Научная статья на тему 'BOJXONA AUDITI TIF ISHTIROKCHILARIGA TOVARLARI CHIQARIB YUBORILGANIDAN KEYINGI NAZORATMI YOKI RAG‘BATMI?'

BOJXONA AUDITI TIF ISHTIROKCHILARIGA TOVARLARI CHIQARIB YUBORILGANIDAN KEYINGI NAZORATMI YOKI RAG‘BATMI? Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

177
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
moliyaviy nazorat / bojxona nazorati / auditorlik faoliyati / audit / bojxona auditi / taftish

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — A. Suyunov, M. Murodillayeva

Xalqaro amaliyotda bojxona auditini tashkil etish va o„tkazish mexanizmlarini takomillashtirish, xalqaro standartlarni ishlab chiqish, bojxona auditini rivojlantirish bo„yicha ko„plab ilmiy va amaliy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Shu jihatdan, bojxona auditini takomillashtirish uchun bojxona auditi milliy tizimini ishlab chiqish, ularni xalqaro me‟yorlarga muvofiqlashtirish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. Maqolada mamlakatimizda bojxona auitini tashkil etilishi Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) ishtirokchilari uchun bu jarayon taftishmi yoki rag„batligi to„g„risida fikr yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOJXONA AUDITI TIF ISHTIROKCHILARIGA TOVARLARI CHIQARIB YUBORILGANIDAN KEYINGI NAZORATMI YOKI RAG‘BATMI?»

BOJXONA AUDITI TIF ISHTIROKCHILARIGA TOVARLARI CHIQARIB YUBORILGANIDAN KEYINGI NAZORATMI YOKI RAG'BATMI?

A. Suyunov

Bojxona instituti dotsenti

M. Murodillayeva

Bojxona instituti kursanti

ANNOTATSIYA

Xalqaro amaliyotda bojxona auditini tashkil etish va o'tkazish mexanizmlarini takomillashtirish, xalqaro standartlarni ishlab chiqish, bojxona auditini rivojlantirish bo'yicha ko'plab ilmiy va amaliy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Shu jihatdan, bojxona auditini takomillashtirish uchun bojxona auditi milliy tizimini ishlab chiqish, ularni xalqaro me'yorlarga muvofiqlashtirish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. Maqolada mamlakatimizda bojxona auitini tashkil etilishi Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) ishtirokchilari uchun bu jarayon - taftishmi yoki rag'batligi to'g'risida fikr yoritilgan.

Tayanch so'zlar: moliyaviy nazorat, bojxona nazorati, auditorlik faoliyati, audit, bojxona auditi, taftish.

KIRISH

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan barcha soha va tarmoqlarda olib borilayotgan oqilona siyosat va amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar bojxona tizimini ham qamrab olayotganligi quvonarlidir. Jumladan, birgina joriy yil boshidan hozirgi kunga qadar bojxona ishi faoliyatiga oid qator normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlar, Davlat dasturlari, Yo'l xaritalari, Chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilganligi - bojxona sohasida bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi bilan bog'liq jarayonlarda bojxona protseduralarini (tartib-taomillar) qisqa muddatli yaqin istiqbolda yanada soddalashtirish, ularning tizim faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilishi tizim uchun eng katta zaruriyat desak mubolag'a bo'lmaydi. Xususan, qabul qilingan quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar va ularda belgilangan topshiriq va vazifalar buni yaqqol isbotlamoqda:

1.O„zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 28-yanvarda tasdiqlangan, 398 ta banddan iborat bo'lgan, umumiy qiymati 55 trln so„m va 11,7 mlrd AQSh dollariga teng loyihalarni

May, 2022

361

amalga oshirishni nazarda tutuvchi "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari " tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo 'nalishdan iborat 2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni bojxona tizimi oldida ham o'z yechimini kutayotgan, ham ustuvorlik kasb etgan o'ta muhim vazifalarni hal etishni ko'ndalang qo'ymoqda.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2022-yil 17-fevral kuni 2022-yilda bojxona ma 'murchiligini yanada takomillashtiish va sohani korrupsiyadan holi tizimga aylantirish bo 'yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig'ilish o'tkazildi. "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasida eksport hajmini 30 milliard dollarga, xorijiy turistlar sonini 7 milionga yetkazish maqsadi belgilangan. Bu bojxona sohasiga alohida mas'uliyat yuklaydi" deya ta'kidlandi. Shu bois yig'ilishda bojxona tizimini rivojlantirish, birinchi navbatda postlardagi sharoitlarni yaxshilash masalalariga e'tibor qaratildi va muhim vazifalar belgilab berildi.

3.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-fevraldagi "Davlat bojxona xizmati to'g'risida"gi O'zbekiston respublikasi Qonuniga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish haqidagi O'RQ-755-son Qonuni. Unga ko'ra, bojxona organlarining huquqlari sirasiga bojxona auditini amalga oshirish kiritildi.

Ma'lumki. Prezidentimizning sohaga oid 2020-yil 5-iyundagi Bojxona ma'muriyatchiligini isloh etish va O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to 'g'risida"gi PF-6005-son Farmonida Davlat bojxona qo'mitasiga quyidagi qo'shimcha vazivalar yuklangan edi:

bojxona nazorati shakli sifatida tovarlar chiqarib yuborilgandan keyin TIF ishtirokchisi faoliyatini baholash hamda ularning tovarlar va transport vositalari chiqarib yuborilgandan keyingi hisobini tekshirishni nazarda tutuvchi bojxona auditini amalga oshirish.

Farmondagi ushbu norma endi qonunchilikda o'z aksini topdi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bugungi kunda butun jahonda bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi bilan bog'liq tartib-taomillarni yanada soddalashtirish masalasi bojxona ma'murchiligmmg eng ustuvor vazifasiga aylanib ulgurdi. Ayniqsa, hozirgi O'zbekiston sharoitida bojxona postlarida bojxona nazoratini yanada soddalashtirish, uning shart va tamoyillarini

May, 2022

362

optimallashtirish ijobiy tomonga o'zgartirilmoqda. Eskicha 100 %li, yalpi bojxona nazoratidan o„tkazishga asoslangan tekshirishlardan voz kechgan holda joriy etilgan xavfni boshqarish tizimidan foydalangan holda tanlab o'tkazish, tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona auditini qo'llash zaruriyatini taqozo etmoqda. Mazkur holatlar esa o'z navbatida bojxona auditini qanday qilib, qaysi usul va vositalarni qo'llash asosida o'tkazish bo'yicha savollarga javob topishni talab etmoqda.

Fikrimizcha, bu borada Jahon savdo tashkilotiga yoki Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo bo'lgan davlatlarda yohud unga a'zo bo'lmagan, kuzatuvchi maqomidagi MDH davlatlarida bojxona auditi tushunchasining mazmun-mohiyati, uning qo'llanishi borasida amaliyotchi mutaxassis va iqtisodchi olimlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarga e'tibor qaratish maqsadga muvofiq. Jumladan, Rossiya Federatsiyasidan D.L.Tukeev, L.D.Salakova bojxona auditiga: "Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin bojxona nazoratiga oid xorijiy tajribani tahlil qilib, mazkur nazorat shakli xorijiy davlatlarda bojxona auditi shaklida, bojxona to'lovlaridan kam yoki ortiqcha to'langan summani aniqlash maqsadida bojxona ishi sohasidagi qonunbuzilish holatlarini aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan faoliyatdir", deya izoh bersa, bir guruh tadqiqotchilar A.A.Berzan, O.Ye.Kudryavsev, V.V.Solovev, I.V.Soloveva, Ye.P.Luneva, L.A.Popova, S.A.Chepurnov, "Bojxona auditi - tovarlar chiqarishga ruxsat berilgandan so'ng bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat nazoratining bir turi" ekanligini ta'kidlaydilar. Shuningdek, S.N.Shostak va A.S.Shves "Bojxona auditi xususiy audit tashkilotlari tomonidan tadbirkorlik asosida amalga oshiriladigan, mustaqil faoliyat turi" deb e'tirof etadilar.

TAHLIL VA NATIJALAR

O'tgan yillarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, mamlakatimizda import qilinayotgan tovar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlarini yanada soddalashtirish, unga sarflanayotgan vaqt va mablag'ni qisqartirish masalalari nafaqat bojxona tizimimizda balki, Jaxon bojxona tashkilotining biznesni yuritish qoidalarida tashqi savdoga oid samaradorlikni aniqlovchi eng asosiy ko'rsatkich sifatida e'tirof etilmoqda. Ushbu ko'rsatkichni yaxshilashda tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona auditini o„tkazish orqali erishish mumkin. Bularni inobatga olgan holda, bojxona auditini tashkil etish va amaliyotda qo„llash uchun dastlab, nazariy, amaliy va huquqiy asoslar ishlab chiqildi.

1. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil

May, 2022

2 martda tasdiqlangan, 284 ta banddan iborat bo'lgan, umumiy qiymati 18,1 trln so'm va 10,3 mlrd AQSh dollariga teng loyihalarni amalga oshirish nazarda tutuvchi "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish-ning beshta ustuvor yo 'nalishi bo 'yicha Harakatlar strategiyasini "Ilm, ma 'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi PF-5953-son Farmoni bojxona tizimi oldida ham o'z yechimini kutayotgan, ham ustuvorlik kasb etgan o'ta muhim vazifalarni hal etish zaruriyatini ko'ndalang qo'ymoqda.

2. O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining 2020 yil 9 martdagi 43-son "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi PF-5953-son Farmoni ijrosi to'g'risida"gi buyrug'i bilan "DBQ tomonidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan Chora-tadbirlar dasturi" tasdiqlandi. Mazkur dasturning "Bojxona ma'muriyatchiligi samaradorligini oshirish" bandi doirasida "Bojxona auditi institutini joriy etish"ga qaratilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, qarori loyihalari ishlab chiqilishi ta'kidlangan.

3. O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari tomonidan 2020 yil 9 martda tasdiqlangan "DBQning 2020 yilda amalga oshiriladigan asosiy chora-tadbirlar bo'yicha Yo'l xaritasi" qabul qilingan. Uning 8-bandida "Tashqi iqtisodiy faoliyatni notarif usullar bilan boshqarishni nazorat qilish hamda import va eksport operatsiyalari tahlilini hamda bojxona nazorati shakli sifatida tovarlar chiqarib yuborilgandan keyin bojxona auditini amalga oshirish" tadbiri doirasida 2020-yil 1-chorakda "Bojxona auditi institutini joriy etish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining tarkibida alohida tarkibiy tuzilma tashkil etish taomillari belgilangan tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish", "Bojxona auditini o'tkazish asoslari va talablari mavzusida o'quv seminarini tashkil etish" kabi mexanizmlarni amalga oshirish belgilab olingan.

5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-yarim yillik ish rejasida Davlat bojxona qo'mitasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta'minlashga doir kompleks chora-tadbirlar Dasturi qabul qilingan. Uning 25-bandida "Tashqi iqtisodiy faoliyatni notarif usullar bilan boshqarishni nazorat qilish hamda import va eksport operatsiyalari tahlilini hamda bojxona nazorati shakli sifatida tovarlar chiqarib yuborilgandan keyin bojxona auditini amalga oshirish" tadbiri doirasida 2020 yil 1-chorakda O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining tarkibida tashqi iqtisodiy faoliyatni notarif usullar bilan boshqarishni nazorat qilish hamda bojxona auditini amalga

oshirish bo'yicha yangi tuzilmalarini tashkil etish mexanizmini

May, 2022

amalga oshirish belgilangan. Shuningdek, ushbu dasturning 32-bandida "Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va uyg'unlashtirish bo'yicha xalqaro Konvensiyaga (Kioto, 1973 y.) O'zbekiston Respublikasining qo'shilishi bo'yicha choralarni ko'rish" tadbiri doirasida 2020-yil may oyida O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini ushbu Konvensiya talablariga moslashtirish bo'yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni qo'shimcha sifatida aytish mumkinki, normativ-huquqiy hujjatlar xalqaro iqtisodiy integratsiyani ta'minlash, tadbirkorlarni har tomonlama yanada qo'llab-quvvatlash, bojxona organlari tomonidan ko'rsatiladigan amaldagi bojxona xizmatlari, tartib-taomillar mexanizmlarini yanada takomillashtirish va kerak bo'lsa, soddalashtirish-ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag'batlantirish siyosatini davom ettirish hisobiga, eng avvalo iste'mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o'rnini bosadigan va eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo'naltirish, bojxona xodimlari mehnat unumdorligini oshirish masalalari mujassam bo'lgan holda tizim oldida turgan, hal etilishi shart va zarur ustuvor vazifalarni batafsil aks ettirib bormoqda. Bu esa, o'z navbatida bugungi kunda bojxona tizimida davlat moliyaviy nazorati, jumladan, bojxona nazoratining yangi shakllaridan biri bojxona auditini tizimda joriy etilishi va uni takomillashtirilishini ob'ektiv zaruriyat qilib qo'ymoqda.

Bugun har qaysi makonda har qanday faoliyat yurituvchi har bir individ o'z huquq, burch va erkinliklarini yanada to'liq va teranroq anglab bormoqda, ularning ongi va tafakkuri o'zgarib, dunyoqarashi rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, bugungi TIF qatnashchisining jahondagi ilg'or rivojlangan davlatlar bojxona qonunchiligidagi so'nggi yangiliklardan xabardorligi, o'qib o'rganib, o'zlashtirayotganligi, ularda TIF qatnashchilariga yaratilgan shart-sharoitlar to'g'risida o'ziga xos ma'lumotlarga egaligi, fikr yuritishi borasida bojxona organlari xodimlaridan ancha oldinda. Ularning bojxona postlarida amalga oshiriladigan nazorat so'zining mazmun-mohiyatini anglashga qaratilgan o'y-fikr va mulohazalari endi uni faqat bir tomonlama emas, balki, barcha tomon, ya'ni ham davlat, ham jamiyat, ham iste'molchi manfaati nuqtai-nazaridan birdek hisobga olinishiga qaratilmoqda. Shu bois, bojxona nazoratiga jalb etiluvchi tashqi savdo sub'ektlarini tizim tomonidan sifatli va qo'shimcha bojxona xizmatlarini ko'rsatish bilan rozi qilgan holda, ularning ortiqcha vaqt va mablag'ini sarflamasdan ulardan byudjet oldidagi bojxona to'lovlarini qonunchilik doirasida to'liq, o'z vaqtida, adolatli undirilishiga erishish bojxonachidan katta kasbiy mahorat ham

haqiqiy fidoiylikni talab etadi.

May, 2022

Mamlakatimizda bojxona tizimida bojxona auditini tashkil etilishi TIF ishtirokchilariga nisbatan faqat chiqarib yuborilganidan keyingi nazoratmi yoki rag'batmi?

Biz bilamizki, TIF ishtirokchilari bojxona rasmiylashtiruvini yakunlagandan so'ng, tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati(bojxona auditi) amalga oshirilayotganda bojxona organlari tovarlarning borligini tekshirishga, ularni qayta bojxona ko'rigidan o'tkazishga, bojxona deklaratsiyasida ko'rsatilgan ma'lumotlarni qayta tekshirishga, hujjatlarni hamda ushbu tovarlar bilan amalga oshiriladigan tashqi iqtisodiy operatsiyalarga taalluqli axborotni tekshirishga haqli. Demak, bojxona rasmiylashtiruvidan so'ng o'tkaziladigan audit tashqi savdoda qatnashuvchi TIF sub'ektlarining tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi, ya'ni bojxona nazorati jarayoni tugagandan so'ng faoliyatni tekshirish va tahlil qilish uchun amalga oshiraladi. Uning bojxona nazoratidan yoki an'anaviy auditdan farqi bor, albatta. Ya'ni, bunda bojxona auditi mobaynida tashqi savdo muomalalarining moliya-xo'jalik faoliyati va bojxona rasmiylashtiruvining umumiy buxgalteriya va soliq hisobotining bir qismi sifatida, cheklangan masshtabda, kichik bir doirada qaraladi. Bunday yondashuv tashqi savdo bitimlarining yanada aniq va tushunarli qiyofasini yaratishga imkon beradi. Shuningdek, buxgalteriya hisobi asosida bojxona va soliq hisobotlari ma'lumotlarini o'zaro taqqoslashga sharoit yaratadi.

Qayd etish joizki, bojxona auditining maqsadi nafaqat TIF qatnashchisining moliya-xo'jalik faoliyati yuritishining haqqoniyligini tekshirish, balki unda hisob yuritish siyosatini takomillashtirish bo'yicha ham tavsiyalar ishlab chiqishdan, bojxona rasmiylashtirish qoidalarini soddalashtirishdan iborat. Boshqacha aytganda, bojxona auditi TIF qatnashchisining bojxona organi talablari asosida hisob va hisobot tizimini qulay tarzda qo'llashga yordamlashadi. Bojxona organlari esa, o'z navbatida, mazkur barcha talab va tavsiyalarga amal qilayotgan TIF qatnashchilari uchun bojxoa nazoratini soddalashtirishlari shart. Hozirgi kunda, mamlakatimizda ushbu yondashuvlar faqat bojxona nazorati asosida amalga oshirilmoqda. Bizningcha, bojxona organlari barcha TIF sub'ektlarini faoliyat ko'lami (sohasi, tovar va undan undiriladigan to'lov hajmi, zarurligi, ish tajribasi, mamlakatda faoliyat ko'rsatish yillari - ilgaridan yoki endi ish boshlagani kabi hokazo omillar)ni hisobga olgan holda toifalarga ajratgan holda ularga bojxona imtiyozlarini berishi maqsadga muvofiq.

Ta'kidlash joizki, bojxona tizimida bojxona auditini tashkil etilishi TIF sub'ektlariga nisbatan ham haqqoniy, odilona faoliyat

yuritishi ta'minlash maqsadida nazorat qilishi, ham ularga

May, 2022

nisbatan ulkan rag'bat, rivojlanishi uchun keng ko'lamli shart-sharoitlar yaratib berishi yuqoridagi jumlalarda o'z isbotini topmoqda.

Ishonamanki, tizim oldiga qo'yilgan ushbu topshiriq va vazifalarni tezda va sifatli holda ijrosini ta'minlash, TIF ishtirokchilariga berilgan imtiyoz va rag'batlantirishlar va Bojxona xodimlarining halol ishlashini ta'minlash va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar, o'zining ijobiy natijasini beradi va bojxona ma'murchiligini yanada rivojlantirish yo'lida qo'yilgan ulkan qadam bo'ladi.

Iqtisodiyoti rivojlangan xorijiy davlatlarning amaliy tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, bojxona tizimida bojxona auditi mexanizmining joriy etilishini TIF sub'ektlarining tashqi savdo faoliyatiga oid moliyaviy hisob va hisobot ma'lumotlarining bojxona deklaratsiyalaridagi ma'lumotlarga nomuvofiq kelishi holatlarini aniqlash, oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan profilaktika chorasi; bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi bilan bog'liq tartib-qoidalar bo'yicha ichki normativ-huquqiy hujjatlar shart-qoidalarini xalqaro konvensiya (bitim, nota, rezolyusiya, direktiva, memorandum)lardagi standart talablarga uyg'unlashtirish vositasi; halol TIF sub'ektlariga nisbatan yanada soddalashtirilgan bojxona tartibotlarini qo'llash orqali TIF sub'ektlarini bojxona qonunchiligini hurmat qilishga o'rgatish, ularni rag'batlantirishga qaratilgan imtiyoz va preferensiyalar berilish mezonlariga aniqlik kiritish tadbiri, davlat byudjeti daromadlari oshganligini baholovchi qo'shimcha mezon sifatida e'tirof etilmoqda. Shuningdek, bu borada Rossiya Federatsiyasida "Rossiya Federatsiyasi bojxona xizmatini 2030 yilgacha rivojlantirishning maqsadli yo'nalishlari"ni amalga oshirish maqsadida nodavlat notijorat tashkiloti shaklida 2016 yilda tashkil etilgan "Bojxona auditorlari va maslahatchilar assotsiatsiyasi"ga asosiy usuvor vazifa sifatida "Axborotlarni boshqarish, tahlil qilish va bojxona auditining ilg'or usullarini qo'llash" topshirilganligini, buning uchun, bojxona auditiga oid normativ-huquqiy hujjat (Nizom, standart, uslubiy ko'rsatma)lar ishlab chiqish, bojxona auditi sohasida kasbiy tayyorgarlik va malaka oshirish kurslarini tashkil etish, bojxona auditi usul va shakllarini takomillashtirish, vakolatli iqtisodiy operatorlar maqomining keyingi bosqichiga chiqish huquqini olish uchun da'vogarlarga bojxona qonunchiligi bo'yicha maslahat berishni amalga oshirish kabilar ham belgilanganligini ta'kidlash joiz.

Mamlakatimizda byudjet mablag'laridan foydalanishning natijaviyligi va samaradorligini oshirishga katta ahamiyat

qaratilmoqda.2021 -yil

30dekabrda "2022-yil uchun

May, 2022

O'zbekiston Respublikasi Davlat budjeti to'g'risida"gi qonunda bir qancha muhim rejalar va bojxona to'lovlari istiqbol rejalari belgilab olingan. Shuningdek, besh yillik Taraqqiyot strategiyasida eksportni 30 milliard dollarga, xorijiy turistlar sonini 7 millionga yetkazish belgilab olingan.

Ta'kidlash joizki, bojxona xizmati organlari xodimlari faoliyatining asosiy maqsadi mamlakatimizning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash hamda davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda O'zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan tovar va transport vositalaridan undirilayotgan bojxona to'lovlarini o'z vaqtida to'g'ri va to'liq undirish va davlat byudjetiga o'z vaqtida o'tkazilishini ta'minlashdan iborat bo'lgan fiskal vazifani amalga oshirishdan iborat (1- jadval).

Bojxona organlari tomonidan davlat byudjetiga o'tkazilgan bojxona to'lovlari tarkibi

(mlrd so'm)

To'lov turi 2018 y. Ulushi % 2019 y. Ulushi % 2020 y. Ulushi % 2021 y. Ulushi %

Import boji 1826,43 15,9 2302,69 13,4 3553,68 14,37 4764,9 14,34

Aksiz solig'i 514,79 4,48 818,5 4,8 858,54 3,47 307,66 0,93

QQS 8775,97 76,4 13397,68 78,3 19 738,08 79,84 27284,02 82,1

Bojxona yig'imlari 370 3,22 609,22 3,5 572,9 2,3 869,65 2,62

Jami 11487,19 100 17128,09 100 24723,2 100 33226,23 100

Tahlil natijalari shuni ko'rsatadiki, so'ngi besh yilda mamlakatimizning tashqi savdo aylanmasi 2 barobarga-2016-yildagi 24 milliard dollardan 2021-yilda 42 milliard dollarga oshdi.

Ta'kidlash joizki, tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarida ushbu bojxona tartibiga qiziqish va ko'plab savollar bo'lishi tabiiy. Masalan, bu qanday nazorat shakli yoki jarayoni, nimalarga nisbatan tadbiq etiladi, yohud kimlar uni amalga oshiradi, qachon, qaysi tarzda va qanaqa muddatda, h.k.? Bu kabi savollar bilan mushohada yuritishni ancha davom ettirish mumkin. Shu bois, ularga aniq ilmiy asoslangan holda izoh berish maqsadga muvofiq.

Birinchidan, bojxona auditi - auditning yangi yo'nalishi, xizmat turi.

Ikkinchidan, bojxona nazoratining alohida shakli.

Uchinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlarining tovar

May, 2022

368

va transport vositalariga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi yakunlanganidan va ular muomalaga chiqarib yuborilganidan keyin amalga oshiriladigan jarayon.

To'rtinchidan, xavfni boshqarishning avtomatik tizimi orqali yo'laklar kesimida yetarlicha dalillar orqali shubha ostiga olingan ko'rsatkichlar asosida to'plangan ma'lumotlarga ko'ra, tanlangan tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlari, ularning tovar va transport vositalariga nisbatan tadbiq etiladi.

Beshinchidan, moliyaviy nazorat qiluvchi tashkilotlar tomonidan o'tkaziladi.

Oltinchidan, u rejali tarzda (majburiy), rejadan tashqari (favqulodda) va tashabbus tarzida (TIF sub'ekti bojxona imtiyozi (vakolatli iqtisodiy operator maqomi)ni olish uchun qilgan murojaatiga ko „ra) amalga oshiriladi.

Yettinchidan, bir yilda 1 martadan kam bo'lmagan muddatda, 1 ta rasmiylashtirilgan BYuDga nisbatan o'tkaziladi.

Bu borada, "avvalgi yalpi bojxona nazoratidan voz kechib, tovar va transport vositalarining bojxona nazorati «sariq», «qizil», «yashil» va «ko'k» yo'laklar orqali xavfni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini qo'llagan holda, ya'ni bojxona nazoratining tanlab tekshirish amaliyoti yo'lga qo'yilganligi, xususan «yashil yo'lak»da xavf darajasi past bo'lgan tovar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazorati amalga oshirilmasligi belgilangan bo'lsa, «ko'k yo'lak»da xavf darajasi o'rta ko'rsatkichga ega yoki tasodifiy tanlov asosida aniqlangan tovarlarga nisbatan bojxona nazorati shakllari ular chiqarib yuborilgandan so'ng, ya'ni bojxona auditi orqali amalga oshirilishi belgilangan"ligi e'tiborga olish lozim.

TAKLIF VA XULOSALAR

Yuqoridagi tahlil natijalaridan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, O'zbekistonda bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirish maqsadida uning yangi shakli, tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati - bojxona auditini yanada takomillashtirishda:

Birinchidan, xalqaro standartlarni uyg'unlashtirish, ya'ni JBTning bojxona auditi amalga oshirish bo'yicha tavsiyasiga ko'ra, bojxona auditini amalga oshirishda 6 ta bosqich keltirib o'tilgan, ushbu bosqichlardan 2-bosqich "Auditni rejalashtirish" Yuqoridagi maqsadlarimizni rejasi bo'lganidek, 2021-yil 25-fevraldagi "Bojxona auditini o'tkazish tartibi to'g'risida"gi Nizomga "Auditni rejalashtirish"ni kiritish;

Ikkinchidan, bojxona auditi TIF ishtirokchilariga nisbatan ham nazorat, ham rag'batlantirish bo'lganligi sababli, bojxona auditini o'tkazish yakunida dalolatnoma emas, monitoring va tahlil hisobotini joriy

qilish;

May, 2022

Uchinchidan, bojxona auditining shaffofligini ta'minlash maqsadida, bojxona auditi yakuni bo'yicha dalolatnomani faqat Boshqarma boshlig'iga emas, TIF ishtirokchisiga ham taqdim etish;

To'rtinchidan, bojxona organlarining asosiy vazifalaridan biri import va eksportda bojxona rasmiylashtiruvini muntazam soddalashtirib borish orqali jarayonlarni tezlashtirish va nazorat talablarini qisqartirish ekanligidan kelib chiqib, bojxona auditini yuqori saviyada amalga oshirish va faoliyatda yuqori samaradorlikni ta'minlashga olib keladi.

Bular esa, hozirgi O'zbekiston bojxona tizimi oldidagi uni takomillashtirish bo'yicha davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri ekanligini anglatmoqda. Zero, mamlakatda tadbirkorlarga qulayliklar yaratish (bojxona nazoratidan o'tkazish va rasmiylashtiruv jarayonlariga sarflanadigan vaqt va mablag'larning tejalishiga erishish) va davlat byudjetiga tushadigan daromadlarni ko'paytirish maqsadida tizimda bojxona auditi mexanizmini bilvosita qo'llash orqali amalga oshiriladi.

Fikrimizcha, bojxona auditining haqqoniy va adolatli o'tkazilishi uni amalga oshiruvchi sub'ektlarning zukkoligi, yuqori bilim, malaka va ko'nikmaga ega bo'lishi, kasbiy mahorat va ilg'or tajribalarning qo'llanishiga bevosita bog'liq hamda tizimda tadbirkorlik sub'ektlariga yaqin istiqbolda qo'shimcha bojxona xizmatlarini ko'rsatuvchi tashkil etiladigan yangi tarkibiy tuzilmada yangi ish o'rinlarining yaratilishiga olib keladi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining yangi tahririni amaliyotga joriy etishda mamlakatimiz bilan ikki va ko'p tomonlama imzolangan xalqaro normativ (bitim va konvensiya)lar talablaridan kelib chiqib, o'ziga xos sodda va barchaga tushunarli bo'lgan, uyg'unlashgan tamoyillar asosida milliy qonunosti hujjatlariga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish, Davlat bojxona qo'mitasi tarkibida bojxona auditi xizmatini tashkil etish va uning shtat birliklarini shakllantirishda tizimda ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan, moliyaviy-statistik (SWOT) tahlilni amalga oshirish qobiliyati hamda yuqori iqtisodiy va huquqiy bilim, malaka va ko'nikmaga ega xodimlarni jamlash, ular yordamida auditning xalqaro standartlaridan foydalanib bojxona auditi standartlarini ishlab chiqish va amalda tadbiq etish maqsadga muvofiq.

Xulosa qilganda, tizim amaliyotida bojxona auditini qo'llash mamlakatda tashqi savdo operatsiyalari tezlashishiga, TIF sub'ektlarini bojxona qonunchiligini buzmaslikka o'rgatish bilan bog'liq profilaktik chora-tadbirlarni ko'rish orqali davlat byudjeti daromadiga yanada ko'proq mablag'

tushishiga, TIF sub'ektlarining tashqi savdo faoliyatidagi bojxona

May, 2022

rasmiylashtiruvi jarayonida ortiqcha vaqt sarflamasligiga hamda ortiqcha xarajatlarni kamaytirishga, sof foydani oshirishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Bojxona ma'muriyatchiligini takomillashtirish va O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2018 yil 24 noyabrdagi PF-5582-son Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Bojxona ma'muriyatchiligini isloh etish va O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to'g'risida"gi 2020-yil 5-iyundagi PF-6005-son Farmoni.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari" tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo'nalishdan iborat 2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi 2022-yil 28-yanvardagi

PF-60-son Farmoni.

May, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.