O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy pedagogika va psixologiyaning dolzarb masalalari
BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA KREATIV KOMPETENTLIKNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
G'olib Ravshanovich Tulishov
O'zbekiston Milliy universiteti "Pedagogika va psixologiya kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqola o'qituvchilar kreativ kompetentligini takomillashtirish masalalariga bag'ishlanadi. Globallashuv sari borayotgan hozirgi dunyoda davlatning xalqaro raqobat jarayoni shartlariga tez moslashuvi uning muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosiy omili kreativ fikrlaydigan mutaxassislar guruhini shakllantirish va shaxsni rivojlantirish imkoniyatlarini bugungi va istiqboldagi barqaror iqtisodiy o'sishini ta'minlovchi omillar bilan bevosita bog'liqlikda qurishda namoyon bo'ladi.
Kalit so'zlar: kompetentlik, kreativlik, kasbiy mahorat, o'qituvchi, talim-tarbiya
АННОТАЦИЯ
Данная статья посвящена вопросам повышения творческой компетентности педагогов. В современном глобализованном мире быстрая адаптация государства к условиям процесса международной конкуренции, главный фактор его успешного и стабильного развития проявляется в формировании группы творчески мыслящих специалистов и построении возможностей развития личности в непосредственной связи с ними. с факторами, обеспечивающими стабильный экономический рост сегодня и в будущем.
Ключевые слова: компетентность, креативность, профессиональные навыки, педагог, образование
ABSTRACT
This article is devoted to the issues of improving the creative competence of teachers. In today's globalized world, rapid adaptation of the state to the conditions of the international competition process, the main factor of its successful and stable development is manifested in the formation of a group of creatively thinking specialists and the construction of personal development opportunities in direct connection with the factors that ensure stable economic growth today and in the future.
Keywords: competence, creativity, professional skills, teacher, education
Bugun dunyo oliy ta'lim tizimlarida kreativ kompetentlikni takomillashtirish tendentsiyalariga alohida ahamiyat berilishining sababini pedagog kadrlarning kasbiy ehtiyojlari va pedagogik mahoratini global jamiyatning zamonaviy rivojlanish darajasiga moslashtirish zarurati sifatida tushunish lozim. Ta'lim tizimlarini rivojlantirish bo'yicha dunyoda yetakchi o'rinda turadigan Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya, AQSh, Germaniya, Finlandiya kabi davlatlarda androgogik ta'lim xizmatlarini tashkil etish, bilim,
27-mart, 2024
https://nuu.uz/
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
366
ko'nikma va malakani doimiy ravishda yangilaydigan maqsadli ta'lim faoliyatini yo'lga qo'yish; ta'lim kontekstida ishtirok etishda to'liq uzluksizlikni ta'minlash;, "hayot davomida ta'lim"-umr bo'yi doimiy yoki davriy ravishda o'rganish; hayotning har qanday bosqichida rasmiy, norasmiy, informal ta'limning bir-birini to'ldirishiga e'tibor qaratish, norasmiy va informal ta'limni sezilarli darajada yaxshilash; ta'limda ishtirok etish, natijalar muhimligini tushunish va qadrlash, bilimlar jamiyatida barqaror ishtirok etish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarga ega bo'lish; intellektual jamiyatning eng muhim boyligi sifatida inson resurslariga investitsiyalar darajasini sezilarli oshirishga alohida e'tibor qaratilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son "Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida", 2019 yil 27 avgustdagi PF-5789-son "Oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to'g'risida", O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 sentyabrdagi 797-son "Oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmon va qarorlarda kasbiy kompetentlikka ahamiyat qaratilgan.
Kreativlik (lot.: creatio - yaratish)- individning yangi g'oyalarni yaratishga nisbatan tayyorgarlikni xarakterlaydigan ijodiy qobiliyatlari tushuniladi. Ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishi jarayoni kreativlikning, shaxsning ijodiy faoliyatga nisbatan yuksak darajadagi motivatsiyasi bilan bog'liq bo'lgan turg'un sifatlarining paydo bo'lishiga olib keladi.
Kreativlik "turli vaziyatlarda ta'lim va tarbiyaga oid masalalar yuzasidan qarorlarni qabul qilishda yaqqol namoyon bo'lib, u pedagogning ijodiy faolligini tavsiflaydi". Mohiyatiga ko'ra OTM pedagoglarida kreativlik sifatlarini rivojlantirish ular tomonidan pedagogik,psixologik hamda mutaxassislik fanlari asoslaridan to'la xabardorbo'lish, ular tomonian o'zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda faol qo'llay olish ko'nikma va malakalarini shakllantirish hisobiga kechadi.
Globallashuv sari borayotgan hozirgi dunyoda davlatning xalqaro raqobat jarayoni shartlariga tez moslashuvi uning muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosiy omili kreativ fikrlaydigan mutaxassislar guruhini shakllantirish va shaxsni rivojlantirish imkoniyatlarini bugungi va istiqboldagi barqaror iqtisodiy o'sishini ta'minlovchi omillar bilan bevosita bog'liqlikda qurishda namoyon bo'ladi.
I.V. Morxova ta'kidlaganidek, pedagogik ijodning metodologik va nazariy fundamenti hozirgi zamon pedagogika fanida kompleks holda va yetarli darajada keng qamrovda ishlab chiqilgan. Shunday bo'lsada, bo'lajak pedagogning ijodiy kompetentligiga taalluqli bo'lgan masalalar, ayniqsa nazariya va amaliyotning o'zaro mosligi kesimida zamonaviy o'qituvchining pedagogik ijodini rivojlantirish amalga oshiriladigan ijtimoiy-madaniy fazoni yaratish metodologiyasi va metodikasini ishlab chiqish masalalari keyingi tadqiqotlarga muhtoj.
Insonning asl ijtimoiy mulki sifatida faoliyatining muhim belgisi faoliyat subektining atrof-muhit bilan o'zaro ta'siri va muhim boyliklar yaratuvchi faoliyatining qayta aloqasidir.
367
https://nuu.uz/
M 27-mart, 2024 Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Bo'lajak o'quvchilarning ta'lim muassasasidagi bilish faoliyatining xarakteri shundaki, uning natijasi hamma vaqt ham moddiylashgan mahsulga ega emas, bilishga qiziqish o'qishning eng muhim va eng qimmatli motivi sifatida o'z bilish faoliyatiga nisbatan ijodiy munosabatlarni qaror toptirishiga ko'maklashadi. Tahsil oluvchining bilishga qiziqishi motiv sifatida rivojlanishi o'ziga xos uzoq yo'liga ega bo'lishi mumkin. Ayrim o'quv-harakatlari ta'sirchisidan to butun faoliyatning ustuvor motivigacha. Hatto o'qishning yetakchi motivlaridan biriga aylanib, qiziqish shaxsning ma'naviy boyishiga ko'maklashuvchi umumiy yo'nalganligining ahamiyatli qismiga aylanishi mumkin. Har qanday motiv singari bilishga qiziqish ajralgan holda rivojlanmaydi, uning tiklanishi boshqa motivlar (axloqiy, ijtimoiy, o'quv va h.k.) bilan birga kechadiki, qiziqish ular bilan boyiydi va ularga ijobiy ta'sir etadi.
Bo'lajak mutaxassislarda kreativlikni shakllantirish va rivojlantirish o'zida uch tarkibiy qismni: o'qituvchi faoliyati, tahsil oluvchi faoliyati hamda o'qituvchi va ta'lim oluvchilarning jadal o'zaro faoliyatini aks ettiradi.
Bo'lajak o'qituvchilarning kreativ kompetentligini zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish muammosi tahliliy-analitik, tashkiliy-metodik va texnologik jihatdan ishlab chiqish olim-pedagoglarning ilgarigi ishlari natijalari bilan mustahkam aloqada amalga oshirilishi zarur. Mazkur ishlarda bo'lajak pedagogning integrativ kasbiy-shaxsiy xarakteristikasi bo'lib, u o'zida kreativ o'qituvchi bilish mobilligiga, innovatsiyalarga, kreativ tafakkurga nisbatan qobiliyatga ega bo'ladi.
REFERENCES
1. Бабашев, Ф. А. (2018). Реформы, нацеленные на дальнюю перспективу. Вопросы науки и образования, (1 (13)), 118-119.
2. Бабашев, Ф. А. (2023). УЗБЕКИСТОН ТАЪЛИМ ТИЗИМИГА МЕДИАТАЪЛИМНИ ЖОРИЙ ЭТИШ МАСАЛАЛАРИ. Academic research in educational sciences, 5(NUU Conference 2), 216-220.
3. Tulishov, G. O. (2024). PEDAGOGIKADA BO „LG 'UVSI O 'QITUVCHILARNI KREATIV KOMPETENTLIK MOHIYATI. Innovations in Science and Technologies, 1(1), 9-16.
4. Tulishov, G. O. R. (2023). BO „LAJAK O „QITUVCHILARNING KREATIV KOMPETENTLIGINING TUZILMASI, MAZMUNI VA O „ZIGA XOSLIGI TUSHUNCHALAR TIZIMI. Innovative Development in Educational Activities, 2(24), 147-158.
5. HAMROKULOVA, S. PROBLEMS OF IMPROVING THE MECHANISMS OF ENVIRONMENTAL EDUCATION IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS. ЭКОНОМИКА, 222-226.
6. Rahimberdievna, K. X. (2022). Development of Virtual-Pedagogical Culture in Parents: Theory and Practice. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 9, 95-99.
368
https://nuu.uz/
И 27-mart, 2024 Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi