qoladi. Biroq, bu vazifa yagona bo'lib qolmasdan, balki u bolalarni matematikani o'rganishga yanada kengroq va har tomonlama tayyorlash ishining tarkibiy qismi bo'lib qoladi va ushbu ikkita asosiy yo'l bilan belgilanadi: pedagogik
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-122-126
yo'l, ya'ni bolalar fikrlashini qo'llaniladigan matematik mulohazalarga tayyorlash va matematika yo'li. ya'ni bolalarni eng muhim matematik tushunchalarni va eng avvalo natural son va geometrik shakl tushunchalarini o'rganishga tayyorlash.
Bolalarni matematikani o'rganishga tayyorlashda ishni nimadan boshlash yangicha yechimni taqozo etadi. Matematikani "jiddiy" o'rganish uchun bolalarni partaga o'tqazishdan oldin, balki, ular bilan "matematik o'yin" o'tkazish lozimdir. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasining fan sifatida shakllanishi Zamonaviy boshlang'ich ta'limning o'zi nimadan iborat bo'lishi kerak? Bola 1-4-sinflarda qanday bilimga ega bo'lishi lozim? Bolalarimizga qachondan boshlab, qanday qilib, qanday usulda va uslubda milliy qadriyatlarimiz, urf - odatlarimizni o'rgatishimiz, chuqur anglatishimiz kerak?» degan savollar boshlang'ich ta'lim oldida asosiy masala bo'lib kelmoqda. So'nggi yillarda mamlakatimizda o'rta maktabda matematika o'qitish, ayniqsa, boshlang'ich ta'lim tizimida o'z ko'lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo'lgan o'zgarishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda. Ayniqsa, respublikamizning mustaqilligi, maktablar to'g'risidagi Qonun va farmonlarning chiqarilishi buning yaqqol isbotidir. Hozirgi ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlarning shakllanish jarayoni, bozor munosabatlarining raqobatlashuvi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun talablari matematikani turmush bilan bog'lash va uni mustahkamlashga o'z ta'sirini o'tkazmasdan qo'ymaydi, balki muhim o'zgarishlar talab etib, har bir boshlang'ich sinf o'qituvchisi oldiga ulkan vazifa qo'yadi. Matematika so'zi qadimgi grekcha so'zidan olingan bo'lib, uning ma'nosi — "fanlarni bilish" demakdir. Matematika fanining o'rganadigan narsasi (ob'yekti) fazoviy formalar va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir. Maktab matematika kursining maqsadi o'quvchilarga ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda matematik bilimlar tizimini shakllantirishdan iboratdir. Bu matematik bilimlar sistemasi ma'lum usullar (metodika) orqali o'quvchilarga yetkaziladi. "Metodika" grekcha so'z bo'lib, "metod" degani "yo'l" demakdir. Matematika metodikasi pedagogika fanlari sistemasiga kiruvchi pedagogika fanining tarmog'i bo'lib, jamiyat tomonidan qo'yilgan o'qitish maqsadlariga muvofiq, matematikani o'qitish qonuniyatlarini matematika rivojining ma'lum bosqichida tatbiq qiladi. Maktab oldiga hozirgi zamon talabalari va ta'lim maqsadlarning qo'yilishi matematika o'qitish mazmunining tubdan o'zgarishiga olib keldi. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga matematikadan samarali ta'lim berilishi uchun o'qituvchi boshlang'ich sinflar uchun o'qitish metodlarini mukammal egallab, chuqur o'zlashtirib olmog'i zarur.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-122-126
XULOSA
Xulosa o'mida aytish mumkinki, darslikni ayblash, uning yetishmovchiligi bilan bog'liq muammolarni og'zaki tarzda bayon qilish bilan ish bitmaydi. Dunyoda ideal deb qaraladigan darslik bo'lmagan, bo'lmaydi ham. Biroq kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan darsliklarni amaliyotga tatbiq etishga doir videoseminarlar, vebinar darslarni o'qituvchilar hukmiga ko'proq va xo'broq havola etib borsak, maqsadga muvofiq bo'ladi.
REFERENCES
1. Колмогоров А.Н. Математика - наука и профессия. - М., 1998.
2. Alixonov S. Matematika o'qitish metodikasi. - Toshkent, 2011.
3. Buxarkina M., Mosiyeva V. Ta'lim tizimida yangi pedagogik va axborot texnologiyalari. - M., 2000.