Научная статья на тему 'BODOM ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KIMYOVIY VOSITALARNI QOʻLLASH SAMARADORLIGI'

BODOM ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KIMYOVIY VOSITALARNI QOʻLLASH SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

239
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bodom / bitlar / kanalar / ko„chat ildiz qurti / bodom mevaxo„ri / zararkunanda / so„ruvchi / konfidor / yoksorrun / ximidor / Almonds / lice / mites / seedling rootworm / almond fruit eater / pest / sucker / confidor / yoxorrun / chymidor

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — Sunnat Javliyev

Ushbu maqolada bodom zararkunandalariga qarshi kurashish bo„yicha kimyoviy himoya qilish tizimlari bo„yicha chora tadbirlar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article describes the actions of chemical protection systems to control almond pests.

Текст научной работы на тему «BODOM ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KIMYOVIY VOSITALARNI QOʻLLASH SAMARADORLIGI»

BODOM ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KIMYOVIY VOSITALARNI QO'LLASH SAMARADORLIGI

Sunnat Javliyev

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti Agrobiotexnologiyalar va

oziq-ovqat xavfsizligi instituti magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bodom zararkunandalariga qarshi kurashish bo'yicha kimyoviy himoya qilish tizimlari bo'yicha chora tadbirlar bayon qilingan.

Kalit so'zlar. Bodom, bitlar, kanalar, ko'chat ildiz qurti, bodom mevaxo'ri, zararkunanda, so'ruvchi, konfidor, yoksorrun, ximidor.

ABSTRACT

This article describes the actions of chemical protection systems to control almond pests.

Keywords: Almonds, lice, mites, seedling rootworm, almond fruit eater, pest, sucker, confidor, yoxorrun, chymidor.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 yanvardagi PQ-4575-son «O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlardagi vazifalar bodomchilik tarmog'ini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bodom (Amygdalus communis L.) dunyoning o'ta qimmatli o'simliklaridan biri hisoblanadi. Uning har bir qismi xo'jalik ahamiyatiga ega.Bizga ma'lumki, qishloq xo'jaligi ekinlariga zararli organizmlar, ya'ni zararkunanda, kassallik va begona o'tlar katta zarar yetkazib, ularni sifatini va miqdorini keskin pasaytirmoqda. BMTning dunyo miqyosidagi ma'lumotlariga ko'ra har yili qishloq xo'jaligida yetishtirilgan mahsulotlarning 30% dan yuqorisi, rivojlanmagan davlatlarda 50% yetishtirilgan mahsulot zararli organizmlar tomonidan nobud bo'lmoqda.

Bundan ko'rinib turibdiki, o'simliklarni himoya qilish qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun qishloq xo'jaligida barcha agrotexnika va agrokimyo chora-tadbirlarini ilm-fan tavsiyanomalariga va ilg'or tajribalar ga muvofiq

October 5-6

587

o'tkazish, begona o'tlarga, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash choralarini joriy qilish muammolarini yechishda mutlaqo yangicha yondoshuv bo'lishi kerakligini taqozo qiladi.

Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko'paytirish va sifatini yaxshilashda o'simliklarni zararkunandalar, kasalliklar va begona o'tlardan himoya qilish muhim o'rinni egallaydi. Bodom hosilini zararli organizmlar bilan zararlanishini oldini olish uchun zararkunanda, kasallik va begona o'tlarga qarshi uyg'unlashgan kurash usullarini qo'llash lozim. Bodom bog'larida uchraydigan asosiy zararkunandalar kanalar, bitlar, bodom mevaxo'ri (Myzuspersicae L.), ko'chat ildiz qurti (Capnodis tenebrionis L). uchraydi. Bu zararkunandalar bodom daraxtini o'sishi, rivojlanishiga va xosil sifatiga va xosildorlikka jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Bu zararkunandalarga qarshi kimyoviy kurash choralarini qo'llagan xolda yuqori xosil olish va sifatli meva yetishtirish muhim masalalardan biridir.

Ilmiy ishning maqsadi: Bodom zararkunandalarining (so'ruvchi, kanalar, bitlar) tarqalish areali, bioekologik rivojlanish xususiyatlarini o'rganish asosida, yangi zamonaviy pestisidlar(Konfidor, 20% k.e. Yoksorrun, 5% k.e. Ximidor, 60 % k.e.) ni sinab ko'rish.

Ilmiy ishning vazifalari:

bodom zararkunandalari(so'ruvchi, kanalar, bitlar) ning tarqalish arealini o'rganish;

bodom zararkunandalari(so'ruvchi, kanalar, bitlar) ning bioekologik rivojlanish xususiyatlarini o'rganish va zarar keltirish darajasini aniqlash.

bodom zararkunandalari (so'ruvchi, kanalar, bitlar) sonini kamaytirishda zamonaviy kimyoviy preparatlarning ta'sirini aniqlash;

bodom daraxtini zararkunandalardan (so'ruvchi, kanalar, bitlar) himoya qilish uchun qo'llanilgan yangi zamonaviy insektetsidlar va akarasidlarning biologik, va iqtisodiy samaradorligini aniqlash;

Tadqiqotning ob'yekti sifatida bodom daraxtining zararkunandalari (so'ruvchi, kanalar, bitlar) va zamonaviy insektesid va akarasidlar olinadi.

Tadqiqotning predmeti bodom bog'larini zararkunandalar(so'ruvchi, kanalar, bitlar) dan himoya qilishda ilmiy asoslangan kimyoviy usullar.

Tadqiqotning usullari. Tadqiqotlar umumiy entomologiya hamda qishloq xo'jalik entomologiyasida keng foydalaniladigan usul va uslublar yordamida bajariladi. Entomologik hisoblar va kuzatuvlarni G.Ya.Bey-Biyenko, L.A.Kopaneva aniqlagichlari yordamida;

zararkunandalarning zichligi, uchrashi, dominantlarini aniqlashda

October 5-6

K.Fasulati uslublari; Hasharotlarning zararlilik darajasi V.I.Tanskiy uslubi bo'yicha aniqlanadi. Agrotoksikologik tajribalarni K.A.Gar, Sh.T.Xo'jayev uslubiga muvofiq o'tkaziladi. Dala va laboratoriya tajribalarida biologik samaradorlikni hisoblash nazorat variantini inobatga oladigan W.S.Abbot formulasiga muvofiq aniqlanadi. Olingan natijalarga V.I. Terexov, S.P. Afonin va B.A.Dospexov uslublari yordamida matematik va statistik ishlov beriladi.

Alohida holatlarda "o'rtacha xatolikni" hisobga oluvchi kasriy usul qo'llaniladi. Variantlar orasidagi eng kichik farq O'simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot institutining "Monitoring va axborot texnologiyalarini qo'llash" bo'limida yaratilgan kompyuter dasturi yordamida aniqlanadi. Qo'llanilgan usullarning iqtisodiy samaradorligi A.F.Chenkin uslubi asosida hisoblanadi.

Bodom bog'larida o'rgimchakkanalarning soni iqtisodiy zarar keltiradigan darajadan past bo'lmasligi kerak (1 bargda 3-4 kana). Bog'larda uchraydigan o'simlik bitlarini soni iqtisodiy zarar keltiradigan darajadan past bo'lmasligi kerak (bitta daraxt sonidan to'rt tomonidan bittadan umumiy to'rtta shoxdan 15 sm uchgi qismidan o'simlik bitlarini sanash bilan aniqlaymiz.). Tajriba qo'yilayotgan joydagi kanalar populyasiyasi andoza preparatga nisbatan chidamli bo'lmasligi; andoza preparat kimyoviy tarkibi va tasir etish holati bo'yicha sinalayotgan preparatga yaqin bo'lishi kerak.

Tajriba variantlarining dalada joylashtirish sxemasi.

I-qaytariq II-qaytariq

Nazorat (ishlovsiz) Ximidor

Konfidor Yoksorrun

Yoksorrun Konfidor

Ximidor Nazorat (ishlovsiz)

Nazorat (ishlovsiz) Ximidor

Konfidor Yoksorrun

Yoksorrun Konfidor

Ximidor Nazorat (ishlovsiz)

III-qaytariq IV-qaytariq

Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Bodom zararkunandalari(so'ruvchi, kanalar, bitlar) ning bioekologik xususiyatlari va zarar keltirish darajasi aniqlanadi;

aniqlangan har bir zararkunandaning zarari va uning bog'likligini o'rganish asosida iqtisodiy zarar beradigan miqdor me'zoni aniqlanadi;

October 5-6

589

zararkunandalarga qarshi sinaladigangan zamonaviy va samarali pestisidlaming samaradorligi aniqlanib amaliy joriy etiladi;

kimyoviy himoya tadbirlarining biologik va iqtisodiy samaradorligi baholandi; xasharotlarning mavsumiy rivojlanish qonuniyatlari va tarqalishi taxlil qilinadi. Amaliyotga joriy qilinishi. Bodom daraxti zararkunandalariga (so'ruvchi, kanalar, bitlar) qarshi qo'llaniladigan Konfidor, 20% k.e. Yoksorrun, 5% k.e. Ximidor, 60 % k.e. larning qo'llash muddatlari, yuqori samara beruvchi sarf meyori aniqlanib amaliyotga tadbiq qilinadi.

REFERENCES

1. Sh.M.Mirziyoyev. "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar Strategiyasi to'g'risida"PF-4947-son Farmoni.-Toshkent, 2017 yil 7 fevral. 2.Sh.M.Mirziyoyev. "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4575-son Qarori.-Toshkent. 2020 yil 28 yanvar.

3. Xo'jayev SH.T. "O'simliklarni zararkunandalardan uyg'unlashgan himoya qilish hamda agrotoksikologiya asoslari".Navruz nashriyoti-Toshkent-:2003.

4. Aliyev SH.K., Niyazov.T.B "O'simliklarni ximoya qilish"-2017.

5. Murodov S.A. "Umumiy entomologiya kurs". Toshkent-1982

6. Xo'jayev SH.T. Sulaymonov O.A. "Umumiy va qishloq xo'jalik entomologiyasi hamda uyg'unlashgan himoya qilish tizimining asoslari" Toshkent-2019

7. Sulaymonov B.A., Muxammadiyev B.Q., Nosirova Z.G.-"O'simliklarni himoya qilishda ilmiy tadqiqot ishlari"-O'quv qo'llanma-Toshkent-2019.

8. Shukurov.X., Mamaraximova N. Yirik shaftoli tana shirasining oldini olish. AGRO ILM 3 (27)-son, 2013. - 52 b.

9. Yuldasheva Sh., Mustafaqulov X., Muhammadiyev A. Farg'ona vodiysida yong'oq shiralarining tarqalishiga doir. // FarDU ilmiy xabarlar jurn. Ilova to'plam. -Farg'ona, 2001. -B. 56-58 b.

10. Yusupov A.X. Shukurov X.M. Bog'larni zararkunandalardan uygunlashgan himoyasining takomillashtirilgan tizimi. Tavsiyanoma. ToshDAU. - Toshkent. 2010. - B. 12-14.

® о

October 5-6) Republican Scientific and Practical Conference

©

О

590

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.