Научная статья на тему '“BOBURNOMA”DA KELTIRILGAN RELYEF BILAN BOGʻLIQ AYRIM ATAMA VA TUSHUNCHALARNING IZOHI'

“BOBURNOMA”DA KELTIRILGAN RELYEF BILAN BOGʻLIQ AYRIM ATAMA VA TUSHUNCHALARNING IZOHI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
53
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
dara / koʻtal / koʻhak / davon / dara / relʻef / togʻ / feruza / iqlim / geografik ob’yektlar / geografik jarayonlar / aholi / suv / tuproq. / dara / kotal / kohak / davan / relief / mountain / turquoise / climate / geographical objects / geographical processes / population / water / soil / climate.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Abdug‘aniyev O. I.

“Boburnoma” ilmiy asar sifatida oʻzida geografiya faniga doir ulkan ilmiy merosni jamlangan. Maqolada Zahriddin Muhammad Boburning ilmiy merosining geografik jihatlarini, asosan oronimlarni tahlil qilishga etibor qaratilgan. “Boburnoma”da keng qamrovli geografik maʼlumotlar keltirilgan boʻlib, Oʻrta Osiyo, Afgʻoniston va Hindiston hududlari tabiatining muhim jihatlarini ochib berilgan. Шунингдек, Zahriddin Muhammad Boburning ilmiy merosining geografik jihatlari talqin qilingan va “Boburnoma”da keltirilgan ayrim oronimlarning tahlili hamda xususiyatlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EXPLANATION OF SOME TERMS AND CONCEPTS RELATED TO THE RELIEF GIVEN IN "BOBURNOMA"

"Boburnoma" as a scientific work contains a huge scientific heritage related to geographical science. The article is devoted to the analysis of the geographical aspects of the scientific heritage of Zakhriddin Muhammad Babur, mainly focused on the analysis of oronyms. "Boburnoma" contains comprehensive geographical information and reveals important aspects of the nature of the regions of Central Asia, Afghanistan and India. Also, the geographical aspects of the scientific heritage of Zakhriddin Muhammad Babur are interpreted, and the analysis and characteristics of some oronoma mentioned in "Boburnoma" are presented.

Текст научной работы на тему «“BOBURNOMA”DA KELTIRILGAN RELYEF BILAN BOGʻLIQ AYRIM ATAMA VA TUSHUNCHALARNING IZOHI»

ОСНОВНОЙ РАЗДЕЛ

Abdug'aniyev O.I. geografiya kafedrasi dotsenti

FarDU Nazaraliyeya O. I.

FarDU geografiya yo'nalishi talabasi

"BOBURNOMA"DA KELTIRILGAN RELYEF BILAN BOG'LIQ AYRIM ATAMA VA TUSHUNCHALARNING IZOHI

Annotatsiya: "Boburnoma " ilmiy asar sifatida o 'zida geografiya faniga doir ulkan ilmiy merosni jamlangan. Maqolada Zahriddin Muhammad Boburning ilmiy merosining geografik jihatlarini, asosan oronimlarni tahlil qilishga etibor qaratilgan. "Boburnoma'da keng qamrovli geografik ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, O'rta Osiyo, Afg'oniston va Hindiston hududlari tabiatining muhim jihatlarini ochib berilgan. ^yHU^öeK, Zahriddin Muhammad Boburning ilmiy merosining geografik jihatlari talqin qilingan va "Boburnoma "da keltirilgan ayrim oronimlarning tahlili hamda xususiyatlari keltirilgan.

Kalit soizlar: dara, ko'tal, ko'hak, davon, dara, rel'ef, tog', feruza, iqlim, geografik ob 'yektlar, geografik jarayonlar, aholi, suv, tuproq.

EXPLANATION OF SOME TERMS AND CONCEPTS RELATED TO THE RELIEF GIVEN IN "BOBURNOMA"

Abstract: "Boburnoma" as a scientific work contains a huge scientific heritage related to geographical science. The article is devoted to the analysis of the geographical aspects of the scientific heritage of Zakhriddin Muhammad Babur, mainly focused on the analysis of oronyms. "Boburnoma" contains comprehensive geographical information and reveals important aspects of the nature of the regions of Central Asia, Afghanistan and India. Also, the geographical aspects of the scientific heritage of Zakhriddin Muhammad Babur are interpreted, and the analysis and characteristics of some oronoma mentioned in "Boburnoma" are presented.

Keywords: dara, kotal, kohak, davan, relief, mountain, turquoise, climate, geographical objects, geographical processes, population, water, soil, climate.

"Boburnoma" asarida shunchalik ko'p geografik obyektlar va hududlarning mukammal tavsifi keltiralgani, bularning hamasi Z.M.Boburning hududlar to'g'risida chuqur geografik bilimga ega bo'lganini isbot qiladi. Z.M.Bobur geografik nomlarni mumkin qadar aslida qanday bo'lsa, shunday berishga harakat qiladi va ularni muhim xususiyatlarini tavsiflab o'tadi. "Boburnoma" asarida keltirilgan geografik obyektlar jumladan, tog'lar, daryolar, hayvonlar, qushlar,

o'simliklar haqida shu qadar mohirlik bilan yozilganki, hozirgacha ular o'zining ilmiy qimatini yo'qotmagan. Ayniqsa, "Boburnoma"da qayd etilgan toponimlar tarkibida qiziqarli relyef shakllari va noyob geologik obyektlar to'g'risida qiziqarli ma'lumotlar beruvchi oronimlar alohida o'rinni egallaydi.

Z.M.Bobur "Boburnoma"da keltirilgan oronimlar tarkibida tog', dara, kutal, turli toshlar va foydali qazilmalarga oid muhim ma'lumotlarni keltirib o'tilgan. Maslan, ko'tal/kutal - tog'lardan oshib utgan yo'l, pastroq dovon bo'lib, "Bobirnoma"da joy nomlari tarkibida uchraydi. Asarda Anbaxor kutali, Gunbazak kutali, Kutali Zarrin, Sangdoki kutali, Karokuba kutali kabi oronimlar keltirilgan. O'zbekistonda O'zbekkutal, Qozoqko'tal kabi oronimlarni uchratamiz.

"Boburnoma"da turli kattalikdagi tepaliklarni "ko'hak" deb nomlangan. Maslan, "Ko'hak (Zarafshon daryosi) shimolidan oqadi, u Samarqanddan ikki kuro'h (4 ming qadamga teng uzunlik o'lchovi) keladi. Bu suv bilan Samarqand orasida bir tepalik bor, uni Ko'hak (kichik tog) deydilar. Bu daryo Ko'hakning tubidan oqqani uchun Ko'hak suvi deydilar" [5, 55-b.]. Ko'hak (fors. kichik tog') Zarafshon tizmasidagi kichik tog', tepalik bo'lib, Samarqand shahri yaqinidagi hozirgi Cho'ponota tepaligining qadimgi nomi. Dastlab Yoqut Hamaviy, Istaxriy, Ibn Havqal asarlarida Jabali Ko'hak ("Ko'hak tog'i") nomi bilan tilga olingan. Ko'hak etagidan oqib o'tgan Zarafshon daryosi ham o'rta asrlarda shu tepalik nomi bilan Ko'hak daryosi deb atalgan. Z.M.Bobur tog' etagini "tog' domanasi" yoki "ko'h domanasi" deb atagan. qulla-cho'qqi, "tog' qullasi"-tog' cho'qqisi demakdir. Pushta-atrofga nisbatan ko'tarilib turgan yer, tepa, balandlik, qir; tuz yer-tepa yer, tup-tuz yer tep-tekis yer, Ko'hak-kichik tog'.

Dovon -"tog'larning oshib o'tish oson bo'lgan joyi", ko'tal, dobon, band deb ham ishlatilgan. Dovonlarni qor bosib qolishini yo'llar bog'lanur deb atagan. "...Gurbon tumanida... ko'tallarni band derlar. Gur sari bu ko'tal bila borilur, g'olibo ul j ihatdin Gurband deb turarlar..." Bu Boburning mohir toponimist ekanligiga yana bir misoldir. Yana tangi-dara, tog' oralig'idagi yo'l, chuqur daryo vodiysi; tangi o'rnida dara ham ishlatilgan. Jar-yumshoq jinslarning o'yilib ketishi natijasida hosil bo'lgan chuqurlik. Kamar-tog' yoki tepalik yonbag'rida yoysimon o'yilgan chuqurlik bo'lib, bu daryo yoki soyliklarning quruq o'zani bo'lishi ham mumkin.

"Boburnoma"da Farg'onadan Hindistonga qadar hududlar to'g'risida, xususan tog'lar va tog'li o'lkalar, ularning tabiati, foydali qazilmalari, o'simlik va hayvonot dunyosi, ahalisi haqida qimmatli ma'lumotlarni keltirib o'tgan. Z.M.Bobur tomonidan tog'larning muhim hususiyatlariga mukammal ta'rif berilganligini ushbu satrlardan ko'rish mumkin: "Ko'hi Safid Ningnahorning janubida yastangan bo'lib, Bangash bilan Ningnahor ushbu toqqa tutashadi. Otliqqa yo'l yo'qdir. Bu tog'dan to'qqiz soy chiqadi. Tog'da qor hargiz kamaymaydi. Shu boisdan bo'lsa kerak, Ko'hi Safid — Oq tog' deydilar. Quyi o'tloqqa hech qor tushmaydi. Oraliq masofa yarim kunlik yo'ldir. Bu tog' etagida yaxshi havoli yerlyar bor. Suvlari sovuq, muzga hech ehtiyoj bulmaydi" [5, 108-b.]. Bu tavsifga ko'ra Afg'onistondagi Ko'hi Safid tog'ining o'ziga xos relyef shakllariga egaligi, yozda ham iqlimi salqinligi, tog'larda glyatsial-nival mintaqaning mavjudligi va unga mos holda gidrografik tarmoqlar rivojlanganligi bilishimiz mumkin.

Shuningdek, Xo'jand yaqinida joylashgan tog' xususida shunday deb yozadi:, " . .daryoning shimol tarafida bir tog' tushubtur, Munugip otliq, derlarkim, bu tog'da firuza koni va ba'zi konlar topilur" [5, 62-b.].

"Boburnoma"da quyidagi tog' nomlari keltirilgan: Olatog', Capetog', Olg'tog'i, Mehtar Sulaymon tog'i, Murg'on tog'i, Shovdor tog'i, Shunqorxona tog'i, Kirmosh tog'i, Xoja Ismoil tog'i singarilar. Ba'zan bu xil nomlar tarkibida "tog'" ma'nosini ifodalovchi tojikcha "kux" so'zi katnashgan oronimlar uchraydi. Kuh - (ko'x, xox), Tojikiston, Shimoliy Kavkaz, Eron, Afg'onistondagi tog', cho'qqi, tizma, tog'li mintaqaning mahalliy nomi bo'lib, geografik nomlarga kiritilgan. Masalan, Anbarkuh, Barokux, Domankuh, Kuxi Jud, Kuxi Safid, Kuxisof, Kuxpor, Adayxo'x tog'i va boshqalar.

Z.M.Bobur Farg'ona vodiysi tabiati, ayniqsa, tog'lardagi davonlar va ularning xusuiyatlari to'g'risida batafsil ma'lumotlarga ega bo'lgan. Masalan, Shayboniyxondan yengilgach So'x hududi va Hushyor tog'lariga kelib o'rnashadi. Bunday yo'l tutishi So'x ayniqsa, Hushyor dushmandan himoyalanishda muhim strategik ahamiyatga ega bo'lgan. Bu borada geograf olim X.Hasanov Z.M.Boburning bunday yo'l tutishini quyidagicha izohlagan: "Z.M.Bobur Samarqand-Qarshi orqali Hisorga yurishi mumkin bo'lmagan, chunki Shayboniyxon yo'lini to'sib qo'ygan. Samarkand-Zarafshon vodiysi orqali yurishi ham xavfli bo'lgan. Bu yerlarda Shayboniyxon tarafdorlari hukmronlik qilgan. Mirzo Bobur Farg'ona vodiysidan oxirgi marta ketganida baland tog'lar (Olay va Qorategin)dan oshib, Mastchoh qishlog'idan Garm va Obigarm orqali Hisor vodiysiga tushgan bo'lishi mumkin" [8, 15-b.].

Mirzo Bobur Shayboniyxondan Arxiyon yaqinidagi mag'lubiyatga uchragandan so'ng Mirzo Bobur Farg'ona vodiysidan chiqib ketish uchun havfsiz yo'l faqat So'x tomon orqaligina yo'l qolgan edi. Qo'qon xonligiga 1871-yilda tashrif buyurgan rus olimi A.P.Fedchenko ham So'xda bo'lib, bu hududlar har tomonlama xavf-xatardan xoli joy ekanligini aytib o'tgan [4, 160 bet]. X.Hasanov va A.P.Fedchenkolar tomonidan keltirilgan ma'lumotlarga ko'ri Mirzo Bobur So'x hududini yashash uchun bejizga tanlamagan. So'xning yuqori qismi va Hushyor qishlog'i dushman ta'qibidan saqlanish va himoyalanish uchun juda qulay joy hisoblangan.

Z.M.Bobur biron bir kichikroq binolarni qurilish (hujra) uchun ham joyning xususiyatlarini inobatga olgan. Masalan, "O'shning fazilati haqida ko'p ovozalar bor. Qo'rg'onining sharqi janubida bir ko'rkam tog' qad rostlagan, Baroko'h deb nomlanadi. Bu tog'ning cho'qqisida Sulton Mahmudxon bir hujra solgan. U hujradan quyiroqda, ushbu tog'ning tumshug'ida to'q qiz yuz ikkinchi yili (1497) men bir ayvonli hujra soldirdim. Garchi u hujra yuksakroqda bo'lsa-da, bu hujra ham ko'p yaxshi joyda qad ko'targan: butun shahar va mahallalar shundaygina ko'rinib turadi" [5, 29-b.].

"Boburnomada" daralar haqida ham batafsil ma'lumotlar keltirilgan. Asarda Darai Boy, Darai Bot, Darai Gaz, Darai Zang, Darai Zindon, Darai Hyp, Darai Suf, Darai Xush, Kamrud darasi, Pashgroi darasi, Puromin darasi, Tutumdara, Obdara kabi tor va chuqur, tik yon bag'irli vodiylar to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Dara

— ko'upincha tog'li xududlarda qattiq tub jinslarni daryo yuvishi natijasida hosil bo'ladigan tor va chuqur, tik yon bag'irli vodiy. Uning yon devorlari uzoq muddatgacha tik holatda bo'ladi. Vodiy eniga sekin o'sadi va odatda, chuqurligi enidan ortib boradi. Dara ba'zan yer yuzasi yorilganda tektonik yo'l bilan ham vujudga keladi. Kanyon va darbandan farqli ravishda tubi qisman daryo o'zani bilan band bo'ladi. O'zbekistonning turli hududlarida daralar vodiy, soy, soylik, tangi deb ham yuritiladi.

"Boburnomada" daralarga quyidagicha tavsif berilgan: "Darayi Xushning joylashishi g'alati: daraning yarim kuro'hcha keladigan ogzida tog'lar toraytirgan dara tushgan. Yo'l tog'ning kamaridadir. Yo'ldan quyi ham ellik - oltmish qari tik qoyalar joylashgan. Yo'lning yuqorisida yana o'ta noqulay yo'l bor. Otliqlar bitta-bittalab o'tadi." [5, 126-b.]. "G'arb tarafidagi Darayi Zindon (Zindondara), Darayi So'f, Gurzivon va G'arjiston tog'lari bir-biriga o'xshash tog'lardir. O'tlog'i aksar sayxonliklarida bo'ladi. U tog'lardagidek tog' va qirida bir xil o't o'smaydi. Unday qalin daraxtlari va archasi ham yo'qdir" [5, 114-b.].

"Boburnomada" turli tuman qimmatbaho va she'riy bitiklari tushirilgan hamda tabiatning noyob yaratmalari bo'lgan toshlar haqida ham ma'lumotlar keltirilgan. Maslan, 1501-yili Z,M.Bobur Samarqandni tashlab chiqqach, Mastchoh qishlog'i hududiga kelib joylashadi va qayroqtoshga she'riy misralarni o'yib yozdirgan edi. Mazkur qayroqtosh 1953-yilda Ahror Muxtorov tomonidan mahalliy aholining yordamida izlab topilgan. Toshning hajmi 51x45x16 sm bo'lib, silliqlangan yuzasi 20x30 sm ni tashkil qilgan. Toshda Bobur Mirzo tarafidan o'yib yozdirilgan she'r va uning tagida "xatni yozdi Bobur, xijriy 917" degan yozuv ham tushirilgan edi. Hozirda esa mazkur tosh Tojikiston Davlat Arxeologiya muzeyida saqlanmokda. Taniqli olim S.Korayev tomonidan keltirishilgan ma'lumotlarda, Mastchoning Ovchi va Yangiariq qishloqlari orasidagi darada "Boburxon taxti" degan katta yassi tosh ham bor. Rivoyatga ko'ra, Bobur Mirzo shu yerda to'xtab o'tayotganida ana shu toshda o'tirib dam olgan ekan.

"Boburnoma"da "Sangi oyna"ga quyidagicha tavsif berilgan: "...Isfaraning bir narida janub sori pushtalarning orasida bir parcha tosh tushubdur, «sangi oyna" derlar, uzunlig'i taxminan o'n kari bo'lg'ay, balandlig'i, ba'zi yeri kishi bo'yi, pastlig'i ba'zi yeri kishining beliga bo'lg'ay, oynadek har nima mungakis bo'lur». Oynatosh paleozoy davrining kremniyli slaneslaridan tuzilgan bo'lib, uzunligi 18 metr bo'lib, eni 2 metrga teng. Qiyaligi 38—48° bo'lgan, janubga qaragan yaxlit tosh. Toshning yuzasi oynasimon, tekis bo'lganligidan unda barcha predmetlarning aksi aniq ko'rinadi. Oynatosh tektonik uzilmaning yuzasida hosil bo'lgan. Uning yuzasidagi "chandiqlar" uzilma yuzasida bo'lgan siljishlarning guvohidir.

Bugungi kunda, So'x daryosi atrofida joylashgan Surati mavzesida, tog' tepasidagi "Sangi oyna" ziyoratgohi joylashgan. Lekin, ba'zi manbalarda "Sangi oyna" Qirg'iziston Respublikasi O'sh viloyati Botkent tumanidagi Qorabog' qishlog'idan 800 m chamasi janubi-sharqda, Turkiston tizmasining shimoliy yon bag'rida joylashganligi qayd qilingan. Zahiriddin Muxammad Bobur mamlakatni, o'lkani, undagi shaharlarning geografik joylashuvini, iqlimini, relyefini, tog', daryo, o'simlik va hayvonot dunyosini batafsil bilgan. Z.M.Boburning buyuk merosini

o'rganish shuning uchun ham zarurki, "Boburnoma" o'zbek tilida yozilgan dastlabki tabiiy va tarixiy geografik ilmiy asarlarning eng yirigidir. H.Hasanov ta'biri bilan aytganda "Bobur Farg'ona va Samarqand, Afg'oniston va Hindiston geografiyasini o'zbek tilida birinchi bo'lib tasvirlagan olim, desak xato bo'lmas"[7; 8, 60-b.].

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. -T.: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti. 2002. I-tom, -736 b.

2. Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi. -T.: -Sharq. 2014. -665 b.

3. Qudratullayev H. Bobur armoni. -T.: -Sharq nashriyoti, 2009.

4. Jalilov S. Boburva Andijon. -T.: - O'zbekiston nashriyoti, 1993. -102 b.

5. Bobur Zahiriddin Muhammad. Boburnoma. Z.M.Bobur; O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi; Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi; Xalqaro Bobur fondi. -T: "O'qituvchi" NMIU, 2017. -368 b.

6. Hasanov H. Sayyoh olimlar. - Toshkent: "O'zbekiston", 1981, -b. 183-206.

7. Hasanov X. Bobir sayyoh va tabiatshunos.- T.: O'zbekiston, 1983.

8. Abdug'aniyev O.I. "Boburnoma"da keltirilgan ayrim oronimlarning tavsifi va tahlili. «Захириддин Мухаммад Бабур и мировая география: эпохи открытий и направления развития» материалы Международной научно-практической конференции (Фергана, 18-19 октябрь 2024 года). - Фергана, 2024. -139-142 с.

9. Otaqulov P.S., Ro'zimatov D.N. Zahiriddin Muhammad Boburning toponimikaga qo'shgan hissasi. «Захириддин Мухаммад Бабур и мировая география: эпохи открытий и направления развития» материалы Международной научно-практической конференции (Фергана, 18-19 октябрь 2024 года). - Фергана, 2024. -142-145 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.