Научная статья на тему 'BO’LAJAK TIBBIYOT HAMSHIRALARIDA KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK OMILLARI'

BO’LAJAK TIBBIYOT HAMSHIRALARIDA KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

196
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ijtimoiy salohiyat / kasbiy kompetentlik / kasbiy mahorat / kasbiy holat / emotsionallik / ijtimoiy moslashuvchanlik / tibbiy etika. / Социальный потенциал / профессиональная компетентность / профессиональное мастерство / профессиональный статус / эмоциональность / социальная адаптивность / медицинская этика.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tolibjon Toyirovich Odinayev

Ushbu maqolada tibbiyot hamshiralari tomonidan ijtimoiy salohiyati, kasbiy mahorati, kasbiy kompetentligi, raqobatga bardoshli, mehnat bozorida mutaxassislar malakasiga qo‘yilayotgan talablar darajasida samarali faoliyat yurituvchi tibbiyot hamshirasi shaxsini shakllantirishning nazariy asoslari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье раскрыты теоретические основы формирования социального потенциала, профессиональных умений, профессиональных компонентов, устойчивых к конкуренции, эффективного функционирования медицинской сестры на уровне требований к квалификации специалистов на рынке труда.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK TIBBIYOT HAMSHIRALARIDA KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK OMILLARI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

BO'LAJAK TIBBIYOT HAMSHIRALARIDA KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK OMILLARI

Ushbu maqolada tibbiyot hamshiralari tomonidan ijtimoiy salohiyati, kasbiy mahorati, kasbiy kompetentligi, raqobatga bardoshli, mehnat bozorida mutaxassislar malakasiga qo'yilayotgan talablar darajasida samarali faoliyat yurituvchi tibbiyot hamshirasi shaxsini shakllantirishning nazariy asoslari yoritilgan.

Kalit so'zlar: Ijtimoiy salohiyat, kasbiy kompetentlik, kasbiy mahorat, kasbiy holat, emotsionallik, ijtimoiy moslashuvchanlik, tibbiy etika.

В данной статье раскрыты теоретические основы формирования социального потенциала, профессиональных умений, профессиональных компонентов, устойчивых к конкуренции, эффективного функционирования медицинской сестры на уровне требований к квалификации специалистов на рынке труда.

Ключевые слова: Социальный потенциал, профессиональная компетентность, профессиональное мастерство, профессиональный статус, эмоциональность, социальная адаптивность, медицинская этика.

This article reveals the theoretical foundations of the formation of social potential, professional skills, professional components resistant to competition, effective functioning of a nurse at the level of qualification requirements for specialists in the labor market.

Keywords: Social potential, professional competence, professional skills, professional status, emotionality, social adaptability, medical ethics.

Tolibjon Toyirovich Odinayev

Buxoro innovatsion tibbiyot instituti yoshlar va tashkiliy ishlar bo'yicha prorektor t.toyirovich.mail @gmail .com

ANNOTASIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

O'zbekiston Respublikasi davlat rahbari va Vazirlar mahkamasi tomonidan oxirgi yillarda chiqarilayotgan bir qator qaror va farmonlarida tibbiyot hamshiralarning kasbiy kompetentligi, salohiyati, kasbiy mahorati juda yuqori darajada bo'lishi ko'rsatib o'tilgan. "Kompetentlik" tushunchasi hamshiraning ma'lumoti, ko'nikmasi, qobiliyati va tajribasini o'z ichiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, hamshiraning kasbiy faoliyatiga doir zarur bo'lgan bilim, ko'nikma, malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo'llay olishi tushuniladi. Shu jumladan sog'liqni saqlash sohasining rivojlanishi, eng avval ushbu jarayonni tashkil etuvchi, boshqaruvchi, nazorat qiluvchi tibbiyot xodimlarining dunyoqarashi va tafakkuridagi o'zgarishlarga ya'ni ularning kasbiy kompetentligiga bevosita bog'liqdir. Tibbiyot hamshiralarining kasbiy mahorati va kompetenligining o'zaro aloqadorlik masalasi bir qator pedagogik-psixologik adabiyotlarda ochib berilgan. Unda kasbiy mahoratni tug'ma xususiyatlar va fazilatlar bilan shartli belgilanmasligi ta'kidlangan.

Ayni paytda hamshiraning qobiliyati uning kasbiy bilimi va malakalari, boshqa bir tomondan kasbiy pozitsiyasi va psixologik sifatlar mutanosibligi bilan baholanishi mumkin. Bo'lajak hamshiralar kasbiy faoliyatining axloqiy asosida avvalo insoniylik va rahm-shafqat yotadi.

Bo'lajak hamshira kasbiy faoliyatidagi eng muhim vazifalar quyidagilardan iboradir:

- Iroda, jasorat, chidamlilik;

- bemorlarga har tomonlama yordam ko'rsatish va ularning azoblarini o'zining emotsionalligi bilan yengillashtirish;

- o'z bemoriga nisbatan insoniylik;

Tibbiyot axloq kodeksida bo'lajak hamshiraning kasbiy faoliyatiga doir aniq axloqiy ko'rsatmalar berilgan bo'lib, jamiyatdagi hamshiralik kasbining obro'sini oshirish va bo'lajak hamshiraning rivojlantirishiga katta yordam beradi. Tibbiyotning zamonaviy rivojlanishida hamshiralarga nafaqat ishda yuqori professionallik, balki bemorlar va hamkasblari bilan muloqotda befarqlik, ehtiyotkorlik va samimiyat talab qilinadi. Tibbiyotda bo'lajak hamshiralar kasbiy kompetentligining to'liq tuzilmasi motivatsion yo'naltiruvchi bo'g'in bo'lib, rivojlantiruvchi, tuzatuvchi, korreksion va kasbiy maslahat xarakteriga ega bo'lishlari kerak. Shu nuqtai nazardan bo'lajak hamshiralar ijtimoiy intelektini rivojlanish jarayonida, hamshiraga xos bo'lgan pedagogik va psixologik bilimlarni chuqur o'rganib kas1"' faoliyatida tadbiq etishi kerak.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

Bolajak hamshiraning kasbiy qobiliyati, salohiyati va etikasi haqida ingliz tibbiyot xodimi Florens Nightingale (1820-1910) 1857-yilda "Parvarish haqida xotiralar kitobi"da tibbiyot hamshiralarining kasbga aloqador etikasi, shifokorning sir saqlashi, bemorning hayoti va sog'lig'i uchun tibbiyot xodimi va hamshirasining javobgarligi, bo'lajak tibbiyot hamshiralarining o'zaro munosabati masalalari alohida o'rin tutishi haqida quyidagicha yozib qoldirgan edi:

"Bo'lajak tibbiyot hamshirasi o'zining olgan bilimlaridan qo'llab, tibbiy-ijtimoiy salohiyati va kasbiy kompetentligidan foydalanib bemorga katta e'tibor berishi, uning sog'lig'ini tiklash yoki azobini yengillatish uchun butun bilimini sarflashi, bemorga uning sog'lig'i haqidagi faqat foyda keltira oladigan ma'lumotlarni aytishi, bemorning hamshira bilan sirdosh bo'lishiga erishuvi zarurdir. Bemorning kasalligi haqida uning ishtirokida boshqa hamkasblari bilan so'zlashishi yaramaydi"

Amerikalik Virjiniya Xendorsan (1897-1997) tibbiyot sohasining rivojlanishiga o'z hissasini qo'shgan bo'lib, o'zining davrida hamshirani shifokorning assistenti yoki doimo bir xil vazifani bajaruvchi shaxs emas, balki hamshira mustaqil va erkin fikrlay oladigan mutaxassis bo'lishi, har bir bemorga parvarishlash jarayonida samimuy, iliq munosabatda bo'lish juda muhimligini ta'kidlagan.

Rossiya Federatsiyasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan bo'lajak rus hamshirasi uchun axloq kodeksi 1997 yilda Rossiya hamshiralari uyushmasining buyrug'i bilan ishlab chiqilgan bo'lib, tibbiy etikaning mazmunini va hamshiraning kasbiy qobiliyati, salohiyatini so'nggi ikki-uch, o'n yillikda aniqlagan yangi g'oyalarni hisobga olgan holda tuzilgan. Kodeks kengaytirilgan shaklda bemorning huquqlari haqidagi zamonaviy g'oyalarni aks ettirib, hamshiraning axloqiy burch formulalarini belgilaydi. Kodeksda bo'lajak hamshiraning kasbiy qobiliyati, kasbiy mahoratini oshirish uchun xususan, hamshiralarni mustaqil tadqiqot faoliyatiga jalb qilishni talab qilinadi. Kodeks zamonaviy tibbiyotning zamonaviy ilmiy va texnologik taraqqiyot bilan bog'liq bo'lgan xususiyatlarini aks ettiradi. Rossiya Federatsiyasida bo'lajak hamshira har doim Rossiya Federatsiyasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan professional faoliyat standartlariga rioya qilishi va bo'ysunishi kerak. Bo'lajak hamshiraning birinchi kasbiy vazifasi, maxsus bilim va ko'nikmalarni, ijtimoiy salohiyat, kasbiy kompetent, kasbiy mahorat, kasbiy holatlar, emotsionallik, ijtimoiy moslashuvchanlik, tibbiy etikani doimiy ravishda takomillashtirib ularning madaniy darajasini ko'tarishdir.

May 6

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

Bo'lajak hamshira bemorning axloqiy va qonuniy huquqlari bo'yicha malakali bo'lishi kerak. Bemorning yoshi yoki jinsidan, kasallikning tabiati, irqiy yoki milliy kelib chiqishi, diniy yoki siyosiy e'tiqodi, ijtimoiy yoki moddiy ahvoli yoki, boshqa farqlaridan qat'iy nazar ularga malakali tibbiy yordam ko'rsatishga doimo tayyor bo'lishi kerak.

Demak, rivojlanayotgan jamiyatimizda bo'lajak hamshira shaxsiga yuqori talablar qo'yilar ekan, unda psixologik yetuklik, kasbiy samaradorlik va ijtimoiy talabchanlikka erishishni ta'milovchi sotsial komponentlikni taqozo etadi. Har bir bo'lajak hamshira o'z ish vazifalarini bajarishda kasbiy mahoratida ba'zi qiyinchiliklarga duch kelishiga oldindan tayyorgarlik ko'rishi kerak. Mavjud majburiyatlarni muvaffaqiyatli bajarish uchun beriladigan topshirig'iga oldindan tayyorgarlik ko'rish kerak. Hamshiralar har doim tibbiy retseptlarga alohida hurmat bilan munosabatda bo'lishlari va bemorlarni davolash jarayonini diqqat bilan kuzatishlari kerak. Har qanday mojaroli vaziyatlarni oldindan oldini olish uchun kasbiy kompetentligidan foydalana olishi kerak, chunki hamshiralar bemorlar uchun psixolog va davolash jarayonining tashkilotchilaridir.

Hamsiralar eng muhimi, ta'lim muassasalarida ham, ish joyida ham olingan bilim va ko'nikmalari, ijtimoiy salohiyati, kasbiy mahorati, kasbiy holati, emotsionalligi, ijtimoiy moslashuvchanligi, tibbiy etika kabi kasbiy kompetentlik bilimlariga ega ekan, o'z yaqinlarining salomatlik holatidagi arzimagan o'zgarishlarga tezda javob qaytarishi va shu orqali turli kasalliklar rivojlanishining oldini olishga xizmat qilishlari kerak.

REFERENCES

1. Ozbekisto Respublikasi vazirlar mahkamasining 2021-yil 5 sentyabrdagi 578-sonli qaroridagi ilova "Hamshiralik ishi" faoliyatini amalga oshirish tog'risidagi nizomi.

2. Qodir Alimov, Manzura G'aniyeva. Pedatriyada hamshiralik ishi. G'afur G'ulom nomidagi nashriyot manbaa ijodiy uyi. Toshkent. 2007 yil .

3. D.I.Axmedova, R.N.Taxirova, O.S. Grunina, I.I. Grunina O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti Toshkent - 2017-yil. 6-10 betlar.

4. D.A.Sobirova. Social intelekt konsepsiyasining yaratilishi va nazariy asoslari. "Zamonaviy ta'lim", ilmiy-amaliy ommabop jurnali. Toshkent. 2019. №2. - B. 9-18 betlar.

5. D.A.Sobirova. Tibbiyot xodimlari social intelekti ko'rsatkichlari namoyon etilishining gender xususiyatlari.

May 6

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

"Zamonaviy ta'lim", ilmiy-amaliy ommabop jurnali. Toshkent. 2019. №4. - B. 30-

6. Bojenkina S. A. Madaniyat tarixidagi tibbiyot va pedagogikaning aloqasi. Xalqaro amaliy va fundamental tadqiqotlar jurnali. - 2016-yil. - № 4-1. - 60-62 betlar;

7. Akhmedova. M.T. Narmetova, Y.K. Nurmatova, I.T. Malikova. D.U.K. (2022). Communicative Competence Formation in Future Teachers Based on an Integrated Approach. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 9(4), 54-60 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.