Научная статья на тему 'BOLALARNING AQLIY VA EMOTSIONAL RIVOJLANISHIGA IJTIMOIY TA’SIRLAR'

BOLALARNING AQLIY VA EMOTSIONAL RIVOJLANISHIGA IJTIMOIY TA’SIRLAR Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijtioiy muhit / tashqi omil / barkamol shaxs / faoliyat

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Odilova Dilbar Osarjon Qizi

Ushbu maqola maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda uchrab turadigan aqliy hamda emotsional rivojlanishida ro’y beradigan bir qancha ijtimoiy ta’sirlar ostida yuzaga keladigan muommolar va ularning yechimi haqida so’z yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALARNING AQLIY VA EMOTSIONAL RIVOJLANISHIGA IJTIMOIY TA’SIRLAR»

BOLALARNING AQLIY VA EMOTSIONAL RIVOJLANISHIGA

IJTIMOIY TA'SIRLAR

Odilova Dilbar O'sarjon qizi

Buxoro davlat pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya mutaxasisligi 2-bosqich magstranti https://doi.org/10.5281/zenodo.14905148

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 10-Fevral 2025 yil Ma'qullandi: 15-Fevral 2025 yil Nashr qilindi: 21-Fevral 2025 yil

KEYWORDS

ijtioiy muhit,tashqi omil, barkamol shaxs, faoliyat,

ABSTRACT

Ushbu maqola maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda uchrab turadigan aqliy hamda emotsional rivojlanishida ro'y beradigan bir qancha ijtimoiy ta'sirlar ostida yuzaga keladigan muommolar va ularning yechimi haqida so'zyuritilgan.

Axloqiy munosabatlarning shakllanishi tashqi va ichki omillar bilan belgilanadi. Ushbu tadqiqotda tashqi omillar ko'proq o'rganildi, chunki maktabgacha yoshda ichki omillarning ta'siri (etarli darajada sub'ektivlik, etuk aks ettirish, yaxlit o'ziga xoslik va boshqalar) ahamiyatli emas. Ruhiy rivojlanishda esa kishi shaxsidagi psixologik sifatlar va belgilarning shakllanishi, emotsional irodaviy, bilish jarayonida muhim o'zgarishlar ro'y beradi. Bolaning ijtimoiy rivojlanishi u ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda uning xulqida, tevarak-atrofga bo'lgan munosa- batida namoyon bo'ladi. Bolalar hayotining birinchi yilidanoq faoliyatning eng oddiy turlari undagi shaxsiy qobiliyatlar, xususiyatlar, «tevarak-atrofga ma'lum bir munosabatning shakllanishiga asos bo'lib xizmat qiladi. Masalan, kattalarning bolalar bilan bo'ladigan hissiy, hissiy-predmetli munosabatlaridanoq bolada dastlabki ijtimoiy talabni vujudga keltiradi, dastlabki harakat va tasavvurlar, taassurotlar shakllana boshlaydi. Harakat usullarini egallab borish orqali bolada faollik rivojlanadi. Ammo faollikning qay darajada rivojlanib borishi irsiyatga hamda taqlidchanlik qobiliyatiga bog'liq. Bola hayotining dastlabki yillarida kattalar bilan bo'ladigan munosabati va narsa-buyumlar bilan bajargan harakati asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Bola bilan muomala qilish orqali kattalar ularni asta-sekin buyumlar olamiga olib kiradilar. Mana shu yo'l bilan bola buyumlar bilan bo'ladigan faoliyatning o'ziga xos tomonlarini egallab boradi. Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun o'qish asosiy faoliyat bo'lib qoladi va bu faoliyatni bolalar ijtimoiy ahamiyatli faoliyat deb anglay boshlaydilar. Bola o'zini maktab o'quvchisi deb tushuna boshlaydi. Demak, bolani tarbiyalashda, uning rivojlanishida faoliyat yetakchi rol o'ynaydi. Shuning uchun ta'lim-tarbiya tashkilotlarida va oilada bolaning hayotini u turli-tuman faoliyatlar bilan shug'ullana oladigan qilib tashkil etish kerak. Bunga albat- ta, bolalar faoliyatining mazmunini boyitib borish, yangi bilim malakalarni singdirish mustaqilligini rivojlantirish bilan erishiladi. Insonni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo'lib, ajdodlarimiz ma'rifat, ma'naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o'rgatish, ularni komillikka

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH IF = 5.441 ,

yetaklash yo'llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bular esa hamisha bolalar ta'lim-tarbiyasi oldidagi dolzarb yechimtalab muammolardan biridir. Bugun maktabgacha ta'limi oldida ham shu savollar ko'ndalang turibdi. Sababi uzluksiz ta'lim tizimining bosh bo'g'ini hisoblangan maktabgacha ta'limda eng asosiy fundamental bilimlar shakllantirilishi lozim. Mamlakatimizda olib borilayotgan uzluksiz ta'lim tizimining barcha bo'g'inlaridagi yangilanish, modernizatsiya jarayoni uzluksiz ta'lim tizimining barcha bo'g'inlari uchun, jumladan, barcha fanlar qatorida Maktabgacha ta'lim - tarbiyani tashkil etish fani bo'yicha ham zamon talabiga javob bera oladigan darslik va o'quv qo'llanmalarni yaratishni taqzo etmoqda. Shu boisdan Maktabgacha ta'lim-tarbiyani tashkil etish faniga oid zamonaviy bilimlar tizimini bo'lajak tarbiyachi pedagoglarga o'qitish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Bugungi kunda Respublikamizda "Maktabgacha ta'lim konsepsiyasi" hamda maktabgacha ta'lim uchun o'quv dasturlari va o'quvmetodik majmualarda bolalarning bilish faoliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e'tibor qaratilgan. MTT tarbiyalanuvchilarining bilish faoliyatlarini rivojlantirish tarbiyachipedagoglarning ta'limtarbiyani samarali tashkil etishlariga bevosita bog'liqdir. Bu borada O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida umumiy o'rta ta'lim sifatini tubdan oshirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo'llab-quvvatlash va ro'yobga chiqarish kabi yo'nalishlar belgilangan bo'lib, bu o'z navbatida mazkur jarayonni tadqiq etish va tahliliy yo'nalishga ega bo'lgan didaktik tizim sifatida ko'rib chiqishda bolalar aqliy salohiyatini rivojlantirishda tarbiyachipedagoglarning ta'lim-tarbiyani samarali tashkil etish texnologiyasini takomillashtirish va amalga oshirish maqsadga muvofiq. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiyadan ko'zlangan maqsad - ta'limning keyingi bosqichida ijodiy va mustaqil fikrlay oladigan shaxsni tarbiyalab berishdan iborat.

Farobiy ta'Iim-tarbiyaga bag'ishlangan asarlarida inson takomilida ta'limtarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e'tibor berisb zarurligi, ta'Iim-tarbiya usul va uslublari haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar sbabri», «Baxt saodatga erishuv to'g'risida», «Aql ma'nolari to'g'risida», «Ilmlarning kelib cbiqisbi» kabi maorifiy asarlarida olimning ijtimoiy tarbiyaviy qarashlari o'z ifodasini topgan. Farobiy ta'limning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan etuk insonni etishtirishdan iborat deb biladi.

Aqliy tarbiya — bu aqlni rivojiantirish maqsadida yoshlarga muntazam va maqsadga muvotlq pedagogik ta'sir koTsatish. U yosh avlodning insoniyat to'plagan bilimlar, malaka va ko'nikmalarda, qoidalarda o'z ifodasini topgan ijtimoiy-tari.xiy tajribani egallashning rejali jarayoni sifatida ro'y beradi. Bu ta'sir kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojianishini ta'minlovchi xilma-xil vositalar, metodlar, sharoitlar yaratishni o'z ichiga oladi. Odamning aqli, uning aqliy rivojianishi, bilimlar hajmi, xususiyati va mazmunida namoyon bo'ladi. Ular aqliy faoliyatning jo'shqinligida, mustaqil ijodiy bilishga intilishda o'z ifodasini topadi. Aqliy faoliyat diqqatning bar doir ma lum maqsadga qaratilgan bo'lishini talab etadi. Kishining aqli uning asosiy faoliyatida erishgan muvaffaqiyati xususiyati bilan belgilanadi. Aqliy tarbiyasi etuk, o'tkir zehnii. zukko va zakovatli insonlarni xalqimiz donishmand kishilar deb atay.

Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti rivojlanish tarixi davomida psixologlarning asosiy sa'y-harakatlari idrok muammosini o'rganishga va maktabgacha yoshdagi bolalarning kontseptual tafakkurini

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH IF = 5.441 ,

shakllantirishga qaratilgan. Bolaning aqliy tarbiyasi va rivojlanishi fikrlashning asosiy shakllarini - hissiy-amaliydan mavhum-kontseptualgacha bosqichma-bosqich joriy etish jarayoni sifatida qaraldi. Shu bilan birga, aqliy rivojlanish nafaqat bolaning bilimlari va aqliy faoliyat usullarini o'zlashtirish jarayoni, balki shaxsiyatning ma'lum xususiyatlarini shakllantirish sifatida ham harakat qildi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Sodiqova Sh.A. Maktabgacha pedagogika. - T, 2018.

2. F.Qodirova, Sh.Toshpo'latova, N.M.Kayumova -"Maktabgacha pedagogika" -T."Tafakkur"-2019.

3. B.R.Boltayev- "Maktabgacha ta'limda musiqa tarbiyasi"- Samarqand - 2019

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.