Научная статья на тему 'BOLALARNI INTELLEKTUAL VA JISMONIY KO'RSATGICHLAR ORASIDAGI BOG'LIQLIKNI TAVSIFLASH'

BOLALARNI INTELLEKTUAL VA JISMONIY KO'RSATGICHLAR ORASIDAGI BOG'LIQLIKNI TAVSIFLASH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
8
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
faoliyat / jismoniy ko’rsatgich / neyrokorreksion mashq / miya / rivojlanish. / activity / physical indicator / neurocorrective exercise / brain / development.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Xolmirzayeva M.A., Zahiriddin M. B.

Ushbu maqolada o’qishdagi qiyinchiliklar bilan bog’liq muammolar hamda ularga yechim sifatida keltirilgan tavsiyalar qayd etilgan. Bolalarning faoliyatini o’zgartiruvchi jismoniy mashqlar haqida ham keltirilgan. Bolalarning intellektual va jismoniy ko’rdatgichlari orasidagi farqlar va bog’liqliklar xususida ham qayd etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DESCRIBING THE RELATIONSHIP BETWEEN CHILDREN'S INTELLECTUAL AND PHYSICAL INDICATORS

In this article, the problems associated with reading difficulties and the recommendations given as solutions to them are noted. Physical exercises that change children's activities are also mentioned. Differences and connections between children's intellectual and physical indicators are also noted.

Текст научной работы на тему «BOLALARNI INTELLEKTUAL VA JISMONIY KO'RSATGICHLAR ORASIDAGI BOG'LIQLIKNI TAVSIFLASH»

Xolmirzayeva M.A. PHD Mahammadjonova Z. M.

Zahiriddin M. B. nomidagi Andijon davlat universiteti Biologiya yo 'nalishi magistranti

BOLALARNI INTELLEKTUAL VA JISMONIY KO'RSATGICHLAR ORASIDAGI BOG'LIQLIKNI TAVSIFLASH

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'qishdagi qiyinchiliklar bilan bog'liq muammolar hamda ularga yechim sifatida keltirilgan tavsiyalar qayd etilgan. Bolalarning faoliyatini o'zgartiruvchi jismoniy mashqlar haqida ham keltirilgan. Bolalarning intellektual va jismoniy ko 'rdatgichlari orasidagi farqlar va bog'liqliklar xususida ham qayd etilgan.

Kalit so 'zlar: faoliyat, jismoniy ko 'rsatgich, neyrokorreksion mashq, miya, rivojlanish.

Kolmirzayeva M.A. PHD Mahammadjonova Z. M.

Zahiriddin M. B. Andijan State University graduate student of Biology

DESCRIBING THE RELATIONSHIP BETWEEN CHILDREN'S INTELLECTUAL AND PHYSICAL INDICATORS

Abstract: In this article, the problems associated with reading difficulties and the recommendations given as solutions to them are noted. Physical exercises that change children's activities are also mentioned. Differences and connections between children's intellectual and physical indicators are also noted.

Key words: activity, physical indicator, neurocorrective exercise, brain, development.

Hozirgi vaqtda bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilar soni ortib borayotgani hech kimga sir emas. Ayniqsa, ushbu moyillik ommaviy bog'cha yoshidagi bolalar, boshlang'ich sinf o'quvchilari o'rtasida namoyon bo'lib kelmoqda. Ko'pchilik bolalar maktab ta'limida ayrim muammolarga duch keladilar, asosiy muammolar esa bilimlarni o'zlashtirish jarayoni bilan bevosita bog'liq bo'lib qolmoqda. Maktablarda bilimlar o'quvchiga berilmoqda, lekin natijalar talab darajasida emasligi mazkur ahvolga yanada jiddiy e'tibor qaratishga va zudlik bilan kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirishga sabab bo'lmoqda.Bog'cha va maktablarda ishlash jarayonida samarali korreksion metodlarning yo'qligi o'qish bilan bog'liq muammolarning ko'payib borayotganligi va o'zlashtirishi past bo'lgan o'quvchilar sonining ortishiga olib kelmoqda. Ushbu muammolarning kelib chiqishi natijasida

мЭкономнка h соцнумм №11(126)-1 2024

www.iupr.ru

615

turli reabilitatsion va konsultatsion markazlarning sonini ortishiga turtki bo'lmoqda. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, hozirga qadar hammaga ma'qul bo'lgan an'anaviy pedogogik-psixologik metodlar o'qishda va korreksion ishlarda o'z kutgan natijalarini bermayotganligi tufayli yangi metodlarni izlash zarurati paydo bo'ldi. Ushbu avj olib borayotgan muammolarni tezroq oldini olish va samarali bartaraf etish masalasi bugungi kunning eng dolzarb muammosi bo'lib qoldi. O'qishdagi qiyinchiliklar bilan bog'liq muammolarga kimlar duch kelmoqda? Ular umumiy maktablarda bilim olib kelayotgan oddiy sinf o'quvchilari. Ular ko'pincha bir yoki bir necha fandan (asosan og'zaki) yaxshi natijalarga ega bo'lishga harakat qiladi. Lekin yozish, o'qish va matematika borasida sezilarli darajada muammo va qiyinchiliklarga duch kelinmoqda.

Oxirgi yillarda ko'pgina pedagogik, psixologik tadqiqotlar aynan ta'limdagi qiyinchiliklarning kelib chiqishi va uni bartaraf etish sabablari va mexanizmlarini o'rganish bilan bog'liq bo'lmoqda. Tadqiqotlar natijalari shuni ko'rsatib turibdiki bolalarning oliy psixik funksiyalarning parsial ya'ni qisman rivojlanishida ortda qolishi bilan bog'liq sabablarga borib taqaladi. Ushbu muammolarni ishonchli va samarali aniqlashda neyropsixologiya, neyropedagogika alohida ahamiyat kasb etadi. A.R. Luriya va uning izdoshlari tomonidan olib borilgan ishlar natijasida oliy psixik funksiyalarning tuzilishi va uning lokolizatsiyasi faoliyati natijasida o'qish va yozishni amalga oshirilishi uchun miyaning dasturlash, ixtiyoriy boshqarish (III-blok, miyaning peshana qismi) hamda axborotni qabul qilish, qayta ishlash va saqlash qismi (II-blok miyaning ensa qismi) hamkorligida amalga oshirilishi taqiqotlar natijasida aniqlangan. Bunda miyaning energetik ya'ni miyaning quvvatini ta'minlovchi qismi (I-blok miyaning ustun (stvol qismi)ning ham ahamiyati katta hisoblanadi.

A.R. Luriya o'z nazariyasida inson miyasini murakkab bir tuzilishga egaligi va u uch blokdan (zonadan) iborat bo'lib, har bir blok har xil yosh davrlarida va bosqichlarida shakllanishini ta'kidlab o'tgan. Ular quyidagicha o'rganiladi: I-blok, energetik yoki miyaning quvvati bloki hisoblanadi. Ushbu miyaning qismi bola ona qornidan boshlab bola 2-3 yoshga to'lgunga qadar shakllanib, o'zida retikulyatsion formatsiya va organizmning yoki biror a'zoning hayotiy faollik darajasi hamda tetiklikligi uchun javob beradi.II-blok, axborotni qabul qilish, qayta ishlash va saqlash bloki uch yoshdan boshlab 7-8 yoshlarni o'z ichiga oladi. Ushbu qismga miyaning ikki yon chakka, bosh orqa yuqori va bosh orqa zonalarini o'z qamroviga oladi. Ushbu miya qismi psixik faoliyatning operatsion-texnik jihatdan ta'minlash uchun xizmat qiladi.III-blok, dasturlash, ixtiyoriy boshqarish va nazorat bloki 7-8 yoshdan boshlab 12-15 yoshgacha shakllanib, boshning peshana zonasini o'z ichiga olib, umumiy qilib aytganda inson xulq-atvori va xatti-harakati muvofiqligi uchun javob beradi. Ushbu blokning to'liq yetilish davri to 20-21 yoshgacha davom etadi. Yuqoridagi ma'lumotlar bizga yozish, o'qish, matematik vazifalar, og'zaki nutq va uni tushunish kabi vaziyatlar oliy psixik funksiyalar ya'ni, murakkab funksional tizim bosh miya va uning funksional komponentlariga tayangan holda o'z faoliyatini amalga oshishi haqida ma'lumot beradi. Fonematik eshitish qobiliyati, tovushlarni ajrata olish, og'zaki nutq, yozuv va o'qishni o'zlashtirish, ko'rishga oid analiz

funksiyasi harf, so'zlarni tanish, ularni esda saqlash va matnni o'qishda muhim o'rin egallaydi. Har bir bolaning psixik rivojlanishi genetik individual tarzda shakllanib, ularning psixik funksiyalarining rivojlanishi uzoq davom etuvchi jarayon bo'lib, bir funksiya oldinroq boshqalari esa keyinroq shakllanishini hech kimga sir emas. Shu bois bir bolada ko'rishga, eshitishga oid o'zlashtirish boshqasida esa muhitni tasavvur qilish imkoniyatlari shakllangan bo'lib, har bir bolaning faoliyati, harakati hamda intilishi bir-biriga o'xshamaydi va bularning ba'zilari oldinroq ba'zilari esa keyinroq rivojlanadi. Aynan miyaning ushbu tarkibiy qismi boladagi ustun va zaif tomonlarini kompensatsiya qila olmasligi natijasida ijtimoiy talablarga muvofiq bo'la olmayotgani, qiyinchiliklarga duch kelayotganini bizga aynan qaysi jihatlariga birinchi navbatda e'tiborni qaratishimiz kerakligini bildiradi.Bu kabi muammolarni oldini olish albatta maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan boshlanishi, o'zining ijobiy natijasini beradi. Bunday muammoli bolalarga kuchliroq motivatsiya, emotsional qiziqtirish (o'z kuchi va qobiliyatiga undovchi rag'batlantiruvchi so'zlar) va vazifalarni miqdorlash sezilarli darajada yordam beradi. Hattoki bunday bolalarga faoliyatni o'zgartiruvchi vaziyatlar ham foydali hisoblanadi. Faoliyatni o'zgartiruvchi vaziyatlar jismoniy mashqlar, harakatli o'yinlar orqali amalga oshirilishi ham mumkin. Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarni intellektual rivojlantirishda neyropedagogik va neyropsixologik bilimlarning o'rni beqiyos hisoblanadi. Chunki neyropedagogik, neyropsixologik yondashuv bizga oliy psixik funksiyalarning o'rganib bolalarning kuchli va zaif tomonlarini o'z vaqtida aniqlash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga, guruh yoki individual tarzda korreksion ishlarni samarali tashkil qilish orqali mavjud muammolarni yaxshilashga yordam beradi.

Neyrokorreksion mashqlar tizimli ravishda to'g'ri tashkil etilsa, bolaning intellektual rivojlanishida yutuqlarga erishish mumkin.Neyrokorreksion mashqlarning aksariyat qismi jismoniy mashqlar hamda bolalarning harakatchanlik faolligini oshirishga yo'naltirilgan mashqlardan iboratligiga e'tibor qaratsak, jismoniy tarbiyaning bola intellektini rivojlantirishda samarali vosita ekanligiga ishonch hosil qilamiz.Ushbu muammoni ijobiy hal etishni ko'plab omillar, jumladan, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivojlanishi va maktabgacha yoshdagi bola shaxsini intellektual rivojlantirishda jismoniy tarbiya, jismoniy mashqlarning ahamiyatliligini ilmiy asoslash zarur.

Hozirgi maktabgacha pedagogikada maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish va tarbiyalashning mohiyati haqidagi nazariyotchi va amaliyotchilar ega bo'lgan bilimlarning to'liqligi bilan bolaning psixofizik rivojlanishidan xabardorligi o'rtasida bog'liqlik mavjud.Rivojlanishning tarixiy bosqichlari va qonuniyatlari maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishida jismoniy tarbiyaning o'rni borasidagi nazariya va amaliyotni chuqur o'rganish, tahlil etish, baholash kelgusidagi vazifalarni belgilash imkonini beradi. Jismoniy faoliyatning insonning shakllanishi va rivojlanishida muhim vosita ekanligi P. F. Lesgaft, I. M. Sechenov kabi olimlar tomonidan ham ta'kidlangan. Ularning ta'kidlashicha, inson jismoniy va aqliy jihatdan birlikda va o'zaro bog'liqlikda rivojlanadi, shuning uchun jismoniy tarbiyani to'g'ri tashkil etilishi yetuk shaxs sifatida shakllanishning omiliga

aylanishi mumkin.P.F.Lesgaft "Maktab o'quvchilari jismoniy tarbiyasi bo'yicha qo'llanma" (1888-1901) nomli ikki jildlik fundamental asarida jismoniy tarbiyaning o'ziga xos tizimini ishlab chiqdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Abdullo Avloniy. Muxtasari tarixi anbiyo va tarixi islom. - T.: Fan, 1994. - 293b.

2. Abdullayeva Sh. A. Sportchilarning tarbiyalanganlik darajasini tashxislash metodlari. - Toshkent: Kamalak, 2002. - 134 b.

3. Abdullayeva Sh. A., Axatova D. A., Sayitov S. S. va boshqalar. Pedagogika. O'quv qo'llanma. - T.: Fan, 2004. - 198 b.

4. Abdullayev A. Talaba va sport. - Toshkent: Moliya, 2015. - 168 b.

5. Беспалько В.П. Слагаемые педагогической технологии. - М.: Педагогика, 1989. - 192 с.

"Экономика и социум" №11(126)-1 2024

www.iupr.ru

618

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.